Бугун молпарастлик хиссиётимни тўлақонли қондириш учун, об-хавонинг захарханда кўринишига "назло" кийим-кечак ва "тўп-тўп"(туфли)лар оламига шўнғидим. Фақатгина ортга қайтишга пул қолдирдиму бор пулимни ишлатдим. Хех бу бор пулимдан атиги икта нарсагина олинди холос. Хуллас "берилиб" кетибман шекил такси тўхтаётган махал чўнтагимдан "кечир мени" дея 2000сўм мўлтираб чиқиб келди.
Ох..ана ёмғир тагида такси тўхтат энди... Хеч ким рози бўлмади албатта. Ён атрофда транспорт бекатига аланглай бошладим, ўлай агар қайси транспорт қаерга боришини билсам. Шу ғўдайиб турган пайтим Матиз машинаси олдимга келиб тўхтади, мижозлари бўшагач менга қараб, ха қаёққа йигит деди. Рульда аёл киши, бу холатга бир икки бор дуч келганимга ажабланмаган бўлсамда, барибир ноодатийроқ туюлди ва ишшайиб манзил ва "етимча" нархни айтдим. Ха, ўтирақолинг деди.
-Шопоголикмисиз? -Йўғэ, шунчаки бу сафар бўлиб қолди. -Шу сафаридан бошланади ўзи. Ана 72ни охирига борсез бўмидими? (Юнусободдаги бозорни назарда тутади) Туппа тузук бозор бор, шу икта пакетиздаги нарсангиз нархига бир мошина нарса билан қайтасиз, барибир одамлар тушунмайди сифатли нарсани нима фарқи бор? Анави кинодаги Хўрозқанд амриқоники деса ётволиб ялашади дегандекда деди кулиб.
Нима дейман? Жимман.
Сукутни ўзи бузди.
-Аслида ман нохақман шекил. Шу эримми гаплари билан ўзимни овутаман, лекин барибир сиз хақсиз. Бу дунёда бир маротаба келамиз, яхшисини истаганини олиб яшаш керак. Минта "дешшофка" нарсадан битта қиммат ва дидли нарса олган яхши.
Нима бало бу хотинда раздвоение личностими деб ажабланиб қарадим.
Соатга қараб, телефон овозини ўчириб, хали бу бир икки соатга деб, пакетларимни қучоқлаганча ўриндиққа яхшилаб қовушиб, ярим ётган холатда диққат билан тикилдим.
-Энди қаранг. Мани зиқна дейди. Хамма нарса эви биланде энди. Қўшнилар бошига чиқиб олганди, кимни тўйи , туғулган куни бўлса булди, буёқ шайлар, махаллада буни лақаби Дед Мороз. Жинни десам тузуро оилаларни кўриб билиб тушуниб туради ва ёрдам бермайди. Лекин энди дунёда қанча камбағал, хаммасини боқиб улгурмийдику. Нима учун дунёдаги хамма камбағаллар деб ман орзу хавасимдан айрилишим керак? Нега ман тўкис яшолмаслигим керак? Нега ман мана аёл бошим билан боламни репетиторидан тортиб халиги компьютер деган орзуси учун таксичилик қилишим керак?
Эрим ўзи жуда яхши инсон мана 10 йиллик умримда бирон маротаба қаттиқ гапирмаган ишонасизми? Сўкиниш тугул қаттиқ гапирмайди. Ман жанжал қилсамам жим эшитади, лекин барибир айтганини қилади. Э борей деб чиқиб кетдим болларимни олиб. Тўкис уйда қашшоқдек яшаш жонга тегди. Дугоналарим каби гохида манам гап ўйнашни хохлиман, тўйларда чиройлик кийимлар билан ясанишни ёқтираман. Аёлманку!
Битта тилла олиб бермади. Мана таксичилик қилиб хозир боламга компютер олиб бермоқчиман, кейин аёл киши зеби зийнатли бўлиш керак, эт-бетга борсанг биронта тақинчоқ тугул узугимам йўқ...(йиғлайди) Хамма қатори бўлай деяпман зиқнамасман, лекин бой бойвачча эринг бўлиб таксичилик чилсанг алам қиларкан...
Таксист аёл билан яна бироз гаплашиб кўнглини кўтаргандек бўлиб, хайрлашиб мошинадан тушдим хамки сал юриб тўхтаб ойнасини очди:
Хай тўхтанг, отиз нима шопоголик журналист?
-Сайёд )) -Хах! Сайдинг бериб қўйма!
куламиз
Мошинани ванғиллатиб яна йўловчи излаб кетади.
Эслатиб ўтамиз, хар якшанба мухлислар
куни бўлиб ўз муаммо ёки кўнгил кечинмалари билан бўлишиб кенг омма
билан хал қилишга имкониятингиз бор. sardor@sayyod.com почтасига иложи бўлса кирилл харфларида нома битишингиз мумкин.
molodets,,,, eri ajoyib inson ekan, Hotam!!! taksist ayol: uning boy bo'lgani uchun emas, ajoyib inson bo'lgani uchun tekkanman!!! lekin boyligini tarqatayotganiga chidolmayapti. (fikrlash o'zingizdan). Shahsir fikrim: manga shunaqa "dardini dasturhon" qiladigan ayol (hotin) sal ko'ngligdagidak emas. bu oilaviy ish, uydegi ish ko'chaga chiqmasligi kere, bu ayol endi taksist bo'lib ishlar ekan, chiqqan klient (Sayyodga) aytibdi dardini ya'ni erini "jinni" ekanligini, unda butun Toshkent bilsa kere u Kishi haqida! Qo'shningni haqqi, yon qo'shningni haqqi bor sanda! Izohimni ohirida yana bir marta molodets ER..... shunaqa insonlar ko'payishini hohlirdim!!!
Agar o'zimizdan ortsin didigan bo'sa unda hich qachon o'zimizadan ortmidi! shunchalik och bo'lib ketganmiskiy, qornimiz to'ysa ham qolgan nonni ertaga yiman dib o'zimizga op qolamiza! noto'g'rimi??? Dilnoza ohirgi gapizni tushunomadim, 4-5 marta o'qidim, lekin harflar tushib qolgani uchun so'z keltirib chiqara olmadim! o'sha gapni hat qilibmi yoki comment qilib qoldirin boshqatdan yozib!
aa bo'ldi 6-7 marta o'qiganlarimda tushundim gapizni!!! Lekin savolim bor sizga Dilnoza odam ichki organini berish gunohligini siz qattan o'qidiz,,, man internetda qarab ko'rdim, arab ulamolari orasida bu haqida ko'pgina uchrashuvlar bo'lgan ekan, lekin fatvo berilmagan ekan! agar shu haqida ma'lumot bo'lsa bering, biz ham o'qib o'rganaylik!
Qon berish mumkin emas. Tuzuk turgan buyrakni yulib berish naryog'da tursin. fatvo ular ko'p narsaga bermaydi. Ortiqcha gapirmiman mumkin emas bo'ldi tomom. men buni aniq tiniq bilaman. Ishoning deb yozmayabman. Savolizga javob berdim. xexe men sozni eshtilganiday yozaman.)))))
o'ziz fatvo berova qoldizu a "mumkin emas bo'ldi tamom"... lekin ehtiyot bo'lin, sizni dib boshqa odamlar adashishi mumkin!!! mumkin bo'magan narsaga mumkin dib yoki aksi deb!!!
Кечирасизу, садакани уз оилангдан бошла, дейди. Уз боллари ва ахли аёли зор пайтда, аёли эркакларни ишини килиб юрган пайтда у эркакнинг килган садака яхшиликлари савоб урнига ёзилмаслиги мумкин. чунки эркак киши никох укитилаётганда аёлимни хамма эхтиёжини кондираман, деб ваъда беради. Бу зикналик эмас, режалилик дейилади. Кора кунга хам 1-2 сум ташлаб куйилиши керак, иштонигача бировга ечиб бермасдан
man bu ma'qolani hich qatida o'qimadim, o'sha hotin etganini "man och qoldim, qornim to'ymi qoldi,uyda pul yo'q, kiyim yetishmayapti"... Ayol kishi ko'proq narsani hohlavotti, bitta kiyimi bo'lsa ikkita bo'lishini, 1 so'm pulini 2 so'm bo'lishini! ya'ni ko'zi to'ymayapti! yoki gapim noto'g'rimi?
u ayol uyida och qoldimiki ko'chaga chiqib taksichilik qilsa! yoki kiyimsiz qoldimiki kiyimi uchun ishlasa!? bu noshukurlik hisoblanadi! ko'z oldida turibdi shunga ham to'ymasdan ko'proq... Ozodbek Nazarbekov "yana yana"
Eri rostan ham yaxshi kishi ekan lekin bu yerda xotinini ziqna yoki erini jinni deb bo'lmaydi. Chunki ikkalasi ham man uchun haq. Hadisda shunday deyilgan sadaqani birinchi bo'lib o'z ahli oilangdan boshla keyin qarindoshlar qo'ni qo'shnilar undan keyin esa boshqalarga ber. Shunday ekan er ham savob deb ozgina oshirib yuboryapti odam birinchi yaxshilikni o'ziga va oilasiga qilishi kerak. Xotinini taksichilik qilishi esa manimcha u uchun sharmandalik. Organlarga keladigan bo'lsak bir nima deyishga hayronman o'lganidan keyin organlarini boshqalarga qoldirish bu albatta katta savob lekin odamni butun ko'mish kerak manimcha bu narsaga uncha chunmiman uzur... Qo'ni qo'shnilar bo'lsa ja boshiga chiqib olishibdi har bir narsani ham chegarasi bor... Shunaqa yaxshi odamlar ko'payaversin... Lekin har tomonlama o'ylab ish qilsak yaxshi bo'lardi
faqat bitta gap. Shu insonga ko'nib yashasinla. Jannatni hush bo'y iffori kevotti. Bunday odamlar borligi aniq. Adamla shunaqala. 1ta farq, organlarimni beraman deganlarini eshtamodim. Taksist kenayi baxtli bo'lila. Comp keremi manga murojat qilin be pul imkoniyatini qilamiz.
Astag'firulloh. Bu ayolga nima b'gan o'zi!? Kenayi axir sizga Xudo farishtani jufti xalol qilib beriptiku. Qanchadan qancha ayollar erga zor, siz bo'sa shundog'ini qadriga yetmay qilib yurgan ishingizni qarang. Bu dunyoga biz faqat yaxshi yaxshab, yaxshi kiyinib, yaxshi yeyish uchun kemaganmizku! Bilmadim, bu mani shaxsiy fikrim! Hullas, sizga aytadigan gapim, opajon erizni boshidan suv o'girib iching. Shundo odamni jufti bo'lish katta baxt. Jannati ayol bo'ling.
To'g'ri qilaman. Juda tor fikrlasam xam ajrashganni maqullamiman. Yaxshilik qilishni bilmiman lekin yomonlik xam qilmiman. xozir shunday yashash yaxshi. zamon talabi. Yaxshilikni bilmaydi baribir odamlar faqat foydalanadi. Yaxshilar borligiga ishonaman. Bor yaxshilar lekin bu odam emas. O'ta kamtarlik xam kibr.
shude kamchiligiz, yaxshilikni qilishiz sababi, u ham bir kun sizga yaxshilik bilan javob bersin dib o'ylis, a aslida yaxshilikni savob uchun qilish kere!
AGAR ROSDAN SHUNAKA INSON HOZIRGI ZAMONDA BUSA OLLOH UMURLARINI UZUN KISIN SHUNCHALIK BANDALARNI DARDI BILAN YASHARKANLA TUPROK OSA OLTIN BULIB UNI HAMMALAGA ULASHIB YURAVERSINLA ILOHIM
bilmadim, nima deyishgayam hayron odam, kambag'al bechoralarga yordam berishi yaxshiyu, lekin bu manimcha juda juda haddan oshish, mayli bolalarini qo'shnini bolasiday ko'rsin, tilla taqinchoqla olib bermay, oilasini o'rtahol tutishi ham yaxshi, lekin organlarini tarqatib berish...bunga nima deyishgayam hayron odam, axir uyam otaku, kimnidir otasini qutqaraman deb, o'zini farzandini o'ylamaydimi, bir kun kelib pochkasini birovga berib, o'zi pochkaga zor qolmasmikan, bilmadim.. shunday savobli ishlar qilar ekan, bir tarafdan havas qilsa arziydi, har kimam bunday qilolmaydi, lekin buning uchun xotini taksichilik qilishiga qo'yib berib, uni shu xolga tushishiga aybdor deb hisoblayman,
MANa xozirgi ko'p4ilik ayollar ozru umidi dib erini ham mensimidi bu kiwini erlari savob qilaman dib xotinlarini jilovlamabdilami be foyda manim4a!!! akaga rahmim kevotti opadan jaxlim 4iqvotti!!!
Man hamma izohlarni o'qib chiqib shu qarorga keldim: Ayol kishi hech qachon to'ymas ekan (albatta isklyucheniyalar ham bor, shuni uchun hamma hafa bo'lishi shart emas), kimga tegishli bo'sa o'sha o'ziga qa'bul qilib oladi!
Keneyi ham o'z og'zilari bilan etib turibdila, "bu dunyoga bir marta kelasan" a inson bir marta kelar ekan, yaxshilik qilib savob ish qilib qomidimi? tilla taqinchoq taqishni o'rniga!!!
bu dunyo shunday. Birovga yaxshilik qilishni bilmisanmi, yomonlik xam qilma. Nima u bir ikkishiga yordam bergani bilan dunyoga boy kambag'allar o'rtasida muvozanat saqlay olarmidai. Bu xuddi o'ng tomonga farishta chap tomonga baribir shayton borligiday gap. Xm
u kishi yaxshilikni muvozanat saqlash uchun emas, kambag'allarga yordam berishni, bo'ynidegi burchini ado etishi uchun qivotti yaxsih qiz! keyin o'ng tomonda farishta chap tomonda shayton emas, o'ng yelkada ham, chap yelkada ham farishta o'tiradi!!! siz kinodegilani etvos, o'ng tomonida yaxshi farishta turib, yaxshi tomonga bursa, chap tomonida shayton turib yomon tarafga tortadigan!
O'ng tomondayam chap tomondayam farishta o'tirib, chapdagisi gunoxni o'ngdagisi savobni yozishini bilaman. Chap yelkada shayton deb yozganimni ko'ryabsizmi? Yo'q. Menam chap tomon dedim. o'zimni gapimni o'zimga qaytarib aytayabsiz.
Xadis.
Muso(s.a.v.) cho'lda bir odamni uchratdi u qumga o'zini ko'mib olgandi. Keyin payg'ambarimiz so'radilar. Nega o'zingni qumga ko'mib olding? Chunki kiymim yo'q deb javob berdi. Payg'ambarimiz OLLOHDAN so'radilar ey OLLOH shu odamga kiyim ber qishloqqa qaytib borsin. Payg'ambarlarning duosi ijobat bo'ladi. OLLOH qabul qildi. Kunlar o'tib Muso(s.a.v) qishloqqa qaytdilar va shu odam ikki kishini o'ldirib uchinchisini o'ldirayatganda mirshablar ushlab olib ketayatgandi. Shunda Muso (s.a.v.) dedilar ey OLLOH sen bilguvchisan. Boshqa aralashmayman. Bildiz. O'ziz bilib turibsiz gapim to'g'ri ekanini tan ogiz kemaydi. xm Xayri exson xam meyorida. OLLOH bermaganni bandasi bera olmaydi. Men boshqa yozmiman. Shundayigayam tushunmasayiz bilmadim.
Qur'onda 3 narsa juft bo'lib kelgan, shulardan shu temaga oidini yozaman! namoz o'qi va zakot ber! Lekin siz etgande Xayri ehson meyorida bo'sin degan joyi yo'q~!
Hadis:
Musulmonlar bir shahar (qishloq, davlat, aniq bilmiman)ni math etganide ketishvotganida Umar (r.a) uydagi bor mulkini yarimini olib kelibdilar. Muhammad (s.a.v) Umar (r.a)dan so'rabdilar, uyizga qanchasini qoldirdiz, shunda Umar (r.a) qancha olib kelgan bo'lsa shunchasini, keyin Abu Bakir (r.a)dan so'rabdilar, siz oila a'zolaringizga qanchasini qoldirdingiz, Abu Bakir siddiq janoblari javob bergan ekanlar, ularga Ollohni va Payg'ambarini qoldirdim dib (tushunmaganlar uchun va hayr ehsonni meyori bor didiganlar uchun uylaridegi bor mol mulkni, boylikni ko'tarib olib kelgan ekanlar)
Oilasini yuvib tarab boqib farzandlarini shunga o'rgatib baxtli qisin. ana undan keyin boshqalarga qayg'ursin. Uni birinchi vazifasi bu oilasini asrash. OLLOH eng yomon ko'radi er xotin ajrashsa. Arshi titraydi. Bildiz. Oila birinchi o'rin uni asrash kerak.
yahwilik qiliw qiliw yordam beriw kambag`alni boy qiliw kerek degani emas kambag`allik boylik bandaga sinov uchun beriladi. bu sinovdan o`tganligimiz yoki o`tmaganligimiz ohiratda aytiladi.
Kechirasizu, Muzzy, ayol kishi ziynatlansin, faqat eri uchun, dib payg'ambarimiz Muhammad s.a.v. ham etganla. Kompyuterga kelsak, hozirgi zamonda usiz ish bitishi qiyin bo'lib qoldi. Farzandi kelajakda shu odamlani boqadi, shunichun uni ilm olishida pul qizg'anmasa, ertaga yaxshi joyda ishlab pul topganda mevasini ko'radi. Bugun bolasi uchun kompyuterdan pul qizg'ansa, ertaga farzand otasidan nafratlanib voyaga yetmidimi? Usha paytda pullari bo'lib turib obermaganla, dib. Xop, o'qib chiqsam, hamma yigitlani fikri bir xil, ya'ni erkeni oqlashvotti. Shunchalik yaxshi ish qivotganakan, sila o'zila nimaga komp ogansila, navorochenniy telefonila bordir, ushani o'rniga pulini bervormisilami qo'ni-qo'shniga? Qancha savob bo'ladiku? Ayolni molparastlikda ayblaguncha o'zilani bilila.
hamma odam bir hil emas,,, demak shu saytda izoh qoldirib, komp ishlatib yurgan erkaklar, u kishi kabi Hotam emas ekanmiz! (Gunohlarizmini kechirsin) i keyin esizda bo'sa Fotima onamiz bo'ynilarida tilla taqinchoq taqib payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) ko'rsatib Hazrati Ali (r.a.) olib berdilar deganlarida, Muhammad (s.a.v) nima degan edilar? Muhammad (s.a.v) qizi Fotima (r.a) bo'ynida jahannamning olovidan bo'lgan taqinchoq deb aytmaganmidilar? Shunda Fotima onamiz, u taqinchoqni yechib tashagan edilar! Fotima onamiz bashorat qilingan jannatiy ayollardan birilar!
Ulamola Xudomi? bir g'alati savol berdizde, boshida gapni yaxshi boshlab o'rtasiga keganda sal buzib qo'ydiz! siz va biz tushunmidigan narsani ular tushunishadi, Qur'ondegi oyatlarni hammasini ular o'rganib chiqishgan, demakki ular bizdan ko'ra ming chandon yaxshi bilishadi, biza qur'onni bir oyatiga yopishib olib, demak shu mumkin emas, demak shu mumkin deb olamiza, aslida uni o'rganish kerak, keyin bemalol gapirishi mumkin! hozir bu harom bu halol dib bilmasdan gapirib qo'yib adashishimiz va adashtirishimiz mumkin!
Taksist ayolniyam tushunsa bo'ladi. Erlari juda owirvoriptide. Oldin uyidilani ta'minlab qo'yib keyin bowqalaga yaxwili qiliw kere. O'zini uyidilani norozi qilib, ayolini iwlatib qo'yib qilingan yaxwiliniyam savobi bularmikin? Bar4a narsani Alloxning o'zi bilguv4i albatta.
Hurmatlisayt azolari sizlar bu yerda u mumkin bu mumkin emas dep tortishmelar qon berish azolarni berish bu harkimni o`z hohshi lekin man ham bir kichik go`dakka qon berganman va ishonamanki bu ishim hudoga hush yoqadihar kimni o`z shahsiy fikri borva lekin hamma narsani hudo biladi. Endi taksist ayolga kelsak nima bo`lganda ham u inson no to`g`ri ish qilyapti erning topganiga qanoat qilib yashash kere. Hurmatli Nozi Ulomolar hudo emas ular o`zlari bergan fatvoga ohiratda o`zlari javob beradi siz biz emas,
hey ti s**a, esli u tebya kakoyto yest mneniya napishi b**n, dumaesh ti samiy umniy? mne beset kogda takoy D******B tak je kak ti zaydet syuda i pishi to chto sam neznaet!
Opaginam erizdan noligandan köra 40ta makrizdan 1tasini iwlatin öwanda köras hammasi joy joyiga tuwib ketadi. Axir siz ayol kiwisizku!
Диққат:Ёзиб қолдирилган изох дарров сайтга чиқмайди. Хар бир изох узоғи билан 24 соат ичида текширувдан ўтади. Мабодо бу вақт ўтгач хам сайтда изохингиз чиқмаган бўлса унда чиқарилмаганлик сабаблари қўйидагича бўлиши мумкин:
Сайтимизда сўкиниш, хақорот, камситиш, мазах қилиш, салбий ва диний тарғибот, махалийчилик, миллатчилик, реклама ва қадр қимматни ерга ургувчи АЛОМАТЛАРИ БОР изохлар сайтга чиқмасданоқ ЎЧИРИЛАДИ!
Шунингдек миш-миш бўлиб кетишига сабабчи бўлгувчи тасдиқланмаган маълумотлар, тасдиқланмаган гап-сўзлар хам изохлардан ўчирилиши мумкин!
-Қолдирилаётган изох ўша мақоладан ташқаридаги мавзуда бўлса хам ўчирилиши мумкин.