Salom sayyod.com rahbariyati hamda muxlislari.sizlarga aytib bermoqchi bo'lgan voqea meni boshimdan o'tgan bo'lib meni hozirgacha bu voqealar qiynab kelmoqda.hozir yoshim 25 da.2011 yil institutning 3 kursidaligimda ne ne orzu umidlar bilan oliy malumotli o'zimdan 6 yosh katta bo'lgan kishiga turmushga chiqdim.u kishi meni jamoat transportida uchratib yoqtirib surishtirib sovchi yuborib menga uylandilar. to'y marosimlar hammasi risoladigidek bo'ldi ammo hammasi tuy o'tgandan keyin boshlandi.kuyov yani turmush o'rtog'im menga umuman yaqinlashmasdi.kechalari qo'shni xonada yotadigan bora bora esa ishxonadan kelmaydigan odat chiqardi.ustiga ustak qaynonam zug'um o'kazishni boshlagandi senga uylangandan beri o'g'lim o'zgarib kechalariuyga kelmaydigan ichadigan odat chiqardi deb.men u bilan vaziyatni oydinlashtirish maqsadida gaplashib olishga harakat qilardim lekin u doim meni eshitgisi kelmas va doim paysalga solardi.shu zaylda 2 oy vaqt o'tdi. nihoyat u men shunaqa kasal odamman (impatent)ayolimga yaqinlasholmayman senga onamni okelin qilish orzusi uchun uylandim ota uyinga bor baxtingni top meni kechir deb meni javobimni berdi.ota onamni chaqirib hech to'polonlarsiz ko'ch ko'ronimni olib otamnikiga qaytdim.
3 oy deganda rasmiy ajrashdik. ruhan siqilib darslarimga qatnay olmadim ochig'i kursdoshlarim oldida 2 oyda ajrashibdi degan mish mishlarga qolib ketmay deb uyalib qatnay olmadim.ruhan ezildim yolg'izlandim depressiyaga tushdim dugonalarimga qo'shila olmadim natijada o'qishdan chetlashtirilish to'grisida ogohlantirish oldim va onam menga o'qishga qaytishimga ruhan dalda berib diplom ishlarimda yordam berib turdilar nihoyat eson omon bitirib diplom ham oldim nufuzli joylarga ishga ham kirdim bunda otam yordam berdilar o'zimni ishga bag'ishladim bu orada 2,3 joydan sovchilar kela boshladi. biri qarindosh bo'lsa ikkinchisi uylanmagan yigit bola uchinchisi esa hali xotinidan rasman ajrashmagan erkak kishi edi.
ajrashganimga 3 yil to'lib qoldi. shunda yana bir kishidan sovchi kela boshladi.o'zimdan 2 yosh kata o'qimishli xotini bilan 6 oy yashab ajrashgan va u ayol bir qiz ko'rgan va ayni damda shu qizi uchun aliment to'layotgan edi.oilamni qistovi bilan shu kishiga ikkinchi marotaba turmushga bokira sifatida chiqdim.tuyimiz 10 kun ichida bo'lganligi sabab zags dan tuydan keyin o'tamiz dwb meni aldab menga uylandilar.aldab deganimni manosini hali bu gaplarimni hammasini o'qib tushunib olasizlar...... Tuyimuzni 10 kun tez muddatda bo'lishiga sabab yana 15 kundan keyin erimni ukasi yani qaynukamni tuyishi bo'lishi kerak edi. meni erimni aka sifatida to'yini oldinroq qilishdi. ixchamgina lekin tuy bo'ldi yana oq kuylak kiydim. oldiniga hammasi yaxshi edi. qaynonam bilan apoq chapoq edik lekin ovsinimni 15 kundan keyin ovsinimni tushirgandan keyin qaynonam uzgarib qoldi.
qaynukam doim safarda yurganligi sabab qaynonam ovsinimni xonasida chilalli kelin yakka yotmaydi deb u bilan yotardi va qaynona kelin birgalikda 9 ertalab uygonishardi ungacha men hamma ishlarni qilib nonushtalarni taxlab supurib sidirib tozalab kelinlik vazifalarimni qilib qo'yardim. qizigi ovsinim uzini bu yerda mehmondek tutardi. hech bulmaganda uzi yegan ovqatini idishini yuvmasdi ish ovqat qilish uyiqda tursin hatto uy ishlarida menga yordam bermasdi. bir ikki marta qaynonamga namyok qilganday buldim u kishi jiming o'glim kupincha safarda tilim qisiq siz uziz ishlarizni bilib qilavering ovsinizga istehzo qilmang aksincha unga o'rnak buling dedilar. gapirganimga pushaymon yeb ikkinchi gapirmaydigan bo'lib qoldim. eng alam qiladigani ovsinim meni xuzmatkori sifatida ko'rib pisand qilmasdi vaholanki u mendan 15 kun keyin kelin bo'lib tushgandi. ustiga ustak qaynonamga nimadirlar deb meni yomonlatotgani qaynonamni menga bo'lgan munosabatidan bilinardi. erimga aytib kurdim befoyda u ham sen ukamni oilasiga aralashma dedi. bu orada ovsinim ham zags qilinmagan edi ikkalangni 1 kunda qilaman deb qaynonam so'z bergandi. menga indamay ovsinimni qaynukam safardan qaytgan kuni ikkalasini zagsga yubordi. ovsinim allaqachon qaynonamni bir nimalar deb avrab olgan edi. ular zagsdan utib kelishdi. menga esa qaynonam indamadi sizga hali bor dedi zurg'a yutinib xop dedim. zags qogozimiz bulmagani uchun hech bir domla bizga nikoh o'qimagan edi menga shunisi alam qilardi. qaynonamni zags qilmay tuy qilganiga sabab nimamush erimni avvalgi xotini qaynonamni uyiga ajrashayotib davogarlik qiganmushde keyin erimni alimentga berganmush hozir ko'rmagan nabirasi uchun aliment to'layotganmish. lekin ovsinimni zagsdan o'tkaztirdi.
bu orada ovsinim mendan oldin homilador bo'lib tili uzayib qoldi. gap qaytaradigan arazlab ketadigan odat chiqardi. har kun u tufayli uyda janjal boshlangandi. qaynonam unga ishonib сhuv tushganiga zags qilganiga pushaymon edi. u bilan bunday muammo boshlangandan keyin men zags haqida ogiz ocholmasdim. bu muammolar tinjib ketishini kutdim. tuyimizga 3 oy tulib qolgandi ustiga ovsinim homilador bo'lganiga qaynonam xavotir olib qisirmasmisiz mabodo derdi. erimni avvalgi xotini qaynonam bergan tilla taqinchiqlarni qaytarmay ajrashib ketganligi sabab menga ham tuyimda na qaynonam na erim tilla Sovga qilmagandi. shunda bo'yizda bo'lgan kuniyoq zags qilib zirak olib beraman derdi. qaynonamni ishonchini qozonay deb shunaqangi ertayu kechgacha tinim bilmasdimki hattoki tasavvur qilolmaysiz. qaynonamni dorilarini vaqtma vaqt soatma soat berardim oyoqlari tirnoqlarini olib yuvib tarab bo'yab quyardim ogziga yoqanini pishirib mexmongaboraman desa kiydirib balki ishonmassiz.
bo'yimda ham bo'ldi. erim o'zuda yo'q xursand edi. ovsinim bu paytda onasinikida arazlab ketgandi. qaynonam yana boshladi tugilgan kunizda zags qilib tilla olib beraman tugilgan kunim ham utdi. bu orada toksikozim kuchliligi sabab qaynonam bolnitsa yotishga quymaganligi sabab chiqib onamdan muhtoj bulib o'lar bo'lib yordam surab bordim shifoxonaga yotqizing deb. shifoxonaga yotdim erimga aytdim. qaynonam nima uchun borib shifoxonaga yotdi deb mingta quwib erimni kelib kurgani quymadi.10 kun erimni yuliga zor bo'lib yotdim. bilsam homilam 2 ta egizaklar ekan. sms orqali erimga yozganimda bu ham uni yumshatolmadi. yolgon sen meni uzingga og'dirish uchun aytyapsan iwonmayman dedi. ukam kelib shifoxonani pulini to'lab onamlarnikiga olib ketdi. erimni uyidan hech kim meni surab kelmadi. otam uzi meni ruzgor shu deb erimnikiga oborib quydilar. erim esa meni yuzimga ham qaramasdi. arazlab yurardi. onasi yuzaki gapirardi. men esa hali to'liq tuzalmagan edim toksikoz oqibatida yemay quyganim uchun 35 kg bulib qolgandim. qaynonamni kunglini olay deb burnimga rumol boglab ovqatlar pishiriqlar pishirardim. chunki hidga toqatim yo'q edi. bu orada tugilgan kunim ham o'tdi. erim bilan yarashib ham oldik. endi erim ham qaynonam ham ishqilib tug'gunizcha zags qilamiz derdi. bolamni egizakligiga qaynonam umuman ishonmasdi uzi tahlilini kursatsam ham hali tug'ingchi kuramiz siz egizakni bu gavdayiz bilan ko'tarolmaysiz hali 9 oy ko'tarib bilasizmi yoqmi derdi. hatto uchyotga qo'yishgayam janjallar qildi. hammasiga chidadim.
homilam 8 oyligigacha o'lib tirilib qaynonamni xizmatini qildim ikkitani ko'tarish judayam og'ir oxiri 8 oyni boshida endi men homilador ayoldan qurqaman yana uyda tug'ib quymang deb turli bahonalar qilib meni onamnikiga haydadi ugli bilan birga. otam kelib olib ketdilar qaynonam esa otam kelganida boshqa xonada yashirinib turdi. Shunday qilib 10 kuncha onam menga uylarida qarab turdilar undan keyin juda ham og'irlashganim sabab tug'ruq muddatidan oldin shifoxonaga shifokorlar nazoratida bo'lish uchun yotdim. ishonasizmi na erim keldi na erimni uydagilari keldi. hatto erim telefon qilmadi xotinim og'iroyoq edi deb. rosa qayg'urib davlenie bo'lib reanimatsiyaga o'tkazub operatsiya qilishdi 2 qiz ko'rdim ollohga shukur soglom chiroylikgina biri 2700 kg ikkinchisi 2500 kg. hamma xursand otam erimga telefon qilib yangilikni aytganida hali o'tarman o'zizni familyayizga olavering meni pulim yoq degan ishonasizmi. chunki zagsdan utmagandikku. bolaga familiya muammosi bor edi. kelib 2,3 marta meni bolalarini ko'rib ketdi men kun sayin og'irlashaverdim ichimda qon quyulib ketib qarib koma ahvoliga tushdim qayta operatsion xonasiga kirgizishdi. yana va yana qon quyishdi hammasi bulib 1 oy deganda balnitsadan chiqdim. chaqaloqlarim qarib 1 oylik edi. shu vaqt ichida na qaynonam na qaynotam keldi erim 2,3 marta nomiga keldi xolos ustiga ustak bolalariga familyasini bermay voz kechdi hisob.
bolalarim uzimni familyamga utdi va meni otamni ismi otchestva hisobida yozildi. yani bobosini ismi otchestva bo'ldi otasinikimas. shifoxonadan chiqyotib onam qaynonamga tel qilib biz chiqyapmiz dedilar hatto chiqarishga ham kelmadi erimni ham kelishga quymadi ustiga ustak onamga men kasalmandman uyizga olib keting biznikiga olib kelmang usha yerda katta qiling dedi ishonasizmi? Chillam chiqqandan keyin borib mebellarimni olib orani ochiq qilib keldim chunki bolalarini ko'rgani ham kelmasdi. mebellarimni olib kelgandan keyin erim otamnikiga uzur surab keldi olib ketaman deganda otam egizaklar hali yosh bularga kamida 2 ayol kerak sizni onayiz parvarish qila olmaydila katta bulaversin keyin olib ketasiz uziz kelib ketavering qancha xoxlasayiz dedilar. shu shu erim bilan yarashib til topishib ketdik erim kelib ketadigan 2,3 kun qoladigan bo'ldi. bu orada meni ota onamni yaxshi yaqindan bilib oldi va onasi uzi nohaqligini tushundi. qaynonam esa ug'li uzgarganini sezib boshqa otamnikiga kelishiga ruxsat bermadi. qaynonamni odati bor agar gapini qilmasayiz uzini tapi tashlab bexush qiladida va albatta tez yordam keladi.
erim ota uyimizga bosh egib men uchun uyimizga qaytgin deb qaynukam bilan keldi otam bor dedilar. 2 bolamni olib bordim mayli. qaynonam boshiga yaxshi kutib oldi oldingiday xizmatlarini qilib yurdim bolamga qarashda erim yordam berdi ora chorada qaynonam beshigini tebratardi bolalarim u paytda 5 oylik edi. qaynonamnikiga qaytganimda bildimki qaynukam 2 chi bor uylanibdi va u homilador. birinchi xotini bilan ajrashgan va aliment tulayot ekan u ham erim kabi. yana bitta sabab topildi zags qilmaslikka meni. shunda erimga yalindim ketdik mana men keldim endi zags qiling paysalga solib yurdi bu orada qaynonam bitta bolangni uyimga keltirma ikkinchisini onang katta qilsin deb meni haydab soldi. buni eshitib erim ham keldi hozir otamnikida yashayapmiz bolalarim 9 oylik bo'lib qolgan erim onasini har haftada bir bor kurib keladi.
erimni oyligi uziga yarasha. erimni yaxshi joyga ishga quyamiz desam pasporti haliyam onasida. zags qilishimizdan qurqadi. zags qilishga ham quymaydi haligacha.pasportni bering desa propiskadan chiq beraman dermish. erimni pasporti yoqligi sabab zagsimni yoqligi sabab mahalla ham bolalarimni nafaqa pullarini bermadi.
iltimos yaxshilar boshim qotgan nima qilsam to'g'ri bo'larkin o'glini uziga asir qilib normalniy yashashga quymayotgan qaynonamga nima qilsam tugri bo'larkin? Shuncha yaxshilik qilib ko'nglini yumshatolmadim nima qilsam to'gri bularkin? qanday yul tutay maslahat bering.balki sizda ham shunga uxshash voqea bulgandir?
Sayyod: -Ғирт жиннихона ва жинни оилаку. Биринчи эрингизни жисмоний импотентлиги хозирги эрингизни маънавий импотентлиги олдида холва бўлибдику. Хуллас маслахатим эрингиз ва қайнонангизга айтинг судга бериб оталикни исботлатиб алиментга бераман , ана кейин учта болага алимент тўлайди, кейин суд орқали ўша қайнонангиз турган уйга суд орқали пропискадан ўтиб, уйни бўлишгаям судга бераман денг. Ишонаверинг қонун сиз тарафда! Аввалига огохлантиринг, тўғриликча ЗАГС қилиб эрингиз нима қилса хам фарзандларингизни хужжатларини керак бўлса суд орқали бўлса хам тўғирлатсин.
Йўқ дейишса туман фуқаролик судига ариза билан мурожаат қилиб адашмасам "об установлении отцовства" даъво аризасини топширасиз. Суд давомида гувохлар ва хоказолар билан унинг оталиги аниқланиб исботлангач қолганини қилаверасиз. Лаллайиб икки болангизни отангиз фамилияси билан хор яшаб юргандан кўра курашинг, бу нимасси, хаётми шуям? Инсон хуқуқлари нима бўлди? Қулдан бешбаттар муносабатку бу. Бемалол қонун билан хаммасини жой жойига қўйсангиз бўлади. Лекин аввал яхшиликча огохлантиринг уларни!
Ха айтганча, эрингиз латта эканлигиниям айтишни унутманг!
Эслатиб ўтамиз, хар якшанба мухлислар куни бўлиб, ўз муаммо ёки кўнгил кечинмалари билан бўлишиб, кенг омма билан хал қилишга имкониятингиз бор.
sayyod@gmail.com почтасига иложи бўлса кирилл харфларида воқеа ёки муаммоингизни ёзиб юборишингиз ёки +99894 695-21-21 рақамига қўнғироқ қилишингиз мумкин ёки шу номерга sms.
Шунингдек, эндиликда телеграм орқали @sayyodcombot ни топиб унинг менюсидаги "Мухлис минбари"ни босиб жавобига воқеангизни ёзиб юбориш имконингиз хам мавжуд! Бунда сизни телефон рақамингиз кўринмаcлиги ва сизни воқеангиз аноним тарзда чоп этилишига кафолат!
Диққат! Сайтга чоп этилиб бўлинган мактуб кейин талабга биноан олиб ташланилмайди!
Воқеангиз сайт орқали кенг оммага чиқиши ва халқдан турли маслахатлар бўлишини билиб туриб жўнатдингизми, ўзингиз кутмаган ва ёқтирмаган маслахатни олиб кейин олиб ташланг дейиш мантиқсиз!
|