Бош сахифа » 2014 » Октябрь » 26 » 10-кунлик келинчакдан йигит иффатли чиқди. 18+
06:03
10-кунлик келинчакдан йигит иффатли чиқди. 18+

Biza 3 oycha qiz qidirib yurdik, holam bitta qizni etib qoldilar, bir qarindoshimizning yosh qizlari bor ekan. Shu yilning kotta Hayit bayramida o’sha qizning uyiga mehmonga bordik, va manga u qizni ko’rsatishdi. Yosh, chiroyli, mehmonlarga chaqqon xizmatlarini qilib, qarashib yuribdi, maqtasa arzidigan lekin boshida ko’nglimga unchalik o’tirmadi. Uyga kelib o’yladim “otam olamdan o’tganlar, onam 67 yoshdalar, oilada 5ta farzandmiz, opam va akalarimni oila tashvishlari..., oyimlar ko’p qiynalganlar, eng kichkina akamlani hayotlari o’xshamagani sabab ularni yana uylantirish arafasidamiz, oyimlar qo’shaloq to’y qilib birato’la bo’ynimdigi yukdan qutuliy diganlar, bugun ko’rsatishgan qiz ham yaxshi, ancha obro’li, fayzli oilani farzandi, ham qarindoshimiz, ishonchli oila, 3 opa-singilning eng kichkinasi”...

Qiz bilan uchrashuvga chiqdim... gap so’zlarimiz birbiriga to’gri keldi...  Qarindoshligimiz uchun ularam bizani surishtirishmadi, bizayam ulani surishtirmadik, yana uchrashdik va to’yga rozi bo’ldik.

 

Bir kuni qiz manga bir aybim bor didi, “15 yoshimda agarotda opalarim bilan o’ynab yurib reshotkadan qochib o’tvotgan paytim yiqilib tushganman, o’rtamdan ko’p qon ketgan, adam, oyim, opalarim hamalisi voximada o’zlisi qonni toxtatishga xarakat qipketishdi, doxtirga oborishmagandi, oyim oborilik disala adam oborishdan andisha qiganlar shekili uyni o’zida jaroxatimmi tuzatishdi, ammo bitta kotta muammo qogandi, bokiraligimga ziyon yetganmi yo’qmi bilmimiz, vaqtida doktorga bormaganmiz, ushandan tashvishdaman” didi, va bu yig’lab gapirgan gaplarini onasi xam, holasi xam, opalari xam tasdiqlashdi. Va qiz hechkim bilan bo’lmagan dib qasam ichishdi hammalisi. Man esa yoshlari ulug’ oyimlani o’yladim “adam yo’qlar, hozirgi qiyin zamonda akam bilan qo’shaloq to’y qilishimiz ozgina yengilroq bo’ladi, akamgayam qarindoshdan qiz topilib bo’lingan, agar yo’q disam hozirgi ishonchsiz zamonda yana qattan qiz qidiramiz, o’zimizni qarindosh, tarbiyali oila, aldamasa kere” dib bu yaxshi qarindosh oilaga ishondim, Hudoga tavakkal qildim.

Fotixamiz bo’ldi. Nikoximiz 2 oktyabrga belgilandi. Zaksga bordik, do’xtirlardan o’tishni boshladik, man ishdaligim sababli u do’xtirladan o’zi o’tib chiqdi. Manam o’zim o’tdim. Doktor qog’ozida hammasi yaxshi edi, zaksga doktor qog’ozini oborberdim. Zaksdan o’tishni 30-sentyabrga belgiladik, va 26-sentyabr kuni pasportlarimizi va zaks pulini opkelishimizi tayinlashdi. Boradigan kunimiz u qiz holasi bilan ippadromda to’ylik bozorni qilib chiqishdi va man jiyanim bilan ularni bozordan opketdik, abetlanib o’tirganimizda ular tashvishga tushib qolishdi, qiz kashilogini bozorda yoqotib qo’yibdi, ichida sotkasi pullari va pasporti borakan. Srazu ippadromga qaytib bordik, radiosiga e’lon qildik, militsiyasiga etdik, qaysi sotuvchini oldiga kirishgan bo’sa hammasiga kirib chiqdik, yoqolgan pasportni topish uchun hamma xarakatlarni qildik. 3 kundan keyin zaksdan o’tishimiz kereligi, bizani to’yimiz bo’votgani, yoqolgan passport juda zarurligini chuntiridik ippadrom raxbariyatiga, ular astoydil yordam beramiz diyishdi, va topilsa xabar beramiz dib nomerlarimizni opqolishdi. Zaksga borib bo’gan voqeani chuntirdik, va ular mani pasportimi opqolib bizaga domla nikoh o’qishi uchun spravka qiberishdi va passport topilmasa uni yengisini tiklab kelib zaksdan o’tishimizga 1 oy vaqt berishdi.

 

30-oktyabr kuni domlaga nikoh o’qittirdik. 2-oktyabr kuni to’yimiz bo’ldi. Nikoh judayam zo’r o’tdi, chimildiqda irim sirimini qilib hamma chiqib ketdi, yolg’iz qoldik.... Hudoga tavakkal qildim, va u bokira chiqmadi. Alloh taqdiriga shukur qildim. Ertasi kuni esa kelinning hayzi keldi, 5 kundan keyin hayzi tugadi, uyimizda issiq suv yo’qligi sabab cho’milomadik, yaqinlik qilomadik, suv kelishini kutdik. Oyim ma’lum sabablaga ko’ra Toshkendamasdilar.  Kelinni akam va kenayimga topshirib 3 kunga ularni ko’rgani ketdim. Qaytib keganimda akam uyga opkeldila va uyimizga kirmasimizdan oldin bir tashvish bor shuni hozir etishim kere didilar. Man kelishimdan 1 kun oldin kelin ko’cha sipirgani padezga chiqibdi va sipirgini tashab ketib qopti, uyimizdigila peshingacha uni qidirishgan, va peshinda uni o’zi oyisiga tel qilib man chorsudaman dibdi, ertalab uni jin chalib o’zini bilmagan holda bozorga ketib qoganakanmush, uni abetda uyidigilari tashab ketishibdi, va xozir uyda ekan.

Akam esa kelin nimadandir qo’rqvotganini, nimanidir bekitvotkanini sezib telefon detalizatsiyasini internetdan teksihrganlar, va ketmaket begona bitta nomer, o’sha nomerga tel qilib kimmi raqamiligini bilibdilar va kelinga etibdilar. Kelin sir boy bermapti va akam “man hammanarsani bilaman, o’sha bolani topdim, u mani qo’limda, agar rovdga oborsam u bola hamma aybni sani bo’yninga qo’yadi, qamalib ketasan, yaxshisi o’zin bor xaqiqatni et” dib qo’rqitibdilar. Kelin qo’rqib bor xaqiqatni etib bergan, akam diktofonga yozvolishgayam ulgurganlar.

 

Xaqiqat shunaqa bo’ganakan. “15 yoshida yiqilganida uni bokiraligiga hechqanday zarar yetmagan ekan, sal teparog’idan qon oqqan ekan, u 16ni kollejida o’qirdi, o’qishiga borib keladigan avtobusini konduktori bilan tanishib qopdi, va yigit u qizni o’tgan yili sumalak paytida oyim bilan tanishtiraman sani dib o’z uyiga oboribdi, yigitni uyida oyisi yo’g’akan, ozgina kutishibdi va hechkim yo’qligida qizni yigit zo’rlab qo’yibdi. Va o’sha yerda qizga o’zim sanga uylanaman deb va’da beribdi. Ular birbirini yoqtirib gaplashib ketishibdi. Yigit uylangan va ajrashgan ham bitta bolasi bor ekan. Yigit qizga hozircha uylanomasligini chuntiribdi. Bu qiz esa to mani ko’rguncha kimlar bilan qanaqa munosabatda bo’ganligini Hudo biladi. Bu shubxam xaqiqatligiga sabablar juda ko’p...

Fotixamiz bo’pti va to’yimizga 10 kuncha qoganda o’sha yigit yana jonlanibdi, zaksga boradigan kunimiz qiz ippadromda pasportini o’sha bolaga berib qo’ygan va to’ydan bir kun oldin qochib ketishni rejalashtirishgan ekan. Yigit yana eplolmapdi, to’y o’tdi. Chimildiqda huddi umuman teyilmagan qizlardek o’zini tutgandi, hayajonlari, badaniga birinchi marta teyilgandek titroqlari... man usha kuni unga xechkim teymaganligiga ishonchim ortgan edi. Hullas qiz haqiqiy aktrisa bo’lib chiqdi. Man oyimni oldilariga ketganimdan foydalanib yigitni jizzaxdigi paxtadan chaqirtirvobdi, va ertalab sipirishga chiqish baxonasida yigit bilan moshinaga o’tirib qochib ketishibdi. Yigitni uyiga borishgan, yigitni akasi “bu kelinlik uyidan qochib keganakan, ertaga militsiya sanlani qattan bo’sayam topadi sani qamatvoradi, borib uyiga tashab kel, bosh og’rig’ini nima qilasan” dib yigitni urishibdi, yigit qizni tashab uyidigilariga qiziz mani boshqa bezovta qimasin dib ketib qopdi. Bizani uyimizdigilaga esa qizni chorsudan topishganini etishgandi. Yigit qizga qattiq xaqoratlar bilan boshqa bezovta qimasligini tayinlagan, qiz yigitni bu qarorlaridan qattiq shokka tushgan va o’zini qo’lga olib kelinlik uyida man bilan umrbod baxtli yashashga qaror qilgan ekan.”

 

Bu xaqiqatlarni eshitib mani ichimda olov yondi, mehr, ishonch o’rniga qattiq nafrat egalladi, akam, opamni  gaplaridan keyin o’zimga keldim, shayton vasvasalaridan chekinib Alloh bandasi musulmon ekanligimga va Alloh sinovlariga shukur qilib uyga kirdim. Spalnida kelin yig’lab turgandi, shirin gaplar gapirdim. Kelin mani hichnarsa bilmagan dib o’yladi. Hammamiz o’zimizni bosvogandik. Chiroyli gaplar bilan moshinaga o’tirdik, va borgunimizcha unga “tovba qigin bu gunohlaringa Alloh kechirimli balki kechirar’’ dib qulog’iga nasixat qilib bordim. Uyiga olib kirdim, bor gapni ota-onasiga etdik va kelinga uch taloq berdim va uydan chiqib ketdik.

 

Qizning bu gunoxi kasriga butun qarindosh urug’ yuzi yerga qaradi. Qizni uyidigilari o’sha yigit bilan shunchaki birbirini sevib qolishgan dib o’ylashgan ekan, qizni otasi esa yosh qizimni ajrashgan yigitga bermiman digan ekan. Qizni zo’rlaganini va shundan keyin zinolar davom etganini esa hechkim bilmagan ekan.  Yigitni topib kelishibdi, yigit barini tan olibdi va baribir qizga aybni qo’yib kerakmas bu qiz dibdi, yigitni rasa urib tepib tashashibdi, yigit qizdan butunlay kechib ketib qopdi. Qizni otasi o’z farzandini oqq qildi. Qizdan butun qarindosh urug’lar vos kechishdi. Qiz endi hechkimga kerakmas. Uning bir soatlik kayfi ikki dunyoga yetadigan azobini tuhfa qildi. Otasining boshi qattiq egildi. Uni oilasi, qarindoshlari butun el yurt oldida sharmanda bo’ldi.

Mani Allohning o’zi asragan ekan, to’yimiz qo’shaloq bo’lgandi, harajatlar unchalik achintirmadi. Hali zaksdan o’tmagandik, pasportim toza qoldi. U bilan yaqinlik qilishga ulgurmagandim, ko’nglim hotirjam bo’ldi. Allohning sinoviga shukur qildim. Hayotning bu qattiq ogohlantiruvidan saboq oldim. O’zimni qo’lga olib Allohdan so’rab yurgan dindor qizni so’rashda yana davom etvomman. Tez orada o’zimga munosib qiz topib yana to’y qilamiz InshaAlloh!


  hozirgi zamon qizlari ko'zlarini ochishsin, yigitlar ko'zini ochsin.  es xushini yig'sin qizlar. Ota onalar ogoh bo'sin, yoshlar zinodan tiyilsin, qiz bilan yigit yolg'iz qomasin, shaytonga kuchi yetmi qolishi mumkin, bir soatlik kayfi uchun ikki dunyo azobiga qoladi, Do'zoxda o'tgan bir kuni bu dunyoda ko'rgan butun umrlik azobining 70 barobariga teng. Parklada, kinolada birga o'tirib 1 soatlik kayf qilishi ikki dunyo do'zoxiga yetadi. Otaga oqq bo'lishning o'zi do'zoxga yetarli, qizlar otasini yuzini hechqachon yerga qaratmasin. Nafsini tiyib o'z juftini kutsin, kerakmas sevgi. Man haligacha shokdaman. Lekin bunaqa qizlar judayam ko'payib ketganini bilardim unchalik etibor qimasdim, o'zimi oldimga keldi shunaqasi, qattiq azobakan. Zinoning oqibati daxshatli ekanini yaxshi chunmaganakanman. Hammamizga Alloh hidoyat bersin, Omin! 

Raxmat sizga Sardoraka!

 

Бобур (исми ўзгартирилган)

 


 

Sayyod:  Кечагина, араблардан бири ўз қизини тошбўрон қилдиргани видеосини интернетда кўргандим. Видеода Аллохга тавба қил дея қизини ўзи қўлларини боғлаб чуқурчага солган. Кейин хамма қатори у хам тошбўрон қилган. Сабаби қизи ўз эрига хиёнат қилгани экан.

Биласизми, ўша пайт қаттиқ шокка тушдим. Қиз айбини тан оляпти,  лекин барибир жуда вахший кўринди. Отаси ўз қўли билан қизини қатл қилди.  Мен ва албатта сизлар бу нарсани қила олмаган бўлардик (Худо кўрсатмасинам аввало!), бироқ менталитет тушунчаси бор ва улар шундай қатъий тушунчалар остида тарбия кўриб ўсган.

 

Хозирги сизни воқеангизни ўқиб яна ўша видео кўз ўнгимга келди. 

Билмадим, барибир у видеодаги холатни, минг шариат дейишсин бу  тариқа жазолаш турини  оқлай олмайману, бироқ шу отасини хам тушунаман. Жуда оғир нарса бу ШАРМАНДАЛИК деган тамға!

 

Сиз бир соатлик кайф дебсиз, қаердан биласиз неча соату неча кунлик бўлган эканки? Жиззахдан югургилаб келиб, ўзини уйига жин урганмас, нафси типирчилаган келинни олиб келган халиги эшшакмия йигитчи?  Қани улар шу куни яқинлик қилмаганига кафолат? Бекорга югургилаб келиб уйига олиб келмагандир? Ё шахмат ўйнашганмикан?

Шунча пайт учрашиб ўша бошида бир маротаба бўлиб, буёғига бекинмачоқ ўйнашмагандир?

 

Келинда айб катта, бироқ баб-баробар ўша йигитида хам! Қилар ишни қилибсан, уйланишинг шарт эди нима қилиб бўлса хам, шунисини хам эплолмадингми нега келин бўлган ва энди бировни хасми бўлганга тегдинг? Қиз чақирса югуриб келаверадими? Бўлди энди сан бировни хотинисан деса олам гулистонку! Лойиғини олибди тепки еб. Барибир халиям бўлса уйланиши керак унга.  Иккисига жазою мухим ечим бу улар бир бири билан турмуш қуриши шарт!

 

Бу ердаги бир холат менга ёққани қизга қараганда сиз йигит киши бўла туриб тегинмаган холда қолибсиз!

Бу хамма қизларга ибрат бўлгувчи воқеа бўлса керак. Бир вақтлар  мақола ёзгандим:  "Йигит орияти қиз иффатидан устун!" деган . Ўша мақоламга оид хаётий воқеа. 

Сизга Худони берган буюк мукофоти хали олдинда бўлсин. Сизга хали шундай бир халол оқила муслима қиз учрасинки бу ўтилган хаёт дарсини мутлақо унутиб юборинг. 

 


 

Эслатиб ўтамиз, хар якшанба мухлислар куни бўлиб, ўз муаммо ёки кўнгил кечинмалари билан бўлишиб, кенг омма билан хал қилишга имкониятингиз бор.       

sayyod@gmail.com почтасига иложи бўлса кирилл харфларида воқеа ёки муаммоингизни ёзиб юборишингиз ёки  (+99894) 644-67-11 рақамига қўнғироқ қилишингиз мумкин ёки шу номерга вацап.   
 


 

Бўлим: Muhlis Minbari | Кўрилган: 40911 | Чоп этди: Sayyod | Теглар: Yakshanba-Muhlis minbari

Нравится
Барча изохлар: 52
1 Royal   (26-Окт-2014 07:18) [Материал]
Mirza ek Holmedov etganidek: - aaa....QizOrtoq ? aha shuncha yurib yana Qiz ortoqga .....

2 nazisha   (26-Окт-2014 08:12) [Материал]
Yigitga qoyil qoliw kere..xudo xolasa albatta xaqiqiy baxt nasip qiladi ulaga....a qizga xudoni ozi insop bersin...

3 Zodibek   (26-Окт-2014 08:41) [Материал]
Эх афсус яхши иш булмабди якинда маниям бир улфатим уйланиб 20 кун яшамади киз шу 20 кунда 3 марта йуколди ишкилиб инсофни хаммани узига берсин.

4 Munisa   (26-Окт-2014 08:48) [Материал]
Man maqqolani oqib chiqdim lekin aynan shu maqqolaga tegishtirib gapirmoqchimasman, umuman etmoqchiman, leykin kop odamla voqialani eshitib birovni nomidan yozishni, shu sababli boshqa bir oylani buzilib ketishni o'ylela yozishdan oldin iltimos. Kopchili judayam kopchili odamla netda otiribdi sal tanishro nimadurla oqib qolishsa san yozdinu man yozmadimga borishvoti shunuchun iltimos odamla oylab oylab yol tutila...
Ответ: Биринчидан мақоламас, мактуб! Иккинчидан хар бир мактуби муаллифи билан гаплашилиб, у айнан шу воқеа қахрамони эканлигига шубха қолмагач сайтга чиқарилади.
Бир неча мактуб қахрамонлари хаттоки сайтимиз офисига келишган хам. сайтимиз жамоаси хечкимни номидан ёзмайди хам, тўқимайди хам, бунга асос хам энг асосийси вақт хам йўқ!
Узрку, аммо почтамиздаги қахрамонларимиз билан гаплашилган сухбатларни ва бошқа далилий исботларни келтира олмаймиз, сабаби мактуб эгалари аноним қолишни исташади.

5 Somebody   (26-Окт-2014 09:52) [Материал]
Alloh hammamizga insof bersin.

6 Doniyor8975   (26-Окт-2014 11:06) [Материал]
Hali baxtli bo bketasiz!

7 Noza0402   (26-Окт-2014 11:37) [Материал]
Judayam sabrli, kuchli inson ekansiz. Ilohim chiroyli sabringiz uchun Ollohim o'zi chiroyli baxt bn taqdirlasin. Orzuyizdagidek muslima qiz bn baxtli bo'ling. 
U qizimizni ota onalariga shunchaki achindim. Qizimizga esa nima diyishni ham bilmayapman.

8 Laylo   (26-Окт-2014 12:29) [Материал]
menga

9 Azika   (26-Окт-2014 14:06) [Материал]
munisaga tegwtrib etvomman bh maktub egasi bizani uzoqro qarindowimiz bop chiqti. yaqinda wu gaplani qarindowladan ewtudim. mana endi uwa bolani ozi yozpti. tak wto wak wubhaga ne hojat?!

10 софия   (26-Окт-2014 14:17) [Материал]
Астагфурло шунчалигаям борадими хич нимани билмий яшивуради дип уйлагандурдээ Аллох жазосини берсин.

11 Abrorchik   (26-Окт-2014 14:40) [Материал]
Оллохим узинг асрагин бунака холатга тушишдан худо хохласа яхши киздан топмиз йикилиб тушмаганидан асло

12 bekorchi85   (26-Окт-2014 16:18) [Материал]
Xali xammasi yaxwi bob ketadi xudo xolasa

13 АА   (26-Окт-2014 16:19) [Материал]
Ия тушунмадим, қандай қилиб йигит қизга тегинмаган ҳолда қолади? Ахир ўзи ёзяпти-ку , биринчи кеча бўлганини...??? Бокира чиқмаганини , ҳар бирини ёзибдику! Яна қндай қилиб бу йигит «Ҳудога шукр, тегинмай , яқин бўлмай бокира қолдим» деяпти? Ёки биринчи кеча сизлар учун яқинлик эмасми?

14 Royal   (26-Окт-2014 17:39) [Материал]
Qizni Otasi sal shoshipti...Anu bolani tepkilab qoyvormasdan : - uylanasan, yoki sanga uylanishadi qamoqda dib uylantirishi kerayidi....

15 Botir Inoyatov   (26-Окт-2014 17:41) [Материал]
Hudoni uzi sabr bermasa bu vaziyatda odam uzini ushlab tura olmaydi. Sizga shuncha sabrni bergan Hudo hololu pok qizni ham uchratadi Insha Olloh. 
Kelinchak bundan kegin kimgadur turmushga chiqsa Turmush urtogini nikohni hurmat kilib  shu hololu pok eriga hatto hayolida ham hiyonat qilmay bor vujudi bilan uzini shu erga bagishlasin.
Zora OLLOH gunohlarini kechirsin. Ota Ona lariga OLLOH sabr   bersin.

16 nargiz   (26-Окт-2014 18:32) [Материал]
kelin qilish arafasidaman.ochigi qizlarga ishonchim qolmadi. Sizga baht tilayman.

17 Хуснидва   (26-Окт-2014 18:32) [Материал]
жудаям  спакойный бола  экансиз.сабр бн унга  насихатлар  килипсиз, койил.

18 Хуснидва   (26-Окт-2014 19:51) [Материал]
кизлар сабок оладиган вокеа.  дилизни  езганиз ун рахмат

19 gaybullomar   (26-Окт-2014 20:01) [Материал]
ха емон иш амо йигитга койил узини босиб олган экан бошка жахли тез бола болганда уша кизни уша жойда овзи бурнини кон киларди чунки узини шанига ха яхшимас оллох бахтизни берсин

20 No ONe   (26-Окт-2014 20:07) [Материал]
zamonamizga nimalar bo`lyapti. bunaqada qanday o`gil uylantirib qiz chiqaramiz. farzandlarimizni taqdiri nima bo`ladi. manimcha bu qizni oilasi qaytadan bag`riga olib tarbiyalashi, oila mehrini berishi kerak. otasidayam ayb bo`gandirki farzandlari shunaqa bo`p ketibti. shu uchun xatosini to`g`irlashi kerak. qiz hali yosh, o`qimagan, ishsiz, uyidan haydalgan. oldida birgina yo`l ko`rinadi, uyam bo`sa fohishalik qilib kun kechiradi. bu esa yana uyidagilaga va jamiyatga zarar. ota ona har qancha xafa bo`sayam baribir etni tirnoqdan ajratib b`lmaydi. balki yaxshi tarbya ko`rib yana baxtli bo`p ketar shu qizam. oilasi kechirimlibo`lishi kerak

21 raulstar   (26-Окт-2014 20:49) [Материал]
Қариндошдан қиз олсанг ҳам суриштириш керак экан, шу десаларинг wink

22 Munisa   (27-Окт-2014 01:29) [Материал]
chunarli:)

23 imronfayz   (27-Окт-2014 05:06) [Материал]
Assalamu Alaykum Aziz Birodarlar , Afsuski Yurtimizdaham shunday holatlarni takror takror eshitmoqdamiz .

Azizlar hamrbirimiz kozimizni ochib atrofga bir nazar solaylik , Afsuski bunday qabih amallar kamayish orniga negadur kopayib bormoqda .... 

Avvalo inson oz nafsini haromdan tiyib Allohta'alodan qorqmogi lozim va Alloh buyurgandek, Payganbarimiz S.A.W. aytganlaridek islom diyni asosida yashamogimiz lozim, 
Ota onalar farzandlariga etiborliroq bolishlari , bunday qabih narsalardan qaytarib , farzandlariga nasihatda bolishlarini sorab qolaman ...

Allohim harbirimizni oz panohida asrasin ...

24 Maktub egasi   (27-Окт-2014 08:01) [Материал]
AAga javob: man unga teymadim diganim, u kelinni i4iga *******ganimi nazarda tutganman. Farzand bömasligidan könglim xotirjam bögan.

25 Guli   (27-Окт-2014 10:18) [Материал]
Alloh asrasin Qiz tavba qilsin. Shunday eringa shukur qilib yashamisanmi?

26 ledy   (27-Окт-2014 10:48) [Материал]
Яхши иш булмабди....

27 muxarram   (27-Окт-2014 11:19) [Материал]
Товба хаетда нималар булмайдия surprised surprised surprised

28 Sayyod&Muxlis   (27-Окт-2014 11:58) [Материал]
Sayyod ijodkorlari silaga kottakon rahmat. Shunday real voqealarni ommaga taqdim qilganingiz uchun. Bunday voqea insonlani hayotini to'g'ri boshlashiga yordam beradi. Ko'pchilik bunday voqea qurbonlari bo'lib qolmoqda...

29 ...   (27-Окт-2014 12:15) [Материал]
Man bu maktubni o'qib judayam ta'sirlandim. Hayotda shunaqa qizla bola ko'payib ketganki hozirgi zamonda hech kimga ishonish keremas degan fikr hammada bor. Lekin man maktub egasiga hamda onalariga achindim. ulani tushunaman. Maniyam otam yo olamdan otganla. oilada 3 ta qizmiz kotta opam turmushga chiqib 3 ta farzandli bolib yaxshi baxtli yashavotila ko'z teymasin. Kichkina opam ham turmushga chiqib 1 yil yashab ajrashib ketila bolalari yoq. Man hudo xolasa turmushga chiqish arafasidaman. Onalarimiz 1 ta o'zlari qiynalib kotta qilib toylarini qiladilayu rohatini ko'raman deganlarida mashnaqa kelinla kuyovla uchrasa yomonde. mani onamla haliyam siqiladila opamni o'ylidila "tezro joyi chiqib uzatvorishim kere" diydila lekin hozir bolagayam umuman ishonch yoq. sizgayam oyizlagayam sabr tiliman hamma baxtli bo'sin INSHOOLLOH!

31 ledy   (27-Окт-2014 16:53) [Материал]
Турмушга чикиш арафасида экансиз, аввало бахтли булинг. Яхши нарсалар хакида уйланг. Яхши йигитлар хам куп.

30 Azamat   (27-Окт-2014 12:44) [Материал]
Menimcha u qizning ota-onasi oq qilishmagan. Chunki, qizlari haqidagi barcha voqeani va yangi oilasi bilan bo'ladigan ishlarni ular avvaldan sezishgan. Faqatgina, bu kuyovga shunday aytishgan, xolos. Ular qizning aynan sizga emas, umuman kimga bo'lsa ham turmishga berib "Ha erga tegib chiqdiku!"-degan gapni chiqarish orqali uning avvaldan buzuq qiz ekanligini yashirmoqchi bo'lishgan va shunga erishishdi ham.

32 Adolat   (27-Окт-2014 18:24) [Материал]
Xa uylanibsiz yigit bola ozgina oliyjanoblik qilib usha qizni hotin qilib tarbiya qilsayiz yaxshi oila bulardi....Afsus qizni tushunmay qarindoshlar sharmanda qilib, otasidan oq qilishgacha olib borib uzizga gunoh ortiribsiz....Yana uzizni doston qilib hayotizni yozibsiz,siz xursand bulib Olloh manga yordam berdi debsiz ,Aslida uzlariz boshqa ayollar bilan zino qilsa erkakchilik deysizlar,u qiz aldangan yosh ekan u bola nomardlik qilgan ekan qozon yopiqlgicha qolsin deb kechirsayiz Olloh sizdan rozi bularmidi.......

33 :(   (27-Окт-2014 21:35) [Материал]
astofirlo bunaqa qizladan hudo asrasin. insof bersin wunaqalaga. sizga bo'sa baxt va sabr tiliman

34 Abbosxon   (27-Окт-2014 21:42) [Материал]
Allox xammamizga insof bersin

35 dilozorim   (27-Окт-2014 23:22) [Материал]
hayotmzda bundanam kop munaqa hodisala yuz bervoti hammazga insof bersin. Har narsani javobi borligni esdan chqarib qo'yiwvoti.

36 bek88   (28-Окт-2014 06:46) [Материал]
judda ko'payib ketgan- xozir bunday qizlar. Insof bersin bunday qizlarga.

37 no name   (28-Окт-2014 09:44) [Материал]
tibbiy korigdan 6tvotganda xushyorro bolilu AZIZLARIM

38 Guli   (28-Окт-2014 13:56) [Материал]
Medasmotrga Kelin ham qiz ham birga borish shart bu zamonda ishonish qiyin angry

39 Maktub egasi   (28-Окт-2014 20:54) [Материал]
Adolatga javob: Avvalo bu Allohning taqdiri. Man bu xatimi xamaga doston qiganim odamlar saboq osin didim, wuni 4uniylik he4narsa he4qa4on javobsiz qomiydi! Gunox qilib yuribmizmi wu xatni o'qib, o'zimizzi qivotganlarimizi oqibati qanaqa bo'lishini o'ylab, jazodan qo'rqib, iwimizni vaqtida toxtatshimizga xarakat qiliylik digan maqsadda yozdim, bu xatni 100000 odam o'qisayam xatyabi 1 ta odamga ta'sir qisa va shayton chiroyli ko'rsatvotgan gunoxini toxtatsa xursandmiz. To'ri Alloh xoxlasagina o'zgaradi, lekin odamlarni sababchi qiladi kimgadir nimagadir. Xatimga keladigan bösam, bokiralik bu Xudoni kotta möjizasi, undan ajralvotkanda kim tepasida bösa uwanga özga4a mexri uyg'onadi xarqanaqa qizni. Bekorga qizini busbutun qilib östirib eriga topwirgan ota onaga Jannat diyilmagan! 15 yowida yiqilganman, bokiramanmi bilmiman diganida man qarindow dib iwonib xop diganman, u bilan baxtli yawaw maqsadida uylanganman, lekin uni özi öwa yigit bn qo4ib ketdi, wu ötgan 1 yil davomida u qan4a zinoga qöl urgan, eri böpturibam davom etdi, farzandlarimga wundo onani ravo köramanmi? Esizdan 4iqarmen birin4i marta qilingan xato bu adawganidan, lekin wu xato takrorlansa deme bu xatomas özini xoxwi böladi. U qizni allaqachon kechirib bo'ganman. Musulmon kechirimli bo'lishi kere, Alloh Qiyomatda wu bandamga qancha zolimlik qigan odamlarni u kechirib yuborgan, manam buni hamma gunoxlarini kechirdim, derekan! Va yana bitta gap bu dunyoda qanaqadir tashvish bowimizga tuwsa deme bu Hudoni marxamati, ba'zi gunoxlarimizga wu dunyoni o'zida jazo ovommiz, Hudoga shukur qiliylik. Vaxolanki u dunyodami bu dunyodami baribir gunoxlarimiz jazosiz qomiydi, u dunyoning jazosi juda og'ir. Jannatga esa faqatgina pok insonlar kiradi! Alloh shu dunyoning o'zida poklanishimiz uchun umr va aql bersin hammamizga!

46 samirasaidova90   (31-Окт-2014 21:24) [Материал]
Шу гаплариззи хаммасига манам кушиламан .Ростдан жаннатга кириш осонамас ва хаммагамас . Аллох инсонни синаркан .У чидайдими ёки йукми деб .Шуни учун сабрдан бошка чора йук .Сизга ва оилангизга сабр тилайман . Аллох сизга олтиндан бахт бериш учун олдингисини сизга раво курмагандир деб тушунинг .Хеч качон буни кечириб бумийдиям .Хаттоки биз кизлар йигитни бирор киз билан гаплашган деб эшитсак ишонмиймизаку , йигитларку  умуман ишонишмайди . Айтганингиздек бу хаммаси такдирда бор. Келажагингиз олдинда .Сизга бахт ёр булсин. Ростданам мактаб булишга арзирли мактуб .

40 viva   (28-Окт-2014 23:23) [Материал]
Men qizga achindim, chunki uni sharmanda qilib notugri ish qilishgan, qiz yoshlik qilgan, ishongan, endi u qizga normalniy odam uylanmaydi agar uydan haydashgan bulsa dalshe bolshe, bir yomonni quliga tushib qolishini hech kim uylamapti, yoki yana bitta fohisha kupayishiga zur imkon yaratishipti. Hayotdan umidi sungan qizdan nima kutish mumkin. Yigitlar qizlarni aldamang, naaborot ularni turmushga chiqishlariga imkon yaratib beringlar, keyin aldam yana ularni ustidan gap suz qilib maqtanib yurmang, ayb faqat qizlardamas!
Ответ: Бу кизнинг узининг танлови, у шу йулни танладими шунга ярашасини олди. Аклли одам хатони бир марта килади. бу эса кетма кет икки марта хато килмокда. Макол борку гунажин кузини сузмаса бука ипини узмайди деган. 

Изохлар модератори Bek8111

43 ledy   (29-Окт-2014 12:35) [Материал]
Киз бола акл фаросатда хаммадан устун булиши керак. Касални яширсанг иситмаси ошкор килади. Хато килаётганда ота-онасини уйламаган, эгоистлик килиб узини хиссиётларини жиловлай олмаган кизни... Билмадим.... Агар шу хатни деб нормалний одам олмайди дебсиз, нормалный одамга хайфда унакаси. Битта уми севиб колган...

41 Хуснидва   (29-Окт-2014 02:11) [Материал]
ЦитатаАдолат сизга жавобим:  жудаям  кечиримли  экансиз wacko .   бунаканги  инсонларга  худо  бас  келмаса  бандаси  бас  келолмайди.узиз  уйлаб куринг   кизлигида  майли  алданиб  колибди  а  туйдан  кегин  кочишни  режалаштиришга нима бор.  шундаям кечириб  тарбиялаш  керекмикан ?хечкачон...бунаканги  савоб  узизга  сийлов..... этибориз  учун бунаканги  мактублар  элга достон  килиш  учунмас баьзи  бировларга  урнак  булиши  учун  йозилган.....яна  бир бор  рахмат  мактуб  учун smile

42 Bexruz   (29-Окт-2014 12:21) [Материал]
shunaqa boshdan utgan     voqealarni kimga yozsak buladi

44 Malina   (30-Окт-2014 15:38) [Материал]
Namoz Oqisin Namoz Bn Gunohlari Yuvilarkan.

45 Royal   (31-Окт-2014 17:07) [Материал]
41. Guli....Kelinni toydan keyin nimasiga tekshirtiradi medosmotrda ? va u bilan qaysi qizni oborish kerak ? solishtirishgami ?

47 Sabi   (02-Ноя-2014 13:20) [Материал]
O'QIDIM...  NOILOJ BU TAQDIR!!! YIGITGA BAXT TILAYMAN!

48 Maktub egasi   (02-Ноя-2014 19:40) [Материал]
Nafsing wu qizzi holavotimi' qaynab turgan 4oynedigi suvga barmog'ini tiqib kör, 4idolsen qivur zinoni. Hoy qiz könglin yigitga xop dib holavotimi' ö4oqda qaynavotkan ötindan bir 4ög'ini og'zinga sopkör, wunga 4dasen nafsini gapiga kir.

49 bekzodbek44   (03-Ноя-2014 10:49) [Материал]
Bu maqola hayotta bo'ganmi yo'qmi bilmadimku lekin qizniyam gaplarini ewitib koriw kere Ikkala taraf ikkixil gapiradi Bir xil gap ciqmiydi

50 Abduw   (05-Ноя-2014 23:41) [Материал]
/

51 zzz   (06-Ноя-2014 12:46) [Материал]
qizku wundoq ham jazosini oladi. lekin yigitga jalka. suriwtirmaslik uchun qari onasini bohona qivoti. vohtida qarab uylanish keregidi. yana hamma aybni qizga agdarib saytda oppoman dip magrurlanib otiribdi uyat

52 Maktub egasi   (07-Ноя-2014 13:08) [Материал]
54 zzz*ga javob: Yozganiz qattig'u lekin o'ylashga ulgurmi shoshib yozgansiz shekil. Birinchidan man bu xatni kimlagadir mag'rurlanish uchunmas, ota-onalar ogoh bo'lishsin, yigitlaga va qizlaga saboq bo'sin, hamma narsani jazosi bor, mana uje bir yilga qomiy jazo oldi bu gunoxni qigan odam dib va man ko'rgan hayotni misol qilib yozdim. O'zimga keladigan bo'sek, kechirasizu mani bitta "aybim" yaqinlarimmi o'ylashim va ishonchim bo'ldi, shunichunam onamni o'ylab, ba'zi narsaladan chegaralanib, boriga shukur qilib yurgandim. Vaqtida uylanish dganiz bu... man 24 yoshdaman manimcha uylanish vaqti bu. Man oppoqmasman, nega bu jazo bo'ldi manga digan savol bor, 3 yil oldin shayton yo'ldan urib bir qizga ozgina ortiqcha munosabatda bo'gandim, bu hozir parklarda wunchaki ko'payib ketgan "oddiy holat" edi, uwa kundan keyin qiz birdaniga mandan uzoqlashib ketdi, va birkun uni ko'rganimda manga qaragan nafratli ko'zlari esimda, uwa qiz mani qarg'agan dib bilaman, va bu uwa iwimning jazosi. Hudo kechirsin, va Hudoga wukurki jazoyimni oldim Hudo holasa.  Kechiraslayu mani shu ishimga shunaqa jazo, bowqalar qanchadan qancha zino qivotti... Ayolniki Eriga, Erkakniki Farzandiga digan naql bor xalqimizda, ya'ni Ayolni yoshligidan qiladigan qing'ir ishlari kasofatiga eri qolarkan, erkeni gunox iwlarini kasofati esa bollariga urarkan. Atrofimizga qarelik ko'rvommiz. Hamma iwimizning mukofoti va jazosi bor. Sizlar mani hayotimni namuna qilib o'zizzi hayotizzi muhokama qililar digan maqsadda, bir ogohlanitirish maqsadida kimgadir foyda bo'lar dib yozdim...

dth="100%" cellspacing="1" cellpadding="2" class="commTable">
Исмингиз *:
Email(шартмас):
Код *:

Диққат: Ёзиб қолдирилган изох дарров сайтга чиқмайди. Хар бир изох узоғи билан 24 соат ичида текширувдан ўтади. Мабодо бу вақт ўтгач хам сайтда изохингиз чиқмаган бўлса унда чиқарилмаганлик сабаблари қўйидагича бўлиши мумкин: 

Сайтимизда сўкиниш, хақорот, камситиш, мазах қилиш, салбий ва диний тарғибот, махалийчилик, миллатчилик, реклама ва қадр қимматни ерга ургувчи АЛОМАТЛАРИ БОР изохлар сайтга чиқмасданоқ ЎЧИРИЛАДИ!

Шунингдек миш-миш бўлиб кетишига сабабчи бўлгувчи тасдиқланмаган маълумотлар, тасдиқланмаган гап-сўзлар хам изохлардан ўчирилиши мумкин!

-Қолдирилаётган изох ўша мақоладан ташқаридаги мавзуда бўлса хам ўчирилиши мумкин. 

(батафсил манбаа)

Изохлар модератори NOZI, Шахло Қодирова ва Бекзод

YUQORIGA!