Бош сахифа » 2014 » Август » 31 » Қарз бергану, қарздорлар учун
03:51
Қарз бергану, қарздорлар учун

Assalomu Alaykum Sardoraka!!! Oka man sizga uzimdan utgan voqeani gapirib bermoqchiman maslahatiz kerak, maslahatizga muhtojman.

Ismimni  aytishim shartmas topish tutishim yahshi hudoga shukr nolimiman. mani yaqin dustim bor haliyam yaqin dustim, juda qiynalgan dustim, uyida faqat uzi ishlab pul topadi, oilasini tebratadi,

2011 yili mani oldimga kelib "dustim man dukon ochmoqchiman shunga pul  taraflama yordam bersang oyoqqa turvosam" dedi,  man rozi buldim shu ogaynim qiynalmasin dib yordam qulini chuzdim. man shunaqa insonmanki mani aldash juda oson ishonuvchanman, qancha kere disam katta summani etdi necha pulligini etomiman man etgan summasini  1 haftadan keyin berdim, dustim hursand bulib oldi, dukon ochdi, yurgizdi ishlari yurishib ketdi keyin 2chi, 3chi dukon ochdi ishlari yurishib ketdi man juda hursand edim, keyin uzi uylandi tuyida mazza qilib utirdik.

 

2013yili avgust oyida pulimni suradim dustim oyoqqa turvoldin man hursandman endi sekin-sekin pulimni qiber deb etdim, birdaniga bersang qiynalib qolasan man sani tushunib turibman qulindan qancha kelsa bulib qibergin dedim, dustim hop harakat qilaman dedi . qarzini uzishni boshladi juda kam miqdorda bulib qiberadigan buldi , berdiyam undan birini zurga , ming afsuski odamzotga ishonish keremasakan oradan 1yil utdi hanuzgacha mandan qochib yuradi bumasam dukonlari ishlavotti.

Sardoraka nima qilishni bilmay qoldim bumasam mani yaqin dustim kechvori disam katta summa kuzim qiymidi kechvorishga puli borde bumaganda ham kechvorsam bulardi lekin puli bor imkoniyati ham bor bilmiman manga bergiz kemayapti, necha marta etdim dustim pulimni qiber imkoniyatindan kelib chiqqan holda dedim gaplarim havoga uchdi oka maslahat berin nima qili? uyini ham bilaman qatdaligini, uyiga ham bordim befoyda, kurib qolsam uni beraman deydi lekin bermidi mana shunga roppa rosa 1yil buldi hali ololganim yoq hammasini undan birini berdi holos. 

 

Jamshid

 


 

Sayyod: Мана шунақа холатлар юз бермаслиги учунам қарз бермаслик ва олмасликка харакат қиламан.  Агар жуда бир мухтож одам қарз сўраса ва ёрдамим тега олса, унга ажрата оладиган бўлсам , қайтариб олишдан умидимни узган холда шунчаки бериб юборганим яхши.  

Сизни воқеангизда дўстингиз кўрнамаклик қилгандек. Балки сиз айтган сумма унда шу уч дўкони бўлгани билан бўлмаса  керак. Бошқа тарафдан шу нарсаларни тушунтириб гаплашишдан қочиб юрган бўлса билмадим.

 

Хисобли дўст айрилмас деганидек, бундай нарсаларни хужжатлаш мухим. Бирон нарсасини "залог" қилиб нотариал идорадан қарз олди-бердисини хужжатлаганингизда шундай бўлмасди.

Тушунаман, дўстингиз, уялишингиз мумкин, аммо катта пулку, одамлар ака-укасини судга беряптику. "Истасанг шу, хафа бўлма, замон хозир шундай, "Хисобли дўст айрилмас" деганингизда рози бўларди албатта. Хархолда ўша "залог"га қўйган нарсаси учунам қўрққанидан қарзни вақтида қайтарган бўларди.

 

Хозир орага бошқа умумий дўстларингизни ишга солишингизни маслахат бераман. Уни бевосита хамкорларими, унга алоқадорлар, у уяладиган ва кимнидир унга гапи ўтадиганларни, керак бўлса оила аъзоларига хам айтиб бўлса хам пулингизни олишингиз мумкин бўлса керак.

Унутманг, хар бир мавзу долзарблигида эътиборда! Шу сабаб, унга кунда кунора қарзни эслатиб тураверинг. Телефонига смслаб туринг, қўнғироқ қилиб туринг, ишхоналарига бориб тураверинг, хуллас бир ойда бир маротаба эмас, хафтасига икки уч маротаба ёдига солаверсангиз унга бу масала долзарб бўлади, демакки миясида чарх уриб тураверади, харакатига бу мухим нарса. 

 

Хуқуқ тартибот органларига мурожаат қилганингиз билан агар хеч нарса хужжатланмаган бўлса қийин. Бирданига қамаб қўйишса хам яхши иш бўлмайди.

 

Билмадим, қарз масаласи энг ёқтирмаган мавзуим, шу сабаб одамлар изохда сизга ёрдам беришар.

 


 

Эслатиб ўтамиз, хар якшанба мухлислар куни бўлиб, ўз муаммо ёки кўнгил кечинмалари билан бўлишиб, кенг омма билан хал қилишга имкониятингиз бор.       

sayyod@gmail.com почтасига иложи бўлса кирилл харфларида воқеа ёки муаммоингизни ёзиб юборишингиз ёки  (+99894) 644-67-11 рақамига қўнғироқ қилишингиз мумкин ёки шу номерга вацап.    
 

Бўлим: Muhlis Minbari | Кўрилган: 9250 | Чоп этди: Sayyod | Теглар: Yakshanba-Muhlis minbari

Нравится
Барча изохлар: 30
1 Farhod Akbarov   (31-Авг-2014 08:38) [Материал]
Хужжатли иш яхшида, орада на гувох, на хужжат, на тилхат бор бу кийин масала! Карз олиб кочиб юрадиган тадбиркор дустдан мард душман яхши дустим! Кеч унаканги дустдан! Карз икки кулдан чикади.

2 ledylove   (31-Авг-2014 09:03) [Материал]
bu holatla hozirgi kunda oddiy holga aylangan menda ham bo`lgan dugonam mendan qochib yuradi

3 Dinora_Golden_Girl   (31-Авг-2014 09:03) [Материал]
Kechib qo'yaqoganiz yaxshi, manimcha))) beradigan odam davnoo beradi))))

4 Dinora_Golden_Girl   (31-Авг-2014 09:04) [Материал]
*berardi

5 kelajak   (31-Авг-2014 10:29) [Материал]
yaqin kunlada  man bitta  yaqinimga  pul berdim oilamdan yaxshirip. ming  azopda  qaytarvoldim. xozirgi zamonda  kotta pul bermidigan bop qopti oka. qarz  berip xato qipsiz. pulli oguncha   kuchigingman didiyu ogandan ken shervachcha  bop qoladi.

садака бергандан карз бергани савоби котта дейишади бирок бунака киб савоб огандан садака килиб олган яхширок. балким дустизни иложиси булмаёткандир курби етиб туриб бермаса унда инсофи йук одам экан. яхшилик тушунмас экан . худодан дустизга инсоф сураймиз балким инсоф кириб колар ,,, сизга эса сабир тилаймиз ,,,

7 JSTmedia   (31-Авг-2014 12:39) [Материал]
kechib yuboring o'sha puldan, hudoni o'zi beradi, menda katta summa bo'lmaganu, lekin qarz bergan paytim olganimni eslolmayman

8 Mirkomil   (31-Авг-2014 13:25) [Материал]
To'g'risi do'st-og'ayni bilan pul o'rtasida muomala qilmaslik kerak ekan mana men xam 2-3- yil oldin botqoqqa botib qolganimda bir oshnam yordam bergan qancha pul so'rasam bergan keyin xudoga shukr ishlarim yurishib ketdi undan xar kuni pul olib bozorda ish qilib qaytarib berardim ertaman olib obetda qaytarardim keyin uni ishlari juda yomon bo'lib ketdi menda pul borligida men xam uni qo'lladim qancha so'rasa berdim lekin u xarakat qilmagani qarzdan qo'rqmagani uchun ishlari yurishish o'rniga tobora chappasiga ketdi va butunlay krizis bo'ldi juda ko'pchilikdan qarz bo'lib ketdi .... narsalarini sotib ancha qarzdan qutildi lekin mendan xaliyam qutilolgani yo'q nailoj bu xayot ekan do'stimligi uchun menga xam yordam bergani uchun so'rolmayman pulni

9 Ziyowa   (31-Авг-2014 13:45) [Материал]
Agar 6wa pulga zor bomasez kecvorin bow k6zdan sadaqa vijdoni b6sa berar

10 sssss   (31-Авг-2014 15:07) [Материал]
dukonlarini ayting, biz xaridorlar aynan usha yerdan savdo qilmaymiz,

11 Abdumannof   (31-Авг-2014 15:20) [Материал]
Хамма нарса ниятга боглик . Уша карз олган одам олишда албатта кайтараман деган ниятда олганда Аллох уни ишини угнаб калбини тугрилаб бу вактгача кайтарар эди.

12 Nilufar   (31-Авг-2014 17:34) [Материал]
Puldan kechvorish osonmas....lekin hisob kitobni qiyomatga qoldirish xam mumkin, agar san bilan qiyomatda hisoblashaman dib kechvorsez...Inshaolloh usha kun keganida , usha puliz evaziga ancha muncha narsaga erishishiz mumkin....Albatta bu gapim kópchilikka real tuyilmas....Lekin bu HAQIQAT.....!!!

13 Husniddin   (31-Авг-2014 19:22) [Материал]
Siz do'stizga yordam berdiz sizni xudo panoxida asrasin do'stizga esa insofni o'ziga bersin siz bowqa surameng u pulni! Siz ko'nglingiz toza insonsiz. Olloxim o'zi sizni xamiwa qo'llab quvvatlab yuradi!

14 zaya   (31-Авг-2014 20:08) [Материал]
Vaqtida tilxat yozib olmabsizda

15 No ONe   (31-Авг-2014 20:52) [Материал]
yomon ish bo`pti. ko`rinishicha bu odam puli ko`paygan sari ochko`z bo`p qopti. oganda kirar jonim berganda chiqar jonim.do`st demasayizam bo`ladi endi bu odamni. so`rayverishga xijolat bo`ladi odam, baribir andishani tushunadigan odammasakan. so`ramay qo`ysayiz, bo`ldi kechvordi deb yuruvradi. endi bermasa kerak bu odam. sal nariroqdan qilib qo`ying munosabatni. studentligimda ko`p ishlardim. shuhi uchun ko`p dugonalarim mandan qarz so`rashardi. bazilari aytgan vaqtida qaytarolmasdi, lekin sharoitini bilib manam so`ramasidim. lekin, bilasizmi, qaytarishganda ham pulimni va unga qo`shib uyimga bozorlik qilib berib ketishardi, shuncha indamay kutganing uchun rahmat deb. bir necha marta bo`gan shunaqa voqea. bunga ancha yil bo`ldi. shu dugonalarimni ko`rsayiz, hozir boy badavlat, chet ellarda yashashadi. lekin bazi bermay ketgan benomuslayam bo`gan. ula esa haliyam o`sha o`sah yuribti, birovladan qarz so`raaab muttaham bo`lib, oilasiyam yaxshimas. baribir bir kun shu odamni ahvolini ko`rasiz. pasga pas ketmang. to`g`ri hozir alam qiladi. axir sizam mehnat qilib, qachn ko`payarkin pulim deb, ichiz qisib to`plagansiz u pullarni. lekin mag`rur bo`sayiz xudo bundanam martabayizni ulug` qiladi

16 Mahmudxon   (31-Авг-2014 21:48) [Материал]
Bunaqala kop va bular xaromdan qorqmedilar. Mavzu muallifi Jamshid (aka) ili (uka) silar dostsilar demak yaxwi va yomon kunilada yonma yon yyurgansilar vaholangki bir birlarini dunyo qarawlarini yaxwi bilasilar. Bundan kelib chiqadiki dostlar bir birlarini qiladigon iwlarini va wu iwlarini oxri qanday boladiyu kim wodlikda kim alamda qoliwini avvaldan biliwadi. Man aytmoqchimanki dostizdan pul olalmasligizi bilgan xolatda sayyodga yozyapsz ili mavzuyiz qancadur muddat achko yegiwini xolesz! Xar kim pul borasida qanday iw tutiwda juda yaxwi biliwadi va odam tanlawda adawmaslikka xarakat qiliwadi. Sz aytyatgan inson dostiZmas wuncaki ulfat deb tuwindim. Puliz qaytiwiga tarafdorman!!!

17 Gulasal   (31-Авг-2014 22:44) [Материал]
Qarz juda yomon narsa mani o'zimi boshimdan o'tgan va xaliyam o'tvoti.U odam bermidi umidizi uzing yana bilmadim bu mani xayotiy tajribam beradigan odam paysalga solmi beradi,bermidigani xar kuni baxona topadi Bir yaqin tanishim pul olib mandan qochib yurdi oxiri  telda aytishib qoldik,jaxl ustida uyinga boraman dedim va uyini topib borib uyiga kirmadim shundayam mahalla faollari bn gaplashib uni qanaqa odamligini kimligini bilib uyiga kirmadim sababi oilaviy muoammolari yetarli ekan onasini yuragini siqmay mayli insof berib qolib oborib berar deb ketdim.2 kundan keyin manga telefon buldi va mani tezda falon rouvdga yetib kelishimi palonchi pismadonchini juda qattiq xaqorat qilib tamagirlik yoli bn pul talab qilganimi etdi. juda qattiq shokka tushib qoldim sababi usha kunlari muqaddas ramazon oyi roza kunlari edi va eng yomoni qarzdor odam erkak kishi qarzi arzimagan 400$ edi.Biz u bn melisaxonada kurishdik arizasini guvoxlarni kursatmalarini kurib qotib qoldim guvoxlarni biri singlim sabr qilib turing qarzini beradi man kafilman shu bolaga bugun ozim bn birga oborib beradi degan odam manga qarshi guvoxlik bergan tabiyki janjal kelib chiqdi u bu ayoldan pul omaganman deb turib oldi man asabiylashib bupti pul omagan busang onagni ortaga qoyib qasam ich dedim u bola onasini hudo ortaga qoyib qasam ichdi pul omaganman deb keyin melisaga buldi ishi yoping kechdim usha puldan arzimagan pul uchun nimalar demayapti bu odam desam u bulsa xaqorat qigani uchun javob beradi yuqori tashkilotlarga yozaman bunga chora kurmasayla deb shantajlik yoliga otdi va ish sudgacha yetib bordi. mana oylab oylami qarz bershni oqibati

18 FC_PAXTAKOR   (31-Авг-2014 23:39) [Материал]
qarz inson munosabatlarini buzuvchi eng rasvo narsalardan bittasida.....
pul aralshgan joyda munosabat hech qachon togri bolmaydi

19 ledy   (31-Авг-2014 23:55) [Материал]
surprised shock

0
20 Sayyod   (01-Сен-2014 03:36) [Материал]
Кимакан?

21 Dadaxon   (01-Сен-2014 11:10) [Материал]
shuning uchun xam birovga qarz bergim kelmaydi, umuman. Dadil dadil gapiring oka u sizdan uyalmayaptimi nega siz uyalishingiz kerak. Pul menga juda zarur senga kerak paytda bergandim endi uzishing kerak bo'lganda qochmaginda erkakda labz bo'lish kerakku deb etingda oka

22 Azamat   (01-Сен-2014 17:37) [Материал]
Nega shunaqa mavzularni olib chiqasizlar? Har ikkinchi odam aldoqchiku!

23 Royal   (02-Сен-2014 07:12) [Материал]
bunaqa ishlar juda kop, bir tanishimiz qarzdor bilan hech kelisholmasdan ohiri bir hukumat organiga borip ariza qipti, shunda hodim telefon trubkasini kotarip telefonda tepadigi hojayiniga report qipti

- yana bir "hoji akadan shikoyat bor" dib

24 muhlis   (02-Сен-2014 10:44) [Материал]
Олишни бериши борлигини яхшилаб эслатиб куйинг "дустингиз"га! Агар имконияти була туриб омонатни кайтармаса у инсон сизга дуст эмас экан, чунки дуст булганида у 2- дуконини очмай турибок сизнинг олдигиздан утар эди. Яъни "урток, ахвол шунака агар сенга шу пул хозир зарур булмаса яна озрок муддат ишлатиб турсам деган маънода". Инсофи йук экан уни, ташлаб куйманг харакат килинг олишга пулингизни! Агар шундок куйиб куйсангиз, кейинчалик у бошкаларни хам чув туширишга уринади!

25 севара   (02-Сен-2014 21:45) [Материал]
Манга роса таниш тема олгунча кулингни упади узиб булгунча сан оёгини упишни талаб киладиган номардлар хам купде бир танишимга ман хам бергандим Москвада кийналиб уйсиз кучада колганда кочиб кетти Узб-га келганда топиб сурасам ман сиздан бир тийин хам олмаганман деб туриб олди эркак боши билан садака кивордим.

26 gentleman2   (03-Сен-2014 05:29) [Материал]
g'irt *** bolekan ogayniz. rostanam berish nyati boganda ikkinchi dokon ochmi uwani pulini bervorgan bolardi agar insofli bola boganda. ochkòz bolekan. ohirgi umid borb yuziga dangal etin hamasini lavzi bormi òzi uni. bersa berdi bermasa qiyomatgacha dip ketin u dunyoda undirvolas. agar hudodan qorqsa beradi ohirgi yòl wu

27 Advicer   (04-Сен-2014 18:08) [Материал]
Bolani hech bo'lmasa o'z foydangizga shantaj qiling, chunki sizni qo'lizda birorta ham dalil yo'q bolaga siz pul berganingiz bo'yicha shunday ekan. biror fatakamerachi yonlab yuqori sifatli video kamera orqali uzoqdan video ovozni yozib oling. Gapingiz boshida dakumentalni savoler bering sezdirmasdan va unda sizdan qachon va qaysi sanada qaysi vaqtda berganingizni takrorlab wuncha vaqt o'tdi deng va biror necha bora olgansan to'g'rimi db ayting va summani aniq qilib takrorlang unga qarata. sizga bu dalil albatta sutda yoki biror narsaga yordam beradi. Sezib turibman bu kichik pul emas _)))) Ishlarizga omad

28 Nafisim   (05-Сен-2014 10:22) [Материал]
Kechvorin oka. Olloh szga bowqa joydqn beradi

29 bek88   (14-Сен-2014 09:34) [Материал]
janjal qiling

30 Mukhammad 611   (10-Янв-2015 10:04) [Материал]
dostizga dostim bu pul manga keremas dep aytin  wunda korasz

dth="100%" cellspacing="1" cellpadding="2" class="commTable">
Исмингиз *:
Email(шартмас):
Код *:

Диққат: Ёзиб қолдирилган изох дарров сайтга чиқмайди. Хар бир изох узоғи билан 24 соат ичида текширувдан ўтади. Мабодо бу вақт ўтгач хам сайтда изохингиз чиқмаган бўлса унда чиқарилмаганлик сабаблари қўйидагича бўлиши мумкин: 

Сайтимизда сўкиниш, хақорот, камситиш, мазах қилиш, салбий ва диний тарғибот, махалийчилик, миллатчилик, реклама ва қадр қимматни ерга ургувчи АЛОМАТЛАРИ БОР изохлар сайтга чиқмасданоқ ЎЧИРИЛАДИ!

Шунингдек миш-миш бўлиб кетишига сабабчи бўлгувчи тасдиқланмаган маълумотлар, тасдиқланмаган гап-сўзлар хам изохлардан ўчирилиши мумкин!

-Қолдирилаётган изох ўша мақоладан ташқаридаги мавзуда бўлса хам ўчирилиши мумкин. 

(батафсил манбаа)

Изохлар модератори NOZI, Шахло Қодирова ва Бекзод

YUQORIGA!