08:11 Бири ногирон ва бири бебош акаларим! | |
Assalomu Aleykum Sardor aka. Bu xatni yozmoqchimasdim. Lekin yozsam yengil tortaman deb o`yladim. Yoshim 25 da oily ma`lumotliman. Nufuzli universitetni bitirganman. Mutaxasasligim bo`yicha ishlayman. Eng muhimi ishim o`zimga yoqadi. Bu qizda qanday muammo borakan deb qiziqayotgandirsiz… Muammo shundaki Sardor aka oilamiz notinch, judayam notinch… Bir boshdan gapiradigan bo`lsam, 7 yil oldin bizdan baxtli oila yo`g`idi. Oilada 4 farzandmiz. 2 ta akam men va singlim. Onam mehribon onajonim borlar. Afsus dadam 3 yil oldin vafot etib kettilar. Sababi esa………... Katta akam Xudoni irodasi bilan nogiron tug`ilganlar. Yoshlari 34 da. Hali uylanmagan. Nogiron bo`lsayam institutga 1chi yilning o`zidayoq o`z kuchi bilan byudjetga kirib ketgan. Chunki dadam rahmatli o`qimishli inson edilar. 2 chi akam esa… soppa sog 5 yil topshiribam o`qishga kirolmadi. Sababi judayam dangasa edi. Oson pul topish ilinjida ish qilaman deb juda katta pulga tushib qoldi. Bu judayam katta pul edi. Har kuni uyga har xil odamlar kelib qarzlarini so`rab domni boshlariga ko`tarib to`polon qilib ketishardi. Dadam bechora qo`rqib qolardilar ularni vajohatidan. Akam dadamni krayni qilib o`zi boshqa shaharda yallo qilib yurardi. Buyam yetmagandek ota onamning ruxsatisiz oq fotihalarini olmasdan bir ayol bilan yashashardi… Dadam katta akamga deb olgan uyni, yashab turgan uyimizni mashinamizni sotib akamni qarzlarini to`ladilar. O`zimiz usha pullardan orttirib juda bir eski hovlini sotib oldik. Noshukurlik qimiymiz harholda makonimiz bor. Usha voqealardan keyin dadam 2 marta infarkt bo`ldilar. Sababi dadam judayam oqko`ngil insonidilar. Qarindoshlar kelib, dadamga o`g`lingni o`zi to`lasin qarzini deb qo`yishmasdi. Lekin dadam akamni juda yaxshi ko`rardi. Akam bu orada o`sha xotini bilan ajrashib ketti. Undan o`g`li boridi. Ishonasizmi alimentiyu pampersigacha dadam to`lardi. Hozir usha bola 6ga kiribdi. Usha xotini bilan 1 yilam yashamadi. Qaytib kelib biz bilan yashadi. Ishonasizmi dadam bechora har kuni urishardi ish top deb. Erkakmisan menga yordam berasanmi yuqmi deb baqirardilar har kun akamga gap kor qilmasdi. Tushgacha sasib uxlardi. katta akam nogiron holida pul topib kelardi. Katta akamga dadam indamasdilar chunki u "detskiy paralich” bilan tug`ilgan. Buni nimaligini bilsangiz kerak. Qarzimiz juda kopligi uchun uniyam vaqtida uylantirolmadik. Dadam 2011 yil 56 yoshlarida to`satdan o`tib qoldilar. Doktorlar yurakdagi tomirlar yorilib ketishi oqibatida deb aytishdi. Dadam oxirgi paytlar ichkilikka mukkasidan ketgandilar. Dadam o`lganigacha usha akamni boqdi. dadam o`lganlarida akam 29 (!) yoshda edi. Dadamdan 2 oydan keyin universitetni bitirdim. Diplom olgan kunim rosa yig`ladim. univerni bitiriboq ishga kirdim. Ishonasizmi dadamdan keyin meni oyligimga yashadik. Akam bn kop urishardim sen ham ishla deb. Xullas baribir ishlamadi. Yana bir qiz bilan tanishdi. U akamga pul berib turarkan. Xullas akam alfonsga aylandi. 1 yil oldin usha qiz bilan bir ish boshladi. Ishniyam qarz hisobiga boshlashdi. Yozda usha qizga uylandi. To`y ham qarz bn o`tdi. Men xafa bo`lgan joyim katta akamni uylantiris kerak edi birinchi. U xudbin o`zi uylandi. Katta akam becharo og`iz ochib gapirolmaydiyam. Ayam ham men ham singlim ham kichik akamdan qo`rqardik. Dadam o`tganlaridan keyin quturib ketgandi. Ayamga ham baqiraveradi. To`yi iyunda bo`lgan bo`lsa, sentabr oxirida ular biz bila urishib kvartiraga chiqib ketishdi. Usha kungi urishni to`g`risini aytaman men boshladim. Er xotin oshxonada televizor ko`rib utirishganakan togrirogi xotini oyogini uzatib yotgandi. Ahamiyat bermasdan o`tib kettim erini oldida yotsa nima qipti deb. Lekin keyinroq katta akam ham borib televizor koraman deb usha xonaga kirib utirdi. Ishonasizmi hali 4 oylik kelinchak katta akamni ko`rib o`rnidan turmadi. To`grirogi nogiron akamni mensimadi. Yanga turib utiring desam bezrayib boshim ogriyabdi deydi. Miyamga qon guppilab urildi. Akam xotini oldida muttahham miq etolmiydi xotiniga. 4 oy ichida qanchadan qancha janjallar bulmadi deysiz. Judayam beforasatakan. Ayam akamga, sen aralashmasang o`zim tarbiyalab olaman degandilar. Lekin xotin ayamni har bir gapini akamga chaqtirardi. Ayamga baqirardi akam keliningizga nima dedingiz deb. 4 oy yashagan bo`lsa usha kelin 5 yoki 6 marta ovqat qilgan. Singlim hamma ishni o`zi qilardi. Ayam keliniga aytib ham qildirolmasdi ishini. Chunki akam mensimagan onani kelin mensirmidi. Yana yangam bizga nima deydi.. akangizga doim ayataman onangizga meni oldimda baqirmang deb deydi.. Akam xo`p derkan. Dadamni o`ldirdi akam, ayamni o`ldirishiga yo`l qo`ymaslik uchun ularga qarshi chiqa boshladim. Baqirma ayamga derdim . keyin men bilan urishib ketardi. Xullas hozir bir ozim 4 kishi uchun ishlayabman. Ro`zg`ordan orttirib singlimni repetitorga berganman. Akamni hech qachon kechirolmasam kerak. Chiqib ketayotgan kuni ayamga hammangdan kechdim deb ketibdi. Pichoq borib suyakka qadalgani uchun ayam ham bu uyga qaytib qadamingni bosma dedilar. Hozirgi uyimizni ham akamda qarzi borlar topib kelishgan. Eshik taqillasa yurak hovuchlab turamiz. Hatto bittasiga akam uyni dokumentini beraman zalokka deganakan. Uyni dokumentlarini so`rab kebdi. Bermadik. Boshim qotgan. Birgina orzuim katta akamni uylantirish, unga munosib ish topish. O`zimni o`ylashga vaqt ham hohish ham yo`q. har kuni uyda sovchi, hatto o`zimdan kichik yigitlardan ham so`rab kelishadi. Shu kichik akamni deb oilamiz parokanda bo`b ketti. Hozir ishimni tashlab katta akamni olib Rossiyaga ishga ketsammikin deb turibman. Baribir bu yerda akamga mos ish topilishi qiyin. Hayotimizni boshqattan boshlamoqchimiz. Singlim ham hayotdan bezgan. Opa ketaylik bu yerdan butunlay deydi. Shu kichik akamni hech qachon ko`rmasam deydi uyam. Nima qilishgayam hayronman. Raxmatli dadam kundalik yozardilar. Bechora dadam bor dardini daftarga aytgnakanla. 3 ta katta kanselyariski daftar yana bitta kichik daftarni to`ldirib yozib ketibdilar. Daftarni orqasida kimdan qancha qarzi borliginiyam yozib ketganlar. Dadam akamni qarzlarini uzaman deb juda ko`pchilikdan qarz olganakanlar. Dadamni bizning shaharda hamma hurmat qilardi. Ishonasizmi utganlaridan keyin 1 tayam odam dadamning qarzlarini so`rab kelmagan. Biz kimdan qancha qarzi borligini yaqinda daftarlarining orqasiga yozib ketganlaridan bildik. Dadam oldindan bilganakanlar uzoq yashamasliklarini. Xudo xoxlasa nasib qilsa kimdan qarz olgan bo`lsalar hammasini qaytaraman. Lekin kichik akamni kechirolmasam kerak. Dadam nevrit bo`lib og`zi qyshayib sal narsaga yig`lab yuboradigan kasalga chalinganlarida ham dadamga rahm qilmadi akam. Bularni ko`rish judayam og`iridi. 2 kursligimda dada o`qiwni tashlayman, ishlayman deganimda. Dadam hayajonlanib judayam qattiq, o`ksib o`ksib yig`lagandilar. Qo`rqib ketgandim o`shanda…… Kelin bo`lsam dadamdan oq fotiha ololmasligimni o`ylasam……. Mana shu bizning hayotimiz. Умида Sayyod: Жуда мураккаб вазият, аммо ўлимдан бошқасини хаммасини иложи бор. Асосийси сиз ўзингизни йўқотиб қўймабсиз, ишлаяпсиз, тиришяпсиз, керак бўлса оила шаънини химоя хам қиляпсиз, бу хурматга сазовор. "Семья не без уродов!" деган рус мақоли бор. Уни алохида чиқиб кетгани яхши бўлибди, тайёрга айёр бўлса хаётдан сабоқ олмайди, демакки, маъсулиятни хам сезмайди. Аммо , бу дегани унга нисбатан қалбингизда нафрат ва кечирмаслик яшаши керак дегани эмас, бу катта хатолик, кечирмасликни ўзи сизни ичингиздан аурангизни емиради ва ишларингиз юришмайди, сабаби сиз салбий энергетикага тобе равишда яшайверасиз. Қўйиб юборинг, ич ичингиздан уни кечиринг ва керак бўлса дилдан ундан кечирим хам сўранг, аммо у ўз хаётини алохида давомлагани маъқул. Бундай тоифадаги инсонлар учун бу мухим мактаб! Четга чиқиш шаштидан эса зудлик билан қайтинг! Четга чиққан қизлар хақида аксарият холларда яхши фикр бўлмайди, менталитет...Оила қуришингиз керак хали. Барибир қийналасиз, яна акангиз соғлиғи билан таваккал қилиб бўлмайди. Оилада лидер экансиз, сиз кетсангиз онангиз холи нима кечишини тасаввур қиляпсизми? Акангиз яна келиб, бирга яшаб, хамма нарсани сотишгача олиб борса тамом. Ўзимизда хам яшаб бемалол яхши пул топса бўлади, харакат мухим. Яхшироқ ишга жойлашинг, синглингиз билан хам керак бўлса, ёки уйда буюртма олинадиган ишлар хам етарли, оилавий уйда ишласангиз яхши пул топса бўлади. Акангиз хали уйланмагани фожеа эмас, хаммасини вақти бор, 34 ёш бўлса хечқиси йўқ, мана камина 35 ёшида уйланди)) супер! Одам ўзини рухан ота бўлишга тайёр бўлгани ва ёши 30лар атрофида уйлангани барибир бошқача, қуйилган бўлади, маъсулияти кучли бўлади, оилани муқаддаслигини тушуниш ва хис этиш учун айни муддао. Сал олови сўниб қуйилган хам бўлади. Чет давлатларда аксарият холларда 30дан кейин турмуш қуришади. Қизга майлику, аммо эркакка кеч уйланишни зиёни йўқ, аксинча бебош пайтида уйланса ана кўрасиз ахволни. Бу мени шахсий ва субъектив фикрларим. Изохлардаги халқнинг фикри сизга ечим топиб беради деган умиддаман. Эслатиб ўтамиз, хар якшанба мухлислар куни бўлиб, ўз муаммо ёки кўнгил кечинмалари билан бўлишиб, кенг омма билан хал қилишга имкониятингиз бор. sayyod@gmail.com почтасига иложи бўлса кирилл харфларида воқеа ёки муаммоингизни ёзиб юборишингиз ёки (+99894) 644-67-11 рақамига қўнғироқ қилишингиз мумкин ёки шу номерга вацап. | |
Бўлим: Muhlis Minbari |
Кўрилган: 9615 |
Чоп этди: Sayyod
| Теглар: |
Нравится
Барча изохлар: 16 | ||||||||||||||||
Диққат: Ёзиб қолдирилган изох дарров сайтга чиқмайди. Хар бир изох узоғи билан 24 соат ичида текширувдан ўтади. Мабодо бу вақт ўтгач хам сайтда изохингиз чиқмаган бўлса унда чиқарилмаганлик сабаблари қўйидагича бўлиши мумкин: Сайтимизда сўкиниш, хақорот, камситиш, мазах қилиш, салбий ва диний тарғибот, махалийчилик, миллатчилик, реклама ва қадр қимматни ерга ургувчи АЛОМАТЛАРИ БОР изохлар сайтга чиқмасданоқ ЎЧИРИЛАДИ! Шунингдек миш-миш бўлиб кетишига сабабчи бўлгувчи тасдиқланмаган маълумотлар, тасдиқланмаган гап-сўзлар хам изохлардан ўчирилиши мумкин! -Қолдирилаётган изох ўша мақоладан ташқаридаги мавзуда бўлса хам ўчирилиши мумкин. (батафсил манбаа)
Изохлар модератори NOZI, Шахло Қодирова ва Бекзод |