Yoz kunlarining birida devor-darmiyon qo’shnimiz M xolaning jiyani bilan sodir bo’lgan bir voqea haqida eshitib qoldik. Aytishlaricha, uning o’ttiz yoshlar atrofidagi jiyani o’zining "sirli mahbubi” bilan dam olgani daryo bo’yiga borishibdi. Ammo falokatni qarangki, cho’milishni ixtiyor etgan xonimcha bir zumga nazoratni yo’qotib sanoqli soniyalar ichida o’zidan keyin suv betida bir necha pufakchalargina qoldirib suv tubiga g’arq bo’libdi. Uning ‘”qahramoni” esa ming urinsa ham hech narsa qila olmabdi.
Ayolning murdasini uch kundan so’ng bir necha chaqirim naridan qirg’oq bo’yidan topishibdi. Suvga bo’kkan, suvo’tlari yopishgan jasad juda ham daxshatli emish. Bu gap bir zumda butun mahallada bolalab ketdi. Hammaning og’zida shu gap bo’lib qoldi.
Rostini aytsam, ayollik nomiga shunday sharmandali, katta dog’ tushirgan o’sha hotinga sira ham achinmadim, aksincha ich-ichimdan nafratlanib ketdim. Darrov uning ota-onasi, eri, farzandlariga nima bo’ldi ekan deb o’yladim. Oila uchun bir umrlik isnod…
Bir –ikki haftadan keyin qo’shnimiz M xola uyimizga chiqdilar. Oyim bilan u yoq bu yoqdan gaplashgan bo’ldilar, ammo ularning gaplari hech bir-biriga qovushmas edi. Shunday qilib ularning suhbati mavzusi baribir o’sha falokatga borib taqaldi. Ammo ishonasizmi, yo’qmi, M xolaning gaplaridan hayratga tushib qotib qoldim.
-"Jiyanim shunday qilishga majbur bo’lgan. Ularning oilasidagi ahvol yaxshi bo’lmagan. Eri doim ish-ish deb yurgan, mehr ko’rsatmagan. E’tibor ko’rmagan edi u bechora”-dedi M xola yuzida achinish ifodasi bilan.
O’sha paytda portlab ketay dedim. Bir ayol o’ynashi bilan cho’milishga borgan-u, cho’kib ketgan. Naqadar sharmandali o’lim… Ammo kimdir uni oqlashga urinyapti. Ichimdan nimadir qaynab kela boshladi. Endi gapiraman deb og’iz juftlagan ham edimki, oyim buni darrov sezib, "jim” deb ishora qildilar. Noiloj tilimni tishladim. Aytadiganlarim ichimda qolib ketdi.
O’tib ketganlar ortidan gapirish gunoh, ammo butun umrga ota-onasi boshini egib, erini sharmanda, bolalarini badnom qilib ketgan ayoldan farishta yasash ham gunoh. Necha asrlardan buyon o’zbek ayollari o’zining sabri, matonati bilan o’zga millat ayollariga namuna bo’lib kelishgan. Agar biror ayol eriga xiyonat qilsa, uni butun xalq ko’zi oldida toshbo’ron qilishgan. Meni kechirasiz-u, oiladagi ba’zi bir kichik muammolar hech bir ayolga likkillab boshqa bir erkakka ketish huquqini bermaydi. Hayot yo’lida har doim yo’ldoshingni qo’llab-quvvatlab yashash zarur. Aks holda oila deb atalmish muqaddas ne’mat uvol bo’ladi. Afsuski, buning jabrini begunoh bolalar tortishadi.
Munira Abdullayeva
Adolatsiz haqiqatlar [34] |
Arhiv [1] |
Baxs| Tanqid | Janjal [516] |
BeshBet [20] |
Din [85] |
Duel [2] |
Expresso [31] |
FIKRiston [58] |
Hit-Parad [44] |
Ijara qo'shiqlar [25] |
IJODiston [83] |
IMPRO-TK [18] |
Jonli ijro [4] |
JuMaNjI [51] |
JurYuldus [10] |
Kaktusso [5] Yoqimsiz ammo foydali suhbat |
Kongil [0] |
Kundalik-shou [13] Realiti serial |
Mashhur ko'targan mavzu [2] |
MP3|Video [1070] |
Muhlis Minbari [216] |
Ovoznoma [6] Luiza bilan |
Premyera [17] |
Prikol [100] |
Paparacci-ppc [0] |
Podstava [3] |
Realiti shou [74] |
Retro [7] |
Sayyod-show [25] |
Sport [18] |
Shantaj [6] Videoloyiha |
Shunchaki qiziq [27] |
Suhbat | Intervyu | Reportaj [747] |
Tabriklar [179] |
Taqdimot [55] |
Hayriya| Akciya | Tadbir [330] |
Turk shou-biz [16] |
TV | Teatr, Kino.uz [121] |
Yangiliklar [819] |
Yulduzning qo'shnisi [4] Mashhurlarning qo'shnilariga so'z |
BIRINCHI-SHOU [5] Radio Grand bilan |
"Tarix - fikrlarning bir tomonlama yondashuvidir" degan gap bor. Yuqoridagi hikoyani ham bitta odamning tavsilotiga ko'ra hulosa chiqaryapmiz. Balki hammasi boshqacharoq bo'lgandir???
berib erkegiga sodiq xafodor ayol bolish orniga,, mexribon ona nikli onaxonimizga voshi gap yoq erkega mumkin bolgan nizo ayollarga mumkinmas deb yozilgan joy yoq mushde ,,, qoying endi kulgumi qistatmeng yozilgan joy bor erke 4 ta xotinga egalik qilishi mumkin deb yozilgan joyi bor quronda obezatelno 4 talasini xam toy qilib olishi shart emas bitta mulloni chaqirtirib nikox oqitsa bas usha ayol erke chun toza boladi !!! yigitlarimizga kelsak qoyilar ee bunchali pas bolib xa togri deb otirmasdan ,,,
шуни ёзган ким булсаям киёмматда Аллохим олдида жавоб берасан, пайгамбаримиз мухаммад (с.а.в) кимки бошка бировни айбини хаммага ошкора килса киёматда уни айбини шармандаларча хаммани олдида ошкор килади деганлар. Сайёд сизи фикризга кошиламан. Нима киган булсаям узи жавоб беради. Нима киласан баттар рухини чиркиратиб ёки душманингмиди, Аллохдан курк санам бир кун уласан охиратини уйла. Мен у аёлни тарафини олмаяпан. Улган одамни гапириш котта гунох булишини биласанми? Гапларингни укиб тугриси бору асабларим жумбушга келди, улган одамни оркасидан гапириб нима кераги бор, шунчали ичингда дардинг бор экан кариндош уругларига этсенг уласами? Санам мусулмонсан санам Аллохни бандасисан, бе айб Парвардигор. Так что узини билиб юровур. Улган одамни оркасидан гийбат кимасдан, тавба кил зора Аллох кечирса.
Shu gaplaga 100% qushilaman
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi .Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladiKim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.