Monolog
|
|
Loading | Сана: Чоршанба, 14-Дек-2011, 12:30 | Изох # 276 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Келаман дегандинг кумуш қиш келса. Қор ёғди нима сабаб сендан дарак йуқ. Изғирин музлатди бутун танамни. Вадага биноан иссиқ шоколад келтирмадинг. Дустим сендан хуш хабар кутвомман. Унутолдингми бе вафо ёрни?
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
Giyos | Сана: Жума-муборак кун!, 16-Дек-2011, 18:10 | Изох # 277 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Seni hiding . . . Bilmadim u kim edi. Farishtalar odamga ko'rinmasa, odam desam odamda unday fazilatlarni topish mushkul. Farishta deyeshimga yana bir sabab u o'z o'zidan g'oyib bo'lib qoldi. Izsiz yo'q bo'ldi. Hech qayerdan topolmadim. Yuz ko'rinishlari ham yodimdan chiqib ketdi. Hech narsasini eslay olmayapman. Lekin bir marta ko'rsam taniman. Ko'chada hamma qizlarni yuziga qarayman, "u emasmikan" deb. Afsuski begona. Yaqinda uni "hidi"ga o'xshash hid burnimga urildi. Qayerdan kelayotganini qidirdim. Ichimda sevinyapman. Yana uni ko'raman deb. Qidiryapman. Oxiri kimdan kelayotganini topolmadim. Lekin u mani yaqinimda yo'q edi. U yo'q. Butunlay yoqolgan... Yana bir qancha vaqtlar o'tdi . . . yana tanish atir hidi! Bo'ldi u meni oldimdan qochib keta olmaydi. Uni hozir topib ushlab olaman. . . Yana men dog'da qoldim. U yo'q. Butunlay. U kelayotgan hid ham yo'q bo'ldi. Armondaman. . . Ko'chada yolg'iz o'tiribman. Ko'zim biroz ilindi. Tushimga yana usha hid kirdi. O'o'o' Parij! Dengiz bo'yida sayohat. . . U yonimda . . . Ha yonimda. . . uyg'onib ketdim. Lekin hid hali ham dimog'imda edi. Yo'q hid o'ngimda ham kelayotgan ekan. U meni oldimda bo'lgan. Meni oldimda turgan. Keyin ketib qolgan. . . Lekin qayerga? Hali shu atrofda bo'lishi kerakku. Ana uzoqda bir qiz ketmoqda. Bu aniq usha. . . yaxshi qiz . . . Yo'q. Begona ekan. Bu atirni bitta u ishlatmaydiku. Ko'pku sepadiganlar. Bu atirni nomini ham bilmayman. Bu hidni hidlaram hayolimga faqat u keladi. Faqat u. Birinchi va oxirgi marta ko'rganlarim... Ko'rinishi sal pal esimga ham keladi. Vaqtlar o'tdi. . . yana tanish hid. Qayerdan kelayotganiga qaramadim ham. Baribir bekor. U yo'q kelmaydi. Ketgan, butunlay ketgan. Yo'q bo'lgan u. Qaytmaydi endi. . . orqamdan tanish ovoz. . . Qadam tovushlari. . . Oldimda tanish chexra va yana tanish hid! Undan so'radim: " Hidingni, seni hidingni nomi nima!?". . .
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Loading | Сана: Жума-муборак кун!, 16-Дек-2011, 23:04 | Изох # 278 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Biroz erish ammo orginal. Ohirgi savoli juda boshqacha. Ishhonamda ko'pchilik bir hil atir sepishadi. Dimog'imga shu hid kelganda be ehtiyor L... deb yuboraman. Добавлено (16-Дек-2011, 22:04) --------------------------------------------- Сени севганим учун!
-Мени кечиринг! Мен сизга фақат юк булдим. Бу туйга розилик бериб хато қилган эканман. Докторлар айтган тахминий даволаниш юз бермади. Мужиза юз бермади! Илтимос гапимни булманг. Туйдан аввал этгандим "илтимос мен оғир касалман. Мени унутинг" дегандим. Ушанда хам мени тинглашни истамаган едиз. -... -Мен хам доктарлар айтган мужизага ишонгандим. Мени кечиринг. Фарзанд хам туғиб беролмадим. Сиз билан бирга уткан 4 йил умрим сизни қийнаш билан утти. -... -Илтимос мен билан умризни зое кетказманг. Уйланинг! Илтимос нима дисез хоп деб рози булиб келдим. Севгимизни уртага қуйдиз йуқ дегани куч топдим. 4 йил олдин "севмаганмисан" деб мени туйга рози қилдиз. Мана энди севгимиз хурмати! Агар мени севган булсез уйланинг! -... -Илтимос мани қийнамен! Мани унутинг демадим. Қанақасиз узи? Хозир кимни жондан ортиқ севган эрига уйланинг деганини курдиз? Ёки эшитдиз? -... Хазил қиламанде севгилим? Яна қанча умрим қолди? Хеч булмаса шу 5 кунимда сизга оғирим тушмасин. Кулиб дилизни хушнуд этай. 4 йил давомда кулиб турадиган кузиздан мени деб ёш оқти. Шу 4 кунда фақат кулиб юринг. Вада беринг энди доим кулиб юришга. -... - Йуқ бу севинч ёшлари. Биласизми бу қайноқ бусангизни соғиниб қолсам керак? Негадур оғирлашиб кетвомман? Вада бердиза. Агар мени севсангиз...! -Шу кечада сенинг жонинг узилди. Азага келган хотин-халажлар орасида Муштари хам бор эди. Сен кузларимга қараб балки уни кургансан. Сени қаттиқ севаман. Хайот чархпалаги айланиб, энди мен сенга сени қанчалик севишимни исботлашимга тури кеқди. Вадамга биноан уйландим. Кимга эканини биласан? Хар кун балки бизни кургани келарсан. Бу сени энг яқин дугонанг, шифокоринг Муштари. Ишонаман сен бу танловимдан хафа эмассан. Чунки Муштари жилмайганда қулоғимга сени хандон отиб кулганларинг эшитилиб туради. Балки кургандурсан Муштарини бармоғига узукни қабринг тепасида тақиб қуйдим. Биламан рашкинг келди. Ахир мени хеч ким сенчалик севолмайди. Бугун сен билан утказган сунги кечамизга бир йил булди. Шу кечани хотирлаб фақат бир кеча туйиб еғлашимга рухсат бер!
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
AlisherbekUZ | Сана: Душанба, 19-Дек-2011, 02:14 | Изох # 279 |
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
| Vatanni sovug'idan eb kelgan bu tanam Abu Dhabini issig'ida orom ola boshladi.Qarshida xam Toshkentda xam ko'cha sovuq bo'lganiga yarasha uy issiq bo'lsa qaniydi.O'zimni xuddi musichadek u yoqdan buyoqqa urib issiq joy qidiraman.5 yildan beri salqinlik ko'rmagan bu tanam arab sahrosining jazirama xavosiga moshlashganidan achinib xam ketdim.Immun system esa Vatanni sovug'iga qarshi kurasha olmay qoldi,lekin yuragim shunaqangi osoyishtalikni xis qildiki,ota-onam,singillarim,do'stu-yorlar davrasida o'zimni shunaqangi engil xis qildimki,tilim xar kalom aytganda xuddi ruhim osmonga bir uchib chiqib qaytib tanamga sig'may ketayotganday xursand va shod sezdim o'zimni.Samolyotga o'tirishim bilan yana ruhim yig'lay boshlaydi.Ex Fano dunyosining arosatda qolgan odami.....Ona Vatanga xam musofir yurtga xam sig'maysan,ertaga qaytsang qanday ko'nikasan?xar safar uyga borsam shu savollar iskanjasida qaytaman....Yuragim yig'lab ko'zim esa,kulib kutib olayotgan hind taksi xaydovchisining "Hi Sir welcome to Dubai" deyishi bilan yana aldamchi dunyo g'aroyibotlarini kuzatishga kirishadi...Asosiysi Alloh bergan bu bosh omon bo'lsa,qolganini ko'raveramiz.Xech birimizni yomonga yo'liqtirmasin.Bizni yomon degan dushmanlarimizni xam uylarida bemahal aza bo'lmasin deb duo qilaman.
|
|
| |
Dark | Сана: Сешанба, 20-Дек-2011, 18:54 | Изох # 280 |
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 159
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 612
Холати: Хозир йўқ
| MUXABBAT... Nima o`zi U? "Muxabbat bu - Armon!" javob beradi ko`rimsizgina xotiniga ishora qilarkan, sevgisiga yetolmay majburan boshqasiga uylangan o`ttiz yasharlik omadsiz oshiq. Muxabbat? Bu PUL!" ko`kragiga mushtlaydi sevgan qizi uni tashlab boyrog`iga "qarab" ketgan baxtsiz yigit... "Muxabbat? Bu uzbeklardayam borrr..."xonasiga kattakon qilib ilib qo`yilgan "Rameo va Jul'etta" dagi Shoxruhhon ni rasmini siypalarkan, shivirlaydi o`n yetti yasharlik hayolparast qiz. " Muxabbat? A bizzi davrda..."kemtik tishlarini namoyish qilib, "chimildiqda uyg`onar muxabbat" dostonini boshlab qoladi sakson yashar momo.... Birov u deydi, birov bu... Muxabbat kim uchundir AYRILIQ, kim uchundir internetda uyg`ongan "ishqiy kechinmalar", kim uchundir xiyobonni xilvatroq yerida qo`l ushlashib o`tirishu, kim uchundir soatlab telefonda valaqlashish... Aniq javob esa hamon mavhum. Muxabbat nima o`zi a???
|
|
| |
Loading | Сана: Сешанба, 27-Дек-2011, 22:47 | Изох # 281 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Bu monolog biroz oldin yozilgandi. To'liq bo'lmagani uchun forumga qo'yilmagandi. Bu monologni o'qim qaysi qismi kimning qalamga mansub o'zingiz tezda bilib olasiz.
Kecha birga edik, bugun ayriliq nimaligini sezayapman, Uning boshqalardan ajralib turishi uzoq xayol surishi, bosiq hamda bo`lar bo`lmasga asabni buzadiganlar toifasiga kirmaganligi. Men kabi bag`ri tosh, yo sevishni bilmaydigan sevsa ham oshkor etmaydigan o`ziga tortgani bilan haf keltirmaydigan axmoq edi. Deyarli har kuni undan yangilik eshitardim, o`xshatishlari qalbimni tilka pora qilardi, balki uning qiyoslashishi mani hayotda uygo`tdi, hushyor, teran fikrlaydigan. o`zgani hurmat qiladigan etib tarbiyaladi. Ba`zida har nimadan uni qizg`onishimdan o`zim ham charchab ketdim, balki undan ayrilganimning eng kotta sababchisi ham shudir, Ammo undan qolgan narsalar, buyumlar mani hech ham yolg`iz qolganimdan darak berishmayapti, Go`yoki man 1 haftalik qishloq havosidan nafas olgani kelgandek, yolg`izlikka jidaolmayman sendan qolgan sumka, uni ichidagi barcha narsalar menga qiziq tuyuldi, Sen ardoqlab, eskirishiga yo`l qo`ymagan blaknot hamda ruchkaga ko`zim tushdi. Qiziq man bilan turmush qurganingga 5 yil bo`lgan bo`lsa, hamon ruchkani siyohi tugamagan, o`sha ruchkadan ham qizg`ona boshladim. Jaxlimdan ruchkani siyohini ketqazishni o`yladim, ammo uning siyohi mening urimning qanchaligi bilan teng shekilli, blaknotni ochishga ham umr yetishmayapti, o`ylab qoldim balki bu sening qaytishing belgisidir, Nima bo`lsa ham unutma ayolga e`tibor bu 1 o`rinda, Bir haftalik qilshloqga yo`l oldim, U yerdagi eru - xotinlarni ko`rib rostisi kulgim keldi, Go`yo erkak kishiga bitta gapni o`rgatib qo`ygandek, Papugay qaytarib, hayotda majburan yashayotgandek, ilojsiz bir juvflikdek. Shu damda seni esladim, menga bo`lgan beparvoliging men uchun oltin ekanligini tushunib yetdim. Kechir balki qaytar, kelar sen kutgan kunlar, biz orzu qilgan, So`nib, o`chmas umidlar!!!
"Kundalik" "Siz juda go'zalsiz" Bilasizmi shu etirofni xar kuni shu kundaligimga yozib qo'yaman. Yana sizga aytolmagan so'zlarimni tuyg'ularimni shu kundalikka yashirib qo'yaman. Bilmadim, o'qiganmisiz yoki yo'qmi? O'zingizga nechchi martalab etmoqchi bo'ldim, biroq? Og'rinib qolasiz deb aytolmadim, dil izhori qilishga botinolmadim. Odatimga ko'ra shu kundalikka yashirib qo'ya qoldim. Usha kunlar siyoxi hamon yuragimda dog' bo'lib turibti. Bu dog' seni og'zimga kim kelsa shu insonga qiyoslayverishimdan qolgan. Qara o'qib chiq. Kundaligimdagi xar bitta siyox tomchisi u "be teakror" deya tasdiqlab turadi. "Rashk janjali" bu bir vaqtning o'zida kuchliroq sevishga undab shu ondayoq ishonchsizlik azobi bilan qiynaydi. Bu sevgining qanday turi? Axmoq boldimmi balki? Axmoqligim sevginig turi bo'larkanmi? Go'zalim sizni ko'p azobga qo'ydimmi ayting? Turmush qurganimiz, Orzular ortilgan karvonimiz yo'lga erta chiqib kettimi balki? Shunday deymanu? Agar shunday xato bo'lsa ne sababdan bu qo'l, bu lablarim, dukkur-dukkur urayotgan yuragim "sevamiz uni" deb bong urmoqdalar?
Siz dilimni yondirgan olov, Kuyishnida istayman takror. Har laxzamda olaman yod, Siz eng go'zal va be takror.
"Baxt qasrini xatolar kubasiga aylantirgan juftlik" Biz shunday qilib qo'ydik. Turmushimiz xato emas! Sevgimiz xato emas! Baxt qasrini poydevoridan, toki peshtoqida xilpirab turgan bayrog'i ham joy-joyida. Tutmush mush degan naqlni biz no to'g'ri chundik. Qani bizning kulgularimiz? 5 yil davomida sen unday qilishing kerak men bunday qilishim kerak. Yo'q!? Nima qanday bo'lsa shundayligicha qolavergani yaxshi. Boshqalarning xayoti bizning oilada nima qiladi to'g'rimi? Go'zalim?! Nega biz ularga o'xshashimiz, ulardan o'rnak olishimiz kerak? Man ular sevgandan 100 chandon kuchliroq seni sevaman. Shu kundalika yozgan sevgi izhorlarimni senga aytsam bo'lmasmidi? Dilimdagini qancha ko'p shu kundalikka yozarkanman Baxt qasrini xatolar kulbasiga aylantira boshladim.
Oilani bir go'zal bo'ston aylangiz, Bu go'zal gulshanda baxti yashgangiz. Hatolar qo'rg'onda bazim aylasa, Bir muddat jimlikda sukut saqlangiz.
"Turmush musht" Bu naqil aslida mana bunday taxlil qilinsa to'g'ri bo'lardi. Ayni damda biz turmushning mushtini ko'rmoqdamiz. Mana shu damda seni juda sog'indi. Turmushni mushti senga qanday zarba berdi? Uyimiz eshigi oldida uvulab yig'layman. Eshik tirqishlaridan shidat bilan kirgan shamol shunday uvillaydi. Men shu shamolga qo'shilib yoninga kirgim keladi. Sevishimni, ichimdagi bor-u yo'g'ini huddi avvalgidek senga aytishni istayman. Ha to'g'ri shu kundalikka yozardim balki? Turmushning mushti kelganda seni ximoya qilish o'rniga begona yurtda sang'ib, mexmonxona yulduzlarini sanab yuribman. "Bugun albatta qaytaman" Har safargidek "tezroq uyga qayting" deb eshikni yopting. Ovozingda qaytmasligimni bilib turganing sezilib turdi. Ha qaytmoqchi emasdim. Balki qaytolmasman. Shu sababtanmi sog'inchingda ovinchoq bo'lsin uchun imkon boricha borimni uyda qoldirib kettim. Lekin bu safar eshikni quluflamading. eshik tutqichidan qo'l uzmay uzoq o'yladim. Balki bu menga qaytishinga ishoradur?
Faqat 3 ta shart!
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Loading - Сешанба, 27-Дек-2011, 23:12 |
|
| |
loloshechka | Сана: Чоршанба, 28-Дек-2011, 09:37 | Изох # 282 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 433
Холати: Хозир йўқ
| Yomg'ir,ha yana o'sha yomg'ir.Tim-tim etib yog'adi.Tim-tim etib yog'adiyu,mening qalbim ezadi....qayerlardasan?qayerdasan?Yo'q,so'ramayman sendan hol-ahvol,so'ramayman sendan qayerdaligingni.Sen ketding,qalbimni ezib,sen ketdingku ko'zim yoshlatib...ortingdan zor qoldirib!Haligacha ishonmayman!Bizning orzularimiz qayerlarda qoldi?ularni ham men kabi unsiz so'ndirdingmi?yomg'ir yog'moqda,balki bu mening yomg'irimdir?ko'z-yosh yomg'irim?Yog'sin bu yomg'ir tinimsiz,toki seni unitay...
Unutish yomg'iri,qorga aylanib yog'gin qalbimga Yog'ganda ham tinmagin,aslo tinmagin to'xtama tinma Muzlasin ko'nglim undan... Kutmasin yuragim ham Ko'zlarim hech qachon izlamasin,o'chsin xotiramdan...
Baxtli kunlarim,sening shirin hayoling bilan yashagan baxtli kunlarim.Sening dona-dona so'zlaring,o'tli nigohlaring...eslashni hohlamayman...har doim menga qaraganda poralagan ko'zlaring,ha o'sha o'sha ko'zlaring bu safar ma'nosiz va unsiz boqishar edi.... Ko'zlaringni yaxshirgin mendan, O'tib ketay yoningdan befarq O'tib ketay yoningdan bedard Ko'zlaringni yashirgin mendan Borligimni payqama mayli, Ko'chalarda mayli qayrilma Meni deb sevgingdan ayrilma Borligimni payqama mayli Nomim bo'lsa qalbingda agar, Otib tashla mayli tuproqqa Har kuni o't,shu yo'lni toptab Nomim bo'lsa qalbingda agar.!!!
Baxt-bu qalb hotirjamligidir
|
|
| |
Loading | Сана: Чоршанба, 28-Дек-2011, 10:26 | Изох # 283 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| O'h hovv loloshechka!
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
ClimbeR | Сана: Чоршанба, 28-Дек-2011, 10:36 | Изох # 284 |
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 142
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 652
Холати: Хозир йўқ
| loloshechka, monalog monalog ekan
chelsea chempion...
|
|
| |
Loading | Сана: Чоршанба, 28-Дек-2011, 14:19 | Изох # 285 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Эй қизиқсизда? Кеча бироз қизиштик. Сиз менга кимсиз? Тонгда уйғоғим, кундузи кутганим, доим ғамхурим, тоза либосим, ширин сузимсиз. Уйат демасангиз қулоғизга бир гапим бор. Бази фарқларимизни хисобга олмасак, худди узимсиз. Уялишиз бирам узизга ярашадики. Келин шу муштум буган қуллариздан силаб яна ширин, мехрибон қулга айлантирсам. Кафтизни бошқа мушт қимен! Сизни менга халол, ахли аёл қилган Роббим Аллох очиқ қул бандасини хуш куради. Қизиқсизда? Кеча бироз қизишиб кеттикда! Майлин дисез кечаги дилхиралик учун кечирим сурасам? Фақат но одатий булишини истайман.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
Giyos | Сана: Пайшанба, 29-Дек-2011, 00:26 | Изох # 286 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 2011 yil fevral oyida "Senga" (Nimaga bunaqa nom qo'ygan ekanman hayronman. Nimagadir hozir boshqatdan oqib chiqib to'g'ri kemayapti degan hulosaga keldim.) deb nomlagan monolog yozgandim, (bu yerda 63 izoh da) shunga usha payt audio ham qilgan edim. Lekin nimasidir noto'g'ri bo'lib boshqa komplarda va telefonlarda ishlamagandi. Hozir kompimni titib usha audioni topib oldim. Keyin uni formatini to'g'rilab ishlaydigan qildim. Bu mani birinchi audio monologim. Ikkinchisi "Men ayrilgan baxt" digani edi. U ham shu mavzuni ichida boridi. (Undan oldin ham bo'lgan, lekin hozir umuman yo'q. O'chib ketgan.) Ko'chirish uchun: Giyos - Senga (monolog) ni bosing 1.71 mb Shu yerda eshitish uchun: Keling shu yerda eshitmiy qo'ya qolilu)))
Sog' salomatlik...
|
|
| |
miranda | Сана: Жума-муборак кун!, 30-Дек-2011, 00:11 | Изох # 287 |
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 94
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 146
Холати: Хозир йўқ
| Osmondan tushdingmi yoki yerdan. Xayotimda paydo bo'lding birdan. Yuragimga besoroq kirding, so'rap xam o'tirmading mendan. Naxot sen o'sha men uzoq kutgan baxtimsam. Shod edim, baxtiyor edim seni topganimdan. Senga bo'lgan mexrim ortardi xar bir o'tkan kundan... Qancha ko'risholmasakda shuncha qadrdonim eding. Ishongan ishonchim, orzuyim orzusi eding. Qalbimda eng tubiga yashirip saqlagan, asrap berkitgan sirim eding... Ko'z tegdimu ko'zlar tegdimi sevgimizga bilmadim. Men seni bir sinamoqchi bo'lgandim... Men ket dedim sen qolmading nega? Xazil so'zimga ishonip meni tashlap ketasan kimga? Majburiy sevgi kerasmas menga. Ketsang qol demayman kutma men roziman roziman ayriliqqa. Men ket dedim sen xam qolmading. Naxot meni hech sog'inmagansanda kelmading. Yolg'onmidi sensiz yasholmayman deganing. Shu bo'ldimi xazilimga bergan jazoying. Nozlarimni tushunmading tushunolmading. Meni sevmaydi dep o'ylading... Xazil yoki taqdir tufayli erta yakun topdi bizni xikoyamiz. Qalbda o'ldirsakda sevgimiz. Lek saqlap qoldik tog'dan baland g'ururimiz...
|
|
| |
Dilnoza | Сана: Жума-муборак кун!, 30-Дек-2011, 02:00 | Изох # 288 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
| Seni ko'rdim. Naqadar achinarli...
Qaramagin menga men o'shaman sen aldagan qizman, xuddi o'shaman. Balki boshqaman. Balki o'zgarganman, qiyofam o'sha. O'zligimni yoqotgandim senda, topolmadim boshqada. Xa men o'sha qizman xuddi o'shaman. Sen xo'rlagan azob bergan bir baxtsizman.
Seni xech qachan unutmayman. Sen bilan salomlashganlarimiz xam boshqacha edi. Sen oldimdan o'tib ketib keyin orqanga qarab iye salom ko'rmabman derding. Ataylab asabimga tegarding.) Xa men osha qizman sen aldagan xuddi o'zimman.
Uylanganingda xotining oldida xursand bo'lmading. Eshigim oldida ko'z yosh to'kding. Nega bunday qilding? Meni aldading. Seni yor-yorlaring ostida ko'zyosh to'kib dodlagan xuddi o'shaman, o'sha dardga to'lgan sen aldagan qizman.
Kunlar o'tdi alam qildi o'z-o'zimga. Nechalar bag'ridan o'tdim. Kimlar nomusim toptadi, go'yo sendan qast oldim. Qiynalarding buni sezardim nimalar qilib qo'ydim. Bugun uyg'ondim. Nega qastni o'zimdan oldim. Kimlarniki bo'ldim-u bir seniki bo'lmadim. Xa men o'sha qizman sen aldagan soddaman lekin endi avvalgidek beg'ubor qiz emasman.
Men bilaman meni sevasan. Sodda ko'rinaman xali xam. Senga qast qilib boshqa yigitni vayron etgan yomonman. Nimalar bo'ldi? Umr o'tdi. Sening yoding o'tmadi. Mendan ketding. O'zligimni olib ketding. Xech qaytarib bermading.
Senda o'zligimni yoqotgandim. O'zgalardan topmadim. Xa men o'sha qizman, sen aldagan, sen tashlagan, bir seni o'tmishingman.
Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
|
|
| |
ClimbeR | Сана: Жума-муборак кун!, 30-Дек-2011, 10:55 | Изох # 289 |
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 142
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 652
Холати: Хозир йўқ
| Dilnoza, monologka gap yo zo`r chiqibdi manga yoqdi mulalifi o`zingizmi...
chelsea chempion...
|
|
| |
Dilnoza | Сана: Жума-муборак кун!, 30-Дек-2011, 12:13 | Изох # 290 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
| Xa ClimbeR raxmat. Bu yerda òzimiz yozgan monologlarni qòyamiz.
Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
|
|
| |
loloshechka | Сана: Чоршанба, 04-Янв-2012, 10:19 | Изох # 291 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 433
Холати: Хозир йўқ
| Ha,bugun yana o'sha kun....seni yuqotgan,sen meni tark etib ketgan kuning,meni zor yig'latgan kuning.Yana suratingga tikilaman,mungli boqasan,ha o'sha surating.Sendan faqat shu surat qoldi...sen yashamayapsan,men ham yashashni hohlamayman.Hamma sig'gan dunyoda birgina sen sig'madinga.Mayli....mayli edi,seni boshqa yor olib ketganida,mayli edi meni sevmasang,mayli edi...ha,mayli edi.Qanday bo'lsang ham,uzoqda bo'lsang ham,bevafo bo'lsang ham...nafas olib,ko'zingni ochib-yumishing menga yetarli edi...Yuragimni bir alamli savol qiynamoqda"Nega seni asrab qololmadim?nega qo'limdan kelmadi?"Yashashga talpinding,qo'lingdan maxkam tutolmadim.Oxirgi so'zlaring: "Yashashni istayman"...ha mana shu so'zlar...seni ko'rgim keladi,nima qilay iloji yo'q ekan,nima qilay?hattoki tushlarimga ham kirmaysan...qani endi men ham sen kabi mangu uyquga cho'ng'isam,qani endi...
Baxt-bu qalb hotirjamligidir
|
|
| |
Feruza | Сана: Чоршанба, 04-Янв-2012, 11:49 | Изох # 292 |
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 268
Холати: Хозир йўқ
| Juda qayg'li monolog ekan.Yig'latib yubordiz-kuuu Loloshechka.
|
|
| |
loloshechka | Сана: Чоршанба, 04-Янв-2012, 15:15 | Изох # 293 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 433
Холати: Хозир йўқ
| P.S.rahmat Feruza opa
Baxt-bu qalb hotirjamligidir
|
|
| |
Loading | Сана: Пайшанба, 05-Янв-2012, 16:54 | Изох # 294 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Taqdir yo'llarida seni yoqotib qo'ydim. Choraxa sen tomon olib bormaydi. Qiziq a? Choraxa to'rt tomonga ketgan. Lekin biror yo'l sen tomonga olib bormaydi. Svetafor chiroqlari navbat bilan o'chib, yonadi. Choraxada qolib kettim. Ortga qaytdim. Mashinalar to'xtagan tarafga qarayman. Shu tarafdan yoqimli shamol esadi. Bu menga belgi bo'lishi kerak. Demak seni shu tarafdan izlayman? Yugurdim. Ulgurdim. Birdan oyoqlarim taqqa to'xtadi. Yana gumon. Qayoqdasan o'zi? Qanday be parvosan a? Tashladingu ketting. Choraxada turib yana atrofdan seni izlayman. Taqdir yo'li juda chalkash bo'larkan? Seni boshqa ko'rmasam kerak? Balki yonimdan ming marotaba o'tib ketgandursan. Izlaringdan izlab balki ko'rmay qolgan bo'lsam kerak? Chundim nima uchun balog'at seni uchratdi nima uchun taqdir sendan ayirdi. Bunga sabab esa senga intilaveraman va senga erishish uchun kurashaman. Toki topmagunga qadar. Har qanday sinovga tayyorman, qiyinchiliklarni yengaman. Bu esa mazmunli hayot garovi. . . . . . . . . . . . . . . . . . . Juda hursanman. Aynan seni men uchun tanladi Tangri ta'alo. Kutaman. Negadur kayfiyatim chog'. Seni topadigandekman? Agar topolmasam hafa emasman, sendan qolgan hotira bir umur baxtiyor yashashim uchun yetadi. Choraxadan ortimga qaytaman. Balki usha qadirdon hiyobonda meni kutib turgan bo'lsang kerak? . . . . . . . . . . . . . . . . . Meni kutasanmi? Sen xam men kabi meni izlayabsanmi? Hayotning qaysi choraxasidasan? O'zini asra. Meni deb biror korxolga yo'liqma. Maylin roziman. Maylin birga bo'lmaylik. Bo'ldi bas meni izlama. Sendan umidimni uzdim. Ammo shirin onlarim kechgan usha xiyobondan ketmayman. Ketolmayman! Usha sayilgohdan o'tgan sevishganlarga havas bilan baxt tilab yashayman. Sog'insen kegin sanam. Sani bir ko'rib qo'ysam bo'lgani. Faqat hiyobondan o'tib farzandlaring menga ishora qilib so'raganlarida sir boy berma. "Bu sevgi" degin. "Sadoqat" degin. Nima qilsang qil, nima desang deginu ammo aslo ko'z yosh to'kma. Seni ko'z yoshinga tosh tanam dosh berolmaydi. Alvido choraxada qolgan muxabbat! Xiyobonda yolg'iz bedor, sayilgoxda tentiragan oshig'ingni unutma?
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
SmartDent | Сана: Пайшанба, 05-Янв-2012, 23:29 | Изох # 295 |
Энг қадрли форумдош!
Гурух: VIP
Изохлар: 211
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 1093
Холати: Хозир йўқ
| Fazliddin judayam ta'sirli monolog chiqibdi,ko'zimdan yow ham tomchilawga ulgurdi
Если хочешь, чтобы жизнь тебе улыбнулась,сначала сам улыбнись жизни:)
|
|
| |
Loading | Сана: Чоршанба, 11-Янв-2012, 13:33 | Изох # 296 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Jim! Jim. Gapirma. Jim. Hop. Hop. Tinchlan. Hammasi o'tib ketti. Bo'ldi. O'zini bosvol. Sochlarin to'zg'ib ketibti. Tinchlan. Uxlolisanmi? Yo'q ketmiman?! Sochini tarab o'tiraman. Ko'zini yumib hotirjam uxla. Bo'ldi asalim eslivurmagin? O'tib ketti tinchlan. Qayoga ketaman? Sani tashab ketarkanmami? Ketib qayoga borardim uyga kelamande? Endi jaxlimni chiqarvossan. Ko'zlarin qizarib ketibti. Charchagansan uxliqogin? Chanqadinmi? Nima ichasan? Nima opkeli? O'zin yaxshi ko'rgan limon choy qiberimi? Kofe? Hop hozir, san yotur shetka op kelaman. Voy jonim ketmasam cofeni kim op keladi. 10 daqiqa. Nega keremas? Unda yur oshxonaga birga chiqamiz. Turomisan, Yuromisan, Qo'yvormisan. Unaqada ko'tarib op chiqib ketaman. Hayotim nimadur yeb turishin kerak. Bunaqada battar kasal bo'lib qolasan. Yana ko'z yoshmi? Odam urganin yo'qku? Daraxni po'stlog'i ko'chti faqat. Boshqasini oberaman. Bir xafta o'zim olib yuraman. Moshinen kep qolar ungacha? Dugonalarin? Uyalasmi? Mersda borish uyatmi? HYUNDAI ELANTRA bo'ladimi? BMW bo'sin? Hop. Bitta kulib qo'ysen bo'ldi. Kofeni ich.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
SmartDent | Сана: Чоршанба, 11-Янв-2012, 14:26 | Изох # 297 |
Энг қадрли форумдош!
Гурух: VIP
Изохлар: 211
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 1093
Холати: Хозир йўқ
| Qoil,FAZLIDDIN
Если хочешь, чтобы жизнь тебе улыбнулась,сначала сам улыбнись жизни:)
|
|
| |
Hushroy | Сана: Чоршанба, 11-Янв-2012, 14:45 | Изох # 298 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 48
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 951
Холати: Хозир йўқ
| Тасаввур оламингиз жуда бойде, Фазлиддин. Ажойиб!)))
|
|
| |
YoJiK | Сана: Чоршанба, 11-Янв-2012, 15:36 | Изох # 299 |
Рўйхатда
Гурух: VIP
Изохлар: 20
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1189
Холати: Хозир йўқ
| Вой Фазлиддин-ээ
В мире много всего вредного...вот Я, например!
|
|
| |
Loading | Сана: Чоршанба, 11-Янв-2012, 16:09 | Изох # 300 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Siz azobsiz qabrga tiqqan. Sevgi degan tuyg'ularimni. Alamlariz dunyoga sig'mas. Bemorligim faqat siz sabab. Siz sababchi bemor yurakka. O'xshatgandim ezgu tilakga. Yo'q adashdim kulguli xolat. Men adashtim bu chin xaqiqat. Xaqiqatdan yiroq ko'z yoshing. Dil g'uborim yuvmasa netay. Netay axir sevsam men sizni. Bu dardimni kimga xam artay. Arazladim kettimey. Ko'zim yoshga to'ldiyey. Alisherning qo'shig'in bugun yeg'lab aytimey.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |