[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Monolog
HushroyСана: Чоршанба, 11-Янв-2012, 17:18 | Изох # 301
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 48
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 951
Холати: Хозир йўқ
Эхх, Фазлиддин... Думбираси колиб кетибди-кууу. Тухтееен)))
 
loloshechkaСана: Чоршанба, 11-Янв-2012, 23:27 | Изох # 302
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 433
Холати: Хозир йўқ
Shu kun ham ham o'tdiya?nahot o'tdiya?nahot yakuniga yetdi?Seni oppoq libosdagi umr yo'ldoshinga topshirgan kun ham poyoniga nahot yetdi?bugun men yashadimmi?nafas oldimmi?!Yo'q,men achinmayman...achinmayman seni uchratganimga,bugungi kunga ham achinmayman,achinolmayman!!!Seni oppoq libos kiygan umr yo'ldoshing yonida ko'rgan yuragim bilasanmi nima dedi: "Unga boq,unga qara-uni endi uchratmaysan ham...toki shunday boqginki,yosh to'lgan ko'zlaring uni ko'ray demasin".Shu oppoq libosdagi yoringning o'rnida bo'lishni naqadar istagan edim,naqadar...Men bu kunga chiday olmayman degan edima,qara chidadima,qara sensiz ham yashayapmana...men yashayapman,lek qalbimchi?qabim...bu majrux va mungli qalbimga da'vo bormikan?seni o'zgaga topshirgan qalbim,endi yasharmikan?yashay olarmikan!
Mayli,qayerlarda bo'lsang ham,mayli o'zga sening yori bo'lsa ham...sen "Baxtli"ekaning menga yetadi..."Xattoki qadax quysang ham to'ldirib zaxar,ichib yuborgum senga baxt tilab"

Добавлено (11-Янв-2012, 22:27)
---------------------------------------------
PS.Fazliddin,zo'r chiqibdi,qoyil,qofiyalarini mos keganini qarang smile


Baxt-bu qalb hotirjamligidir
 
LoadingСана: Чоршанба, 11-Янв-2012, 23:33 | Изох # 303
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Ofirin! Ofarin! loloshechka! Qoyilman. Lekin hayotizda bu voqia uchramasin.

Faqat 3 ta shart!
 
YoJiKСана: Пайшанба, 12-Янв-2012, 00:39 | Изох # 304
Рўйхатда
Гурух: VIP
Изохлар: 20
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1189
Холати: Хозир йўқ
Bugun yana o'sha tun!
Borliqni qamragan qahraton qish...U kungidan farqli o'laroq qor o'rniga daydi shamol kezib yuribdi...huddi menday daydi...va maqsadsiz! Ketayotgan manzilidan na darak bor na kutib olguvchi...
Ex shamol, bugun tunda sirdoshim bo'lmoqchimisan? Bo'g'zimda turgan qaynoq yig'ini, yuragim tubida alamlarimni qay manzilga olib borasan?
Kecha dardlarimga Qor sirdosh bo'lgan edi...u xam chidamidimi, bilmadim...bugun erib ketdi.
Bugun sen menga dardkashsan.
Bilaman...ertaga sen xam nomalum manzillar tomon yo'l olasan! Lekin, shu bugun bag'ringni ber! Senga burkanib, quchog'ingda dardlarim arisin. Yelkanga bosh qo'yib to'yib yig'lay!
Sendan boshqa yelka tutib beradigan mehribonni ko'rmayapman.
3 yil avval suyanganim, ishonganim va erkaliklarimni ko'taradigan tog'im bor edi...hozir uni o'zi yelkalarimga extiyoji bor!
Esimda oliygohda birinchi sessiyada matematikadan domlam 3 qo'ygan, uyga borishga uyalib kafedra ewigini tagiga o'tirib olganman.
Kech tushib, qo'rqqanimdan uyga borganman. O'shanda "ha qizim madoring yo'qmi" deganlarida bag'rilariga o'zimni otib ho'ng-ho'ng yig'laganman. "Qo'rqitma, gapir" deb ko'zlarimga qaraganlarida "domlam 3 qo'ydi, yuzizga qarolmayman"deb yig'laganman. Kulib turib "domlen 3 qo'ygan bo'lsa, man 5qöyib beraman" deb yupatganlar.
O'shandagi muammoni eng kotta muammo deb o'ylaganman!
Lekin muammolarimga qarshi turadigan Tog'im boridi, yiqilsam ohista ko'taradigan, qoqilsam suyaydigan...
Hozir tog'im ko'z oldimda nurab bormoqda, alam qiladigani, yuraklarim "Doood" deb yig'laydigani - qo'limdan hech yordam kelmaydi. Ularga suyanch, tirgak bo'lomiman!
Ko'rgin shamol yig'layapman...lekin yonimda sen ham yo'qsan... Ko'tarolmading-a? Ana yomg'ir ham boshlandi...
Yo'q, adashibman...bu yig'layotgan shamol ekan.


В мире много всего вредного...вот Я, например!

Изохни тахрирлади (ўзгартирди) YoJiK - Пайшанба, 12-Янв-2012, 12:28
 
LoadingСана: Пайшанба, 12-Янв-2012, 00:56 | Изох # 305
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Loading . . . Qalamingni qo'y endi. Qara. So'z jozibasini. O'qigan ko'zlar qayta o'ydi. O'rtangan yurak, yana so'ridi. Qara dardlar chizilgan bo'yoq ranglarda. Mehirni sozdilar qora qalamda. Ko'rinar tuyg'ular parda ortidan. Manolar ko'rinar turma qatorlab.
Sevgisin yoniga o'zgani qo'yib, oq libos kiydirib bermoqda bazm. Kim esa shamolga boshini qo'yib. Kulib qaraydi azal zamonga.
Qo'y yetar Loading... Biroz tin olgin. Ko'p o'qi so'ngida bir so'z aytolgin.


Faqat 3 ta shart!
 
YoJiKСана: Пайшанба, 12-Янв-2012, 01:39 | Изох # 306
Рўйхатда
Гурух: VIP
Изохлар: 20
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1189
Холати: Хозир йўқ
yawang loadingjon!

В мире много всего вредного...вот Я, например!
 
HushroyСана: Пайшанба, 12-Янв-2012, 01:41 | Изох # 307
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 48
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 951
Холати: Хозир йўқ
Войей, жон-жон))
 
DilnozaСана: Шанба, 14-Янв-2012, 04:20 | Изох # 308
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
Keladi ketadi quvonch, shodlik, g'am, alam. Umr òtadi indamay. Òylab qolaman bazida, xayot òzi nima degani? Umr òtadi. Nima bòladi? Mano nima ekan undan?... Javob xam bor aslida. "Dunyoga kelish ketish orasida sinov" turadi lekin sinovdan boshqa xayot nima mano beradi? Kimlar havas, kimlar xasad qiladi. Menda nima kòp-u ularda kam? Buni ular biladi. Gòyo jonsiz qòg'irchoq tana. Dunyolarda sarson yuradi. Baxt xam bir qarab chetlab òtadi. Keladi ketadi u xam. Xasad yoki havas qilishga arziydimikan? Menda nima kòp-u ularda kam? Balki ularda yòqdir shu xam. Balki tinch yolg'iz xayot arzir xasad yoki havas qilishga. Kimlar keldi kimlar ketdi. Kimdir sevdi, biri òyinchoq qilmoqchi bòldi. Sevgisi rad bòldi. Biri qarg'ab baxtsiz bòl desa, biri yuzaki bòlsada baxt tilab ketdi. Òtar umr òtadi yillar. Balki men xam baxtli bòlarman. Baxtim topmasam afsus qilmayman. Balki shunday yolg'iz qolaman. Rad etsam xam sevganlarni, aldamagan bòlaman yolg'on sevgi, vada bilan ularni. Kimlarnidir sevgisini xor qilgan bòlsam, boshimdan òtar balki meni xam. Ayblamayman xor qildi deb sevgimni. Demak OLLOH yolg'izlikda bitgan meni taqdirimni. Umr òtar... Yillar òtadi... Men albatta baxtim topaman va qabrimda armonsiz yotaman.

Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
 
LoadingСана: Шанба, 14-Янв-2012, 06:34 | Изох # 309
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Man bu monologni naxotki shunchaki kuzatsam? Yo'q. Ajoyibligini tan olaman.

Faqat 3 ta shart!
 
mirandaСана: Шанба, 14-Янв-2012, 23:52 | Изох # 310
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 94
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 146
Холати: Хозир йўқ
Dilnoza qatdan shuncha maxorat. Monologiz bolipti ajoyip san'at. Biz bn baxam ko'rganiz un raxmat. Yana shunday monologlar kutgaymiz albat. Tez tez yozip turing faqat.
 
YoJiKСана: Якшанба, 15-Янв-2012, 00:36 | Изох # 311
Рўйхатда
Гурух: VIP
Изохлар: 20
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1189
Холати: Хозир йўқ
Shu xam onami? Bir o'g'il bölsa farzanding, atigi bir dona! U xam bulsa 20yilda berilgan sen uchun gavxar! Naxot uni arzon topding, Ona? Naxot bugungi ko'z yoshlari birgina eshiging qulfiga arzimasa? Yashashdan maqsading nima? Boylik? Noz ne'mat? Hashamatli saroymi? Baht sen uchun nimadan iborat?
Yig'layotgan bolangni nolasiga quloq sol...uvvos tortayotgan bu chinqiriqda nima dard yashiringan!
Balki u qarg'ayotgandir...yo'q, senimas...uzini, bolaligini, onani yonida ojizligini! Taqdirini lanatlab, tug'ilgan onlariga qora toshlar otayotgandir.
Balkim tug'ilayotganda bir olam quvonch bilan tushgan...uzoq yillar tug'ilgan farzand!!! Uning ustiga O'g'il! Ham onani "tug'mas" degan tamg'adan qutqargan, ham otani zurriyodi...
Etgancha...Ota nomiga sazovor bulgan ul badbaht qani?
Qani ayolini yuziga qarashga ham qo'rqadigan "erkak"? Noming o'chgur aroqqa mukkasidan ketib, yotgandir biror yo'l chetida...
Hechnimadan habarsiz... Qayoda, habari xam bor...faqat uyam ayolidan qo'rqadi. Sababi ayol oila boshlig'i, zaqqumiga yutadigan arog'iga pul beradigan, ichib kelganda kurakda turmaydigan suzlar bilan sukib, kaltaklaydigan, kechalari eshikdan mushukni otib yuborganday otadigan -ayoli.
Erkak nomiga dog' tushirgan -er va ayollikdan zarracha bulsa ham nom nishoni yoq ayol. Urtada qay bir tarafga ishonishini bilmay, yuraklari janjaldan bezigan -farzand!
Uyidagi eshikni buzuq qulfini deb maktabga ham bormaydigan, yomg'ir yoqqanda qimmat tufligini loy qilmaslik uchun bolalar bilan uynagani chiqmaydigan, bolaligini shirin xotiralarini azob uqubatlar, taxqirlawlar va qiynoqlarga almashgan go'dak!
Doim shu bolachani ko'rsam ko'zlarimni olib qochaman...
Huddi menga "har kun ko'rib, bilib, eshitib turib biror og'iz so'z demagansiz, siz ham onamni bir turisiz, nafratlanaman barchangizdan" deydiganday tuyuladi...


В мире много всего вредного...вот Я, например!
 
SmartDentСана: Якшанба, 15-Янв-2012, 01:20 | Изох # 312
Энг қадрли форумдош!
Гурух: VIP
Изохлар: 211
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 1093
Холати: Хозир йўқ
Judayam ta'sirli chiqibdi,FERUZA yana kutib qolamiz

Добавлено (15-Янв-2012, 00:20)
---------------------------------------------
Judayam ta'sirli chiqibdi,FERUZA yana kutib qolamiz


Если хочешь, чтобы жизнь тебе улыбнулась,сначала сам улыбнись жизни:)
 
YoJiKСана: Якшанба, 15-Янв-2012, 01:38 | Изох # 313
Рўйхатда
Гурух: VIP
Изохлар: 20
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1189
Холати: Хозир йўқ
p/s: qöwnim haqida edi

В мире много всего вредного...вот Я, например!
 
FeruzaСана: Якшанба, 15-Янв-2012, 01:38 | Изох # 314
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 268
Холати: Хозир йўқ
Monologlarga gap yuq.
Tengdoshim,ottoshim Yojikxon manalogiz zur chiqipti raxmat.Judayam qayg'uli ekan. Ijodlarizga omad tiliyman yozib,sira chrchamanglar.




Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Feruza - Якшанба, 15-Янв-2012, 01:41
 
YoJiKСана: Якшанба, 15-Янв-2012, 01:56 | Изох # 315
Рўйхатда
Гурух: VIP
Изохлар: 20
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1189
Холати: Хозир йўқ
rahmat Feruza

В мире много всего вредного...вот Я, например!
 
DilnozaСана: Якшанба, 15-Янв-2012, 04:31 | Изох # 316
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
Ooo Yojik men xam shunga òxshash bittasini bilaman. Zòr chiqibdi. Omad.

Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
 
LuCkYСана: Якшанба, 15-Янв-2012, 20:42 | Изох # 317
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 72
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 30
Холати: Хозир йўқ
Это же я... Да, изменилась, и, наверное, навсегда...Я очень ждать тебя устала, но ждала! Мне твой холодный, мерный взгляд не оправдать, Ты просто рад...Ну как она? Слышала, впрочем, у тебя теперь семья...Хочешь узнать? И я, конечно, не одна.
Было бы проще отпустить, Это игра. Только расставшись улыбаться...Как дела? А девочка с фото так похожа на тебя.И не по правилам игра, Всё за что бился - это я. Останься огнем,Пролейся дождем,На секунду, на целую жизнь Оставайся...
 
DarkСана: Душанба, 16-Янв-2012, 07:23 | Изох # 318
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 159
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 612
Холати: Хозир йўқ
3MSC (Tres metros sobre el cielo)

Tasodifan ro‘y bergan hodisalar ko‘pincha insonga baxt keltirishi haqiqatmi? Mening birdan-bir zarur ehtiyojlarimdan eng zaruri – SeN!

Men xayolda uchkur ot kabi, uchmoqni ko‘zlayman, osmondan 3 pogona balandroqqa... Sadoqat birgina shirin so‘zing yolg‘izlik azobida asir bo‘lgan dilimni kelajak sari safarbar etsa, ovutsa deyman.
Lahza sayin minglab orzular og‘ushida kezinaman. Goho sevinsam, zum o‘tmasdanoq siqilaman. Huvillab qolgan qalbimni, bo‘shliqdan iborat hayotimning bir maromga tushib olishini sendan bo‘lak kim ham eplardi deysan?... Hech kim! Hech qachon! Shu ko‘yi dilimga malhami dori izlab kitob titkilaymi...???
She’r avval ichimda, so‘ngra tilimda aylangani-aylangan:

- Sensiz quyoshim chiqmasdan botdi,
Qishning oqshomida yuragim qotdi.
Qanotli qalbimining «oh»in eshitdim,
Uni kim yig‘latdi, uni kim otdi...

- Takdirning ovchisi burchdir, yolg‘izim,
Bu hayot beshafqat kuchdir, yolg‘izim.
Bedor chog‘ingda ham tush ko‘rgin, tush ko‘r,
Anglagin muhabbat tushdir, yolg‘izim...



Telba-teskari hayotimni yolg`on dunyoning talato‘plarida toblab, chiniqtirib, hali nurli-nurafshon yashamoqchi bo‘lamanu, ammo kayfiyat zum vaqt o‘tmasidanoq sengina xayolimga kelishing bilan undan asar ham qolmaydi...
Fikru yodim senda, osmondaman, lek 3 pogona pastroqda... Mana bugun ham tongni yorug‘ yuz bilan qarshi olarkanman, sahargi kayfiyat uchun misralar tilimda aylangani-aylangan. Faqat hayollarimgina seni menga, meni-senga ro‘baro‘ qilishga qodir. U bilan suhbatim oshkor bo‘lgani uchungina yurakdan chin hahiqatlarni aytib sirlashamiz, hasratlashamiz. Haqiqat yuz karra yuz ochadi o‘sha paytlar:

Vidoying bo‘g‘zimga qadalgan xanjar,
Bir so‘zga do‘naman muayyan qayg‘u.
Ko‘ksimda yurakmas, muhabbat sanchar –
Kuygiga aylanib qolgan bir tuyg‘u.

Aytmaslik azobi, aytmoq azobi,
Aro kun ko‘raman arosatlarda.
Qaytmaslik azobi, qaytmok azobi.
Yurakni yemirib boradi qa’rdan.

Bunchalar men senga bog‘lanib koldim,
Azobni she’r qilib tugatolmayman?
Yana ne tadbirni bo‘ynimga oldim:
Ko‘nglimni tolega o‘rgatolmayman.

Bo‘zlarim dunyoni buzib boradi,
mening gunohimga –muhabbatimga
vidomi hayotning – so‘nggi chorasi,
qismat to‘g‘ri kelmas manglay xatiga.

Boshimni musht bilan silaganlarim
Ko‘nglimga so‘z solar – hammasi vido.
Mening kamolimni tilaganlar ham
Sening kelmog‘ingdan bermaydi sado...

Sening kelmog‘ingdan bermas hech... sado...



Oppoq bulutlarning
pok saltanatida
sohillar to`zg`ib yonganda bag‘rim,
fazo jimligiday qish ta’latidan
mehrga aylandi hattoki qahrim.
Dilimda nola yo‘q,
chashmimda – jola,
sokin ishq otashi yoqar jismimni.
Xayolim shu qadar ketdi havolab,
hattoki unutib qo‘ydim ismimni.
Ismim nimaydi deb, kundan so‘radim,
porlab so‘ylab ketdi endi isming yo‘q.
yomg`ir tomchilari tinmay yog`ardi:
biz kabi ruhing bor,
ammo jisming yo‘q.
Ruhimni dunyoga qo‘shib o‘stirdim,
endi tabiatning dono otashiman...
Yaqinim, armonim ham suygan do‘stimdir,
har bir yolg`izning qarindoshiman.
Zaminga shoshilgan bir tomchi kabi
ko`zimda titraydi moziy – xotira
Agarda qo‘zg‘olsam,
to`lar ummonlar
mehrlar cho`ktirib kelar ortimdan.
Oppoq osmonimning
uchinchi pogonasida
naqadar yuksalib ketdim o‘limdan,
bag‘rim kuyib ketdi yorim qasdidan
baxtiyor bo‘lganda samo yo‘lida.
Oniy jamolidan ko‘zim qamashdi,
lahzada qorayib qoldi bulutlar.
chaqmoq singari o‘tkir qarashdan
zaminga quladim baxtiyorlikdan.

…Ey qiz,
quyosh yanglig‘ botarman endi,
quyoshday yog‘dular to‘karsan, ey qiz.
Ey qiz,
tuproq bo‘lib yotarman endi,
osmonda osmonday o‘tarsan, ey qiz .


Umr ham o‘tganday...
go‘yo bir kunda
tolqinlaridek shovqinlar soliboq so‘ndik,
go‘yo bir tomchidek oppoq bulutda
qalbi so‘qirlarga afsona bo‘ldik,
qushlarni yig‘latgan qora bulutda
soyamiz qo‘shilib devona bo‘ldik.

...Umr ham o‘tganday...
nahot bir kunda
Tolqinlardek toshib, nahotki so‘ndik?
bir nafis gul ko‘rdik yovuz jununda,
orzulab ismini armona qo‘ydik,
ismi jismiga mos armona bo‘ldi,
bu gulga tikilib vayrona bo‘ldik...


 
YoJiKСана: Сешанба, 17-Янв-2012, 01:07 | Изох # 319
Рўйхатда
Гурух: VIP
Изохлар: 20
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1189
Холати: Хозир йўқ
Шунчалар хам менга багринг торми дунё
Бундан ортик азоблар хам борми дунё
Ёкмадимми, мехрлардан айро килдинг
Суйганимга шунча калбим хорми
дунё?
Ишк дардида адо булдим Лайлидан хам
Юрак худи етим, ёрнинг майлидан хам
Мехр сураб юрибманку Дайдингдан хам
Менга атаб куйган бахтинг борми дунё
Кел калбимга кулок тутай изн бергин
Уни бахтин куриб, гамим ютай …тузим бергин
Уз махбубим, бегим кутай …юзим
бергин
Бахтим бергин ниятларим корми Дунё!!!


В мире много всего вредного...вот Я, например!
 
LoadingСана: Сешанба, 17-Янв-2012, 11:11 | Изох # 320
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Ijodiston yana jonlanganidan juda xursandman. Dark kutilgan ijodingiz uçun raxmat.
YoJik Yoqilmagan ammo odamni yondiradigan ijodiz uchun raxmat!


Faqat 3 ta shart!
 
YoJiKСана: Пайшанба, 19-Янв-2012, 07:19 | Изох # 321
Рўйхатда
Гурух: VIP
Изохлар: 20
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1189
Холати: Хозир йўқ
Ожизларинг каторида ёлгиз узим
девонаман
Якинларим лаб бурарлар мен уларга Бегонаман
Дардлар тула, калб йиглайди мен
уртада Оввораман
Жаннатингни согинганман, мени
чорла Узинг Раббим

Борлигингни билибман-у ёр васлига интилибман
Гунохим куп, барчасидан «бандаман» деб «кутилибман»
Сени дилда борку дея, шайтонинга
тутилибман
Кечир мени Узинг буюк, Жаннатинга чорла Раббим!
Сирим билди якин дустим,
душманимга тез сотдилар
Куйган куйди, чидолмасдан оркамдан куп тош отдилар
Факат сенга булган ишонч,
иймонимни йукотмадим
Орзуларим ягонаси, Жаннатинга
чорла Раббим!!!
Ёр-ёр куйи калбга сигмас….ёр-ёр
тинглаб суюнмадим
Бу дунёга ботиб колдим, Махшар
учун куюнмадим
Калб кузим кур, кулогим кар,
Юрагимга бойсунмадим…
Мени кулла! Дардим эшит –
Жаннатинга чорла Раббим!
Сохта калблар…сохта кувонч
барчасидан чарчаганман
Дилимдаги ёлгиз ишонч….факат Сенга атаганман
Ёмон курсин майли Онам, Отам хатто тушунмасин
Ёмон курма ёлгиз Узинг…Жаннатинга чорла Раббим!


В мире много всего вредного...вот Я, например!
 
LoadingСана: Сешанба, 24-Янв-2012, 00:34 | Изох # 322
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Talablarga binoan to'liq versiyasi.
Балки буларман сен учун беозор куш, аммо канотларим синиб, музлаб колишдан куркаман,
Балки буларман айёргина мушук, итлар гажиб ташлашидан куркаман,
Балки буларман сен учун юмшок айикча, кишда уйкуга тоабад кетишдан куркаман,
Балки сен учун буларман ой, юлдуз, кукдан туриб сени кузатиб турганим маъкул!!
Ерда топилмаганча менга пана, балки фаришта булиб, калбингдан оларман жой!
Balki bo`larman sen uchun yegulik, ovqat, ba`zida yeb ko`nglim aynidi deysan,
Balki bo`larman sen ko`k choy,`qanoat qilmay, shakar hamda limon qo`shib azob bergaysan,
Balki bo`larman sen uchun yorug`lik, gohida svet o`chib qolganda, sabrsizlikka qo`l urib, sham yoqib men eslaysan,
Balki bo`larman sen uchun kuy, qo`shiq, vaqt o`tib mendan beziy boshlaysan,
Kel sen uchun bo`lay oddiy qum, toki men bosib yo`q qilmagunlaricha,
Kel sen uchun suv bo`lay toki jilg'adan oqqan suv tuxtab qolguncha!!
.......................................
Kechirasiz aka buni man o'zimga juda yoqqani uchun qo'ydim.


Faqat 3 ta shart!
 
ShukronаСана: Сешанба, 24-Янв-2012, 00:36 | Изох # 323
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Zor!
 
YoJiKСана: Пайшанба, 26-Янв-2012, 01:08 | Изох # 324
Рўйхатда
Гурух: VIP
Изохлар: 20
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1189
Холати: Хозир йўқ
Ожизларинг каторида ёлгиз узим
девонаман
Якинларим лаб бурарлар мен уларга Бегонаман
Дардлар тула, калб йиглайди мен
уртада Оввораман
Жаннатингни согинганман, мени
чорла Узинг Раббим
Борлигингни билибман-у ёр васлига интилибман
Гунохим куп, барчасидан «бандаман» деб «кутилибман>>
Сени дилда борку дея, шайтонинга
тутилибман
Кечир мени Узинг буюк, Жаннатинга чорла Раббим!
Сирим билди якин дустим,
душманимга тез сотдилар
Куйган куйди, чидолмасдан оркамдaн куп тош отдилар
Факат сенга булган ишонч,
иймонимни йукотмадим
Орзуларим ягонаси, Жаннатинга
чорла Раббим!!!
Ёр-ёр куйи калбга сигмас….ёр-ёр
тинглаб суюнмадим
Бу дунёга ботиб колдим, Махшар
учун куюнмадим
Калб кузим кур, кулогим кар,
Юрагимга бойсунмадим…
Мени кулла! Дардим эшит –
Жаннатинга чорла Раббим!
Сохта калблар…сохта кувонч
барчасидан чарчаганман
Дилимдаги ёлгиз ишонч….факат Сенга атаганман
Ёмон курсин майли Онам, Отам хаттотушунмасин
Ёмон кyрма ёлгиз Узинг…Жаннатинга
чорла Раббим!


В мире много всего вредного...вот Я, например!
 
SmartDentСана: Пайшанба, 26-Янв-2012, 01:24 | Изох # 325
Энг қадрли форумдош!
Гурух: VIP
Изохлар: 211
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 1093
Холати: Хозир йўқ
Judayam ta'sirli ekan,ijodizga omad

Если хочешь, чтобы жизнь тебе улыбнулась,сначала сам улыбнись жизни:)
 
Поиск: