Assalomalekum, mmm nima deb gap boshlashga ham hayronman rosti, odatda dardimni elga dasturhon qilmayman, lekin... O'qigan odam meni tushunmasligidan, maslahatlardan konglim og'rib qolishidan qorqaman, lekin kim bilandir dardlashmasam ham bo'lmaydi. Muhlislardan meni tog'ri tushunishlarini so'rayman.
Yoshim 20 da, 16 yoshimda buvimni og'ir kasalliklari sabab ammamning og'liga turmushga chiqqanman, yoshligim sababmi yo o'zimni erkaligimmi kelinlik vazifalarini qilishga qiynalar edim, 3 ovsinlar bilan bir hovlida turardik, oradan vaqt otib homilador bo'ldim, farzandim 6 oylik bolgan vaqti... (hech ham eslagim kelmaydi osha kunlarni) katta ovsin opamni qol kotarishi sabab bo'lganmi yoki.. Allohni irodasi! Farzandimdan ajralib qoldim, shu voqea sababmi yoki taqdir, turmush ortogim bilan kelisholmay qoldik, negadir osha uyni, erimni, qaynonam va ovsinimni korgim kelmasdi, orada 1 yil vaqt o'tdi bu orada homilador bolmadim qaynonam (eng yomon kunlarim bolsinda endi osha kunlar InshaAllah) turmushi buzilgan jiyani borligini (bu gaplarni yozgani uyaladi odam) uni nikohiga olib o'zini sinab ko'rishini aytibdi. Shunaqa bo'ldi ham, men buni faqat u ayol homilador bo'lganidan keyn bildim. Ota onam bilganidan keyn, ajrashdim.
Eshitishim bo'yicha turmush o'rtog'im o'gillik bo'ldi. (Osha kunlardagi holatimni... hozir ertakday eslayman shunday odamlar ham bo'lar ekan a...) bolani olib qolib u ayol bilan ham ajrashibdi, qaynonam ota onam qarindoshlar yuz kormas bo'lishgan, toy bazimlarda ham kocha kuyda ham aloqalari yoq. Ajrashganimga osha dahshatli kunlarga, 1 yil bo'ldi, endi kimdir, oqishga kir oqi, ishla o'zing uchun yasha desa, kimdir ajrashgan ayolni yesa ham yemasa ham og'zi qon deydi, onam hayot qil farzandli bo'lganingni ko'ray deydilar.
Lekin men... tog'risi erkak zotidan hazar qilib qolganman hamma erkaklar birdek, qo'rqaman tog'risi hato qilishdan. Afsuslanishdan, kattalar aytganidek er nomini kopaytirishdan. Nima qilishga ham hayronman....
(телеграмдаги @sayyodcombot га келган нома)
Эслатиб ўтамиз, хар якшанба мухлислар куни бўлиб, ўз муаммо ёки кўнгил кечинмалари билан бўлишиб, кенг омма билан хал қилишга имкониятингиз бор.
sayyod@gmail.com почтасига иложи бўлса кирилл харфларида воқеа ёки муаммоингизни ёзиб юборишингиз ёки +99894 695-21-21 рақамига қўнғироқ қилишингиз мумкин ёки шу номерга sms.
Шунингдек, эндиликда телеграм орқали @sayyodcombot ни топиб унинг менюсидаги "Мухлис минбари"ни босиб жавобига воқеангизни ёзиб юбориш имконингиз хам мавжуд! Бунда сизни телефон рақамингиз кўринмаcлиги ва сизни воқеангиз аноним тарзда чоп этилишига кафолат!
Диққат! Сайтга чоп этилиб бўлинган мактуб кейин талабга биноан олиб ташланилмайди!
Воқеангиз сайт орқали кенг оммага чиқиши ва халқдан турли маслахатлар бўлишини билиб туриб жўнатдингизми, ўзингиз кутмаган ва ёқтирмаган маслахатни олиб кейин олиб ташланг дейиш мантиқсиз!
|