Бош сахифа » 2015 » Август » 23 » Қайнота келинни урса...
06:23
Қайнота келинни урса...

Assalomu alaykum hurmatli sayt ma'muriyati hamda Sardor Komilov. yakshanba muhlis minbari sahifasini doimiy ravishda o'qib boraman va Sardor akaning muhlislatiga bergan maslahatlari juda o'rinli deb hisoblayman. shu sababli men ham xat yozishga jazm etdim, negaki Sardor aka va sayt a'zolarining maslahatlari juda zarur. hozir boshi berk ko'chdaman. boshidan boshlasam man shahardan qishloqlik odamdarga kelin bo'lib tushdim. to'g'ri bu oddiy holat, lekin hamma gap so'zlar to'ydan keyin boshlandi. boshida qishloq kelinlarday ish qilolmasamda, non yopishlarni, sigir sog'ishu, ekin-tekinlarigacha o'rgandim. lekin nimagadir kelinni qaynonam emas qaynotam tanlagani uchun (sovchi orqali turmush qurganman) qaynonam shaharlik oyimcha, o'qimishli botanik, zamonaviy yuradida o'zicha deb yana mayda chuydalarni boshladi. boshida ularday 4da turolmasamda, 5 30 6larda tursam shu arzimagan narsadan ham janjal chiqargani yetmaganday, o'g'liga, qaynotam qaynisinglim, hatto qo'shnilarga ham yoyib chiqdi . orada er hotin orasida ozroq tushunmovchilik chiqsa ham borib qaynotamga yomonlardi, bu gaplarning ta'sirida qaynotam ham mani urushadigan bo'ldi. to'g'risi ba'zan aybimni ham tushunmasdim. chunki qaynotamni jaxli juda tez, juda. to'g'ri mandan ayb o'tgani kelin bo'lgan payt 4bosqich talabasi edim, ham homilador, toydan keyin erim ishsiz edi, alamiga ham mani urushardi, rosa siqilib yig'lardim. qaynonam tinmay ota onamniyam yomonlardi, hop chidadim. orada qayniukam paypogimni yuving dedi mani esimdan chiqibdi (ikki uch marotaba) borib qaynotamga yangam ish qilmaydi dedi, keyin qaynotam mani beforosat, mol, kaltafahm, maraz deb haqoratlay ketdi, man faqat yiglayman. (homilafor edim) keyin stipendiyadini menga bermaydi deb qaynonam qaynotamga yana chaqdi, yana boldi janjal, qaynotam mani turgizib qoyib rosa urishdi. siqilib yiglab yuraverdim, erim osha paytda endi militsiyaga ishga kirgan , poligonda edi. yegim kegan narsani uydan yeb keldim.

lekin siqilish oqibatida bolam nimjon tugildi, ham sutim kaaam edi. ertalabdan och qoringa uylarni yigishtirardim... keyin bolamga ovqatni qaynonam va qaynisinglim ogzida chaynab berishi oqibatida qoniga va ichagiga infeksiya tushibdi (sepsis) reanimatsiyada 10kun davolandik, lekin istima 39,5gacha chiqib ketdi, oxiri toshkentdagi RSHTYOIMda davolandik. smes ichardi, uni ham vaqtida oberishmas, pampers haqida gapirmasa ham buladi. mayli... lekin bir kuni tunda oglimga shishada suv bersam erim nimaga muzdek suv berayapsan dedi man iliq suvku bu termosdan quydim deb tortishib turganimizda qaynonam 2-3 marta kirib chiqdi, keyin yotoqxonamizga shartta kirdida qaynotamga telefon qildi, tez kelin keliningiz janjal qilayapti deb. man hayronman. keyin qaynotam ham kirib keldida vaziyatni bilmasdan mani sokib haqoratlab ketdi. dadamga telefon qilib tez keling deb chaqirdi. dadam, ayam kelsa qaynotam baqirib ketdi ularga ham. keyin ular ham nima deganiz deb tortiwib ketishdi. arzimagan suv katta janjalga aylandi. ...

 

orada  ketib qoldim janjallardan toyib. orqamdan rossaaaa yalinib yolvorib kechirim sorab olib ketishdi, lekin uyiga oborishgach darrov ozgarib qolishdi. orada qaynisinglim chillasidan ajrashib keb quydi, uyam 2- qaynona bolib oldi.... eeeeehhh orada bunaqa janjallardan yana qanchasi buldi. qaynotam senator, yaqinda unvonli bolib mansabi kotarilib ketganidan song esa umuman bosar tusarini bilmay qoydi.

orada bir telejka gong keldi, qanonam qayniukangga tashish qopda dedi. man bu erkaklar qiladigan ish dedim. shuni ham qaynotamga aytdi, u tutaqib sokib ketdi, zaharingga yeysangku shuni maraz dedi, yigidan boshqa kuchim qolmadi, chunki ota onam siqilmasin dedim. bugun esa yana shuna holat, yaqinda ishga kirgandim, 2larda keldim, erimga obed tayyorlab , kir yuvib, umuman uy ishlarini qildim, soat beshlarga yaqin boshim ogrib 2minut yotishimni bilaman, ustimga qaynotam keb qoldi, bilmay qolibman. san faqat sasib uxlaysan, hech ish qimaysan, nimaga qoy tovuqlarga qaramading kabi mayda gaplarni gapirib  sokib ketdi, san moxov, maraz, lan'ati deganida iltimos haqorat qilmang desam san nimaga manga gap qaytarayapsan deb turtib urib ketdi. nimamish qaynotaga mumkinmish. keyin erimni chaqirib yoqot buni uyiga haydavor, bolasini dalaga olib ketaman dedi. nahot, quloqlarimga ishonmay qoldim. telefonimniyam tortib oldi. yalinib kechirim sorab zorga oldim...  ota onamga aytay desam mansiz ham tashvishlari kop, ham siqilishadi.... iltimos Sardor aka maslahat bering, iltimos, foydali maslahatingizni ayamang iltimoooos....


Эслатиб ўтамиз, хар якшанба мухлислар куни бўлиб, ўз муаммо ёки кўнгил кечинмалари билан бўлишиб, кенг омма билан хал қилишга имкониятингиз бор.       

sayyod@gmail.com почтасига иложи бўлса кирилл харфларида воқеа ёки муаммоингизни ёзиб юборишингиз ёки  (+99894) 644-67-11 +99894 695-21-21 рақамига қўнғироқ қилишингиз мумкин ёки шу номерга вацап.    

Диққат! Сайтга чоп этилиб бўлинган мактуб кейин талабга биноан олиб ташланилмайди! Воқеангиз сайт орқали кенг оммага чиқиши ва халқдан турли маслахатлар бўлишини билиб туриб жўнатдингизми, ўзингиз кутмаган ва ёқтирмаган маслахатни олиб кейин олиб ташланг дейиш мантиқсиз!
 

Бўлим: Muhlis Minbari | Кўрилган: 16707 | Чоп этди: Sayyod | Теглар: Yakshanba-Muhlis minbari

Нравится
Барча изохлар: 611 2 »
1 zvermusic   (23-Авг-2015 07:55) [Материал]
yaxshisi tinchgina ajrashing unday oila bilan yashamang kelgusi hayotingizni o`ylang IFLOS QAYNOTANGIZNI USTIDAN tegishli orgonlarga yozib bersangiz yuvosh bolib qoladi unday senator davlatga zarar davlatni parokanda qiladi

2 Ali Nur   (23-Авг-2015 08:03) [Материал]
Shunaqa qaynona qaynotalarga lanatlar busin illoxim xudodan topishsin bunaqalar judayam kupaygan birovni bolasini xor qilishadi haromi kuchuklar.Sizga Sabr sabr sabr tiliyman kunglizga quloq soling siz xurlashlari uchun onaiz tugib ustirib quyishmagan uydagilarizga ayting ular farzandlarini tushinishadi.

3 muxlis   (23-Авг-2015 09:03) [Материал]
Qaynotani kelinga qo'l ko'tarishi va qattiq haqorat qilishi bu aqlsizlik va ahmoqlikdan boshqa narsa emas. Kelin qul-cho'ri emas-ku ey azizlar sizlarga.

4 Шахиня   (23-Авг-2015 09:42) [Материал]
дааа уж...вот тебе и сенатор...

5 Фарходжон   (23-Авг-2015 09:52) [Материал]
Бунинг биргина йули САБР! Иложи йук касаллик, лекин тузалади ва афсусланади.....

42 munisa2013   (25-Авг-2015 10:18) [Материал]
Yana qancha sabr qilsin? U oiladagilar tuzalmaydi va afsus ham qilmaydi. Kelin sog'ligini yoqotadi faqat. Uning ustiga eri bilan munosabati ham buziladi.

6 исломжон   (23-Авг-2015 09:57) [Материал]
Эрингиз яхши одам бўлса яна бироз чиданг қайни укангиз бор экан алохида чиқиб кетсанглар керак хойнахой.
Ахир мункайиб қолгунча сизни дўпослаб ўтишмаса керак.

7 sitora   (23-Авг-2015 11:12) [Материал]
SIZGA SABR TILAYMAN

8 ledy   (23-Авг-2015 11:27) [Материал]
cry cry cry cry surprised surprised surprised surprised surprised surprised

9 sayyod.muxlis   (23-Авг-2015 13:08) [Материал]
psixicheski oila disayam böladi bu xamma kaltela xaq xuquqngzni bilmasligngzdan bitta qöl kötarwtmi yana indamasez ketp qovuradi. Nima bögandayam t6g'ri qarorga kelin ertaga bu xörlawla natijasda kalas ortrb kasalvon kelnga chqb qolas. Erz b.n yotg'i b.n gaplawn aloxda yawawga köndrn sizdan nima ketdi szi agar chndan yaxwi körsala xarakat qiladla. 1urganda militsyaga yoziw keregdi e namuncha soddasiz...

10 eshmat   (23-Авг-2015 13:53) [Материал]
Faqat bir tomon ni eshitib hulosa qibomidi qattan bilamiza u tomon nima diydi hullas man ishonmadim bu ayolchaga

43 munisa2013   (25-Авг-2015 10:20) [Материал]
Nima bo'lgan taqdirda ham qaynota kelinni urushi mumkin emas!

11 Umidjon Sattorov   (23-Авг-2015 14:02) [Материал]
Бир нарса дейишга хайронман

12 кузивой   (23-Авг-2015 14:26) [Материал]
Кайнота урса, эриз хом гушт булса, ва аник у (кайнота) нохак (муносабатда) булса йули - битта, белкуракни оркаси билан яхшилаб солинг. Хеч ким йукда. Акли ишламайдиган килиб, бир умр когозга ёзадиган килиб. angry Хаммаси жойида булади шунда.

13 Muxlis   (23-Авг-2015 14:31) [Материал]
Кошмар! Нима сиз ердан чиккан кузикоринмисиз! Сиз хам бировни асраб-авайлаб катта килган боласисиз ахир. Э тупуринг хаммасига, онангнизникига кетинг. Бунакада узингиз хам, болангиз хам касалванд буласизлар. Энг мухими соглигингиз. Узингизни асранг. Бунака кайнота ва кайнона билан яшагандан кура, эрсиз утган афзал. Болангиз бир улимдан колибди, энди уни асранг. Кетинг у уйдан, захарини узлиги ичиб етишсин.

14 Раъно   (23-Авг-2015 14:40) [Материал]
Бунака сенаторни и оила аъзоларини киваткан ишини видеога секин овалин и ютубга куйварин, куриб куйишсин сенаторларимиз канакалигини. Хозирги келинларисиз озгина бусаям хак хукукларини билишканда калте еб, бола билан реанимацияда етишмасти.

15 зебо   (23-Авг-2015 15:45) [Материал]
озиздахам айб коп экан

44 munisa2013   (25-Авг-2015 10:22) [Материал]
Tavba, qiz bola (yoki ayol kishi) shunday deb turganda, erkaklardan nima kutaylik. Bular sizning ham boshingizga tushsaydi, ko'rardingiz.

16 ноилбек   (23-Авг-2015 15:47) [Материал]
хатоларингиз коп экан гап кайтаришниям биларкансиз уриш даражасига опкегансиз озингиз

17 nodira   (23-Авг-2015 15:59) [Материал]
Ha yurvurarkansizde ertaga oilaviy tepishsayam yiglab yurvurasizmi
Eriz qayoqqa qariydi
Senatori familiya ismlarini yozmabsizda
Qoli sinsin

18 умм самия   (23-Авг-2015 16:50) [Материал]
БИЗДАЯМ ШУ ХОЛАТ АСАЛ СИНГЛИМ УТИП КЕТАДИ САБР КИЛИП ТУРИНГ МЕНИ ЕНИМНИ ХЕЧ БОЛМАСА ХОЖАИНИМ ОЛАР ДИ ЭРИНГИЗ КАЕРДА УЗИ МЕН ГАП КАЙТАРСИН ДЕМИМАН ЛОАКАЛ СИЗНИ ЮПАТСА БОЛАДИКУ МАНА 5 ЙИЛ МЕНДАН ЯХШИ КЕЛИН ЙУК 4 ЙИЛ МЕНДАН ЕМОНИ ЙУГИДИ САБР КИЛДИМ ХАММАСИ ИЗИГА ТУШИП КЕТТИ

19 lll   (23-Авг-2015 21:09) [Материал]
Maslahatim qoching orqangizga qaramay qoching farzandingiz kelajagiuchun ham bu oildan uzoq yuring. Agar vaziyatrostdan ham siz yozganday bulsa uzizdan qushmagan bulsez bu daxshat.

20 Madina   (23-Авг-2015 21:45) [Материал]
Militsiya....senator....hammasi insonlani og'irini yengil qiluvchi sohaku.....bu nimasi....ozlarida bolmasa xalqqa qanaqa yordam berarkin....

21 Baxora   (23-Авг-2015 21:54) [Материал]
Assalom alekum nimaga chidiysiz eriz indame turaveradimi qanaqa er u Tavba qolizda xunaruz bor diplomiz bor ekan bitta bolani boqib olatsiz insonsiz qadrni bilmagan insin sifatida korilmagan uyda qolib nima topasiz xech narsa sag'lig'izdan ayrlsaiz xwch kimga kerak bolme qolasiz

22 lobar   (23-Авг-2015 22:48) [Материал]
ERTAGA OSHA XONADONDAN O'LIGIZ CHIQSA OTA-ONEZ KAMROQ SIQILISHADIMI? FARZANDINGIZNI DALAGA OPKETAMAN DEGAN UYDA YALINIB YANA QOVURDIZMI? SIZ ODAMMISIZ MOLMISIZ? NAMUNCHA O'ZIZZI HAQORATLATIB O'TIRAS?!!

ERIZ HAQIDA BITTA GAP, U FAQAT FARZAND QILISHNI BILARKAN XOLOS. SIZGA UMR YO'DOSH, DO'ST BO'LISHNI BILMASAKAN. UNDAN KECHGANIZ MAQUL.

JUDA BIR BEFAROSAT, PAST ODAMLAR EKAN. SHUNCHA GAPLANI, URISHLARI INDAMIY CHIDAB YURGANIZZI QARANG!!! EEE AGAR JUDA YOMON ISH QILGAN BOGANIZDA HAM SIZZIGA QULDEK MUNOSABAT QILISHGA HAQQI YO'Q. HAFA BO'LMANGU LEKIN SHU FARZAD KO'RISHGA SHOSHILMIY TURMABSIZDE. OLDIN YASHAB KO'RIB, BIR BIRILAGA O'RGANIB, TUSHUNIB, MOLIYAVIY O'ZILANI TIKLAB KEYIN FARZAND KO'RSELA MANIMCHA HAYOT ANCHA BOSHQACHA BO'LAR EDI. BU BIZZI MENTALITETIMIZ - TO'Y BO'LDI, KELASI YIL SRAZU FARZAND TUG'ILADI. A BALKI UNI OILASI PSIX OILA, BALKI BOLA NARKOMAN, BALKI YANA BIR AYBI BOR....XULLAS ATIGI BIR YIL SHOSHILMASLIK KK EDI.

45 munisa2013   (25-Авг-2015 10:26) [Материал]
Lobar, barakalla. Dilimdagi gaplarni yozibsiz.

23 johon   (23-Авг-2015 23:19) [Материал]
stadioningayam sudyengayam bokovoylaringayam dinde bolezi olb uyizga surin. bola nevara kere bosa aqli kirb kesa yana qaytin. ungaca kutin. aqli kirmasa ajrawin na... bunaqa hayot

24 наргиз   (24-Авг-2015 01:39) [Материал]
кайнота келинини урса воййй бу нима деган гап товба ериз нима хуссами дейман оллохни узи асрасин бунака кайната кайноналадан

25 muussii   (24-Авг-2015 10:21) [Материал]
ajrashing, qancha sabr qilish kerak odam? bolangiz ham shunaqa muhitda katta bo'lishini xoxlaysizmi? Odam kochada kim bolsayam, oila bu ko'cha emas.

26 Abdulaziz   (24-Авг-2015 10:55) [Материал]
Assalomu alekum sayt ijodkorlari, bu meni shaxsiy fikrim menimcha bu yerda voqea bir tomonlama yoritilyapti deb o'yladim sababi bunaqa xolat ko'pchilikni boshidan o'tgan( kelinchaklarni tili uzunligi, o'zicha kelinlik uyidagilarni nazariga ilmay, birorta ish buyurishsa bu erkaklani ishi, bu falonchini ishi deb baxona qilishadi. Vaholanki o'sha kelinlar o'zini kelinlik ishiniyam qoyillatib qimaydi, gapni isboti yuqorida o'zlari yozyaptilar (paypoqlani yuvish esimdan chiqibdi, kech turaman deyilgan)) Shunaqa kelinchaklar o'zlarini ayblarini tan olgisi kemaydi o'zlaricha xaq, aslida bu mensimaslik. Meni xayotimdayam xuddi shunaqa voqea bo'lib o'tdi: Asosan ishim xalq xizmatlarida bo'ladi, uyga kesam xotinim oyim undoq deb so'kdila bundoq deb so'kdilar deb noliverardi, oyimni oldiga kirsam xotining ish buyursam gap qaytaraveradi, meni ishimmas erkaklani ishi deb uyga kirib yotvolaveradi, sen keganingdan keyin darrov muomalasi o'zgarib qolyapti dedilar. Kimmi gapiga ishonishni bilmay qoldim, bu xol davomli bo'laverdi. Keyin o'zim tekshirishga qaror qildim va uyda ishga chiqmay o'tirib kuzatdim va oxiri shu xulosa keldimki xotinim ancha mensimayapgan ekan uydagilarni. Xammasi shu kelinchaklarni uyida to'g'ri tarbiya berishmagani va qizlani yosh erga bervorishganida. Bu meni shaxsiy fikrim

38 ledy   (25-Авг-2015 00:34) [Материал]
Мениям хаёлимдан шу фикр утди. Гунг копда ташилса демак у курук гунг. Умуман огир нарсамас, Эркакларни иши демай, кутаролганча ташиса буладиган нарса. Вокеа бир томонлама ёритилган.

Лекин келинини итдай ишлатиб яна хакорат киладиган, пешонасига узини кизларини чакирволиб уларни эркалайдиган, керак булса уз кизларига кайнонасини хизматини килавермасликни тайинлайдиган кайноналарни уз кузим билан курганман.

27 ЗАРИ   (24-Авг-2015 11:26) [Материал]
узизи кадризга ачинмисми? мехр курсатмаган жойдан мехр кутиб нима килас сиз хозир болизи уйленг.У уйда гапиришга хакиз йук,улани рухсатисиз утириш-туришга хакиз йук ёки нима сизга шунака хаёт ёкадими?агар ула азгина бусаям кадризга етганида эди чидасиз гап сузиздан хеч канаканги ёруглик куринмаёпти.Бунакада болизи келажаги нима булади эрта индин сиз бу кетишда касалманд буб косиз болизи нима улани кулига ташаб кетасми.Бутун умр куй сигир бокиб дакки эшитиб юришига чунки эр нима бошкасини топиб уйланиб олади ана ушанда углизи ахволини тасавур кувиринг.Сиз хозир углизи олидидиги вазифани,бурчизи уйлинг шарта углизи кулизга олингде эризга саниям, уйингдагиланиям хаммангиям денгде шахарга караб онизи олдига кетворинг ишга киринг укигансиз, углизи келажагини таминленг яхши инсон килиб тарбиялинг,ота-ониз сикилмиди кизи навараси сог-соламатлигини куриб кузини олдида уйнаб кулиб юрганини куриб хурсан булишади. Хар куни ховотирда утирмасдан бугун нима булди экан кизимга демасдан.Буёги узизи кулизида хеч качан узизи оёг ости килдирманг сиз кулмассиз сиз биринчи уринда онасиз. Узизи рухан тетик тутинг хеч качон йигламенг. юрагизга кулок тутинг.Узизи болизи хор килдирменг.

28 knazarbekov   (24-Авг-2015 11:41) [Материал]
СЕЕЕНАААААТООООРРР!!!

29 Baxora   (24-Авг-2015 12:38) [Материал]
Nimaga bu yerda.kelini.vizifasi deyilavergan Kelin.qulmi.uyam birovni.farzandi.qiz tugulganda qanchali xursand.bolamiz.yuvib tarimis.dunyolarga.ishonmimiz.voyaga.yetirib bur xonadanga uzatamiz roxatni siza koringla mana sizlarga qul debmi.Tavba kelin.xam.inson.mexnatdan.xech.jim ulmidi.lekin.kelin.xam shirin.sozga mexrga tashna.kelinchak bir nihol u kelganida.mexr bln gamgirlik qisaiz u sizga shunaqa.meva tokadiki ishonavring boshuda.qigan mexnatizga achinmisiz Menu qoynonam ering bln yaxshi boseng boldi.deydi men zam bundan xursand bolib qaynonamgayam qariman ermni xam xurmat qilaman.oila boshchisi xadeb er xotini.ishga arashmasdan.ulaga togru yol koratish kerak.emasmi.nima bogan taqdirda.qaynatoni qaynoni.kelini.xonasiga kirishi.bu idamlarni.qanchali beforasat odamligini.korsatib turibdi.Qayonata qol kotarsa aqlmga sigdirolmayabman.

30 Umida   (24-Авг-2015 12:42) [Материал]
Xozirgi zamonda kelinga qo'l ko'tarish mo'da bo'lgan yaxshi kelin xam bor yomoniyam bor lekin er ursa chidedi qolgani ursa yuragda alam achiq qoladi lekin uzizni bunaqilib ezilib ötirgandan ko'ra ota onezga ayting ularga kerek bolmasez bolezga kereksiz.

31 дилшодбек хожи   (24-Авг-2015 16:57) [Материал]
интурист гапга чечанг экан-лотинчани умуман укишни хам ёзишни хам билмаганим учун нима деб ёзилганини тушмадим .

32 Guli   (24-Авг-2015 18:29) [Материал]
Assalomu alaykum azizlar. avvalambor qimmatli vaqtingiz va ko'z nutingizni ayamay dardlarimni o'qiganingiz hamda maslahatlaringizni mandan ayamaganingiz uchun tashakkur. qaynotam so'kkanida erim ham qo'shilishgan bo'lsada keyin o'zimga va'da berdi, qayniukam uylanishi bilan albatta alohida chiqamiz deb. mani ham so'nggi umidim shundan... sabr qilayapman negaki oldin keb quyganimda qaynotamni uzi kechirim surab olib ketgandi, ammo haliyam uzgarmagan. ham ayajonimning yuraklari kasal, qon bosimlari ham bor, shunga aytolmayman, ayamga bir nima qilsa bu dunyoda yasholmayman. undan kora dardlarimni ichimga yutaman, hech kimga aytolmaganim uchun ham shu saytga murojaat qildim... rahmat azizlar, boringizga shukr, bekorga aytishmaydi, odam taftini odam oladi deb. ishqilib bunday savdolar hech bir insonning boshiga tushmasin. Rahmat sizlarga. p.s ha aytgancha qaynotam soksa erim ham boridi, indolmadi, lekin keyin kechirim soradi. ayb manda bolganda ikki dunyo bir bulsa ham yaxwi gapirmasdi. yana kelinligimning bowida ikki yil uydagilrning hammasi, qaynota, qaynona. qayniuka opa singillarigacha uydagi banya bitmagani uchun bizning yotoq ichidagi dushga kirib yuvinishardi. qaynotam aytishicha uy uniki va xoxlagan xonasiga kiradi.

54 ledy   (26-Авг-2015 23:52) [Материал]
Душни кизгоняпсизми, уша душни ким курган, сепингиз билан олиб келгансизми, уларни баняси битмаган экан, кушниникига чикмайдику, бир оила булгандан кейин. Хойнахой эр-хотин кечаси бирга ётганларизда кирмагандир душга, кундуз киргандир. Яхшимас, улар банясиз булсада бир оила булиб душни кизгонганингиз. Домга келин булиб тушганлар хам бутун оила битта ваннахонадан фойдаланади. Уларни баняси булмасаю, сиз душимга кирди деб утирсангиз. Душда факат ювиниб чикаётгандир, буни нимаси ёмон, ични кенгрок килинг. Албатта кайнотани кул кутарганини мен сираям окламайман, лекин хаёт деган савдога майда икир-чикирларни аралаштириш шартмас. Пайпок ювиш эсдан чикиш, эрта туролмаслик куп келинларда бор. Лекин сиз сал ичингизни кенгрок килсангиз Худоям шунга ярашасини беради. Купгина келинлар узлари кайниука ва кайнисингилларини пайпогини сураб ювади. Бундан келинларни устида булмаса ичида ёктиришади. сизга оилавий бахт тилайман. ажралиш хакида уйламанг. Сиз ажрашиб ёлгиз коласиз, куёвлар янгисига уйланиб яна яшаб кетаверади.

33 Nafisim   (24-Авг-2015 20:12) [Материал]
Vayyyy. Nmasi bu? Qaynata yotgan joyizga kirdimi? Molmi u? Alohida chiqib ketishshi harakatini qilin. Bo'masa tinchimis

34 Nafisim   (24-Авг-2015 20:22) [Материал]
Erizam maliishakan. Eee tovba bunaqa erkela qayodan paydo boladi. Kelin keliniz janjal qivottimush. Hayron qoldim lekigin.

35 ergash6178   (24-Авг-2015 23:24) [Материал]
Мен бу вокеани укиб чикиб шу хулосага келдимки бу келин узи еш ,лекин бу оилани назар писанд килмайди , арзимаган майда чуйда гапларни ипидан нинасигача езиш узи айтиб турибди , пойпогимни ювинг деса , эрини хурмати учун ювиб куйса,бу турмуш уртогини хурмати ,кегин гунг ташиш эркакларни иши булса хам , хуп деб , озгинадан булсаям ташиб кайнотани кунглини олишга харакат килиши керак эди ,ушанда кайнотаям эриб узинг куйинг энди келин дермиди,чунки яхши гап билан илон инидан чикади, агар турмуш уртоги, фарзанди ,шу майда чуйда гаплардан афзал булганида, вазиятдан чикишга йул куп агар оилани ,фарзандни саклаб колиш керак булса,хуллас кайнотани кул кутаргани нотугрику ,лекин шунга мажбур килинган сабаблар бордир ,лекин бу аел турмуш уртогини яхши курганида,оилани саклаш максади булганида ,майда чуйда гапларни,элга овоза килишдан кура ,оилани саклаб колишни бошка ечимларини кидириб топган буларди

36 ergash6178   (24-Авг-2015 23:44) [Материал]
Энди элга овоза булгандан кегин тем более улар энди кечирмайди ,агарда шу сайтга маколани езилганини билишса, эр хотин бир бирини севса ,оила керак булса ,пайпок ювиш,гунг ташиш ,бу нарсалар кузга куринмай колади,оилани бузилишига сабаб булаолмайди,хотин эрни яхши курса оиласини хурматини жойига куяди,эркак хам аелини оиласини хурматини жойига куяди,агар кайнота кул кутарган булса ,эрини уйдан чикиб кетишга кундиришга харакат килиб куриш керак

37 ergash6178   (24-Авг-2015 23:50) [Материал]
dry dry dry Бу йул билан мухлислардан маслахат сураш менимча нотугри аслида агар оиласини саклаб колиш максад булса.Бу маслахат сурашмикан еки ,элга овоза килишмикан ?????

39 Jasur   (25-Авг-2015 02:29) [Материал]
Bu kelinimizga hechbir maslahat berolmiman.
Harkim taqdirini õzi belgilashi kerek.
Singlim farzandingiz va sizni kelajagizni faqat õzizni qarorizga suyanib qadam tashlen.
Ota ona yaqinlarni fikri faqat sizga dalda bulish niyyatida .
Afsuslanmaydigon bir qaror bering.
Siz onasiz sizni faqat bolezi kelajagi õylantirsin.
Elni ogziga elak tutib bõlmedi.
Orqaga yursez tepalashadi.oldiga yursez quvalashadi aslo ofaring diyishmedi.
Boshqalani õylamen ulaga tup.... Ular sizga buni qilishib bõlibdi erizham.
Hayotizda omad va baht hamroh bõlsin

40 Parvina   (25-Авг-2015 09:31) [Материал]
Mahallasiga 3-4 martalab qayta qayta shikoyat xati yozing, Iloji bo`lsa mahalladagilar kelishganida siz ham uyda bo`ling. Ota shunaqa bo`lgandan keyin bolasi ham shunaqa bo`ladi, bunaqa ERni nima keragi bor? Latta, hech kim ER hech kimga kerak emasligini isbotlang. Bu xonadonda yashamasligizni maslahat berardim.

47 ledy   (25-Авг-2015 11:09) [Материал]
Салом, Парвина! Кеча сизни эслаб утиргандим. smile smile smile smile smile

41 munisa2013   (25-Авг-2015 10:15) [Материал]
Uyat bormi ularda, farosatsizlar.

46 munisa2013   (25-Авг-2015 10:42) [Материал]
Eringizga shart qo'ying, yo siz bilan alohida uyga chiqsin, yoki uyimga ketaman deng. Kap-katta senator ekan qaynotangiz, uyalmaydimi ayollarning ishiga aralashishga? U endi o'zgarmaydi. Sabr qilishning foydasi yo'q u uyda. Xo'rlanish uchun erga berishmagan sizni. Eringiz juda bo'sh ekan uning ustiga. O'qimishli ayol ekansiz, kasbingiz ham bor. Eringiz bilan kvartiraga chiqib keting. Ikkalangizning oyligingizga kun kehirasizlar. Undan keyin tinch hayot boshlanadi, hech kimdan gap ham eshitmaysiz, tayoq ham yemaysiz. Alohida yashagan oilalarda turmush ham mustahkamroq bo'ladi.

48 ne vajna   (25-Авг-2015 17:48) [Материал]
iltimos ism familyasini yozib yuboring, kimligiga juda qiziqyapman !

49 Lent   (26-Авг-2015 08:13) [Материал]
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати воқеа бўйича муносабат билдириши керак. У ерда ҳам оила билан боғлиқ қўмита бор. Чунки сеатор дегани миллатни оқсоқоли, фахрийси, улуғи, донишманди дегани.

50 Husniddin   (26-Авг-2015 09:59) [Материал]
Синглим хафа булмангу, аслида вокеа юкорида ёзилганчалик аянчли эмас. Тушунтираман: 1).Сиз узиз билган холатда кишлокка келин булгансиз, кишлокда келин ва бошка оила аъзолари уртасидага муносабат шахардагидан анчагина фарк килади. У ерда келин шахардагичалик эркин эмас; 2).Озгина аёлларга хос айёрликни ишга солинг, лексиконизни "ойижон, адажон, асалим, шакарим" каби сузлар билан бойитинг; 3).Кайнота ва кайнона уша уйни неча йиллик хужайинлари уларни хурматини жойига куйинг, озрок вактлирок уйгонинг, овкатни ширинрок килиш чораларини куринг, уларга ёкишни хохланг ва хок. 4).Хаёт сизники, уни пойдеворини аллакачон куриб булдиз, эндиликда уни кимлардир бузиб юборишига йул куйманг, озгина узингизни кийнанг - бахтли кунлар иншааллох якин!

51 Умид ака   (26-Авг-2015 11:22) [Материал]
35 дилшодбек хожи (24-Авг-2015 16:57) интурист гапга чечанг экан-лотинчани умуман укишни хам ёзишни хам билмаганим учун нима деб ёзилганини тушмадим .
Интурист деган гапингизга тушунмадим. Сизнингча, лотинчада саводи чиққанларнинг барчаси ажнабий, яъни интурист эканда а? Савиянгизга бешмас, ўнбеш кетдим бору. Ҳажга боришни эплабсизу Ўз алифбоингизни ўрганишга қунт қилмабсизда ҳожи амақи))

52 Умид ака   (26-Авг-2015 12:09) [Материал]
Онажоним янгам ҳомиладор бўлганида нон ёпганда бир четига гўшт ҳам ёпиб берарди, янгамни чақириб, қизим тезда еб олинг, дерди... Қўни-қўшни келинлар ҳавас қиларди янгамга, суперқайнона қўшнилар эса, ҳааа, эндииииии биринчи келинда, эркалатади... дейишарди ҳасаддан. Айримлари, келинни кўп эркалатмасликни, баъзан туртиб-туртиб туриш кераклигини ҳам ўргатишарди онамга. айримлари келинни хўрлаш бўйича ёзган "диссертациялари" билан ўртоқлашарди)) Онам эса парво қилмасди: бу ҳам бировнинг жондан суйган боласику... дерди уларга... Вақти келиб мен ҳам уйландим. Кенжатойининг келинчаги янадада суйимли бўлди онажонимга. Ҳатто янгамнинг ҳасади кела бошлади))) Онажоним саксонни қоралаб қолди, ҳамон тетик-бардам кўз тегмасин. Ушоққина бўлсада ўз қўллари билан овқат қилиб ейди, супур-сидирнику айтмаса ҳам бўлади. Бола-чақали бўлсамда ҳамон ўша кенжатойман. Қишлоққа бориб қолсак дарров овқатга уннайди, кафтдеккина қозончада ўша биз суйган мастава бир зумда тайёр бўлади... Овқат тугагунча минг бор қистайди: олинглар болларим, ичинглар, совиб қолмасин... косасидаги гўштни идишимга солади (бир пайтлар дадам раҳматли шундай қиларди) Йўқ дейишга улгурмайман... Фарзандларим зимдан бир менга, бир онасига қарайди. Шунда катта ўғлим дарҳол идишидаги гўштни онамга илинади. Энажон, сизни яхши кўрамиз! Ўртада беғубор кулгу кўтарилади, Меҳр мавжланади... ОНАЖОН, илоҳим умрингиз зиёда бўлсин, дарё меҳрингиз невара келинларингизга ҳам етсин!

Рости ҳикояга унчалик ишонмадим. ТВда қўйиладиган "Турмуш чорраҳалари" ҳудди. Ишондим ҳа дейлик, лекин мени доим бир нарса ўйлантиради. Якшанба мухлис минбарига ким хат ёзса, шу сайтни доим ўқиб боришини... таъкидлайди. Қизиқ, сайтни доимий кузатиб боргунча, ҳаётингни тузатишга урин. Ким нима деб маслаҳат бериш мумкин бу ҳолатда? Аввало, олийгоҳни тамомламай, бирор ишни бошини тутмай туриб эрга тегиш ё уйланиш керакмас. Бу минг марта айтилавериб сийқаси ҳам чиқиб кетди. Эрсиз қолиб кетадигандек шошиб нима қиласизлар қизлар??? Қишлоқлик бўлса ҳам бообрў оила эканда шунинг учун берворган ўраб-чирмаб ота-онангиз. Ёзганларингизни ўқиб тилингиз узунгиналигини пайқадим, гап қайтаришга ҳам устагина бўлсангиз керак. Ҳамма гап аёл кишининг тадбирлигида. Тадбирли аёл ҳар қандай вазиятдан чиқиб кета олади, йиғи-сиғи қилиб шахсий мажароларига бошқаларни ҳам аралаштирмай. Хуллас, ғалати оила, фикрлар бир-бирига зид. Сенаторларни саноқли бўлса, кимлигини билиб олиш қийинмаску. Йўғэээээ, жа унчаликка бормас, ҳар ҳолда қарс икки қўлданку. эр жонворга ҳам қойил. Бир ёстиққа бош қўйган аёли, фарзандининг онасини зулмга шунчаки ташлаб қўйган. Ҳурматли эркаклар, бўйдоқ йигитлар, ёдда тутинг: динимиз аёлларимизни ҳатто ўз яқинларимиздан ҳам ҳимоя қила олишга чақирган. ота-онамизга, опа-сингилларимизга, ака-укаларимизга шунчаки талатиб томошабин бўлиб туриш мусулмончиликдан эмас. Албатта, ҳимоя қилиш яқинлар билан ит-мушук бўлиш, ота-онага оқ бўлиш дегани эмас. Биз эркаклар тарозибон бўлишимиз керак оилада. бир паллада яқинларимиз, бир паллада аҳли оиламиз туриши керак. пасанги эса доим тенг бўлсин. Шунда қайноталар келинларга қўл кўтармайди, келинлар қайнонани анаконда демайди... балки чалғиб кетгандирман, лекин бу ҳақиқат: оиланинг тинчлиги кўпчилик ўйлагандек қайнонага эмас, балки куёвтўрага боғлиқ. Барчамизнинг оилаларимиз тинч бўлсин, яқинлашаётган истиқлол айёмингиз муборак бўлсин!

53 Nilufar   (26-Авг-2015 13:36) [Материал]
30 Abdulaziz. Sizzi gaplarizdan shunaqa hulosaga keldimki, kelin qul bo'lishi kere. Xar bir buyirilgan ishni va xattoki erkaklani og'ir yumushlariniyam qilishi kere sizzi fikriz bo'yicha. Shunaqami ??? Lekin bu noto'rikuuu !!! KELIN QULMAS XAR BIR BUYIRILGAN ISHNI INDAMI QILADIGAN. SHUNI BILVOLIN !!! Kelinniyam xaq-xuquqlari bor. Keyin erke kishini og'ir yumushlarini qilishga majburlash qaynotaniyam, erniyam xaqqi yo'q !!! Kelinam inson. Issiq jon. Charchidi kelinam. Uyiga kirib dam osa nima bo'pdi. Bunga uni xaqqi bor. Yoki kasal bo'lib xoli madori yetmaganidan qilomayatgandur usha hamma ishlani. U robotmasku charchamidigan. Xatto robot ayol ham kelinlani vazifalariga chidomagan bo'lardi. "Temir xotin " kinosida aynan shu tasvirlangan. Ayollani yumushlariga zaxmatlariga xatto robot ayol ham dosh beromidi. Kelinniyam chunish kere. Avvalo siz xotinizzi chunishiz va asrashiz kere. Chunki BU SIZZI ERLIK BURCHIZ !!! Xozir ko'pchili qaynona qaynatala kelinni quldib o'ylashadi. Shariatdayam yozilgan kelinga azob berishning gunoxligi haqida. Sayt ijodkorlari iltimos bu kammentimni saytga chiqarila. Toki kelinni qul dib o'ylovchila o'qib chunvosin.

55 ledy   (27-Авг-2015 10:53) [Материал]
"МУХЛИС МИНБАРИ" сахифасини нотугри талкин киладиганларга!!!

Энди асайтда аёллар учун закрытий портал очмаса булмайди. акс холди аёлларнинг узаро гаплашадиган масалаларига АЙРИМ донолар хам сукулишиб узларини олий интеллектларини намоён килишмокда. Бор, футбол сайтига, Бабаянни мухокама кил, Миржалол Косимовни гурига гишт кала. Реалчи бул, Барсачи бул аёлларни хатиниям тахлил киласанми, дегинг келади. Мухлис минбарига 95 фоиз аёллар хат ёзишадику, бу хаммага маълумку... Сайт шуни алохида сахифа килиб чикаришни лозим топибдими, демак кимгадир керак. Оила тинч-тотув, фарзандлар бекаму куст усиши, кариндошлар ичида обрули келин булиш учун сайтга кириб Мухлис минбарини хар бир сонини укиш халакит бермайди. Нега сайтга доимий кирадиганлар бошкаларни китик -патига тегади. Бу сахифани укиб худди шунга ухшаш такдирлар хам хулоса чикаришади, узларига кераклигини олишади. Мен баъзида айрим хатларни укиб уз хаётимга узим хавас билан карайман. (Шукрона килибда) Мен шахсан хар бир "Мухлис минбарини" дугоналаримга, кариндош кизларга курсатаман. Хаммамизни оналаримиз, бувиларимиз доимий колдирмай кузатиб борган "Оталар сузи-аклнинг кузи" теледастуриям томошабинларни хатлари асосида тайёрланардику. "Мухлис минбари" сахифасини тарбиявий ахамияти жудаям куп. Бошкаларни хакоратлаш эвазига узини утаям тарбияли курсатадиганлар, асабингизни бегоналар учун сарфламанг. Чунки оиласи тинч, болалари соглом, кариндошлари билан муносабати жудаям идеал одамлар хам укишади. НИМАСИ ЁМОН БУНИ?

Умид ака, ОНАЖОНИНГИЗни умрлари бундан хам зиёда булсин. Мени кайнонам хам худди шунака, яхши инсон. Лекин кайнона акс холда булса бечора келинлар нима килсин
Источник: http://sayyod.com/news/ajnota_kelinni_ursa/2015-08-23-3750#comments

56 ledy   (27-Авг-2015 11:17) [Материал]
"Мен акллиман, бехато ёзаман"-нега бошкалар мендай тинч-тотув ва акллли эмас, деган фикр тинч бермайдиганлар бор. Худо хаммани хар хил яратган. Табиатда хеч нарса экземпляри билан яратилмаган. Бошкаларни ушаларни узларининг уровенида кабул килишга урганмас эканмиз, ривожланмаймиз.

57 Elle   (28-Авг-2015 12:35) [Материал]
Когда келинка молчит плохо, когда она свои права качает тоже плохо. И что нам бечарашкам делать???
Боленгиз уладан урнак олиб хулки бузилмасидан ажрашинг. Уз уйингизга бормасангиз хам квартира снимать килиб амалланг.

1-50 51-54
dth="100%" cellspacing="1" cellpadding="2" class="commTable">
Исмингиз *:
Email(шартмас):
Код *:

Диққат: Ёзиб қолдирилган изох дарров сайтга чиқмайди. Хар бир изох узоғи билан 24 соат ичида текширувдан ўтади. Мабодо бу вақт ўтгач хам сайтда изохингиз чиқмаган бўлса унда чиқарилмаганлик сабаблари қўйидагича бўлиши мумкин: 

Сайтимизда сўкиниш, хақорот, камситиш, мазах қилиш, салбий ва диний тарғибот, махалийчилик, миллатчилик, реклама ва қадр қимматни ерга ургувчи АЛОМАТЛАРИ БОР изохлар сайтга чиқмасданоқ ЎЧИРИЛАДИ!

Шунингдек миш-миш бўлиб кетишига сабабчи бўлгувчи тасдиқланмаган маълумотлар, тасдиқланмаган гап-сўзлар хам изохлардан ўчирилиши мумкин!

-Қолдирилаётган изох ўша мақоладан ташқаридаги мавзуда бўлса хам ўчирилиши мумкин. 

(батафсил манбаа)

Изохлар модератори NOZI, Шахло Қодирова ва Бекзод

YUQORIGA!