| She'rlar | 
|  | 
| 
| Qitmir_No:1 | Сана: Жума-муборак кун!, 16-Авг-2013, 23:52 | Изох # 551 |  | Иштирокчи Гурух: VIP Изохлар: 435 Тақдирланишлар: 0 Хурмат даражаси: 234 Холати: Хозир йўқ | Чинкирар мухаббат айбдор кидирмас.
 Севгининг йуллари бунчалар
 тугун.
 Майлига хар куни кийнагин мени.
 Кунглим, истагингдан кечаман
 бугун.
 Орзуларим боги какшаган
 ишксиз.
 Сабохлар тунларга уланган бу
 кун.
 Сен менга вафодор
 хамрохимсан-у
 Кунглим истагингдан кечаман бу
 тун.
 Булди, армон булган ишкдан не
 фойда.
 Уз-узимдан кечиб яшадим хар
 кун.
 Тунлари оромбахш утиши учун.
 Кунглим истагингдан кечаман
 бугун.
 Кечалар сукунат камровида жим
 Кунглимнинг дардини ким оларди,
 ким?
 Очсангда хар тунда сирларингни
 зим.
 Кунглим истагингдан кечаман
 бугун.
 Йулларин интизор кутсанг хам
 майли..
 Кулларин тушимда тутсанг хам
 майли.
 Минг бора утиниб, утсанг хам
 майли.
 Кунглим истагингдан кечаман
 бугун.
 Кодирбек.
 
 Mani yozganlarimni tushunish uchun, nikimga qarashni o'zi kifoya!
 |  |  |  |  | 
| 
| Dadaxon | Сана: Шанба, 17-Авг-2013, 12:14 | Изох # 552 |  | Sayyod.com мухлиси Гурух: Форум аъзоси Изохлар: 203 Тақдирланишлар: 1 Хурмат даражаси: 244 Холати: Хозир йўқ | Qitmir_No1 ijodizga zafarlar yor bölsin. Köngil istaklaridan kechishlar aql bilan kurashishlar odamni charchatadi. Добавлено (17-Авг-2013, 11:14)---------------------------------------------
 Döstimiz dilidagi dardlar, "Shoxsanam"
 
 Tayinmi özgaga yor
 bölmog'ing
 Jondan ötdiku qiynog'ing
 Yodni yor deganing alam
 Raxming kelmasmi
 Shoxsanam.
 Yoshlik chog'imdan
 sevsam
 Kuy desang kuysam
 yonsam
 Dunyoda bir seni desam
 Sevmaysanmi Shoxsanam.
 Ayt, aytgil nimam kam
 Ataganing faqat sitam
 Insonmanku axir men
 xam
 Qaytmaysanmi
 Shoxsanam.
 Dunyo desang dunyo
 beray
 Ölgin desang xozir ölay
 Sevamanda nima qilay
 Bilmaysanmi Shoxsanam.
 Öylashgada aqlim ojiz
 Xayot yöqda menga sensiz
 Xop degin baxtli bölamiz
 Inonmaysanmi
 Shoxsanam.
 Andijonning yöllarida
 qoldirib
 Umid bog'm gullarini
 söldirib
 Ketma jonim qoshi qalam
 Bag'ri toshim Shoxsanam.
 Qara közlarimda yosh
 tomchi
 Kim mendek seva olar
 aytchi
 Og'riq berar dilda yaram
 Malxam bölgin
 Shoxsanam.
 Tik boshim bugun egik
 Ishq oldida ojiz manam
 Köksimga bitilgan bitik
 Yolg'iz özingku
 Shoxsanam.
 Dod devoray diydi tilim
 Yetmasmi senga qölim
 Toldirdiku dardu g'am
 Olismisan Shoxsanam.
 G'arib böldim sen sabab
 kelib kör bir yöqlab
 Bugun munglidir nolam
 Adomanku Shoxsanam.
 Xastadurman xasta jonim
 Bölurmisan armonim
 Isming aytar zabonim
 Tinglamaysan Shoxsanam.
 Chok chokidan sökilib
 yurak
 Yöllaringda turibman
 xalak
 Men yerdaman sen falak
 Tushgil endi Shoxsanam.
 Sönyabman shamdek
 sönyabman
 Adoman ado bölyabman
 Yig'lamoqda samo xam
 Ketma gulim Shoxsanam.
 |  |  |  |  | 
| 
| Zinnura_K | Сана: Шанба, 17-Авг-2013, 14:56 | Изох # 553 |  | Sayyod.com мухлиси Гурух: VIP Изохлар: 863 Тақдирланишлар: 0 Хурмат даражаси: 1466 Холати: Хозир йўқ |  ketmga guliim shoxsanam... 
 Ketmidi.. Ketsa o'zim urb tashiyman...
   
 zo'r qofiya...
 Allanbaloo ijod maxsuli.. Izlanishdan charchamenn.. Do'stim...))
 orginallikga intilin..)
 
 erka farishta....(m)....
 |  |  |  |  | 
| 
| uzigabek1920 | Сана: Якшанба, 18-Авг-2013, 00:53 | Изох # 554 |  | Иштирокчи Гурух: Форум аъзоси Изохлар: 241 Тақдирланишлар: 0 Хурмат даражаси: 322 Холати: Хозир йўқ | -BALO BO'LDI- Ko'zlaring jodulari jonima balo bo'ldi.
 Xajringda kuygan ko'ngil, yondiyu ado bo'ldi.
 
 Sochlaringdan tun xijolat, ko'zlaring yulduzga dars.
 Oyjamoling shu'lasidan oy yuzi ham qaro bo'ldi.
 
 Qoshinga yoy nisbati, kipriklar o'qligidan.
 Ul kamondan qalb tubida vah-ki ohli, sado bo'ldi.
 
 Qomatingdan harfi alif tonib der lomalifmen.
 Tik, rasoyu bo'ylaringdan shamshod bag'ri yaro bo'ldi.
 
 Ne balo bu odob-u xulq, asli namuna kamolot.
 Mehri toshgan bu zabonlar go'zallikka rido bo'ldi.
 
 Odob-u xulqing, husndin bu jahon nomukammaldur.
 Ta'rifu bebaholiging ikki dunyo aro bo'ldi.
 
 Hoh-ki zulming, hoh-ki lutfing oshig'inga bas, yetar.
 Seni sevgan Akbariy Shoh, ishqing ichra gado bo'ldi.
 
 Akbar Shoh.
 
 Originallikka intil.
 |  |  |  |  | 
| 
| Zinnura_K | Сана: Якшанба, 18-Авг-2013, 05:20 | Изох # 555 |  | Sayyod.com мухлиси Гурух: VIP Изохлар: 863 Тақдирланишлар: 0 Хурмат даражаси: 1466 Холати: Хозир йўқ |   mda))))))
 
 supper))))) faqat gado bo'b yurmen dee...
 Qaddizzi ko'tarin.. Sizga shu yarashadi))
 
 qo'shiqbop sher bo'ptii chamamda.. Zo'r
 
 erka farishta....(m)....
 |  |  |  |  | 
| 
| uzigabek1920 | Сана: Пайшанба, 22-Авг-2013, 03:04 | Изох # 556 |  | Иштирокчи Гурух: Форум аъзоси Изохлар: 241 Тақдирланишлар: 0 Хурмат даражаси: 322 Холати: Хозир йўқ | RAHMATLAR. -
 Yosh edik o`ynashib, o`ynab sevishdik.
 Bir-birimiz sinab, qiynab sevishdik.
 Baxt topmay bag`rimiz tig`lab sevishdik.
 Dunyo shartlariga ko`nishib qo`ydik.
 Baxtni itoatga almashib qo`ydik.
 
 Oshiq qalbimizga jafolar qildik.
 Farzandlik burchiga vafolar qildik.
 Ishqdan yuz o`girdik, xatolar qildik.
 Yo bildik, yo bilmay adashib qo`ydik.
 Baxtni itoatga almashib qo`ydik.
 
 Tuyg`uga ojizlik nisbatin berdik.
 Uyalmay hislarning g`iybatin qildik.
 Qalblarni toptadik, hurmatin yuldik.
 Voh, xato qadamlar tashlashib qo`ydik.
 Baxtni itoatga almashib qo`ydik.
 
 Bir qaror-la qaytarishdi shashtimizni.
 Arzondan ham arzon qildik ahdimizni.
 Yoshlik qildik, talashmadik baxtimizni.
 Tol`e qushin quvib, haydashib qo`ydik.
 Baxtni itoatga almashib qo`ydik.
 
 Ko`ngilda dard ortib borar borgan sari.
 Bebaxt vujud, bebaxt hayot, baxtsiz bari.
 Zulumotga eshmush baxtsiz ko`ngillari.
 Tubsiz jar yo`lini tanlashib qo`ydik.
 Baxtni itoatga almashib qo`ydik.
 
 Sen haqingda o`ylab bag`rim tig`layman.
 Sen kabi o`zga yor bilan uhlayman.
 Tunlari yashirib ingrab yig`layman.
 To`rt qalbni qiynaymiz, qiynashib qo`ydik.
 Baxtni itoatga almashib qo`ydik.
 
 Azob ichra azob- afsus, nadomat.
 Ne nafki endiming qilsak malomat.
 qaytmaydi ortiga toki qiyomat,
 Barini taqdirga tashlashib qo`ydik.
 Baxtni itoatga almashib qo`ydik.
 . . .
 Yosh edik o`ynashib, o`ynab sevishdik.
 Bir-birimiz sinab, qiynab sevishdik.
 Baxt topmay bag`rimiz tig`lab sevishdik.
 Dunyo shartlariga ko`nishib qo`ydik.
 Baxtni itoatga almashib qo`ydik.
 
 Akbar Shoh.
 Добавлено (22-Авг-2013, 02:04)---------------------------------------------
 -Ko'changda yozilgan she'r-
 .
 Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
 Har tun shu hol bo'ladi takror.
 So'z demasdan g'amlarim yutgum.
 Hislarimga hamrohim hilol.
 
 Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
 Eslab eski xotiralarni.
 Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
 Izlab zulfing shokilalarin.
 
 Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
 Atrof sokin, qalbda g'alayon.
 Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
 Armon dilni talar beomon.
 
 Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
 Sekinlatib qadamlarimni.
 Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
 Qo'zg'otib g'am alamlarimni.
 
 Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
 Ikkimizni kutar majnuntol.
 Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
 Ko'cha sensiz g'arib, bir ahvol.
 
 Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
 Majnunsifat devona misol.
 Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
 Hayolimda noiloj visol.
 
 Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
 Qaddim kamon, yurak ezilgan.
 Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
 Firoq yomon, beshak sezilgan.
 
 Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
 Qo'lda xanjar, qanday shashdsizman?.
 Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
 Bilmaysanda, qanday baxtsizman.
 
 Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
 Chiroqlarni hozir o'chirding.
 Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
 Bilmam baxting kimga ko'chirding?.
 
 Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
 Telba emas undan battarman.
 Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
 Tongga yaqin uyga qaytarman.
 
 Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
 Sog'inganman ne qilay, netay?!
 Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
 Qalbimni ber! Bosh olib ketay!
 . . .
 Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
 Har tun shu hol bo'ladi takror.
 So'z demasdan g'amlarim yutgum.
 Hislarimga hamrohim hilol.
 
 Akbar Shoh.
 
 Originallikka intil.
 |  |  |  |  | 
| 
| GULI_NUR | Сана: Пайшанба, 22-Авг-2013, 08:30 | Изох # 557 |  | Сайтимиз қадрли мухлиси Гурух: Форум аъзоси Изохлар: 2124 Тақдирланишлар: 0 Хурмат даражаси: 795 Холати: Хозир йўқ | qoyil   "Tört qalb qiynaymiz qiynashib qöydik"
 |  |  |  |  | 
| 
| Zinnura_K | Сана: Пайшанба, 22-Авг-2013, 09:10 | Изох # 558 |  | Sayyod.com мухлиси Гурух: VIP Изохлар: 863 Тақдирланишлар: 0 Хурмат даражаси: 1466 Холати: Хозир йўқ | Yosh edik o`ynashib, o`ynab sevishdik. Bir-birimiz sinab, qiynab sevishdik.
 Baxt topmay bag`rimiz tig`lab sevishdik.
 Dunyo shartlariga ko`nishib qo`ydik.
 Baxtni itoatga almashib qo`ydik.
 
 
  Qadirdoniim... Qarsaklar.....))) orginal ijod namunalariii... 
 erka farishta....(m)....
 |  |  |  |  | 
| 
| uzigabek1920 | Сана: Пайшанба, 22-Авг-2013, 19:25 | Изох # 559 |  | Иштирокчи Гурух: Форум аъзоси Изохлар: 241 Тақдирланишлар: 0 Хурмат даражаси: 322 Холати: Хозир йўқ | Rahmaaaaaatlaaaaaaaar. 
 ___
 Mayli, ishqingizda telba bo'lsam ham,
 Roziman ming jabru jafo ko'rsam ham,
 Siz qatl qilsangiz mayli o'lsam ham,
 Qaytmasdan shu ahdga kelaveraman.
 Baribir men sizni sevaveraman.
 
 Oydeksiz - beparvo o'tib ketasiz.
 Oydeksiz - qo'l yetmas baland yerdasiz.
 Oydeksiz - qalbimda parvoz etasiz.
 Qaydasiz? Siz tomon yuraveraman.
 Baribir men sizni sevaveraman.
 
 Ishonmaysiz nega, xech aldadimmi?
 Izhorga bemahal vaqt tanladimmi?
 Nozik ko'nglingizni ololmadimmi?
 Sevgimni doim tan olaveraman.
 Baribir men sizni sevaveraman.
 
 Ishqim yolg'on emas ko'zimdan so'rang.
 Dildan titrab chiqqan so'zimdan so'rang.
 Ko'nglimda faqat siz, o'zimdan so'rang.
 Ishq uchun boshimni egaveraman.
 Baribir men sizni sevaveraman.
 
 So'zga sig'may qoldi sevgim ta'rifi.
 Oshiqlar ichida men eng g'aribi.
 Yolg'iz siz yuragim dardi, tabibi.
 Dardga davo izlab boraveraman.
 Baribir men sizni sevaveraman.
 
 Sevgilim, seving-ki, darddan qutulay.
 Sevgilim, seving-ki, men baxtli bo'lay.
 Seving-ki, sizni ham men baxtli qilay.
 Sevasiz! Duolar qilaveraman.
 Baribir men sizni sevaveraman.
 
 Akbar Shoh.
 
 Originallikka intil.
 |  |  |  |  | 
| 
| Zinnura_K | Сана: Пайшанба, 22-Авг-2013, 20:34 | Изох # 560 |  | Sayyod.com мухлиси Гурух: VIP Изохлар: 863 Тақдирланишлар: 0 Хурмат даражаси: 1466 Холати: Хозир йўқ |  ))))) bu she'rni manga ko'rsatboo'ludiz.. Hisob hisobmas..boshqattan yoozin.. (hayttt shoyir do'stiim.. Yomonam derektorli qib tashiyman dee...xa endi uzura
  ) 
 erka farishta....(m)....
 |  |  |  |  | 
| 
| uzigabek1920 | Сана: Пайшанба, 22-Авг-2013, 20:52 | Изох # 561 |  | Иштирокчи Гурух: Форум аъзоси Изохлар: 241 Тақдирланишлар: 0 Хурмат даражаси: 322 Холати: Хозир йўқ | bu yerdayam siz oqidizku   
 Originallikka intil.
 |  |  |  |  | 
| 
| GULI_NUR | Сана: Пайшанба, 22-Авг-2013, 23:51 | Изох # 562 |  | Сайтимиз қадрли мухлиси Гурух: Форум аъзоси Изохлар: 2124 Тақдирланишлар: 0 Хурмат даражаси: 795 Холати: Хозир йўқ | Qoyil  judayam ajoyib ijod namunasi   |  |  |  |  | 
| 
| Zinnura_K | Сана: Жума-муборак кун!, 23-Авг-2013, 00:26 | Изох # 563 |  | Sayyod.com мухлиси Гурух: VIP Изохлар: 863 Тақдирланишлар: 0 Хурмат даражаси: 1466 Холати: Хозир йўқ | Haa babbii man..yaana man..))))))  tanii so bo'sin)) ko'pp yashen shoooir bola)) 
 erka farishta....(m)....
 |  |  |  |  | 
| 
| Dadaxon | Сана: Якшанба, 25-Авг-2013, 17:10 | Изох # 564 |  | Sayyod.com мухлиси Гурух: Форум аъзоси Изохлар: 203 Тақдирланишлар: 1 Хурмат даражаси: 244 Холати: Хозир йўқ | Men yolg'izman bitta yagona Mendaqasi qaytib bölmaydi,
 Majnundan köp sevar balkim
 Lek mendek seva olmaydi. Men
 yolg'izman bitta yagona
 Nigoximdek nigox topmaysan,
 Qancha bölmasin özga parvona
 Mexrimdek mexr olmaysan.
 Mendan zörlar köpdir dunyoda
 Qaddi raso mendan ziyoda,
 Lekin unutma aytar sözimni Men
 bittaman ushbu dunyoda. Men
 ketaman kelmayman qaytib
 Mendaqasin topolmaysan,
 Mendan alosi topilar balki
 Közlarimga qaytib qarolmaysan.
 
 Axir men bittaman yagona
 yolg'iz!!
 Oshiq.D
 |  |  |  |  | 
| 
| uzigabek1920 | Сана: Сешанба, 27-Авг-2013, 02:03 | Изох # 565 |  | Иштирокчи Гурух: Форум аъзоси Изохлар: 241 Тақдирланишлар: 0 Хурмат даражаси: 322 Холати: Хозир йўқ | Mustaqilligimiz 22 yilligiga! -
 Osmoning musaffo, pokdir zamining.
 Dunyo minbarida bayrog'ing baland.
 Azaldan quyoshdek porloq toleing.
 Shuhrating dunyoda doston sarbaland.
 Qadr-qimmatimsan, shavkatim shonim,
 G'urur iftixorim O'zbekistonim.
 
 Bobolar ko'targan qadimiy tug'ro.
 Jahon sahnasida hilpirar mag'rur.
 Baxting abadiydur boshingda Humo.
 Zafar quchmoqdasan parvozing g'urur.
 Qadr-qimmatimsan, ajdodim, qonim,
 G'urur iftixorim O'zbekistonim.
 
 Allohning nazari tushgan diyorsan.
 Sahovatli xalqim azal mehribon.
 Dardlarga darmonsan, baxtlarga yorsan.
 Tinchlik namunasi yurtim jonajon.
 Qadr-qimmatimsan, baxtlarga konim,
 G'urur iftixorim O'zbekistonim.
 
 Asl mo'min xalqim tanti, mardona.
 Osmon qadar xirmon tiklab charchamas.
 Yurtga sadoqati mangu afsona.
 Jonidan kechsa ham Yurtdan ajramas.
 Qadr-qimmatimsan, jonim iymonim,
 G'urur iftixorim O'zbekistonim.
 
 Samarqand, Buxoro, Xiva, Kesh, Qo'qon.
 Qadimiy, navqiron shaharlar shahri.
 Toshkent, Navoiy, Jizzax, Andijon.
 Tillardan tillarga afsona madhi.
 Qadr-qimmatimsan, dunyo jahonim,
 G'urur iftixorim O'zbekistonim.
 
 Kimga orzu edi bunday zamonlar.
 Kimlar kurashmadi bu kunlar uchun.
 Nurli kelajakka ochding davonlar.
 Butun dunyo bildi O'zbekning kuchin.
 Qadr-qimmatimsan, qaytmas qanotim,
 G'urur iftixorim O'zbekistonim.
 
 GULLA YASHNAYVERGIN! Yurtim chamanim.
 Nurli manzillarga yetgil beziyon.
 Ozodsan, obodsan, aziz Vatanim.
 Baxtim sen, tinchliging bo'lsin bardavom!.
 
 Qadr-qimmatimsan, taqdirim, jonim,
 G'urur iftixorim O'zbekistonim.
 
 Akbar Shoh.
 
 Originallikka intil.
 
 
 Изохни тахрирлади (ўзгартирди) uzigabek1920 - Сешанба, 27-Авг-2013, 23:10 |  |  |  |  | 
| 
| RaVsHaNBeK | Сана: Сешанба, 27-Авг-2013, 10:11 | Изох # 566 |  | Иштирокчи Гурух: ЗАПРЕТДА! Изохлар: 193 Тақдирланишлар: 0 Холати: Хозир йўқ | yashshshang shoir   
 +99893 942 32 32
 |  |  |  |  | 
| 
| uzigabek1920 | Сана: Сешанба, 27-Авг-2013, 21:55 | Изох # 567 |  | Иштирокчи Гурух: Форум аъзоси Изохлар: 241 Тақдирланишлар: 0 Хурмат даражаси: 322 Холати: Хозир йўқ | Rahmat -
 Qiynama.
 Qiynama zardobga to`lgan yurakni,
 Azobim dunyodan ko`payib ketdi.
 Vaslingga atalgan ezgu tilakni,
 Xijron quzg`unlari talashib ketdi.
 
 Ishqing telbasiman, ishqing gadosi,
 Manzilim dil aro xijroning xolos.
 Hech bir orzuimning yo`qdir xatosi,
 Dilda qolgan sening armoning xolos.
 
 Rahm et oshig`ingga, vaslingga yetkaz.
 So`ngra ne bo`lsa ham mayliga bo`lsin.
 Shirin so`zlaring-la dardlarim ketkaz.
 Oshig`ing dunyodan armonsiz o`lsin.
 
 Akbar Shoh.
 
 Originallikka intil.
 |  |  |  |  | 
| 
| bek88 | Сана: Чоршанба, 28-Авг-2013, 01:14 | Изох # 568 |  |  Сайт ашаддий мухлиси Гурух: Форум аъзоси Изохлар: 1565 Тақдирланишлар: 0 Хурмат даражаси: 649 Холати: Хозир йўқ | Kumushga Kumushim...
 Kumushim ko’zlaringda nam,
 Qayg’u soya solar
 yanoqlaringga,
 Shahlo ko’zlaringda nе sir
 yashirin,
 Qanday sas bеrkingan
 dudoqlaringda.
 Yuzdagi xolingga olam
 arzirmi,
 Armon arzirmikin ko’zing
 yoshiga.
 Kim ham baxt tilabdi bir
 sеndan o’zga,
 Yaxshilik tiladi o’z
 kundoshiga.
 Kumushim...
 Poyonsiz o’ylar surasan.
 Mеndan o’zga o’ylar xayoling
 yo’qmi?
 Toshkеntga kеtayapman, olis
 yo’llarga,
 Zaynabga atalgan savoling
 yo’qmi?
 
 Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
 |  |  |  |  | 
| 
| Zinnura_K | Сана: Чоршанба, 28-Авг-2013, 10:32 | Изох # 569 |  | Sayyod.com мухлиси Гурух: VIP Изохлар: 863 Тақдирланишлар: 0 Хурмат даражаси: 1466 Холати: Хозир йўқ | Akbarshoh   
 bek88
   
 erka farishta....(m)....
 |  |  |  |  | 
| 
| GULI_NUR | Сана: Чоршанба, 28-Авг-2013, 13:13 | Изох # 570 |  | Сайтимиз қадрли мухлиси Гурух: Форум аъзоси Изохлар: 2124 Тақдирланишлар: 0 Хурмат даражаси: 795 Холати: Хозир йўқ | Akbarshoh barakallo özbek ög'loni     
 bek88 qoyil va omad
   |  |  |  |  | 
| 
| Dinora_Golden_Girl | Сана: Чоршанба, 28-Авг-2013, 17:24 | Изох # 571 |  | Sayyod.comда пропискада! Гурух: Форум аъзоси Изохлар: 4486 Тақдирланишлар: 2 Хурмат даражаси: 908 Холати: Хозир йўқ | Mehribonim mani... Yuksak hurmat va e'tibor uchun Tashakkur Azizim... 
 Bekjon aka ajoyib va diltortar she'r uchun rahmat... Qalamingiz tebransin har dam...
 
 Dardlar she'rga aylanib oq qog'ozga yozilaversin... Oq qog'ozni ovora qilsinu, lek yuraklarni sarson qilmasin...
 
 Fikrim satrimda oshkor!)
 |  |  |  |  | 
| 
| AlisherbekUZ | Сана: Якшанба, 01-Сен-2013, 02:10 | Изох # 572 |  |  Иштирокчи Гурух: Янги аъзо Изохлар: 156 Тақдирланишлар: 0 Хурмат даражаси: 187 Холати: Хозир йўқ | Sog'insam... 
 Arab yerin va yo ajamni ko'rdim,
 qorni to'q,ko'zi och odamni ko'rdim,
 barchasidan tolib,dilga yuz burdim,
 soginsam soddadil O'zbeklarimni.
 
 Dubai sahro uzra sarobga o'xshar,
 shayxlari suv tutar mirobga o'xshar,
 bunda o'tgan umrim harobga o'xshar-
 sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
 
 Tog'larin bo'ylari tepaga yetmas,
 bog'lari to'rt beshta palmadan o'tmas,
 dengizi xam xatto dilni xush etmas-
 sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
 
 Issiq istaralar-manfaatga qul,
 xatto sohta erur tuvakdagi gul,
 hashamlar tuyular,arzimas,bir pul-
 sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
 
 Arab yurti va lek G'arbdan ko'chirma,
 Ovro'poni xatto qilar uchirma,
 tuyular ruhimga qopqon yo turma-
 sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
 
 Qishloqlar ko'zimga ko'rinib ketar,
 tong sabosi ruhni parishon etar,
 shevalar tilimga turtinib o'tar-
 sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
 
 Onam allasini tinglab tushimda,
 dunyoning tashvishin tutib boshimda,
 maza topolmayman yegan oshimda-
 sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
 
 Yomg'ir yog'mas bunda,kamalak hayol,
 Navro'z xam yo'q bunda sumalak hayol,
 majnuntol-sochlari jamalak hayol-
 sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
 
 Ko'nglimning ko'zgusi g'amdan xiraday,
 ruhim changalzorli,zulmat daraday,
 dilda firoq go'yo bitmas yaraday-
 sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
 
 Qalam tutib,boshdan oqar sovuq ter,
 garchi yozganlarim,atab bo'lmas she'r,
 yurak deydi:Otlan,qaytdik Alisher-
 sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
 |  |  |  |  | 
| 
| GULI_NUR | Сана: Якшанба, 01-Сен-2013, 10:19 | Изох # 573 |  | Сайтимиз қадрли мухлиси Гурух: Форум аъзоси Изохлар: 2124 Тақдирланишлар: 0 Хурмат даражаси: 795 Холати: Хозир йўқ | AlisherbekUZ qoyil   Serma'no, sermaxsul ijodni kutamiz
   |  |  |  |  | 
| 
| Abbosbek | Сана: Якшанба, 01-Сен-2013, 17:19 | Изох # 574 |  | Sayyod.com посбони! Гурух: Янги аъзо Изохлар: 3823 Тақдирланишлар: 0 Хурмат даражаси: 655 Холати: Хозир йўқ | ЖАМОЛИНГНИ КЕЛАР КЎРГИМ Дардим сиғмас достонларга,
 Бўйим етмас осмонларга,
 Юрак тўла армонларга,
 Жамолингни келар кўргим.
 
 Шароб тўла ишқ жомида,
 Қолдим алам зиндонида,
 Ушбу куннинг оқшомида,
 Жамолингни келар кўргим
 
 Мени ташлаб фироқларга,
 Нечун кетдинг йироқларга,
 Кўнгил махкум титроқларга,
 Жамолингни келар кўргим
 
 Бу дунёда бор ошиқлар,
 Тинглар ишқий куй-қўшиқлар,
 Қалбда битсин деб оғриқлар,
 Жамолингни келар кўргим
 
 Қуёшга зор чечакдайман,
 Хижронларга эрмакдайман,
 Гўзалроқсан тўлин ойдан,
 Жамолингни келар кўргим
 
 Жаннат эмас жаханнамда,
 Қолгандайин қолдим ғамда,
 Шафқат билмас бу оламда,
 Жамолингни келар кўргим
 
 Химмат қилса қодир Эгам
 Маконимиз боғи Эрам
 Бахт топамиз менинг эркам,
 Жамолингни келар кўргим.
 10:20 12.10.2011
 Muallif: Renis Meshayan . .
 P/s: muallif ruxsati bilan.
 
 1000 marta yordam ber baribir
 unutishadi. Bir marta pand ber, bir
 umr eslab yurishadi. .
 |  |  |  |  | 
| 
| Dadaxon | Сана: Душанба, 02-Сен-2013, 01:12 | Изох # 575 |  | Sayyod.com мухлиси Гурух: Форум аъзоси Изохлар: 203 Тақдирланишлар: 1 Хурмат даражаси: 244 Холати: Хозир йўқ | Sen borsanu dunyoda Lek sensiz yashayapman
 Yurakda milion dard bilan
 Qara soxta kulyabman.
 
 Sözlayabsan tinglayabdi kimlar
 Men eshitmay
 yashayapman,
 Shu zaylda ötmoqda kunlar
 Bilmam qanday
 chidayapman.
 
 Ox sening nozik qöllaring
 Bugun tutmay
 yashayapman,
 Qaro tundek qora
 sochlaring
 Qarosini körmayabman.
 
 Isming takror aytmoqda kimlar
 Men baralla
 aytolmayapman,
 Sog'indimku sog'inib
 ketdim
 Olisdaman
 borolmayapman.
 
 Sen xaqingda ochilsa
 sözlar
 Men qöshilib
 sözlolmayapman
 Közlaringa boqar qaysi közlar
 Menchi bir bor
 boqolmayapman.
 
 Sen borsanu dunyoda
 Lekin sensiz yashayapman
 Xadya etgan dardlaringni
 Qara she'rga bityabman.
 (Oshiq.D)
 |  |  |  |  |