[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
  • Страница 1 из 2
  • 1
  • 2
  • »
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
O'zimiz qilgan tarjimalar....
SpecialOneСана: Пайшанба, 10-Янв-2013, 01:18 | Изох # 1
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 167
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 29
Холати: Хозир йўқ
'Özimiz qilgan tarjimalar....' - bu mavzuda istalgan tildan özingiz tarjima qilgan adabiy asarlar (hikoya, she'r, monolog) ni joylashtirishingiz mumkin.
Qoidalari:
Tarjima qilingan asar muallifi, yoki manbasi körsatilsin!
Asarlar qisqa hikoya, she'r, monologlardan iborat bölishi maqsadga muvofiq!
Tarjima qilayotgan asaringizni ma'nosiga ham alohida e'tibor qarating!

---------------------------------------------
1 yevro.
Köchalarda yashab yuradigan bir odam kechqurun öziga gazeta varoqlaridan töshak töshayotib bir e'lonni öqidi:
'Uy sotiladi. Narxi 1 yevro!'.
-Ha, adashib bosmaga bervorishgan, deb u axlat qutilari tomonga biror bölak yegulik topgani ketdi.
Közi qutiga yopishtirilgan qog'ozga tushdi:
'Uy sotiladi. Narxi 1 yevro!'.
- Yolg'on, ahmoqona hazil. Ertalab, köcha radiosidan e'lon qilishdi:
'Uy sotiladi, narxi 1 yevro!'.
Bu gapga u zig'ircha ham ishonmadi, bu bekorchi gapligiga könglini töq qilib, yana yölga tushdi. Bir axlatxona yaqinadagi, köcha chetida osig'liq turgan katta reklama uni hayron qoldirdi:
'Uy sotiladi, narxi 1 yevro!'
U endi rostakamiga ishongandek böldi. Qiladigan ish yöq, dam olishga esa joy. Yölini adog'i yöq, baribir yurishga tög'ri keladi, peshtaxtadan uy manzilini öqib yölga tushdi.... Borib eshik qöng'irog'ini bosdi. Bir ayol chiqdi.
-Salom.
-Salom.
-Uy rostdan ham sotiladimi?
-Ha, avval uyni körib chiqing, agar, sizga yoqsa va siz hozir 1 yevro tölashga tayyor bölsangiz. Hamma hujjatlarni hoziroq taxlaymiz.
U uyni aylanib chiqdi, töliq aylanmagan bölsada 1 soat vaqti ketdi, uy juda shinam edi, u chöntagini titkilab 1 yevro chiqardi. Hujjatlarni imzolash paytida, u ayoldan söradi:
-'Nega bunchalik kulguli narxda sotyapsiz?'
Ayol: -'Sizga uy yoqmadimi?'
-Yöq, unaqamas, yoqdi, juda yaxshi qurilgan. Lekin, agar sizni bu uyni sotishga nimadir majbur qilayotgan bölsa sotib olishga vijdonim qiynalyapti....'
Ayol: - 'Uy turmush örtog'imniki edi. U yaqinda vafot etdi. Ölimidan oldin, uning öynashiga uyni sotib pulini berishimni vasiyat qildi. Bir umr ishonganimdan bu sözlarni eshitish og'ir. Ham u ayol, mening hamkasbim. Shu sababli, xöjayinimning vasiyati ham yerda qolmaydi, uning öynashi ham sariq chaqasiz qoladi. Muhimi bu uy kimgadir yaxshilik uchun xizmat qiladi. Hudoning aytgani shu ekan, chunki, dono gaplar va yaxshi ishlar Hudoning buyrug'i bilan, faqat kimningdir tili yoki qöli bilan bajariladi. Bu sizga Hudoning bir sovg'asi, faqat sababchi men böldim....'
(Manba: odnodagi 'Прочти' gruppasi.)

Добавлено (08-Янв-2013, 01:32)
---------------------------------------------
10 TANGA....
Bir kun, ikki döst öz baxtlarini izlab safarga yöl olibdi. Boshlari oqqan tomonga yurishibdi. Dala bag'ridagi uyga yetib borishibdi va bilishibdiki uy egasining 2 ta qizi bor ekan. Kattasi juda chiroyli, kichigi unchamas.... Döstlardan biri aytibdi:
-'Böldi men baxtimni topdim, shu yerda uylanaman va baxtli bölaman'.
Ikkinchisi:
- 'Tög'ri qaror, u chiroyli, aqlli, aniq bahtli bölasan.'
Birinchi döst:
- 'Yöq, men kichigini nazarda tutdim'.
Ikkinchisi:
- 'Nima, sen aqldan ozdingmi? U unchalik chiroylimasku...'.
Shu tariqa birinchi döst qarorida qatiiy turibdi va uy egasining oldiga qizini qölini sörashga ketibdi. Dösti esa unga baxt tilab yanayölda davom etibdi. Birinchi döst uy egasini oldiga borib:
- 'Qizingizga uylanmoqchiman. Rozi bölsangiz oila qursak' - debdi.
Uy egasi:
- 'Chiroyli ham aqlli, yahshi uy bekasi böladigan qizlar qishlog'imizda 10 tanga turadi'.
Yigit:
- 'Mayli, roziman, lekin, kichik qizingizni qölini sörab keldim'.
Uy egasi:
- 'Sen adashtirding shekilli, yo aqldan ozganmisan? U unchalik chiroylimasku... Böpti, roziman, u juda chiroylimas, rostgöyliging uchun ham 3 tanga bersang böldi'.
Yigit:
- 'Yöq, u uchun 10 tanga tölayman' - debdi. Va qizga uylanibdi.... Oradan yillar ötib ikkinchi döst yana shu dalaga yöli tushibdi va döstidan xabar olgani unikiga kiribdi. Chiroyli ayoldan döstini sörabdi, ayol uyga kiritibdi. Uyda birinchi döst atrofida bolalari bilan öynab ötirgan ekan.
Ikkinchi döst sörabdi:
- 'Bahtlimisan?'
Dösti:
- 'Ha, shubxasiz'.
Ikkinchi döst:
- 'Qayta uylandingmi?'
Dösti:
- 'Yöq, bu ösha'.
Ikkinchi döst:
- 'Bölishi mumkin emas, axir, bu ayol juda gözalku! Qanday qilib özgardi?'
Dösti:
- 'Buni uning özidan söra'.
Ikkinchi döst ayolga yuzlanib:
- 'Men sizni körgandim, qöpolligim uchun kechiring, qanday qilib gözal bölganingizni sirini bilmoqchi edim....'
Ayol:
-'Bir kuni, xatto, men ham 10 tangaga arzishimni, kimgadir kerakligimni tushunib yetdim, siri shunda'....
(Manba: Ukrain xalq adabiyoti.)

Добавлено (08-Янв-2013, 21:35)
---------------------------------------------
Kuchukcha....
Qorong'u oqshom, tor köchaning bir burchagida, sahroda adashgan insondek bir kuchukcha yomg'irdan pana joy topa olmasdan ilojsizgina turardi.
Balki, yura-yura, ahiyri tinka-madori qurib, issiq, pana joy topa olmasdan taqdirga tan bergandir. Ustiga ustak qorni ham ochdir....
Körinishidan, ha, uning g'arib körinishidan unga kimning ham rahmi kelardi, faqatgina achina olishadi xolos. Kimning ham özidan orttirib unga e'tibor qaratgisi, vaqtini ajratgisi kelardi....
U ham bir vaqtlar bir oilaning erkatoyi, ovunchog'i edi. Uni mittiligida bir honadon sohibi bolalariga 'öyinchoq' qilib olib keldi. Jajjigina kuchuk bolasi oppoq junlari paxmoq, qora dog'lari körk berib turardi uning husniga, panjalari ham jajjigina, yumshoq edi. Uy egasining yosh
bolalariga u döst böldi, zerikkanlarida ular bilan öynadi, hech qachon bosh tortmadi. Sal kattarganida uyni qöriqladi, xatto uyga begona qushlarni qöndirmasdi. Beminnat xizmat qildi.
U bilan birga bolalar ham ulg'aydi, maktabga chiqishdi, endi ular darslaridan ortmas, kuchukcha bilan öynagilari kelmas, unga e'tibor bermasdilar. Kuchukcha endi uydagi 'ortiqcha buyum'ga aylangandi. Uni boshqa joylar, boshqa köchalarda adashtirib kelishdi....
U hech narsa deya olmay qoldi, nima ham desin, axir, tili ham yöqku, unga hech kim tushunmaydiku!
U doim sodiq yashadi, höjayinlarini, döstlarini unutmadi, tashlab ketishsada ulardan hafa bölmadi. Uning bu bechora holga tushishiga ularni ayblamadi. Bir vaqtlar kerak bölganini, keyinchalik 'axlat'ga chiqarishganini eslab taqdirdan nolimadi. Uning közlarida hech kim yosh körmadi. Balki, yig'lagandir, uning ham dili azob tortgandir, odamlardan köngli qolgandir. Lekin, bularning bari faqatgina balki, xolos....
U sodiq qoldi, hech kimni unutmadi....
Tor köchaning loy bir burchagida, sovuq yomg'irda diydirab turaverdi....
Döst deb bilganlarini kutardi, kelishlariga ishonardi.
Afsuski....
(Tarjima manba: odnodagi 'Прочти и задумайся' gruppasidan.)

Добавлено (10-Янв-2013, 00:18)
---------------------------------------------
"Ishlar qalay!?"
"Siz mana bu savolni tez-tez eshitasizmi:
- "Ishlar qalay?"
Qanday oddiy bularning bari
- "Ishlar qalay?"
- "Hammasi yahshi."
Vannada ötirib, onang eshitmasligi uchun suvni ochib qöyib yig'laysan. Bu yahshi!
- "Ishlar qalay?"
- "Hammasi yahshi"
Yahshi, kechasi bilan köz yoshlaringni yostig'ingga tomizasan, ertalab yuzingni yuvib hech narsa bölmagandek yurasan. Yahshi, derazang ostida tanish odamlarning kulgusini eshitish. Körinishidan "Döstlar". Hursandchilik avjida, seni unutishdi, chaqirishmadi. Aniq nima uchun?
Senga kimdir yozadi:
- "Salom, ishlar qalay?"
- "Yahshi"
- "Uydamisan? "
- "Ha"
- "Nega uyda ötiribsan? Nima uchun sayrga chiqmading?"
- "Bilmadim, hohlamayman..."
- "Nima böldi?"
- "Hech nima. Hammasi yahshi"
Qachondir yaqining bilan arazlashganingda. Qachondir uni yöqotganingda. Senga og'ir böladi....
- "Ishlar qalay?"
- "Hammasi yahshi"
Qachondir yolg'izlikda qolsang, hayotdan töyib ketsang:
- "Ishlar qalay?"
- "Yahshi"
Qachondir sen bilan nimadir sodir bölsa: onang bilan urushib qolsang yoki kimdir vafot etsa.
- "Ishlar qalay?"
- "Hammasi yahshi"
Kimnidir sevsang, u deb aqldan ozsang, va keyingi kun uni eng yaqin dösting bilan körsang!?
- "Ishlar qalay?"
- "Yahshi"
Döstlaring tashlab ketsa, azoblashsa, ustingdan kulishsa. Hech kim e'tibor bermasa, yordamga kelmasa.
- "Ishlar qalay?"
- "Hammasi yahshi"
Sevganing bilan suhbat paytida, seni sevmasligini, ayriliqni taklif qilganini eshitsang. Yuzingdan yosh dumalasa, u eshitmasligi uchun, yostig'ingni olib yuzingga bossang.
- "Qalaysan?"
- "Yahshi. Hammasi yahshi"
Agar, kimdandir qachondir sörasangiz:
- "Ishlar qalay?"
Va sizga, hammasi yahshi, deb javob berishsa - ISHONMANG!
Unda hammasi yomon, shunchaki u bu haqida gapirishni hohlamaydi, yoki yolg'on döstlardan qörqadi....”
(Tarjima muallifi: Bekzod Xo'janazarov.
Manba: 'Прочти' gruppasi.
Boshqa gruppalarda plagiatlari bölishi mumkin!)


Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Anv@rbek - Якшанба, 13-Янв-2013, 01:24
 
nusrat8182Сана: Пайшанба, 10-Янв-2013, 01:25 | Изох # 2
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 320
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 328
Холати: Хозир йўқ
Rahmat mazza qilib o'qidim super.

Kutmoq va umid qilmoq kerak...
 
SpecialOneСана: Шанба, 12-Янв-2013, 23:56 | Изох # 3
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 167
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 29
Холати: Хозир йўқ
(Oppoq qor uzra yotar oppoq mayin mushukcha....)
Bir mushukcha yashardi, dunyoda yolg'iz,
Sevgi, döstlik neligin bilmasdan essiz.
Kichkina uy, yölakcha, yumshoq örindiq,
Mushukcha esa mayus, yashardi unsiz....
Kunlarni kunga ulab, bahor ham keldi,
Gulladi dov-daraxtlar, olam yashardi.
Mushukchaning uyiga bir mehmon keldi, Mehmon emas, begona ham deb bölmasdi....
Döstlashdilar juda tez, kunlar suvdek oqardi,
Mushukchalar döstlikdan sekin uzoqlashardi,
Bilmadim, buni, nima deb atay, sevgimikan! Baht ularning boshidan hech ketmas
körinardi....
Endi, boshlangan edi, mushukcha hursand edi,
Hayotda baht borligin endi, xis etgan edi.
Kuzning sovuq shamoli olib ketdi yorini,
Közi yoshlanib uning, kimga aytsin zorini....
U kutardi har kuni, tongdan to oqshomgacha,
Bilmas edi bu azob davom etar, qachongacha.
Yölakchada ötirib, oyoqlari qotardi,
Panjalari yorilib, köz
yoshlari oqardi....
Örindiqqa yotvolgan, charchagan u kutishdan,
- 'Unutdingmi sen meni, nega qaytib kelmaysan?
Yozda ötgan kunlarni, nahotki eslamaysan?'
Og'riqdan yumildi közlar, shivirlash ham tindi....
Erta tongdami, yarim tundami, bemahalda,
Eshik ochilib asta, kutilgan mehmon keldi.
Qöllarida guldasta, sekin uni uyg'otdi,
U uyg'oq edi, qörqardi, tush emasmikan deb....
Yöq, tush emas, öng edi, tush bölgani yahshiroq,
Mehmon sekin sörashib, shivirladi qaltiroq:
- 'Kechir meni sevgilim, aytmay ketdim men senga,
Uzoqlarda yurib, boshqa yor,
topdim örningga....
Men seni unutaman, bunga yetadi sabab,
Senchi, aytginchi, unuta olasanmi meni?'
Mushukcha jim turardi, oyoq-qöli qaltirab,
Uzoq kutdi, ketdi, u tushunmadi hech neni....
Mushukcha, uning orqasidan, qor uzra yeldi.
Yuragida bir azob: 'Nahot meni unutdi!'
Yiqildi u tösatdan, panjalari muzladi,
Sovuq ötardi jondan, közda yoshi qotardi....
Qora mushuk ortiga qaytib keldi yugurib,
'Kechir meni, yolg'izim, bir nima de, iltimos....'
Bölgan edi endi kech, bölgan joni uzilib,
Yurak sokin, közda tomchi yosh, asl sevgiga xos....
...Oppoq qor uzra yotar oppoq mayin mushukcha....

Добавлено (10-Янв-2013, 23:21)
---------------------------------------------
(Oppoq qor uzra yotar oppoq mayin mushukcha....)
Bir mushukcha yashardi, dunyoda yolg'iz,
Sevgi, döstlik neligin bilmasdan essiz.
Kichkina uy, yölakcha, yumshoq örindiq,
Mushukcha esa mayus, yashardi unsiz....
Kunlarni kunga ulab, bahor ham keldi,
Gulladi dov-daraxtlar, olam yashardi.
Mushukchaning uyiga bir mehmon keldi, Mehmon emas, begona ham deb bölmasdi....
Döstlashdilar juda tez, kunlar suvdek oqardi,
Mushukchalar döstlikdan sekin uzoqlashardi,
Bilmadim, buni, nima deb atay, sevgimikan! Baht ularning boshidan hech ketmas
körinardi....
Endi, boshlangan edi, mushukcha hursand edi,
Hayotda baht borligin endi, xis etgan edi.
Kuzning sovuq shamoli olib ketdi yorini,
Közi yoshlanib uning, kimga aytsin zorini....
U kutardi har kuni, tongdan to oqshomgacha,
Bilmas edi bu azob davom etar, qachongacha.
Yölakchada ötirib, oyoqlari qotardi,
Panjalari yorilib, köz
yoshlari oqardi....
Örindiqqa yotvolgan, charchagan u kutishdan,
- 'Unutdingmi sen meni, nega qaytib kelmaysan?
Yozda ötgan kunlarni, nahotki eslamaysan?'
Og'riqdan yumildi közlar, shivirlash ham tindi....
Erta tongdami, yarim tundami, bemahalda,
Eshik ochilib asta, kutilgan mehmon keldi.
Qöllarida guldasta, sekin uni uyg'otdi,
U uyg'oq edi, qörqardi, tush emasmikan deb....
Yöq, tush emas, öng edi, tush bölgani yahshiroq,
Mehmon sekin sörashib, shivirladi qaltiroq:
- 'Kechir meni sevgilim, aytmay ketdim men senga,
Uzoqlarda yurib, boshqa yor,
topdim örningga....
Men seni unutaman, bunga yetadi sabab,
Senchi, aytginchi, unuta olasanmi meni?'
Mushukcha jim turardi, oyoq-qöli qaltirab,
Uzoq kutdi, ketdi, u tushunmadi hech neni....
Mushukcha, uning orqasidan, qor uzra yeldi.
Yuragida bir azob: 'Nahot meni unutdi!'
Yiqildi u tösatdan, panjalari muzladi,
Sovuq ötardi jondan, közda yoshi qotardi....
Qora mushuk ortiga qaytib keldi yugurib,
'Kechir meni, yolg'izim, bir nima de, iltimos....'
Bölgan edi endi kech, bölgan joni uzilib,
Yurak sokin, közda tomchi yosh, asl sevgiga xos....
...Oppoq qor uzra yotar oppoq mayin mushukcha....

Добавлено (10-Янв-2013, 23:25)
---------------------------------------------
(Tarjima manba: 'Прочти'
P.S. Bu sh'er emas, qofiyadosh gapli matn)

Добавлено (12-Янв-2013, 22:56)
---------------------------------------------
P.S. Boshida tema chat bölmasin uchun, komment qoldirmela dudim.
Hozir bilsam, agar, orada hech kim komment qoldirmasdan, faqat, bir kishi davom etaversa u 1 ta komment hisobiga ötarkan! Bu degani, faqat 1-sahifa davom etaveradi va haddan ortiq uzunlashib, mobilniy versiyada ochilishi qiyinlashadi!
Shu sababli, hikoya, she'rlar haqida fikrilani qoldirila. Hech bölmasa, yoqmasa sökib qöyila))

Savol: Nega hech kim tarjima kiritmayapti? Nahot, oramizda tarjima qila oladiganlar bölmasa!?

 
GULI_NURСана: Якшанба, 13-Янв-2013, 00:50 | Изох # 4
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
p.s Ashulalani tarjima qib yozsayam bo'ladimi?!!!
 
SpecialOneСана: Якшанба, 13-Янв-2013, 00:57 | Изох # 5
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 167
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 29
Холати: Хозир йўқ
Gulinur, ha böladi, ashulalayam she'r bölganku)
Sevarani 'tam net menya' sini tarjima qilib, qofiyalashtirib yozaman dib hali hech ulgurmayamman)
 
GULI_NURСана: Сешанба, 15-Янв-2013, 19:35 | Изох # 6
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
Titaniki tarjima qivoli xudo xolasa yozaman!!!
 
SpecialOneСана: Чоршанба, 16-Янв-2013, 03:58 | Изох # 7
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 167
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 29
Холати: Хозир йўқ
Ok! Inglizchasi bilan birga yozsez yanayam yaxshi böladi)

Добавлено (16-Янв-2013, 02:58)
---------------------------------------------
* * *
Bu Ahmad ismli 19 yoshdagi yigitning hikoyasi.... (2011-yil)
Mening ajoyib oilam bor edi.
Biz chekka bir qishloqda, otam, onam, akam va singlim bilan baxtli va totuv hayot kechirayotgandik.
Men shaharga o'qishga kirdim va amakimlarnikida yashab o'qiy boshladim.
Imtihonlar vaqti edi. Erta tongdan o'qishga otlanib tursam, amakim to'xtatdilar:
- 'Buving olamdan o'tibdi'.
Uning ko'zlarida shunchalik qayg'u bor ediki, bu ta'tilda ham onasiga vaqt ajratolmaydigan odamni ko'zlariga o'xshamasdi.
Azob va har xil hayollar iskanjasida yo'lga chiqdik.
Qadrdon uyim, u endi bozorga o'xshardi, tumonat odam yig'ilgan.
Darvozadan ichkariga kirdim. Uyimiz eshigi oldida, bir emas, 4 ta bo'z tortilgan tobut turardi, jonim bo'g'zimga keldi, dunyo ko'zimga qorong'u ko'rinib ketdi....
Yugurib bordim, ularga qaragani qo'yishmadi, shu onda sezdimki, endi meni qadrdon, jonajon oilam yo'q....
Ko'zimdan yosh daryo bo'lib oqdi, holsizlanib o'tirib qoldim....
Peshinda, bir uydan 4 ta tobut chiqarildi, ularni kuzatarkanman ko'ksimda alam jo'sh urardi.
Nahotki, endi oilam yo'q, taltayganda urishadigan otam, betob yotganimda mehribonchilik qiladigan onam, qoqilganda suyanadigan akam, erkaliklarini maroq bilan kuzatadigan singlim endi yo'q....
Tobutlarni yelkalab ketayotganlarida, to'xtatdim, qo'yvorgim kelmasdi, xuddi hozir singlim ko'zini ochadigandek, bularni hammasi azobli tushdek tuyulardi, singlimni sovuq qo'lini ushlab yig'ladim, endi u yo'q edi....
Ularni qabrga qo'yib kelgandan so'ng, uyga kirib, burchakda o'tirib azob-la yig'ladim.
19 yoshli yigitcha, hali hayot nima ekanligini bilmay, unda qanaqa yashash kerakligini o'rganmay turib, yaqinlarimdan ayrildim, bir zumda, bir kunda....
Bugun, yoshlar ota-onalaridan pul, mashina, qimmatbaho buyumlar, yana qanaqadir o'tkinchi narsalar talab qilishadi, shu havaslar uchun yashashadi.
Axir, eng katta boyliklari, ularning borligi, hayotligi emasmi?...
(Tarjima manba: odnodagi 'Прочти' gruppasi.)

 
nusrat8182Сана: Чоршанба, 16-Янв-2013, 08:36 | Изох # 8
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 320
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 328
Холати: Хозир йўқ
Davom eting mazza qilib o'qiyapman,ishlarizga rivoj.

Kutmoq va umid qilmoq kerak...
 
SpecialOneСана: Чоршанба, 16-Янв-2013, 09:21 | Изох # 9
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 167
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 29
Холати: Хозир йўқ
Raxmat) harakat qilaman))
 
GULI_NURСана: Чоршанба, 16-Янв-2013, 13:58 | Изох # 10
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
Axa xo'p inglizchasi bilan yozaman.
 
SpecialOneСана: Чоршанба, 16-Янв-2013, 14:08 | Изох # 11
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 167
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 29
Холати: Хозир йўқ
Ok kutamiz))
 
NOZIСана: Пайшанба, 17-Янв-2013, 13:04 | Изох # 12
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: ИЗОХЛАР МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 2808
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 1158
Холати: Хозир йўқ
Жудаям таъсирли хикоялар. Ростан хам уйлашга мажбур килади. Айникса, уйни 1еврога сотган аёлнинг зукколигига койил колдим! Ажойиб!

 
SpecialOneСана: Чоршанба, 23-Янв-2013, 05:03 | Изох # 13
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 167
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 29
Холати: Хозир йўқ
Raxmat))

Добавлено (23-Янв-2013, 04:03)
---------------------------------------------
...Moviy osmonga köz tikishni unutib, oyog'imiz ostidagi 'asfalt' ni xis qilamiz....
Yuzlab közlarga tikilamiz, lekin, keraklisini rangini unutamiz....
Qiyofalar umrbod xotiramizda qolishini bila turib, rasmlarini yirtamiz....
Oddiy narsalarni tushuna olmasdan, qiyinlari haqida bosh qotiramiz....
Haqiqatlardan shunchalik qörqamiz-ki, yolg'onlar töqiymiz....
Yuzlab telefon raqamlarini saqlaymiz-u, atigi bittagina, eng keraklisini öchiramiz....
Eng shirin tushlarni unutib, daxshatlilari haqida vaysaymiz....
Kun böyi, millionlab sözlarni gapirishimiz mumkin-dir, afsuski, qisqa bölsa-da, eng asosiylarini ayta olmaymiz....

 
NOZIСана: Чоршанба, 23-Янв-2013, 13:18 | Изох # 14
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: ИЗОХЛАР МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 2808
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 1158
Холати: Хозир йўқ
Хааа, керакли сузларни вактида гапиринг

 
nusrat8182Сана: Якшанба, 27-Янв-2013, 18:50 | Изох # 15
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 320
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 328
Холати: Хозир йўқ
Janob Mauri 4 kundan beri tarjimalarizni kutyapman,vaqtiz bo'lsa kutaman.

Kutmoq va umid qilmoq kerak...
 
SpecialOneСана: Сешанба, 29-Янв-2013, 18:51 | Изох # 16
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 167
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 29
Холати: Хозир йўқ
Raxmat, Nusrat aka, hozi ekzamenladaman, vaqt topib albatta yozaman)
 
GULI_NURСана: Чоршанба, 30-Янв-2013, 20:15 | Изох # 17
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
Celien Dion - My heart will go on

Every night in my dreams,
I see you
I feel you
That is how
I know you go on
Far acroos the distance and spaces between us
You have come to show you go on
Near, far wherever you are.
I believe that my heart does go on.
Once more you open the door.
And you are here in my heart,
and my heart will go on and on.
Love can touch us on time and last for a lifetime,
and never let go till were gone.
Love was when I loved you one true time I hold you.
In my life well always go on.
Near, far wherever you are.
I believe that my heart does go on.
One more you open the door,
and you are here in my life,
and my heart will go on and on.
You are here there is nothing I fear,
and I know that my heart will go on.
Well stay forever this way.
You are safe in my heart,
and my heart will go on and on.
 
MirzoxidСана: Чоршанба, 30-Янв-2013, 20:27 | Изох # 18
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
Titanik biggrin

...
 
GULI_NURСана: Чоршанба, 30-Янв-2013, 20:36 | Изох # 19
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
Har tun tushlarimda,
Men seni ko'raman,
Men seni his qilaman.
Mana qanday men seni yashayotgani bilaman.
Uzoq masofa va bizning o'ramizdagi bo'shliqlar.
Sen kelasan, ko'rsatasan yashayotganingni.
Yaqin uzoq qayerlardadursan.
Men ishonaman meni yuragim yashidi.
Yana bir bor eshikni ochasan va sen bu yerda mening yuragimda va yuragim sen bilan yashaydi.
Sevgi bizga bir marta keladi.
Va bir umrga davom etadi.
Va hech qachon ruxsat bermiman ketishga.
Sevgi edi qachonki men seni sevganimda.
Bir vaqtlar seni ushlaganimda.
Bir umr meni hayotimda davom etadi.
Yaqin, uzoq qayerlardadursan.
Men ishonaman meni yuragim yashaydi.
Yana bir bor eshikni ochasan.
Va sen bu yerda mening yuragimda.
Va yuragim sen bilan yashaydi.
Sen shu yerdasan va men hech narsadan qo'rqmayman.
Va men bilaman meni yuragim yashaydi.
Mayli har doim shunaqa qolgin.
Sen yuragimda saqlanasan.
Mening yuragim sen bilan yashaydi.
 
SpecialOneСана: Якшанба, 03-Фев-2013, 05:39 | Изох # 20
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 167
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 29
Холати: Хозир йўқ
Endi, qöshiq qilib aytish qolibdi)

Добавлено (02-Фев-2013, 22:41)
---------------------------------------------
TILXAT.... (Giyosni aytishlaricha shunaqa qilsam, iltimosim bajarilar ekan))
Forum Ijodistonidagi 3ta avtorlik mavzuim:
'Special One ijodsistoni....' , 'Özimiz qilgan tarjimalar....' , 'Retro - Ijodiston' mavzularini öz hohishim bilan Ijodistondagi 'Hikoya' mavzusiga birlashtirishlarini sörayman.
P.S. Buni qanaqadir mashmasha yoki özicha 'piar' deb qabul qimela!
Sardor akani gaplaridan keyingi kamtarlik deb tushunarsila, lekin, bu fikr bir hafta oldin kelgandi, öylab kördim va töliq shu qarorga keldim....
Shunchaki, oddiy user bölmoqchiman, el qatorida mavjud temalarda bölaman.
Avtorlik temalarimda nimadir yoqqan bölsa-yu, davom etishini hohlasela, administratsiya bilan maslahatlashib özila tema ocharsila, lekin, man özim alohida mavzuda ijod qilishni hohlamayapman....
(Tema ochisham bir azob edi, endi yoptirish uchunam, Giyos aytgandek straxovka uchun, shunaqa 'yuridik xujjatla' kerak ekan))))
Komment qoldirish shart emas! Avtorlik mavzuim va yopilishiga özim roziman)))

Добавлено (03-Фев-2013, 04:37)
---------------------------------------------
Vaqt haqida afsona....
Bir bolakay bor edi, u bilan birga vaqt ham yashardi.
Bolakay vaqt bilan birga har narsaga ulgurar, vaqtini quvnoq ötkazardi. Vaqtning u bilan birga futbol öynashga, multfilm körishga ovqatlanishga, aylanishga, xarxasha qilish-u tengdoshlari bilan janjallashishga doim imkoni bölardi.
Ha, avvaliga shunaqa edi....
Keyinchalik bolakay ulg'aydi. Va, vaqtning har yeridan kesishga, bölaklashga tög'ri keldi.
U ishi uchun bir bölak, döstlari uchun bir qism, sevgan qiziga bir xovuch vaqt sarflardi.
Kechqurun qöshnisiga ozroq, dam olish kunlari kimdir bilan, yana bir nimalarga vaqtini harajat qilishga tög'ri kelardi.
Bora-bora u bilan vaqtning örtasida muammolar paydo böla boshladi.
Qilinishi kerak bölgan narsalarga vaqtning xasisligi tutar, u esa vaqtsiz hech narsa qila olmasdi....
Kunlardan bir kun ohirgi soat, uning ohirgi soniyalari, umrining sönggi damlari yetib keldi, endi vaqt, deyarli yöq edi.
Kesilgan, maydalangan vaqtdan atigi kichikkina bir bölakcha qolgandi.
Shunda uning ög'li keldi:
-'Dada, parkka aylantirgani olib boring....'
U:
-'Ög'lim, vaqtim yöq....'
Va, bir kun otasi qöng'iroq qildi:
-'Nega kelmay ketding, anchadan beri qöng'iroq ham qilmaysan!!!'
U:
-'Ota, vaqtim kam....'
Unda endi vaqt yöq edi. Uning vaqti tugab bitgan. Vaqt soati yetgan edi....
Afsonaga ajratilgan vaqt ham tugadi.
Döstlar, köp köringan vaqtimiz ham tugaydi, uni kesishda, bölaklashda shoshilmang, har narsaga yetishi uchun ulguring. Bekorga vaqtni sarf etmang. Shu afsonani öqishga ketgan vaqtingizni olganim uchun uzr va rahmat aytaman....

Добавлено (03-Фев-2013, 04:39)
---------------------------------------------
Vaqt topib tarjima kiritaman deb Nusrat akaga va'da bergandim, bu oxirgisi))
Bu ham odnodagi 'Прочти' gruppasidan tarjima qilingan))

 
nusrat8182Сана: Якшанба, 03-Фев-2013, 15:48 | Изох # 21
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 320
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 328
Холати: Хозир йўқ
Rahmat Janob Mauri,(yoshligimda tv.dagi yozuvlarni o'qiyolmay ohiri 5 yoshimdayoq harf tanib savodim chiqan ekan,endi ruschani o'rganaman shekilli)

Kutmoq va umid qilmoq kerak...
 
GULI_NURСана: Сешанба, 26-Фев-2013, 14:37 | Изох # 22
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
Once a lady having conversation with her husband asked:
- Why do you love me?
- I can't tell the reason but I really love you.
- No, I want you to tell the reason.
- Ok, ok erm..... Because your smile, because your care,
because your sweet voice, because your every movement. I love you!
The woman was happy about her husband's words.
Unfortunately a few days later the woman had an accident and went in comma.
The man left a letter by her side. Here is the context:

Добавлено (26-Фев-2013, 11:33)
---------------------------------------------
"Darling because of your smile, I love you, now can you smile? No, so, I don't love you. Because your care I love you now can you show it? No, therefore I can't love you. Because of your sweet voice. I love you, now can you speak? No, so I don't need to love you. Because of your every movement. I love you now can you move? No, so there is no reason for love you"

Добавлено (26-Фев-2013, 11:39)
---------------------------------------------
If love needs a reason like now there is no readson for me to love you. Does love need a reason? No, therefore I still you love.

Добавлено (26-Фев-2013, 11:45)
---------------------------------------------
Immature love says: I love you because I need you!!!
Mature love says: I need you because I love you!!!

Добавлено (26-Фев-2013, 12:59)
---------------------------------------------
Bir kuni honim eri bilan suxbatlashib ötirganda söradi:
- Nimaga siz meni sevasiz?
- Men sababini aytolmayman lekin haqqattan seni sevaman.
- Yöq men sababini aytishingizni hohlayman.
- Xöp, xöp mmm..... Sening kulguying tufayli, sening e'tiboring tufayli, sening shirin ovozing tufayli, sening har bir hatti-harakating tufayli. Men seni sevaman!
Ayol hursand edi erining sözlaridan.
Afsuski bir necha kunlardan söng ayol avariya böldi va kommaga tushib qoldi. Er xat tashlab ketti. Mana mazmuni:

Добавлено (26-Фев-2013, 13:18)
---------------------------------------------
Azizim sening kulishing tufayli men seni sevaman, hozir sen kulomisana? Yöq shunday qilib meni seni sevmiman.
Sening e'tiboring tufayli men seni sevaman, hozir buni körsata olmaysanmi? Shuning uchun men seni seva olmayman.
Sening shirin ovozing tufayli men seni sevaman, hozir sen gapira olmaysanmi? Yöq shunday qilib men seni sevishimga hojat yöq.
Sening har bir hatti-harakating tufayli men seni sevaman, hozir sen harakatlana olmaysanmi? Shunday qilib seni sevishga sabab yöq"

Добавлено (26-Фев-2013, 13:32)
---------------------------------------------
Agar sevgi yoqtirish sababiga muxtoj bölsa, hozir seni sevishga sabab yöq. Sevgi sababga muhtojmi? Yöq, shunday qilib meni seni haliyam sevmiman.

Добавлено (26-Фев-2013, 13:37)
---------------------------------------------
Yetilmagan sevgi aytadi:
Men seni sevaman senga muhtojligim tufayli!!!
Yetilgan sevgi aytadi: Men senga muhtojman seni sevganim tufayli!!!

 
BahоdirСана: Пайшанба, 28-Фев-2013, 03:21 | Изох # 23
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 313
Холати: Хозир йўқ
Manda GARRI POTTER NING 5TA KITOBINI O'ZBEK VA RUS TILIDA TARJIMASI BOR (elektron versia).O'zbek tiliga tarjimani harbiy tarjimon Dolimov Shokir qilgan.manbani ssilkadan yuboriwim mumkin

"cerca trova"
(izlasang topasan)
 
GiyosСана: Сешанба, 30-Апр-2013, 01:24 | Изох # 24
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
To’rt kapalak.

Bahor edi. Yorqin quyoshjon yoritib turibdi. Maysazorda gullar bo’y rostlagan. Ular ustida 4 ta kapalak uchib yurishibdi: qizil kapalak, oq kapalak, sariq kapalak va qora kapalak.
To’sattan katta qora qush uchib keldi. U kapalaklarni ko’rdi va ularni yeyishni hohladi. Kapalaklar hurkib ketdi va gullar ortiga yashirinishdi. Oq kapalak moychechakka berkindi. Qizil kapalak – lolaqizg’aldoqga. Sarig’i – qoqio’tga. Qorasi esa – daraxtni shoxiga berkindi. Qush uchdi, uchdi, lekin kapalaklarni ko’rmadi...
(Boshidan o'qib, bir chetdan tarjima qildim. Ma'nosini mana bunday tushundim. Hamma jonzot, qanchalik kuchsiz bo'lmasin. O'zini himoya qila oladigan darajada yaratilgan).

("aqllilar" saytidan)

Добавлено (26-Апр-2013, 16:40)
---------------------------------------------
Men doimo birgaman!

Tun. Sokinlik. Deraza tokchasi va qiz. Shunchaki o’tirib, nimalar bo’lganini eslayapti. O’tib ketgan? Uning uchun hammasidan qutilishi kerak. Uni unitishi uchun, nimadir halaqit berar edi. Qo’ng’iroq:
Qiz: - Allo...
Yigit: - Salom An’ka. Men senga qo’ng’iroq qilayotganim, men seni sevaman va qo’yib yuborishni hohlamayman.
Qiz: - men.... men.... men... seni sevaman.
Yigit: - Quyoshcham, derazadan qaragin.
Qiz: - Bu senmi, qadrdonim mening...

Yigit balonchadagi bo’yoqni ushlab turardi... yerga esa bo’yoq bilan “Men doimo birgaman” deb yozilgandi.

Qiz: - Juda ham chiroyli, bolakay*.., rahmat kattakon*.
Yigit: - Maylimi sening yoningga chiqsam?
Qiz: - Albatta, shuni ham so’raysanmi...

Yigit qizning uyiga chiqdi, unga qaradi, va aytdi:
Yigit: - Bilasanmi? Men sensiz o’zimni ko’ra olmadim, kel doim birga bo’lamiz? Men seni qo’yib yuborishni hohlamayman...
Qiz ko’z yoshi bilan: - men bu so’zlarni uzoq kutgandim.**

Bir oy o’tdi...

Yigit qandaydir jahldor, asabiy, qo’pol.
Qiz yigit bilan gaplashib olish qaroriga keldi:

Qiz: - Azizim, nima bo’ldi?
Yigit: - Yo’q.
Qiz: - Mayli. Yaxshi.
Yigit: - To’xta! Bilasanmi.. men seni sevmay qo’ydim...

Qiz sekingina kulib qo’ydi... janjal qilishni, baqirishni hohlamadi va hammasi bo’lib uch so’z aytdi: “Ketaver. Men seni ushlab turmayman”... Yigit jimgina narsalarini yig’di, xayrlashish uchun qizni o’pdi va eshikni yopmadi, faqatgina chiqishidan oldin bir bora o’grilib qarab qo’ydi. Va ketdi.
Og’riq. Yo’q, og’riq yo’q.... yechim, voqealar uning boshida aylanardi.
U ketdi, nima uchun? Sevmay qo’ydi...

Qiz balkonda turibdi, eshitayapti, yomg’ir tomchisi pastga qanday tinch tushayapti.
U uchun, yerdagi uni yozuviga qarash og’riqli... “Men doimo birgaman”.
Uning fikri: - Sen ketding... hayot tugadi... kechir.
Men hohlardimki, sen baxtli bo’lishingni... sen ketding o’shani yoniga, qaysidir sevganingga...
Qiz derazani ochdi va pastga yiqildi. U jonsiz yotardi, uni yonida azizi bo’yoq bilan yozgan yozuv: “Men doimo birgaman”.
Yigit bu voqealardan xabar topdi, shunday tez, tez yetib keldiki, imkoni boricha, lekin kech bo’lgandi. Qizni yuragi urishdan to’xtagandi, u hozircha pastda uchib yurgandi. Yo’q. Qo’rquvdan emas... sevgidan, zaiflikdan... uni fikricha hech kimga kerak bo’lmaganlikdan*...
Hudoyim, mening yozuvim – o’yladi yigit, “Men doimo birgaman”...
Yigit eshikni o’ziga yopmaganini esladi. U uyga chiqdi va qotib qoldi, axir bir oy oldin, u qizga: - “Kel doimo birga bo’lamiz” deb aytmaganmidi? Yigit qo’yib yubordi, yiqildi, yig’ladi...
U bilan tobut yonida uzoq turdi, keyin uning lablaridan o’pdi va aytdi:
- Qo’yib yubormayman!
Shu payt unga kimdir tegindi...
Bu An’ka edi.
Yigit: - Sevgilim meni, qadrdonim, bu tush: )
Qiz: - Ha, sevgilim, xayrli tong : )
Yigit kuldi va aytdi: “Men hech qachon seni tashlab qo’ymayman!” ... Shu tushdan so’ng u juda ham kuchli o’zgardi, uni hech qayerga qo’yib yubormadi.
“Men doimo birgaman”, “Qo’yib yubormayman”, “Hech qachon tashlab qo’ymayman”.

(Odnoklassnikidagi ruscha guruhlardan olib, tarjima qilindi.)

Добавлено (26-Апр-2013, 17:17)
---------------------------------------------
Do’stlik.

Ikki do’st... Shunaqangi yaqin qadrdonki, huddi aka ukalardek. Bir qizni sevish qolishgandi. Biri bilardi, do’sti bir qizni sevadi va boshqasi bilardi, bir qizni sevishini. Lekin ular bilishmasdiki bir qizni sevishlarini va aynan usha qizni sevishlarini. Bir kuni ular qizdan qo’lini so’ragani ketishdi... Ular turli vaqtda borishdi... Qiz birinchisiga aytdi: “Anavi tog’ni ko’rayapsizmi...”, yigit aytdi: “Ha, ko’rayapman...”. Qiz aytdi: “Soat kechki 12 da, usha yerda mash’ala yoqishingiz kerak....Shuni qilsangiz, men sizniki bo’laman... Agar yo’q desangiz, demak yo’q”. U ketdi. Ketidan ikkinchi yigit keldi, u ham qizdan qo’lini so’radi... Qiz unga aytdi: “Soat kechki 12 da, anavi tog’da mash’ala yoqilgan bo’ladi, agar siz ushani o’chirsangiz, men siznikiman...” Yigit rozi bo’ldi...
Vaqt o’tdi... Soat 12 da birinchi yigit mash’ala yoqdi... 12:05 bo’lganda ikkinchi yigit keldi... Do’stini ko’rdi va so’radi: “Qadrdonim mening, sen bu yerda nima qilayapsan?”. U qizni qo’lini so’raganini va qizni shartini bajarayotganini aytib beribdi. Ikkinchi yigitdan so’raganida, u unga quydagicha javob beribdi: “Men sening oloving o’chib qolmasligini qo’riqlashga, yordam bergani keldim”...

(Odnoklassnikidagi ruscha guruhlardan olib, tarjima qilindi.)

Добавлено (28-Апр-2013, 00:29)
---------------------------------------------
Telefonda kirish qo’ng’irog’i:
- Salom. Sevgilim men senga bir narsani aytishni istayotgandim ... oldirib tashla.
- Sen meni tushunayapsanmi?
- Menga hammasi baribir, sen buni tushunmayapsan sheklli?
- Lekin men...
- Menga hammasi baribir!
- Men bugun shifokor qabulida bo’ldim...
- Ho’sh, u senga nima dedi?
- Homiladorligim tasdiqlandi, 4 oylik bo’libdi.
- Men senga qanday yordam bera olaman? Menga muammo kerak emas, oldirib tashla!
- Aytdim, endi kech ekan. Men nima qilay?
- Meni telefon raqamimni unut!
- Qanday unutay? Allo, allo!
- Abonent xizmat ko’rsat....

3 oy o’tdi...
- Salom bolakay!
- Salom, sen kimsan?
- Men sening Qo’riqchi Farishtangman.
- Sen meni kimdan qo’riqlaysan? Men shu yerdaman, va bu yerdan hech qayerga siljimayman.
- Sen juda ham kulgulik ekansan! Bu yerda seni ahvollaring qanday?
- Men yaxshiman! Mana mening onam negadir har kuni yig’laydi.
- Bolakay, hafa bo’lma, kattalar doimo nimadandir norozi! Sen asosiysi, ko’proq uhla, kuch to’pla, bular hali senga as qotib qoladi!
- Sen meni onamni ko’rganmisan? U qanday?
- Albatta, men u bilan doimo yonma yonman! Sening onang chiroyli va juda yosh!

2 oy o’tdi.
- Farishta, sen shu yerdamisan?
- Albatta, shu yerdaman.
- Nimagadir bugun onam juda yomon. Kun bo’yi yig’layapti va o’zini o’zi so’kayapti!
- Sen unga ahamiyat berma. Hali oppoq yorug’likni ko’rishga tayyor emassan.
- Balki, alaqachon tayyorman, lekin juda qo’rqayapmanda. Onam meni ko’rganda, juda hafa bo’lib ketmaydimi?
- Nima sen, u albatta hursand bo’ladi! Sen qanaqasan, shunday bolani ham yoqtirmay bo’ladimi?
- Farishta, u yer qanday? Qorindan tashqarida, qanday hozir?
- Bu yerda hozir qish. Yer yuzasi hamma yog’i oppoq-oppoq va chiroyli qor parchalari yog’moqda. Sen yaqinda hammasini o’zing ko’rasan!
- Farishta, men hammasini ko’rishga tayyorman!
- Qani! Bolakay, men seni kutaman.
- Farishta, menga og’riqli va qo’rqinchili! Voy, oyijon, og’riqli qandaydir! Voy, hech bo’lmaganda kimdir yordam bersin... Men bu yerda bir o’zim nima qila olaman? Yordam beringlar, og’riyapti...

Bola juda tez tug’ildi, hech kimni yordamisiz. Balki, bola onasiga og’riq berganindan qo’rqgandir. Bir kun o’tdi, kechasi, shahar chekkasi, yashash manzilidan uzoq bo’lmagan joy.

- Sen, o’g’lim, mendan ranjimagin. Hozir zamon shunaqa, mendakalar bitta emas. Men sen bilan qayerga ham borardim? Mening hayotim hali oldinda. Senga esa baribir, sen shunchaki uhlaysan, va hammasi...
- Farishta, onam qayerga ketdi?
- Bilmadim, havotir olma, u hozir qaytadi.
- Farishta, nima sababdan sening ovozing bunday? Nima sen, yig’layapsanmi? Farishta, onamni shoshiltir, iltimos, menga bu yer sovuqlik qilmoqda.
- Yo’q, bolakay, men yig’lamayapman, senga ko’rsataman, men hozir uni olib kelaman! Sen esa faqat uhlama, yig’la, balandroq yig’la.
- Yo’q. Farishta, men yig’lamayman, onam menga aytdi, uhlashim kerak ekan.

Bu vaqtda yaqin 5 qavatli uyda, bir xonadonida, er va xotin bahslashishmoqda:

- Men seni tushunmayapman! Qayerga ketayapsan? Ko’cha alaqachon qorong’u! Sen shu shifoxonadan kelgandan keyin chidab bo’lmaydigan bo’lib qolding! Azizim, biz bundaylardan bittamasmiz, minglab oilalarda bepushtlik tashxisi bor. Ular qandaydir qilib yashamoqdaku.
- Men sendan o’tinib so’rayman., iltimos, kiyin va ketdik!
- Qayerga?
- Men bilmayman qayerga! Shunchaki sezayapman, men qayergadir borishga majburman! Ishon menga, iltimos!
- Yaxshi, oxirgi marotaba! Eshitayapsanmi, bu oxirgi marotaba men sen bilan aylangani chiqishim!

Eshikdan ular chiqib kelishdi. Oldinroqda ayol tezroq yurib ketmoqda. Uni orqasidan erkak kelmoqda:
- Sevgilim, mendan shunday o’ylayapman, sen boradigan joyingni avvaldan biladigandeksan?
- Sen menga ishon, lekin meni kimdir qo’limdan ushlab olib ketayapti.
- Sen meni qo’rqitmoqchimisan? Va’da ber, ertaga kun bo’yi uyda yotasan. Men shifokoringga qo’ng’iroq qilaman!
- Jim... eshitayapsanmi, kimdir yig’layapti?
- Ha, narigi tomonda bola yig’isi eshitilmoqda.!
- Bolakay, balandroq yig’la! Sening onang adashtirib qo’ydi, tez orada u seni topadi!
- Farishta, sen qayerda bo’lding! Men seni chaqirdim! Menga juda ham sovuq!
- Men sening onangni yoniga borgandim! U hozir shu yaqinimizda!
- O, Hudoyim, bu axir rostdan ham chaqaloqku! U juda ham sovuq qotibdi, tezda uyga olib borishimiz kerak! Azizim, Hudoyim bizni bolakayni yoniga yuboribdi!
- Farishta, mening onamni ovozir o’zgaribdi.
- Bolakay, o’rgan, bu sening xaqiqiy onangni ovozi!

(Odnodagi ruscha hikoyadan tarjima qildim)

Добавлено (30-Апр-2013, 00:24)
---------------------------------------------
KETDING...

- Salom!
- Nu salom…
- Tanidingmi?
- Ha, albatta…
- Ishlaring qanday?
- Meyyordagiga o’xshaydi… senda qanday?
- Men? … nu har doimgidek…
- Meni hech kim eslamayapti…
- Eshit, sen bu fikrini tashla!
- Nimaga?
- To’g’risi, sen meni yetarli charchatding…
- Kechirsan…
- Mayli, hech qisi yo’q. Bugun nima bilan shug’ullanayapsan?

Qiz ko’z yoshlarini yostiqga berkitdi.

- Shuchaki hech narsa bilan..
- Nima sen, yana yig’layapsanmi?
- Yo’q… Hammasi yaxshi…
- Ha, hop… men eshitayapman… eshit, sen agar to’xtatmasang, unda men sening oldinga gaplashib, to’xtatgani boraman… senga yaxshi bo’lishi uchun.
- YO’Q! Hammasi joyida…

Qiz bor kuchi bilan ovozini tinchlantirib gapirishga harakat qildi.

- Mayli…

Suhbat bir soatlar davom etdi. Bu vaqt davomida qiz qiyin bo’lsa ham tinch gapirdi. Va buni ozmi ko’pmi uddaladi.

- Hop nima ... nima bilan shug’ullanmoqchisan?
- Ehtimol, hech narsa bilan... – javob berdi qiz, shu joyda gapini to’g’riladi. – Garchi yo’q... Ehtimol, qizlar bilan aylangani borarman...
- Bu boshqa gap... Eshit, men tushunaman, nima senga yomon va o’zing ko’rsayapsan, barcha kuchimni senga yordam berishga qaratayapman. HAR KUNI qo’ng’iroq qilaman! Sen meni tushunishga majbursan...
- Men seni tushunayapman... Gap bunda emas, nimagaki sen meni sevib qololmaysan, men esa seni sevmay qo’ya olmayman...
- Bo’ldide... Mayli, ko’rishguncha!
- Ko’rishguncha!

Qiz ancha vaqt go’shakni qo’yamadi, qachonki u tomondan qisqa gudoklar eshitilmagauncha.
Bu yerda qiz endi chiday olmasdi. U kravatga yotdi, boshini yostiq orasiga tiqib oldi va ho’ngrab yig’lay boshladi. Yana hiq-hiq yig’i ovozi, ho’ngrab yig’lash, yostiqga mushtlaganida chiqqan tukillagan ovozi...

NAHOTKI DOIMO SHUNDAY DAVOM ETSA??!!

Qiz taxminan yarim soatlar orqasi bilan yotdi va tepaga qarab, nursiz ko’zlaridan yosh oqiza boshladi.

U lablari bilan bir so’zni takrorlardi: “Nima uchun?...”
Doimiy jazavalaridan charchadi, juda charchadi, ota-onasi va do’stlari ko’rganda u juda ozib ketganidan qo’ruvga tushishardi. Qiz yeyish va ichishi kerakligini unutgandi... “Kulgu” so’zi uning miyasidan bir umrga o’chirilib ketdi! Uning hayoli faqat bir gapda: “Nima uchun men uni sevmay qo’ya olmayman? Nima uchun u meni sevmadi?”

Har kuni, bir hil kun tartibi qaytrilardi: ertalab- yig’i, kunduzi- unga qo’ng’iroq, yana yig’i, kechasi- parkda sayr, yig’i....
Ota-onasi hech narsa qilolmadi, qiz bu holatda, har doim ,agar ular aralashishsa doim o’zini o’ldirmoqchiligi bilan qo’rqitdi...

- Men o’zim hal qilaman...
Salgina tinchlandi, qiz kravatidan turdi, eski djnsisini zo’rg’a kiydi, aynan unga yoqgan, oq-qora futbolka, ryukzakini oldi va ko’chaga chiqdi, ota-onasiga biror so’z aytmadi. Bekatga yaqinlashdi, u cho’ntagini bir muncha vaqt titkilab, g’ijimlangan 10 rubl topdi. Marshrutkaga o’tirdi. Maydongacha bordi, u parkga qarab yurdi. Atrof to’la odam. Aftidan qandaydir bayram bo’layapti. Teatr binosida “Shahar kuni bilan!” degan yozuv bor. Qizga hammasi baribir. U parkni ichkarirog’iga kirdi, bo’sh o’rindiq topdi va o’tirdi. Uning sevimli mashg’uloti osmonga qarash edi....

“Yigit”

U kompyuterda o’tirardi, har zamon mobil telefoniga qarab qo’yadi, aftidan qo’ng’iroqni kutayapti. Ha, xaqiqatdan ham u qo’ng’iroq kutayapti. Qo’ng’iroq, tanishganiga uncha ko’p bo’lmagan qizidan. Uning ismi Vika. Unga, bir qarashda bu sevgi nimaligini ko’rsatdi... U, faqat uni ko’rganda, birinchi yuragi to’xtaydi, undan keyin yuqori tezlikda urib ketadi.
“BU O’SHA! O’SHA! Mening orzuyimdagi qiz! – yigitni boshida aylanardi, va u, o’zing hamma kamtarliklarini unutdi, unga teginchog’likni boshladi, shundan keyin undan ikkalasi shahar kuniga borishini so’radi.. va qiz rozi bo’ldi! Bu shunchaki omad bo’ldi!

Unga ertalab qo’ng’iroq qildi, u so’radi:
- Qani, bugun aylangani ketdik?

Va qiz, kechki payt qo’ng’iroq qilib aytishga va’da berdi.

Va mana, oxiri, u yetishdi. Qo’ng’iroq bo’ldi, va u ekaranda “Vikusha” qo’ng’iqor qilayotganini ko’rdi.
Uchrashuv joyi kelishildi, u kiyinishni boshladi. “Hammasi yahshi bo’ladi!”- o’yladi u va quyoshga qarab kuldi, qaysidir charog’on nuri ko’ziga tushayotganida. U ko’chaga chiqdi va yoqimli hissiyotlar bilan, qaysidir ichidan chiqayotgan, maydongacha yetdi, ular uchrashuvga kelishgan joyga bordi... U 5 daqiqa turdi, bu vaqt unga cheksizdek... U qizni ko’rdi. Qiz u bilan uchrashgani kelayapti – qanday yengil, qanday chiroyli, quvnoq... U qiz bilan uchrash uchun ozgina yurib qo’ydi. Qiz kuldi. O’zi bilmaydi, nima qilayapti. U qizning nozik badanidan ushladi va labinini qizning labiga tekkazdi. Lekin bu uzoq davom etmadi. Qiz hijolat bo’ldi, lekin hech narsa demadi.

- Qayerga boramiz? – so’radi u, ko’nglida: Unga yoqish!
- Balki parkka? – tortinib taklif bildirdi qiz.
- Qanday aytsang....

U qizni qo’lidan ushladi va ular ketishdi.

Yigit o’yladi, bu qiz haqida to’xtovsiz gapirish mumkin. Ular yurishadi va gaplashishadi: musiqa haqida, uslubi haqida... to’sattan uning miyasiga yahshi bo’lmagan fikr kelib qoldi... U o’sha kichik qizni esladi, qachondir sevgan uni.... U ko’p o’yladi, keyin bir qarorga keldi, tentakcha fikrli mo’jizali kechaga stol buyurmaydi...
“U menga hech kim!Biz ancha vaqtdan beri gaplashishimizga qaramasdan! Meni u bilan qanday ish bor?! Axir shunday mo’jiza men bilan...” o’yladi yigit va Viki qo’lini yanada qattiqroq qisdi.

- Yur, bo’sh o’rindiq qidiriamiz! – dedi Vika va yigitni park ichkarisiga olib ketdi...

Yigit kuldi va uning ko’zlariga qaradi... shunchalar ko’kki... cho’kib ketish mumkin...
Birdan uni nazarini nimadir tortdi, u umuman buni kutmagandi. Ular QIZ o’tirgan o’rindiqqa kelishdi. O’sha o’zining qizi...
Yigit miyasidan o’tinib so’radi, nimagadir uni ko’zlari uni aldayapti, va u ko’rayotgani, u qiz emas... lekin qiz u tomonga o’grildi... Hech qanday shubha... Yig’idan qizargan ko’z, ko’z atrofi qorong’u doira, ozg’in, kichkina, yordamga muhtoj, uyi yo’q mushukchaga o’xshash...

- Yo’q... Faqat bu emas! – shivirladi yigit.
- Nima bo’ldi? – so’radi Vika.
- Hech narsa... shu yerda tur... Men u bilan gaplashib olishim kerak... Iltimos faqat, yaqin kelma, o’tinib so’rayman...

“QIZ”

U o’rindiqda bir soatlar , osmonga qarab o’tirdi. U uni butun umr seva oladi.

Yoniga qandaydir odamlar keldi... U ahamiyat bermadi. Ular unga chunarsiz qarashayotgandi. – qizni boshi yuqoriga qaragandi... ixtiyorsiz ravishda ularni ko’rish uchun boshini ko’tardi... Lekin, hech narsa shubhali emas, ular yaqinroq kela boshlashdi, hayoli ketdi, u ruhiy kasaldek...
To’sattdan yurak kuchli ura boshladi... U nimadir joyida emasligini sezdi. U ko’zlarini osmondan oldi va boshini o’ng tarafga burdi. Uing yuragi bazo’r va kutilmaganda kelgan og’riqdan baqirib yuborayozdi. Unga shunchalar og’ir bo’ldiki, u baqira ham olmasdi, yoki ho’ngrab yig’lay olmasdi... U shunchaki oldinga qarab turibdi... Kuch yetmayapti... U biladiki, hozir hushini yoqotadi... U yerda YIGIT bor edi. U anchadan beri ko’rmagandi.... Lekin yigit bir o’zi emasdi!...

“Yigit”

U Vikini qo’lini qo’yib yubordi va o’rindiqqa bordi...

- Anya, o’ksinma, iltimos! Hech qanday qo’rqinchilik narsa bo’lmadi... tezda gap boshladi u. Unga, qiz o’ziga biror narsa qilib qo’yishi qo’rqinchilik edi. U qizni yuzini qo’li bilan ushladi va ko’zlariga qaradi.
Qizdan nimadir xiqillash eshitildi. Yigit uni o’ziga quchoqladi.
- Kerakmas! Tinchlan!
- Sasha, hammasi joyida!- oxiri dedi qiz, uni o’zidan yengil itarib. – Sen menga hech nimaga majbur emassan! Hammasi joyida! Men seni tushunaman...
- Hammasi yaxshiligi aniqmi?
- Aniq!- qiz o’zini kulishga majburladi.... u sevgilisini bezovta qilishni istamadi... qandaydir og’riqni u keltirmagan... – Ket! Iltimos ket! Ketsangchi!!! U seni kutayapti...
Yigit unga hayron bo’lib qaradi, lekin bahslashmadi va o’rindiqdan turdi.

- To’xta!- u yigitni qo’lidan ushladi. – aytchi, uni ismi qanday?
- Vika...
- Rahmat. Hop endi ket...

Yigit Vikani qo’lidan ushladi, ozgina yurgandan keyin yana ortiga, bu kichkinagina oq qora futbolkadagiga qaradi, u ma’nosiz tepaga qarab yotardi. Va ular ketishdi...

“QIZ”

Faqat juftlik ko’zdan g’oyib bo’lgach, qiz o’rindiqdan turdi va ketdi. Kechki payt shamol uning yuzidagi yoshlarni quritib qo’ydi...
Uyning tomiga qanday chiqib olganini qiz bilmay ham qoldi... Tominig eng chekka qirg’og’iga turdi, yig’lab yubordi. Ryukzagidan mobil telefonini oldi, u yigitga xat yubordi: “Men seni sevaman!”.

(Ruschadan Giyos tarjimasi)


Sog' salomatlik...
 
FC_PAXTAKORСана: Сешанба, 30-Апр-2013, 22:55 | Изох # 25
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
Qoil

Omad
 
  • Страница 1 из 2
  • 1
  • 2
  • »
Поиск: