[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Yurakdan to oq qog'ozgacha
Sokin_QalbСана: Жума-муборак кун!, 31-Авг-2012, 17:40 | Изох # 476
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 177
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 35
Холати: Хозир йўқ
Yuzi kulsa ham Közi kulmas döstim!
Har safar birga kulganimizda sanga qaramaslikka harakat qilaman! Chunki qarashim bilan kulgim kemidi kulvotganimda sanga qaratib qöyishsa kulgudan töxtiman! Ayrimla etadi tirnog'inga qara kulgudan töxtisan dib haqiqatdan sinaganman kulgudanam töxtaganman! tirnog' haqida?!! nega ötlab keti fikrlarim... Közlar haqida ex sani közlarin haqida öylavotudimu, Holajonim etgandila yani sani Oyijonila"Chaqaloliginda kulmaganakansan seryozniy chaqalo böganakansan" törisi bunaqa chaqaloni umrimda körmaganman. Endi sani farzandini körmasam! Hoziram közlarin mayus g'amgin lekin yuzinda tabassumin doyimo bor! Maylin közlarin kulmasin lekin qalbin doyimo shod bösin! Nega közin kulmidi diganimda mani aybimmasu Alloh shunaqa yaratgan dib közini qisib manga kulib qaraganidin! Mani mehribon Yuzi kulsa ham közi kulmas! Qalbi shodon döstim! Eson Omonlida farzandini bag'ringa bosib ol!


 
Zinnura_KСана: Жума-муборак кун!, 31-Авг-2012, 18:52 | Изох # 477
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Omin!

erka farishta....(m)....
 
SirlinigohСана: Жума-муборак кун!, 31-Авг-2012, 22:53 | Изох # 478
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 7
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Тунлари ухламай ибодат килма.
Журттага йиглабон багрингни тилма.
Майлига бирдона сурани билма.
Оллохни чин дилдан сева олсанг бас.

Рузани тутмагин майли умурбод.
Факат ота онанг сендан булсин шод.
Бирор киши сен сабабли чекмасин фарёд.
Оллохни чин дилдан сева олсанг бас.

Майлига дустларинг сендан килсин ор.
Ортингдан одамлар хеч булмасин зор.
Хамиша омадинг сенга булар ёр.
Оллохни чин дилдан сева олсанг бас.

Мен каби адашиб нодон булмагин.
Ёмон йулларда юриб сарсон булмагин.
Гапларим эшитиб хайрон булмагин.
Оллохни чин дилдан сева олсанг бас.

Дилшодбек Авизов ижодидан


Ёлгон дунё кахри каттик шавкати йок.
Юрагинга солиб куяр бир кисим чуг.
 
LoadingСана: Шанба, 01-Сен-2012, 13:59 | Изох # 479
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Mavzuda adashibsiz. Lekin yuragingizdagini bemisil yozibsiz!

Faqat 3 ta shart!
 
SirlinigohСана: Душанба, 03-Сен-2012, 22:27 | Изох # 480
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 7
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Мен сизни уйлайман кечаю кундуз.
Осмонда порласа бир дона юлдуз.
Тунларим утади мисоли кундуз.
Онажон мен сизни жуда согиндим.

Юрагим талпинар сиз томон доим.
Кузларимда ёшим калкинар доим.
Бахтимга сог булинг дея илоим.
Онажон мен сизни жуда согиндим.

Биламан доимо мени уйласиз.
Болам сог булсин деб дуо килгайсиз.
Мени согинганда сизхам йиглайсиз.
Онажон мен сизни жуда согиндим.

Бахтимга сог булинг доимо омон.
Умрингиз шод утсин булмасин ёмон.
Калбидагин ёзди углиз Дилшоджон.
Онажон мен сизни жуда согиндим.

Дилшодбек Авизов ижодидан.


Ёлгон дунё кахри каттик шавкати йок.
Юрагинга солиб куяр бир кисим чуг.
 
DilraboСана: Жума-муборак кун!, 07-Сен-2012, 08:14 | Изох # 481
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Hayot-harakat! O'tkazayotgan har bir daqiqamiz uchun har ikki dunyoda ham hisob beramiz...Tarozi pallasining qay tomoni og'irroq bosiwi esa niyatimizga va amalimizga bog'liq.

Добавлено (07-Сен-2012, 07:14)
---------------------------------------------
Shukur qilishni örgangan inson öz-özidan sabrga ham ega böladi...


Nigohimda jamdir bu olam...
 
LoadingСана: Жума-муборак кун!, 07-Сен-2012, 09:00 | Изох # 482
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Bulutlar ortida nima borligiga har birimiz qiziqamiz, nigohimizni u tarafga qaratamiz. Shunda bulut ortida nima borligini ko'rolmay qiynalamiz. Uning ustiga quyosh ko'zimizni qamashtiradi. Man chundim. Haq bo'lgan Ollohni qanday ekanini, u haqida ko'proq tafakkur qilishni hohlayman, uning jamoli qanday ekan deb o'ylayman. Biroq bir chegaraga yetkanda parda, uning ortida bir nur ko'zimni qamashtiradi...

Davom etib boraveradi. Qancha uzoq tafakkur, tadabbur qilsak shuncha savob. Ammo unutmaylik "bulut va quyosh" ortidagi olamni tafakkur qilishda ilmdan o'zgasiga suyanish hafli. Shayton alayhilana qonimizda.


Faqat 3 ta shart!
 
RaVsHaNBeKСана: Жума-муборак кун!, 07-Сен-2012, 11:15 | Изох # 483
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 193
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
2012 yil 3 mart derazadan tashqariga qarab turardim tashqarida yomg'ir charros quyardi. negadir kayfiyat yo', ishim xam yurishmadi bugun, ko'ngil nimanidir sezgandek
uyqu kelmasdi ko'zga.BIrdan telefonimga kelgan sms xayolimni buzdi .... uydan amakim....... tinchlikmikin yarim kechasi deb , darrov telefon qildim
-xa amaki tinchlimi yarim kechasida
- xa tinchli anu xaligi (tutilib tutilib) boshlig'ing boridikuu Abdulaxad o'shani ukasi Azimsher begun ertalab avtoxalokatga uchrab vafot etdi.......
-ustimdan kimdir muzdek suv quygandek bo'ldi.Umuman kutmagan voqea .......
man uni akasini qo'lida ishlaganim bois Azimsherni qanaqaligini juda yaxshi bilardim .U xaqda o'ylay boshladim ..........
Joyi jannatda bo'lsin .Tavba odam ertaga nima bo'lishini bilmasakan .
Agar bunaqa oz vaqti borligini bilganida qilgan yaxshi va yomon amallari uchun tavba qilarmidi.Birdan peshonamdan sovuq ter chiqib ketti balki , balki mani xam vaqtim oz qogandir
balki 1 yildan keyin balki 2 yildan keyin balki keyingi xaftani ko'rmasman ...... astog'firillo...... bilib bilmay qigan gunoxlarim uchun tavba qilishim kerak.....
o'rnimdan sakrab turdim yuragim tez tez urardi soatga qaradim ertalabgi 04:30 o'ylayverganimdan vaqtni o'tganini xam bilmay qopman yugurib narigi xonaga chiqdim
sumkamdan "Men xam Namoz o'qiyman" degan kitobni qidira boshladim.Xa mana topdim shoshib o'qiy boshladim xuddi vaqtim juda oz qolganday ...........
Avval uydaligimda namoz o'qiganim bois xammasi yodimga tushdi Taxorat oldimda Bomdod namozini boshladim ...........
Namozni tugatgach tanam xuddi bir uchgandek yengil xis qilardim o'zimni . Na charchoq na bir uyqu nabir og'riq bor edi .Ruxiy va jismoniy xolatimni
so'z bilan tariflab bo'lmasdi. Yaratganga shukurlar aytib NAmozdan keyingi zikrlarni boshladim ..........
Ko'nglim ancha joyiga tushgandi ancha o'zimni xotirjam xis qilardim .

Balki sizni xam vaqtiz oz qolgandir .......... (ilohim ko'p bo'lsin)
(tavba qilish fursati yetmadimikan ? )

04.03.2012

by RaVsHaN BeK


+99893 942 32 32
 
LoadingСана: Сешанба, 11-Сен-2012, 00:39 | Изох # 484
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Juma kunidagi eng yaxshi amru maruf naxi munkar shu bo'ldi.

Добавлено (10-Сен-2012, 23:39)
---------------------------------------------
....... ....., . .... .... .............. ........ ....... ..... . .... ........
Loading...
P.S Bu xazil po'st emas. Xaqiqat yozilgan. Yuragimdagi. Qiziqqanlar bo'lsa ls orqali yozib yuboraman.


Faqat 3 ta shart!
 
GULI_NURСана: Сешанба, 11-Сен-2012, 09:44 | Изох # 485
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
BAXT
 
DilraboСана: Сешанба, 11-Сен-2012, 09:47 | Изох # 486
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Muhimi xotirjamlik )

Nigohimda jamdir bu olam...
 
Sokin_QalbСана: Чоршанба, 12-Сен-2012, 07:25 | Изох # 487
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 177
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 35
Холати: Хозир йўқ
Hamma narsani haloli yaxwi!
Hatto suhbatniyam!


 
LoadingСана: Жума-муборак кун!, 14-Сен-2012, 01:19 | Изох # 488
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Bazi odamlar bilan suhbatlashish juda yoqimli.

Добавлено (14-Сен-2012, 00:19)
---------------------------------------------
Qoidasi bo'lgani uchun emas, To'liq chin yurakdan Sardor akadan kechirim so'riman. Kechirimli ekanlari, o'tkir xazilkash, kuchli tanqidchi ekanliklarini manga aloqasi yo'q edi. Bunaqa yozishim noto'ri ekanini Ozod bobo etkanlarida erinmi to'g'irlab qo'yishim keregidi.

Bunaqa xolatga tushgan xar qanday forumdoshga doim bir maslaxatni beraman. "Xaq bo'lgan taqdirdayam umuman yozma, baxslashma" lekin hech qaxhon kechirim so'ragan odam yutkazmagan. Bosh saxifadagi bir mavzuda shu maslaxatni o'qigandim.

Odamni, odamga cheksiz sabablar bog'lab turarkan. Dushmanlik xam bundan mustasno emas. Loading...

Man birovni yaxshi kunlarini buzadigan Gn.da emasman. Shoshilish odatim bor.

Kitobti gapladan ko'ra yuredi gap maqqul.

ssilkani ulashgan userga raxmat. smile


Faqat 3 ta shart!
 
komol_76Сана: Жума-муборак кун!, 14-Сен-2012, 12:15 | Изох # 489
Форум рахбариятидан
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 195
Тақдирланишлар: 5
Хурмат даражаси: 782
Холати: Хозир йўқ
баъзан шу болага хайрон қоламан. бир қарашда ақлли, истарали, жуда чиройли гаплар гапиради, изоҳлар қолдиради. баъзида иситмаси бўладими, билмадим, тушунарсиз ва алмойи-алжойи гапларни ёзади. кечирим сўрамоқчими, пичинг қилмоқчими....

Quote (Loading)
Bunaqa xolatga tushgan xar qanday forumdoshga doim bir maslaxatni beraman. "Xaq bo'lgan taqdirdayam umuman yozma, baxslashma" lekin hech qaxhon kechirim so'ragan odam yutkazmagan.


бу нима дегани? ман хақ эдим, лекин баҳслашмиман деганими....
осмонга қараб туфлаб бўлмайди, чунки туфлаган кишини юзига қайтиб тушиши мумкин... рахбар ҳам қайсидир маънода бир поғона юқорида туради... юрак қанчалар муҳим орган бўлмасин, БОШ доим энг теппада туришини инкор этиб бўлмайди....


нима ёзсела ёзуврила, ўчирмиман.. (лекин провокаторлар жазоланади, ҳақорат, камситиш ва мазах қилишга йўл йўқ!!! шахсий муносабатлар форумдан ташқарида!!!!)
 
LoadingСана: Жума-муборак кун!, 14-Сен-2012, 17:38 | Изох # 490
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
P.S Bularni bir kinoni ko'rish jarayonida yozdim. Bo'lib o'tkan voqiyalarga ham mos kelar ekan. Sokina bilan aynan shunday holatlar yuz berishi haqida suhbatlashgan edik. Yani biror masalada yechim topolmagan odam bazan kutilmaganda kimdandur yoki tabiatdan yechim topadi. Hayron qolasan kishi. Kun fikri mavzusiga mos hulosalar yozilgan.

Istaklarin ortidan yur. Seni yo'lga soluvchi inson hamisha topiladi. Natija sen istagandek bo'lmasligi mumkin. Maqsadinga aylangan istaklarni natijasi qanday bo'lmasin, yaxshi va yomon tarafini holis baxolay olsang kifoya. Eshitishni o'rgan. Hulosaga shoshilma. Har bir hulosani vaqt chig'irig'idan o'tkaz. Bazan xali yoshman deb o'z hulosangni inkor etma. Tanbex berganlar oldida boshini eg. Bu xurmatingni oshiradi.
O'zi qilolmagan ishini senga qil degan odamni aytganini qil, kam bo'lmaysan. Uzoq-yaqin kishinga aybini etishga shoshil. Lekin qo'pol so'z etishga hayo qil.
Ha aytkancha bu menga so'ngi va eng tasalli beruvchi o'git. Yoshi qari axmoq bo'lgandan, yosh boshiga dono chol bo'lgani afzal.
Loading...


Faqat 3 ta shart!
 
DilraboСана: Жума-муборак кун!, 14-Сен-2012, 19:32 | Изох # 491
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
BarakaAlloh,Loading!Yozuvda ohang unchalik ham anglanilmaydi-da.Shuning uchun,kiwi holati, kayfiyatiga qarab qabul qilaveradi-da.Lekin,haq-nohaqni ajratadigan HAQ borku,albatta MUROSA yölini tanlash kerak!Zero,yagona HAQning buyurgani ham wu-ku! O'sha suhbatimizning yana davomi sifatida quyidagilarni yozmoqchiman.Bugun biz musulmonlarning muborak Juma kunimiz bölgani uchun boshqa kunlardan köra,ayrim tamoyillarga köproq rioya qilamiz.Murosa sa'natini yon-atrofdan,tabiatdan örgansak atrofimizda bunga misollar juda köp...BIZNI ALLOH ONG DEGAN ULKAN TAFAKKUR NE,MATI BILAN MUKOFOTLAGANKU!...Ikki kishining orasini isloh qilish uchun yaxshi bitta söz kifoya."Tobutkashsizlar-a,uyat böladi!" Zero,biz musulmonlar bir-birimizga tobutkaw hisoblanamiz.Qabristonimiz bitta,umrimiz esa cheklangan...Afsuski, Nifoq solish uchun ham birgina söz kifoya "O'zini kim deb chog'layapti".Shu iddao bilan aytilgan söz nimalarga olib kelmaydi deysiz?!Biz ojiz bandalarmiz-u, hammamiz har xilmiz!Ana endi,bizning qay bir yölni tanlawimiz esa INSOFU-IYMONimizga qolayaptimi?Waytonning tutgan qamchisini qölga olib CHO'G'ni bosamizmi yoki murosa qilib IYMONimizni mustahkamlaymizmi? Tanlash imkoniyati niyatga qarab bandasining öziga havola etilgan.Shunga qarab,HIDOYAT YOKI JAHOLAT yölini ato qilaveradi. Bu umumiy gaplar hammamizga taaluqli.Umr aslida qisqa,uni wayton vasvasasiyu-warriga almawtirib bölmaydi.Har kim öz onglilik darajasida öylaydi,albatta.Men ana wunday öylayman.Bu yuragimdan qog'ozgacha yetib kelolgan sözlar edi.)...Hammamiz ham bir-birimizga omonatmiz,bugun bormiz,ertaga Xudo powwo.Tobutkash bölsak!...Aka-uka örtasidagi tushunmovchilikni esa özlari XOLIS hal qilib olaveriwadi!Ular aslida hammamizdanam köra bir-birlariga xayrihoh biggrin )Bu masalada hammangizga Fan-klub bölimidagi "Fan klub qoidasi va ma'nosi" mavzusini öqishingizni tavsiya qilaman. JUMA OQSHOMI BARCHANGIZGA MUBORAK BÖLSIN! biggrin

Nigohimda jamdir bu olam...
 
LoadingСана: Пайшанба, 20-Сен-2012, 22:20 | Изох # 492
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Biz emasmi Aslida buzuq? Buzuq o'ylab buzuq ko'rguvchi? To'gri so'zni egriga yo'yib, shaytoniy bir kulib qo'yuvchi.

Bilib qo'ysak zarar bo'lmagay. Xaqqimiz yo'q Xukum o'qilishga. Hamma qizlar buzuq emaslar, Hohlagancha ... yemaslar.

Biz ularni ko'ramiz shunday, Ko'zimizdan xaqiqat ketgan. Yurib-yurib bir buzuq bilan, Ko'r bo'lganmiz, yo shira bosgan.

Kimga tuxmat toshin otkuncha, onamizni eslab qo'ysakchi, Bir umrni xazon qilguncha, sinimizga baxt tilasakchi.

Axmoq chiqdi kuyovim deymiz, qayoqlarda edi ko'zimiz, Bir suxbatin olib ko'rmadik. Biz be xabar qoldik baridan.

Balki ulfat bo'ldi aroqqa, Balki bizga teshikdosh bo'lgan, Endi ko'nib yashaymiz majbur, bizning gunox singilga urgan.

Hamma qizlar buzuq deyishni baz qililik. Mini yubka yoki shim, keyin hozir anu bog'cha bolalari kiyadigan kalgotka dirmidi shuni kiygan bo'sa ushunaqa qiz bo'lib qomidide. Mani singlimam yo'q opacham xam yo'q. Man tanish qizlarni opam, do'stim, singlim deb bilaman. Haqqimiz yo'q "Hammasi" diyshga. Ayniqsa erkak, yigit kishini lavzi bo'ladi. Shariyatda yaxshi ayolni foxisha, buzuqi deb ayiblash katta gunox. Uni shunday deb ayibladikmi, 4 guvox bo'lishi shart. Agar bu dunyoda isbotlab bermadikmi? Albatta qiyomat kunida isbotlab berish kerak bo'ladi. Alloh va banda o'rtasidagi hisobda Allohni o'zi kechirishi mumkin. Banda bilan banda o'rtasidagi hisobni Bandani o'ziga qoldirar ekan. Endi gapimizni yana bir marotaba takrorlab ko'rilik. "Hamma qizlar buzuq, buzilib ketkan. Bildirmaslik uchun..." Bu gapni boshini qarelar "Hamma" so'zi. Qiyomat kunidagi xisobni bir o'ylab ko'rilik?

P.S bunaqa yozganim uchun raxbaryatdan kechirim so'riman. Anchadan beri bazi suxbatlar mavzusiga quloq sovotman. Kattasiyu kichigi bilib-bilmay birdek shunday deydi. Ularga bir ikki ishora qilgan bo'ldim. Shu sababdan yozdim.


Faqat 3 ta shart!
 
komol_76Сана: Пайшанба, 20-Сен-2012, 23:05 | Изох # 493
Форум рахбариятидан
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 195
Тақдирланишлар: 5
Хурмат даражаси: 782
Холати: Хозир йўқ
Insonlarni yahshi yo'lga chorlash, insofga chaqirish, albatta yahsi ish. Lekin hamma mavzuda masalani dinga taqash, misollar keltirish maqsadga muvofiq emas... Hamma xar hil tushunadi... Qaysidur mavzuda bu haqda yozgan edim... To'gri oramizda ozmi ko'pmi diniy ilmdan habardor userlar judayam ko'p, lekin ularning ustozlari kim, ilmlarining asl maqsadi va yo'nalishi qanaqa - baxtga qarshi bizga mavhum.... Ularning davlat tomonidan tan olingan va ruxsat etilgan bilim yurtida tahsil olganliklari va bu haqda tegishli tertibda rasmiylashtirilgan hujjatsiz diniy mavzuda so'z ochishlari, manimcha noto'g'ri.... Sababi bilib bilmay noto'gri talqin qilish orqali to'gri yo'ldagi odamni buzib qo'yishi mumkin. Bir sura, oyat yoinki hadisni noto'g'ri yoki boshaacharoq, saaaal o'zgartirib talqin qilishning o'zi kishi ongini buzilishiga olib keladi... Shu sababli iltimos qilardim, diniy mavzussgi hamma gaplar, fikrlar tegkshli mavzusa bo'lsa, shuns ham da'vat sifatida emas... Aks holda ularni o'chirisga majbur bo'laman. Chunki tegishli ruxsatnoma yoki hujjatsiz qilingan da'vat uchun O'R Jinoyat KODEKSIda tegishli bir nechta modda bor...

P.S. bu gaplar aynan bir userga tegishli emas... Sochinmga oq oralab, atrofimda bo'lib o'tayotgan hodisaladni tahrirlar ekanman, beixtiyor shu fikrlar kechdi hayolimdan... Yoshlsr o'zingizni o'zingiz asrang. Extiyot bo'ling, ko'zingizni, ayniqsa aql ko'zini kattaroq oching!!! Machitdaman deb, otinoyiman deb, da'vat qilayotgan, Olloxni tanitaman degan xar bir kimsani etagini tutib ketavermang, iltimos.


нима ёзсела ёзуврила, ўчирмиман.. (лекин провокаторлар жазоланади, ҳақорат, камситиш ва мазах қилишга йўл йўқ!!! шахсий муносабатлар форумдан ташқарида!!!!)
 
Bek8111Сана: Пайшанба, 20-Сен-2012, 23:39 | Изох # 494
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Ma'mur
Изохлар: 3615
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 688
Холати: Хозир йўқ
Юракдаги нарсаларни уйлаганда биринчи навбатда озми - купми килган гунох ишларим, кимларнидир ранжитганимни уйлайман кейин яхши нарсаларни уйлайман. Бир хил инсонлар булади баъзида. Узи лавозими жихатидан ходим булсада, рахбарларга акл ургатгиси, уни узини йуригига юришга мажбур килишга чогланишади. Унутманг рахбарлар бекорга рахбар булган эмас. Унинг кайсидир жихати, одатими, хулкими бирон нимаси Оллохга ёкканлиги учун улар рахбар булганлар. Шунинг учун улар юкоридалар. Худди шунингдек Бош юракдан юкорида турган булсада баъзида бу бебош юрак бошдаги аклни уз йуригига юргазмокчи булади. Агар уша бошдаги акл бунга ишлашдан тухташни ёки меъёридан сал тезрок ёки секинрок ишлашни буюрсин-чи босар тусари ёддан чикиб колади. Шунинг учун хар доим хам юрак амрига буйсуниш керакмас. Аввал акл тарозисига солиб куриш керак. Охирги пайтда юраги билан уйлаб иш киладиганлар купайиб кетмокда!

Хаётда шунчаки яшаш мухим эмас, кимгадир керакли булиб яшаш мухимрокдир!
 
DilraboСана: Якшанба, 23-Сен-2012, 10:03 | Изох # 495
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Assalomu alaykum.Kamol aka,biz uchun jon kuydirayotganingiz uchun katta rahmat.Men ham öz fikrlarimni bildirsam(!), nokamtarlik yoki "aqllilik"ka yöymaysizlar,deb öylayman... . Albatta,muqaddas Qur'oni karim sura va oyatlarini buzg'unchilik g'oyasida buzib körsatish gunoh,jinoyat.Bu Forumda men hozirgacha, dinimizning tahqirlanganini yoki buzilgan g'oyalarini uchratganim yöq,wukr. Lekin,har kimning etagidan tutadigan yoshdan ötganmiz va begonalarga muhtoj ham bölmaganmiz.Shukr-ki,ota-onamiz rasmiy huquqshunos va psixolog diplomlari bilan gödakligimizdan diniy va dunyoviy ilmlarni bir-biridan ajratmasdan örgatib kelishgan.Bu ilmlar bir-birisiz xarob! Sha'riyat-din va dunyoning birligidir!Insof va iymon örtasidagi INSONIYLIK tushunchalarni anglash esa,har bir Odamning burchi.Albatta,aqlan zaiflardan buni talab qila olmaymiz... . O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini yoddan bilaman.O'z.JKning hamma bob,modda,punklari bilan tanishman.Ushbu Kodeks insonparvarlik v, odilona va oqilona hayotiy g'oyaviy-amaliy talablari bilan Qur'oni karimga nihoyatda uyg'un,ammo Qur'oni Karimdek mukammal emas.Negaligi hammamizga ma'lum.Qur'oni karim Allohning kitobi.Biz insonlar uni dasturulamal qilib,davlat qonunlarini yaratamiz!Lekin,Qur'on ilmini örganish uchun rasmiy hujjat talab qilinishini birinchi bölib,sizdan bilayapman.Siz aytayotgan DA'VAT umuman boshqa narsa.Bu FORUMdayam,aynan shu mavzudayam da'vat qilayotgan postni körmayapman.Sha'riy qarashlar,iymon va insofga chaqiriw maqsadda oyati karimalardan öz örnida foydalanish,nuqtai-nazar va ichki öy- kechinmalar da'vat ,deb yuritilmaydi.Insoniylik tamoiyillari,deb ataladi. Agar shunday hisoblanmasa,unda hammamiz jinoyatchimiz)) Kimdir shaytonbazmga,kimdir zakovatga,yana kimdir ijodistonga,kimdir chatga nisbatan va hakoza.Muqaddas Islom dinimizga nisbatan,qörquv emas havas uyg'otishimiz lozim.JUMA MUBORAK BO'LSIN BARCHANGIZGA! biggrin

Добавлено (23-Сен-2012, 09:03)
---------------------------------------------
Mulohaza uchun mavzu yohud REJISSYORLAR UCHUN MAVZU! Korea seriallarini köraverishdan charchab-charchamay könikkan odamlarimiz hademay butkul koreisga aylanib ketishsayam hayron qolmayman.Chunki,necha yillardan buyon uzluksiz davom etayotgan koreis seriyallarni körib kelayotgan bolakaylar katta bölishayapti-da! Chunki,ularning rejissyorlari xalqining tarixini,milliy qadriyat va an'analarini mukammal bilishadi va hurmat qiliwadi.Bowqalardan ham wuni talab qiliwadi! Afsuski,bizning rejissyorlarimizning köpchiligi "öldim-kuydim"dan naryog'iga ötolmayapti... .Chor Rossiyasi 19 asrdan yurtimizga bostirib kelib xalqni uzoq yillar talon-taroj qilgan. Boshiga ne bir körguliklarni solganligi esa son-sanoqsiz kulfatlar bilan izohlanadi.Odamlar qullikda uzoq yillar yashawgan.Ularning ongiga zombilar kabi "baxtli hayot" programmasi singdirilgan... . Asosan, 20 asr oxiri,21 asr bowlariga kelib bu aldamchi,böyalgan tarix oydinlashdi,shunisiga shukur!...Aynan,Uzbekfilm MDH davlatlari orasida "Basmach-film",deb mazax bn orqavorotdan tilga olingan ekan.(Bu aniq fakt bölgani uchun yozdim)Negaki ,aksariyat kinolar 20 asr bowidagi "bosmachilik harakati" haqida olingan ekan.AFSUSKI, "Bosmachilik"da ayblangan Vatan tuprog'i va ozodligi uchun kurashgan insonlar taqdirining bir chaqaga qimmatligi öz kelajak avlodi tomonidan namoyish qilingan!!! Va kör-körona shunga ishonib,qullikdan bahra olib,"ega"larining buyrug'iga itoat etib yashayverishgan...Toki,mustaqillik tantana qilmaguncha!"Bosmachilar" oqlandi,qadriyat-an'analar hamon tiklanmoqda,shukr. Lekin,bizning köpchilik kino va san'at olamidagilar xalqimizga nimalarni tiqishtirib ,nimalarni singdirishmayapti ,deysiz.Avval ruslashuv moda bölgan bölsa,endi g'arblashuvni ochiq-oshkora urfga kiritishayapti! Qullikning "madaniylashgan" körinishlari tilimizdan tortib kino san'atigacha namoyonlanmoqda! Har bir ma'sul kiwi,ya,ni xalq oldida HISOBOT topwiriwga majbur shaxs(!) avvalo,O'ZBEKligini his qila boshlasa hammasi öz örniga tusharmidi?! Aytgancha,biz asrlar davomida qul bölib kelgan millat emasmiz.Tariximizni öqing! Juda bölmasa O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"ini diqqat bn öqib chiqing...Milliylikning yöqoliwi esa,qullikning ilk belgisi hisoblanadi.


Nigohimda jamdir bu olam...
 
oybekСана: Якшанба, 23-Сен-2012, 11:58 | Изох # 496
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
Quote (Dilrabo)
Aytgancha,biz asrlar davomida qul bölib kelgan millat emasmiz.Tariximizni öqing! Juda bölmasa O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"ini diqqat bn öqib chiqing...Milliylikning yöqoliwi esa,qullikning ilk belgisi hisoblanadi.

thumbup thumb hands hands hands


 
AlisherbekUZСана: Душанба, 24-Сен-2012, 02:24 | Изох # 497
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
Mirzabek Holmedovning she'ridan ta'sirlanib ....

Asli,umr oqar daryo,
mehri dilga,nurday ziyo,
izlarin qilgin to'tiyo,
Onajoningni topolmaysan.

Oshingni ham yig'lab eysan,
boshingni toshga urgaysan,
keyin kimni Ona deysan?
Mehriboningni topolmaysan.

Ko'zlarini izlagaysan,
so'zlarini so'zlagaysan,
armon qilib bo'zlagaysan,
Onajoningni topolmaysan.

Go'rday bo'lib qolar uying,
dolday cho'kar adl bo'ying,
yig'lab o'tkazarsan to'ying,
Onajoningni topolmaysan.

Fayzing ketar,huvillaysan,
yetim bo'lib uvillaysan,
qalampirday lovullaysan,
Onajoningni topolmaysan.

Mushtiparing bo'lsa ertak,
yig'laganing kimga kerak?
oqibatin qilma ermak,
Onajoningni topolmaysan.

Aka-uka,opa-singling,
ovutolmas g'arib ko'ngling,
ardoqlagin,ko'ngli mungling,
Onajoningni topolmaysan.

Ayvonlaring yi'glar g'arib,
barakang ham ketar arib,
yosh boshginang qolar qarib,
Onajoningni topolmaysan.

Ko'z yoshingni yashirolmay,
tobutidan tushirolmay,
oyog'iga bosh urolmay,
Onajoningni topolmaysan.

Lapanglasa tobut yo'lda,
yurib oldda,tayoq qo'lda,
orzularing bo'lar burda,
Onajoningni topolmaysan.

Kafan quchsa yuzlarini,
tuproq o'psa ko'zlarini,
qarg'ab umring ro'zlarini,
Onajoningni topolmaysan.

Tirigida suygin do'stim
Onajon deb kuygin do'stim,
erta dema,qo'ygin do'stim,
Onajoningni topolmaysan.

Mirzo she'ri ilhom berib,
Alisher bul so'zni terib,
aytsa,muzlar ketdi erib,
Onajoningni topolmaysan.

Добавлено (24-Сен-2012, 01:23)
---------------------------------------------
Hijron.

Ovozim yutadi bepayon sahro,
qumlarin ustimga ko'rpaday yopib,
sen esa uchasan hayolda qushday,
ortingdan yugurib yetolmam chopib,
Boshindagi pushti durrachang hidlab,
bugun Majnun yanglig' seni kutaman,
ortingga qaytmasang men ham Semurg'day,
qaytib kelmas bo'lib uchib ketaman.
Keyin chaqirsang ham qaytmayman ortga,
yig'laysan topolmay u kun izimni,
ko'zingga suriblar,nomamni o'qib,
eslaysan mehringsiz so'lgan yuzimni.

Добавлено (24-Сен-2012, 01:24)
---------------------------------------------
O'ZBEGIMGA
(Vatanni sog'inganda dildan tilga,tildan esa qog'ozga tushgan bitiklarim)

Heshu-aqrabosi yig'ilsa uyga,
kichik ma'rakasi aylanar to'yga,
orini tumorday osiblar bo'yga,
so'zida qalovi bordir Ozbekning,
jiz,manti,palovi bordir O'zbekning.

Qizlarin asraydi qosh-qabog'ida,
o'gliga osh tutar zar tovog'ida,
o'xshashi yo'q uning,insof bobida,
ko'zda o't-olovi bordir O'zbekning,
Iymonday yalovi bordir O'zbekning.

Kambag'alin siylab patir nonidan,
Mehmonin arzitar hatto jonidan,
mashaqqat yaralgan asli qonidan,
dardlarin adog'i bormi O'zbekning?
qo'llari qadog'i bordir O'zbekning.

Muttahamni agar qolsami ko'rib,
g'azab-la yuziga fotiha surib,
o'tirgan davradan ketadi turib,
Uyati ham ori bordir O'zbekning,
Tanburi,dutori bordir O'zbekning.

Choyhonasi dilga rohat-u maza,
do'stu-yor,ulfatga pishirar jizza,
ayb qilmang ko'tarsa ozgina bo'za,
Oqibat,vijdoni-bordir O'zbekning,
poytahti Toshkoni bordir O'zbekning.

Sanasam sanog'i yo'qdir yaxshisin,
do'mbira chaliblar bo'lay bahshisi,
Shahrihon,Marhamat,ul Buloqchisin,
Qo'lida Qur'oni bordir O'zbekning,
Boburi,Anjoni bordir O'zbekning.

Cho'poni kuylasa,hofiz bo'lar lol,
Dexqoni bo'ylasa,raqqosga zavol,
rizqini qilmaydi xech erda uvol,
Lazgi,Chapandozi bordir O'zbekning,
Xivaday dilbozi bordir O'zbekning.

Shahd qilsa oyni-da olishga qodir,
Alpomish avlodi misli bahodir,
Ko'pkarisi ajab,sana'ti nodir,
ham beki-ham honi bordir O'zbekning,
Boysuntog',Surhoni bordir O'zbekning.

Naqshbandin siylab bag'riga bosib,
Amiri kufforin doriga osib,
zar to'ni quyoshning yuzini to'sib,
Olot,G'ijduvoni bordir O'zbekning,
Mavrigi,Sarboni bordir O'zbekning.

Dunyoga mashxurdir u pishirgan non,
ko'rkiga ko'rk qo'shar ko'hna Registon,
tun-u kun uyidan arimas mehmon,
Dilkusho gulbog'i bordir O'zbekning,
Samarqand Ushshog'i bordir O'zbekning.

Odamlari mo'min,jonga jondayin,
shoir,qo'shiqchiga asli kondayin,
Muhammad Yusufi,Marg'ilondayin,
bulbulday zaboni bordir O'zbekning.
Farg'ona,Qo'qoni bordir O'zbekning.

Mug'ulni sindirdi bir berib zarba,
O'gli dunyo ichra bo'ldi sarkarda,
tandiru,jizzayu,novvot,parvarda,
Temurday sardori bordir O'zbekning,
Kesh,Qarshi Guzori bordir O'zbekning.

Bahmalday dalasi xumori jondir,
asali,olmasi dori darmondir,
Zomini ko'ksida oltin unvondir,
Jonida madori bordir O'zbekning,
Forish Pahtakori bordir O'zbekning.

Do'ppi tiksa tillo bo'lar ipaklar,
Usmon Nosiridan so'ylar teraklar,
mahmadona kelib aysta cho'pchaklar,
o'tkir tig' pichog'i bordir O'zbekning,
Namangan,Chort'og'i bordir O'zbekning

Asli mehnat bilan yuksalgan el bu,
Sharofini kaftda tutolgan el bu,
dardini bildirmay yutolgan el bu,
anori,chistoni bordir O'zbekning,
Xovos,Gulistoni bordir O'zbekning.

Andishasin bilmay qo'rqoq dedilar,
Oltinin bir asr kavlab edilar,
ohirda zo'r zarbli tepki yedilar,
Mardi ham maydoni bordir O'zbekning,
Tomdi,Zarafshoni bordir O'zbekning.

Oroli quridi,kuyib jon yondi,
joniga qo'shilib bu jahon yondi,
dardini eslabon ruhi to'lg'ondi,
shoiri Berdaqi bordir O'zbekning,
Nukus-u,Mo'ynoqi bordir O'zbekning.

Shahari,qishlog'i,fayzli bozori,
rivoyat so'ylaydi har bir mozori,
dardlari bo'liblar jonning ozori,
Alisher iftihor qil,o'g'lisan bekning,
Vatan-sajdagohi bordir O'zbekning.

20.08.2012

 
Sokin_QalbСана: Душанба, 24-Сен-2012, 06:28 | Изох # 498
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 177
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 35
Холати: Хозир йўқ
Alloh mehribon! Bandasidan yalinib so'ragandan Allohdan duo qilib so'rash kere!

 
DilraboСана: Душанба, 24-Сен-2012, 21:42 | Изох # 499
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
AlisherbekUZ , qalb nomalaringiz har doimgidek ajoyib.Vatan,ota-ona,döst-yorlar sog'inchidan mahzun qalbning,arab jaziramasidan sölim Qarshi tomon yöllayotgan sog'inch nomalari... .Nihoyatda ta'sirli,yurakka yaqin misralar... Allohimning özi qalbingizga sokinlik,xotirjamlik ato qilsin,ilohim.

Nigohimda jamdir bu olam...
 
AlisherbekUZСана: Душанба, 24-Сен-2012, 23:51 | Изох # 500
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
rahmat Dilrabohon.

Добавлено (24-Сен-2012, 22:51)
---------------------------------------------
barraginalaridan o'qing...

Qarg'asifat odamlarga.

Bulbulday kuylasang avj pardalarda,
do'stlaring yulduzday yoritsa tuning,
niyatim,bog'ingga qo'nmasin hazon,
va yana zog'larga qolmasin kuning.
Ular sovuq soya,quyosh yuziga,
omading ko'rolmay itday hurarlar,
va yoki go'ng titar qarg'aga o'xhsab,
qishing kelishini poylab turarlar.
Aynan shularga ters yasha dunyoda,
kabutar misoli o'tgin yonidan,
qon bosimi oshib yiqilsa shohdan,
tulkilar g'ajisin giribonidan.

 
Поиск: