Бош сахифа » 2011 » Июль » 3 » 10 йиллик бахтли ЯШАШ учун ёлғон мумкинми?
20:07
10 йиллик бахтли ЯШАШ учун ёлғон мумкинми?

 Ассалому алайкум. Исмимни шартли Лола дея коламан, чунки интернетда утиришимни куп танишларим билишади.

Бу сайтдан узимга куп нарсалар оламан, машхурлар эмас, менга купрок жума овози, якшанба мухлис ва севганимга нома дастурлари ёкади. Хозир ахволим жуда танг холатда ва жуда маслахатга мухтожман.

Ёшим 25да, ишонсангиз шу ёшгача бахт севги нималигини билмай хар тарафлама кийналиб усган кизман. Бошимдан утганларни айтсам бу сайтга сигмаслиги аник.

Нихоят 25 ёшимга тулиш арафасида севиб севилиш бахтига муяссар булдим, узим истаган ва тасаввур килган йигит, мени каттик севади хаммаси аъло даражада, шукр совчи хам куйди, туйни келаси йил бахорда килиш режалаштирдик, фотихага эса бир ой колди.

Мен эса... куни кеча фожеали ташхис эгасига айландим. Рак касалига мубтало булибман.

Шифокорлар айтишича хали 10 йилча яшашим мумкин, фарзандлик хам була оламан...

Шошиб колдим тугриси.

Аввалига бир хафтача карахт холда юрдим хеч кимга хеч нарса айтмадим, айтолмаяпман хам. 25 йиллик азобимга энди бахт оламан деганимда буни каранг. Алам килиб кетяпти. Булажак турмуш уртогим тугул уз уйдагиларимга хам айтгим йук. Майли эгоист дерсиз лекин бахтли булишга хакким борку, балки бу ташхисни туйдан кейин билиб колган булишим хам мумкин эдику, бу балки синовми, О Худо кийналиб кетдим саволлар саволлар саволлар...

Муаммо хозир булажак турмуш уртогимга айтиш ва балки барча орзуларимдан воз кечиш, шу 10 йил фақат касаллик билан олишиш билан утиш. Ёки айтмасдан шу 10 йилда бахтли хаёт кечириш. Муаммо хакикатда! Эгоистликда.

Ишонмайсиз...ташхисни эшитганимдан буён шокда булдимми бир маротаба хам йигламагандим, факат шошиш ва карахтликда эди холатим. Хозир бу мисраларни ёзиб кузларим йигидан шишиб кетди...

Бир тарафдан енгил тортдим. Илтимос, Худо хакки ёрдам беринглар кийналиб кетдим, 25 йиллик азоб етмагандек энди 10 йиллик бахтсиз азоб бормиди?

Нахотки ёлгон билан шу 10 йиллик курашиш бахт билан булса мумкин эмас? Атиги 10 йил вактим бор эканку. Узимни кулимда эканку.

Одамлар, синовим нимада? Айбим нимада экан?

Аник биламан ташхисимни билишса тамом хаммаси. Булажак турмуш уртогимку тушунар лекин оиласичи? Ахир у ягона угил...

10 йил ичида уни оиласи билан орзу хавасларини бера оларман, фарзандлик хам буларман, мени хам орзуларим борку, вактим камлигини билиб фойдалансам булмайдими?

Сайёд бир хикоянгиздами ё кун фикридами ёзганингиз ёдимда, инсон бу хаётга курашиб келади, бу хаётда хам курашиши керак ва шарт дегандингиз, мана шу  сузлар менга куп далда булиб ёрдам берган. Шу хозир индамаслигимга хам шу туртки булиб турибди, ахир тарозида бахт ва умримку.

Улишим олдидан фарзандлик булган буламан ва турмуш уртогим ва хаммаларига албатта айтаман, шунда уларни кечириши осонрок кечар?

Нима килай яна 10 йил орзусиз яна кийинчилик ва улим ёки 10 йил азобимни бахтим билан юпатайми?

Жон одамлар илтимос мани каттик уришманглар, жуда бир ахволдаман хозир, мани тушуниб маслахат беринглар илтимос.


Бўлим: Muhlis Minbari | Кўрилган: 11650 | Чоп этди: Sayyod | Теглар: Yakshanba-Muhlis minbari

Нравится
Барча изохлар: 861 2 »
1 ziza   (03-Июл-2011 20:22) [Материал]
fARZANDLIK BULMASLIGINGIZNI MASLAHAT BERARDIM, FARZANDIZNI KURGANIZDAN KEYIN UNI TASHLAB HECH QAYOQQA KETGIZ KELMAY QOLADI,YANA OLLOH BILADI BALKI SHIFO BERAR, NAMOZ UQISH, TAVBA QILISHGA IMKON BERIBDI SIZGA OLLOH .BOY BERMANG IMKONNI.LEKINANIQ BILAMAN MENDAN KEYIN KIMLARNI QULIDA QOLADI BOLAM DEB TOMOM BULASIZ.BU JUDA OGIR

2 No Comment   (03-Июл-2011 20:24) [Материал]
Yaratgan dard beradi va uzigina shifo beradi,banda ojizdir

Mana yaqinda mohi Ramazon oyi keladi,Allohga ibodat qilin U albatta eshitguvchidir!

ALLOH MUJIZA BERSA DOKTORLAR DIAGNOZI HAM BIR PUL! NURGA,UMIDGA INTILING!

No Comment

3 BOBUR.uz   (03-Июл-2011 20:26) [Материал]
Dard bergan Alloh shifosini ham beradi.Tushkunlikka tushmang

4 Alvakill   (03-Июл-2011 20:29) [Материал]
O'zizi haddan tashqari tushkinlikka tushurmen, chunki bu tashxis juda noaniqligi aniq, bunaqa holatlar juda ko'p bo'gan, Uzbekistondagi do'xtirlani ilim darajasi va jihozlardan keb chiqiseyiz, ulani xatoligiga ancha ishonsa bo'ladi, mani nazarimda bu holatga sovuq qonlik bilan yondashib chiroyli hayot yashashda davom etishiz kere
Shunda hammasi Siz kutgandanam yaxshi bo'lishiga xech shubxa yo'q.

5 EL NINO   (03-Июл-2011 20:44) [Материал]
Dardini bergan -shifosiniyam beradi! bu bir sinov! doktorla tahminan aytgan bo'lishi kerak ula qattan biladi siz qancha yashashizzi?! ALLOHdan so'ren hammasi yaxshi bo'ladi!!! ko'nglizzi cho'ktirmen asosiysi!!!

6 Abror   (03-Июл-2011 20:50) [Материал]
Albatta, hech qachon tushkunlikka tushmang! Umuman! Bu dunyoda hamma narsa nisbiy, jumladan, do'xtirlarning qat'iy tashxisiyu kasalliklar ham. 10 yil katta muddat, bu vaqt ichida tuzalishga o'zingizni ishontiring, har kuni ertadan kechgacha man o'lmayman, man albatta tuzalaman, man hayotni, oilamni, do'stlarimni yaxshi ko'raman deb takrorlang, faqat yaxshi narsalarni o'ylang. Internetdan shu kasallikni yengganlar haqida ma'lumot toping, ularning tajribalarini o'rganing. Xudo xohlasa, albatta tuzalib ketasiz. Ishoning, bu dunyo mo'jizalarga liq to'la. Xudodan astoydil so'rang, astoydil so'ralsa, so'qir ko'z ham ochiladi deyishadiku.
Odamning vujudi eng birinchi navbatda miyasiga quloq soladi. Shunday ekan, xayolan vujudingizni har qanday dardlardan xoli qilishga urining. Bu borada yaxshi psixologlardan yordam olsangiz bo'ladi.
Kuyovga to'g'risini aytishingiz kerak deb o'ylayman. Zero, muhabbat og'ir kunlarda sinaladi...
Yengilmang, iltimos, umuman yengilmang. Kasallik ham tirik jonga o'xshaydi, unga qancha e'tibor bersangiz, shuncha kuchayaveradi. O'zingizni darddan ustun deb biling.
Mana ko'rasiz, hammasi yaxshi bo'ladi, inshAlloh! Siz ham baxtli bo'lishga haqlisiz!
10 yil ichida eh-heee qancha dardlarning davosi topiladi hali!

7 Abror   (03-Июл-2011 20:52) [Материал]
Aybim nima ediki, Xudo manga shunday dard berdi deb ich-etingizni yemang.
Xudo kimlargadir dard, kimlargadir davlat, yana kimlargadir kambag'allik berib sinaydi.
Zero, hayotimiz sinovadan iborat, shunday emasmi?..

8 Noz@   (03-Июл-2011 20:54) [Материал]
Majruh kinosi ko'z oldimga keldi srazu...

Rak kasalligi o'zi ubu kimdurdan qatiq xafa bo'lishdan, qattiq siqilishdan kep chiqadi... hoz siz 10 yil umrim qoldi devosiz, uniyam siqilib xayotdan xafa bo'lib o'tqizsez ahvoliz yanada yomonlashishi mumkin, tori shunga sizam ayollik baxtini ko'rishga xaqlisiz! kim bilsin balki huddi Majruh kinosidaka farzandli bo'sez kasallik o'zidan o'zi yo bop ketar... To'ri bu kino, no babir Hamma narsa Ollohni qo'lida!! vsyo vozmojno v etom mire!!! Agar Olloh holasaa unga hich nimamas sizga shifo berishi!

Sizga maslahatim - Ollohga tavakkal qilingde, bo'lajek turmush o'rtog'izga bor gapni eting! Peshonezda yozilgani bo'ladi babir! Agar taqdirizga shu inson yozilgan bosa, nma bosayam billa bo'lasila! bo'masa... bu xayot shunaqa, "Bandani ming yugurgani Ollohni bitta buyurgani" Ollohga tavakkal qiliwni biliw kere, ihlos bilan!
Hoz aldab turmushga chiqaasizde, keyin xo'jayniz bilganlaridan keyin siz baxtli yashiman db o'ylisizmi? Ulani reakciyalari qanaqa bo'lishni bilmsiizkuu... urush janjal, battar siqilishla. Oila qurishdan oldin yolg'on aralashtirmeng!

Ilohim dardini bergan shifosiniyam bersin!!!

9 software   (03-Июл-2011 20:56) [Материал]
turmushga chiqing, farzand ko'ring - bu eng yaxshi davo!
umidingizni so'ndirmang, faqat oldinga, hayotingizni bu sabab bilan jahannamga aylantirmang!!
kayfiyatingizni ko'taring, hushchaxshax, quvnoq bo'ling zero yo'qatadigan narsangiz yo'q!!!
baxtli bo'ling, shirin-shirin farzandlar ato etsin.

10 Agnes   (03-Июл-2011 21:07) [Материал]
Agar unga aytmasdan turmushga chiqsangiz, bilib qolsa, bir birlaringa qiyin boadi, manimcha aytganingiz maqul, nasib qilgan bolsa toy boladi, nasib qilmagan bolsa, boshqasi chiqib qolar, hayotingizni yolqondan boshlamang, u ham azob, manimcha agar u sevsa hech narsaga qaramaydi, agar sevgisi unchalik qattiq bolmasa, oldindan birga bolmaganlaring maqul.

Uzingizni kiyovning orniga qoyib koring, uzingizga nimani ravo korsangiz shunday yol tuting.

MAJRUH kinosiga uchshab ketvoti voqeangiz...

11 zolushka   (03-Июл-2011 21:12) [Материал]
bilasizmi sizga hamdartman. lekin Ollohdan so'ren o'zi sizga tog'ri yo'l ko'rsatadi. balkim turmushga chqib o'zingizdan nasl qoldirganingiz ham yaxshidur majruh filimida qizga oLloh shifo berdi bu bor narsa hayotda eshitganman balki sizga ham farzandli bo'lishni Ollohim shifo qilib berar. yana bilasizmi nima turmushingizni yolg'on bilan boshlamang. onangizga va sevganingizga hech kimga aytmaslik sharti bilan ayting. ona qizni baxtli bo'lishini istaydi. sevganingiz unga ishonsangiz u doim yoningizda bo'ladi. bir o'zingiz 10 yil bu dartni ko'trib yurolmaysiz. siz yaqinlaringiz bilan dartlashing. eng muhumi ollohga duo qiling Olloh sizga bildiribdi demak siz ibodat qiling. Olloh yo'lida yuring, olloh mushkulingizni onson qiladi mana ko'ras.

12 sanjana   (03-Июл-2011 21:28) [Материал]
mani sizga maslahatim ,, Majruh '' filmini ko'ring va hulosa chiqaring ko'p narsaga erishasiz.

13 Mo'mina   (03-Июл-2011 21:42) [Материал]
assalomu alaykum! Allohni o'zi shifosini bersin! o'qib chiqdim,o'qiganimda onamlagaym ewitirib o'qitdim,onamla etadila eee agar erga tegsala uwa kasaliz so'rilib ketib yo' bo'p ketshiyam mumkun didla!o'zim sizdan yoshakanman uzr aqillili qigan bo'sam,sizga misol tariqasida etib o'tmoqchiman....
Doktarla kim bo'pti 10 yilcha yawirkanman dismi?ula sizi 10 yil yashashizi qatdan bilibti,ula Hudomas sizi qancha yashashizi aniqlab beradigan,shu o'rinda sizga ziyo.uz dagi hayotiy voqea ,,Peshonamdagi nur'' shuni o'qib chiqin.o'zimam o'qiganman...
yana bir voqea o'zimni dodamlayam rak kasali bo'ganla,uwa paytda doktarla hammasi rak digan op ketila balnitsadan o'ladila bo'ldi diyishgan...onam Allohdan so'raganla qaytarib ber otamni sog' salomat qip dib,mana qarab turibsizki dodamla Allohga shukurki tirikla 13 yildan beri yashavotila,daje oldingidanam tetikla,,doktorla 2 oy yashidila digandi,ula kim Allohni yonida...
o'zizi qo'lga olin,kuyovga etganiz yaxshi,qattiq yaxshi ko'rsala sizi kasalligiz ulani uylanishlariga to'siq bo'midi,aAllohdan so'rin o'zi sog' salomat qisin.
iloyim bahtli sog' salomat bo'lin

14 betakalluf   (03-Июл-2011 21:47) [Материал]
MANI SIZGA AYTADIGAN MASLAHATIM TUYNI TUHTATMANG,BU HALI HAYOT SIZ HAM DUHTIRLAR HAM BILISHMIDI NIMA BULISHINI,BUNAQANGI BAZI KASALLAR KERAK BULSA BUNDAN HAM BATTARLARI TURMUSH QURIB QON ARALASHISHI,VA FARZAND KURISH OQIBATIDA MUJIZA BULIB INSOS YASHAB KETISHI HAM MUMKIN,AYTAYLIK MANA SIZ TURMUSHGA CHIQMADIZ,VA 10 YIL HAM UTDI DEYLIK,AGAR VAFOT ETMASEZCHI,DUHTIRLARNI GAPI YOLGON BULIB CHIQSACHI,UNDA SIZ 35 GA KIRGAN BULASIZ,UNDAN KEYIN SIZNI KIM OLADI,FAQAT USHA DUHTIRNI QARG'ASH BILAN UTADI UMRIZ,YAXSHILAB UYLAB KURING,TUYNI TUHTATMASLIK KERAK,

15 betakalluf   (03-Июл-2011 21:51) [Материал]
YANA BITTA MASLAHAT,AGAR TURMUSH URTOGIZNI SHAROITI YAXSHI BULSA TUYDAN KEYIN UNGA BOR GAPNI AYTING VA ILOJINI QILIB HAJGA YOKI UMRAGA KELING,VA BU YERDA OLLOHNI UYIDA UTIRIB UZIDAN SURASEZ VA ZAMZAMNI ICHIB SHIFO TILASEZ ALBATTA SHIFO TOPASIZ,MANA MAN SHU YERDA 6-7 YILDAN BERI YURAMAN,BUNAQANGI MUJIZALARNI KUPINI KURDIM,BIR HAFTA UMRING QOLDI DEGAN KASALLARGA UMRA QILIB OLEY DEB KELIB ZAMZAM ICHIB SHIFO TILAB SOGAYIB KETGANLARNI ANIQ BILAMAN,YEVRUPALIK BIR MUSULMON AYOL SHUNDEY BULGAN,VA UYIGA QAYTIB BORIB USHA BIR HAFTADA ULASAN DEGAN DUHTIRLARGA SHIFO TOPGANINI KURSATGAN,VA BUNI ORQASIDAN NECHTA DUHTIRLARNI ISLOMGA KELGANINI HAM ESHITGANMIZ,AGAR INSONLAR OLLOHDAN SURAB UNGAGINA TAVVAKAL QILIB YASHAGANLARIDA EDI,HECH KIM ARMONLI BULMASDI,OLLOH UNDAY INSONNI MADADKORI BULADI HAR BIR ISHDA,BU NARSALAR SIZ UCHUN ERTAKKA UXSHASHI MUMKIN FAQAT BUNGA ISHONISH KERAK VA IHLOS BILAN QILISH KERAK. SIZ QATORI HAMMAGA OLLOH SHIFO BERSIN,

16 Kamola   (03-Июл-2011 22:13) [Материал]
To'grisi o'qib ko'zimga yow keldi. Bu dunyo bir kam dunyo dib wunga etiwadida. Endi bahtga yetaman deganizda wu sinovlar bowizga tuwadi... Bu o'tkinchi dunyoda yawaw juda qiyin... Maslahat beriwga ojizman... Lekin wuni aytiwim mumkinki: hech qachon o'zizi o'ziz qiynamang, bu dard haqida unuting, Ollohdan wifo so'rang, faqat yaxwi narsalar, orzular haqida o'ylang. Olloxim o'zi wifo beradi... Biz ham sizga wifo beriwini Ollohdan so'rab har doim duo qilamiz...

17 jaloliddin   (03-Июл-2011 22:40) [Материал]
singlim majruh filimini kuring olloh shifosini bersin

18 lolo   (03-Июл-2011 23:11) [Материал]
"10 йил вактим бор эканку. Узимни кулимда эканку." Umriz o'z qo'lizda emas Allah qo'lida . Siz hammasini tushuntirin unga . Allahim sabir bersin sizga.

19 robishka   (03-Июл-2011 23:30) [Материал]
xullas lo'ndasini aytganda turmushni yolg'ondan boshlamang menimcha xammasini ochiq oydin aytishiz kere yana bilmadm??? ...

20 ArMaNi   (03-Июл-2011 23:49) [Материал]
Salom xammaga siz man bilan tengdosh ekansiz tug'risi judayam raxmim keldi lekin siz hech qachon ruxiyatizzi tushirmang siz xam olloxni bir bandasi xammamiz tengi.... Uylab uzizzi uziz qiynab qoymang siqilmang zerikmang dardini bergan ollox davoziniyam berar....ollox oldida xar qanday tabobat xar qanday vrachlariz ojizdir chunki usha vrachni xam tabobat olamining eng katta tabibini xam ollox yaratgan olloxdan kuchli emas birinchi o'rinda siz so'rang chin dildan so'rang sizzi nolalarizzi oxlarizzi eshitadi xar birimizni xar bir qilgan yaxshiyu yomon amallarimizzi bilib turadi ollox sizga shifo surab qolaman va duo qilaman iloxim tuzalib keting siz oila quring baxtli buling xamma tengi xar bir qiz orzu qilgan oq libosda kuring siz uzizni tuyxonada malikalardek xursandchilikda o'tiring....To'g'ri sizga uylov tushgan lekin bu narsani judayam kup uylasez battar buladi inson ongi miyasi nima u kim qachon bir narsani uylasa xox u yaxshi xox yomon narsa bulsin shunga qarab ish qiladi...Masalan siz kambag'alsiz doim ex qachon unaqa buladi qachon qutulaman kambag'allik qurisin bugun non yoq bugun u yoq qachon buladi desezzz u bumidi hech qachon bumidi chunki sizzi miyayiz shu narsaga urganib qoladi faqat shuni takrorlaydi siz faqat yaxshi narsani uylab e mana shu buladi xudo xoxlasa buladi mana bulyaptiku deng sizzi miyayiz shunga buyruq beradi va buladi shu narsa shu uchun siz faqat baxtizz oilayizz xaqida uylang kasaliz xaqida uylamang albatta davolaning i olloxdan surang siz nasib inshoollox xudo xoxlasa xammasi yaxshi bulib ketadi lekin mani gaplarim esizdan chiqmasin faqat yaxshi narsala xaqida uylang miyayizdan yomon xayollani chiqarib tasheng faqat va faqat baxtizzi uylang oilayizzi ota onayizzi uylang xursandchilik kunlarizzi uylang va yana shunaqa xursandchilik kunlani qilishga intilib yashang albatta turmush o'rtog'iz bilan birga...ILOXIM FARZAND larizzi roxatini ko'ring baxtli xayot kechiring man 100-200 yil yashang demiman mayli ollox qancha umr bergan bulsa yashang usha umrni xursandchilikda oila ota ona do'stla davrasida utkazing mani gaplarim shu agar gaplarim yoqqan bulsa manga armani_gold85@mail.ru ga uzlarizzi fikrlarizzi yozila oldindan raxmat.....

21 feruza   (03-Июл-2011 23:54) [Материал]
alloh dardizga shifo bersin tegayotgan yigitingizga tushuntirib koring agar haqiqatdan sevsa sizni tushunadi albatta baribir bir kunmas birkun biladiku qatdan bolsaham undan korasi ozizdan bilgani yahshiroq manimcha agar hammasini ichizga yutvursangiz hudoni ozi saqlasinku qolgan 10 yil umriz ham qisqarib ketmasinTagin ozingiz bilasiz.

22 Parkland   (04-Июл-2011 00:26) [Материал]
Bir bo'lgan voqeani eshitgandim, ko'p kishi eshitgan ham. Bir ayol rak bo'ladi, Germaniyami, Fransiyadagimi doktorlar ham umid yo'q deyishadi, shu ayol kimdandur Saudiya Arabistoniga borib Allohdan so'rashini, chin dildan, umid qilib so'rashini, va shunda Alloh shifo berishi mumkinligini, barcha narsa Allohdan ekanligini aytgandan keyin, eri bilan maslahatlashib Makkaga ketishgan va u yerda bir necha kun faqat duoda, Allohdan shifo so'rashgan. Allohni karami keng, Alloh shifo bergan shu ayolga.
Umid faqat va faqat SHaytonda yo'q halos! Biz insonlar doim Umid bilan yashaymiz va umid qilishimmiz kerak faqat yahshi niyyatlar bilan.
Hechqachon, hechqachon dema degan gap bor. Doim Allohdan so'rash kerak, Alloh uchun hamma narsa oson. 10 Yil bor deyapti doktorlar, ammo u Doktorni o'zi qancha yashashini bilmaydiku, sizga 10 yilni grantiyalab berayotgani g'alati.
Allohga tavakkal qilingan ish doim hayrli va barokatlidur InshoAlloh ! Sizga esa Allohga tavakkal qilib va doim Allohdan so'rab, bemalol turmush quring.
Payg'abarimmiz aytganlar ko'payishinglar, men Ummatim ko'pligidan u dunyoda sevinaman deganlar ! Faqat niyyat holis bo'lsin, qalb toza bo'lsin . Bu sinov ham Alloh tamonidan sizga bir ne'matki, Alloh o'zini eslatib qo'yapti.
Doim uzoq umr, sihat salomatlik tark etmasin Buyuk Yurtdoshlarimmizni!

23 Shoxrux   (04-Июл-2011 00:28) [Материал]
hej narsaga qaramasdan turmushga chiqing u yagini Olloxni uzi tugrilab quyadi,yaratgandandan bowqa bilmaydi ertaga nima buliwini

24 komola   (04-Июл-2011 00:43) [Материал]
hammasi yaxshi bo'ladi

25 komola   (04-Июл-2011 00:44) [Материал]
hammasi yaxshi boladi.

26 Navroz   (04-Июл-2011 00:52) [Материал]
Ollox sabr bersin. Yolgoni umri qisqa. Rostini ayting zero sevgiliz wunib töy böpketsa. 6ziz aytdingizku sevib turmuw quryapmiz dib. Rostini ayting. Tagin bilmadim, bu mani fikrim xolos

27 Alibek   (04-Июл-2011 01:17) [Материал]
Men bildirmoqchi bulgan fikrlar bor ekan Xudoyim shifo bersin.

28 milashka   (04-Июл-2011 01:58) [Материал]
Allohdan so`ren faqat sizga shifo berishini. yashashdan umidizi uzmen bu sinovdan ham o`tvolas.

29 SKomilov   (04-Июл-2011 02:37) [Материал]
Мажрух фильмида нима буган билмиману лекин Noz@ жудаям яхши фикр билдирганла. Оллох дардизга шифо берсин. Сизга ташхис куйган шифокорга хайрон колдим, аклли шифокор ун йил умриз коган димиди, нима бугандаям Худо билади инсонни канча умри коганини. Сиз яна бошкатдан текширтириб курин, хозирги кунда баъзи бир шифокорла ташхис куйишда жудаям куп хатога йул куйишвотти.Худо хохласа хали жудаям узок умр курасиз, шуничун уша узиз орзу киган совчи юборган йигитга турмушга чикин, лекин касализ хакида уйиздигилага, ойизлага и уша булажак турмуш уртогизга этишиз керемас, ула билишса сизданам купро эзилиб азобланишади, уша йигитга этсез сизга уйланишиям мумкин, лекин хар доим сизга мехрибончилик киганда ачингандан кивотганга ухшаб куриниши мумкин, сизга касалга караганде ачиниб караши мумкин, агар этсез кейин афсусланишиз мумкин, бахтиз учун этмасез бу ёлгон или эгоистлик хисобланмиди, сиз касализ хакида унутишга харакат килин бу хакда умуман уйламен, укишга кирин, ишга жойлашин, ишласез бу кассалини унутишиз осон булади. Умуман Тушкунликка тушмен, Худо хохласа уша инсон билан куша-кариб бахтли хаёт кечирасиз, хали невара,чевара, эвараланиям рохатини курасиз!

30 БЕК   (04-Июл-2011 03:14) [Материал]
1. Қанақа ахмоқ ва саводсиз шифокор эканки, беморга,(яна қиз болага!!!) "Сен раксан, 10 йил яшайсан" деса...
2. Агар бу хақиқат бўлган тақдирда хам, буни Яратганнинг инъоми сифатида қабул қилинг...
3. Ўша шифокорга яна бир марта "тьфу"!!!

31 UZ   (04-Июл-2011 04:34) [Материал]
LOLA BIZ BIR OLLOHNI BANDALARIBIZA,DOHTIRLAR BORMI BOSHQASI BORMI HECH KIM BILMIDI NECHA KUNLIK NECHA DAQIQALIK VAQTIMIZ QOLGAN.10 YILMI JURNALIDA YOZILGAN EKANMI RAK KASAL 10 YIL ICHIDA RIVOJLANIB INSON TUGAYDI DEB,DOHTIR KIMGADUR SIZ SOG SALOMAT,SIZ 30 YIL YASHISIZ DIB ETOLIRKANDE DOHTIR,LEKIN 3 KUNDAN KEGIN HALAKAT BOLIB OLAMDAN KOZ YUMSA OLLOH BANDASI OLIB QOYSA UNDACHI?????DOHTIR KIM UUU OZI ERTAGA TIRKMI YOQMI BILMIDI,SIZ U SAFSATA GAPLARGA QULOQ SOLIB OZIZNI ICHIZDAN EB TUGATMEN TEPADAGI BRODARLAR ETGANIDEK TOHARATDA YURIB IBODAT QILIB OLLOHDAN SOREN ,BIZ BIR BANDAMIZA HAR BIRIMIZNI BU ERDA YURISHIMIZ KIMGA NECHA KUN,SOAT,DAQIQA QOLGAN OLLOH BILADA.TURMUSHGA CHIQIN BAHTLI HAYOT KECHIR TURMUSH ORTOGIZ BILAN IBODATDA BOLIN VA ALBATTA SHIFO TOPASIZ,OLLOH ETGAN CHOP SORASEN HAM MANDAN SORA DIB.SHUNGA YAHSHLAB NASTROY BILAN VPOLNE VPEROD SINGLIM.A DOHTIRLAR HOZIR NORMALNI OKURATNO KESGAN JOINI TIKIB QOYISHI BILMIDI.FAQAT OLLOHDAN SOREN.OLLOH SHIFOIZI BERSIN.

32 Dilfuza Isakova   (04-Июл-2011 05:44) [Материал]
Dardini bergan ollohim shifosini beradi bahtli boling va umid bilan yashang. ollohga iltijo kiling.

33 Bobur   (04-Июл-2011 09:11) [Материал]
Assalamu aleykum siz doktordi gapiga iwonyabsimi a he4 oylab kordizmi kelajakdi Allohdan boshka inson bilmidi kadan bilasiz awi ozi Doktir ozi ne4i yil umr koriwini ozini aytib beroledimi a undan kora siz Allohdan yordam soren va Allohga tavakl kilin Namoz da koyin bolin 5 mahal

34 Mo'mina   (04-Июл-2011 10:13) [Материал]
BEK bilan fikrimiz bitta chiqibti,doktarlani shunaqa o'zligicha aniq tashxisi va unga javobi

35 Frenk   (04-Июл-2011 10:26) [Материал]
Bu tashxisni notugri quyishibdi sizga ,mani ham dadam xuddi shu kasal bilan utkanla olamdan lekin bu kassallik odamni kup busa 4-5 yilda uzogi lekin adashgan siz uzizni shunaqa kasalman deb siqib shu kasalni keltirib chiqazmang,uzizni asrang ruxizni sindirmang ,turmush qurib yaxshi yashang,yaxshi vetaminli ovqatlanib yuring,yogli narsala kup yimang ,hayot oldinda xuoddan surang dadrdni bergan shifosiniyam beradi

36 UzDDS   (04-Июл-2011 10:40) [Материал]
eee opaginam hayottizz o`sha 1 tinga qimmat doxtirla hal qiladimi o`zini qancha yashashini bilmidiku sizzikini qattan bilsin 10 yilli o`ylamen ertezze o`ylen sevglizzi o`ylen o`ziz uchun yashamen shu yonizda turgan suyanchig`iz bo`lajak umr yo`ldoshiz uchun yashhan ammo bo`lgan voqeani aytin bo`tta ololmagan yuragizga bormagan maslahaatti o`sha inson berar!gapirishga gapim juda ko`p lekin hamama gapni tepada amalab yozishibdi! hullas sevgi muhabat tuyg`ulariga cho`milib yurvurin! etiboriz uchun rahmat DAVRONJON

37 bek   (04-Июл-2011 11:07) [Материал]
Hudo shifo bersin

38 Behzod   (04-Июл-2011 11:15) [Материал]
yolgondan boshlangan turmush uzoqqa bormidi

39 Shahnoza   (04-Июл-2011 12:03) [Материал]
Chekinmasdan, harakat qilin, halqaro tashkilotlarga murojat qilin, ahir har yili (aniq bilmayman qachon) chet eldan shu kassalik boyicha ishlaydigan mutahassislar kelib tekinga muoaljalr qilishadiku,namoz oqing, hudoyimdan soren,shu kassalga chalinganlarni oplarin shu kassalikni yenganlarni ham bilamizku. Bu kassalik siqilishdan boladi, hozir siqilib bu kassalik tomir ortirishiga yol qoymang!
turmushga chiqib farzandli bolarman divosiz, lekin farzandli bolganizdan keyin uni sizdan keyin kimlarga qolishini oylasez,ozizni battar yeb tashlaysiz.

40 Paxtakor   (04-Июл-2011 12:34) [Материал]
Hudo shifo bersin.
Futbol. FIFA World cup U 17. Mexico 2011.
1/4 final.
Urugvay - O'zbekiston 2 - 0. Biz dunyoda kuchli 8 talikdamiz. Shunisiga ham rahmat. Barakalla yigitlar. Biz sizlar b/n faxrlanamiz.

41 NOTANISH-YIGIT   (04-Июл-2011 12:57) [Материал]
AVVALO ASALOMU ALAYKUM opajon bu yozganlarizni uqidim xammasini birma bir hayolimdan kechirib kordim bilasizmi opajonim 10 yil bu nima degani 10 yil bu 3650 kun degani siz ollox xolasa chiroyli kelin bolasiz gozal ayol iboli kelin bilasizmi opajonim bu dunyoda kim qancha yashaganimas kim qande yashagani muxim kimlar boladi umri davomidi shunde kelib shende ketadi kimlar boladi butun umur dunyodan nolib otadi opajonim 2 quliz oyogiz sog ekan xalli xammasi oldinda qayerdan bilamiz balki shu 10 yil ichida kasalizga shuifo chiqar axir dardini bergan ollox darmoninixam beradiyu opajonim jon opam men sizga bir gap aytay albatta turmushga chiqing 10 yil ichida deyabmizu xar bir kunizzi bahtiyor otqazing xar bir daqiqaizni shodlik xar bir kunizi hursandchilik bilan otqazing xar bir kunizi turmush ortogizga bagishlaganizda hechnimani oylamang goyoki bu dunyoda siz va u bordek borizni tortiq eting qiziq narsalar har kuni qanaqadur yangiliklar er hotin deganda bilasizmi doim hayolimga nima keladi opajonim siz 25 yil kormagan bilmagan sezmagan yuragingiz tub tubidan hursandchilik bahtiyolik opajonim siz uzingizni menga oz qolibdi yoki unaqa deb uylamang bilasizmi men bir joyda uqigandim bir odam rak boladida ken esa u odam hayotdan hafa bolib yuradi hamma narsani unitadi goyoki bu dunyoda uni yuragini yoriq qilaydigan hechnarsa yode kunlarni birida u bir kochada ketyotganda boshiga bir quchoq atirgul tushadi u hayron bolib tepaga boqadi tepaga boqach esa bir gozal qiz unga kechirasiz gulimni ushab turing hozir yonizga tushub olaman deydi qiz tushub yigitni qulidagi gulni olyotgan voqtda qizni sevgani korib qoladi bu narsani ken esa qizni tashab ketadi qizni sevgani qiz hayron boladi haligi notanish yigitham hayron ken oradan voqtlar otadi kunlar otadi u qiz bilan gaplasha boshlaydi negadur u qizni yoqtirib qoladi usha usha har doim uchrashuvga chiqganda unga gul olib keliydigan boladi bir kun esa juda mazasi qochib qoladi endi olsam kerak deb oylidi uni banisaga oborishadi oborganda bu bemorni nega olib keldilar vos vosa bolib qolganmi odamlar deydi atiga isigi chiqibdiyu deydi yigit oshanda men rak man oktir deydi doktir esa tezda analiz qiladi 3 kundan ken javobini eshitadi undan rakdan darakxam qolmagan boladi BILASIZMI opajonim bu dunyoda hursandchilik xamma narsani yutadi ahir bu dunyoga nega kelganmiz tugulish va olishga emas xali kop bolariz boladi siz bahtli bolasiz albatttta OPAJONIM siz ajoyib kelin bolasiz bunga meni kozim yetadi bu......XAR KUNIMIZ HAR SONIYAMIZ BIZ UCHUN BERILGAN BUNDAN UNIMLI FOYDALANA BILAYLIK

SOCHINGNI BIR TOLASIGA ARZIMAS DUNYO
DUNYOLARDAN KONGLING QOLIB YIGLAMA OPA
SEN DUNYODA ENG BAHTLI QIZSAN QALBI BOKIRA
NEGA BAHTIM BUTUNMAS DEYA NOLIMA

BILASIZMI OPAJONIM HALI KUN KELARDI
KELIN LIBOS YARASHIB SIZGA
BIR FARISHTA KELIN BOLASIZ
XAMMA XAVAS BILAN QARASHAR SIZGA

KOZINGIZNI BIR TOMCHISIGA BU DUNYO ARZIMIDI............... OPAJONIM HECHAM YIGLAMANG DOIM KULIB YURING BU SIZGA YARASHADI... siz 100 ga kirasiz ollox xolasa

42 Назокат   (04-Июл-2011 14:42) [Материал]
Оллох шифо берсин, ХУДО ХОХЛАСА хеч нима бумагандек буб кетас, ва албатта тугрисини этиб булажак турмуш уртогиз б-н гаплашвалин. Касал б-н биргаликда курашиш осонрок!!!Сог булин, ширин фарзандларнинг онаси булин!

43 Madinaxon   (04-Июл-2011 14:46) [Материал]
Siz tushukunlikka tushman, kasalman deb, kasalmas odam ham bilmaydi 10 yil yashaydimi yoki ko'proq! Tasavvur qiling siz kasalmassiz, lekin kim sizga kafolat beradi 10yil yoki 15yil yashisan deb, shuning uchun Allohning bergan kuniga shukr qilib yashash kere, biz ham bilmaymiz erta bormizmi yoki yo'q, lekin shunga qaramay o'z maqsadlarimizni amalga oshirishga harakat qilamiz, siz ham huddi shunday, kelajak uchun kurashing, toat ibodatda bo'ling, Yaratgandan kechayu kunduz surang, Alloh aytgan ekan " mendan surang men albatta beraman, agar bu dunyoda bermasam, bilingki u dunyoda ajrini beraman" deb, shunday ekan sizga shunday sinovlar berilgan ekan siz hursand bo'lavering, siz Alloh nazaridasiz!!!

Allohim dardizga shufo bersin!!! Ameen!!!

44 doc.korea   (04-Июл-2011 14:57) [Материал]
100% HAQLISIZ HALI MANA SHU YOZGAN XATINGIZNI 70 YILDAN SUNG ESLAB KULIB YURASIZ.....ISHONMAYAPSIZMI? (ELSARDIL.82@MAIL.RU )

45 ledy   (04-Июл-2011 15:06) [Материал]
1 ziza. гапларингиз билан дардини айтган одамга улим тилаяпсизми? Улим оллох томонидан юборилади, врачлар томонидан эмас. мен касал булишдан куркаман, агар касал булсам, узбекистон врачига ишим тушади, касал булишдан эмас, чала врачдан худони узи асрасин. 8 йил олдин дадамга рак ташхиси куйилган. 1 йил умри колган дейишган. худога шукур хозир соглом. умуман касаллик хакида уйламанг, 10 йилга худо эгалик килади, бу давр ичида нима булади, нима куяди хеч ким билмайди.

46 komol_76   (04-Июл-2011 15:14) [Материал]
Хар бир одам бахтли бўлишга, айни дамда бировни бахтли қилишга тўла хақли, шу жумладан сиз ҳам!!! бугун ҳали хеч нарсани билдирмайдиган ва давосини Оллоҳ бериши мумкин бўлган бир ташҳис билан нафақат ўзингизни ва совчи қўйиб, тўй, висол орзусида юрган яна бир йигитни бахтсиз қилиш - манимча инсофсизлик!!! Одамзод ўзидан зурриёд қолдириш, уни айнан шу одамзод учун хизмат қиладиган ва яхшиликлари билан ўзидан ном қолдириш учун дунёга келтиради. демак - Сиззи турмуш қуришингиз, фарзандли бўлишингиз - беному-нишон, изсиз йўқолиб кетмаслигингиздан дарак!!! Ҳеч нарсадан қўрқманг, ҳеч кимга айтманг, Аллоҳдан дардингизга шифо сўраб, ёруғ кунларга, бахтли онларга ҳамнафас бўлиб, ҳокисор яшанг!!! Агар пешонангизга яна 10 йил яшаш насиб қилган бўлса (илойим кўпроқ ёзган бўлсин), шу 10 йилни ўзингизга, бутун борлиғингизни оилангизга, бола-чақангизга бағишланг, яхшилик қилинг!!!

47 Nozik   (04-Июл-2011 15:17) [Материал]
Sizga berilgan wu 10yil sevgan insonizi baxtli qilin dardi bergan ollohim wifosiniyam biradi.

48 milashka   (04-Июл-2011 15:46) [Материал]
sabrni tagi oltin

49 King   (04-Июл-2011 16:52) [Материал]
Singlim hech narsani o'ylamastan turmush quring, oila quring, doktorlar xudo emas. Bu bor yo'g'i taxmin. Sizni qancha umr ko'rishingiz faqat Alloh biladi. Farzand ko'ring, bolam kimni qo'lida qolar ekan degan gaplar bilan siz noto'g'ri fikr qilayotgan bo'lasiz. Chunki har bir insonni egasi Alloh. Yaratganni o'zi biladi nima qilishni. Namoz o'qib dardizga shifo so'rang. Inshaalloh bahtli bo'lasiz. Gaplarimga ishoning va Allohga tavakkal qiling.

50 Asl   (04-Июл-2011 17:45) [Материал]
albatta man yuqorida uz fikrilarini bildirgan NOZA bn ABROR taklif va maslahatlariga qushilaman... Dardini bergan shifosini ham beradi... Va wunday kasalliklardan davolanib ketganlar haqida kop ewitganman, hammasi taqvo bilan ihlos bilan yaratgandan suragan....

Sizga ham wu maslahat 10 yil ichida abror etganlaridek nimalar bob ketmidi... Faqat Nozani gapidek turmush oldidan yolgon gapirmen! aralashtirmen! Inwaolloh hammasi yaxwi boladi digan umiddaman!

1-50 51-86
dth="100%" cellspacing="1" cellpadding="2" class="commTable">
Исмингиз *:
Email(шартмас):
Код *:

Диққат: Ёзиб қолдирилган изох дарров сайтга чиқмайди. Хар бир изох узоғи билан 24 соат ичида текширувдан ўтади. Мабодо бу вақт ўтгач хам сайтда изохингиз чиқмаган бўлса унда чиқарилмаганлик сабаблари қўйидагича бўлиши мумкин: 

Сайтимизда сўкиниш, хақорот, камситиш, мазах қилиш, салбий ва диний тарғибот, махалийчилик, миллатчилик, реклама ва қадр қимматни ерга ургувчи АЛОМАТЛАРИ БОР изохлар сайтга чиқмасданоқ ЎЧИРИЛАДИ!

Шунингдек миш-миш бўлиб кетишига сабабчи бўлгувчи тасдиқланмаган маълумотлар, тасдиқланмаган гап-сўзлар хам изохлардан ўчирилиши мумкин!

-Қолдирилаётган изох ўша мақоладан ташқаридаги мавзуда бўлса хам ўчирилиши мумкин. 

(батафсил манбаа)

Изохлар модератори NOZI, Шахло Қодирова ва Бекзод

YUQORIGA!