| She'rlar | 
|  | 
| 
| Dinora_Golden_Girl | Сана: Душанба, 02-Сен-2013, 01:28 | Изох # 576 |  | Sayyod.comда пропискада! Гурух: Форум аъзоси Изохлар: 4486 Тақдирланишлар: 2 Хурмат даражаси: 908 Холати: Хозир йўқ | Molodes... Bravo... Tak derjat Akajonim...   
 Aynan shunga o'xshash so'zlardan monolog yozgim kevotudi, yaxshigina ilhom pariyim bo'ldiiiz manga... Rahmaaat Mehribonim... Qalamiz sinmasin hech ham...
   
 Fikrim satrimda oshkor!)
 |  |  |  |  | 
| 
| Dadaxon | Сана: Душанба, 02-Сен-2013, 10:27 | Изох # 577 |  | Sayyod.com мухлиси Гурух: Форум аъзоси Изохлар: 203 Тақдирланишлар: 1 Хурмат даражаси: 244 Холати: Хозир йўқ | "Sensiz man" 
 Katta yölning yoqasida
 Qolib ketgan gulman, suvsizman.
 Xasta vujud tanasida borman, jonsizman.. Soat sayin
 sönyabman, sensiz man,
 Oshiq nomim boru yorsizman..
 Baxor bilan ishi yöq daraxtman,
 Shoxlari qurigan yaproqsizman,
 Ayriliqdan xamon karaxtman
 Daydi qushman qanotsizman.
 G'am botqog'iga chökib
 ketyabman
 Yashashni unutdim
 sensiz man..
 (Oshiq.D)
 |  |  |  |  | 
| 
| AlisherbekUZ | Сана: Сешанба, 03-Сен-2013, 00:27 | Изох # 578 |  |  Иштирокчи Гурух: Янги аъзо Изохлар: 156 Тақдирланишлар: 0 Хурмат даражаси: 187 Холати: Хозир йўқ | Kimning ko'ngli to'lgan dunyodan- ko'rsatingiz bormi biror kas?
 g'am kirmagan uy bormi ayting-
 kirib orom olay bir nafas.
 
 Yosh ko'rmagan ko'zlar bor bo'lsa,
 ziyoratin aylayin borib,
 dard chekmagan,anduh tortmagan,
 yurak bo'lsa ko'rsating yorib.
 
 Men o'zimni to'la tokis deb,
 sizni aldab nima topaman?
 sog'inch degan oy bolta bilan,
 ruhim o'q ildizin chopaman.
 
 Shu xam xayot bo'ldimi ayting?
 na yerga na ko'kka sig'aman,
 o'z o'zimni yig'lab ovutib,
 o'z ozimni kulib bo'g'aman.
 
 Kimlar havas qilar boqishib,
 kimga orzu yurgan yo'llarim,
 gulchambarday arqon taqishib,
 bo'ynimga dor tutar qo'llarim.
 
 Kimning ko'ngli to'lgan dunyodan?
 kimning qalbi baxtga limmo-lim?
 ey do'st izlab ovora bo'lmang,
 to'kis emas dunyoda xechkim!
 Добавлено (02-Сен-2013, 23:26)---------------------------------------------
 G'am kelsa simirib,dardni kemirib,
 yurgum,dalda erur ko'ngil xonamga,
 so'g-omon tursa bas,bahtdan semirib,
 Ajal,o'tinaman tegma Onamga.
 
 Darddan ozor cheksa-o'tda yonaman,
 yuragin ushlasa-jondan tonaman,
 o'rniga meni ol,xop deb ko'naman,
 faqat o'tinaman tegma Onamga.
 
 Ko'z yosh to'ksa umrim g'arq bo'lib ketar,
 kulsa armonlarim qirilib bitar,
 unga mening bergan azobim yetar,
 Ajal,o'tinaman tegma Onamga.
 Добавлено (02-Сен-2013, 23:27)---------------------------------------------
 Murod degan bir ukamning dardlaridan ta'sirlanib.
 
 Ko'klamimda qorlar yog'ib muzladimku,
 Yuzlarimni sh'or yosh bilan tuzladimku,
 sizni qumsab,yot yurtlarda bo'zladimku,
 Armon tirnar abgor bugun tanda jonim,
 Murodiga yetolmagan dadajonim.
 
 To'ng'ichim deb xar qadamda boshim silab,
 erkalatib,dunyo yaxshiligin tilab,
 kelishimni kutib,tunni tongga ulab,
 ajal chorlab,kutolmagan ulug' shonim,
 Murodiga yetolmagan dadajonim.
 
 Umringizni baht rangiga bo'yolmadim,
 diydoringiz armon bo'ldi to'yolmadim,
 o'gil bo'lib qabringizga qo'yolmadim,
 bu dunyoda bordir mening shul armonim,
 Murodiga yetolmagan dadajonim.
 
 Hayot achchiq taom ekan,yemay to'ydim,
 endi sira avvalgidek kulmay qo'ydim,
 kuygan bo'lsam faqat sizni qumsab kuydim,
 huvillatib ketdingizku bir tomonim,
 Murodiga yetolmagan dadajonim.
 
 Duo qilgum-qabringizga nurlar yog'sin,
 Hurlar ko'ksingizga ajib gullar taqsin,
 siz tilagan omad menga kulib boqsin,
 bahtli kunim kutolmagan xonumonim,
 Murodiga yetolmagan dadajonim.
 |  |  |  |  | 
| 
| Dadaxon | Сана: Пайшанба, 05-Сен-2013, 20:01 | Изох # 579 |  | Sayyod.com мухлиси Гурух: Форум аъзоси Изохлар: 203 Тақдирланишлар: 1 Хурмат даражаси: 244 Холати: Хозир йўқ | Gar boyligm bölganida Ketmasmiding, ketmasmiding?
 Baland uylar solganimda
 kechmasmiding,
 kechmasmiding?
 Özga yorni
 qölin tutib
 Meni xasta
 etmasmiding, Xiyonatdan
 darslar berib
 Vido aytib
 ketmasmiding.
 Gar boyligm
 bölganida
 Orzu gulim
 sölmasmidi
 Ösha senga
 uqtirgan onang
 Bizga qarshi
 bölmasmidi. Ag'yorlarning
 böxton sözi Qulog'inga
 kirmasmidi,
 Opang otgan
 tuxmat toshi Ishonchinga
 tegmasmidi.
 
 Gar boyligm
 bölganida
 Bevafolik
 qilmasmiding,
 Ösha bir oy
 ichinda
 Sodiq bölib
 kutmasmiding.
 Faqir oshiq faqir
 ishqin
 Bozorlarga
 qöymasmiding Yolg'on dunyo
 dunyosi deb
 Pok tuyg'udan
 tonmasmiding.
 
 Gar boyligm
 bölganida
 Qadrim arzon
 bölmasmidi
 Bechora ishqm
 sarsona
 Köchalaring
 kezmasmidi. Xijrondan tig'
 qadalib
 Köksim uzra
 yurmasmidi,
 Visol baytlari tugab
 Bunday she'r bitilmasmidi.
 
 Gar boyligm bölganida
 Bog'im xazonga tölmasmidi,
 Mag'lub bölib bu öyinda
 G'animlarim
 kulmasmidi. Qishlog'imning
 soyida
 Közyoshlarim oqmasmidi
 Beshariqning yölida Xasta yurak
 qolmasmidi.
 
 Gar boyligm
 bölganida Ketmasmiding
 ketmasmiding? Baland uylar
 solganimda Kechmasmiding,
 kechmasmiding? 05.09. 16:20
 (Oshiq.D)
 |  |  |  |  | 
| 
| Dinora_Golden_Girl | Сана: Жума-муборак кун!, 06-Сен-2013, 00:23 | Изох # 580 |  | Sayyod.comда пропискада! Гурух: Форум аъзоси Изохлар: 4486 Тақдирланишлар: 2 Хурмат даражаси: 908 Холати: Хозир йўқ | Ehhh... Boylik... Boylik... Boylik...   
 Insonlarni xohlasa quvnatadi, xohlasa o'ynatadi...
 
 Sinov uchun berilar boylik,
 Ba'zilar bor kutishar oylik...
 Qanoat qiladi ba'zi insonlar,
 Qadriga yetmaydi "shayton" insonlar...
 
 
  Uzr mavzudan chetlashib ketdim... 
 Qo'lizdan ketgan baxtga achinmeen, zero sizga bundanda ortig'roooq baxt nasib etilajak oshiq D...)))
 
 Fikrim satrimda oshkor!)
 |  |  |  |  | 
| 
| M@$ter | Сана: Шанба, 07-Сен-2013, 22:37 | Изох # 581 |  | Иштирокчи Гурух: Форум аъзоси Изохлар: 335 Тақдирланишлар: 1 Хурмат даражаси: 205 Холати: Хозир йўқ | O'n Sakkizda edik biz.......... 
 Anvoyi kapalak yuzimdan o'pib,
 Ichimga olovni purkab yubordi.
 G'unchadek ko'z ochar bul yuragim.
 Zavqiga go'yo bu keng  dunyo tordir.
 
 Man tergan gullardan kaftlaring kuydi
 Anxorning bo'yida oyog'ing botdi.
 Lablaring takrorlab ismimni suydi,
 Qaynoq kaftlaringda  gul ildiz ochdi
 
 Senging ham gulzoring gullarga to'ldi,
 Kapalak qo'nguncha esdi shabboda.
 Yoshimiz ulg'ayib o'n sakkiz bo'ldi,
 Muhabbat ifori kezar bu keng jahonda......
 |  |  |  |  | 
| 
| Dadaxon | Сана: Душанба, 09-Сен-2013, 12:05 | Изох # 582 |  | Sayyod.com мухлиси Гурух: Форум аъзоси Изохлар: 203 Тақдирланишлар: 1 Хурмат даражаси: 244 Холати: Хозир йўқ | Bir bor sevib dilim kuygan Izxor etib tilim kuygan
 Shundan xadik gumon yurakda
 Gözallarga ishonch ölgan.
 Kör xam asosini bir yöqotarkan
 Xiyonat qalbga og'ir botarkan
 Ishonmassiz balki aytsam
 Inson xatto ishqni sotarkan
 |  |  |  |  | 
| 
| Zinnura_K | Сана: Душанба, 09-Сен-2013, 12:46 | Изох # 583 |  | Sayyod.com мухлиси Гурух: VIP Изохлар: 863 Тақдирланишлар: 0 Хурмат даражаси: 1466 Холати: Хозир йўқ |  ooooo'xooo' Usta))) ming qilsaxam ustasizdee))) zo'r gap yooo'... 
 
  Oshig' Dadaxoon... Yurakdan chiqgan so'zlar... Qoil...
 
 erka farishta....(m)....
 |  |  |  |  | 
| 
| uzigabek1920 | Сана: Душанба, 09-Сен-2013, 23:04 | Изох # 584 |  | Иштирокчи Гурух: Форум аъзоси Изохлар: 241 Тақдирланишлар: 0 Хурмат даражаси: 322 Холати: Хозир йўқ | Uylansam ham. Bo'yim yetib akamga ham bo'ylanibdi.
 Yangalarim kelin izlab o'ylanibdi.
 Qancha qizlar yorim etib saylanibdi.
 Juftim izlab go'zal vodiy aylanaman.
 Uylansam ham Farg'onadan uylanaman.
 
 Ko'nglim tortar sochi uzun qizlariga.
 Jonlar qurbon shirin shakar so'zlariga.
 Ta'rif yo'qdir shahlo qaro ko'zlariga.
 Juftim izlab go'zal vodiy aylanaman.
 Uylansam ham Farg'onadan uylanaman.
 
 El ichida doston ekan sadoqati.
 Yuraklarni eritarmish nazokati.
 Iymoni but, butun bo'lsin hidoyati.
 Juftim izlab go'zal vodiy aylanaman.
 Uylansam ham Farg'onadan uylanaman.
 
 Qomatini yashiradi uzun atlas.
 Go'zalligin oshiradi uzun atlas.
 Kalta kiygan qizlar ko'rib kuysin, atlas.
 Juftim izlab go'zal vodiy aylanaman.
 Uylansam ham Farg'onadan uylanaman.
 
 Parixona nomi erur azallardan.
 Zerikdimku yolg'on so'zi asallardan.
 Yorim topay vafosi zo'r go'zallardan.
 Juftim izlab go'zal vodiy aylanaman.
 Ota yurtim Farg'onadan uylanaman.
 
 Akbar Shoh.
 Добавлено (09-Сен-2013, 22:04)---------------------------------------------
 -Tonglari hech otmagan.-
 
 Dardim o'zimga ma'lum,
 Sevganman telbalarcha,
 Ko'zlarim mungli, mahzun.
 Sen meni sevmagancha.
 Ishq dardiga da'voni,
 Hali hech zo topmagan,
 Men bir kechaman jonim,
 Tonglari hech otmagan.
 
 Ishqim dardmas tanamni,
 Yayratgan rohat erur.
 Kulib yenggum alamni,
 Kuchim muhabbat erur.
 Ishq ahli sevgisini,
 Jannatlarga sotmagan.
 Men bir kechaman jonim,
 Tonglari hech otmagan.
 
 Qaro ko'zlaring mening,
 Sevgim asir ayladi.
 Otash nigohing sening,
 Ko'nglim basir ayladi.
 
 Oshig'ingman bir bora,
 Qo'llaringdan tutmagan.
 Men bir kechaman jonim,
 Tonglari hech otmagan.
 
 Ishqim aslo yolg'onmas,
 Eng pokiza tuyg'umdir.
 Vaslingga yetishmoqlik,
 Eng buyuk orzuimdir.
 Kimlar bu ishqim uchun,
 Ta'na toshlar otmagan.
 Men bir kechaman jonim,
 Tonglari hech otmagan.
 
 Ta'rifing keltirmoqqa,
 Bu qalamim ojizdur.
 Senga sevgim aytmoqqa.
 Yurakkinam tilsizdur.
 Farishta misol qadding,
 Nechani zor etmagan.
 Men bir kechaman jonim,
 Tonglari hech otmagan.
 
 Kel endi zor oshiqqa,
 Rahm et, yuzi oyligim.
 Ko'nglim yetkaz ma'shuqqa.
 Tengsizim, chiroyligim.
 O'yla! Mendek oshiqni,
 Hech bir janon topmagan.
 Men bir kechaman jonim,
 Tonglari hech otmagan.
 
 Akbar Shoh.
 
 Originallikka intil.
 |  |  |  |  | 
| 
| Zinnura_K | Сана: Сешанба, 10-Сен-2013, 00:29 | Изох # 585 |  | Sayyod.com мухлиси Гурух: VIP Изохлар: 863 Тақдирланишлар: 0 Хурмат даражаси: 1466 Холати: Хозир йўқ | Viiy O'zimmi Ajooyibim...  odammi kuttirishni yaxshi ko'rasizaa???   
 orginallik timosli bo'lib qolmoqdasiz..do'stim...
 
 erka farishta....(m)....
 |  |  |  |  | 
| 
| Dinora_Golden_Girl | Сана: Сешанба, 10-Сен-2013, 02:48 | Изох # 586 |  | Sayyod.comда пропискада! Гурух: Форум аъзоси Изохлар: 4486 Тақдирланишлар: 2 Хурмат даражаси: 908 Холати: Хозир йўқ | Mehribooonim mani... Beg'uborginaaam...   
 Fikrim satrimda oshkor!)
 |  |  |  |  | 
| 
| uzigabek1920 | Сана: Сешанба, 10-Сен-2013, 09:32 | Изох # 587 |  | Иштирокчи Гурух: Форум аъзоси Изохлар: 241 Тақдирланишлар: 0 Хурмат даражаси: 322 Холати: Хозир йўқ | Tashakkurlarim. -
 -SO'NGGI ISTAK-
 Sabr sindi, toqat tamom, qalb qaqshadi.
 Yasholmasman ortiq firoq qiynog'ida.
 Isming aytsam tomog'imdan qon sachradi.
 Dor tayyorla darvozangni peshtoqida.
 
 Jon qovrilar xajring o'ti, balosida.
 Vasling sarob bu dunyo-yu mavosida.
 Sulton bo'ldim Majnunlarning sahrosida.
 Dor tayyorla darvozangni peshtoqida.
 
 Ajab, ishqdan ne karamlar kutmadim men.
 Dardlarimga ne malhamlar kutmadim men.
 Baxt ko'rmadim, ne alamlar yutmadim men.
 Dor tayyorla darvozangni peshtoqida.
 
 Jonim senga yor bo'lishdek maqom armon.
 Chin oshiqqa yor visoli mudom armon.
 Sevarmisan meni sen ham gumon, armon.
 Dor tayyorla darvozangni peshtoqida.
 
 Holim xarob mening sensiz jahon kabi.
 Jon omonat qovjiragan xazon kabi.
 Darddan qutqar kel izg'irin shamol kabi.
 Dor tayyorla darvozangni peshtoqida.
 
 Qalb tanamni o'tdan olib o'tga urar.
 Jon jismimdan chiqmoqlikka izn so'rar.
 Balki, hurlar jannatiydan baxtim qurar?.
 Dor tayyorla darvozangni peshtoqida.
 
 Umrim o'tdi muhabbat deb olovlarda.
 Toblandim ming xijron aro sinovlarda.
 Yuzing ko'ray sirtmoq osha qarovlarda.
 Dor tayyorla darvozangni peshtoqida.
 
 Dor tayyorla darvozangni peshtoqida.
 Yonib bitdim muhabbating qiynog'ida.
 Majnun g'ami g'amlarimning ushshog'ida.
 Dor tayyorla darvozangni peshtoqida.
 . . .
 Sabr sindi, toqat tamom, qalb qaqshadi.
 Yasholmasman ortiq firoq qiynog'ida.
 Isming aytsam tomog'imdan qon sachradi.
 Dor tayyorla darvozangni peshtoqida.
 
 Akbar Shoh.
 
 Originallikka intil.
 |  |  |  |  | 
| 
| GULI_NUR | Сана: Сешанба, 10-Сен-2013, 09:40 | Изох # 588 |  | Сайтимиз қадрли мухлиси Гурух: Форум аъзоси Изохлар: 2124 Тақдирланишлар: 0 Хурмат даражаси: 795 Холати: Хозир йўқ |  tarifga söz ojiz   braaaaavooooo
   |  |  |  |  | 
| 
| Zinnura_K | Сана: Сешанба, 10-Сен-2013, 21:56 | Изох # 589 |  | Sayyod.com мухлиси Гурух: VIP Изохлар: 863 Тақдирланишлар: 0 Хурмат даражаси: 1466 Холати: Хозир йўқ |  AJOYIBIM.. ajoyiib..   
 erka farishta....(m)....
 |  |  |  |  | 
| 
| uzigabek1920 | Сана: Чоршанба, 11-Сен-2013, 16:19 | Изох # 590 |  | Иштирокчи Гурух: Форум аъзоси Изохлар: 241 Тақдирланишлар: 0 Хурмат даражаси: 322 Холати: Хозир йўқ | -IZHORSIZ MUHABBATIM- O'yin emas axir sevgi.
 Tanlamasdan sevdim sizni.
 Izhori yo'q, tahir sevgi.
 Indamasdan sevdim sizni.
 
 Sabolarga aytib sirim.
 Sahrolarga aytib sirim.
 Muhabbatim jim, yashirin.
 Indamasdan sevdim sizni.
 
 Osmon vadalarni bermay.
 Sevdim deya ko'krak kermay.
 Qalbingizga notinch kirmay.
 Indamasdan sevdim sizni.
 
 Yo'lingizdan chiqmadim xech.
 Sizga gullar tutmadim xech.
 Lekin ishqdan ketmadim xech.
 Indamasdan sevdim sizni.
 
 Siz farishta ko'klardasiz.
 Suyuklisiz ko'plarda siz.
 Tanam yoqqan o'tlardasiz.
 Indamasdan sevdim sizni.
 
 Yupanchim yagona surat.
 Dilimda durdona surat.
 Topmadim, yetmadi jur'at.
 Indamasdan sevdim sizni.
 
 Zohirim yolg'on, botinman.
 Yurakda to'fon- sokinman.
 Tuyg'ularimga qotilman.
 Indamasdan sevdim sizni.
 
 Sevaman-u yetolmayman.
 Sizni baxtga eltolmayman.
 Taqdir ekan kecholmayman.
 Indamasdan sevdim sizni.
 . . .
 O'yin emas axir sevgi.
 Tanlamasdan sevdim sizni.
 Izhori yo'q, tahir sevgi.
 Indamasdan sevdim sizni.
 
 Akbar Shoh.
 
 Originallikka intil.
 |  |  |  |  | 
| 
| GULI_NUR | Сана: Чоршанба, 11-Сен-2013, 20:08 | Изох # 591 |  | Сайтимиз қадрли мухлиси Гурух: Форум аъзоси Изохлар: 2124 Тақдирланишлар: 0 Хурмат даражаси: 795 Холати: Хозир йўқ | Akbarshoh tasanno, Shoirlar ichida siz tanho
 
   |  |  |  |  | 
| 
| Dinora_Golden_Girl | Сана: Чоршанба, 11-Сен-2013, 20:14 | Изох # 592 |  | Sayyod.comда пропискада! Гурух: Форум аъзоси Изохлар: 4486 Тақдирланишлар: 2 Хурмат даражаси: 908 Холати: Хозир йўқ | Siz farishta ko'klardasiz, Suyukli siz ko'plardasiz.
 Tanam yoqqan o'tlardasiz,
 Indamasdan sevdim sizni...
   
 Mehribooonim manim... Beg'uborginam...
   
 Fikrim satrimda oshkor!)
 |  |  |  |  | 
| 
| Zinnura_K | Сана: Чоршанба, 11-Сен-2013, 20:39 | Изох # 593 |  | Sayyod.com мухлиси Гурух: VIP Изохлар: 863 Тақдирланишлар: 0 Хурмат даражаси: 1466 Холати: Хозир йўқ |  qalamizga ko'z tegmasin..ijozi olo'vi hech so'nmasin.. 
 erka farishta....(m)....
 |  |  |  |  | 
| 
| EzoDil | Сана: Якшанба, 15-Сен-2013, 16:05 | Изох # 594 |  |  Sayyod.com мухлиси Гурух: ЗАПРЕТДА! Изохлар: 877 Тақдирланишлар: 0 Холати: Хозир йўқ | Tug’ilish-o’limga qo’yilgan qadam, Hikmatni bilsak-da, anglay olmaymiz.
 Boshimizga og’ir kulfat tushganda,
 Uyalmay, Ollohdan madad so’raymiz.
 
 Insonmiz, ba’zida qilamiz xato,
 Onamiz-Momodir, otamiz-Ato.
 Qobilning ishini qilganda xatto,
 Uyalmay, Ollohdan panoh so’raymiz.
 
 Bayram, tantanada qilib kayf-safo,
 Ikki rakat namozga vaqt topolmaymiz.
 Boshimiz devorga tekkanda goho,
 Uyalmay, Ollohdan sabr so’raymiz.
 
 Pul desa, qaytmaymiz eng qabih ishdan,
 G’iybat-u tuhmatda me’yor bilmaymiz.
 O’zimiz tuhmatga qolganda esa,
 Uyalmay, Ollohdan yordam so’raymiz.
 
 Quloq, bo’yinlarga taqib qo’sh-qo’sh zar,
 Loaqal, o’n so’mni ehson qilmaymiz.
 Kofirning ishini qilib, alhazar,
 Uyalmay, Ollohdan jannat so’raymiz.
 
 Keling do’stlar, ochamiz qo’lni duoga,
 Mung’aygan qalbimiz nurga o’raymiz.
 Namozda iltijo qilib Xudoga,
 Zimiston qalblarga iymon so’raymiz!
 
 (EzoDil)
 
 Kimgadir borligim o'zi bir dunyo,
 Su'ratim avaylab yurakka ildi.
 Kimgadir aksincha,keldimmi malol,
 Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
 |  |  |  |  | 
| 
| JaNoB_JaDiD | Сана: Якшанба, 15-Сен-2013, 19:52 | Изох # 595 |  |  Сайт ашаддий мухлиси Гурух: ЗАПРЕТДА! Изохлар: 1443 Тақдирланишлар: 2 Хурмат даражаси: 425 Холати: Хозир йўқ | JUDA Z6R.. GAP Y6Q....... JUDA YAXWI, 4IROYLI VA ALBATTA ENG KERAKLISI MA'NOLI 4IQIBDI. RAHMAT wunday we'r u4un.
 
 
   |  |  |  |  | 
| 
| uzigabek1920 | Сана: Якшанба, 15-Сен-2013, 20:34 | Изох # 596 |  | Иштирокчи Гурух: Форум аъзоси Изохлар: 241 Тақдирланишлар: 0 Хурмат даражаси: 322 Холати: Хозир йўқ | Iymonli qil Tangrim. She'r beqiyos. 
 Originallikka intil.
 |  |  |  |  | 
| 
| EzoDil | Сана: Якшанба, 15-Сен-2013, 22:08 | Изох # 597 |  |  Sayyod.com мухлиси Гурух: ЗАПРЕТДА! Изохлар: 877 Тақдирланишлар: 0 Холати: Хозир йўқ | Raxmat,e'tiborila uchun!!! Добавлено (15-Сен-2013, 20:41)---------------------------------------------
 Oydan yerga boqqanimda…
 
 Bir kun borib qolibman,
 Oy atalmish bir sharga.
 U yerdan Zaminimiz,
 O’xshar ekan mash’alga.
 Boqib turib Yerimizga,
 Uzoq hayolga botdim.
 Erinmasdan sinchiklab,
 Har bir qarichga boqdim.
 O’rmonzor-u bog’larni,
 Hatto baland tog’larni
 Ko’rib insonlarni ham,
 Fikrimga berdim barham.
 Ba’zilar boy-badavlat,
 Ba’zilar yashar nochor.
 Ba’zilar shod-u xurram,
 Ayrimlarga dunyo tor.
 Ko’rdim kibr sohiblarin,
 Makr qurbonlarin ham.
 Ammo shular ichida,
 Mehr ulashguvchi kam.
 Qanday tinch yashar ekan,
 O’z onasin qaqshatgan nodon?
 Cheksiz gunoh emasmi axir,
 Jigarbandin ho’rlagan inson?
 Mayus ko’zlaridan tomib ikki yosh,
 Deraza darchasidan boqardi uzoq
 Ikki g’ildirakli aravachada,
 O’tirardi yig’lab mungli qizaloq.
 Nariroqda esa keksa majnuntol,
 Guvoh edi ikki oq kabutarga.
 Jilmayib boqarkan ichida daraxt,
 Cheksiz baxt tilardi dildan ularga.
 Ana sizga turli odamlar,
 Mana sizga rang-barang dunyo.
 Oy o’rtanar ko’zlarida yosh,
 Shundan balki oyning yuzi dog’…
 
 Qani edi bo’lsam sehrgar,
 Odamlarga ulashsam quvonch.
 Nochorlarning mungli qalbida,
 Yaratsaydim sabr va ishonch.
 Afsus men ham ular ichida,
 Cheksiz ummon tomchisidirman.
 Mohning yurak nolalarini,
 Yetkazuvchi elchisidirman.
 
 (EzoDil)
 Добавлено (15-Сен-2013, 21:03)---------------------------------------------
 ig'lab yig'lab charchadim oxir,
 
 Közlarimda qolmadi yowim.
 
 Yana qancha körguligim bor,
 
 Yetarmikin ortiq bardowim
 
 
 
 Ayol zoti gözal sabrla,
 
 Men chidayman bari bariga.
 
 Shiringina armonlarimni,
 
 Kömib qöygum könglim qa'riga.
 
 
 
 Taqdir ekan,peshona ekan,
 
 Netay,kelmas qölimdan chora.
 
 Erka edi muhabbatimiz,
 
 Bugun bölsa telba...bechora...
 
 
 
 Muhabbatim asrab qoliwga,
 
 Eh,yetmadi bir mening kuchim.
 
 Könglim göyo vayrona kulba,
 
 Yolg'iz qizim mening ovunchim
 
 
 
 Ha,farzandim bu mening baxtim,
 
 Könglim olar shirin shevasi.
 
 Muhabbatdan biror ginam yöq,
 
 Chunki qoldi uning mevasi.
 
 (EzoDil)
 Добавлено (15-Сен-2013, 21:07)---------------------------------------------
 Menku mayli,ovutdim özni,
 
 Achchiq yowim közlarim tiydi.
 
 Lekin,bir juft wu munchoq közni,
 
 Ayting,qanday közingiz qiydi?
 
 
 
 Ada degan wirin sözini,
 
 Qora qow-u,qora közini.
 
 Tirik yetim qilib özini,
 
 Ayting qanday közingiz qiydi?
 
 
 
 Taniyolmay qoldim men sizni,
 
 Qurbonimi gunohimizni.
 
 Adasiga öxwagan qizni,
 
 Ayting,qanday közingiz qiydi?
 
 (EzoDil)
 Добавлено (15-Сен-2013, 21:08)---------------------------------------------
 Osuda kechaning sokin bag'rida,
 
 Bög'zimga tiqilar yig'i,dard,alam.
 
 Yuragi sezgandek,közi möltirab,
 
 Yuzimni ohista silaydi bolam.
 
 
 
 Qaynoq qölchalari sovuq yowimni,
 
 Sidirar,degandek qayg'urmang onam.
 
 Yaratgan mehribon,baxtli bölamiz,
 
 Rohatin körasiz nabiram,bolam.
 
 
 
 "Yaxwiyam sen borsan" deyman quchoqlab,
 
 Ollohim,sabr ber yetsa gar nolam.
 
 Menga köp narsalar kerakmas,faqat,
 
 Sog' bölsin,bor bölsin E'zozam bolam!
 
 (EzoDil)
 
 Kimgadir borligim o'zi bir dunyo,
 Su'ratim avaylab yurakka ildi.
 Kimgadir aksincha,keldimmi malol,
 Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
 |  |  |  |  | 
| 
| Giyos | Сана: Якшанба, 15-Сен-2013, 22:20 | Изох # 598 |  |  Сайт ашаддий мухлиси Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ! Изохлар: 1130 Тақдирланишлар: 6 Хурмат даражаси: 59 Холати: Хозир йўқ | Ijodizga baraka. Zo'r. 
 Sog' salomatlik...
 |  |  |  |  | 
| 
| EzoDil | Сана: Якшанба, 15-Сен-2013, 22:28 | Изох # 599 |  |  Sayyod.com мухлиси Гурух: ЗАПРЕТДА! Изохлар: 877 Тақдирланишлар: 0 Холати: Хозир йўқ | Raxmat! 
 Kimgadir borligim o'zi bir dunyo,
 Su'ratim avaylab yurakka ildi.
 Kimgadir aksincha,keldimmi malol,
 Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
 |  |  |  |  | 
| 
| JaNoB_JaDiD | Сана: Якшанба, 15-Сен-2013, 22:48 | Изох # 600 |  |  Сайт ашаддий мухлиси Гурух: ЗАПРЕТДА! Изохлар: 1443 Тақдирланишлар: 2 Хурмат даражаси: 425 Холати: Хозир йўқ |   
 
   |  |  |  |  |