Yoqtirgan she'rim
|
|
misS | Сана: Жума-муборак кун!, 02-Сен-2011, 16:00 | Изох # 76 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
| Agar sevgi hayot asosi bo'lsa, Bu baxt demakdir, Baxt esa - baham ko'rish, Baham ko'rish esa - do'stlikdir, Do'stlik - xotirlash, Xotirlamoq esa - unutilmaslik bo'lsa, Demakki sevilganmiz.
Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!
|
|
| |
bek_x6 | Сана: Жума-муборак кун!, 02-Сен-2011, 16:04 | Изох # 77 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 58
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 676
Холати: Хозир йўқ
| qorbobomiz oppoq pewanasi yalpoq ....
Vaqt o‘tadi va hayot ko‘rsatadi... Hammasi yaxshilikka bo‘lgan bo‘ladi :-)
|
|
| |
Zuxraxon | Сана: Жума-муборак кун!, 02-Сен-2011, 16:19 | Изох # 78 |
Рўйхатда
Гурух: VIP
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 790
Холати: Хозир йўқ
| Jimgina turib joyimda, Eslarman o`tgan kunlarni o`yimda. Undan qolgan achchiq kunlar dilimda, Sog`inib kuylagan kuyim tilimda.Добавлено (02-Сен-2011, 15:19) --------------------------------------------- Xotiraga ko`chdi sevgimiz, Baxtning shodon kulgusi tindi. Armon bo`ldi sodiq tuyg`umiz, Sen birovning yorisan endi... Ayro-ayro tushdi yo`limiz, Orzularning cho`g`lari so`ndi. Ko`z yosh bo`lib oqdi ko`nglimiz. Sen birovning yorisan endi... Umrimga iz soldingu, lekin, Jonimdan joy oldingu, lekin, Tushlarimda qoldingu, lekin, Sen birovning yorisan endi... Qo`lga olsam yig`lar surating, Peshanasi sho`r muxabbatim. Yashasa xam menda xasrating, Sen birovning yorisan endi... Bir kun kelib tog`lar uchrashar, Biz kezgan u bog`lar uchrashar. Nigohlarda oxlar uchrashar.. Sochlarimning qorisan endi, Yuragimning zorisan endi. SEN BIROVNING YORISAN ENDI...
|
|
| |
Loading | Сана: Жума-муборак кун!, 02-Сен-2011, 19:07 | Изох # 79 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Man iltimos qilardim manga Yoqqan sherni yozib bersalar. Marxabo Karimovani-Men janatga kirmasab bo'lmas deb aytiladigan sherini.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
Hushroy | Сана: Жума-муборак кун!, 02-Сен-2011, 20:41 | Изох # 80 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 48
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 951
Холати: Хозир йўқ
| Orzu. Jimjilog'im kuygan edi bir, "Dod!" deganman yugurib zir-zir, Haligacha shu yerim og'rir, Men jannatga tushmasam bo'lmas. Oh, u azob! Oh, u qiynog'im, Qutqarolmas pul, na o'rtog'im, Pash-pash, voy-voy, jonim barmog'im, Men jannatga tushmasam bo'lmas. Bori yo'g'i kichkina barmoq, Bir lahzada bo'ldi qizg'aldoq, Jismim yonsa chidayman qandoq? Men jannatga tushmasam bo'lmas. Sen zahringni sochaver, ilon, Sen qo'shningni chaqaver, chayon, Sen g'iybating qilaver, nodon, Men jannatga tushmasam bo'lmas. Sening ishing yo'ldan urishdir, Deysan doim: "Yur, gunohga, yur", Meni tinch qo'y, shayton, yer yutgur, Men jannatga tushmasam bo'lmas. Sen olovdan bino bo'lgansan, Shuning uchun o'tdan qo'rqmaysan, Yuraversin ortingdan yurgan, Men jannatga tushmasam bo'lmas. Meni onam qiynalib tuqqan, Meni otam ter to'kib boqqan, Asli naslim jannatdan chiqqan, Men jannatga tushmasam bo'lmas. Hoy, g'iybatchi, baraka topgur, Aybu nuqsonlarimdan gapir, Gunohimni bir oz kamaytir, Men jannatga tushmasam bo'lmas. Sherik bo'lmay ayshu zinoga, Talpinayin ilmu ziyoga, Kelishimdan maqsad dunyoga, Men jannatga tushmasam bo'lmas. Yashash uchun gulday yosharib, Nuri rahmat ila tozarib, Sadaqamni olgin, ey g'arib, Men jannatga tushmasam bo'lmas. Yettitadan har to'rt tomondan, Qo'ni qo'shni haqdordir mendam, Yaxshiliklar qilayin jondan, Men jannatga tushmasam bo'lmas. Derlar: "Buroq sonida qanot, Ko'zi tushgan joyiga bu ot, Qadamini qo'yarmish, hayhot", Men jannatga tushmasam bo'lmas. Bormish Rap-rap degan bir ulov, Har manzilga yetkazar darrov, Mingim kelar o'shanga birrov, Men jannatga tushmasam bo'lmas. Bu dunyoda yashab behasham, Doim bo'ldi unim, bunim kam, Minmaganman hatto eshak ham, Men jannatga tushmasam bo'lmas. Koinotga qilmoq sayohat, Boylar ichra bo'lganmish odat, Narxi falon millionmish faqat, Men jannatga tushmasam bo'lmas. Bir qorong'u bo'shliq shuncha pul, Koshki topsang biror quchoq gul, Hoyu havas bizni qildi qul, Men jannatga tushmasam bo'lmas. Bu omonat, o'tkinchi dunyo, Bo'lmay johil, o'g'ri, behayo, Yashay sodda, to'g'ri, beriyo, Men jannatga tushmasam bo'lmas. Bisyor, balki, gunohim manim, Bilmam, qanday amal daftarim, To'lib toshdi pushaymonlarim, Men jannatga tushmasam bo'lmas. Ba'zan ish bitkazdim, porali, Olgan-bergan yuzim qorali, Shundan ko'nglim maxzun, yarali, Men jannatga tushmasam bo'lmas. Har bir yolg'on so'zimni kechir, Har bad nigoh ko'zimni kechir, Qusrli har izimni kechir, Men jannatga tushmasam bo'lmas. Yomg'ir suvin qatrasi qadar, Sahro qumin zarrasi qadar, Tavba, tavba, har shomu sahar, Men jannatga tushmasam bo'lmas. Daryo, dengiz, ummoncha tavba, Sholi, bug'doy, xirmoncha tavba, Yercha tavba, osmoncha tavba, Men jannatga tushmasam bo'lmas. Gunohimni etib maxfirat, Dafatarimni isloh qil, tuzat, Mahsharda o'ng tomondan uzat, Men jannatga tushmasam bo'lmas. Qabrda ham qilma bir o'lik, Jannatingdan ochib qo'y tuynuk, Ilm o'rganib yotay behadik, Men jannatga tushmasam bo'lmas. Eng ohiri kirsam ham mayli, Poygagida tursam ham mayli, Jamolingni ko'rmoq-chun seni, Men jannatga tushmasam bo'lmas. Ey, yaxshi do'st, ey, yori mahbub, Bandalaring ichra qil matlub, Bu so'z sening Arshingga maktub, Men jannatga tushmasam bo'lmas.
|
|
| |
Loading | Сана: Жума-муборак кун!, 02-Сен-2011, 20:43 | Изох # 81 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| P.S Raxmat!
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
Dilrabo | Сана: Жума-муборак кун!, 02-Сен-2011, 21:03 | Изох # 82 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
| Alloh rozi bölsin,Huwröy juda savob iw qildingiz.Jannatini ato ètsin barcha odamizodga.
Nigohimda jamdir bu olam...
|
|
| |
Hushroy | Сана: Шанба, 03-Сен-2011, 15:33 | Изох # 83 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 48
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 951
Холати: Хозир йўқ
| "SMS" (ESEMES) Hozirgi kunda oiladagi ajralishlarning sakkiz foiziga qo'l telefonlari sababchi bo'lmoqda. Statistika ma'lumotlaridan. (Ayollar uchun hangoma) Shekspir davri o'tdi, Boshqacha el turmushi, Tamom boshqacha hozir, Eru xotin urushi. Nima endi ro'molcha, To'rt burchak latta-da jo'n, Hozir rashk sababchisi, Zamonaviy telefon. Uydagi kelinlar ham, Bilmam, nima ovlaydi, Qachon qarama erin- Telefonini kovlaydi. Sim qoqqan bo'lsa agar, Bir shubhali raqamga, Suhbatlari, albatta, Aylanadi janjalga. O'lmaganda Shekspir, Zamon dardin bilardi, Otelloni, albatta, Ayollardan qilardi. Tasavvur qiling: janjal, Bo'layapti hovlida, Otelloning telefoni, Dezdemona qo'lida. Rashk o'tida qovrilar- Sho'rlik Dezdemonaoy, "SMS! SMS!" deb, Topolmas o'ziga joy: "Sog'indim, keling" debdi Qaysi mohov, qaysi bez, Kim yubordi aytasan, SMS, himm SMS! Oqmanmi men oqmanmi? Voy, yuragim sanchadi, Telefoning meni bir kun, Talqon qilib yanchadi! Ozayapman aqldan, G'azablarga to'laman, Oh, Otello, aytmasang, Dunyoga o't qo'yaman! To'xtatolmas hech narsa, Na bola, na do'stu yor, Ko'zlariga qon to'lib, Jinni bo'ldi tap-tayyor. Deyman: "Hoy, Dezdemona, Xudo olsin fe'lingni, Bitta "SMS"ni deb, Yeb qo'ydingmi, esingni? Qorayaloq eringning, Suyuqligin bilarding, Telefon o'lgurini, Kavlab nima qilarding? Qay it bilan gaplashsa, Gaplashib o'lmasmidi? O'zingni bilmaganga- Sob yursang bo'lmasmidi? O'zingni bos, to'xta, deb, Yopishaman qo'liga, O'ylabmanki, shunchaki, Qo'rqityapti yo'liga. Dezdemona eshitmas, "SMS" der paydar-pay, Otello jim, ishtonin Ho'l qilgan yosh boladay. Rashkchi ayol qasdlansa, Hech dushmanlik yetmaydi, Shayton bo'yniga minggach, G'idi-pidi ketmaydi. Dezdemona "Dod!" deydi: "Noinsof! Bediyonat! Hali sanmi, xotinga, Qiladigan xiyonat?! Menga xanjar beringlar, "MTS"mi, "Bilayn" Uyali tarmog'ini Jondan judo qilayin". Ko'zlari ola-kula, Qo'liga ola turib, Otelloning telefonin, Sindirdi yerga urib. Bo'g'ib ham o'tirmadi, Shekspir aytganiday, O'zin bossa bo'lardi, Sharq ayoli har qalay. G'azab bilan yotoqqa, Kirib ketdi, menimcha, Otelloning o't-bo'tin, Shartta kesib qo'ydi-da. "Dod" solardi Otello, Yotganicha chalqancha: -Ne qilding, ablah xotin, Ro'molcha ber, ro'molcha. Tilini tishlab turib Azbaroyi og'riqdan, Sho'ring qurg'ur Otello, Ketib qoldi xushidan. Ko'zin ochsa, kiyganmish, Oppoq libos o'ngmi, ters, Oldiga qizil rangda, Yozilganmish SMS: "Bu abonent tarmoqdan, Uzilib uxlatilgan, Har qanday aloqaga, Cheklashlar o'rnatilgan". Xayol qurg'ur, obqoch-a, Shu qoldi she'r bo'lmagan, Shekspir ham bunaqa, Tomoshani ko'rmagan. "Dezdemona" kelinlar! Bosvoling o'zingizni Oilam deb ba'zan haqqa Yumasiz ko'zingizni. O'ylamang, telefon uning, Shunchaki bir keragi. Aslida, u erkakning, Qo'lidagi "yuragi". Shuning-chun, uning ichi, To'la siru asrorga, Hammomgayam o'zi-la Olib kirmas bekorga. Ba'zi sirlar bor, bilsang Yuragingga g'am tushar, Bilmasang peshonangga Bitta tirish kam tushar. Marhaboga gapim shu: Ko'lmakdan kit ovlama, Esing bo'lsa, eringning Telefonini "kovlama"!
|
|
| |
Dilrabo | Сана: Шанба, 03-Сен-2011, 15:42 | Изох # 84 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
| Rahmat,Huwröy rosa kulguli ekan.M.Karimovani werlaridan yana bor bolsa qoying,iltimos.
Nigohimda jamdir bu olam...
|
|
| |
Kamola | Сана: Шанба, 03-Сен-2011, 18:21 | Изох # 85 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 163
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 319
Холати: Хозир йўқ
| Huwro'y wer judayam ajoyib ekan. Bu yangi kitobidanmi? Manda hama eski kitoblari bor. Lekin bu werni birinchi marta o'qivomman. Rahmat sizga wer uchun
Ollohim o'zingdan o'zgaga muhtoj etma!
|
|
| |
misS | Сана: Шанба, 03-Сен-2011, 19:02 | Изох # 86 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
| Raxmat Hushro'y qiziq she'rakan.
Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!
|
|
| |
Hushroy | Сана: Чоршанба, 07-Сен-2011, 04:47 | Изох # 87 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 48
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 951
Холати: Хозир йўқ
| Oyposhsha xolaning iltijosi (hazil) Yigirma bir yosh, qizim, Go'zal qalamqosh, qizim, Aylanay kundosh qizim, Opog'dadangni tinch qo'y. Sen gulday yosh bir, suluv, Munosibmi senga u? Axir, bobong tengi-ku, Opog'dadangni tinch qo'y. Ko'zlamay tog' cho'qqisin, Chumchuq tariq cho'qisin, Namozini o'qisin, Opog'dadangni tinch qo'y. Yoshligida xo'p "yurgan", Bearmon o'ynab kulgan, Oltmishdan oshib turgan, Opog'dadangni tinch qo'y. Bo'yab olsa sochini, O'ynatsa ko'z-qoshini, Bilmaysan-da yoshini, Opog'dadangni tinch qo'y. Qancha urib kuydirdi, Qancha "yurib" kuydirdi, Er digan shu kuydirgi, Opog'dadangni tinch qo'y. Puli bo'lsayam qop-qop, Sen - gul, u bir ketmonsop, Jon, bolam, tengingni top, Opog'dadangni tinch qo'y. Kiyingan bilan bashang, Bemalol yurolmasang, "Erim - shu" deyolmasang, Opog'dadangni tinch qo'y. Uchrashib o'g'rinchalik, Doim yurakda hadik, O'n beshta nabiralik, Opog'dadangni tinch qo'y. Kuyov top, olov-chaqin, Yonida oydek balqqin, To'ridan go'ri yaqin, Opog'dadangni tinch qo'y. Olay deb tog' olmasin, Jismu joni tolmasin, O'lib-netib qolmasin, Opog'dadangni tinch qo'y. Derdi: "Yosharishimga, Yosh xotin kerak menga", "Yosharib" ketdi juda, Opog'dadangni tinch qo'y. G'animatdur gul yoshlik, Hoy, qiz, qilma beboshlik, Bahurmati kundoshlik, Opog'dadangni tinch qo'y. Aytgin, bir oz o'ylansin, O'z uyiga boylansin, Xolaginang aylansin, Opog'dadangni tinch qo'y. Kulmasmikin deb olam, Ichu tashim to'la g'am, Duo qilaman, bolam, Opog'dadangni tinch qo'y. Marhabo Karimova.
|
|
| |
Dilrabo | Сана: Чоршанба, 07-Сен-2011, 09:28 | Изох # 88 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
| Rahmat Huwröy.Alloh rozi bölsin.M.Karimova va T.Sodiqova juda chiroyli pand-nasihatlari bn hayot maktabida öqitadilar.Umrlari uzoq bölsin.T.Sodiqovadan yangilari bölsa ham yozing,iltimos.
Nigohimda jamdir bu olam...
|
|
| |
misS | Сана: Чоршанба, 07-Сен-2011, 13:19 | Изох # 89 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
| Dunyolar bor g’amlarga to’liq, Qarang birortasi bilan qolmadim, Dunyoda eng to’kis baxtga ham yetdim, Faqat sizga yaqin bo’la olmadim.
Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!
|
|
| |
Loading | Сана: Чоршанба, 07-Сен-2011, 13:56 | Изох # 90 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Sherni kim buyrtma qildiku? Kim rohatini ko'rvoti! raxmat.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
Hushroy | Сана: Жума-муборак кун!, 09-Сен-2011, 04:22 | Изох # 91 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 48
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 951
Холати: Хозир йўқ
| Daftar. Ro'zg'orda ko'p gap o'tar, Aytolmaysan barisin, Iloho, erkak zoti, Halim bo'lib qarisin. Hali yoshman deydi-yu, Sal narsaga javraydi, O'g'illar ishidan ham, Bir kamchilik kovlaydi. Mundog'roq chiqib qolsa, Kelinlar qilgan ovqat, Der: "Shu uyda ovqat yeb, Aslo qilmadim rohat". Dazmol urmagan bo'lsam, Paypog'iga bir bora, Deydi: "Shundoq yashadim, O'ttiz yil men bechora". Tavba, qanday odam bu, O'z obro'sin to'kadi, Kechqurun achom qilib, Kunduz kuni so'kadi. Endi mendan ko'radi, Tonsa, ko'zin o'yaman, Har sohaga bittadan, Daftar tutib qo'yaman. Bu daftarga yozaman, Yil, oy, soat, kunini, Shunday qilib bu erning, O'chiraman unini. Har xonaga mix qoqib, Bitta daftar osaman, U imzo chekadi, men, Barmog'imni bosaman. Xullas, boshlandi tartib, So'kishlar ham tiyildi, Har kuni toza libos, Imzo chekib kiyildi. Hovli uchun bir daftar, Qo'l qo'yar tozalikka, Hammom uchun bir daftar, Shinam, ozodalikka. Oshxona daftariga, Imzo chekar "shirin" deb, Goho qo'shib qo'yadi, "Rahmat sizga, kelin", deb. Yeb turib ham ma'raydi, Erim qo'ymi, bilmasam, Tinchimasdi qulog'im, Bir ishniyam qilmasam. Kulsangiz ham aytayin, Gap eshitib to'ydim man, Yotoqqayam bir katta, Daftar tutib qo'ydim man. Bu daftarga yozilar, Qanday joyda yotgani, Qanday "tush"lar ko'rganu, Qanday tonglar otgani. Ertalab dedimki: "Bu, Yotoqxona daftari, Yozib qo'yasiz bunga, Tunda bo'lgan gaplarni". Erim dedi: "Yo, tavba! Bo'ldingmi jinni-pinni? Mabodo kelinlaring O'qib-netib qolsa-chi?" Dedim: "Tavba har ishni, Qing'iriga olasiz, Ruchkani berib turing, Bunday qilib yozasiz". U dedi: "Endi to'xta, Menga bergin ruchkani, Bu gapni sen boshlading, Men qo'yaman tochkani". U ruchkani oldi-yu, Birpas boshin qashladi, Miyig'ida bir kulib, Sekin yoza boshladi: - Chopa-choplar tugadi, Kunduz tugab, keldi tun, Har bandaga bu muddat, Rohat-farog'at uchun. Yotoqxonam sokin, tinch, Oy mo'ralab turibdi, Yonginamda bir pari, Soch o'rib o'tiribdi. Egnida harir libos, Ko'rinadi badani, Jismidan taralgan is, Mast qiladi bandani. Dedim: "Voy-voy, bas qiling! Yozadigan gapmi shu?" Dedi: "Bu mening gapim, Xijolat bo'lmang, suluv". Erim menga bir kulib, Qisib qo'ydi ko'zini, Davom etdi yozishda, Bilganini o'zini: - Tagimda oppoq choyshab, Boshimda yumshoq yostiq, ALLOHning jannati ham, Emasdir bundan ortiq. Faqat mehr izhori, Shivirlashlar sehrli, Bu xonada "salom"dan "Hayr"gacha mehrli. Devorining har g'ishti, Har burchagi gullaydi, Bu xonaning polidan, Shiftigacha kuylaydi. Bu uydagi har tuyg'u, Har so'z to'g'ri, rost bo'lar, Bu uyga kirsa ishqdan, Mikroblar ham mast bo'lar. O'sib shiftga intilar, Gilamining guli ham, Cho'g'day yonib turadi, O'chog'ining kuli ham. Bu xonaning bir o'zi, Rassom, shoir, bastakor, Mehmonxonang, oshxonang, Shu xonaga xizmatkor. Shu xona daftariga, Olsang gar "ikki" baho, Boshqa daftarlaringni, "Besh" qilolmaysan aslo. Dono bo'lsang, ey ayol! Shu daftarga "besh" ol-chi, Bundan tashqaridagi, Hamma gaplar bekorchi. Dedim: "Uyatsiz odam! Siz besharm yozuvchi, Bu daftarni kelinlar, Ko'rib-netib qolsa-chi?.." Dedi: "Bu daftar ibrat, Bo'lsin kelin, qizlarga, O'qigan harki odam, Havas qilsin bizlarga. Hamma o'zimizniki, Bunda dushman, g'anim yo'q, Bilib qo'ygani yaxshi, Shariatda sharm yo'q". U so'nggi so'zni yozib, Daftarga qo'ydi baho, Qo'limga berayotib, Tagiga chekdi imzo. Qushday sayrayotgandim, O'ylanib qoldim birdan, Ne bo'lsa ham shu odam, Rozi bo'lsin-da mendan. Ilohiy hikmatlarda O'qigandim o'zim ham: "Chiqishmasin ayollar Erlarining so'zidan. Er to'shakka chaqirsa, Kelmasa xotin agar, La'nat aytib turarmish, Tamomi farishtalar". O'sha kun kelinlarim, Yig'ilishganda ilk bor, She'rimni o'qib, dedim: - Hushyor turing, daftar bor! Erishayin desangiz, ALLOHning rahmatiga, Erinchoqlik qilmang hech, Eringiz xizmatiga. - Biz daftar tutmaganmiz, - Deya ular kulishdi, Dedim: "Bu daftar nima?! Undan zo'ri turibdi. Ikkita yelkangizda, O'tirib farishtalar, "Nomai a'mol" deya, To'ldirishyapti daftar. Bu ilohiy sahifa, Jon berganda yopilar, Keyin hisobot uchun, Mahshargohda ochilar. O'sha kun u daftarni, Bitta farishta kelib, O'ng yo, chap yoningizdan, Uzatadi "o'qi" deb. Istardim, ne qilsak ham, Iymonimiz esh bo'lsin, Farishtalar yozayotgan, Daftarimiz "besh" bo'lsin. Marhabo Karimova.
|
|
| |
Kamola | Сана: Жума-муборак кун!, 09-Сен-2011, 14:29 | Изох # 92 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 163
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 319
Холати: Хозир йўқ
| Qarayman dunyo kengga o'xshamas, Insonlar insonga tengga o'xshamas. Yulduzday bisyor bo'lsa ham do'stlar, Do'stim hech bir do'st sizga o'xshamas
Ollohim o'zingdan o'zgaga muhtoj etma!
|
|
| |
Zuxraxon | Сана: Якшанба, 11-Сен-2011, 05:34 | Изох # 93 |
Рўйхатда
Гурух: VIP
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 790
Холати: Хозир йўқ
| Agar senga kelmasa malol, Yuzlaringni silasa shamol. O`zga husn etsa seni lol, Yuzlaringa boqganda ESLA! Meni esla agar eslasang, Yoshlik haqida yonib kuylasang. O`zga qizni agar eslasang, Xayol surib turganda ESLA! Biz uchrashgan yo`llarga yursang, Sevgilinga qizil gul tutsang. O`zga qizga shu gulni tutsang, Gullar so`liganini ko`rganda ESLA! Agar o`zing bo`lsangda rozi, To`yingda yangrasa sozanda-sozi. Kelinchak libosin qiz xam kiyganda, Kuyovlik libosin kiyganda ESLA! Shunda baxt tilar do`stlaring, Ikkingiz qo`sha qarib baxtiyor bo`lib, Unutgan bo`lsangda shuncha so`zlarni, Nikoh uzigin taqqanda ESLA! Sen nikoh uzugin taqqanda o`zgaga, Qora ko`zlar bilan boqsang o`zgaga. Qadahni birini tutsang o`zgaga, Qadahlar jaranglab turganda ESLA! Shoira emasman lekin sher yozdim, Yozmayman desam xam yo`q der yuragim. Istasang sherlarim saqla bir umr, Agar istamasang yirtganda ESLA!!!
|
|
| |
Dilrabo | Сана: Якшанба, 11-Сен-2011, 05:51 | Изох # 94 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
| Yozmayman desam ham yöq,der yuragim...his qildim yurak g'alayonini,miyaning löqillagan tölqini,vujudning yöqotgan oromini...hammasi oq sahifaga terilgan satrlarning alami un edi...
Nigohimda jamdir bu olam...
|
|
| |
misS | Сана: Якшанба, 18-Сен-2011, 15:10 | Изох # 95 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
| Olis qadar uchar oqqushlar, Tunni kutdim ko'rmoq chun tushlar, Hijron meni qafasda ushlar, Hudo haqqi, sizni sog'indim.Добавлено (18-Сен-2011, 14:10) --------------------------------------------- Olis qadar uchar oqqushlar, Tunni kutdim ko'rmoq chun tushlar, Hijron meni qafasda ushlar, Hudo haqqi, sizni sog'indim.
Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!
|
|
| |
Dilrabo | Сана: Душанба, 19-Сен-2011, 02:30 | Изох # 96 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
| Sog'inchdan qaqwadi vujudim.Oylar ulawib yilga tölyapdi.Bormikan sog'inchga biror bir malham.Yana ötar qancha yillar beorom...Onajonim,sizsiz kunlarim mulzam...
Nigohimda jamdir bu olam...
|
|
| |
komol_76 | Сана: Душанба, 19-Сен-2011, 21:30 | Изох # 97 |
Форум рахбариятидан
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 195
Тақдирланишлар: 5
Хурмат даражаси: 782
Холати: Хозир йўқ
| Юрагимда Сиздан қолган доғ жойи бор. Фақат ўша доғ жойида соғ жойи бор. Бир гапим бор – бошқалардан қизғонаман, Келинг, таниш гўшамизга боғ жойи бор.
Ўзингизда мен қўмсаган ёшлигим бор, Тол кўчада қолган бағри тошлигим бор… Йўқ-йўқ, энди севгидан биз гапирмаймиз, Фақат келинг, юрак тўла ғашлигим бор.
Сиздан кечиб, севгидан хам кечганим бор, Чиройли бир тунда, Сизни, қучганим бор. Сизни, жоним, севиш ўзи камлик килади, Сиздан кечиб, ўзимдан хам кечганим бор….
нима ёзсела ёзуврила, ўчирмиман.. (лекин провокаторлар жазоланади, ҳақорат, камситиш ва мазах қилишга йўл йўқ!!! шахсий муносабатлар форумдан ташқарида!!!!)
|
|
| |
Lucia | Сана: Душанба, 19-Сен-2011, 21:59 | Изох # 98 |
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 54
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 360
Холати: Хозир йўқ
| Men seni sevaman gun4a labida öpi4dek titragan wabnam misoli. Men seni sevaman tunnig yuzida kundek eriyotgan bir wam misoli. Men seni sevaman özidan qörqib ortiga berkingan soyadek. Men seni sevaman men seni sevaman ox bundan ortiq seviwimni talab qilmagin gulim bundan ortiq iwq etolmam tortiq bundan ortiq iwq böladi ölim.
|
|
| |
misS | Сана: Сешанба, 20-Сен-2011, 21:02 | Изох # 99 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
| Ajralmaymiz, dedik ikkimiz, Qo'l ushlashib ichdik, qasamlar. Qasam qayda, ont qayda qoldi, Ikki yo'lda, ko'rdi odamlar.
Mayli yoshlik, mayli beboshlik, Mayli dillar, chiqdi beqaror. Armon bilan o'tmoqda yoshlik, Qaytmas endi biz kutgan bahor.
Entikadi,eslasam yurak Xotiralar qo'lida xanjar. Endi tushga aylansa kerak, Qartaymaydi bu sevgi o'jar.
Ajralmaymiz, dedik ikkimiz, Qo'l ushlashib ichdik, qasamlar. Ikki yurak, ikki ko'ngilni, Asli judo qildi odamlar.
Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!
|
|
| |
Zuxraxon | Сана: Сешанба, 27-Сен-2011, 22:11 | Изох # 100 |
Рўйхатда
Гурух: VIP
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 790
Холати: Хозир йўқ
| Kimdir!
Borman degin - yo'qligingga kim ko'nmandi? Orman degin - g'ururingni kim ko'mmadi?
Malakman de - senga qanot bergan kimdir? Halakman de - dilga sabot bergan kimdir?
Dunyoman de - bu dunyoni ko'rsatgan kim? Ziyoman de - ziyolikni o'rgatgan kim?
Donoman de - nodonlikdan qayirgan kim? Tanhoman de - nisbatlardan ayirgan kim?
Kerakman de - kerakliging kim o'yladi? Yurakman de - zarblaringni kim poyladi?
Oftobman de - nurlaringga rang bergan kim? Kitobman de - xoshiyangdan chang tergan kim?
Odamman de - insonliging tan oldi kim? Bekamman de - nuqsonliging kam oldi kim?
Kulgiman de - yoshlaringni elagan kim? Sevgiman de - senga ishqni tilagan kim?
Menman degin - senligingdan yo'lim topay Sensan degin - kengligingdan o'lim topay...
|
|
| |