Минг истихола билан айтаётган гапим бошимга бўлмасайди-дея гап бошлади бу сафар мухлис минбарига ўз дардини айтгани учрашган ёшгина чиройликкина аёл.
Ёшим 30да. Эрим мендан уч ёш катта холос. Хали хам фарзандимиз йўқ. Қаерданам бўлсин? Тўғри тушунинг мен хам инсонман ахир, эркаклардаги нафс аёлда бўлмайдими? Ха, хеч бўлмаса фарзанд учун хам харакат бўлиши керак-ку, билмадим куни бўйи компютерда ўтиради. Ишламайди, мени қарамоғимда.
Севиб турмуш қурганмиз, севгимиз учун иккимиз хам оиламиз билан курашиб аранг рози қилганмиз. Шуни сезишганми хар икки тараф хам агар ажрашсаларинг билганларингни қиласанлар бошқа тўй қилмаймиз дейишган хам. Ох, бу тўйгача эрим Ромео эди. Дил изхорларини хонандалар қўшиғи билан қўйиб кўнглимни овларди. Жуда чиройлик "ухаживать" қилган, бир олам нарсаларни совға қилишни хам айтиб. Халигача тилло колье, Венецияга саёхат ва мошинага роса эришдим (асабланади).
Энди қаранг, ишимда мингта эркакларни учратаман, чиройлик йигитлар менга кунига гўзал "ўрашлар" қилишади. Албатта эрим уйда деб умуман ахамият бермай уйга қанот ёзиб келаману, эримни кундошим компьютерга барча мехр ва "ўраш"ларини бериб ўтирганидан хафсалам пир бўлади. Шу хам хаётми?
Кечалари-чи? Тонггача кимларбиландир компьютерда алланималарни тақиллатиб ёзиб, кулади уришади нималадир қилади. Эрталаб ишга кетаётганимда кириб ётади. Ишдан келганимда энди уйғонган бўлади. Унга ўша темир қизиқ бўлса лекин мен темирмасман-ку! Ажрашай десам рости севаман эримни барибир. Нима қилай? Жанжал чиқиши билан ўзгаради, узоққа бормайди албатта. Жа бўлмаса мандан нима истайсан ичмасам, чекмасам, юрмасам, фақат вақтинча иш йўқ, бўлади яқинда дейди холос. Йўқ жойдан уруш қидиряпсан дейди. Мен билан ётмаяпсан дедим хам юзимдаги ориятни ғижимлаб отиб юбориб. Сан шунақа юзсиз бўлиб кетдингми дейди. (кулади). Вой товба нима қилай? 3-4 ойда бир адашибми бурчини адо қилади. Нима десам экан, бурчини адо қилишга харакат қиладида хуллас.
Билмадим бу туни билан компьютер билан нималар қилади тушунмиман, ғирт кундош а бу темир матох. Уйдагиларимга гапириб кўрайчи, "Хааааа? Нима бўвотти энди?! Ўламан войдод шунга тегсам тегаман тегмасам хам барибир яна тегаманлаб жиртиллаб тегдингку" деб қошларини чимирадиган онам бор. Отамку умуман бир қараши етарли. Уни уйдагиларига хам шу ахвол. "Ха энди силарни биза зўрлаб бирлаштирмаганмиз, бир бирингларни муаммоларингда кўмилиб яшайверасизларда энди" дейди онаси.
Э....гап шу ётишда хам эмас аслида...(кўзига ёш олади). Мехрда. Турмуш шунақа бир инсон билан квартирант бўлиб яшаш дегани бўлса.. Нима бу хаёт? Севасану севилмасанг. Ёшим ўтяпти, фарзанд хохлайман, ва айнан шу эримдан. Уф...севаман шу ахмоқни нима қилай? Лекин ишхонага учиб кетаман тўғриси ана ўша ерда қабул қилиб учмасам хам комплиментлардан, эркаклар мехридан сал бўлса хам овунаман. Уларку сезишмайди, қовоғимни уйиб бераман доим, турмушга чиққанимни билмаган эркакларни мулозаматини жимгина эшитаман, қалбим қувнайди лекин юзим терс. Билдирмайман.
Бир куничи...(йиғлаб юборади) Деразадан қараб тургандим. Орқамда ишлаб ўтирган анчадан бери кўнглимни олишга харакат қилаётган эркак шунақанги гаплар гапирдики, кимгадир, бегонага шу қадар кераклигимдан ойнага қараганча йиғлаб туравердим. У сезмай гапираверди, гапираверди. Яна севинаман хам ўша пайт тавба.
Шартта иккинчи эр қилиб олайми а? Мумкинмикан а? Эркакларга 4 хотин мумкин, аёлларгачи? Хааа мумкинмас, лекин эринг латта бўлсачи? Ўша латта санга азиз бўлсачи? Қани энди бизларга хам муқобил вариант бўлсайди, шартта ўша ишимдаги эркакни иккинчи эр қилиб никохлаб олардимей (кулади). Мана шунақа муаммоим. Ажралишни у хам мен хам истамаймиз лекин мехр мухаббатга ташнаман.
Бу аёлга ўз фикримни шу учрашувда билдирдим. Навбат сизларга!
sizga faqat sabr tiliyman eriyz albatta tushunib yetadi va sizzi qadriyzga etadi bu qivotgan ishlari vaqtinchalik dib uyliyman bundan vaqti kelib zerikadi va sizdanda guzal aqlli dono ayol topolmasligini anglab etadi sizlarga shirin farzandlar tilab qolaman
Turmush o'rtog'izni chindanam sevsayiz unda harakat qiling, axir ayol makri 40 tuyaga yuk bo'ladi. Har bir inson o'z oilasi uchun kurashadi yengilmaydi, kurashing.
ehhh attang, siz eriz uchun hamma narsa qilasiz, u bo'lsa... unga yahshilab hayotni teskari tarafini ko'rsatish lozim... kattalardan maslahat so'rang. hozircha yashavossiz, keyin jonga tegadi...
Bir marta bittasiga kompyuter va uning ba'zi jihatlarida MAQSADDAN CHETLASHUV borligini aytgan edim, ya'ni odam kompyuterga emas kompyuter odamga xizmat qilishi kerak, huddi velikni ko'tarib yurishday gap, juda ibtidoiy gapiradigan bo'lsak tufli sotib olib kiymasdan ko'tarib yurishday... Kompyuterga bog'lanib olish juda yomon tomonlari ko'p rostdan ham masalan men ham sutkasiga 15 soatlab o'tirishga o'rganib qolganimda juda boshqacha bo'lib qolgandim, keyin sport bilan shug'ullanishni boshlaganman. menimcha 1) HECH QACHON HIYONAT QILMANG!!!!!!!! 2) Erizi sport bilan SHUG'ULLANISHGA(!) qiziqtirish kerak, qaytaraman muxlislikka emas shug'ullanishga!
Ayol kishi shirin so'zni gadosi,mehr-muhabbatga tashna bo'ladi. Bu ayolni gaplarida jon bor. Sevib turmush qurishgan ekan. Ishdan keyin orziqib sevikli erimni yoniga boraman deb undan mehr-muhabbat istab ishdan kelsayu eri kompyuter bilan ovora bo'lsa. Ayolni ko'ngil sinadide. Bu kompyuter shunday narsa-ki, har qanday kishini o'ziga jalb qilib o'zini dunyosiga tortib oladi. Ayol kishini ham bahtli bo'lishga albatta haqqi bor.Boshqalar bergan mehr-muhabbatni eri bermasa alam qiladi judayam.Bu ayolga maslahatim, agar rostan erizni qattiq sevseyiz,ko'ngliz bo'lsa hehc qachon tashlab ketmen, uni ko'nglini oling, o'zingizga o'rgating.Unga alohida vaqt ajrating. Shunday qiling-ki, eriz kompyuter degan narsani unutsin,siz bilan band bo'lsin. Keyin hammasi yahshi bo'ladi.
To'g'risi shu muhlis minbarini bir martta oqigan bolsam kere hich oqimasdim lekin sarlovhani oqip mani hayotimda bomasayam man bilgan juda kop insonlani hayotidagi muammo dip ochip oqidim sizga sabr tiliman ozgina sabrli boling hammasi yahshi bolip ketadi Ollohdan so'ren lekin lekin boshqa erkak to'g'risida oylamen bu hayot snov uchun berilgan sabrli bosez InshaAllah hammasi joyida boladi :)
Ие, "иккинчи эр"? Шунакаси хам буларканми?! Менимча, канака айстсам экан, булар тушакда бир-бирларига мос келишмаса керак. Шунинг учун хам эрнинг кунгли совигандир. Маколадан анови жойига унчалик тушунмадим "бурчини адо килади (харакат килади)". Бажарадими ёки харакатми, хеч канака натижа йукми? Унакада жуда чаток. Компютеромания деган касалликни эшитувдим, балки шунга чалингандур хужайинингиз, психолог билан маслахатлашинг. Лекин "эримни севаман" деяпсиз, унакада канакасига ишхонадаги комплиментлар кунглингизга ёкиши мумкин, бунакада хиёнатга хам кул уришингиз хеч гап эмас...
eringiz 30 dan oshib haliyam shu axvolda bolsa ozini tutishi hudda 15 yosh boladay..Sizzam 18 yoshmasizku mayli yoshmiz aqlimiz kirib keyin yahshi bolib ketar desangiz.Farzand ham keraku odamzotga.Farzand korgan taqdiringizdaxam eringizdan qanaqa ota bola oladi.Manimcha farzand uchun ota ona ornak bolishi kerak hardoyim.Eringizni axvoli bunaqa bolsa undan qanday ota chiqishi mumkin.Eringiz alfonsi ekande xotini ishlaganini yeb yotadigan. yoki kompyuterni shunaqa yahshi korsa nima keragi boridi oylanishni.Sizni hoyotingizni barbod qilib. .Lekin shu odam deb bir umr shu ahvolda otish manimcha yahshimas ota onangiz bilan gaplashib tusuntirishga harakat qilib koring manimcha tushunisa kerak hamma odam ham adashadiku.shahsiy fikrim.Hulosa qilish ozingizdan
sizlarni juftlararo muammolar bo'yicha yetuk mutaxasislardan bo'lgan O'ktam Muhammad Murodga murojat etishingizni tavsiya etardim.Erkaklardagi bu holat ruhiy siqilish natijasidagi o'tkinchi holat hisoblanadi siz eringizga nisbatan sevgi va mehringizni ayamang
begona erkaklar esa o'sha 10-15daqiqalik niyatiga yetish uchun har qanday mehrli va otashin nutqlar(boshqacha ta'rif eta olmadim) ini bayon etishadi niyatiga yetgach esa mehrdan asar qolsa ham katta gap bunday nutqlar qancha oilalarni buzib qancha qizlarni bahtsiz qildi ekan
bu muammo judakup ayollani boshida bor menimcha. texnika taraqqiyoti kuchaygan sari ayniqsa kompyuter,tv,telefon kabilar, odamlarni bir-biriga mehrsiz qilib quyyapti nazarimda. qayerdagi bir temirga bog'lanib jinni bulyapganram oz emas.uyg'oninglar odamlar texnika bizni emas biz texnikani boshqaraylik!
Eh bechora..., achindim sizga, meni erim ham usha komp oldida sal kolib ketsa jigimga tegadi. Keskinlik kilaman desangiz, o,sha kompini olib derazadan otib yuboring, biroz janjal buladi, tug'ri, lekin uzoqi 1 hafta, keyin balki uziga kelar. Yo sekingina klaviaturasiga yarim stakan suv quyib qoying. uzi bilmasin. tuzatguncha ancha vaqt kerak.
Yoki ishdan kelishiz bilan uziz utirib oling kompni oldiga, berib turing desangiz berar ahir. Keyin menimcha eringizni doktorga ko'rsatganingiz maqul,(farzand ko'rish masalasi buyicha). menimcha soglom 35 yashar erkakni 3-4 oyda 1 ....ga ehtiyoj sezishi normal holat amas, u yo kasal, yo boshqasi bilan .... qiladi. kechirasiz hafa qilgan bulsam lekin shu tarafdan ham uylab ko'ring. Olloh insof bersin hammamizga. sizga omad.
Bu narsa fanda, ya'ni tibbiyotda ham bor narsa menimcha. O'zbekistonda bu narsalar hali unchalik o'rganilmagan. Agar iloji bo'lsa, eringizda ham o'zgarishga intilish bo'lsa biron-bir ruhshunos bilan anonim uchrashib muolaja olish kerak. Achchiq bo'lsada haqiqat... Balki eshitganlar kulishar?!! Lekin eringizni virtual olamdan qaytaradigan, ko'zini ochadigan biron bir shifokor topish kerak.... Germaniyaning Mainz shahri Tibbiyot universitetida shunga o'xshash holatlarni davolash uchun alohida shifoxona ham bor. :o
opaginam gap bundo.. siz ayolaga ham rayron bo'lib qolaman nima emish eri hech narsa qimasmish... unaqamasdee siz ayollada o'yy fikir bormi?? qizla hafa bo'misilayuu ko'pchilik qizla o'zidan aybni qidirmidi o'ziga qarab atir upa.lanni sepib, MERSni kiyivolib,chochlani chiroyli qilib(anu chingalak qilib dganday), kirib chiqib yurganda gapni chiroylisidan gapirib YANA HAR XIL VA HAKOZOLAR..... qilish kere. MANA MAN KELDIM DIB DIVANGA CHO'ZILIB YOTGANDAN FOYDA YO'Q;)))) Yana bu maslahat faqat uydi ichida ;);) ish xonaizda o'g'irlab ketishmasin
Hayratlandim öqib. Bu özbek ayolini gapimi. Hayo ibo digan narsa yög'akan bu ayolda. Er hotin örtasidagi muamolarini begona erkega gapirib beripti Qoyil... Bilsez agar erni er qiladigonam, qaro yer qiladigonam hotin. Bu dunyoni ayollar makri bn bowqariladi. Eriz könglini oliwi örganing. Orqezdan ergawib yuradigon yigitlani öylaguncha. Sizga maslahatim SABR qiling.
Exe masala ancha jiddiy siz eriz bilan ochiqchasiga gaplashing sizi qoniqtira olmayotganini siz xam inson sizda xam yashash lazzatidan umidingiz borligini aytin ja xijolat bo'lsangiz shu kompyuterning ISH STOLIGA word sahifasida xuddi dugonangizga gapirganday shu dardlarizi yozib sahifani nomini "Mening Bahtim" deb nomlang uni eringiz albatta qiziqib ochib o'qiydi va agar "ERKAK" bo'lsa o'ziga yarasha xulosani oladi. Bu xozirgina miyaga kelgan shaxsiy fikrim yana o'ziz bilasiz!!!
2 er qilish sizga umuman mumkin emas qachonki eringiz qo'yvorsa shundagina mumkin unchalik kmpyuterga berilib ketmagan bo'lsa kerek unaqa odamdi to'risi endi eshityapan kampyuter lekin juda yomon narsa bazida 5 vaqt nomoz o'qisangiz eringizga insof tilab zora insof kirib eringizam shu kampyuterida islom nuri yoki sof islomga kirib Quron o'qib ketsa yo'lga kirgisayz bo'ladi shunchalik qattiq sevasizlar ekanu.
hmmmm o'sha erizzi bilinchi computerda kimla bn gap sotadila ? interneti uzib qo'yin bir tin bermen qinab tashen parvo qimen. sinen uni lekin boshqa erkelani hayolizga ham keltirmen bittasidan nima ko'rdiz boshqasiga qiziqsez. ho'sh ayol umir yo'ldoshi bn ayoldur erkaklar ham huddi shunday. ha Erkela erkelar eeeee ...
O! Buni yo'li juda oson! Hozir aptekalarda shunaqangi dorilarni sotishadi, hatto tabiiy o'simliklardan iboratlariyam bor. Nomini aytish kerakmas, reklamaga aylanmasin. "природный стимулятор" degan so'z esingizda qolsa bo'ldi.
Keyin faqat ish demasdan, birorta umumiy qiziqish bo'lgan mashg'ulotni topish kerak. Agar eringizga internetda o'tirish yoqsa, siz ham qiziqishga harakat qiling, har holda gaplashishga mavzu topiladi.
Yana, faqat eringizdan e'tiborni kutmasdan, siz ham e'tiboringizni unga qarating. "Bilaman, bu vaqtinsha, ish topasiz, ishonaman" degan gaplarni ayting, o'zingiz ham bunga ishoning.
Man ishonaman, turmush o'rtoqning o'zini tutishi bu ikkinchi odamning oynadagi aksidir. O'zingiz o'zgarishga harakat qiling! Bahtli bo'lish o'z qo'lingizda!
siz erizga syurpriz qilin.ya'ni eriz bilan internetda maxfiylarcha tanishing,lekin eriz siz bn tanishgach,uni bevafoga chiqarmen,balki ayb o'zizda.uni kompyuter orqali o'zingizga rom etin.YOKI:avval siz ham u bn birga komp.da o'tirin,ta'til olin.keyin kundoshiz bn o'ynen,u temir siz esa ehtirosli vujud ekanizni sezdiring.majburlamang,kundoshizdan ajratmang,maqtab undan eringizni qaytarib oling.yoki o'zi qaytib kelsin.buning uchun u nega,qachondan komp.ga qul bo'lgani haqida o'ylang,o'zingiz ham komp.da kechasi bn uni oldida boshqalar bn tanishib,rashqini keltiring,lekin chegaradan chiqmang.hammasi siz AYOLLARGA BOG'LIQ.agar shular ham yordam bermasa manga :+99893 3956553 ga tel. Qilin.BOHODIR.
O'sha eringizni kutishingizni maslahat bergan bo'lardim... Chunki lattami boshqami baribir u ko'z ochib ko'rgan eringiz. Bir kun kelib u albatta tuzaladi, faqat unga vaqt kerak.
Kompyuterga bog'lanib olish juda yomon tomonlari ko'p rostdan ham masalan men ham sutkasiga 15 soatlab o'tirishga o'rganib qolganimda juda boshqacha bo'lib qolgandim, keyin sport bilan shug'ullanishni boshlaganman.
menimcha
1) HECH QACHON HIYONAT QILMANG!!!!!!!!
2) Erizi sport bilan SHUG'ULLANISHGA(!) qiziqtirish kerak, qaytaraman muxlislikka emas shug'ullanishga!
Компютеромания деган касалликни эшитувдим, балки шунга чалингандур хужайинингиз, психолог билан маслахатлашинг.
Лекин "эримни севаман" деяпсиз, унакада канакасига ишхонадаги комплиментлар кунглингизга ёкиши мумкин, бунакада хиёнатга хам кул уришингиз хеч гап эмас...
Yo sekingina klaviaturasiga yarim stakan suv quyib qoying. uzi bilmasin. tuzatguncha ancha vaqt kerak.
Keyin menimcha eringizni doktorga ko'rsatganingiz maqul,(farzand ko'rish masalasi buyicha). menimcha soglom 35 yashar erkakni 3-4 oyda 1 ....ga ehtiyoj sezishi normal holat amas, u yo kasal, yo boshqasi bilan .... qiladi. kechirasiz hafa qilgan bulsam lekin shu tarafdan ham uylab ko'ring.
Olloh insof bersin hammamizga. sizga omad.
Kompyuterni bizib qo'yin! Hich narsa qilomasa kere deb o'ylayman?!
Siqilmang,qadrisga endi yatadi.
Germaniyaning Mainz shahri Tibbiyot universitetida shunga o'xshash holatlarni davolash uchun alohida shifoxona ham bor. :o
http://www.unimedizin-mainz.de/index.php?id=5377
шунда эризни овкатига хар хил шахвониятни кузгатадиган нарсалардан ичирворин..шу хам муаммоми)))
siz ayolaga ham rayron bo'lib qolaman nima emish eri hech narsa qimasmish... unaqamasdee siz ayollada o'yy fikir bormi?? qizla hafa bo'misilayuu ko'pchilik qizla o'zidan aybni qidirmidi o'ziga qarab atir upa.lanni sepib, MERSni kiyivolib,chochlani chiroyli qilib(anu chingalak qilib dganday), kirib chiqib yurganda gapni chiroylisidan gapirib YANA HAR XIL VA HAKOZOLAR.....
qilish kere. MANA MAN KELDIM DIB DIVANGA CHO'ZILIB YOTGANDAN FOYDA YO'Q;)))) Yana bu maslahat faqat uydi ichida ;);) ish xonaizda o'g'irlab ketishmasin
UZKINO "O'g'ir"lab srazu qo'yib qo'yibdi!!!
Keyin faqat ish demasdan, birorta umumiy qiziqish bo'lgan mashg'ulotni topish kerak. Agar eringizga internetda o'tirish yoqsa, siz ham qiziqishga harakat qiling, har holda gaplashishga mavzu topiladi.
Yana, faqat eringizdan e'tiborni kutmasdan, siz ham e'tiboringizni unga qarating. "Bilaman, bu vaqtinsha, ish topasiz, ishonaman" degan gaplarni ayting, o'zingiz ham bunga ishoning.
Man ishonaman, turmush o'rtoqning o'zini tutishi bu ikkinchi odamning oynadagi aksidir. O'zingiz o'zgarishga harakat qiling! Bahtli bo'lish o'z qo'lingizda!