Бу хатни ўқиб шахсан мен шундай номлашга қарор қилдим. Чунки муаллиф хатида келтирган бундай нокас инсонни инсон дейишга тилим бормайди. Хат билан танишинг: ASSALOMU ALIKUM SAYYOD COM IJODKORLARI HOZIR UYGONDIM KAYFIYATIM JUDA
HAM YOMON SAYITINGIZGA KIRIB BIR MAQOLAGA KOZIM YOSHLANDI SIZGA MAKTUB
YOZISHIMDAN MAQSAD QISMATIM
YOSHIM 26 DA HALI TURMUSH QURIB
ULGURMADIM BUNDAN 4 yil OLDIN INTERNETDA BIR BOLA BILAN TANISHDIM, U
MANGA NOMOZ OQISHNI ISLOM DINIDAGI KOP NARSALANI MUSULMON KISHINING
VAZIFALARINI ORGATDI, BORA BORA MEHRIM TUSHDI KIYIN U KASAL BOB QOLDI
. ROSA OGIR KASAL 7 OYCHA BOLNISAGA OB QOLISHDI, CHIQARISHMADI KOCHAGA
QOLIMDA VIZAM BOMAGANI UCHUN UNI KOROLMADIM. KORGANI KELOLMADIM , SHU 7 OY
ICHIDA ISHLARIM ONLAB ORTIMGA QAYTDIM. KELIBOQ TELEFON QILDIM UNI
BOLNISADAN CHIQISHIGA OZ KUNLA QOGAN EKAN, ROSA HURSAND BOLDIM NEGADUR
ICHIMDAN ILIGLIK PAYDO BOGANDI, U BOSHQACHA, NOMOZ OQIYDI, ICHIB
CHEKISH DEGAN NARSALARDAN YIROG OZI HAM CHIROYLI YAXSHI OILADA TARBIYA
TOPGAN INSON .
KUNLA OTDI BOLNISADAN CHIQDI, SOTIB OLIB ICHISHI KK
BOGAN DORILARI JUDA QIMMAT, U ESA ISHSIZ BEGONA DAVLATDA OTA ONASIDAN
OLISDA EDI . UNI USTIGA NIMJON FAQAT KUCHLI ANTIBIYOTIKLA QABUL
QILAVERGANDAN KUCHSIZLANIB YUZLARI RANGSIZ SOLGIN EDI . MAN STUDENTMAN
OQIYMAN OZBEKISTANDA UNIVERSITITUTNI TUGATGANMAN , HOZIRDA ESA DUNYONING
ENG BOY DAVLATLARIDAN BIRIDA ,ENG KOTTA OLLIYGOHNING TALABASIMAN
. YASHAYOTGAN DOVLATIM BOY BOGANI UCHUN TOPISHIM HAM YOMONMAS , SHAROITIM
JUDA ALO .
KONGLIMGA ILIGLIK SOLGAN BU BOLANI HAR SAFAR SKYPDA KORIB
KONGLIM EZILARDI QAERDAN BOMASIN UNGA YORDAM BERGIM KELAVERARDI, UNGA
BIR IKKI PUL JONATDIM , KIYIM KECHAKLA OLDIM, KOP KOP NARSALA QILGIM
KELAVERARDI. OZI HOHLAMASADA , KIYIN KIYIN QALBIGA ILIGLIK OB KIRDIM
OZIMGA NISBATAN, UNGA YETISH MANGA OSON BOLMADI . OLLOH QALBIMGA SOLIB
QOYGANMI BILMADIM FAQAT KONGLIM SHU INSONNI DEB TASKIN TOPARDI. ORADAN
VOQT OTIB U ANTIBIYOTIKLARINI SOTIB OLOLMAY QOLDI , TURADIGAN JOYIDA
SHAROITI OGIR EDI . UNI OLDIMGA OZIM YASHAYOTGAN DOVLATGA KELISHINI
HOHLADIM, UNGA ISH TOPIB BERAMAN HAMMASI ZOR BOLADI U HECH QACHON
QIYNALMIYDI, ISSIQ SOVUGIDAN HABAR OLAMAN DEDIM . CHAQIRDIM, KELDI , VIZASI
SHINGIN ZONA BOGANI UCHUN OTADI MAN YASHAVOTGAN DAVLATDA HAM ISHLASA
BOLADI DEB OYLADIM. BIRGA BORDIK SURISHTIRDIK , ADVAKATGA MUROJAT QILDIK
, YOQ ISHLASHGA HUQUQ BERISHMADI UNGA . SHUNGA QARAMIY U OLDIMDA QOLDI,
QAYTIB KETMADI , BU ORADA ROSA KOP DOVLATLADA BOLDIK, AYLANDIK SHIRIN
HOTIRALARIM JUDA KOP . GOH GOH KECHALARI UNI KASALI BEZOVTA QILARDI
JUDA QIYNALARDI, KOZ OLDIMDA QIYNALIB YOTISHI ICH BAGRIMNI UYARDI
, UNGA MANI KOPROQ YAQINLASHTIRARDI BU DARDI . TARBIYASI JUDA CHIROYLI,
JUDA HAM KONGLIMDAGIDAQA INSON EDI. JUDA QORQAMAN, HALI HANUZ QORQAMAN, U
MANDAN OLDIN OLIB QOLISHIDAN , UYIDAGILARI BILMIYDI , BILDIRIB QOYMAY DEB
HARAKAT QILADI DOIM, CHUNKI UYIDAGILARI AHVOLI OGIR, UY OLISHGAN , HALI
VERI U UYNI PULI KOTTA QARZ , UNI BERISHOLMAY YURISHIBDI, QIYINCHILIKLARI
ROSA KOP OILASIDA . SHU UCHUN HAM OZINI DARDINI BEKITADI, YUTADI
. KONGLIGA KULGI YAXSHI KAYFIYAT SIGMAY QOLADI, KOP KOP SIQILADI, OILASI
TINCHMASLIGIGA OZI BU AHVOL YORDAM BERA OLALMAYOTGANIGA, SHAROITIM
YETDI, OILASIGA PUL JONATIB TURDIM . OQTIN OQTIN KONGLI KOTARILDI . KIYIN
KIYIN YIL OTDI, YASHAVERDI SHU YERDA , OYOQQA TURDI.
BIR OZ
KIYINCHALIK U QAYTIB KETDI OZINI DOVLATIGA VA SOKINADIGAN QOPOL BOB
QOLDI. SAL NARSAGA MANDAN KECHIB YUBORAVERADI , MANDAN NOLIYDI , BETINI
QATTIM QILIB PUL SORIYDI, OZIMDA BOMASA OTA ONAMDAN SORASHIMNI HOHLIYDI.
TOGRI OILAVIY SHAROITINI TUSHINAMAN LEKIN MAN HAM INSONKU, AYRIM PAYT
QATTIM BOTADI SOKIB TASHLASHLARI NOLIB QOLISHLARI. BIR KUN JUDA QATTIM
HAQORATLADI OILAMNI, UMRIDA KORMAGAN LEKIN ROSA HAQORATLAB TASHLADI , UNGA
PUL BERAMAN DEB VADA BERGANDIM , HAFA BOLDIM . HAFA BOLGANIM UCHUN ALAM
USTIDA PULNI OILAMGA JUNATDIM, U ESA QAHRI KELIB ROSA QARGADI MANI.
QARGAB HAT YOZDI , ACHINDIM , JUDA ACHINDIM QADRSIZLIGIMGA . MANDAN
KECHGANINI AYTDI, BU NIMA PULMI UNGA KERAGI, MANI ORNIM YOQMI ELANIB
YOLVORIB YANA OZIGA OB KELDIM. OSHA VADA QILGANIM PULNI TOPIB BERDIM,
YANA GAPLASHIB KULISHIB YURDIK, AFSUS KECHA YANA GAPLASHIB URISHIB
QOLDIM, YANA HAQORAT. OZIMNI HAQORATLASA CHIDAYMAN, ONAMNI
SOKAVERADI , UMRIDA BIR MARTA HAM KORMAGANKU AHIR , JAHLIM CHIQIB ICHIMDA
BORINI YOZDIM . KECHA ENDI UMUMAN KOTARMIYDI TELEFONINI , DEMAK U KECHDI
MANDAN. LEKIN MANCHI UNI YAXSHI KORAMANKU , BUTUN VUJUDIM UNDAKU, U MAN
UCHUN HAMMASIDAN USTUNKU , NEGA NEGA MANDAN KORA PUL AVZAL , NEGA NOLIYDI
, BOSHQA QIZLAR QANAQA BOLADI, MAN YOMON INSONMI, ADASHTIMMI, ENDI
TOMOMMI, BOSHIMNI QAERGA URIY Sayyod: -Бошиззи тўғри келган қаттиқроқ жисмга яхшилаб югуриииб келиб, таааарс этиб ураверинг. Барибир бу калладан наф йўқдек. Чунки сиздек ахмоғи оламда ягона бўлса керак. Икта бўлса агар, шуни иккинчиси ўзиз, битта бўлса фақат сиз! Эшшак семирса эгасини тепади дейишадику, мана шу ахвол. Аста секинлик билан уни бошингизга чиқариб, ўрнатиб, кечирасизу бошингизни хожатхона ўрнига хам тақдим қилиб бергансиз. СИЗ УНИ СОТИБ ОЛГАНСИЗ! Оддий хақиқатку! Қанқақа мехр? Қанақа қувончу, қанақа хотиралар хақида гапиряпсиз? Хаммасини ўзингизга сингдирган нарсаларку. СИЗ ХАММА ХОТИРАЛАРУ, уни сизга бўлган барча яхши муносабатларини аслида СОТИБ ОЛГАНСИЗКУ! Шунинг учун хам буёғига мехрниям севгиниям керак бўлса бошқасиниям фақат СОТИБ ОЛИШГА МАЖБУРСИЗ! Хўш, керакми сизга шундай бутун вужудингиздек севгини? Пуллик муносабат керакми?
Тушунаман, ёшингиз 26га келгани сабабли, хаммасини сабаби ёлғизлик. Гўё бир инсон шудек, сўнгги нажотдек шунга чирмашдингиз. Лекин бундан аввалги маслахатимда хам айтгандим, эшик олдида инсонни РИЗҚИ кутиб туради. Сиз уни увол қиляпсиз. Бу семирган эшшакдан тезда қутулинг, унутинг хаммасини, чунки хаммаси ЁЛҒОН! Сиз ўзингиз ўйлаб топган, сотиб олинган нарсалар! Бошиданоқ у хеч қачон сизни севмаган, яхшиям кўрмаган, мехриям тушмаган. Оддий айёр альфонс!
Яхшилаб ўқинг: Пешонанингизда сизни бахтингиз, остонангизда сизни кутмоқда, бу нокасдан эса тезда қутулинг, бўлмаса орзу қилган бахтдан мосуво қоласиз.
Ундан кўра хайрия қиворинг ўша пулларни, савоби тегар.
Вақтида ўзингизни ўнгланг, у билан боғлиқ хамма нарсани тезда қирқиб ташланг.
Кўнгил басир у оғрийди, шунинг учун, унутиш осонроқ кечишига уйингизда уни эслатадиган хамма нарсани йўқотинг, адреснингизни ўзгартиринг, телефонларни хам. Умуман янги хаёт бошланг, у сизни топа олмайдиган даражада йўқ бўлиб қолинг. Бир қоғоз олиб уни фақат салбий тарафларини ёзиб чиқинг, ўқинг баланд овозда, шу нарсани уни эслаб қийналган захоти қилаверинг. Бу психологик кичик ёрдамча. Кўнгил ақлдан айроку, шунгаде.
Тезда хаётингиздан уни йўқотинг, зудлик билан!
Бўлмаса ишонаверинг, мени ўлдир деб ялиниб шунга хам пул беришга мажбур бўласиз... Сизни эса ота онанингиз не не умидлар билан шу нарсага катта қилмаган! Бу кунингизгача етишингизга уни ўрни бўлмаган, нимаики эришган бўлсангиз, ғирт бегона касалмандни деб совурасизми бутун хаётингизни? Ким учун бу хаётга келгансиз? Ким сизни шу даражага етказдию, кимларга хорсиз?
Сиз аввало ўзингизни севинг, ўзингизга рахм қилинг , ундан кўра кўчадан дайди ит олиб келиб боқинг, хеч бўлмаса ялақиланиб, думини ликиллатиб вафоси билан хам қувонтирар.
Бошқа гапим йўқ, қолганини мухлислар айтишар. Қаттиқ ва қўпол ёзган бўлсам, кутманг узр сўрамайман, буям кам сизга, тўғриси, одам хам шунақа ғўдўв бўладими? Гунохку ахир бу.
Эслатиб ўтамиз, хар якшанба
мухлислар куни бўлиб, ўз муаммо ёки кўнгил кечинмалари билан бўлишиб,
кенг омма билан хал қилишга имкониятингиз бор. sayyod@gmail.com
почтасига иложи бўлса кирилл харфларида воқеа ёки муаммоингизни ёзиб
юборишингиз ёки (+99894) 644-67-11 рақамига қўнғироқ қилишингиз мумкин.
Siz tochna adashdiz. Sizga unda 1 gramm ham mehr yo'q. Bo'lmaganamdir. Faqat pullarizga mehri bo'ganakanu. Mayli tuzatibsiz, bunga bir narsa dimiman. Tuzalgandan keyin xayrlawiw k.k edi. Bir marta uruwgan yana uruwadi. Xayirlawvoring,
sizga maslaxatim uni uniting sayyod aytkanlaride siz u inson uchun wuncha homiy bolganiz yetar ozini ozi eplasin uni uniting ozizni yangi xayotizni bowlang.wuncha sizni yerga ursa xam. haliyam uni sevaman deysiza.unitiwga xarakat qilin.
Sayyod mening könglimdagi hamma gaplarni javobida yozib qöyibdilar.) TELERADIOKOMPANIYA MUTASADDILARI SHU INSONGA BITTA KÖRSATUV TAYYORLASHGA IMKONIYAT BERINGIZLAR!!! Xat böyicha qisqacha fikrim. Bandasini sevishning oqibati shu! Sal mag'rurroq böling.Özini hurmat qilmaganni,boshqalar ham hurmat qilmaydi.Qochganam,quvganam xudo,deydi.Shunday oliy dargohda öqiydigan kishi bu tarzda fikrlasa-ya,siz hatto xatingizni tushunarli tarzda yozmabsizku.Öz fikringizni özingiz inkor etgan joylaringizni öqib,kulgim keldi tög'risi. ALLOHNI SEVING!
nima maqsadda yozgan buni 26 yoshli qiz! boshimmi qayerga uriymush!!Boshda nima ayb undan ko'ra aqlli ishlatin!!!! HOZIRDA ESA DUNYONING ENG BOY DAVLATLARIDAN BIRIDA ,ENG KOTTA OLLIYGOHNING TALABASIMAN. shu joylari ishonarsiz...
Voy,tezda yo'qoting bunday NOKASNI!! To'g'ri,ko'ngilga buyruq berib bo'lmaydi,lekin ko'zingizni KATTAROOQ oching! Turgan bitgani g'urbatku bu Al'fonsni!! Atrofga nazar soling,Hayot judayam go'zal,qachonki sevib,SEVILIB yashasangiz.Sizga sof muhabbat tilab qolaman,singiljonim.
Kamedyaku uziyam vaxaxaxa,bazi qiliqlari shu qizdi manga uxshaykan kungilchang bulmaslik keray,odam uzib tashlashni urganish keraykan,hozirda iplos pul desa vejdoniniyam sotadiganla kupku,betingga bezrayib buncha pul ber diydi,xa sevganman deiysan divaydi diysan berasan,lekin shu nokasss vejdonsiz vaqti kelib nozik joyingdan ushlaydida pul talab qiladi yana,bermasang duq ham qiladi,gap suz ham tarqatib yullaringni boglab,toptozza nomingga bulmagan gaplani chiqazadi,maqsad nima shu PUL, maslaxatim bunaqa iplostan tez qutilgan yaxshi,onaezdi suktrib utiribsizmi? toba. shu onayiz uqitib kamolizdi kuraman deb yuribdiyu, siz uzi nima ish qlib yuribsiz? qayddagi daddisarr. 26 ga kiribsiz uzi bu yoshizda uqishiz tugab turmush qurishiz keragiydi tezroq shuni harakatini qiling,dadisar ayal boru yonizdagi unu tez unuting adress vapshi bermang hali boshizga bundan kup savdolani soladi tezroq qutiling nomer hammasi almashtring,erta bir kun unaqa iplosla hayotizdiyam buzib keray busa raxna soladi bu gapti sizga man aytomman bugan narsala hayotda yuqatib hayotizdi boshidan boshlang tezzz sizdi baxt kutopti ,shirin oila, shirindan shakar farzad,sizdi sevgan inson bor hayotda unutmang shoshiling tezzz
Sayyod aka judayam zor maslahat(javob) beribsiz qoyil qoldim , achiq yoki qupol bulsa ham, judayam tasirli va haqqoniy. Shu tamoningizga gap yoq !!! HAQIQAT ACHCHIQ BULADI !
U bolaga kelsak "erkak" mas ekan togrisi, yigitlarni shaniga dog' bu , qaysi yuz bn qaysi g'urur bilan shunday qilaolish mumkin. Mashunqa bollar erkak, yigit degan nomga isnod keltiryapti hozirgi kunda...Pul, boylik odamni buzadiga degani shu buladi... Haqiqiy sevgi muhabbatni pul bn sotib olib bulmiydi, yaxshi tushinib oling shuni.., Baxtizni pulsiz topsangiz rohatini kurasiz.
Judayam kambag'aldan ham qo'rq deyiladi O'zizni qo'lga oling, chalg'ing, toki unutishni o'ziz xoxlamagunizcha hech qanday maslahat yordam bermaydi sizga garantiya, turmush qursayiz u kuyovni ko'ziga qanday qarayman deb, bu boladan kecholmay yuribsiz. Lekin hamma narsani chorasi bordur, o'ziz harakat qilib yangi hayot quring
qanaqa qilib bu qiz qaysi kalasi b-n horijga ketgan bilmadim,ex davlatimizni shundeylarga ajratayotgan pullari,men 2 yildan beri kompyuter ololmey qon bulyapmanu.ex xey o'rgildim sog'inishizdan
Кандай килиб уни киз бола бошингиз билан уйингизга киритдингиз. Кечалари караб чикаркансиз. Сиз Европада яшарсиз, лекин АЗИАТКАсиз, йигит хам. Бизда бунака муносабатлар булмаслиги керак. Хар кандай йигит хам бунака муносабатни нотугри тушинади. Таажубланганим, шунака фикрлаб, хато ёзадиган киз ертага кайси ташкилотга бориб ишларкан. Ха, иш топиш кийинмас. Шапка деганларидай. Лекин минг афсус, укишга имконияти йук, лекин калласи бутун йигит ва кизлар урнига ошиги олчилар дипломли булишяпти. Хайф, бунакага диплом.
MAN STUDENTMAN OQIYMAN OZBEKISTANDA UNIVERSITITUTNI TUGATGANMAN ,
Вахахаха, олий маълумотли одам бунака ёзмайди, 4 йил укиб УНИВЕРСИТЕТ сузини ёзолмаса, канака килиб битиртиришган экан домлалар. Буни оддий укимаган одам хам тугри ёза оладику. Майли бошка хатоларга куз юмдим.
Buncha til bilan ozor berasizlar.Sardori gapi ziyodasi bilan yetardi bu opamizga.Shu gaplaring bulaga qanaqa ta'sir qiladiyu,oqibatlari nimaga op keladi buniyam o'ylislami?Yolgon gapirgan bo'sa o'ziga gunohi,muncha kulmasez Lady opa,kak budto ko'ziz bilan ko'rib qoygande gapirasse ))Aksincha rosti bo'lsa Hudo ko'rsatsin to'g'ri yo'lini
TAVBAAA NIMA KEREGI BORMI BIROVLAGA PULLING SARFLAB ? OPA UNDAN KORA KELAJEGIZ HAQIDA UYLEN PULLARIZI TOPLANG JUDA OSHIRSAYZ..BURGA QUTURSA IT SOTVOLADI DEGANLARI SHUDA QARANG AGAR U SIZI YAWKURGANIDA UMUMAN BUNAQA IW QMASDI ..ERKAK KIWINI GURURI BULIWI KERAK SIZ UNIMAS U SIZI BOQIWI KERAK ... ORZU HAVASIZ YUMI ?? YAHWISI ENDI UWA DON JUANIZ YO BUSIN .. SIZ SEVILIWGA LOYIQSIZ FAQAT BUNIN UCHUN OLDIN UZIZI SEVING UNIMASSS!!!
Ledyninig fikrlariga qöshilaman.Yaxshiku,jon koyitib ilm olishga chaqirayotganlari.Befarq bölib,ölib ketmaysanmi,deb qöysalaram bölaverardi.Xatosini körsatayaptilar,bu döstlikdan boshqa narsa emasku! Köngil hammada bor... . Haqiqat shundaki,bandasiga qul bölganning ahvoli oxir-oqibat shu böladi.Har qanday holatdayam Allohga qulligini his qilib yashagan inson hech qachon yutqazmaydi! Gapga qarang.Ilm istab musofir yurtda yurarmishlar-u,begona kasal yigitni parvarishlab nikohsiz(?!) u bilan yasharmish!Hayf sizga özbek qizi degan nom-u,oliy ma'lumot! Yigitingiz haqida bildirgan fikrlaringizni öqib chiqib,miriqib kuldim.Öz fikrini özi inkor qiladigan qiz ekansizku! Qani mantiq? Ilm istaganmisiz ,öqing.Bitta gapda 10 ta xato! Ishlayotgan pulingizni halol topdingizmi? Halol mehnat qilib topilgan pulni qaysi ahmoq bunaqa sovuradi? Yana musofir böla turib-a? Pul topib,aql topmagan bölsangiz,endi közlarni KATTA ochib,kitob öqing! Ong-tafakkur degan oliy ne'matni KITOB öqib boyiting.Dunyoviy ilm bilan birga diniy ilmni ham özlashtiring.Ana shunda odamlarniyam ajrata oladigan bölasiz.Bir og'iz söz ochmaslaridan niyatini anglab oladigan darajaga yetasiz!Aql yoshda emas,boshda! Sizning körguliklaringizga ILMSIZLIK sabab bölgan! "Öqib",uqimaganlar esa shundog'am bizda tölib ketgan!Allohga tavba qiling.
ozizi buncha xor qmasez yetar a balki wuncha xorlagani.. Ozizga oziz wunaqa qaror chqaringki bir kundayo uni unitas ozizi undan ustun qoyin... Kim boptiki u sizga wunaqa yordam qsez. Hicham sevgimas bu faqatgna organiw holos... Yoki undan qorqanizdan wunaqa yururas. SARDOR AKANI MASLAHATINI OQIB YANA BIR BORA DUNYOQARAWLARIGA TAN BERDIM. SARDORAKA ETGANINI QLIN ALBATTA UNITAS. Faqat yana orqaga ketib qomasez
sevgimas bu faqatgina organiw holos yoki undan qorqanizdan wunaqa yururas kim boptiki u siz wunaqa qisiz. yetar wuncha horlagani o'zizi undan ustun qoying. wunaqangi qaror qabul qilingki bir kundayo uniting. sizi qadrizga yetmadimi undan keching haliyam kechamas. hechdan kora
Sardorakani maslaxatlariga 100% qowilaman yana bir bor dunyoqarawlariga fikrlaw doiralariga tan berdim
BU QIZ HECH JOYDA UQIYMAYDI QORA ARBAYT:))) UQIMISHLI ODAM HECHQACHON BUNDAY TUSHUNARSIZ YOZMIYDI,,,KALLA EMAS QOVOQ EKAN! biz uzbeklar ulib qolamizayyy shu yoshim utdi buldi men hechkimga kerakmasman deb,,,hammani peshonasiga Olloh juft bulib yashashni bitgan kimdur erta kimdur kech. uzimda ham oila qurish ertachi bulmagan lekin hecham uzimnii kattaman yoshim utib qarib qolayapman deb his qilmasdim faqat menga buni atrofimdagilar aytaverib, eslataverib ohiri turmush qurishimga sabab bulishgan Ollohga ming bor shukur BAHTLIMAN, UZIM KAMMI KUPMI NIMANI ORZU QILGAN BULSAM TURMUSH URTOGIM BORASIDA SHU INSONNI UCHRATIB YASHAYAPMANN,OLLOHGA MING BOR SHUKUR. UNAQA DINNI UZIGA NIQOB QILGAN CHALLA MULLANI YUQOTING ULAR,UZINI NIMAlar ORQALIDUR GUZAL INSON QILIB KURSTAGILARI KELADI, BUNGA UXSHAGAN QURUQ GADOY, AYOLNI HAMYONIGA KUN KURIB YURGN LOZIMSIZ AYOLDAN KECHING, KUTING SHIM KIYGAN BIRON MUJIKNI U KELADI, SIZDAGI HAM SEVGIMAS YOSHIM UTDI DEB UZIZNI ALDAB UNGA MEHR BERIB QOLGANSIZ E UNI BE’TOB BUGANI HAM SIZNI MEHRIZNI UNGA OSHIRGAN YANI RAHM QILIB UNGA KUPROQ BOGLANIB QOLDIZ, UNGA QILGAN BARCHA YAXSHILIGIZNI OLLOH YULIGA DEB YUBORING SAVOB BULADI HAR HOLDA BIR MUSOFURNI QULLAGANSIZ SIZGA OLLOH BERSIN YANA BAHTU BOYLIKNI...
Юксак манавият – енгилмас куч! Манавияти юксак одам ҳеч қачон бу кўйга тушмайди. Ҳар қандай ҳис – туйғуни ақл орқали жиловлаш мумкин. Ёшликда балки ҳис-туйғу айрим ҳолларда ақлдан устун келиб, бу каби ахмоқликка қўл уриш мумкиндир, лекин бунчаликка бормайди. Бу ёшда эса “тем более”. Балки, биз билмаган, бу ерда ёзилмаган нарсалар, жиҳатлари бордир.
Ortiqcha his-tuyg'ularga berilmasdan o'zlarini qo'lga olishlari kerak, onasini haqorat qilgan insonga qande qilib yaxshi muomilada bo'lish mumkin?! Hayronman... ming sevgi bo'gan bo'sayam agar onangizni shunaqa haqoratlab tursa hech narsa qomaydi yurakda, 18 yosharlik qizmidiz qiynalib "nega, nega"lisiz, tovba qildim kopkotta 30 ga ketyotgan ayolsiz qo'lga oling o'zizni!!!
malades nima qiladila endi yozib.... uje xammasi o'tib boptiyu shunchaliyam PASSSS mila qayodigi begana i nomahramga shunaqa qigani... qiz bola bo'sez neujeli qorqmadiz beganani ming u kasalmi o'salmi boshqami uyizga chaqirishga... kamiga qigan yordamizga mashnaqa so'kihslayu nolishla eshitsez ONA muqaddas dgan gappi xaliyam magzini chaqmaganmisz??? nimaga sizzi onezzi sokib umuman oilezzi haqoratlashga beganani nima xaqqi bor mashnaqa yeb qoyeb dalshe yurvurin halqqi fikrini nima qilas adashmasam bir ikta fikrlani o'qib yigidan o'zizi tohtatomi ayblarsiz o'zizi balkim balkim achinarsiz nimagayam yozdim ddp lekin Sardorri gapini o'zi yetib borgan bo'sa kere nima datavo ersiz qop ketvotumidiz Alohhi oldida qanchali pokiza oqila bo'sez ushaniyam sovobi borku uyizga nomaxrammi opkirghaniz yana unga nisbatan bo'gan sevgiz... kotta xato o'zizdan o'tib yana boshimmiqatga uri dpsz qaqayam urardiz ota onezzi yuz ko'ziniyu maxalla oldida boshini qanaqa qp kotarib yurishini o'ylamagan siz u kormagan bilmagan tanimagan odamini hohlagancha yotvolib xaqoratlidide ,,,, Exx esssiz ota onez sizzi o'qishga yuvorgan kerak bo'sa ishlashga oilezzi risqini kesib qayodigi nokasga ilindizmi??? xaqiqatdayam bu TUPIZM boshqa heeeeeeeeeeeeeech narsamas.... Yaxshi qiz AVALLo o'zizi HURMAT qilishi o'rganing azgina bosayam o'zizi hurmat qiling shundagina boshqala hurmat qiladi sizzi
Rahm shavqatni, achinishni sevgiga aylanishiga yo'l qo'ymaslik keregidi. Uyizga chaqirdiz? Birga yashadiz? Unga qaradiz? Shuni o'zi bilan gunox qigansiz. Shariyatdayam, dindayam bunga ruxsat beril midi. O'qiganiz bilan ko'p narsani bilmasakansiz. Xar taraflama o'ylab ko'ring.
Инсон хато килмаса тугри йулини тополмиди. Унга сизи пуллариздан бошка хеч нарса керакмас. Ундан воз кечиш учун куркмасдан 1чи кадамизни ташланг, колгани хеч нарсамас. 1чи кадамни ташлаш доим кийин булади, узингизда куч топинг шунга. Мана курасиз, воз кечсангиз узингизни енгил хис киласиз. Сизга нима зарил киз бола бошиз бн шунча ташвишни гарданизга ортиб. Оллох бахтизи берсин синглим.
Диққат:Ёзиб қолдирилган изох дарров сайтга чиқмайди. Хар бир изох узоғи билан 24 соат ичида текширувдан ўтади. Мабодо бу вақт ўтгач хам сайтда изохингиз чиқмаган бўлса унда чиқарилмаганлик сабаблари қўйидагича бўлиши мумкин:
Сайтимизда сўкиниш, хақорот, камситиш, мазах қилиш, салбий ва диний тарғибот, махалийчилик, миллатчилик, реклама ва қадр қимматни ерга ургувчи АЛОМАТЛАРИ БОР изохлар сайтга чиқмасданоқ ЎЧИРИЛАДИ!
Шунингдек миш-миш бўлиб кетишига сабабчи бўлгувчи тасдиқланмаган маълумотлар, тасдиқланмаган гап-сўзлар хам изохлардан ўчирилиши мумкин!
-Қолдирилаётган изох ўша мақоладан ташқаридаги мавзуда бўлса хам ўчирилиши мумкин.