[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Yurakdan to oq qog'ozgacha
DilraboСана: Чоршанба, 26-Сен-2012, 18:06 | Изох # 501
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Ma'nosi zör she'r ekan.Negadir,Hojiboy Tojiboyevning qarg'a haqidagi hangomasi yodimga tushdi.Haligi vigodniy ne vigodniyni hisoblaydigan yozda uchib ketmagan qa'rg'a haqida borku.))) Alloh hidoyatidan ayirmasin.)

Добавлено (26-Сен-2012, 17:06)
---------------------------------------------
Yöldagi hangoma! Kichkinagina qizaloqning sochlari wunaqangi jingalak ekanki,men uni yasama soch kiyib olgan,deb öylabman.Qiziqib sochidan sekin uwlab kördim.Ayasiyam kulib turib,özini sochi wunaqa.Hamma iwonmasdan uwlab köradi,deydilar...Allohning yaratgan gözal mö'jizasi!)


Nigohimda jamdir bu olam...
 
LoadingСана: Пайшанба, 27-Сен-2012, 08:43 | Изох # 502
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Agar meni unutsalar. Bir o'zim qolib, yolg'iz sang'isam. Kimdur tashqi ko'rinishimdan baxolab do'stlashsa. Endi men uni yoqotishdan qo'rqib jim yursam. U nima desa ergashsam. Qo'ydan nima farqim qoladi? Bu bir misol. Har qanday munosabatlarda kelishuv bo'lishi kerak. Lekin insonlar bir-birimizni borimizcha qabul qilsak deyman. Hatoni birga tuzatsak yaxshi bo'lardi.

Faqat 3 ta shart!
 
docСана: Пайшанба, 27-Сен-2012, 10:54 | Изох # 503
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 119
Холати: Хозир йўқ
Har narsa niyatga bog'liq degan gap juda to'g'ri aytilgan.Yaxshi niyat-yarim davlat.Allohim taolo ham rizq-u nasibani niyatga qarab berar ekan.Niyat xolis bo'lsa albatta har niyatingizga vaqti-vaqti bilan erishar ekansiz.
Lekin aksariyat qismimizning niyatimiz oldida albatta noshukrlik hamnafas.Noliganimiz noligan.Yana shartta bir xillar o'lamanga tushishadi)."Ha?nega o'lasan?"desangiz"Sevganim uylandi(turmushga chiqdi),sevganim o'ldi,ishim yurishmayapti,o'lgim kelyapti".Shunaqalarni eshitsam kulgim keladi,naqadar irodasizlik.Shartta hazilomuz so'rayman"Yog'e,qanaqa qilib o'lmoqchi bo'lyapsan?".O'zini qayodanduram tasharmushmiyey,o'zini yondirvorarmushmiyey.Irodani qarang...Aqlingni yig'...Yerni ham niyat qilish kerak.Kimlardur qayoqlardadur murda holida yerga ko'milmay qolib ketgan,kimlardur yonib kuli qolgan,yer ko'rmagan,san o'zimni o'ldiraman deysan.
Doim noshukurmiz,falon bo'lmayapti,chulon bo'lmayapti,falonim yo'q,chulonim yo'q.Sanga-ku narsa,pul kerakdur,ba'zilarga sog'liq kerak.Nogiron bolalar uyiga bir borchi...kimningdur bir qo'li yo'q,kimdurning oyog'i.San-ku soppa-sog'san...kimlarningdur barmog'lari yo'q,ular hatto qalam ushlay olishmaydi,kimlardur o'zi ovqat yeyolmaydi,hatto qoshiqni ushlashsa xursand bo'lishadi,bir xillar kerak bo'lsa boshini ko'tarib qaray olmaydi...Sanchi?o'zinga boq.Noshukursan.Ular sandagi hayotni orzu ham qila olisholmaydi,chunki bilishmaydi soppa-sog' hayot qanaqaligini.Kimlargadur ayni damda sog'liq juda muhim,zarur.Shukur qil,kasalxonama-kasalxona yurganing yo'q,4muchchang sog'.Mansab,boylik kelib-ketib turuvchi narsalar.Lekin shundan ham foydalana bilish kerak,har narsaning uvoli bor,hatto kiyim-kechak,oziq-ovqatni ham.Nogironlardan hatto"or"qiladiganlar ham bor ekan...Bir ko'r kishi avtobusda"ko'ylagim chiroylimikan,yangi olganman,yarashganmi?"deb so'radi...heh...ko'pchilik"ensa"qotirdi.Shu inson o'zi ko'ra olmaydiki,sandan so'rayapti...San shuni ko'rib turib,javob qaytarish o'rniga yuzingni burding.
Mana shu yo'q narsangni(hoh boylikmi,hoh mansab)avvalo ko'ngildan so'rasang,kam qilmaydi.Alloh boylik berarkan...va yana davomiy beraverarkan,shu payt o'ylashimiz mumkin"Ha,man yaxshi inson ekanmanki,yaxshi ish qilayotgan ekamanki,manga yana beryapti,demak hato qilmayapman ekan"deb...lekin shuning o'zi hato,aslida"bergan mol-u davlatini qay tarzda sarfashingizga,va orttiraverganiga o'zimizni qanday tutishimizga qarar ekan".Barcha niyatlarimizga albatta yetqazadi,lekin o'z vaqti bilan.Niyat bilan hamnafas albatta shukur turishi lozim.
Shukr qiling,shuni o'qib turganingizga ham.
Loloshechka.
 
DadaxonСана: Пайшанба, 27-Сен-2012, 19:24 | Изох # 504
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
Alloxga shukur.
 
LoadingСана: Жума-муборак кун!, 28-Сен-2012, 11:01 | Изох # 505
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Har kuni, har gal uydan ko'chaga chiqish oldidan, uyimdigilarga "xayr" so'zini etgim kemidi. Bu yovoyilikdan emas. Bu xarakatim ortiga hech qanday sir xam yashirilgan emas. Shunchaki ko'proq vaqtim oilam bilan o'tsin diman. Xayirlashish - huddi so'ngi marotaba ko'rishib turgandek. Shu sababmi eshik oldida doyimiy balandlikdagi ovozda salom beraman. Yoki ko'p xolatda faqat omad tilash bilan uydan chiqib ketaman.
Shunaqa no odatiy harakatlar bazan faqat o'zimni aldashdan boshqa narsa bo'lmaydi. Sababi xayirlashish odatiy holat. Unda nima deyish axamiyatsiz. Nima desak xam faqat bitta manoni beradi, "man kettim. Uyda qanchadur muddat bo'miman.".


Faqat 3 ta shart!
 
AlisherbekUZСана: Жума-муборак кун!, 28-Сен-2012, 13:09 | Изох # 506
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
Dunyo va Ohirat Ga'mi.

Ko'zim yosh,dilim g'ash fano g'amidan,
xech yiroq bo'lmadi biri kamidan,
yebon,lazzat topmay,to'ydim ta'midan,
va lekin bir chetga qo'yolmayapman.
Ohirat g'amini eyolmayapman.

Habata ish bilan o'tmoqda vaqtim,
dardidan tanamda ketmoqda shaxdim,
iymonim bo'lsa-da yagona baxtiim,
va lekin ozimni tiyolmayapman,
Ohirat g'amini eyolmayapman.

Ko'zim jovdiraydi tobutni ko'rsam,
badanim uvushar mozorda yursam,
deyman sajdalardan,ko'z yoshda tursam,
va lekin dunyoga to'yolmayapman.
Ohirat g'amini eyolmayapman.

Kulaman,oyog'im erkalar qumlar,
shayton sharob tutib,yoniga imlar,
bilaman dunyodan o'tmadi kimlar,
va lekin ozimni tiyolmayapman,
Ohirat g'amini eyolmayapman.

Bugun ota-onam ko'nglim xushlatib,
kun kelib,ketishar ko'zim yoshlatib,
vaqt kelib,qo'ysa-da kulga o'xshatib,
fanoga xayfsan deyolmayapman.
Ohirat g'amini eyolmayapman.

Yig'lasam kozimda kular sohtalik,
gaplarim ipakli yoki pahtalik,
g'assolga bo'larman bir kun tahtalik,
va lekin dunyoga to'yolmayapman.
Ohirat g'amini eyolmayapman.

Qalbim nursizdayin,tarovatim kam,
dilda quvonchim bor,halovatim kam,
tilim chuldirar lek tilovatim kam,
Tangrimga qulligim qilolmayapman,
Ohirat g'amini eyolmayapman.

Ummatim degandi,Umrin bag'ishlab,
Sunnat amallarin qo'ydim-ku tashlab,
salovatim nurli qo'lidan ushlab,
Rasulimga salom deyolmayapman.
Ohirat g'amini eyolmayapman.

Alisher yig'lama,siqtama bekor,
Tiriklikda,Jannatga zina qo'yib bor,
O'tsang,mozorlaring kelib qolar tor,
RABBINGGA qulliging qilollmayapsan.
Rasulingga salom deyolmayapsan.
 
DianaСана: Шанба, 29-Сен-2012, 03:21 | Изох # 507
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 94
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 101
Холати: Хозир йўқ
Ajoyib Alisher aka, zo'r desam kamlik qiladi, zo'rdan xam zo'r!

Добавлено (29-Сен-2012, 02:21)
---------------------------------------------
Dilrabo, Loading, Loloshechka yozganlarez odammi mulohazaga chorledi raxmat hammalarezga!

 
DarkСана: Шанба, 29-Сен-2012, 18:43 | Изох # 508
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 159
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 612
Холати: Хозир йўқ
hammasi joyida, ishim, hushim ham... havo sof, osmon muazzam... yuragim gash negadir, onamni sogindim shekili... negadir bu hozirgi tezlashib, shoshib otayotgan hayotdan kecha siqilgande boldim... eski... bilmadim nimadirimi yuqotgandek edim... bunaqa paytlada jomega chiqib konglimi yozardim... yo judayam baland yerga borib, faqat shaboda tovuwlari ostida kitob uqib utirardim... bu mani kunglimi tinchlantira olar edi... yoshligimda "goho shodlik goho gam" degan kino bolardi, kinodagi ota-ona, aka ukaga mehri, hurmati judayam chiroyli qilib ta'sirli ishlab korsatilgan... shu kinoni kurgim keldi, topdim ham, kurdim... kurib bolib onamni otamni juda ham, juddayam soginganimi tushindim... bu soginch oddiymas, yurak ich ichidan otilib chiqayotgan alamli soginch bu, afsus olislardalar... sogindim... bagrlariga boshimi qoyib erkalangim keldi, iforlarini his qilgim keldi... bugun mana yana osha kun davom etmoqda... Alhamdulillah, shu kunlarga ham shukur... musofirchilida ona qadri va ota qadrini bilib olasan digani rostakan... mana otriman, yonim tola mehribonlar, gamhorlarim... hammasi kunglimi olgisi keladi, kunglim esa eeeeeeeeeeng kotta eng mehribon kongilni, ona konglini sogingan...
otgan yili, onajonim oldimga korgani kelgan edilar... bir oy yonimda yashadilar... man ahmoq esa ularni oldilarida kompyuter, yoki telefon chuqillab, ularga etibor bermasdan otirgan edim... qanchalar soginib uzoq yerdan oldimga kelganlar-u, shu onam mani kurgani kelgan deb shuncha yon atrofdagi yoru birodarlarimga qilgan mehribonchiligimni o`z onamdan qizgongan ekanman... ahmoqman... osha otgan kunlarimni eslasam...
endi eslashdan foyda yok, otgan kun otdi... u kunlardan faqat ibrat qoldi... endi unday qilmayman inshallah... jonim bugzimga kelgunga qadar ota onamni xizmatida bolaman inshallah... ular man uchun, mani shu yoshga, shu mavqega yetkazish uchun boshlaridan nima otgan bosa hammasini guvohiman... ulardan mingdan ming roziman... ular ham bizdan rozi bolishsin... eng muhimi Alloh hammamizdan rozi bolsin...
unutmaylik, ota ona rozi bolmasa Alloh ham rozi bolmaydi, jannat - onalar oyogi ostidadir... onajonlar, otajonlar doim sog bolishsin... baxtu kamolimizni korib, kozlari quvonib yashashsin... ota onani qadrlaylik dostlar...


 
AlisherbekUZСана: Шанба, 29-Сен-2012, 22:31 | Изох # 509
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
Biri kam dunyo.

Kimgadir tilloning qadri yo'q,
kimningdir pul bilan dardi yo'q,
kim qashshoq tinglovchi mardi yo'q,
asal deb totganim sirkamsan,
Dunyo sen biri kam erkamsan!

Tulkisan sherlarni aldagan,
qassobsan pichog'in qayragan,
yig'lasam kulishdan to'ymagan,
mezbonlik izzatin o'rgan,san!
Dunyo sen biri kam erkamsan!

Jannatga o'xshatma o'zingni,
bir pulga olmayman so'zingni,
iltimos katta och ko'zingni,
devorsiz ko'chani ko'rgan,san,
Dunyo sen biri kam erkamsan!

Buhoriy bobomdan qolgansan,
Termiziy o'gitin olgan,san,
va lekin sinfingda qolgansan,
qoloqsan,darsingni o'rgan,san!
Dunyo sen biri kam erkamsan!

Ravon yo'l qidirib bag'ringdan,
charchadim muttaham,o'gringdan,
yo'l bo'lsa kechardim bahringdan,
Shaytonga qulvachcha bo'lgan,san,
Dunyo sen tosh botgan yelkamsan!

Ilonsan xech oshno bo'lmagan,
gadoysan to'rvasi to'lmagan,
omadsan-ho'mraygan,kulmagan,
yuzingni balchiqqa yuvgansan,
Dunyo sen biri kam erkamsan!

G'amzangga aldanib kuydim,man,
malak deb adashib suydim,man,
tul hotin ekansan qo'ydim,man,
sehrdan,makrdan jirkan,san,
Dunyo sen tuhumsiz kurkamsan!

Eshakni oshno deb o'tarsan,
dononi poshnangda tutarsan,
isqirt aravangni ko'tar,san,
puf desa yirtilgan yelkansan,
Dunyo sen biri kam erkamsan!

Shukr deb non yesam yig'laysan,
may tutib ko'zimni bog'laysan,
lahadga yiqitib kulgaysan,
bol deb yalaganim sirkamsan,
dunyo sen biri kam erkamsan!

Bag'riingda to'rt kunli mehmonman,
cho'lingda charchagan karvonman,
narhingni xop ko'rdim arzon,man,
yo'llari tikonga to'lgansan,
Dunyo sen biri kam erkamsan!

Chayonday poylaysan chaqishni,
boplaysan yolg'onlar to'qishni,
qo'y endi zog' kabi cho'qishni,
ertaga mendan xam qolgaysan,
Dunyo sen alamli erkamsan!

Jannatni teng qilma bo'yingga,
it qochar bosh suqsa uyingga,
azalar ulangan to'yingga,
qasringni ko'pikdan qurgansan,
dunyo sen biri kam erkamsan!

Childirmang ho'p chalib,qo'ymading,
o'ynatib,yig'latib,to'ymading,
qadrli mehmonday suymading,
mezbonlik izzatin o'rgan,san!
Dunyo sen biri kam erkamsan!

Beshikdan tushishim kutasan,
tushgandan g'amingni tutasan,
yiqitib,tobutga ortasan,
zaqqumday zaharga to'lgansan,
dunyo sen biri kam erkamsan!

O'ylama tiz cho'kmam poyingga,
tupurdim minnatli soyingga,
qand bo'lmam zaharli choyingga,
ertaga mendan xam qolgaysan,
Dunyo sen alamli erkamsan!

Seni bir itimday suymasman,
o'lsang xech azangda kuymasman,
Odamman senga bir qo'ymasman,
Alisherni azobga qo'ygan,San.
Dunyo sen alamli erkamsan!

Добавлено (29-Сен-2012, 21:28)
---------------------------------------------
Dianaxon raxmat yoqqanidan xursandman...

Добавлено (29-Сен-2012, 21:31)
---------------------------------------------
Pastkashlik yigitni yer qiladi.

Bir pulga arzimas,kerilishin ko'r,
joyi poygak,to'rga surilishin ko'r,
salomga aliksiz burilishin ko'r,
qazidan so'rasang otga tortadi,
past asli past bo'lgan zotga tortadi.

O'zicha yagona,unday zot yo'qday,
muloyim gapirsang sapchiydi o'qday,
qolgan xamma qora o'zlari oqday,
qazidan so'rasang otga tortadi,
past asli past bo'lgan zotga tortadi.

Yuzidan ming turfa niqob yasaydi,
yerda chalpak bo'lib oyni tusaydi,
qani endi o'zini yig'ib olsaydi,
qazidan so'rasang otga tortadi,
past asli past bo'lgan zotga tortadi.

Deysan ko'rmaganni ko'rgani qursa,
mayli yangi kiyib,labini bursa,
qaniydi o'pkani sal bosib yursa,
qazidan so'rasang otga tortadi,
past asli past bo'lgan zotga tortadi.

Taomni yashirib yeydi uyida,
foydang tegmasa gar,joy yo'q to'yida,
lagani osig'liq doim bo'yida,
qazidan so'rasang otga tortadi,
past asli past bo'lgan zotga tortadi.

Qashshoqning uyiga kirmas or qilib,
ko'ngilni kemirar misli g'or qilib,
sharmanda bozorda bosh dallol bo'lib,
qazidan so'rasang otga tortadi,
past asli past bo'lgan zotga tortadi.

Tohir-Zuhradagi botirga o'xshab,
qorasi ketmaydi qo'tirga o'xshab,
ko'rganda ketasan g'azabdan qaqshab,
qazidan so'rasang otga tortadi,
past asli past bo'lgan zotga tortadi.

Unga yaqin yursang uying kuyadi,
farishtang qochadi,shayton suyadi,
Alisher nomingga nuqta qo'yadi,
qazidan so'rasang otga tortadi,
past asli past bo'lgan zotga tortadi.

 
DianaСана: Якшанба, 30-Сен-2012, 03:19 | Изох # 510
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 94
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 101
Холати: Хозир йўқ
Hammasi juda ajoyib! Dark raxmat, "onam ko'rgani keldilar, man esa kompyuter chuqalab o'tirdim" degan joyida bo'g'zimga yig'i tiqilib nafas olome qoldim!!! Manda xam shunaqasi bo'gan. Alisher aka she'rlarez doimgidek ajoyib! Ijodezga omad...

Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Diana - Якшанба, 30-Сен-2012, 03:22
 
LoadingСана: Якшанба, 30-Сен-2012, 06:01 | Изох # 511
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Odam qaysi gunohi kechirilmidi deb hisoblasa, shu gunohini kechirilmaslik xafi ortadi.

Qiyin bo'ldi. Juda hunuk manzara.


Faqat 3 ta shart!
 
GULI_NURСана: Якшанба, 30-Сен-2012, 20:40 | Изох # 512
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
Insonlarni bemexrligi ko'rib. Kamchiliklari uchun oldindan uzr.
Odamzodda qani mexr,
Qani insof iymoni.
Shu kunlarga olib kelgan,
Nafsga lanat toshlari.

Nima kerak ularga,
Ne istashar bilmaydi.
Shu kunlarga olib kelgan,
Nafsga lanat toshlari.

Unutishgan ibo xayo,
Unutmoqda g'urur nima or nima.
Shu kunlarga olib kelgan,
Nafsga lanat toshlari.

Bir-biriga bee'tibor,
Indamay ko'z yumishar.
Shu kunlarga olib kelgan,
Nafsga lanat toshlari.

Zamon zo'rniki deya,
Zo'r bo'lishga intilar.
Shu kunlarga olib kelgan,
Nafsga lanat toshlari.

Yuraklari achimaydi,
Jonin olib insonni.
Shu kunlarga olib kelgan,
Nafsga lanat toshlari.

Ko'zlarim ko'rib turar,
Tinmay to'kar yoshlarin.
Yurakdagi so'nggi so'zim,
Nafsga lanat toshlari.
 
Sokin_QalbСана: Жума-муборак кун!, 05-Окт-2012, 07:15 | Изох # 513
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 177
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 35
Холати: Хозир йўқ
Bu özi shunaqa!
1. Nimaga unaqa qimoxchisan oxirini öyla! 2. Shuni shunaqa qimasam könglim tölmidi wuni xoxlavoman.
1. Anig' könglimi? Adawmayapsanmi aqlin jimmi inson nimalani xoxlamidi öylab kördinmi?
2. Öyladim öylavoman wuni hohlavoman yana qachon ulguraman bunaqa vaziyat bowqa bömasachi?
1. Bömasa bömas asosiysi bumasu Sanam gapirsenchi xato qisa indami turasanmi?
3. Bu özi shunaqa xoxlaganini qiladi baribir uni özichali hich kim tuwunmidi ... 1.Boshqacha öylab körsachi nega biza tushunamiz bu tuwunmidi
3. Chunki xoxlamidi, wu bizadaka öylawi xoxlamidi böldi.
2. Hm xoxlamiman man 1taman mani manchali hich kim tushunmidi Sanlayam tuwunmagansanla mandaka öylab körganmisanla nega endi man sanladaka öylirkanman? Balki man töri narsani hohlavotgandirman!
1. Xatoliginiyam bilvosan tan omayapsan Aqlin boshqa narsalaga yetadi hammasini tushunvosan lekn aqlinga böysinmayapsan Aqliga böysinmidigan Axmoq.
3. San nega siqilasan bu özi shunaqayu özi jovobiniyam beradi! Shunchaki özi shunaqa dib qöy könikasan!
1.Shunchaki hamma özicha! Töri, aniq yöl tursayam bilganini hohiwiga qarab qivuradi! Qachongacha? Javob wartamas!


 
DilraboСана: Жума-муборак кун!, 05-Окт-2012, 17:01 | Изох # 514
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Alloh hidoyatidan adashtirmasin.Qalblarimizdagi xotirjamlikdan ayirmasin,iloho.Sokin qalb, özlik taftishining sörog'ida doimo Iymon g'olib bölsin,inshaAlloh.Bu dunyoning ötkinchiligi qanchalik haqiqat bölsa,shunchalik chalg'ituvchi shayton nayranglari borligi ham haqiqat.Qiyomatda esa hukm qat'iy,shikoyatga örin yöq.Yozganlaringizni tögri angladimmikan,degan öydaman... Dark, qalbingizdagi sog'inch hissi qadrlash tuyg'usini anglatgan bölsa ne ajab?! Allohim,barcha Onalarga ikki dunyo saodatini ato etsin,ilohim.Onalar haqida köp gapirolmasligim esa sizga ma'lum.Ular uchun faqat duodaman... . Gulinur,ajoyib misralar bitibsiz.Köngil tusaganini sarhadsiz yozavering.Aqlingizning özi qalbingizni qanday jilovlashni juda yaxshi biladi. Bunga men yozganlaringizni öqib amin böldim.Zero,iymonli qalb ,doimo aqlga böysinadi.Andisha esa aqlning tirgagidir...

Добавлено (05-Окт-2012, 15:45)
---------------------------------------------
AlisherbekUZ,el tan olgan adibimiz O'tkir Hoshimovning Daftar hoshiyasidagi bitiklaridan aynan sizga va köpchilik forumdoshlarimizga öxshagan insonlarga atalgan dono hikmatlaridan keltirib ötsam,fikrimni tölig'icha tuwuntirgan bölarman,ehtimol... Muvozanat. "Dunyoda yaxshilar yomonlardan köproq bölmasa,odamlar allaqachon bir-birini yeb bitirgan bölur edi..." Yaxshi odamlarning boriga shukur.

Добавлено (05-Окт-2012, 16:00)
---------------------------------------------
Aqlli singlim Gulfina ,aqlingizga köz tegmasin.17 yoshingizda anglab yetganingizni ayrim 71 yoshlik odamlar haligacha anglolmaganliklari haqiqat.Afsuski,atrofimizda bunga misollar juda köp.Har kimning insofini öziga bersin... O'tda yonmas,suvda chökmas qöshnim Loading,har doimgidek murakkab fikrli insonsiz.Köp hollarda fikrimiz öxshash,lekin sizchalik tiniq fikrlay olmasligimni tan olaman.Sizda fikrlash nihoyatda kuchli,faqat yetkazayotganingizda nimalargadir chalg'ib yozasiz. Töxtang! Mag'rurlanmang qöshni, sizni shunaqa aqlli qilib tarbiyalagan Gulichcha onaga rahmat aytmoqchi edim))

Добавлено (05-Окт-2012, 16:01)
---------------------------------------------
Mana shunaqa gaplar,forumdoshlarim...


Nigohimda jamdir bu olam...
 
LoadingСана: Жума-муборак кун!, 05-Окт-2012, 17:34 | Изох # 515
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Yo'l - tassavurimizda faqat yo'l ko'rinishida gavdalanadi. Har kim shu yo'ldan yuradi. Qoqilmaslik uchun bizdan oldinda ketib turgan odamlardan maslaxat olishimiz kerak.

Добавлено (05-Окт-2012, 16:34)
---------------------------------------------
P.S Boshimni saray-saray qilib, jilmayishdan o'zga choram yo'q. )))))


Faqat 3 ta shart!
 
GULI_NURСана: Жума-муборак кун!, 05-Окт-2012, 18:16 | Изох # 516
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
Qalb ko'zi ojiz insonlar uchun. Kamchiliklari uchun oldindan uzr.

Ko'zi ojiz orzu qilar,
Qani endi ko'rsam deb.
Lek bilmaydi bu dunyoda,
Bosgan ko'zi ojizlar.

Oyning o'n beshi yorug',
Qorong'usu ham bordur.
Mehr to'la insonlar,
Mehrsizlari ham bordur.

Kimlarnidur ko'r qilgan,
Boylik xirsi va nafsi.
Qaytishmaydi hech yo'ldan,
Bilishmaydi gunohin.

Tushunolmay qiynaldim,
Ne kerak buncha boylik.
Axir olib ketmaydi,
Qabrda yotar yolg'iz.

Bu ishlarni ko'rgandan,
Ko'zim ojiz bo'lsaydi.
Ko'zi ojiz hursand bo'lsin,
Bu ishlarni ko'rmaydi...
 
LoadingСана: Шанба, 06-Окт-2012, 01:09 | Изох # 517
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
P.S Vox vox?!

Faqat 3 ta shart!
 
komol_76Сана: Шанба, 06-Окт-2012, 11:07 | Изох # 518
Форум рахбариятидан
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 195
Тақдирланишлар: 5
Хурмат даражаси: 782
Холати: Хозир йўқ
бир донишманддан сўрашибди:
-дунёдаги энг оғир иш нима?
- масалаҳат бериш...
-энг осон ишчи?
- маслаҳат бериш...

маслаҳатни ҳамма ҳам бериши мумкин, ўзинг учун энг мақбулини танлаш - манимча энг қийин масала шу!


нима ёзсела ёзуврила, ўчирмиман.. (лекин провокаторлар жазоланади, ҳақорат, камситиш ва мазах қилишга йўл йўқ!!! шахсий муносабатлар форумдан ташқарида!!!!)
 
Zinnura_KСана: Якшанба, 07-Окт-2012, 23:26 | Изох # 519
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Ba'zan o'ylab qolaman,
Ollohimni manga bergan
eng kotta hazinasi haq
diyndagi oilam, musulmon
bo'lgan ota onam mikan
db... Ha to'g'ri man OLLoh
suygan bandaman, agar u
mani suymaganda
shundog' oilada dunyoga
keltirarmidi?!! Qalbimga
zarracha bo'lsada iymon
cho'g'ini tasharmidi.... Bas!
yetar! qolgan hammasi o'z
qo'limda...endi ham
Ollohga munosib banda
bo'la olmasam..bu
nonko'rligim un manga
JAHANNAM ham XAYF...! Ey
Olloh.. O'zinga wukur...
Manga bergan
imkoniyatlaringa wukur...


erka farishta....(m)....
 
ParvinaСана: Якшанба, 07-Окт-2012, 23:53 | Изох # 520
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
alisher ijodingizga befarq emasman. dark qaniydi ham bir kozini ochib yumsayu qoldirib kelgan qingir qiyshiq izlari yoqolsa

Allah büyükdur
 
LoadingСана: Душанба, 08-Окт-2012, 00:17 | Изох # 521
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Giybat qilib kulayotgan odam, siyqasi chiqqan latifa aytib qitiqlab kuldirganga o'xshidi.
Shayton gunox qildiradida keyin qitiqlab kulduradi.
Eng shaddod kulgu g'iybat vaqida bo'ladi.


Faqat 3 ta shart!
 
DianaСана: Шанба, 20-Окт-2012, 00:00 | Изох # 522
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 94
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 101
Холати: Хозир йўқ
Jin ursin!!! Man bilgandim... sezuvdim...taxmin qilgandim hammasini!!! Beqaror ayriliq fasli qorishtirib yubordi utmish va kelajakni...! Bir paytlar yuzlarimga orom bergan kuzning iliq yomg'iri bugun bunchalar sovuq bo'lmasa? Taqdir quyoshining ayovsiz nurlaridan qovjiragan hazon yuragimni buncha tepkilamasa bu yomg'ir?! Shundog'am xazondek omonat qarorlarimni bunchalar loyga belamasa? (((
Esingdami manga "agar hayotda qoqilsang hech qachon shoshilib omonat hassaga tayanib o'rningdan turishga urinma, chunki ikkinchi bor yiqilganingda qayta oyoqqa turishing qiyin bo'ladi" deganding? Man huddi shunday qildim... Ishonchsizini rad etdim, mani yiqitmediganini tanladim (aniqrog'i ota-onam tanlab berdi!)...
ammo...
Nega qaytding...?((( Seni kutaverib qiynalib ketgan bechora yuragimni zo'rg'a aldaganimda nimaga yana kelding???(((
"Airaport dan chiqib ota-onamdan oldin sani ko'rgani keldim"??? Nime shunaqasan-a?((
Endi man orqangdagi skameykada bir dasta gul bilan mani kutib turgan yigit yoniga qanday boraman? Uni ko'zlariga qanday qarayman? Bir dunyo orzu bilan onasi topgan qiz bilan ilk uchrashuvga chiqqan anavi bechorani qanday aldayman? Sen- aqlsiz yuragim tanlagan ishonchsiz utmishimni deb qanday ota-onam tanlagan ishonchli kelajakdan vos kechaman...??? Seni O'zbekistonda menga yaqin yerda yashayotganingni bilib turib, uzga qo'llaridan qanday tutaman? skameykadagi-meni "baxtim" deya kutayotgani baxtimni qanday baxtli qilaman???...
Ming lanat hammasiga!
Usha seni uchratgan, sevib qolgan kunimga ming emas million LANAT!!!
Bilasanmi seni 100 yil kutib, sen uchun butun olamga qarshi turishga qurbim yetardi... Ammo bunga arzimaysan! Qadrimni qotil bo'lib qonga belab ketgansan!
Jin ursin buncha sovuq bo'lmasa bu utmishim va kelajagimni qorishtirib yuborgan faslning rangi.. bunchalar yoqimsiz bo'lmasa bu tomoshabin yomg'irlar hidi(((...!
 
DilraboСана: Якшанба, 21-Окт-2012, 12:17 | Изох # 523
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Assalomu alaykum. Har bir kun Allohniki! Uning kuniga shukur qilish rahmoniy xislatdir. Salgina oldin Info.Islom.uz saytidan "Nima uchun Diam'sning intervyusini öchirib tashlashayati?",degan maqolani öqidim.Taassurotlarim bir olam! Unda Frantsiyalik mashhur qöshiqchi qiz haqida gap boradi...Qolganini esa qiziquvchilar bölsa, öqib tushunib olarsizlar.Men nimani taqqosladim,aytaymi.Ösha frantsuz qöshiqchisi bilan özbek qöshiqchi qizlarini taqqoslab kördim.Bir Sayatashmi qoyatoshmi degani hijoblanganda Sayyod saytda maqola yozgandilar.Men ham sayatashni tabriklaganimni eslayman.Keyinchalik Sevara Nazarxonning tug'ilgan kunida uning asl "qiyofa"sini bilib qoldik... . Shou-biznesimizdagi muslima qöshiqchilarimizning ahvoliga bir qarang! Darvin tirik bölganda Nobel mukofotini aniq qölga kiritgan bölarmidi?!) Frantsiya davlati musulmonlarning sha'nini bulg'ash uchun ochiq-oshkora kurashayotgan g'arb mamlakatlaridan biri,buni köpchilik biladi.Hijoblilarga qarshi fitna-fasodlari-yu va hakoza dilxiraliklarini butun dunyo kuzatib turibdi.U yerda islovothonalar patent olib bemalol faoliyat körsatishiga ruxsat etilgani yoki bir jinsli nikohni yoqlashiyam qandayligini aslida kim ekanini bildiradi.Lekin,bizda-chi nimalar bölmayapti deysiz??? Allambalo kiyinib qilpanglasa,estetik zavq berayapti,deyishadi.Ög'irlangan kuy-qöshiqni ana mahorat,deyishadi.Ög'ri, fonogrammachi qöshiqchilarga iqtidorli yulduz,deyishadi... . Nima deymiz?! Yana INSOF,deymizda! Alloh mehribon va kechirguvchi.Ammo,Uning qahri-la'nati borliginiyam unutmasligimiz kerak!Uning ataganidan esa bandasi qochib qutula olmaydi! Haqiqat esa achchiq,ammo mevasi shirin böladi.Mana shunaqa gaplar...

Добавлено (21-Окт-2012, 11:17)
---------------------------------------------
Va yana boshqa masala! Oxirgi paytlarda Forumga asosan,Ijodistonni öqish uchun kirayapman.Avvalgidek mavzular qaynamayotgan bölsada,Ijodistondagi mavjud mavzularga nisbatan umumiy kuzatishlarimdan quyidagilarni aytmoqchiman: Qizlar,sizlardan KATTA iltimos!!! Yuraklaringdagi "kimdir"ga nisbatan jösh urayotgan tug'yonlaru,tanayu-vujudlaringni chulg'ab olgan his-hayajonlaringni pardaga hech bölmaganda qog'ozga örab yozinglar! Andisha degan chegarani hatlab ötish tugul,yanchib ötishlaringiz sha'ningizga tög'ri keladimi??? Ilhom keb qoldi,deb ibo-hayoni chetga surib qöyib yozganlaringiz kimgadir atab yozganlaringiz kelajakda qora tam'ga bölib qaytishiniyam bilasizmi??? Kelajakda bu forumga uka-singillarimiz ham qöshilib safimiz peshma-pesh tölib boraveradi,Alloh ato qilsa.Yozganlarimizni öqishadi va bilvosita bizning qaysidir tomonimizdan qiyos oladi.Ösha qiyos olingan tomonimiz salbiy bölsa-chi? Qizlar,bizga Alloh taolo yigitlarga nisbatan qalbni a'loroq qilib bergan(ularga esa aql köproq berilgan)). Ammo aqlga quloq solish uchun iymonni ham shu qalbda joylashtirganku! Bu savollarni özingizga berib köring.Bu gaplar hammaga taaluqli,tushungan tushunib olsin.Alloh hammamizning qalbimizga xotirjamlik ato qilsin!


Nigohimda jamdir bu olam...
 
БОБОСана: Душанба, 22-Окт-2012, 18:23 | Изох # 524
ФанФорум рахбари
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 630
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 1607
Холати: Хозир йўқ
Фикрларингиз тугри Сокина,Меъёрдан ошмаслик керак.
 
DianaСана: Душанба, 22-Окт-2012, 23:54 | Изох # 525
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 94
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 101
Холати: Хозир йўқ
Umr utib ketdi-ku
Ey shaytondan qo'l olgan inson
Yaxshilarni qiynading yomon
Qachon tavba qilasan qachon?
Axir umr utib ketdi-ku

Boylik haqda o'ylaysan hamon
Hayollaring ucharlar qayon?
Qadam bosmading masjid tomon
Axir umr utib ketdi-ku

Saroylarda o'ynading kulding
Nochorlarni talading yulding
Bosib utgan umr yo'lingdan
Rostini ayt to'ldimi ko'ngling?

Har bir so'zi ming bir tillodur
Sening uchun borin bergan ul
Qiblagohing bir ziyorat qil
Axir umr utib ketdi-ku.

Ikki ko'zi yo'lingda hamon
Seni o'ylab umri o'tdi-ku
Onangni ham esla har zamon
Axir umr utib ketdi-ku

Ibodat qil toqatlar ila
Gunohingga savoblar tila
Yaratgandan hidoyat so'ra
Axir umr utib ketdi-ku.
 
Поиск: