Assalomu alaykum Sardor aka , menga juda ham sizni maslahatingiz va muhlislaringizning maslahati , kerak.. Bilaman hamma narsani ochiq gapirasiz, do`st achitib gapiradi deyishadi-ku, shunga ham sizdan maslahat so`ramoqdaman. Balki meni ko`zimni shira bosib haqiqatni ko`rmayotgandirman, iltimos maslahat beringlar.
Men balki bu narsalarni yozib katta xatoga yo`l qo`yayotgandirman, lekin nimagadir shu narsalarni yozmasam bo`lmaydigandek tuyuldi menga. Bu voqeaga unchalik ham ko`p muddat bo`lmagandek nazarimda, chunki bu narsalar kechagidek yodimda.
Bu voqea 2007 yilning ohirgi
oylarida, yani dekabr oyining o`rtalarida sodir bo`ldi. Har doimgidek o`qishdan
qaytib oila a`zolarimiz bilan birgalikda ovqatlanib o`tirgan edik. Shu vaqt
telefon qo`ng`irog`i bo`ldi. Tabiiyki uyda katta insonlar bo`lsa ular javob
berishadi qo`ng`iroqga, go`shakni katta opam oldilar va bir ozdan so`ng
meni so`rashayotganini aytdilar.Go`shakni ko`tarib kimligini so`radim va u
inson esa meni ismimdan bir harfni olib tashlab, o`g`il bolani so`rayotganini
menga aytdi. Rosti o`sha vaqtda judayam jahlim chiqdi, meni ustimdan bu tarzda
uni kulishga qanday haddi bor deya, jizzakilashdim. Men o`zimni bosib olgan
tarzda, unga bunday odam bu yerda turmasligini, aytib go`shakni joyiga
qo`ydim. U bo`lsa yana qo`ng`iroq qildi, tabiatan bir oz tezroq va kesatib
gapiradigan odatim bo`lgani sababli uni ham bir-ikki o`zimni shirin gaplarimni
gapirib bu yerga boshqa qo`ng`iroq qilmasligini so`radim. U bo`lsa nima, meni
yana qo`ng`iroq qiladi deb o`ylayapsizmi ? - deb menga qo`pol muomalada bo`la
boshladi. Men go`shakni joyiga ilidim va u boshqa qo`ng`iroq qilmadi.
Oradan kunlar o`tib yana o`sha men bilan qo`pol munosabatda bo`lgan yigit, bu safar men bilan tanishgani ayni vaqtida kech soat 22:40 da qo`ng`iroq qildi. Tabiiyki meni bundan jahlim chiqdi va o`z zaxrimni sochib oldim. Va yangi yil arafasida yana o`sha tanish bo`lib qolgan ovoz qo`ng`irog` qildi. Bu safar bilmadim men bilan nima sodir bo`lganini, lekin o`zim bilmagan holda gaplasha boshladim. U menga o`zi haqida ozgina gapirib beridi va men bilan do`st bo`lmoqchiligini aytdi. Men bo`lsam bu narsa tasodif emasligini ich ichimdan his qilardim. Men undan meni raqamim unga qanday qilib tushib qolganini so`radim u bo`lsa har hil maynavozchiliklar qilib menga bir bohonani o`ylab topib aytdi.
Shu tariqa men u bilan gaplasha boshladim. 3 kun gaplashganimdan keyin , o`zimga o`zim yo`q bu narsani kech bo`lmasidan to`htatish kerak deb, keying safar qo`ng`iroq qilganida albatta chuntirmoqchi bo`ldim. Va unga buni ayni 31 dekabr kuni yangi yil kirishiga sanoqli daqiqalar qolganida aytdim, u bo`lsa hech narsaga tushunmasdi. Bitta gap Nega? Nega? Nega? Men undan boshqa hech qachon qo`ng`iroq qilmasligini so`radim va biz Shu tariqa hayrlashdik.
Albatta qishki ta`til kunlari, odam ozgina zerika boshladi. Rostini aytaman, u to`g`risida ham o`yladim . Kim u o`zi? Nima maqsadda menga qo`ng`iroq qilmoqda. Albatta savollar ko`p, lekin unga kim javob beradi. Oradan 10 kun o`tib yana o`sha yigit menga qo`ng`iroq qildi. To`g`ri ozgina hursand ham bo`ldim. Va biz yana gaplasha boshladik. U menga har kuni bir necha marotabalab qo`ng`iroq qilardi.
Men bo`lsam uni qo`ng`irog`ini
kutadigan bo`lib qoldim, agar u qo`ng`iroq qilmasa havotir olardim. Bu
voqealarni o`zimdan katta bo`lgan opamga aytib berdim, u bo`lsa menga shunday
ajablanib qarardiki men bu qarash nimani anglatishini bilardim. Ha meni bunga
qadar hech qanday yigitim yoki bu qadar yaqin gaplashadigan insonim
bo`lmagan,Maktab vaqtida ortimdan yugurgan yigitlarning son sanog`I yo`g` edi
lekin shunga qaramasdan , men o`zimga yigitlarni umuman yaqin qo`ymasdim,
men chiroylik qizman, hattoki dugonalarimning orasida menga hasad
qiladiganlari ham topiladi. Yigitlarning shu qiz meniki bo`ladi degan gapiga
qarshi borib hech kim bilan gaplashmasdim. Lekin nima bo`lib men bu yigit
bilan gaplashayotganimga o`zim ham tushuna olmasdim. U meni uchrashuvga taklif
qila boshladi. Men esa so`zsiz bu taklifni rad etardim. Takliflarni keti
ko`rinmasdi++..Balki bu yigit meni ko`rmagani sababli ham men u bilan
gaplasha boshlagandirman.
Shu tariqa biz juda ham uzoq gaplashdik, orada qattiq urushishlar ham bo`ldi. Men umuman u bilan gaplashishni to`htatib ham qo`ydim. Lekin keyinchalik kechirdim. Bu orada u o`qishni tugatdi va meni o`zini diplom olish marosimiga taklif qildi. Har doimgidek bu taklif ham rad etildi.
O`qishni tugatganidan keyin, ish yuzasidan uni boshqa viloyatga jo`natadigan bo`lishdi. Va shu ketish oldidan mendan bir bora uchrashishni so`radi va menga berishi kerak bo`lgan juda ham zarur narsasi borligini aytdi. Men rozilik berdim faqat u ketishidan keying kuni vaqtim borligini aytdim, va uzur dedim. U bo`lsa jim bo`lib qoldi. Va o`sha kuni men hozir mahallangga boraman, pastga tush dedi, tabiiyki men kutmagandim, uni bir kun oldin ketdi deb o`ylagandim. Meni hech qanaqa uchrashuvga chiqish niyatim yo`q edi aslida. Va shu sababliy men yana bir narsalarni o`ylab topishga harakat qila boshladim. Uni bo`lsa sabr kosasi to`ldi shekillliy menga baqira boshladi. Va bazi bir haqiqatlarni jahl ustida aytib yubordi,yani menga tasodifan telefon qilmaganini, meni ko`rib yoqtirib keyingina telefon qilganini jahl ustida aytib yubordi. Men aynan shu narsadan qo`rqardim, yani kun kelib bu narsalar tasodif bo`lmasachi deb o`ylardim. Men bunaqa bo`lishini kutmaganim uchunmi, endi men baqira boshladim, Va bor haqiqatni aytishini talab qila boshladim. U bo`lsa hotirjam uchrashganda bilasan bor haqiqatni deya hech narsa aytmadi, shundan so`ng men umuman uchrashmaslikka qaror qildim. Biz uchrashmadik va u ketdi. Lekin u yerdan ham menga qo`ng`iroq qilib turardi.
Men hali litseyda o`qib yurgan paytim uni bu yil oily o`quv yurtiga kiraman deya aldadim va o`qishga kirdim ham dedim. U meni har hil og`aynilariga qo`ng`iroq qildirib tekshirardi, men kim bilandir gaplashamanmi yoki yo`q. Va shu tariqa men litseyni rostan bitirdim va oily o`quv yurtiga kirishga tayyorgarlik ko`ra boshladim.. Omadim 2 barobar chopib men boshqa davlatda o`qish uchun grant yutib oldim. Oliy o`quv yurtiga kirish arafasida biz yana qattiq urushib qoldik, to`g`rirog`I u meni qattiq hafa qildi, shu sababli ham men unga bu haqida hech narsa demadim, hattoki hayrlashmadim ham. Men boshqa davlatga uchib ketdim, lekin uni juda ham sog`inardim. U bilan bir marta ham uchrashmaganim uchun o`zimni o`zim koyirdim. Har safar uydagilar bilan gaplashganimda uni qo`ng`iroq qilayotgani yoki yo`ligini so`rardim, va har doim bir hil javob olardim. Uzluksiz....!Lekin uni ham bir kun kelib bu narsalar joniga tegishi haqida o`ylab ham ko`rmagandim. Oradan bir yil o`tib Toshkentga yozgi ta`tilga bordim va albatta o`zimga o`zim bu safar u bilan uchrashaman deb so`z berdim. Yoz juda ham chiroylik o`tyapti, va nihoyat o`z uyimda ota-onam bag`ridaman, hamma meni kelganimdan hursand , hamma menga qo`ng`iroq qilib men bilan uchrashishni hohlayapti, lekin men uni qo`ng`irog`ini kutardim.
3 oylik yozgi ta`til ham tugadi. Tasavvur ham qila olmaysiz, u bir bora ham qo`ng`iroq qilmadi. Men bo`lsa yana o`qishga ketishim kerak. Bu yil kelganimda meni uy raqamim bilan bir hil bo`lgan raqamdan kimdir uzluksiz qo`ng`iroq qilishni boshladi, va har hil sevgi izhorlari yozadi, lekin hech ham gapirmaydi. Londonda ham o`zbeklar juda ham ko`p , bu yerda ham meni oshiqlarim ko`plab topiladi, lekin men ularga meni Toshkentda yigitim bor deb javob beraman, ular bo`lsa nima qipti hozirgi kunda yigiti yo`q qizning o`zi yo`q deb javob berib meni holi jonimga qo`yishmaydi. Hali telefon raqamimni bilishga harakat qilishadi, hali kinoga taklif qilishadi. Lekin meni hayolimda doimo u , meni sirliy shaxzodam. Uni qanchalik unutishga harakat qilsamda , qo`limdan kelmayapti.
Nima qilishga ham hayronman, iltimos menga maslahat beringlar.
Kamilla.
Adolatsiz haqiqatlar [34] |
Arhiv [1] |
Baxs| Tanqid | Janjal [516] |
BeshBet [20] |
Din [85] |
Duel [2] |
Expresso [31] |
FIKRiston [58] |
Hit-Parad [44] |
Ijara qo'shiqlar [25] |
IJODiston [83] |
IMPRO-TK [18] |
Jonli ijro [4] |
JuMaNjI [51] |
JurYuldus [10] |
Kaktusso [5] Yoqimsiz ammo foydali suhbat |
Kongil [0] |
Kundalik-shou [13] Realiti serial |
Mashhur ko'targan mavzu [2] |
MP3|Video [1070] |
Muhlis Minbari [216] |
Ovoznoma [6] Luiza bilan |
Premyera [17] |
Prikol [100] |
Paparacci-ppc [0] |
Podstava [3] |
Realiti shou [74] |
Retro [7] |
Sayyod-show [25] |
Sport [18] |
Shantaj [6] Videoloyiha |
Shunchaki qiziq [27] |
Suhbat | Intervyu | Reportaj [747] |
Tabriklar [179] |
Taqdimot [55] |
Hayriya| Akciya | Tadbir [330] |
Turk shou-biz [16] |
TV | Teatr, Kino.uz [121] |
Yangiliklar [819] |
Yulduzning qo'shnisi [4] Mashhurlarning qo'shnilariga so'z |
BIRINCHI-SHOU [5] Radio Grand bilan |
охирига келиб телефон орқали оила қуриб бола-чақалик бўлиб хам кетдик, қўша-қарияпмизу лекин халиям кўришмадик деган сўзлар билан тугаса керак деб ўйлабман.
сайёдни бу гаплари кизикрок чикипти..
худди бир аёл фолбинга бориб эрга тегасан 5 та бола тугасан дувдингиз 5 бола тугдиму качон эрга тегаман дегандай гап булипти...
Komila xatizi oqib mangayam tanish gapla borligini korip hapa boldim, eski yaramga tuz sepildi... Komila bu tuygu otkinchi tuygu hisoblanarkan..! Boshida dos bolas,kn osha odamga qiziqish uygonadi u xaqda bilgilariz keladi, rasmla soraladi, emaila beriladi... toydan oldin nogorala chalinadi...! xullas butun dunyodigi en chiroyli gaplayu osmondigi oyla siz uchun go'yo... lekin uni oxiri nima bn tugashini Ollohdan boshqa hich kim bilmasakan, a bizlar bosa osha gaplaga ishonamiza, xar bta etilgan sozlariyu nuqta verguligacham.... unga organib qolamiz, gaplashgilarimiza keladi, kulgiliy a? psihologichiski tomondan qaralsa judayam kulgili! lekin yuqorida etilgan gapla faqat hamasi vaqtinchali dib oyliman. Siz buyoda uni oylab azobda yurgan bosez u uyoda allaqachon esidanam chiqarvorgan, umuman hayolidayam yosiz! chunki siz bn otqzgan vahti oddigina zerikishdan kep chqan... exx man birnarsa diyomiman Komila... Qo'lizdan kegancha u bolani miyezdan chiqarib tashen, ushalmiydigon orzulaga berilmen, o'zizda uni unitishga kuch topin, shu otqizgan yilarizga achinin, osha odam siz uchun umumaaan arzimasligiga ozizi ishontirin, kelajegizi oylen, hayotizi shu arzimagan, ertangi kunda unit boladigon tuygu bn zaharlamen... unitin!!! albatta qolzdan keladi!
Гордая... ну-ну, посмотрим какой ты станешь, когда ему просто надоест за тобой бегать и добиваться тебя... Manga bir tanishim doim shunaqa derdi.Bor ey derdim.Lekin ohir oqibat nima bo`ldi??? O`sha dugonamni gaplari chinga aylandi.
Sardor aka boya gapirgan gaplariz manga juda kech keldi, shunga man unchalik ham tushunmadim. Gapirgan gaplarizda 100% jon bor.Man u bolani sevgisiga arzimiyman.
Гордость... вечно ты не вовремя..Hozir o`zimga o`zim shunaqa deydigan bo`lganman.Lekin bor yo`q omanatim ham shu. Afsus..... ))))
Kamilla mani sizga maslahatim, u bolani sevgisini yana bir bor tekshirib kurin. Uni sizga tel qiganiyu xar kuni uchrashuvga taklif qiganidan uni sevadi digan xulosa chiqarishga shoshilmeng. Balki u siz bn boshqa maqsadda uchrashishni xoxlagandir. Yashirmiman o'zim xam ko'p qizla bilan gaplashganman, o'zimdan kelib chiqib etvoman, uni munosabatlari siga nisbatan jiddiy bo'masligi mumkin... Agar rostanam o'ziga ishongan bo'lsa, o'zinig qaysidir jihatini sizga yoqishini bilsa (masalan ko'rinishi), sizga shu narsani kursatib quyishni xoxlayotgan bo'lishi mumkin... u uzini sevadigan inson mani nazarimda...