Оилада ёлғиз фарзандман, бой эмасмиз. Қаттиқ севиб уйландим. Бошиданоқ иккимиз танловимиздан икки тараф оиламиз рози бўлган. Хаммаси тўй кунигача худди эртакдек силлиқ ва чиройлик ўтди.
Суйган қизим билан 2 йил учрашиб юриб уйланганман, оиласини хам текширишди, қўни қўшнилар оғзидан бол томиб мақтайдиган қиз.
Оддийроқ оиладан бўлганимиз сабабли тўй қилиш кечикди, келин тараф пул йиғди, биз эса квартирамизни сотдик. Умумий ховлимиз бор, бу квартирага шунчаки ижарага одам қўярдик.
Чимилдиқда севганим қиз чиқмади... Шок холатига тушдим. Ўзи ғинг демайди. Шу қадар шокда эканлигимдан жахлим хам чиқмади, бошқа одам бўлса уриб ташлаб, хайдаб юборарди балки лекин каравотда ётган қиз мен 2 йил билган ўзимни суйганим, хеч нарсани тушунмайман. Жавоб бериш ўрнига тиззасини қучоқлаб йиғлайди холос. Сизни севаман, шарманда қилманг, ёшликдаги хатолик холос дейди.
Тонгга яқин, негадир
бошқача бир жунбушга келиб кетдим шекил, уни зўрладим. Яъни хохишига қарши
қийнаб жинсий алоқа қилдим. Ўша пайт хаёлимда бу фохишадек эди. Аламимданми
тушунмайман. Шундан кейинги тўшак хаёти фақат мана шундай тарзда ўтадиган бўлди. 
Хеч нарсани гапирмайди фақат хато ўтган дейди. Бир тарафдан рости жудаям
севаман умуман шу 2 йил ичида ёмон тарафи кўринмаган, жуда камгап, жиддий қиз.
Бир тарафдан тўйни зўрға қилиб хозир хайдаб юборсам яна тушунмайман. Балки хато қиларман, балки ёшлигида
рости хато ўтгандир. Гап тўйга кетган харажатда хам эмас, хар тарафлама жуда
жиддий зиддиятдаман.
Ўзбекчилик қоидасини биласиз, текширув натижасини янгаларга бериш керак. Бундай воқеаларни эшитганим учун мен хам бир йигит каби сонимни кесиб озгина қон томчиси билан бериб юбордим.
Буёғи бир гап бўлар дедим чунки яхшилаб ўйлаш керак кейин қаттиқ шокда эдим.
Мана орадан кунлар ўтмоқда хамки умуман карахт ахволдаман. Хотиним эса индамайди, келинлик бурчини аъло бажармоқда, отам, онам умуман хамма уйдагилар уни шунақанги яхши кўришадики тасаввур қила олмайсиз.... Мен эса...
Севишгаку севаман лекин шокдаман хануз. Айниқса бирга бўладиган пайт шу
ахвол. У билан эру хотиндек
эмас худди фохиша билан ётгандек қийнаб истаганимча нафсимни қондира
бошлаяпман. У эса индамаяпти.
Айнан шу тўшакда уни энди хотинимдек эмас бир фохишадек қабул қиляпман.
Хеч кимга буни айта олмайман, шунинг учун хам сирли равишда одамлар фикрига мухтожман. Илтимос менга психолог ёки кимгадир учрашишни маслахат берманглар, шунчаки фикрингизни айтинглар. Қийналиб кетдим. Уни севаман, оиламга ёқади, лекин кечалари....
У.
| Adolatsiz haqiqatlar [34] | 
| Arhiv [1] | 
| Baxs| Tanqid | Janjal [516] | 
| BeshBet [20] | 
| Din [85] | 
| Duel [2] | 
| Expresso [31] | 
| FIKRiston [58] | 
| Hit-Parad [44] | 
| Ijara qo'shiqlar [25] | 
| IJODiston [84] | 
| IMPRO-TK [18] | 
| Jonli ijro [4] | 
| JuMaNjI [51] | 
| JurYuldus [10] | 
| Kaktusso [5] Yoqimsiz ammo foydali suhbat  | 
| Kongil [0] | 
| Kundalik-shou [13] Realiti serial  | 
| Mashhur ko'targan mavzu [2] | 
| MP3|Video [1070] | 
| Muhlis Minbari [216] | 
| Ovoznoma [6] Luiza bilan  | 
| Premyera [17] | 
| Prikol [100] | 
| Paparacci-ppc [0] | 
| Podstava [3] | 
| Realiti shou [74] | 
| Retro [7] | 
| Sayyod-show [25] | 
| Sport [18] | 
| Shantaj [6] Videoloyiha  | 
| Shunchaki qiziq [27] | 
| Suhbat | Intervyu | Reportaj [748] | 
| Tabriklar [179] | 
| Taqdimot [55] | 
| Hayriya| Akciya | Tadbir [330] | 
| Turk shou-biz [16] | 
| TV | Teatr, Kino.uz [121] | 
| Yangiliklar [819] | 
| Yulduzning qo'shnisi [4] Mashhurlarning qo'shnilariga so'z  | 
| BIRINCHI-SHOU [5] Radio Grand bilan  | 
Hullasi kalom! Sizga muammolarizdan qutilib olishizda sabr toqat berishini Olloxdan so'rab qolaman!
Birinchidan o'zingiz pokmisiz shu masalada!?
Beayb barvardigor! Bu holatingizda Tarozining ikki pallasiga bir boqib ko'ring.
keyin esa sirni yashirib birga hayotni davom ettirsangiz nimaga erishasiz? oilangizning munosabati yaxshi, uni sevasiz,....
agar taloq (naqadar sovuq so'z) bersangizchi? birinchidan ayoliz yuqorida o'rtoqlar aytgande yomon yo'lga kirib ketish ehtimoli katta.Bu bilan menga gunohi tegmidi deb kafolatlay olmaysiz; gap-so'zlar kopayadi, ota-onangizga ham bu habar yaxshi eshitilmaydi, nafaqat bu ikki oilaga baxtsizlik olib keladi, balki jamiyatga katta muommo!
Birodar ayolizga mehr ko'zi bn bilan qarang!! ayniqsa kechalari. ishoning ishingiz besh bo'ladi. Ayoliz bir xato qilgan, kechirish yaxshi hislatlarimizdan.chin dildan baxtli bo'ling!!!!
endi sizni otmishiz, tarihiz judayam toza bolsa, siz bunday ishlaga yaqinlashmagan bolsez albatta siz eng yaxshi bokira qizga loyiq ediz.. man bir soz deyolmayman buni oldida.. siz undan kechganizda ham haqli ediz, uyizdan haydab yuborganizda ham haqli bolardiz... lekin nimaga uni bokiramasligini bilib turib yana tegdiz?? hop fohishadek boqayotgan ekansiz, nahot siz fohishadan jirkanmadiz??? ajrashguz kevotgan bolsa nimaga tegas unga?? ertaga undan bolalik bolib qolsez nima qilas?? (bir bola tirik yetim ulgaysinmi??) "gururiz" shu darajada yuqori ekan (ya'ni uni bokira emasligini hazm qilolmayabdi) unga tegmasligiz kerak edi.. modomiki uni bokiramasligini bilib turib yana unga tegibsizmi siz uni kechirishiz kerak.. erkak kishi hotinini hotini bolmasidan oldingi aybini kechirishligi uni gurursizlik, yoki nomussizligi emas. muhimi hotini bolganidan keyingi nomusni saqlash erkakni burchi, hozi u sizni hotiniz uni sharafini himoya qilishiz sizni burchizmasmi... bokira bolmasa ham siz unga tegdizuu. siz shundoq qilib maza qilib ketaverasizuu keyin ajrashsez azobini u totsinmi?? agar siz haligacha unga tegmagan bolganizda man sizga bir ogiz gap gapirolmagan bolardim.. illo tasonnolar aytvorardim, chunki siz buyuk bir ish qilgan bolardiz... lekin siz unga tegibsiz... endi boshqa buyuk ish ro'parangizda turibdi.. yani uni kechirish... birinchi buyuk ishni qilolmadiz, bunisini qilolaysizmi???
agar shu voqea erkaklarda bo'lsa ayyollar kechirib, hech narsa bo'lmagandey yashab ketishadi? nimaga? chunki ayollada biror bir holatni tushunishga ichida doim bahonasi tayyor... erkaklarni poligamniy bo'ladi, ularni hudo shunaqa yaratgan dib o'zini o'zi tinchlantirib qo'ya qoladi
yuragizdan kechira olishga kuchiz yetadimi?? sizga shu kuchni topa olishizga chin dildan tiliman
Ha u ham odam, sevgandir kimnidir, kozi kor bolgandir, surab biling kim ekan u iflos uni aldagan, 2 yil uchrashib oldiga yolatmabdiku sizni, demak fohisha emas, uzini pulga sotmagan bolsa, qanday qilib fohisha boladi, sozlarni ham uylab ishlatish kerak.
Toqri, yachshi ish qilibsiz uni sharmandalikdan qutqarib sizga katta rahmat, lekin u bilan bunday holda yotib turganizga qoyil qolmadim, usha aldagan yigitdan uzingizning nima farqingiz bor???? U ham odam, bechoraning boshidan nimalar utmagan, bechora ota-onasidan qorqanidan, hammasiga chidab yurgandir.
Uzingizchi toydan oldin hech kim bilan yotib turmaganmisiz? Hop nega yotib turgansiz???? Toyingizgacha kutsangiz bolmasmidi, nega ayolarni chunchalik diskriminatsiya qiladi ya bu erkaklar?!...
Bu holatga boshqacha koz bilan qarashga harakat qiling agar qila olmasangiz unda ajrashing, uni ham uzingizni ham qiynamang, shunsiz ham hayotda muamolar kop, yachshisi biron oy alohida yotib koring, agar u qizsiz yasha olishingizga kozingiz etsa unda ajrashing, maralniy birovni ezmang.
Bir qizni bilar edim, 6 yoshida amakisi onasiga qasd qilib bizib qoygan urtoqimni, bechora hech kimga qing deya olmasdan 30 yoshgacha turmushga chiqmay yurdi, ohiri bir chetilika erga tegdi, mani uzbeklar tushuna olmaydi deb, vaholanki baribir qiz bola emasmanku deb boshqalar bilar yashab yursa bolar ediku, lekin u bu ishni qilmadi, hayotda har hil holatlar boladi, odamlar har hil, yachshilab uylab korib ish koring.
Men urningizda bolganimda hammasini boshidan boshlagan bolar edim, chunki konglinga ota onaga yoqatigan insoni topishi oson emas, eng yomoni sen sevmaydigan, yoki u sevmagan inson bilan yashash DAHSHAT
lekin agar unga ishonmasangiz, unda bolalik bolmasidan oldin, ajrashganingiz maqul va yotib turmaganingiz maqul.
Uylab ish koring, birovning bolasini jismoniy va moralniy ezmang, hudo hammaga rahmdil, biz ham rahmdil bolishimiz kerak, birovni ayblashdan eng oson ish yoqdir.
Omad
lekin hoz xotinizzi qoyvorsez yuz foiz aynib buzulib ketadila... Gunohi babir szgayam uradi, chunki sizzi qolizda hoz shu qizni taqdiri...Yaxwi korsez kozizzi yumasiz babir, iloj yo! Lekin shu qizni shundoligicha qabul qisez sizga ancha savooob!!!
Olloh solih farzandla bersin ILohim!!!! POmojet!
o'rto avallambor siz bilan mani hayotimda bunaqa ish sodir bo'lishini istamiman... savolizga kese- mani hayotimda bo'lgan taqdirda birinchi bo'lib o'zimni aybdor qilaman...
1) man ikki yil qiz bola b.n gaplashib yursam MAN U QIZNI QANAQALIGINI BILVOLAMAN
2) nikohdan oldin med kamessiya dgan narsa bor 10 yil sevishsam ham med kamessiyadan o'tqazaman. faqat bokiralikni bilush u.n emas DNK RNK to'g'ri kelmasligi mumkin u bo'sa bolani nogiron bo'lishiga sabab bo'ladi. (sevgi muhabbatni emas kelajak avlodni ham o'ylash kere)
3) hamma qizlar b.n ko'ngil hushlik u.n yurmiman bitta sevgan qizim bor qolagan tanish qizlarni opam singlim sifatida ko'raman (U uylanmasidan oldin kimnidir qahriga uchragan ulaa shuni azobini tortib yuribdila)
lekin u ayolning "yoshlikdagi xatosi" tufayli bir umr sizni uziz qiynalib yurishingiz ham tugri emas. bu narsaga kunika olmasangiz, bir umr qiynalib yashaysiz, u ayolga ham qiyin buladi siz bilan birga yashash.
hali farzand tugilmasdan oldin hal qiling qanday yul tutishingizni.
keyingi mavzu: agarda bu xotiniz bilan hozi ajrawsez, sizga kim garantiya beradi keyingi xotiniz "toza" bulishini? mana shu qiz bilan 2yil sevishib bilolmagan sekretni yana bowqa kimdan aniqlolasiz?
oxirgi va ayanchli misol: utgan yili Osh shahrida bugan voqealarda necha necha yosh qizlar badnom buldi? kimni aybi bilan? Ne ujeli uwa qizlarni uzini aybi bilan dib uylis? man aytmoqchimanki, balki sizziyam xotinizda sizga aytolmedigan, yoki aytiwga qiynaladigan voqea bugandur...
bilaman, bugundan hammasini unutvorib, yangi hayot bowlaw osonmas... Lekin bu xotinizni quyvorib nimaga eriwasiz? kim sizga rahmat didiyu, nima savob olasiz? keyin uziz sevmagan biron bir "toza" qizga uylanmoqchimisiz?
mani yoshim 24da, hali deystvinnikman (kupchili yigitla yawiriwadi deystvinnikligini) lekin, har doim vaziyatga tugri yul, tugri fikr bilan qaraw kere dib uyliman... uwa kechasi 1-qarorni qabul qilgansiz, ne ujeli wu qarorizni davom ettirolmisiz?
Maslahatim Allohdan madad suren, bugan narsalarni unutiwga HARAKAT qilin(kere busa xotinizga yordam berin wulani unutiwga)... InshaAlloh, farzandli buganlarizda hammasi unut unut buladi, yuqoridagila aytiwganide, sizzi endigi burchiz-xotinizzi himoya qiliw!!!
oxirgi qaror qabul qiliw sizdan, faqat iltimos qarorni chuqur uylab qabul qilin, - va + larini yaxwilab urganin
Rasululloh s.a.v sizlardan biringiz bir yomon ishni ko'rsa berkitsin, Alloh ham maxsharda uni ayblarini berkitadi - degan mazmunda hadislari mavjud.
Yana bir hadis mavjudki, Alloh xech bir bandasiga zulm qilmaydi, va har bir bandasiga toqati yetadigan sinov beradi...
Erkak kishiga eng og'ir narsa or nomus masalasi, xech kim ishni baribir siz kabi his qila olmaydi. Muhimi nafrat aql pardalarini to'sib qo'ymasin. Ayolingiz bilan gaplashing, imkon bering... Lekin aytganingizdek jinsiy munosabatda ham muomalada ham zulm qilmang, chunki inson qiyomatda qo'l ostidagi insonlarga ham javob beradi...