Yoqtirgan she'rim
|
|
komol_76 | Сана: Чоршанба, 28-Сен-2011, 11:38 | Изох # 101 |
Форум рахбариятидан
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 195
Тақдирланишлар: 5
Хурмат даражаси: 782
Холати: Хозир йўқ
| Гарчи мени севолмасанг, Севгимга ҳеч кўнолмасанг, Бирга - бирга юролмасанг, Севаман деб алдаб қўйгин.
Кўча – кўйда кўрганимда, Мажнунсифат юрганимда, Тушларингга кирганимда Севаман деб алдаб қўйгин.
Айтолмасанг сўзинг билан, Айтиб қўйгил сўзинг билан, Дардимни ол, ўзинг билан! Севаман деб алдаб қўйгин.
Ёлғиз сенга ишқим тушди, Ёзим келмай қишим тушди. Ёлғонингга ишим тушди Севаман деб алдаб қўйгин...
нима ёзсела ёзуврила, ўчирмиман.. (лекин провокаторлар жазоланади, ҳақорат, камситиш ва мазах қилишга йўл йўқ!!! шахсий муносабатлар форумдан ташқарида!!!!)
|
|
| |
Nozik_Hilqat | Сана: Чоршанба, 28-Сен-2011, 13:49 | Изох # 102 |
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 13
Холати: Хозир йўқ
| Asli bir juft shirin so'z, Aytmog'ing ham baxt erur. Dilozori shahdingdan, Qaytmog'ing ham baxt erur. Har tong tirik uyg'onib, Quyosh yonsa ko'zingda, Bir kaft suvni bemalol, Yutmog'ing ham baxt erur.
|
|
| |
Zuxraxon | Сана: Чоршанба, 28-Сен-2011, 23:54 | Изох # 103 |
Рўйхатда
Гурух: VIP
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 790
Холати: Хозир йўқ
| Telba bo'l.
Sen telba bo’l – telbalikda gap ko’p ekan Idroklilik zulmin ortiq qilma toqat Ko’ngil – sevgi o’ynab yurgan bir to’p ekan Savatiga tushirishni bilmas faqat
Dunyo – bu qalb, axir qalbing bitta kammi? Ko’ngling xursand – dunyo qushday uchdi demak Qalbing mening yonginamda xotirjammi – Dil koptogi savatiga tushdi demang
Dil koptogim savatini o’zgartirma O’zga qalbda sen ham hokim bo’lolmading O’zga dildan xotirjamlik ahtartirma O’zga dilda sen ham sokin bo’lolmading
Ishonmayman dema quruq va’dalarga Izhorlarim ho’llab yoshim qurib bitgan Men yo’qroqman arazlaru zardalarga – Tasdiqlatib sevish asri o’tib ketgan…
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Zuxraxon - Чоршанба, 28-Сен-2011, 23:56 |
|
| |
Kamola | Сана: Пайшанба, 29-Сен-2011, 00:36 | Изох # 104 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 163
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 319
Холати: Хозир йўқ
| ko'zlar borki tik boqadi hayo undan begona, ko'zlar borki bir qarashda seni qilar devona. ko'zlar borki bir qarashda nimanidir ko'zlaydi, ammo sizning sho'h ko'zingiz sadoqatdan so'zlaydi. men istardim bu ko'zlardan arimasin tiniqlik. doim porlab tursin samimiyat, iliqlik.
Ollohim o'zingdan o'zgaga muhtoj etma!
|
|
| |
Zuxraxon | Сана: Душанба, 03-Окт-2011, 04:31 | Изох # 105 |
Рўйхатда
Гурух: VIP
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 790
Холати: Хозир йўқ
| Uyg'onish
Hayotning niqobdor tomoshasida Haqiqiy yuzini yo'qotar banda Xudodan o'tadi harhashasida Unutib bir qilcha jonligin tanda
Kaltabin rolida o'ynar to'rani Oqilga tengini chiqarib olib Qo'rqmay ajratadi oqu qorani Qozicha yengini shimarib olib
Dahriy shubhalarga haddimiz sig'ib Xudo borligiga izlaymiz isbot Imondan rizqimiz ilondek bo'g'ib Aql rost-yolg'onga ahtarar nisbat
Gumondor ixlos-la Xudoga zormiz Axir, ishonch-shubha - egiz sezgilar Esiz, mavhum baxtdan ko'p umidvormiz Umidlar ko'ngilning xohshin ezg'ilar
Добавлено (03-Окт-2011, 03:31) --------------------------------------------- Dunyo Ko'zgusi
Dunyo asli dunyoday keng ko’zgu erur, Akslantirib turar fikru o’yimizni. Bellashganga mudom jangdan sado berur, Katta-kichik ko’rsatadi bo’yimizni.
Hayollari samolarga talpinganning, Derazasin koinotga ochib qo’yar. Kibr bilan yerga qarab yelpinganning Yuzlariga qumdan upa sochib qo’yar
Hayotiga irillagan jahllarni It kunini boshga solib qiynar dunyo O’zga baxtin ko’rolmagan bahillarni Baxtin yarim qilib qo’yib sinar dunyo
Jon talvasa yurgan joni shirin bilan O’ynashganda zavqlanadi ajal o’zi Hayotini bezab olgan irim bilan Har qadamda irim aksin ko’rar ko’zi
Bu dunyodan mehr kutgan jabrdiyda Umri o’tar mehr berib dunyosiga Ko’zgusida yongan husni qadrlida Imkon bo’lmas zo’r bergani orosiga
Burch qo’lidan tutganlarga tiriklik – farz Umrin o’lchab olar sakson-to’qson bilan Bekam dunyo izlaganning qalbida darz Fano ko’zgu mudom nadir nuqson bilan
Dunyo bir kun dunyolikdan tonar bo’lsa Bu ko’zguga asirlikdan qutulamiz Unga qadar ong mayog’i yonar bo’lsa – Kutilamiz, tutilamiz, yutilamiz…
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Zuxraxon - Душанба, 03-Окт-2011, 04:33 |
|
| |
dj-diza | Сана: Душанба, 03-Окт-2011, 04:37 | Изох # 106 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 409
Холати: Хозир йўқ
| Jonimga bog'lanib ketibsiz, Bog'lanib ketibsiz zulfimga. Siz mening umrimga o'tibsiz. Aylanib qolibman mulkizga. Sog'inchim kunlarni nimtalar, Intizor yuribman kulgizga Yuragim ko'ksimni timdalar, Aylanib qolibman mulkizga. Dardimni aylanib o'taman. Shu jonim bo'linar qirq mingta. Xayoliz ortidan ketaman, Aylanib qolibman mulkizga. Tunlari qalqadi ko'zda yosh, Nimadir o'rmalar ko'ksimga. Kimsiz ey men sevgan quyosh Aylanib qolibman mulkizga. Men ham bir joduni o'rganib, Aylanib qoliaman tilsimga Siz esa hajrimda o'rtanib Aylanib qolasiz mulkimga.
Sensiz qiynalib Sensiz azoblanib Sensiz bilmadim Sensiz nima qilarim Endi o’ylamayman Bilgin sog’inmayman Seni kechirmayman
|
|
| |
Zuxraxon | Сана: Душанба, 03-Окт-2011, 05:54 | Изох # 107 |
Рўйхатда
Гурух: VIP
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 790
Холати: Хозир йўқ
| Shunchaki.
Yuraging bo’lmasa buncha gumonchi? Axir, yolg’iz darddan yaralmas olam G’uncha gulbargida titragan tomchi U also ko’z yoshmas – shunchaki, shabnam
Eshitmoq bo’lganga aytarkan hasrat Kim baxtin, kim dilda ahdini ko’zlar “Hasrat”ga qofiya bo’lgan “harorat” Tuyg’ular aksimas – shunchaki, so’zlar
Sen dilda samimiy bahorni asra Beg’amlik tashvishin menga qo’yib ber O’tdek sochildimi qog’ozga misra Barchasi bekor gap – shunchaki, bir she’r
Hayolim ovutgan dunyo rangorang Atvorim qoldirmas yurakda bo’shliq Qulog’ingga unsiz chalingan ohang Qalbim nolasimas – shunchaki, qo’shiq
Nur og’riq keltirsa qarog’larimga Zulmatni ularga aylagum davo Beparvo bo’lganing so’roqlarimga Hissizlik gardimas – shunchaki, vafo
So’zsizman – qandayin aytay shukrona Tilsizman Xudodan so’rashga to’zim Alamin qog’ozdan olgan devona – Shunchaki, sensizlik – shunchaki, o’zim
|
|
| |
Hushroy | Сана: Якшанба, 09-Окт-2011, 07:52 | Изох # 108 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 48
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 951
Холати: Хозир йўқ
| Mendan qochib, qayga borasiz jonim? Siz mening hayotim, borliq jahonim. Bo'g'zimdagi hushbo'y nafassiz ey, yor Siz havosiz, sizga zorman osmonim.
|
|
| |
Zuxraxon | Сана: Якшанба, 09-Окт-2011, 21:54 | Изох # 109 |
Рўйхатда
Гурух: VIP
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 790
Холати: Хозир йўқ
| Qayg’urma
Sen qayg’urma – shoirda ishq o’tkinchi Borligini tutqazmaydi xumoriga Bugunchalik vasling bo’lsa bor o’tinchi Erta o’zga ismin yozar tumoriga
Sen qayg’urma – nido kelsa osmonlardan Bag’ring o’yma, u nidoda bo’lsa qayg’u Sendan avval bag’rim o’ygan jononlardan Ozor chekib urgan foniy fig’onim u
Sen qayg’urma – senga ko’p bor aytsam vido Dol soyasin payqamasang tik qaddimda Ichdan egri yaratgandir meni Xudo To’g’ri bo’lsam senga arzib qolardim-da
Sen qayg’urma – mening baxtim bo’lmas uvol Yangi armon topa bilar ko’nikkan dil Bir kun kelib seni sevish kelsa malol Baxt qasringga ko’z yoshlardan osma qandil
Sen qayg’urma – sen uchunmas dard sevinchi Yolg’iz o’zim anduhlarga bo’lay soqiy Ishq o’tkinchi, shoirchada ishq o’tkinchi Faqat yo’qlik sari boqqan umid boqiy.
|
|
| |
Kamola | Сана: Душанба, 10-Окт-2011, 14:56 | Изох # 110 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 163
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 319
Холати: Хозир йўқ
| Mayli haroratli dilimni o'ysin, O'tli nigohlardan nigoxim kuysin. Xijronning tig'lari bearmon o'ysin, Faqat ko'zlaringiz aldamasa bas! Siz sulton men esa bir gado bo'lay, Siz birla teng yonib teng ado bo'lay. Qalbingizdan ko'chgan bir sado bo'lay, Faqat ko'zlaringiz aldamasa bas! Aslo so'ramasman ko'kdagi mohni, Ko'nglimga berkitay mingta so'roqni. Sizga ravo ko'rmam bunday gunoxni, Faqat ko'zlaringiz aldamasa bas!
Ollohim o'zingdan o'zgaga muhtoj etma!
|
|
| |
SmertNIK | Сана: Пайшанба, 13-Окт-2011, 16:21 | Изох # 111 |
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 150
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 172
Холати: Хозир йўқ
| Qirg‘in janglar borar edi Mag‘ribda, Qachon tugashini bilmaymiz. Sinfimizga bir qiz kelib qo‘shildi — Sochi sunbul, ko‘zlari yalpiz. Anjelika! Otasini otishgan. Anjelika! Uyiga bomba tushgan. Shunday ozg‘in, Shunday ozg‘inki, Bargizubga o‘xshatish mumkin... Menga qizlar yalinadi har okshom, Yur, fashistni ko‘rganmikin, suraylik, Ketdik deyman. Ammo bilib qo‘yinglar, Anjelika hammangizdan chiroylik! Qalampirni ham meva deb o‘ylaydi, Uzib ber, deb kunda meni qo‘ymaydi. Kunbotarga karab yum-yum yig‘laydi... Anjelika hammangizdan chiroylik! Kunbotarda o‘klar chaqnar yulduzdek, Jasadlar dor uzra bo‘g‘otda muzdek. U yoqda ukasi qolgan to‘rt oylik, Anjelina hammangizdan chiroylik. Turshaklarga to‘lib ketar qo‘yinlar, Qizlar to‘xtab qolar: o‘ylab ko‘raylnk... O‘ylayvering, ammo bilib qo‘yinglar —- Anjelika hammangizdan chiroylik!.. Tunlar ko‘chib, zafar tong otar bo‘ldi, Chehrasiga termulamiz — to‘ymaymiz. Sinfimizdan bir suluv ketar bo‘ldi, Sochi sunbul, ko‘zlari yalpiz. Kunbotarga yelib borar parovoz, Bir qiz yig‘lar: xat yozishib turaylik, Bir qishloq qiz yig‘lar undan uzmay ko‘z: Anjelika... hammamizdan chiroylik.Добавлено (13-Окт-2011, 15:21) --------------------------------------------- Qachon xat yozgandim senga, bilmayman, Qofiya bilan band bugun tosh ko‘nglim. Yolg‘iz akang bo‘lib, Yoningda yurmayman... Kechir meni, singlim, Kechir meni, singlim! U yoqda shotutlar To‘kilar suvga. Qovunlar yorilar, Sen yo‘l karaysai. Tuproq ko‘chalarda, Mushtoq kechalarda, Yoz — meni sog‘inib sarg‘aygan maysa. Umrimni yulqilab, Yillarim o‘tar. Yurak yig‘laydi-yu, Aytmas dardini. Men she’rim qo‘ltiqlab Kun bo‘yi izlayman, Adabiy xodimning bitta mardini. Biriga kandaydir turoqlar dastak, Birin o‘ylantirar hali yoshligim: Nega bu she’ringiz otlar haqida, Ularni yoqtirmas mening boshlig‘im... Goh to‘lib ketaman, Qanday gap axir, Qo‘ygil meni deyman ey, shirin azob Quyoshga termulay, Yerga bosay bag‘ir, Qo‘shiqlar kuylashga boshqa odam top!.. Yana kaysar ruhim, Jonimni cho‘qir, Yoz deydi. Singiljon, qo‘rqay nimadan?.. Eng go‘zal she’r Sening yorilgan qo‘ling, Hamma boshliqlarning Boshlig‘i — Vatan!.. Qaydai keldi menga bu dard, Bilmayman. Yurak yig‘laydi-yu, Aytmas dardini. She’rimni qo‘ltiqlab, Kun bo‘yi izlayman, Adabiy xodimning bitta mardini. Biriga qandaydir turoqlar dastak, Birin o‘ylantirar indamasligim: Nega bu she’ringiz hijron haqida, qayg‘uni yoqtirmas, deydi boshlig‘im. Keyin yana shotut to‘kilar suzga, Behilar hidiga to‘ladi xonam. Ayvonda, xirmonda, Anjon tomonda, Kuz — meni sog‘inib sil bo‘lgan onam yig‘laydi, bu yil ham kelmadi, bolam... Qachon xat yozgandim, senga Bilmadim. Qofiya bilan band mening tosh ko‘nglim. Yolg‘iz akang bo‘lib, Yoningda yurmadim... Kechir, meni singlim, Kechir, meni singlim!
Muxabbaaat alamli iztirob, ko'chang kezdim,sarsoon, dovdirab, yuzlarimga yuzlaring tirab, ko'zlarimni bog'lab qo'ydingku..!
|
|
| |
misS | Сана: Шанба, 22-Окт-2011, 12:40 | Изох # 112 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
| Gullarning bir toza yuziga qarab, Shabnamlar yarashgan ko'ziga qarab, Taratgan bo'yicha o'ziga qarab, Ko'rgim kelib ketdi, seni judayam.
Tiqilinch shaharda topmadim oshno, Kengliklarga chiqib ketdim,huvaydo, Qaroqlarim sadr tepar, vovaylo, Ko'rgim kelayapti seni juda ham.
Osmonni sindirib tashlar qaldiroq, Daraxtlar qo'lini bosadi titroq, Savolday lopillab yonadi chiroq, Ko'rgim kelayapti seni juda ham.
Necha ming ko'z bn to'qnashdi ko'zim, Qiyosing topolmay to'kilar bo'zim, Umrimni ko'zingga joylagan o'zim, Umrimga termulib turgim kelyapti, Men seni juda ham ko'rgim kelyapti.Добавлено (22-Окт-2011, 11:40) --------------------------------------------- Sog'ina,Sog'ina Sog'inmay qo'ydim, Endi menga baribir,kelsang,kelmasang. Qo'lingdan kelsa gar osmonni tashla, Endi menga baribir sevsang,sevmasang!
Sog'ina,Sog'ina, Sog'inmay qo'ydim, Xop,telba ko'nglimga cho'pchaklar aytdim. Aldashni o'rgandim yurakni boplab, Daryoga oborib sug'ormay qaytdim.
Sog'ina,Sog'ina, Sog'inmay qo'ydim, Tili bo'lsa aytsin shu to'rt devorning. Endi men sira ham yig'lamay qo'ydim, Qo'limga olmayman qaytib ishq torni.
Sog'ina,sog'ina, Sog'inmay qo'ydim, Ahir ne orttirdim kuyib-kuyinib. Yashayman endi men bir odam bo'lib, Qornim to'q,ustim but,shunga suyinib.
Sog'ina,Sog'ina, Sog'inmay qo'ydim, Ko'ksimga bir mushtlab,oxir unutdim. Endi sen kimsanu nedir muhabbat, Bu o't peshonamni qismatga tutdim.
Sog'ina, Sog'ina, Sog'inmay qo'ydim...
Farida Afro'z
Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!
|
|
| |
Hushroy | Сана: Шанба, 22-Окт-2011, 19:51 | Изох # 113 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 48
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 951
Холати: Хозир йўқ
| ...
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Hushroy - Шанба, 22-Окт-2011, 21:26 |
|
| |
Dilnoza | Сана: Шанба, 22-Окт-2011, 20:05 | Изох # 114 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
| Mayli mayli karvon o'tar itlar xam xuraverar aslida mevali daraxtga Doimo tosh otilar.
Bo'ladimi bo'ladimi Indamasdan yashasa.
Hushro'r suqulganiz suqulganda opam. Sizni raxmatizga kim zor. Juda aytgiz kesa chat gapizni l.s.ga yozing. Tushunmaydi toba.
Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
|
|
| |
Dilya | Сана: Чоршанба, 02-Ноя-2011, 15:28 | Изох # 115 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 171
Холати: Хозир йўқ
| NIDO Yoqadi she'riy doston ))
Hayqiraman, Tog'lar ortidan gumburlagan sado keladi, Ona-Yurtning otash qa'ridan O'g'lim! degan nido keladi. O'g'lim! Vujudimni chulg'ar alanga, Bo'g'zimga tiqilar hayajon. -Mana men o'g'lingiz. Dardli olamga Sizdan tanho yodgor, So'ylang,otajon. So'ylang, bir daqiqa quloq solayin, ovozingiz tinglab to'yolmaganman bir marta yo'qotib topolmaganman, Xayolimni tinklab olayin. Otajon!
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Dilya - Чоршанба, 02-Ноя-2011, 15:30 |
|
| |
ledy | Сана: Чоршанба, 02-Ноя-2011, 15:47 | Изох # 116 |
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 2050
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1169
Холати: Хозир йўқ
| Ayo soqiy, sunib joming qil ehson, yashnasin dillar, Ko'rundi avval ishq osonu so'ngra tushdi mushkullar.
Sabo yechmoqchi bo'lgan sochining xush bo'yiga ont kim, Muanbar halqa-halqa sochidin qon bo'ldi ko'ngullar.
Botir sajjodani mayga agar piri mug'on aytsa, Yo'lovchiga erur ma'lum yo'l ahvoli va manzillar.
Menga yor o'yida ishrat qurish imkoni yo'q har dam, Qilurkan qo'ng'iroq faryod, bog'lang yukni, g'ofillar.
Qorong'udir kecha, qo'rqinchli mavj, dahshatlidir girdob, Na bilgay holimizni chetda turgan yuki yengillar.
Yomon ot birla fosh o'ldi ishim oxir o'jarlikdan, Nechun pinhon qolur sir so'zlasa majlisda oqillar.
Agar vasl istasang undan yiroqqa ketma, ey Hofiz, Tilakni izla, qo'y dunyoni, ber orzuga tabdillar.
Hofiz SheroziyДобавлено (02-Ноя-2011, 14:45) --------------------------------------------- Men seni topgandim, ammo yaxshi qol, Sen “yaxshi qol”, degil, “ko’rishguncha”mas. Bul quyosh hali ko’p ol bo’ladir, ol, Bul oy ham umrimga ko’p qiladir qasd.
Sen sherik bo’lmaysan endi g’amimga, Darvoqe, hech qachon sherik qilmadi. Xayr endi, ma’zur tut ortiq-kamimga, Men seni Laylodek seva bilmadim.
O’rtanma, bul xato mushkullaridan, Yo Rabbiy, lahzada bor orzular puch. Men ham qaydan bilay ishq yo’llarida- Majnun emas, Senga kelarimni duch…
Halima Xudoyberdiyeva Добавлено (02-Ноя-2011, 14:47) --------------------------------------------- Ketdim, o'yladimki sendan qutuldim, Endi sensiz kutgum har tongotarni. Ismingni qalbimdan chechakday yuldim, Yorab, chechak shunday ildiz otarmi?
Yorab, o'limku bu ishq degani , a, Nahot har hujayrang egallab borsa? Nahot har chin oshiq "ishq" deganida, Peshonasin o'lim gurzisi yorsa?
Qayoqdanam senga ko'ngil ochdimu, O'zimni umrlik o'tga soldim men. O'limdan qochganday senday qochdimu, Sensiz o'larimni sezib qoldim men.
Izlab topolmayman birorta taftni, Sensiz har qadamda urilib toshga. Ko'ksimda hech narsa ildiz otmabdi, Egallagan o'sha chechakdan boshqa...
Halima Xudoyberdiyeva
|
|
| |
Chingiz_Madadian | Сана: Чоршанба, 02-Ноя-2011, 16:00 | Изох # 117 |
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 2
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 264
Холати: Хозир йўқ
| Iroda Umarova "Do'st"
Xafalashdik kimlar uchun zo'r ish bo'ldi, Arazlashdik endi sira yarashmaymiz. Do'stim qalbim to'la g'urbat sho'rish bo'ldi, Xatto g'amni qizg'onamiz bo'lishmaymiz.
Yuragimda ig'volarning izlari kir, E u dog'lar yuvilgaymi yig'i bilan. Ortimdan tosh otganingiz tutgincha sir Tikka so'yib keting mardlik tig'i bilan.
Dilginamni xaq so'z bilan tilib keting, Jaroxati sog'inch bilan davo ko'rgay. Yuz yilda bir oldimga kelib keting, Ko'zim sizga faqat mexr ravo ko'rgay.
Allah helps 74and loves everyone
|
|
| |
ledy | Сана: Пайшанба, 03-Ноя-2011, 13:41 | Изох # 118 |
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 2050
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1169
Холати: Хозир йўқ
| Умримни ўткинчи сабога бердим, Энг сўнгги чақамни гадога бердим, Бу телба руҳимни Худога бердим, Сабо олиб борди, гадога берди, Гадо йиғлаб борди, Худога берди, Худо мени сенга хатога берди, Сен мени кимларга бердинг, Азизим?!
|
|
| |
Dilrabo | Сана: Жума-муборак кун!, 04-Ноя-2011, 13:04 | Изох # 119 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
| Zebo Mirzayevaning Nur kukunlaridagi eng yorqin misralar.Rahmat Karima opa M.Yusufdan ham yozing ,iltimos.
Nigohimda jamdir bu olam...
|
|
| |
Lucia | Сана: Жума-муборак кун!, 04-Ноя-2011, 15:14 | Изох # 120 |
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 54
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 360
Холати: Хозир йўқ
| Boqa kirsam maylimi gula tersam maylimi form axlini kevotgan xayit ayomi bn tabriklasam maylimi ! Xayit mubore aziz yurtdowla.
|
|
| |
ledy | Сана: Шанба, 05-Ноя-2011, 01:44 | Изох # 121 |
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 2050
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1169
Холати: Хозир йўқ
| Рахмат Лучия! Сизни хам табриклаймиз, бутун форум билан. Ха сизга катта байрам, яхши утказиб олинг.
Добавлено (05-Ноя-2011, 00:44) --------------------------------------------- Bog'imga qaytganda sabolar, Qaytadan yaraldi navolar. Shabnamga to'yganda havolar Muhabbat ortiga qaytmadi, Qayerda qolganin aytmadi...
Kelganda g'uncha deb uzmadim Yurakning zulfinin buzmadim Muhabbat ekanin sezmadim Adashdim. Ketdi-yu, qaytmadi... Sevgilim ekanin aytmadi...
Zor bo'lib kutganim yetmasdan O'zgaga parvo ham etmasdan Ortidan ergashib ketmasdan Qolgandim. U esa qaytmadi... "Yur birga ketdik" - deb aytmadi...
Ajib so'qmoqlarda qoqindi yurak Muhabbat bog'ida yolg'onchi tilak Bo'lganda men emas, u menga kerak Muhabbat ortiga qaytmadi. Qaytsa ham, manzilin aytmadi...
Azimga aylandi nozik bo'y nihol: Bir umr xijronda to'lg'onib behol, Bo'lganda dilpora yetishmay visol Muhabbat ortiga qaytmadi... Ortiga qaytmasin aytmadi...
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) ledy - Шанба, 05-Ноя-2011, 01:45 |
|
| |
Dilrabo | Сана: Шанба, 05-Ноя-2011, 01:53 | Изох # 122 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
| Baraka toping,ilohim.Murodlaringizga yetib yuring doimo.Rahmat Karima opa.
Nigohimda jamdir bu olam...
|
|
| |
ledy | Сана: Шанба, 05-Ноя-2011, 02:11 | Изох # 123 |
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 2050
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1169
Холати: Хозир йўқ
| Бошинга тушганда кулфату - ташвиш, Яхши кўрган ёринг хам ташлаб кетармиш. Дўстларингман деб юрганларин, Орқангдан тарқатса турли хил миш-миш, Сен учун йиглаган маюъсу хомуш, Ана ўша онанг бўлармиш. Омадинг кетса дуолар қилармиш, Хеч ким қолмаганда, қошингга келармиш. Омадинг келса суюниб кулармиш, Ана ўша онанг бўлармиш.Добавлено (05-Ноя-2011, 01:11) --------------------------------------------- Umr nimа umr аslidа Bir yumаlоq tugmаchа yo’l Tugmаdаn sаl kаttаrоq Yo yanа bir nimаchа yo’l.
Bеshigimning оldidаn Qаbrim оldigаchа yo’l Mеn kеtаrmаn bir kuni Nаvоlаrim zоrim qоlur.
Bu uzun hijrоn yo’lidir Bu uzun аzоb yo’li Hаr sаhаr kulib chiqib Yig’lаb bоtаr оftоb yo’li.
Kim uchun sаvоb yo’lidir Kim uchun gunоh yo’li Hаr nеdir, hаr birigа Оrtimdа iqrоrim qоlur.
O’zbеgim uyidа yangrаr Hаmmаvаqt qo’shiqlаrim Yod bo’lib аytgаnlаrim Hаr dildа mоzоrim qоlur.
O’zbеgim uyidа яngrаr Xаmmаваqt qo’shiqlаrim Yod bo’lib аytgаnlаrim Elimdа аlyorim qоlur.
Yaхshilik murоdi bоr hаr Dilgа mеn jоnim bеrаy Yaхshilаrgа qo’ldа bоru Yo’g’u imkоnim bеrаy.
Ko’ngli pоk shоgirdimаn Bulbul bu zаbоnim bеrаy Mеn kеtаrmаn bir kuni Nаvоlаrim zоrim qоlur
|
|
| |
Zuxraxon | Сана: Душанба, 07-Ноя-2011, 00:45 | Изох # 124 |
Рўйхатда
Гурух: VIP
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 790
Холати: Хозир йўқ
| Mен сизни севаман асли...
Мен кузни севаман, паришон кузни, Телба раккосалар – хазонларни хам. Девона томчилар колдирган изни, Ишк майи маст килган тузонларни хам… Мен кузни севаман, у сиздек сирли, Сизнингдек уйчану, сизга ухшамас Сизнингдек якка-ю, сиз каби турли Лекин мен истаган дустга ухшамас… Мен кузни севаман, сиздек тошбагир Куз менинг – мен каби телбалар фасли, Тан олгим келмайди, тан олмokлк огир… МЕН СИЗНИ СЕВАМАН, СЕВАМАН АСЛИ!!!!
|
|
| |
misS | Сана: Душанба, 07-Ноя-2011, 10:28 | Изох # 125 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
| SOKINLIK QUCHOQLAR AJAL SASINI, YULDUZLAR UCHMAYDI ULAR SO'NADI. ALBATTA QURIGAN MAYSA KETIDAN, BAHORDA YANGI BIR MAYSA UNADI.
DARAXT BARGLARINI TO'KSA YIG'LAMA, BIR BARG BO'LOLMAS HAYOT MAZMUNI. KAPALAK MISOLI UMRIM DEMAGIN, ALLOHGA SHAKKOKLIK DILNING MAHZUNI.
SEN UCHUN ARZIMAS O'SHA LAHZALAR, KIMGADIR ASQOTAR O'LIM ONIDA. SEN UCHUN O'TKINCHI BEHUDA UMR, SOATI BO'LMAYDI KIMNING YONIDA.
HAYOTGA TERANLIK KO'ZI ILA BOQ, SHOSHILMA O'LIMNING ETAGI SARI. TAQDIRING QIYNOQLI YO'LDA BO'LSADA, BUGUNING O'TADI KECHANG SINGARI.
Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!
|
|
| |