[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Yoqtirgan she'rim
NOZIСана: Чоршанба, 08-Июн-2011, 02:38 | Изох # 51
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: ИЗОХЛАР МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 2808
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 1158
Холати: Хозир йўқ
Севги давосини изладим узок,
Изладим, ахтардим, топмадим бирок.
Севги давосиздир, дерлар купчилик,
Бу мен учун булди энг сунгги сабок.

Добавлено (08-Июн-2011, 01:38)
---------------------------------------------
Ой тулибди бахор кезлари,
Сенсиз гариб экан бу дунё.
Нур ёгдирар само дилбари,
Сенсиз гариб экан бу дунё.
Кандай гузал эди у чоглар,
Бошин эгиб тинглайди тоглар,
Фигён айлар гуллаган боглар,
Сенсиз гариб экан бу дунё.
Утмиш сари судрар хаёлим,
Кайлардасан, сузлари болим?
Билмам энди не кечар холим.
Сенсиз гариб экан бу дунё.
Йиллар утар, кутаман хамон,
Багрим эзар сирли бир армон,
Хаммадан хам ёлгизлик ёмон,
Сенсиз гариб экан бу дунё.


 
FarruxbekСана: Чоршанба, 08-Июн-2011, 06:03 | Изох # 52
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 36
Холати: Хозир йўқ
Sevdim desam ishonding
Yondim desam ishonding
Jonim desam ishonding
Yolg'on desam ishongin


BUXORO GLAMOUR BUXORO ELITA QIL TASSAVVUR DUNYODA BITTA
 
DilyaСана: Чоршанба, 08-Июн-2011, 11:17 | Изох # 53
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 171
Холати: Хозир йўқ
Uzoqdan turib (Oybek)

Ko'zlari cho'lpondek nozli sevgilim!
Ko'zingga bir boqib, men sevdim seni.
Xayoling eslarkan qonaydi dilim,
Yolvoray,go'zalim, unutma meni!

Добавлено (08-Июн-2011, 10:17)
---------------------------------------------
Uzoqdan turib (Oybek)

Ko'zlari cho'lpondek nozli sevgilim!
Ko'zingga bir boqib, men sevdim seni.
Xayoling eslarkan qonaydi dilim,
Yolvoray,go'zalim, unutma meni!


 
NOZIСана: Душанба, 13-Июн-2011, 02:56 | Изох # 54
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: ИЗОХЛАР МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 2808
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 1158
Холати: Хозир йўқ
Сен мени узгага ухшатма зинхор,
Куш дема, йук менда учмокка мадор,
Юлдуз хам эмасман, эмасман бахор,
Мени менлигимча сева олсанг, сев.

Дунёга тенг, дединг, гарибман ахир,
Гул топган хар инсон мендан-да мохир,
Фарход булгим келмас, эмасман Тохир,
Мени менлигимча сева олсанг, сев.

Купам кийимимга кадама кузинг,
Номимни эшитиб ёришса юзинг.
Билсанг сендан топдим узимни узим,
Мени менлигимча сева олсанг, сев.

Сигинсанг менга бахт булишни уйлаб,
Кон-ла севгинг окса, вужудинг буйлаб,
Сендан бошкасини килмайман талаб,
Мени менлигимча сева олсанг, сев.

(Ахтам Рузимуродов)


 
SakinaСана: Чоршанба, 15-Июн-2011, 18:10 | Изох # 55
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 42
Холати: Хозир йўқ
eng buyuk sevgim albat allohga
song esa payg'ambar ul muhammad (s.a.v)ga
song ota onamu jigar bandimga
shundan keyin sizni sevgum rozi bolsangiz

hayolimdasiz harkun deya olaman
faqat o'ylamayman men ibodatda
ollohdur bilsangiz ha nafasimda
shunday sizni sevgum rozi bolsangiz

tushumga kirsangiz ha quvonaman
muhammadni (s.a.v)ni tushda kormoq asli orzuim
hafa bolmang sizni buyuk, seva olmiman
shunday sizni sevaman rozi bolsangiz


 
ParvinaСана: Чоршанба, 15-Июн-2011, 18:13 | Изох # 56
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
Любовь моя как океан,
Так же и безмерно и безбрежно
Любовь моя как ураган,
Так же опасно и мгновенно
По жизни я иду, влюбляясь
Тебя зааметила и вдруг-
Во мне все так перевернулось
Хоть ты мне вовсе и не друг...
И что нашла в тебе?
Не знаю. И даже не хочу я знать.
Люблю тебя и обажаю.
Ревную снова и опять.
Прходишь мимо гордо, славно
И не глянешь на меня.
Моя душа огнем пылает
И потушить его нельзя!!!


Allah büyükdur
 
DilyaСана: Пайшанба, 30-Июн-2011, 15:30 | Изох # 57
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 171
Холати: Хозир йўқ
Do'stlar yaxshilarni avaylab saqlang!
Salom degan so'zini salmog'in oqlang!
O'lganda yuz soat yig'lab turgandan,
Uni tirigida 1 soat yo'qlang!

MAQSUD SHAYZODA


 
DilnozaСана: Якшанба, 10-Июл-2011, 06:27 | Изох # 58
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
Uchrashamiz bizlar baribir, bu dunyomas nargi dunyoda. Uchrashamiz bizlar baribir òtsa xamki oradan yillar, chunki sensiz befayz manzillar chunki sensiz qayg'u ziyoda. Aslida bu S.Nazarxanni qòshig'i lekin qòshiq unchamas sòzlarni òzi chiroyli sheriy tarzda tasirli.

Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
 
NOZIСана: Душанба, 18-Июл-2011, 01:37 | Изох # 59
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: ИЗОХЛАР МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 2808
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 1158
Холати: Хозир йўқ
Ажралишдик, кутар бошинг,
Кузларингда нега гам?
Мардим, тукма куз ёшинг,
Томчисига арзимам.
Не кун солдинг сен бошимга,
Бу кандай ишк, кай фирок?
Арзимайсан куз ёшимга,
Мен хам йиглайман бирок.


 
AlisherbekUZСана: Чоршанба, 20-Июл-2011, 15:00 | Изох # 60
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
Sen ma’sud dunyoning borini
O’ylading. Yashading. O’tkarding.
Berding qorachiqlar umrini,
Tunlarni kiprikda ko‘tarding.
Farzandlar ketdilar har taraf,
Sokin qoldi uying - anglading.
Sog‘inding.
Sog‘inch-la yo‘l qarab
Bir vujud sog‘inchga aylanding.
U kunlar yodi ham senga shon!
Tunlar xotirasi boqiydir.
Salomlar abaddir, onajon,
Vidolar foniydir!
Foniydir!

Sirojiddin Sayyid.

Добавлено (20-Июл-2011, 13:58)
---------------------------------------------
ILINJ

Yurtim, menga zar kerakmas zarlaringdan,
Kipriklarim o‘psalar bas gardlaringdan.
Men bir nasim bo‘lib keldim, men bir nasim,
Aytib o‘tsam deyman ko‘hna dardlaringdan.

Almashdilar seni nomu rutbalarga,
Munglug‘ bo‘lib qolding botib shubhalarga.
Hilollaring qaytar yana qubbalarga,
Moziylarga so‘ylab-so‘ylab zorlaringdan.

Menga qadim minorlardan bir sas yetar,
Shul sas mening ko‘nglim oxir serfayz etar.
Menga dunyo kerak emas, bir xas yetar
Yassaviylar yotgan aziz yerlaringdan.

Oqsaroyga qay kunki yuz burgandim men,
So‘nmish shonu shavkating deb kuygandim men.
She’r aytishni sal-palgina o‘rgandim men
Chinorlarda yig‘lab yotgan barglaringdan.

Bu dunyoda ko‘ngillarga chirog‘ yoqsam,
Mozorlaring sukutidan saboq olsam,
Tiniqqina buloq bo‘lib oqib qolsam
Olloyorlar nazar qilgan jarlaringdan.

Sirojiddin Sayyid.

Добавлено (20-Июл-2011, 14:00)
---------------------------------------------
Birodar!
Qo‘lda jom, ko‘zda yosh nadir?
Savdolar ichinda yolg‘iz bosh nadir?
Nasihat nimadir?
Bahs-talosh nadir?
Fano darvozasi abad yopilmaydi.
Dunyo topiladi,
Odam topilmaidi.

Birodar!
Oshiqlik bahordir - o‘tgay.
Bu toshqin tuyg‘ular daryodir - o‘tgay,
Goh ko‘ngil berganing xatodir - o‘tgay,
Umid g‘unchalari doim ochilmaydi,
Dunyo topiladi,
Odam topilmaydi.

Birodar!
Umrni farzona etgil.
Neki dardmandliqdir darmona etgil,
Neki armonliqdir tarona etgil,
Har dil ham she’r bo‘lib nur socholmaydi,
Dunyo topiladi...
Odam topilmaydi.

Birodar!
Dunyodan nechun shikoyat?
Nechun bu tuganmas mahzun hikoyat?
Tiriklikning o‘zi buyuk inoyat.
Shudir o‘tganlarning eng komil bayti:
Dunyo topiladi,
Odam topilmaydi.

* * *

Men ishq elining nolayu afg‘onida kuydim,
Ko‘ngil uyining otashi armonida kuydim.

Mehrin tilabon o‘tsa agar oshiqi zorlar,
Mehrimni berib men esa tovonida kuydim.

Mushkul edi yo‘l, ranj ila izhoriga yetdim,
Sizlar ko‘yida, men esa domonida kuydim.

Do‘st kim, raqib kim, haq birla hakim kim, -
Bilmay aslin lol ila hayronida kuydim.

Har yon sado berdi maning zori dilimga,
Intildimu lekin dag‘i har yonida kuydim.

Dunyoyi azalning g‘azaliy matla’i buldur:
Boshlab hama ishni ani poyonida kuydim.

Ham maksadu, ham matlabu, ham dardu va ham ishq,
Ham ishq elining nolayu afg‘onida kuydim.

Sirojiddin Sayyid.

 
misSСана: Чоршанба, 20-Июл-2011, 18:52 | Изох # 61
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
Juda baxtli eding u bilan,
Dunyoni to'ldirib yurarding.
Sen o'shani o'ylaysan hamon,
O'sha bilan banddir yuraging.
Uning bilan kechgan damlardan,
Senga qolgan shirin xotira.
Mening esa achchiq g'amlardan,
Tortib ketti ko'zlarim xira.
Lekin sevgim joy topolmadi,
Xotiralar yotgan qalbingdan.
Sen uni hech unutolmading,
Men ham kecha olmasman sendan.

Rauf Parfi


Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!
 
DilnozaСана: Чоршанба, 20-Июл-2011, 21:50 | Изох # 62
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
Bu dunyo arzimas fido bo'lishga
Bandasan urinma XUDO bo'lishga
bu satrlar qo'shiq lekin juda tasirli ko'p ashulalarni eshtolmayman so'zlarini yozib o'qib turish yoqadi.


Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
 
misSСана: Шанба, 23-Июл-2011, 14:46 | Изох # 63
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
Alvido deyishga majburman bugun
Mag’rur boshim egik ko’zlarimda yosh
Alvido dedimu go'yoki bugun
Men uchun so'nggi bor chiqqandek quyosh

Nega vidolashdik aytginchi nega
Qalbingga noo'rin olov yoqdimmi
Nega bunday bo'ldi aytginchi
Yoki biror marta sovuq boqdimmi

Endi men kimga ham aytayin dardim
Qaysi ostonaga urayin boshim
Yo boraymi yoningga qaytib
Yo’q bunga yetmaydi sabr bardoshim.

Qalbimda yashaysan demak qalbim to'q
SHuning o'zi menga baxti kifoya
Bilib qo'y sen meni uchratganing yo'q
Bularning hammasi ertak hikoya

Har damda so’z berdik qo'limiz tashlab
Lekin uddasidan chiqa olmadik
Oqibat haydadik ko’zimiz yoshlab
Bir og’iz shirin so’z ayta olmadik

Balki yillar o'tar nishonsiz nomsiz
Qachondir yetarsan mening qadrimga
O'shanda men ham ruhsiz va jonsiz
Gullar o'sib chiqar mening qabrimda

Alvido azizim alvido sevgim
Umring boqiy baxting bor bo'lsin
Men sajda qilurman bosh egarman bosh
Peshonang yorug’bo'lsin baxting bor bo'lsin
ALVIDO.


Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!
 
ledyСана: Шанба, 23-Июл-2011, 16:27 | Изох # 64
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 2050
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1169
Холати: Хозир йўқ
Agar...

Tuhmatdan yiqilsa
birorta do'stim,
men-chi xilvatlarda berkinib yotsam.
Bu ham yetmaganday ancha vaqt o'tib,
poklikdan so'ylasam,
xotira sotsam.
Yo'q, bo'lmas,
yashardim boshimni egib,
kezardim umrbod yurtma-yurt oshib.
Odamzot ko'ziga qarolmasam tik,
ko'ksimga osilgan bo'lardi boshim.
Yo'q, yo'q, yo'q...
Albatta birga bo'lardim
tamug' malaylari ishga tushgan choq.
Do'stimla yonma-yon turib o'lardim,
ehtimol, o'lardim undan oldinroq.


 
DilnozaСана: Пайшанба, 18-Авг-2011, 01:28 | Изох # 65
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
Kelibman men ushbu dunyoga, senga savol bergim keladi. Ne sababdan inson-insonni sevadiyu tashlab ketadi?

Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
 
ledyСана: Сешанба, 23-Авг-2011, 17:49 | Изох # 66
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 2050
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1169
Холати: Хозир йўқ
Бир сих топилмас, калбимни сихлашга,
Армондан эзилган юракни михлашга,
Бир хамдард изламам, лоакал,
Бир маймун топилмас, холимга йиглашга.

Добавлено (23-Авг-2011, 16:49)
---------------------------------------------
Мен канча яшадим, бир кунми? Минг йил?
Асли тугилдимми, улдиммикин ё?
Мен билан тулгандек булдими кунглинг?
Айт кайси корингга ярадим Дунё?


 
DilnozaСана: Пайшанба, 25-Авг-2011, 06:43 | Изох # 67
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
Tezroq qorayib osmonim, uchib òtar bir yulduzcha, undanda tezroq chopaman yorim vaslinga yetguncha.

Добавлено (25-Авг-2011, 05:43)
---------------------------------------------
Sayyod. "sevganimga atalgan noma"


Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
 
misSСана: Пайшанба, 25-Авг-2011, 09:11 | Изох # 68
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
Mayli senga nima ham derdim,
Ko'ngil qo'ygan bo'lsang o'zgaga.
Senga mangu bo'lmoqchi edim,
Maftun bo'lib ketding o'zgaga.

Buyruqlarga bo'ysunmas yurak,
Zorim boru,zo'rim yo'q mening.
Yurak borki unga yor kerak,
Sendan o'zga yorim yo'q mening.

Sen ketarsan va sening bilan,
Qalbim ketar butun umrga.
Taqdirimga bersam hamki tan,
Hayolimda qolursan birga!!!

Добавлено (25-Авг-2011, 08:11)
---------------------------------------------
-Sevgi!
Yuragimni yig'latding,
Nahot qilmading rahm?!
Uzdingu qalbimdan gulingni,
Nega ildizini olmading?..
Hali yana gullaysan yuragimda-
Armon bo'lib...
Do'stlar bilan bahslashaman gox,
deyman sizni dunyoda tengsiz.
G'azab meni tark etar nogoh,
Menga qarab kulib qo'ysangiz...


Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!
 
DilnozaСана: Сешанба, 30-Авг-2011, 10:18 | Изох # 69
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
Zòr tovug'im bor edi semiz va sergar. Yapaloq deb men unga qòygandim laqab. Tuxum qilib berardi xar kuni oppoq shu tufayli u bilan yashadik inoq)

Добавлено (30-Авг-2011, 09:18)
---------------------------------------------
Bu òqish kitobidan edi) oxirgacha yozmadim juda qiziq sher)


Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
 
DilraboСана: Чоршанба, 31-Авг-2011, 00:50 | Изох # 70
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Onajonim közlaringizda kunning nafaslari bor ediOnajonim yuzlaringizda oyning havaslari bor edi.bu qöwiqdan.Meni yozgan werlarim gamgin.Wuni un yozmayapman bu yerda.

Nigohimda jamdir bu olam...
 
KamolaСана: Пайшанба, 01-Сен-2011, 00:07 | Изох # 71
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 163
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 319
Холати: Хозир йўқ
Baribir tariflay olmayman, Faqat bir Savolim Bor sizga wu on. Jannat oyog'ingiz ostida bo'lsa, Buyuk qalbingizda ne Bor onajon!!! Maktab paytlarda yodlaganman. O'zimga juda yoqardi. Hozirgacha esimda ekan

Ollohim o'zingdan o'zgaga muhtoj etma!
 
LuciaСана: Пайшанба, 01-Сен-2011, 01:10 | Изох # 72
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 54
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 360
Холати: Хозир йўқ
misS nima böldi? Bunchali qayg'uli wer. Yaxwi narsala xaqida öylab ilxom parilarini chaqir örto unaqa qörqitma odami.:-(
 
misSСана: Жума-муборак кун!, 02-Сен-2011, 12:40 | Изох # 73
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
Mening manzilim QALB respublikasi, MUHABBAT viloyati, SEVGI shahri, RASHK mahallasi, ISHQ ko'chasi,
birinchi burilish - yurakka urilish...
Tashrif buyurish uchun esa OSHIQLIK pasportiga VAFO vizasini qo'ydirib, KO'NGIL kassasidan VISOL chiptasini olasizu,
<<QAYDASAN JONIM>> samalyotida FIROQ chegarasidan o'tib, SOG'INCH aeroportiga tushasiz.
Chiqish eshigi oldida SHODLIK taksilari ko'p, biriga o'tirib kelavering...

Добавлено (02-Сен-2011, 11:40)
---------------------------------------------
Sog'inch-
Dilni xisga to'ldirgan gullar,
Yo'l qaragan ko'zni tindirgan yo'llar,
Mexrni sarobga ilinib kutsam,
Sarobga umrimni ko'ndirgan yillar!


Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!
 
DilraboСана: Жума-муборак кун!, 02-Сен-2011, 15:17 | Изох # 74
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Sog'inch haqida bundan ortig'i bormikan yana?

Nigohimda jamdir bu olam...
 
ZuxraxonСана: Жума-муборак кун!, 02-Сен-2011, 16:00 | Изох # 75
Рўйхатда
Гурух: VIP
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 790
Холати: Хозир йўқ
Alvido qalbimda so`liding sevgim,
Meni tashladingu ko`zda yosh qoldi.
Kelmasliging boshqa eslasam borim,
Alvido so`ziga qul bo`lgim bir zum.
Xayolimda o`zing yuragim yarim,
Zolimdek bo`ldingku ketding sen yorim.
O`ylamay alvido so`zini aytding,
Alamdan yonarman yakka o`zim jim!


 
Поиск: