[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Yurakdan to oq qog'ozgacha
DadaxonСана: Сешанба, 31-Июл-2012, 13:30 | Изох # 451
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
Sen uchun men kimdirman,
men uchun esa butun dunyo
sendursan.)) Kimlar uchundir
butun dunyo menman-u, ösha
kimlar men uchun kimdir))
Mening tanlovim sensanu, ular
tanlovi menman)) Dunyo
diganlar dunyoyim emasku,
kimdir bölgan odam dunyo
men uchun... Qiziq a
 
ShukronаСана: Шанба, 04-Авг-2012, 17:52 | Изох # 452
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Meni aziz farishtam,diydoringni ko'rmadim bir bor.Kelib ulgurmay meni yonimga,qaytding yana ortinga.Armon bo'lding bir umr menga.ERKA FARISHTAM eslayman tunu kun seni.Xayolimda paydo bo'lasan yonimda.So'zlashaman pichirlab,erkalab qaytarmoqchi bo'laman seni yonimga.AFSUS BARISI O'TMUSH.BO'LDING MENGA SHIRIN ARMONLI XOTIRA. MENI TASHLAB KETGANINGA KO'NIKA OLMADIM XANUZ ERKA FARISHTAM.
 
RaVsHaNBeKСана: Якшанба, 05-Авг-2012, 14:29 | Изох # 453
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 193
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
Sizga nima yetishmayapti..........???

Қанчалик кўп нарса бизга етишмайди. Кимгадир бахт учун миллион етишмаса, кимгадир бир қултум сув. Ажабо, кимдир туну-кун пул орқасидан қувиб, улар унга бахт келтиришига умид қилса, кимдир эса ҳаётини хавфга қўйиб ва дунёдан воз кечиб, жаннатга ошиқади. Ифтордан аввал дастурхонларингизга бир назар солинг. Кимдадир кўпроқ, кимдадир озроқ, лекин таом бор, алҳамдулиллаҳ. Шундай бўлса ҳам кўпчилигимиз дунёдаги етишмовчиликлардан доимо шикоят қиламиз. Кимгадир дастурхонда бедана кабоб билан ананас етишмаётган бўлса, кимдир кейинчалик ич кетишдан қийналмаслик учун оддий тоза сув илинжида. Ўзбекистонда куёв сарпо учун қимматбаҳо телпак талаб қилишса, Афғонистоннинг болакайларида эса қишга иссиқ пойафзал йўқ. Уйдаги аёлларимиз жиҳозланган ошхона ва қимматбаҳо идишларга тўла жавонларга ўрганган бўлса, Бангладешдаги опа- сингилларимизнинг ошхонаси чайланинг бир бурчаги бўлиб, барча идиши битта темир товоқдан иборат. Ифторда чанқоқ босгани салқинлантирувчи ичимликлар ва шарбатларни муз билан истеъмол қилаётганимизда, Судандаги бизнинг жажжи биродарларимиз бир шиша тоза сув илинжида БМТ машиналари орқасидан югуриб юради. Қачонки ҳаётингизда бирон- бир кераксиз қимматбаҳо телефон ёки техника етишмаётганини сезсангиз, Африкадаги биродарларимиз ва сингилларимиз жон сақлаш учун чигиртка териб юрганлигини эсга олинг. Кўп биродарлар Рамазонда қимматбаҳо ресторан ва кафеларда ифторлик беришади. Ишончингиз комил бўлсин, атрофингизда сиздан кўпроқ муҳтожлар жуда кўп. Агарда кимгадир ноёб нарсалар етишмаётган бўлса, баъзиларнинг эса бир пачка макарон ёки фарзандига зарур бўлган "Панадол”га ҳам пули етмаяпти. Сомали имомидан саҳарлик ва ифторсиз ҳам рўза қабул бўладими, деб сўрашганда, у йиғлаб юборди…

To'g'ri buni shaxsan man yozmaganman lekin shu satrlani xar gal o'qisam .......... !!!

YARATGANGA BEXISOB SHUKUR ......... !!!


+99893 942 32 32
 
BоnuСана: Сешанба, 07-Авг-2012, 01:15 | Изох # 454
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 3
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 389
Холати: Хозир йўқ
Тўйдан олдин йигит кутади. Қизга даста гуллар тутади. Қўлларидан аста тутади. Тўйдан кейин тез унутади. Энди доим келин кутади. Гул эмас, баъзи эрлар бир оғиз ширин сўзини ҳам дариғ тутади. Ҳатто берган ваъдаларини унутади. Аёл энди бир умр яхши кунлар келишини кутади.

ЎЗИНГИЗ ИСТАГАНДАН ҲАМ БАХТЛИРОҚ БЎЛИНГ!
 
LoadingСана: Сешанба, 07-Авг-2012, 04:19 | Изох # 455
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Ayol.
Nima qipti ajRashgan bo'sa? Ishlarin bo'masin kancakancof! Buzuq deb qoralashga xaqlaring yo'q! Hali yosh. Hali hayoti oldinda. U inson. G'ururi bor undayam. Kiyinishi yoqmadimi? O'ziga sekin birov eshitmidigan qilib chuntir. Gap so'zi yoqmayabtimi? O'zini tutishini sekin o'rgat. San uni ko'chada ko'rib "ana axvoli qanaqa?" dima. Axvol bir kun tiklanadi. Ushanda bemani savsatangni deb yuzing qora bo'ladi.


Faqat 3 ta shart!
 
milawkaСана: Сешанба, 07-Авг-2012, 11:49 | Изох # 456
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 6
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 351
Холати: Хозир йўқ
Bahtli kunlarimiz oldinda deymiz..
Bu kunlar ham o 'tip ketar dimiz..
Katta bulsam eeeeng bahtli bulaman dimiz...
Aslida bilmaymizki xaqiqiy bahtimiz wu BUGUNligini!
Kelajakda niyatlarimiz uwalip kutgan bahtimizga yetarmiz ..Lekin ANA O 'SHANDA o 'tkan umrimiz ya 'ni hozirgi yowligimiz eng beg 'ubor eng Bahtli davr bulganini tan oliwdan bowqa chora topmaymiz..wunday ekan Bugungi Bahtimizni his qilib yawaylik...
by milawka
 
ParvinaСана: Сешанба, 07-Авг-2012, 14:45 | Изох # 457
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
Kimdir esini taniganidan beri Ollohdan, ota-onasi, oka-singillaridan rozilik so`radimi, bugun ertaning kechi yo`q, kimdir uyalsa kechirim so`rashdan qalbidan o`rkazib qo`yishi uyatmasku to`g`rimi? 20-25-30-40-45-50-55-60 vaholanki hali shu yoshni qarshilaganlar bor, kimdir barvaqt olamdan ko`z gumgan, kechirimli bo`laylik, nikohdan o`tgan yoshlar albatta nechi kunlik nikoh bo`lganiga qaramay rozi-rizoligini olishi ham qarz, ham farz!
Rozimisiz tengdoshlarim, do`stlarim, forumdoshlar?


Allah büyükdur

Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Parvina - Сешанба, 07-Авг-2012, 14:51
 
LoadingСана: Чоршанба, 08-Авг-2012, 22:52 | Изох # 458
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
P.S ALLOH ROZI BO'LSIN PARVINA DO'STIM! TINCHLIGIMIZ BAXTIMIZNI BERSIN.
Ajoyib yuragizdagi so'zlar.

Добавлено (08-Авг-2012, 21:52)
---------------------------------------------
Odamlarga xayronman. O'limdan qochmoqchi bo'lishadi. Uzoq yashash sirini izlashadi. Lekin xar birimiz bolaligimizdan tezroq katta bo'lishni istaymiz. Katta bo'lish o'limga yaqinlashtirmidimi?
Begunoh vaqtida ulimga intilib, gunohi ko'payganda yosh boladek o'zimizni olib qochishimiz judayam qiziq sizga etsam.


Faqat 3 ta shart!
 
DadaxonСана: Жума-муборак кун!, 10-Авг-2012, 15:11 | Изох # 459
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
Sözlarimiz gözal, shirin gaplarimiz. Xammasi donishmandona, aqilli fikrlar özicha. Nazaryalarimiz örnak böldigan darajada. Lekin amaldachi, nega köpchilikda ikki xillik. Döstlarimizga aql örgatamiz, ularni tergaymiz, ayblaymiz goxida. Qilgan ishlaridan kulamiz. Öylamaymiz özim kimman, qandayman digan savollar topilmaydi shu dam. Ota onamizga xöja körsinga yaxshi muomila qilamiz. Nega. Odamla körsa nima diydi, nima digan odam bölaman. Ex nodon, Allox köryaptiyu, u bilib turibdiku. Erta ösha gapirgan odamla nima qilb beradi biz uchun. Nega bandasidan qörqamiz, oddiy gaplaridan qörqib ish qilamiz. Bizni yaratgan Alloxku.
 
LoadingСана: Чоршанба, 15-Авг-2012, 16:19 | Изох # 460
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Beshik tebranib turar ekan, hayot davom etaveradi. Demak mehir oramizdan ko'tarilmagan.

Добавлено (15-Авг-2012, 15:19)
---------------------------------------------
Отамдан колган мерос!

Кириш.
Ассалому алайкум, Хурматли укувчилар. Мен хали мустакил хаёт кечириб курмаганман. Лагер, бирор жойга сафар мустакил хаёт дегани эмас назаримда. Бизда айникса Узбекларда бола ота-онаси билан деярли ажралмайди. Доим бир оила булиб яшаймиз. Хаёт пасту-баландлардан иборатлиги сир эмас. Ота-онамиздан турли сабаблар билан вактинчалик ёкида бир умурга ажралиб коламиз. Сал куполрок булсада шундай деб чунтирмасам булмади. Хоп улар йук, биз нима киламиз? Колганини юрагимдагини окка кучирсамда сунг бирга уйлаб курсак.

Voqia.
Kunlarning birida dadam ustachilik qilish uchun Qibrayga kettilar. Mashinamiz bor edi, lekin yo'l uzoqlik qildimi, qimmatmi bilmadim. Usha uyda qolib ishlashlariga to'g'ri keldi. Taxmiman bir yarim oyga cho'zilishi kutilgan hizmat safari oldidan oila kattasi qilib akam saylandi. Hammamizga bir xildi vazifa, buyruq berildi. Bir yarim oy ichida kichik zam suraladan 10ta sura yodlash vazifasi. Yana bir dunyo nasixatlar qilib ishga kettilar. Endi uyda bizni aytkanimiz bo'ladi. Ko'chada istagan vaqtgacha o'ynimiz deb quvondik. Men dadamni kreslolariga ega chiqdim. Akam oila boshlig'i o'tiradigan joyga o'tirib oldilar. Bir ukam dadmni joyida uxliman deb xarxasha qildi. Kimdur piyolani, kimdur video magnitofonni oldi. Bir xaftaga qolmay uy ichida 4ta aftonom respublika vujudga keldi. Akam, men, ukam va oyim singlim, kichik ukam bilan. Tashqaridan qaraganda hamma jixozlar joyida turibti biroq... Yo'q biz bo'lashib olishda xatolikga yo'l qo'yibmiz. Dadamni sarg'aygan do'ppisi, rangi buzilgan joynamozi, vaza ichida turadigan tasbixini birortamiz olmabmiz. Qoldib ketibti. Ko'rmay qolibmiz. Qaranga, ko'rganmiz?! Qolib ketmagan, balki biz qoldirgan edik. Yana usha maqolga yaqin gap hotiramda o'qildi, "ohirgi kulgan baqirib kuladi" Payg'ambarimiz Muxammad(s.a.v) jannatda 32ta tishlari ko'ringuncha kulganlari kabi. Qisqasi xar sajga bosh qo'yganida joynamozni yarmichalik chiqmaydigan ukam, har sajdaga bosh qo'yganda boshidan dadamni do'pisi tushib ketib namoz o'qidi. U dadamdan shu 4 narsa orasiga maxkam qo'yilgan ulkan boylikni olib qoldi. Bugun u dadam endi yo'qliklari sababli usha to'rtta narsani aniq sanog'i bilan aytganda. Taxorat, joynamoz, do'ppi, tasbixni meros qilib oldi. U badavlat yashashiga shular kifoya qildi. Mo'jizasini sizga etsam shu narsani biz xam bugun ishlatmoqdamiz. Unda kamayib qolmadi. Lekin tarsaki yegan bolani qo'liga shirinlik berin, kulib turgan bolachalik quvonmaydi.
Bu bolalik edi. Bugun katta xayot ostonasida turibmiz. Achiq bo'lsa xaqiqat meros talashib yurgan aka-uka, opa-singillar mojorosi. Alloh otani so'roqqa tutarkan "farzandinga nimani qoldirib kelding" mazmunida savol beradi ekan. Bir odam etarkan, "mendan keyin muxtoj bo'lib yashamasin deb bor mol-mulkimni qoldirib keldim" deb javob berarkan. Shunda unga mana bunday "malumot" beriladi ekan. "SEN YETISHIDAN QO'RQAN QASHSHOQLIK FARZANDLARINGA KELDI"
Payg'ambarimizdan qolgan merosni farzanlarimizga imkon qadar mukammal yetkazishni, meros qilib qoldirishni Alloh nasibu-ro'za aylagan bo'lsin.
Iyd-ul Ramazon Ro'zasi muborak.
Fazliddin Zahiriddin o'g'li.


Faqat 3 ta shart!
 
ParvinaСана: Пайшанба, 16-Авг-2012, 02:44 | Изох # 461
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
molodet ozi uxlamay turuvdim anchagacha yodga muhrlanib oylashga majbur qiladi.

Allah büyükdur
 
DadaxonСана: Пайшанба, 16-Авг-2012, 07:15 | Изох # 462
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
Qoil öqib tasirlandim.
 
misSСана: Пайшанба, 16-Авг-2012, 07:35 | Изох # 463
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
Raxmat Fazliddin judayam ibratliyakan.

Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!
 
docСана: Жума-муборак кун!, 17-Авг-2012, 10:35 | Изох # 464
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 119
Холати: Хозир йўқ
Qabriston...qiziq-a?...shuncha odam...hamma jim,faqat qushlar sayrashi...jimlik hukmron.Qarasangiz do'ngliklar...kimningdir qabriga tosh qo'yilgan,kimnikidur oddiy do'nglik.O'sha joyda odam yotadi,mangu uyquda.Mramor toshlardan qabr egalari boqib turishar...Qabr hajmlari har xil.Katta qabrda tortib,jajji,mittiginagacha.Hamma jim...na so'z aytishadi na gap.Har kimning toshi tagida har xil gaplar"Ko'zlarimizdan oqadi yosh,sizni eslaymiz egib bosh"yoki"Bir umr qalbimizda yashaysan"....mana shunga o'xshash gaplar.U yerda hech kim hech kim bilan narsa tortishmaydi,g'iybat qila olmaydi,joy talasha olmaydi.Jimlik hukmron...Qabr toshlari kimnikidir changib ketgan,kimnikidir endigina qo'yilgan,kimningdir qabri hali sovushga ham ulgurmagan.Hayot vaqtligida bir-biridan xazar qilganlar kerak bo'lsa yonma-yon yotishibdi.Jimlik hukmron...Qabrlar ustida o't-o'lanlar o'sib,sarg'ayib oyog'dan tortadigan darajada...qabrda yotgan odamlar turib o'tlarni o'ra olisharmidi,yoki toshlarini changdan xalos etisharmidi?Jimlik hukmron...Kimningdir qabri to'la tikanzor,kimniki ko'kakalamzor.Kimnikidan tikan,kimnikidan gul o'nib chiqgan,kimnikidir qarovsiz...Faqatgina mramordagi kulib turgan chehralar kutib olishadi borsangiz.Ular na pul,na boylikka zor,qiziq-a?Bir hovuch tuproqni quchib yotishadi.Jimlik esa hukmron...tong otadi,kun botadi.Kelsa kuniga ko'pi bilan 10kishi keladi,qabrlarchi?100dan oshiq.Sog'ingan odamlar kelib shu tuproq-u,mramordagi rasm bilan suhbat qurib ketishadi.Qaniki chiqib gaplashishsa.Jimlik hukmron...suvning ovozi,qushlar sayrashi faqat eshitilgulik.Qabrlarga qarab aytasiz"Man ham shu yerlarga kelaman"deb,to'g'rida oxirgi manzil shu yer.Qabrlar ko'p...toshsiz qabrlar ko'p,hatto ko'plar o'z tanishining qabrini topa olmay qolishadi...do'ngliklar,mramorlar...Jimlik hukmron.Biz borsak ham,ziyorat qilib duo aytib qaytamiz,ular yana duoga zor bo'lib qolishadi.Qabr ustidagi mramorlardan sur'atgina boqib turadi.Boshqa hech narsa...jimlik hukm suradi.Na ovoz,na harakat...
Loloshechka
 
ParvinaСана: Жума-муборак кун!, 17-Авг-2012, 14:38 | Изох # 465
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
To`gri kimdir barvaqt ota-onasini kuydirib ketsa, kimdir farzandlarini o`ziga zor qilib ketar ekan, onachi faqat farzandini boshiga o`rab, oq kafandan ko`ylak qilib soflikni qalbida TIRG`AB yuradi, hayronsan, kechasi uyqudan oldin xavotir, ishochsizliklar, balki tushimdir deb otlansa ko`chaga ming afsuski, u ayrilgan boridan, opa-ukasi chopganicha quvib tobut ortidan, akajonimni olib ketayptilar, o`t-o`lan, xashak orasidan yo`l topgan singil har kuni eshik tagida kutadi intizor, yetolmaydi chunki u oldin ketgan aslida. ILOHIM BARCHA DUNYONI TARK ETGANLARNI QABRI PUR NURLARGA TO`LSIN SHU QATORDA AZIZBEKNI HAM!

Allah büyükdur

Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Parvina - Жума-муборак кун!, 17-Авг-2012, 14:39
 
LoadingСана: Жума-муборак кун!, 17-Авг-2012, 21:36 | Изох # 466
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Bugun juda og'ir bo'ldi. Alloh mushkulalarimizga o'zing hayrli yakun ber. Sendan o'zgasi bunga qodir emasdur. Gunohimizni kechir. Yoshlarga aql, yosh oila quryotganlarga mehir oqibat, oilaviy hotirjamlik, do'stlar orasidagi ahillikni ber! Farzandsizlarga iymoni butun farzand bergin. Musoffo osmonimizni mangu qilgin. To'qlikga sho'xlikdan o'zin saqlagin.

Faqat 3 ta shart!
 
IzhoraСана: Жума-муборак кун!, 17-Авг-2012, 22:03 | Изох # 467
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 76
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 25
Холати: Хозир йўқ
Hayron qoldirasan juda ammo nega?Nega wu savolni kuniga necha bora özimga bersam ham özimdan javob hech chiqmaydi! Hammasiga köz yumip yoninga borip hech b6lmasa taniw raqamlarini terip sörawimga esa G'urur y6l qöymaydi.
 
DilraboСана: Жума-муборак кун!, 24-Авг-2012, 21:37 | Изох # 468
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Agar hamma odamlar bir xil fikrlashganda bu dunyo yaratilmasmidi?!...Borliqning rango-rangligi ham insonlar turfa xilligiga ishoradir balki...Bilguvchi Alloh.

Nigohimda jamdir bu olam...
 
ShukronаСана: Шанба, 25-Авг-2012, 02:06 | Изох # 469
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Ey yurak bo'ldi qil, eslatma o'tkan, g'amli kunimni. Xali kerakman yaqinlarimga, senchi nega azoblaysan eslatib barin. Bo'ldi qora kunim o'tmishda qoldi. Yuragim armonni ko'm endi ko'rinmas xilqatinga. Yuragim ur endi faqat umid uchun.Toki men xam yashay umid qilib. Yuragim boshlagin endi Nur Yorug' kunlarga.
 
LoadingСана: Душанба, 27-Авг-2012, 22:51 | Изох # 470
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Assalomu Alaykum! Avvalam bor kechirilar. Bu mavzuni qaytadan kutarishga bazi chizgilarni toptim.
Bugun bir rus ayoli yonida qizi bilan ketayotkanini ko'rib, o'zim bilan gaplashishni boshladim. Sizlarga yozgim keldiyu etibor bersam Zinnurani Dayus monologiga javobdek ko'rindi. Va shu zaxoti o'ylashni to'xtatim. Lekin ko'z oldimga xijobli qizlar keldi. Yozish uslubi Parvinadan olingan. Huddi ulardek aniq chizib berolmiman.
Hijobim menga budilnik.
Boshdagi matox bu faqat ro'mol. Agar u qoidasi bilan o'ralsa hijobni bir qismi bo'ladi. Qolganini o'zingiz juda yaxshi bilasiz. Hijobni ichi juda issiq dersiz, uni kiyish ayniqsa yoz kunida mashaqqat deb shaxsan o'zim hisoblayman. Sababi mayka, sho'rtta yurib biz tellab tamom bo'lay deb turibmiz. Ularchi?
Dini kitoblarda bu xaqida o'qimaganmanu, lekin mo'jizani qaranki ilm-fansiz Alloh yechimni ko'rsatib qo'yibti. Ko'plarimiz ro'dapo deb ataydigan libosni kiyganda odam bir tellar ekan, so'ng salqin muhit vujudga kelar emush. Buyog'i "farosat, va ozodalikka bog'liq."
Shularni o'ylab ketar ekanman, ko'z oldimga forumdoshlarim va ko'p hijobli ayol, qizlarimiz keldi. Nimani o'ylaganimni mana endi ochiq aytay. Shu hijob libosi ichidagi uzog'i yarim soatga cho'zilguvchi issiq ularga budilnikmikan? Be extiyor "buncha issiq bo'lmasa" savolidan keyin jiring etib" shuni issiq deyabman, shunisiga chidolmasam jaxannam oloviga qanday chidayman" degan iymoniy savolni o'zlariga berishlariga ishonaman.
Yana shu postni yozar ekanman. Sizga yani opa-singillarimga dalda bergim keldi. Hozir yangi qonunga ko'ra jamoat joylarida, ayniqsa o'quv muassalarida hijob ro'molini o'rash, ro'molni orqaga tashlab o'rashga ruhsat yo'q. Lekin biz islom mamlakatidamiz. Bu qonunlarni joriy etkanlarni to'liq qo'llab quvatlaymiz. Sababi, tinchlik. Sizga gunoh bo'lmaydi insha Alloh. Gunohi shu qonunlarni yozilishiga sabab bo'lgan dinfurush, vatangadolarga tegadi. Usha adashgan oqimlarga uradi. Nasib qilsa.
Sizga Allohni rohmati bo'lsin hijobli opa-singillar. Shu libosga havas qilib, shu libos egalarini qadirlagan opa singillarimizni niyatlari Alloh bergin.
Chunarsiz, va ko'pchilikni tanqid ostiga olgan post uchun meni to'ri chunasiz.
Forum qoidasi buzilmadi hisobi. Kuzatuvchilarga hind aktyori Shoxruhxonni gapi. "Mani ismim Fazliddin va men .........emasman!"


Faqat 3 ta shart!
 
RaVsHaNBeKСана: Сешанба, 28-Авг-2012, 00:22 | Изох # 471
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 193
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
ps:
Loading.... dan keyin kepqoludii......

Man shu o'zimizni O'zbek qilarimizga 100 % ziga qoyil qolaman va raxmatla aytaman chunki mana man Moskvada yashiman xozi yoz issiq (yaxshiyam bizikichalimas) bu yerdagi qizlani kiyinishini ko'rseyz umuman ........ Astog'furillo shu tanani 35 % zi yopiq lekin shundayam xamma joylari bilinib turadi . Kiyimni axvoli shu endi o'zlariga kelsak .Man xaftada 2.3 kun kechki payt shaxarni sayr qip turaman shu park yani xiyobonlaga kirishga qo'rqib qoldim..... endi ko'rgan narsalarim uchun qanaq qib javob beraman axir sad shuni uchun iloji boricha qaramaslikka xarakat qilaman shullani mentaliteti g'alatidee umuman yoqmadi .

O'zimizni qizlani o'lsa o'ligi ortiq buladan uzun ko'ylela o'rilgan, sochla ibo, xayo mana shu xaqiqiy ayollik xislatlari emasmi .........

gapiraman desa gap juda ko'p .......


+99893 942 32 32
 
Zinnura_KСана: Сешанба, 28-Авг-2012, 01:34 | Изох # 472
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
juda ham yahwi mavzu, va o'ylawimcha bu mavzuni o'g'il bolalar muhokama qilganinglar yahwiroq, ammo... lekn... biroq... dg narsa bor ...... Tillarni extiyot qiling SIFaTlar G'ibaTga aylanmasinlar... Gunohi og'ir bo'ladi.

erka farishta....(m)....
 
LoadingСана: Сешанба, 28-Авг-2012, 23:36 | Изох # 473
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Honam ichida jimjitlik. Tun bo'lishiga qaramay yo'l chiroqlaridan tushgan yorug'lik honamni burchaklariga tushib biroz bo'lsada yorib turibti. Bu yetarli emas. Sukunat ko'ngilni g'ash qilib turibti. Tomirdagi qonim yurakni qo'rquvga to'ldirdi. Tiq etkan ovoz ortiqcha. Huddi cho'g'ga qadam bosayotgan odamga o'xshayman. Mashinalarni temir yuragi gurillashidan mening yuragim duk urishi honaga eshitilib turibti. Qo'rquvdan nafas olishim to'xtadi bir zum. Uzoqlardan kimdurlarni g'o'ng'ir-g'o'ng'iri eshitilib turibti. Yoki bu televizor ovozi bo'lsa kerak. Xona devori har laxzada qulashga tayyordek qitirlab joyidan siljidi. Ana shunisi vohimalik. Yo'q to'xtadi. Devor o'zini arang ushlab qoldi. Burnim uchi qancha vaqtdan beri qichishib asabimni qo'zg'atib yubordi. Chidolmay qo'limni qirlatganimni bilaman? Tirsagimdan qarsillagan ovoz chiqib ketti. Yurak shuv etib, ko'zlarimni qattiq yumib oldim. Boshimni yostiq ostiga yashirdim. Ana yanada jimjit bo'ldi. Biroz vaqt o'tmay taxta pol ostida qitirlgan ovoz eshitildi. Men qo'rqib pisib "sichqon bo'lmay o'l" degandim, gapimga chiyillab javob qaytardi. Dod devoray dedim.

Faqat 3 ta shart!
 
ShukronаСана: Сешанба, 28-Авг-2012, 23:43 | Изох # 474
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
U vaxaxa man Zilzilami dibman.
 
DilraboСана: Чоршанба, 29-Авг-2012, 05:05 | Изох # 475
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Men ham öqiyotib nima bölibdi ekan,debman)

Nigohimda jamdir bu olam...
 
Поиск: