Асли
зиёли оиладан бўлганим учун ўқиш ва ёзишни хуш кўраман. Болаликдан эртаклар
ўқиб катта бўлган бўлсам, хозир интернет оламидаги хикоялар билан бўш вақтимни
ўтказаман.
Иш куни
бошланиши билан офисимдан интернет оламини сайр қилиб албатта сайтингизга хам
кираман.
Оилаликман.
Фарзандларим бор. Совчи қўйиб уйланганим боис, хеч хам хотинимни сева олмадим. У
хам мени. Шунчаки эрман у менга хотин. На орзу хавас ва на эхтирос.
Болаларимиз
хам катта бўлиб бормоқда лекин хаётим сунъийдек. Хотинимга эса барибир, шундай
тарбия олган, эрга тегасан, туғасан эрингни айтгани айтган дегани деган, овқат
қиласан, уй тозалайсан болларингга қарайсан. Бўлди.
Мана шу
унинг муаммоси. Хиссиёт йўқ. Умрим билим олиш билан ўтганигами мухаббат ва
эхтиросдан йироқ бўлганим етмагандек, учраган аёлим хам мендан бешбаттар.
Нари
борса сериал кўради ёки телефонда, ё қўшнилар билан ғийбатлашади. Севги деган
нарсани фақат сериалда бўлади деб тушунади.
40дан
ўтганимда бир хижобли аёлни хаётимда учратдим. Учратдиму хаётим ўзгарди.
Шунақанги истарали, қизиқ инсонки… бошқаларга ўхшамайди, кўзлари ёниб туради. Оч рангда бўлганига эмас, истараси бор, чақнаб ўзига тортиб туради. Хаётимда илк маротаба муносабат, орзу хавас хуллас романтикани хис
қила бошладим.
Севиб қолдим, у хам мени. Кафеларга борамиз, ресторанларга, бир ажиб туйғу. Умримда
бўлмаган нарса.
Исломий инсон бўлганим учунхотинимга бориб айтдим. Тавба…ўзгармади.
Фақат ўз вақтида уйга келишим ва пулдан оиламиз
сиқилмаслигини айтди холос.
Яхши жойда ишлаганим учун доим айтган нарсаси мухаё эди-да.
Янги хотиним билан никох қилдим, ўзи бир қизи бор экан,
лекин бошқа фарзанд кўра олмас экан.
Ойдан ой
ўтиб мени ром этган унинг гап сўзлари, қилиқларидан
бошқа нарсаларни сеза бошладим.
Хечам хижобга мос эмасдида… Хижобни хам рангли, кўзга ташланадиганларидан кияди, гохида джинси шим устидан хам модница бўлиб киядимией...
Билсам…
Чақнаб турган кўзлар бекорга ўзига ром қилмаган экан. Фохишаларни кўзи хамиша ёниб туради дейишарди...
Хижобга
кирганига 5 йил бўлган бўлса, ундан аввал 17 ёшиданоқ бузулиб кетган фохиша
бўлган экан. Илк бора эрга текканида хам халиги "тиктириб” теккан экан, кейин
бу фош бўлиб калтак тагида яшаган экан. Қизи туғулганидан кейин ажралиб яна
касбини бошлаган. Бу орада хижобга икки маротаба кириб чиқишга хам улгурган,
хозир эса охирги киришим бошқа чиқмайман дейди...
Аввал
фохиша бўлганлигини билишим хам унинг гап сўзларидан бир икки сўкинишларидан
сезгандим. Билиб қолганимдан кейин роса урдим. Бўралаб сўкади-ей… Хижобига ўраб
ўлдириб қўяй дедим.
Мана 2
йил бўлди, хечам тушунаолмайман, нима қилишни билмайман.
Севаман, лекин бир хижобни ташлаган яна ташласачи?
Бир маротаба у касбини ташлаган яна қайтиб кетсачи? Шунақа
дейману 35га тўлганидан
кейин кимга хам керак?
Лекин
мингта эркакдан қолган билан қанақа яшайман?
Буёқда севги эх… Нима қилишга хайронман. Мухлис минбарига хат ёзяпману керакмикан деб
ўйлаб қолдим. Кўпроқ сизни маслахатингиз керакроқ бўлса керак. Чунки
хикояларингиз ва сиз хақингизда билишимча судда ишлагансиз, кейин психолог деб
хам эшитгандим. Балки ўзингиз маслахат берарсиз Сайёд? Яна билмадим балки
сайтга кирадиганлардан хам фикр чиқар? Нима бўлсаям менга ёрдам керак. Уни
севаман, у хам мени, лекин оғзи шалоқ, ўзи фохиша бўлган. Шуниси алам қилиб
кетяпти.
Bu yogi endi faqat ozingizga bogliq Birodar. SIz u ayolni butun ayollik sadoqatini qozgata olishingizda gap va uni yolga sola bilishingizda. Qolgan hamma qarorlar notogri va adolatsiz boladi.
Ayolni yulga solish erkakni vazifasi. Agar siz shu ayolingizni qalbini ochilishiga sabab bolsangiz qancha savob olishingizni bilsangiz kerak deb uylayman. Ilm olish Allohga yaqinlashish kuproq iymonlashib turing.
Олдинрок у аёл хакида яхширок маълумотга эга булиб кейин уйлангианиз маъкулмиди,ха нима булганда хам булар иш булган хулосани эса узиз чикарасиз. 2010 йил 01 сентябрь куни катта экранларга чиккан Голливуднинг Американец (The American) фильмни хам шунга ухшаш томонлари бор лекин у ерда хижобга кирган аёлни эмас хакикий Италиялик фохиша аёлни севиб колади...........
buni oqib togrisi tasirlandim lekin man usha okamizga shunday degan bolardim xozir zamon shunday bolib ketganki yosh-yosh qizaloqlar xam kochada usha ishni qilib yuribdi siz savob ish qilgansiz qaniydi sizdaqa mard erkaklar kopayib bizani uzbek qizlarimizni shunday yollardan olib chqib xaloli pok oila qurib yashasa usha qizlarxam baxtli yashediku gunox qilishdan saqlangan bolar edi.
xa bu juda ajoyib bundaylar köp. bilasmi mani bittda tog'amni ög'li bor edi bir fohishaga ilakishib qogan uni imonga keltirdi bu yöldan qaytardi va hijobga kirdi. na sökinish na yomon gap chqdi juda imonli bölib bordi 2 yilcha shu holat davom etdi orada xayriyatki farznad bölmadi hayriyat deyishimni sababi u eski ishini hijobda davom etirayotgan ekan oxirgi 3 4 oy ichida yaqin bir qöshninikida. astag'firillo disiz eri ushlap oldi ajrashdi haligi ayol hijobni yechtiyu shrilanka degan taraflaga yöl olib shu ishina davvom etirdi. bilasmi olloh insof bersa xich gapmas lekin insof bermasa siz ursez ham söksez ham bu befoyda agar insofga kegan bösa bu ayol avvalambor hulqini tuzatgan bölardi va ustidagi hijobini tög'ri kiygan bölardi chunki hijob keng va közga tashlanmaydigan rangda böladi. endi sevgi disiz lekin oxiratda bu ayol uchun siz javobgar bölasiz shuning uchun maslahatim yo imonini yangilap olib hulqiga ayolik nomiga ayniqsa HIJOBIGA yarasha bösin yoki bunaqa sevgini boridan yög'i. bu mani shaxsiy fikrim albattda lekin bir gap bor bukurni gör tuzatadi. u ayol ham huddi sizdaka fikirlayotgandur 35 yoshdan keyin kimgayam kereman uyda jim ötiraqoli dp. bilmadim Olloh hammamizni mushkulimizni yengil qisin illoyim
"Oldingdan oqqan suvni qadri yuq" deyishadi. Gulday xotiningiz, farzandlaringizning ustiga nima qilardingiz bu "usti yaltiroq, ichi qaltiroq"qa uchrab. Hali ham kechmas, oilangizga qayting. Keyin kech bulib qolmasin.
Tavba,Bu erkaklarga nima kerak,guldek oilasi bo`laturib qayoqdagi foxishani etagini tutib o`tirsa.Yana Sevgi emish.Shunday erkaklardan to`g`risi nafratlanaman. Xech b o`lmasa farzandlaringizni o`ylasangiz bo`lardi.Ularga pul emas,ota mehri kere.Kelajakda sizdan nafratlanib ulg`ayishadi.Ularga oson deb o`yliysizmi,ko`cha kuydagi gap so`zlarga chidash.Olloh o`zi sizga insof bersun va oilangizga qayting.Sevgan ayolingizga kelsak erta bir kun yana eski qilig`ini boshlamiydi deb kim kavolat beradi.
qazisan, qartsan asl zotinga tortasan... shuncha mashmahsa , pul ko'paysa shuda... sevgi.... unaqa ayollar sizgacha ham ne ne erkaklarni o'ziga rom qilgan o'sha joduli ko'zlari bilan bratan aql bilan ish qilish kerak u yoda bola chaqa .....
eee dustim endi shu ayolni yulga solish va uzini eski kasbiga kirishiga siz yul quymang shunda katta savobga ega bulasiz.Har bir banda adashadi be ayb yakka Ollohni uzi agar siz bu ayolni endi tashlab ketsangiz yoki bu ayolga beetibor bulsangiz siz gunohkor bulasiz avvalgi gunohlariga uzi javob beradi bundan buyogiga birga javob berasizlar ahir siz nikohingizga oldizku hijobda yursa bu juda zur mahkam tursangiz buldi sizni hurmat kilsa buldi. hijobni ichidan ne kiysa hijob uzun bulsa bilinmaydi buni yomon joyi bulmasa kerak sizga matonat buyogiga dustim
Xurmatli inson,siz juda xam jiddiy vaziyatga tushib qolibsiz. Sizga bir narsani aytmoqchiman,agar sevsa va siz uni sevsangiz nega endi u oldingi xayotidagi organib qolgan ba'zi bir qiliqlarini yigishtirib tashlamaydi,axir xayotini ozgartiraman degan inson qiliqlarini yurish turishlarini xam tubdan ozgartirishga xarakat qiladiku?Sizga esa farzandlaringizni onasi,uyingizni farishtasiga,ota-onangizni kelini-yu,ximzatkori,ozingizni jufti xalolingizni konglini ovlay olomadiz-mi?Ozingiz yillar davomida uyganadigan his tuygini,ozingiz barbot etib qoymadingizmi,bir qiligingiz bilan?.Ruschasiga aytganda jenshina lyubit ushami,a mujchina glazami,balki xali xammasi oldindadir,xarakat qilib koring. Balki bularning xammasi,sizni oz yoringizni qadriga etmaganingiz uchun Ollox tomonidan sizga berilgan bir sinovdir,xech oylab korganmisiz?Yana bir narsa nega endi barcha erkaklar,kopchiliklari deb aytmoqchiman, xayoti davomidagi turmush tarzida biron-bir muammoga duch kelsa darrov ayolidan ayb qidiradilar,aybni ozingizdan xam qidirib korsangiz bolarmikin.Yuqorida keltirgan gaplaringizga......... xamma sovchi qoyib uylanganlar xam bebaxt emas,va albatta xamma sevib ,uchrashib turmush qurganlar xam baxtli emas.Buni ozingiz xam yaxshi bilasiz.Lekin ayolingiz juda aqilli ish qilibtilar,urush janjal qilmay,farzandlaringizni risqini qirqmasligingizni sorab,tinchkina xayotlarini davom ettiryaptilar,bu uchun insonda qanchadan -qancha sabr -toqat va matonat bolishi kerak,ozlaridan otganni ozlari biladilar,ishoning menga ayol kishi garchan kuchli va befarq korinishni istasa xam ichida baribir zayf,ta'sirchan va nimjon boladi.Bu xikoyani eng alam qilayotgan joyi,nega endi ba'zi bir shunday ayollar xijobni niqob qilib,oiladan ajratib,farzandlarni tirik etim qilib,vafodor,xalol va pok jufti xaloldan yiroq qilisharkin?shunday ayollarni kasriga astoyidil OLLOXga yaqin bolaman,dinimizning barcha farzlarini ado etaman degan momina va muslima opa-singillarimiz jabr tortishadi.bu insofdan emas.Olloxdan sizga togri yol korsatishini va yoningizdagi bor bebaxo va topilmas oilangizni qadriga etishingizni sorab qolaman.
Salom. Xalqimizda yaxshi gap bor to'g'ri sal qo'polroq-ku baribir yozaman " o'ynashga ishonib, xotindan quruq qolma" . Yana bilmadimu balki bu xudoyimni sizga bergan jazosidir. Xisiz bo'lsayam ko'z ochib ko'rgan jufti halolizdan farzandlarizi onasidan va farzandlarizdan kechib shu ayoli ketidan ketganiz uchunamdir. Balki man aql o'rgatishga yoshli qilarman lekin manimcha haqiqiy xijobli qiz yoki ayol kishi hech qachon begona erkakni ko'ziga tik qaramiydi va ko'zini o'ynatmidi. Ayollarimizda tashqimas ichki xijob bo'lgani manimcha eng yaxshisi. CHunki xozir 90% xijoblini narmalniy deb bo'midi qanaqadir ko'zlari o'ynoqi eng yomoni shundaki xijob bu nazardan chetda yurish ya'ni o'ziga qaratmasli nimagadir xozirgi paytda ko'chada yurgan xijobdigila eng yorqin eng ko'zga tashlanadigan kiyim kiyib yuzligiga kamida 3kg bo'yoq surib yetmaganiga bor ovoz bilan kulib yurishadi. Shu o'rinda yana bitta gap "o'zinga ehtiyot bo'l qo'shnini o'g'ri tutma". Sevgi o'z yo'liga hayot boshqa. 1-Ayoliz aqiliy ayolakan ketvotganizda to'palon qimaganini sababi chunki u biladi "ot aylanib baribir o'z qozig'ini topadi". Man xijobni yomon dimiman lekin me'yor bo'lishi kerak. Kam bo'sayam haqiyqiy xijobli bo'sin o'ziga tog'ri bo'sin. Oldinga muhlis minbaridagi maqoladanam g'alati bo'lib ketdim chunkli yigiti xijobni xoxlamaganiga hamma o'sha yigitga qarshi, kechiraslayu oldiniga yarim yalang'och yurgan qiz bir pasta o'ranaman diyshi g'alatimasmi kimdir rosa agitatsiya qigani shundo bilingan."Bir balosi bo'lmasa........... keyin " o'g'ri qarisa so'fi bo'lur, g'ar qarisa otin bo'lur" dibam bekorga etishmagandir.Bu hammasi mani shaxsiy fikrim .
Bilmadim... Torisi man uladan ancha kichik yowdaligimgami bu narsalaga aqlim yetmasa kerak, yana bilmadim... Bu vaziyatda bir nima diyiw qiyin... Lekin mani u foxisha ayoldanam kura bu kishini uz ayollari qiziqtiryabdi. Nega u oddiygina javob berib qo`ygan. Manimcha undayam birnima bor! Keyin bu kishi o`z ayolini bilan sevib, sevilib yashamagan. Erkak kishi digan ozgina bo`lsada ayoliga mulozamat qila bilishi kerak, ayolini uziga rom eta olishi kerak! Chunki u erkak! (Hafa bo`lmasinlar-u AYB o`zlarida ekan! Ulani Hudo jazolab quyibdiku...) Qanday, nima qilay, harakat qilib ko`rdim demasinlar! O`sha foxishaga aytilgan so`zlar, mulozamatlar o`z ayoliga aytilganda balki o`shandagina hayoti o`zgargan bo`larmidi... Zerikarli hayot bo`lmasmidi... balki....
siz yahshilab uylab korin nima ish qiganizi .sevgi munaqa bolmidi usha berinch ayoliz bn bolganiz yahshiroq .sevgi faqat Allohga bu siz uchun snov bundan yahshi hulosa chiqarin
Siz o'zingizni islomiyman deysiz. Lekin foxisha ekanligini bilib qanday sevish mumkin. Axir tashqi dunyosini yoki sex dagi ustaligini sevarsiz. Islomiy odam Allohdan uyaladigan ayolni sevishi va ta'sirlanishi kerakku. Xayron qolaman xijob bu uning farishta qilib qo'ymaydiku... yana boshqa so'zlarim bor edi ammo tiyilaman
Бу мемуар асарни укиб тугриси хайратга тушдим... Мен хам сайтдаги барча вокеликлардан хабар топиб тураман, имкон борича. Хат муаллифига маслахат беришга хакким борми йукми билмадиму, аммо бу инсон уз оиласига кайтиши керак. Мехр курсатган инсон хеч качон бемехр колмайди, назаримда.... Яна билмадим турфа хил одамлар, турлича характерлар, турли характерлар....Хуллас, инсонни уз оиласига нима етсин! Хижоб масаласида бир нарса дейишга ожизман! Хамма уз гунох ва уз савобларига узи мукофот ёки жазосини олади!
ШУНАКАЛИГИНИ БИЛИБ ХАМ У БИЛАН БИРГА ЭКАНСИЗ, ОЛЛОХ ТАКДИРИНГИЗНИ АЙРО КИЛМАГУНЧА ЯШАЙВЕРАСИЗ ЭНДИ. КАЧОНЛАРДИР СИЗГА ЁКМИ КОЛАДИ УША АЁЛ ВА КАМЧИЛИКЛАРИНИ БАХОНА КИЛИБ ТАШЛАБ КЕТАСИЗ. ХОЗИРЧА ЭСА СЕВИБ СЕВИЛИБ ЯШАЙВЕРИНГ.
Unaqa ayolga taloq bervoring, ming sevsangiz ham. Oila degani muqaddas, uni asrash kerak. Hech tushuna olmayapman, qanday qilib uylanvoldiz shunaqa shallaqiga. O'zi to'g'ri aytishadida: Bir ayol makri 40 tuyaga yuk bo'ladi deb. Sizni sevdirib, oxiri rashk bilan ado etvorishi ham mumkin.
Erkaklik g'ururi qaerda qoldi?Uyda pok oilangiz bo'la turib...Olloxni sizga bergan jazosi bu!Ko'zingizni oching,birinchi xotinizga raxmat ayting sabr bardoshiga.40 dan oshganda sevgiga balo bormi?Farzandlarizni kelajagini o'ylasezchi!!!Oxirati kuygan ayol bilan yashab nima qilasiz?Islomdan zarracha xabariz yo'q ekanu,yana islomiyman deganizga o'laymi!!!
Uziz shu yulni tanlagansiz agar sizni desa muomilasini uzgartiring foxisha xam Ayol unga xam oila kerak uni tashlab ketsanggiz yana shu foxishalikka kirib ketishi mumkin, bir nechta erkakni kurib chiqqan degan gapiz nourin uni xalollab olgan bulsanggiz u siz uchun xalol xotin u aybini yuvmoqchidir xijobga kirgan siz uni tarbiyalang, inshaollox xammasi yaxshilik bilan tugaydi faqat 2 ayolizni bir urinda kuring!!!
Assalomu alekum Sayyod.com muhlislari. Oka bu hayot 2-ayolizni yo'lga sosez b-di. Iymondan yiroqlashgan erke ayol bu ishga qo'l uradi. 95%erke borsam didi iloji bo'sa tekiniga. Hullas oka sevdizmi qattiq ushen i bu ishlani hayotilada bo'magan dib hisoblen. Lrkin 2-ayolizniyam esdan chiqarmen. birinchi huft haloliz. Sevsa gapizga kiradi. Baxtli bo'lin!
Жура, бунака ахволга тушганингга жудаям ачинаман. Лекин яхшилаб уйласанг, яна оилага кайтишинг мумкин. фарзандингни, уларни тугган онасини хеч ким билан алмаштириб булмайди.
sizda yaxwi iw amaliz bor sizzi o'rnizda bo'ganmda ajrawb uwa birinchi xotinim b-n tinchgna yawab yurardm. Erini etganini qigan unga farzand tug'ib bergan uyidan bowqa g'am tawviwi yo'q ayollar xozir kam. Yengi xotiniz bo'sa xafa bo'menku CHICHGA KO'T YANA UWA IWWI QVURADI UZUR
bir oyatda(uzr ma'nosini aytaman to'liq shaklini eslay olmadim ) ayolaringizni sevmasangiz ham sabr qanoat qilsangiz ALLOH sizlarga ayolaringizdan yaxshiliklarni berur ( bu oyatni to'liq shaklini va qaysi suradan ekanligini biladigan birodarlar iltimos yozib yuboringlar meni to'liq shaklini ayta olmaganim uchun uzr hech kim aytmaganiga aytdim) bu oyat birinchi oilalariga munosabatlariga juda ham mos menimcha bu birodar akamizaga Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xazratlaridan bu masala bo'yicha so'rab surishtirishlarini tavsiya etaman .
olamga jar solib sevdingizmi, endi kamchiligi bilan seving. O'zingiz tanlagan yo'l, shu ayolni to'g'ri yo'lga boshlasez savobga qolasiz. bu narsalar haqida bilmaganizda sevar edingizku. Ajrashsangiz hayotizni ohirigacha yana oldingiday hayotdan nolib o'tasiz... (uzr gaplarim uchun, lekin "sevaman lekin kamchligi...." didigan odamlani tushunmiman, sevgan odamni hatodan to'xtatish, qaytarish kereku, o'zgariwiga faqat siz eriwolisiz, o'tmishi dib tawab ketsez bundan battar bo'liwi mumkin...) O'ylab ko'rin yana...
Bu to'qlikka sho'hlik bo'lsa kerak,Ish joyim yahshi, daromad ham yahshi deb yozibsiz.Okajon sizni qorningiz sal ochroq yurishi kerak e'di.Shunda miyada ham qon yahshi aylanadi.Sizniki sevgi e'mas shahvat bo'lgan faqat.Keyin o'qiganman oliy malumotliman debsiz, lekin uqimagan e'kansiz. Achinarlisi shu.
Assalomu-alaykum, avvalam bor! Bilasizmi, menimcha siz hozir birinchi urinda uz farzandlaringizni uylashingiz kerak! Buyi yetgan ugil-qizlarizni hozir siz uylamasangiz, keyin kech buladi. Axir siz qatdagidir bir foxisha bilan yashavotganizni boshqalar bilsa, farzandlariz qanday qilib bosh kutarib yuradi, ugillariz uylanaman deydi, qizlarizga sovchi keladi. Lekin shu xabar tarqalsa bormi?! Xudo kursatmasi, unda sovchilar ham kelgan yulidan qaytib ketadi, qizini uzataman deganlar ham surishtirib, rad javobini bervoradi. Tugri, ayb farzandlarizda emas, lekin sizning shu birgina xatoiz ularning kelajagiga chang solishi mumkin! Uziz bilasiz, uzbeklarning, nafaqat uzbeklarning, balki boshqa halqlarda ham shunday odat bor, quda bulishdan oldin surab-surishtirib, nasl-nasabini bilib keyin tuy qilish deganlaridek. Axir kim kafolat beradi sizga shu gaplarni eshitgan ota-ona, otasi qanaqa-yu bolasi qanaqa bular edi, u ham bironta foxishaga ilakishvolib qizimizi tashlab ketgandan kura quda bumiy quyaqolaylik demidi deb?! Yo qizizga kegan sovchilar? Nima bulganda ham farzandlariz haqida birinchi urind uylaganingiz maqul, ular katta bulib bormoqda debsiz, lekin katta buganlarida baxtlariga zomin bulmay demabsiz. Aka, xotini ulgan erkak emassiz, xarakat qilsaiz rafiqaiz ham uzgaradi, axir pok, sarishta, ogir-bosiq, sadoqatli rafiqangiz turganda, qatdagidir bir sarqitni nima qilasiz? U boshqa farzand kurolmidi debsiz, u holda uni farzandiga otalik mehrizni berasizu, uz bolalariz otasi tirik bula turib ota mehriga zor bulishadimi? Hijobga kirdi degan poklandi degani emas, tavbasiga tayandi degani ham emas, uziz yozibsiz, ikki marta hijobga kirib chiqibdi deb, 3-chi marta ham kirib-chiquradi! Muhimi insonning ichki dunyosi, uning tashqi kurinishi emas! avvalam bor ayol kishimi, erkak kishi oilali insonga ilakishmidi, agar u rostdan ham diyonatli bulsa! Sizga maslahatim u ayolni (agar uni shunday atash mumkin bulsa) talogini bering, uz oilangiz bagriga qaytib baxtli hayot kechiring, uz taqdiriz uz qulingizda, axir inson uz qullari bilan chiroyli binolar qurganida, guzal boglar barpo etganda, bir mujazgina, guzal va baxtli oila qurolmidimi?! Hammasi uzizga bogliq - Esli gora ne idet k Magametu, to Magamet idet k gore!!!!!!!! Ollohim etganidek - Sandan xarakat, mandan barakkat!!!!!!!!!!!!!!!!
ey vokif banda!yomon baloga uchrabsiz.sizni hayolingizni ugirlabdi.oilangizni sevmaganligingiz uchun sizni Olloh jazolagan,farishta ayolingizni kadriga etmaganingiz uchun. kiz bolaligida ham uzingiz yozibsiz"tiktirib tekkan"deb,siz islomiy yigit yana nimani kutyabsiz,35 dan keyin bilasizmi kim bulishini,kushmachi buladida.Farzandlaringizni uylayapsizmi?Agar qglingiz shunday kizni sevib kolsa yoki kizingiz shu yulga kirib ketsa nima kilasiz?Kuda tutgandachi?Sizni kimliginziz ushanda bilinadi.Sizni kandayligingizni kimga uylanganizi odamlar bilmaydi deysizmi?Bolalaringizga kiyin kilib kuyibsiz.Agar uz ayolingizni sevishga harakat kilganizda г ham sizni sevib kolar edi.Bolalaringizni uylab uzingiz bir karorga keling,ota onangizga ham rahmim kelyapti.
hm... bir tomondan sizga bu sinov va jazo, siz hotiniyzni yani usha fohishalardek nozu ishvalar qilmagan hotiniyzni qupol qilib aytganda pasteldagina sizga yoqadigan fohisha bilan almashtirgansiz, siz sevmagansiz sizga faqat usha tomonlari yoqqan, sevganizda endi uni ayblab utirmasdiyz, endi yoqmiy qolganda tashlab ketseyz juda katta gunoh qilasiz, sevgan odamini aybi kurinmidi agar haqiqatda sevsez, uni keyingi siz bilan bulgan hayoti halol agar nikohlagan buseyz, uni utgan hayotini eslamiy yulga soling, islomiy kitoblardan olib bering va uzingiz ham nima gunohu nima savob haqida tinmay gapiring, hullas endi uni iymoni butub bulishiga hissa qushganiz siz uchun savob, sabr qiling, inshAllah sabringizga javob olasiz, uni hozir tashlab ketseyz undan battar bupketishi mumkin va yana uni shunaqa bulishiga siz javobgar va gunohkor bupqolasiz, endi ohirigacha erlik qilib yulga soling, faqat uni ushlab olganizdagina quyvorishingiz mumkin Vallahu Alam
Assalomu alaykum aka siz akl sohibisiz chunki sizi alloh banda kilib yaratti xayvondan aklli kildi,endi o'ziz o'ylen aka oldizda yangi minggan mashina,va birovlar mingan mashina siz albatta mashinezga karesiz chunki siz u mashinani karab mingansiz karab yogini almashirib turgansiz.xulosa chikarin ko'chada birovlardi erkalatib birovdi xushlab konglini olgan ayol a,sizi ham shulari maxliyo kilgan.sevgiga keladigan bosak aka allohtan soren alloh beradi sevgini ham boshkasini ham aka.alloh jannatta shunday xurlar beradi aka buni unitmen.sevgi muhabbat allohga va paygambariga boladi!
Kalla ishlaganda bunaqa hato qilinmasdi ! Qilar ishni qilib endi boshqalardan maslahat olish ! maslahatim bollarizni tarbiyalang , 40 yoshdan kegin dovdiramasdan yring !
Диққат:Ёзиб қолдирилган изох дарров сайтга чиқмайди. Хар бир изох узоғи билан 24 соат ичида текширувдан ўтади. Мабодо бу вақт ўтгач хам сайтда изохингиз чиқмаган бўлса унда чиқарилмаганлик сабаблари қўйидагича бўлиши мумкин:
Сайтимизда сўкиниш, хақорот, камситиш, мазах қилиш, салбий ва диний тарғибот, махалийчилик, миллатчилик, реклама ва қадр қимматни ерга ургувчи АЛОМАТЛАРИ БОР изохлар сайтга чиқмасданоқ ЎЧИРИЛАДИ!
Шунингдек миш-миш бўлиб кетишига сабабчи бўлгувчи тасдиқланмаган маълумотлар, тасдиқланмаган гап-сўзлар хам изохлардан ўчирилиши мумкин!
-Қолдирилаётган изох ўша мақоладан ташқаридаги мавзуда бўлса хам ўчирилиши мумкин.