Бош сахифа » 2015 » Май » 24 » Дўстлардан чув тушдимам айбландим хам.
05:03
Дўстлардан чув тушдимам айбландим хам.

Assalom.
Saytilani anchadan beri o'qiman.silaga yozayotganim sababi bu vijdon azobi.


Man uch yil oldin bir ishlab chiqarish zavodida hunar o'rgandim. nolimiman topish tutishim yahshi edi.
Ikki  yil oldin sinfdoshla bilan choyhonada ikki do'stim o'zimiz shasiy ishlab chiqarish qililu nima qilasan birovvi qo'lida qaram bo'lib dib etib qolishdi. ko'p o'yladim rozi bo'ldim. darxaqiqat birovvi qo'lida ishlagandan o'z do'stlarim bilan ishlagan yahshi ku deb o'ylardim. ish boshlandi pul tikildi. boshida sal qiyinchilila bo'ldi nu keyin o'z o'rniga tushib ketti hammasi. bilganlarimmi hammasini do'stlarimga o'rgattim. shu ishlagan vaqtim ichida bu bir yildan ortiq  biznesimizdan deyarli pul olmadim. katta foyda ola boshladik rosti hursand edim pulimiz kopayayotgandan emas do'stlarim bilan ishlab yuksalayotganimizdan.


Ammo do'stlarim tezda o'zgarishdi. endi ishda janjal to'palon bo'lib turadi bu oddiy hol.shunday to'palonlada manga nisbatan adolatsizlik kuchaya boshladi.rosti boshqa odam bo'lgandaa o'zim bilardim nima qilishshi lekin bu do'stlarim edi.bir kuni navbattagi oddiy bir tortishuvdan kegin do'stlarim qo'ng'iroq qilmay qo'yishdi.ikki oy bo'ldi. choyxonayu to'y hashamlada ko'rishdik ammo hich narsa bo'lmaganday o'zlarini tutishlari asabimga tegardi. nega birga ishlamayapsila deb berilgan savollarga ula oddiygina qilib o'zi qo'ng'iroq qimayapti nima yalinamizmi digan javoblayam berishipti. mujikla divargim keladi shu ko'ripqosam. ochig'i tushkinliga tushmadm. hammasin chundim.. bu ish xaqida xamma narsani bilib bo'lishgandi zachem tretiy lishniy.hunari bor odam ko'chada qomidi rosti. institut diplomimam bor. ishga kirdim ko'p pul bo'masayam nasibamga yarasha topib turibman hozi. moshinam bor, uy joyim, birovdan qarzim yoq. hayot bu....


Shu do'stlarim mani pa polniy programme "кинут" qilishgandan kegin ulaga ortiqcha gaprmadm. yalinishshi birovvi oldida unijatsa qilishshi yoqtirmiman rosti.mayli bo'lar ish bo'ldi dib indami yurdim.
Lekin bir hafta oldin shunday voqeya yuz berdiki bunisiga chidolmadim.
Usha biznes qilgan do'stimni biri yon qo'shnim bo'ladi. kechasi uni ko'chada ko'rib qoldim. o'zicha xar xil gapla qilib ustimdan kuldi shuncha chidaganim yetmagandey bu gapla ortiqcha edi. alam qildi urishib kettik daje mushtlashdik. ko'chadigila ajratishdi, hamma uy uyiga yo'l oldi.
Ertasi kuni peshin mahal ikki do'stim damas mashinaligida ag'darilib ketib kasalxonada yotganlarini qo'ng'iroq qilib aytishdi. qo'ng'oroq qilgan do'stim kulimsirab hudo bor o'rto deb aytdi. hursan bo'madm kasalhonaga chopdim. bittasini ahvoli og'irroq ikkinchisini palataga olishgan ekan. borgan zahotim do'stimni akasi manga tashlanib ketti sani dib bo'ldi dib. mayli ukasiga perejivat qivatti dib indamadm. kongilga shu sig'armidi.

ikki kun o'tib uyimga uchastka noziri kelib ustimdan ariza xati tushganini aytib qoldi. emishki man mushtladhuvdan kegin kechasi chiqib mashinasini buzib qoyganmushman. do'stimni ikkta mashinasi bo'lgani uchun damazi ko'chada turardi kechki payt. hayron bo'pqoldim. onasi ariza yozipti alam qipketti. mashinani ekspertiza qilishdi sabab boshqaligi aniqlandi tak nazivayetsa oqlandm. yana gap tarqaldi milisalaga pul berib ishshi to'g'rlagan dib. mahllada yursam mashi de moshinadini tormozini buzib qoygan dib gapiradiganam bo'pqolishdi. ko'nikibam qoldim.

oka alam qivatti bor indamasdan shuncha yordam berdim adolatli ish tuttim hatto jimgina haqqimmi tashab ketti a buyoda shuncha gap. odamga alam qilarkan de boru do'st disez u, ardoqlasez u shu kuyga tushsez.

D


Эслатиб ўтамиз, хар якшанба мухлислар куни бўлиб, ўз муаммо ёки кўнгил кечинмалари билан бўлишиб, кенг омма билан хал қилишга имкониятингиз бор.       

sayyod@gmail.com почтасига иложи бўлса кирилл харфларида воқеа ёки муаммоингизни ёзиб юборишингиз ёки  (+99894) 644-67-11 +99894 695-21-21 рақамига қўнғироқ қилишингиз мумкин ёки шу номерга вацап.    

Диққат! Сайтга чоп этилиб бўлинган мактуб кейин талабга биноан олиб ташланилмайди!

Воқеангиз сайт орқали кенг оммага чиқиши ва халқдан турли маслахатлар бўлишини билиб туриб жўнатдингизми, ўзингиз кутмаган ва ёқтирмаган маслахатни олиб кейин олиб ташланг дейиш мантиқсиз!    

Бўлим: Muhlis Minbari | Кўрилган: 9715 | Чоп этди: Sayyod | Теглар: Yakshanba-Muhlis minbari

Нравится
Барча изохлар: 26
1 operatores   (24-Май-2015 06:04) [Материал]
Hozirgi kunda bu siz aytib utgan ishlar oddiy hol bup qoldi. Albatta bu oddiy holga aylanishi achinarli holat. Insonni asabiga tegib uni hunob qiladigan narsalardan biri bu albatta adolatsizlik hamda har xil inson nafsoniyatiga tegadigan gap suzlar bulsa kerak. Albatta sizni xolatizda bu narsani tushunib yetdim. Hozir insoniyat shunchalik vaxshiylashganki tugri yuldan yursaiz usha yuldan chiqazishga yiqitish payiga tushadi. Man siznikiga uxhshagan ahvolga tushmaganmanu lekin uxshash voqea bugan. Man tugrisi chidab tura olmaganman va agar shunaqa gap suz buladigan bulsa hozir ham indamay utib ketmiman. Sizni sabrizga qoil! Albatta bu ishlarni kurguvchi bilguvchi olloh bor! Hammasi joyiga tushadi va uziz ham sezvossizki joyiga tushvotti.
Lekin bir xolatni tan olish kerakki siz hali shu mahallada yashaysiz maslahatim uzizni hafa qildirib quymang. Eng yaxshisi vaqt payt topib usha qushni urtog'iz bn haqiqiy mujikcha gaplashib oling. Albatta urishib mushtlashib emas, urishsiz ham gaplashib olish mumkin. Kegin umuman usha insonlar bn barcha munosabatni uzishni maslahat berardim.

2 sanjarboyniyazmetov   (24-Май-2015 06:42) [Материал]
sabrli bo`ling xammasiga chidang sizga yomonlik g`iybat qilganlar hammasini bir kun kelib tushunadi va albatta jazosini oladi

3 fozil   (24-Май-2015 08:09) [Материал]
siqilmang bu dunyoda har xil insonlar yashaydi.hammasini ollohga soling ollohni uzi kursataveradi.siz uchun dunyoda oilangizdan yaqinroq dust yuq uzi!

4 Lalita   (24-Май-2015 08:21) [Материал]
Xalqimizda bekorga "Ishonmagin do'stingga somon tiqar po'stinga" degan ibratli so'zlar vujudga kelmagan. Mana shunaqa ikkiyuzlamachi do'stlar uchun aytilgan bo'lsa bejiz emas . angry

5 shohida   (24-Май-2015 09:52) [Материал]
siqilmang hammasi otib ketadi va 1 kun kelib tushinishadu

6 shohida   (24-Май-2015 09:57) [Материал]
hali qu ular dostiz meni qarindoshim shunaqa qilib ketgan rossiyaga olib kelib uyimdan joy berdim qoliga pul berdim ishga kirgizdim ohir oqibat menga muomilasi ozgarib ustimdan gap qilib pulimni bemay ketgan

7 oddiy bola   (24-Май-2015 11:26) [Материал]
Xmm. Yaxshi bumapdi

8 alish   (24-Май-2015 11:31) [Материал]
hudo bor hali ozlari uyalib qolishadi

9 m@ftun....   (24-Май-2015 16:07) [Материал]
siqilmen oka...hozir wunaqala yomonam ko'yeb ketvotti...pul odammi qutirtirvoradi dgani rostde....sz ahamyat qmen Hudo bulani iwiga jazo berbdkuu...szi iwizi o'ngdan qsn har doim sz do'stlarz u.n qo'lizdan keganini qgansz..kengi iwlarzda omad!

10 аli   (24-Май-2015 18:22) [Материал]
HAR DOIM UZIMCHA ETARDIM SHERIKCHILIK ISH UMUMAN TUG'RI KEMIDI PUL BOT JOYDA NE TOLKO 50 YILLIK URTOQLAR DAJE OTA BOLA URTASIDA HAM JANJAL KUTARILADI HAMMASINI SABABI PUUUUUUUUUUUUUUUUUUUUULLLLLLLLLLLLLLL..............

11 амина   (24-Май-2015 18:44) [Материал]
Керакмас мингта Суз Билан аврашинг хамоно едимда узинг дейишинг78

12 shahanshah   (24-Май-2015 20:39) [Материал]
Eng yaxshisi siz sabr tilang o'zizga xudodan, sabrli inson xamisha yutadi.Do'stlariz o'zi bir kun uyaladi qilgan ishlari uchun. Xammaga olloh insof bersin.

13 Afruza   (25-Май-2015 06:13) [Материал]
Yahshi ish bulmapti. Nimaga hamma uzini shevasida, yana Mingta hato bilan yozadi shu saytlarga. Maktabda uqimaganmisizlar? Men rus sinfni bitirganman, lekin hattoki menga sizlarni yozganinglar kulgili kurinyapti. Taklifim, bunaqa hatlarni chop etmaslik kerak, adabiy tilga ugirib keyin chop etinglar, hammani savodsiz qilmasdan.
Ответ: Мухлис минбарига келган хатлар кандай ёзилган булса шундайлигича чоп этилади! 

Кейин узингиз хам хатосиз ёзишга урганинг! Бировдан айб излашдан аввал уз хатоимизни тугирлашимиз керак! 

Изохлар модератори Bek8111

14 АЪЗАМ 2015   (25-Май-2015 09:35) [Материал]
wacko

15 бики   (25-Май-2015 12:26) [Материал]
афрўза хон индами ўқип чқурсезчи нма қлас бза она тили адабиёт дарсидамасбиза. у одам дардини этвоти ичиди.сизга хатоларими топила двотгани йў. сизиям ёзганиз хичқайси шевага тўри кемиди асалка. хурматли хат муаллифи сизга сабр тлиман. худога соп қўйин.

16 AzamatS   (25-Май-2015 15:01) [Материал]
Сардор Рахимхон билан Сетора кизлари уйнаган узок метражли клип (кино дегани тил бормайди) борку, шуни сценарийси экан )))

17 Azamat   (25-Май-2015 15:04) [Материал]
Siz muammolardan qutilibsiz, do'stlarizni esa Olloh jazosini beribdi. Menimcha siz hech qanday xarakat qilmay, hech narsa bo'lmagandek yuravering. Asosiysi, do'stlaringiz ham, uning onasi ham mashinani siz buzib qo'ymaganingizni yaxshi bilishadi. Ular hozir vijdon azobida yonishyapti.

18 NodirBEK   (25-Май-2015 16:03) [Материал]
Ukajonim D. uzur ismizi kiritmapsiz. Mandayam wu axvol bo'gan 6 yil oldin. Manam ciqip ketkaman wu iwtan hudoga wukur nolish yo. hudo risqi bn berdi, mana 2 yil boldi hamasiga wukrona etaman...xudo jazosini beradi agar siz haq bo'lip chiqgan bo'sangiz. o'zimam guvohi boldim wu iwlarga. Hozir ula g'irt mawenik bop qoliwti kiradgan joyiga kirip qilgan qiliqlariga jazo oliwvoti. Hamasini vijdonlariga qoyip qo'ying ollox bilguvchi hama insonlarni qilgan iwlari ko'rip turipti. hech siqilmang ukajonim Sabrli bo'ling. Ollox sabrlilarni sevadi. Iwlarizga Omad ukam D.

19 ramazanovabdumalik   (25-Май-2015 22:04) [Материал]
Oooo ana muni mujjikca tema dsa boladi. Dost - xexe xozi miyamga kooooop sozla keldiyuu no ozmi tuxtatdm Dost - mani duslarm kop emas. Lekin xar birini fel atvori bowqa bowqa. Bu xayotda unikalniy dostni ozi yuuu. Qaysidr birida nmadr kam. Chunki Idealny odami uzi yu bu xayotda. Wunaqa ekan demak Idealny dustlik xam sevgi xam yuq.. ..

20 uzdds   (25-Май-2015 22:09) [Материал]
bunaqa ishda 10 ta do`st ishlasa ham 10 tadan 1 tasiga hammasi quloq solish kere uroshib suksa ham. pul masalisiga kelsek och ko`zlik yomonde baribir. bergisi kemidi 1 ta odam pul tiksa maqsadga muvofiq bo`ladi qoganla oyliga yoki foydani bir qismiga ishldii

21 Jasur   (26-Май-2015 14:15) [Материал]
Oka bu hayot hayotta hamma narsa boladi. insonni eng yaqin odammi ota ona opa ukalari boladi, sherichili ish bomasakan babr gap chqadi. hudoga sop qoyurin unaqa pulga qul odamlani o'zini boshini o'zi yidi unaqala.

22 Умид ака   (26-Май-2015 14:37) [Материал]
Бу ҳаётда учраб турадиган энг арзимас ва кичик ҳолатлардан бири. Бундан баттаридан худо асрасин. Масалан, мен жуда кўп дўстларимга қарз берганман ва ҳеч қайсиси қайтармаган)))) Дўстэ, дўстэ нарахаааааааа... Саводли ёзиш масаласига келсак, кимдир тўғри айтган юқорида. Имкон қадар сўзларни тўлиқ ва беҳато ёзиш керак. Бу менимча ҳамманинг қўлидан келади, истак бўлса бўлди. Масалан энг оддий ЙЎҚ сўзини ЙЎ деб ёзиш ўтакетган саводсизликда энди барака топгурлар. Ҳаммамиз мактаб кўрганмизку! Ё бу сайтга фақат Ипподромда туғилиб катта бўлганлар кирадими?))
Ответ:  Ё бу сайтга фақат Ипподромда туғилиб катта бўлганлар кирадими?)) 

Бу гапингиздан сиз хам Ипподромда тугилиб катта булганлигингизни билдирмокчимисиз. Сайт хакида изох ёзганда сал асабларингизни жиловлаб олиб ёзинг. 

Изохлар модератори Bek8111

23 Nadiya   (27-Май-2015 00:59) [Материал]
Afruza gapiz yemi qoptiku!!!

24 Afruza   (27-Май-2015 06:29) [Материал]
Hurmatli biki, meniki shevamas, adabiy tilda yozilgan:). Shuning uchun sizga galati bulsa kerak. Adabiet darsida emasmiz debsiz, hamma shunaqa deb hohlaganini yoozaversa hamma savodsiz bulib qolaveradi.
Hurmatli moderator, iltimos hatolarimni kursatvoring bilib olay, avval aytganimday uzbek sinfda o'qimaganman, universitetni ham rus tilida tugatib, anchadan beri Uzbekistonda bulmaganman. Sizga men taklif deb yozdim, nimaga qo'pol muomalada javob yozasiz? "jurnalistlar" shunaqa deb tursa boshqalarga indamasa ham bularkanda... Bunaqa ketishda hammaga kulgi bulamizku, uz tilida yozishni bilmaydigan savodsiz halq bulib....
Ответ: Кечирасизу, хатоингизни сал тепарокда ёзиб куйдим бу биринчидан, иккинчидан мен журналист эмасман, оддийгина изохлар модератори, учинчидан сизга купол гапирмадим, аввал хато ёзманг дедим. Халиям рус синфда укисангиз хам  шунчалик тугри ёзибсиз бу учун рахмат сизга. 

Изохлар модератори Bek8111

25 Князь   (01-Июн-2015 19:37) [Материал]
Нималар булмайди йигитчиликда...икки киши кул кутарса бир киши ишдан кетади.узингдан хам бирон нарса утгандир инсон галати мавжудот узини айби хеч качон билинмайди

26 Said Alixan   (03-Июн-2015 17:46) [Материал]
Kechvoring takoy 'doss'ladan. Yaxshi gapirseiz lox koradi, bor gapni dangaliga aytib orani ochiq qiling. Dobriyligiizdan foydalanbti. Aybdor bolishni yoqtirmas ekansiz, lekin ula kidat qganu, sizmas.

dth="100%" cellspacing="1" cellpadding="2" class="commTable">
Исмингиз *:
Email(шартмас):
Код *:

Диққат: Ёзиб қолдирилган изох дарров сайтга чиқмайди. Хар бир изох узоғи билан 24 соат ичида текширувдан ўтади. Мабодо бу вақт ўтгач хам сайтда изохингиз чиқмаган бўлса унда чиқарилмаганлик сабаблари қўйидагича бўлиши мумкин: 

Сайтимизда сўкиниш, хақорот, камситиш, мазах қилиш, салбий ва диний тарғибот, махалийчилик, миллатчилик, реклама ва қадр қимматни ерга ургувчи АЛОМАТЛАРИ БОР изохлар сайтга чиқмасданоқ ЎЧИРИЛАДИ!

Шунингдек миш-миш бўлиб кетишига сабабчи бўлгувчи тасдиқланмаган маълумотлар, тасдиқланмаган гап-сўзлар хам изохлардан ўчирилиши мумкин!

-Қолдирилаётган изох ўша мақоладан ташқаридаги мавзуда бўлса хам ўчирилиши мумкин. 

(батафсил манбаа)

Изохлар модератори NOZI, Шахло Қодирова ва Бекзод

YUQORIGA!