[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Men sevmaymanku! (Giyos yozgan hikoya)
Dilshod_AСана: Шанба, 12-Май-2012, 21:37 | Изох # 376
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 199
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 44
Холати: Хозир йўқ
to'risi mashi hikoyaga vapshe qiziqib xar kuni ertalab yuzimmi yumasdan oldin kirib tekshiraman yengi qismi qo'yilibtimi yo'mi dip lekin shu G'iyos rosa kuttirvottilade
 
GiyosСана: Якшанба, 13-Май-2012, 04:16 | Изох # 377
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
69 - qism.

Mani aldadi. Juda ishontirib aldadi. Shundoqina aldab o'tib ketdi. Ishonganimga o'zim ishonmiy qovomman. Qanaqa qilib man buni bilmiy qoldim. Ishonchni buzma, ishonchni yoqotma, mani aldama digandima. Nega bunday qildi. Boshidan mani aldashni boshlagan. Qanaqa qib man unga ishondim. Qanaqa qib yoqtirib qoldim? Ko'zlarimni o'ynatib, ko'r qilishni ham eplay oldi. Man nega o'zim ham uni tuzog'iga tushdim.
Mana hozir moshinada uyga qaytvomiza. Hamma jim. Ularga bitta gap etdim: Bolalar, iltimos bu haqida hich kim bilmasin. Sir bo'b qosin. Man o'zim buni tegiga yetaman. Bugun biza hich nima ko'rmadik, kemadik ham. Man silaga ishondim unda. . .
(Aziz hikoyasi)
16 sentabr, 2012 yil.
Bugun G'opporni to'yi bo'voti. Man to'g'risi hayronman. G'oppor baribir Sayyoraga uylanvoti. Bu bolani hich tushunmadim. Tushuntirmadi ham. . .
(G’oppor hikoyasi)
17 avgust 2012 yil.
[i]Tong.[/i]
Kecha uyga bir axvolda keldim. Yahshiyam hamma uhlab bo’lgan ekan. Hech kim mani qanqaqa ahvoldaligimni bilmadi. Ertalabgacha pashti uhlamadim. O’ylavurib tong otirdim. Sochimga oq tushibdimi dib oynaga qarasam, hayriyat oq oralamabdi. Demak unchalik siqilmabman. Hartugur. Hali ham o’zimga kela olmayapman. Ishga ham moshinada bormadim. Avtobusda ketdim. Taksiga chiqgim ham kemadi. Moshinada yursam, usha tungi klub esimga keb ketvuradi, lekin eslab yuribman hali ham. Battarroq eslagim kemadi. Avtobusda tikka turib ketib bormoqdaman, oynani ochib olganman. Tong bo’lgani uchun havo salqin. Yuzimga shamol urib turibdi. Shamol.... Tog’.... Sayyora..... Xotiralar... Sevgi..... Yolg’on sevgi.... Hayolimda esa baribir u... Nimalarnidir o’zimga o’zim takrorlayman: “Mayin shamoling silar yuzimni, san yonimdamassan. Chiroylisan, go'zalsan shamoling esar yoningda. Shamoling esar kuchayib, ko'zim ochgani qo'ydirmas. Ko'ra olmay qolyapman ba'zan jamolingni. Ro'mollaring hilpirar shamolingda, kokillaring ko'rinarmu. Berkit kokiling, men ko'rdimku! Uyalma, qizarma, pirpiratma kipriging. Uyalishlaring ketmas baribir. Ana xalos. Tugadi shamoling ham. Ho'mrayding, qolding. Kulsangchi. Kul. Kulaver. Balki shamollaring yana esarmu. . .”... yo’q. Bu hayollarda endi u mos emas. U yolg’onchi. Uyalishi ham yolg’on. Saan yolg’onchisaaaaan!!!! (Hamma avtobusdagilar manga qaradi. Avtobusdaligim esimga tushib ketdi. Hijolat bo’lib, bekatga keganda, o’zim tushadigan joy bo’lmasa ham tushib ketaverdim. Ikki bekat qogan ekan o’zi. Keyin pishkom ketdim. Ishxonada ham o’tirgadek bo’lmadim. Hayollar, hayollar. Soat 9-30lardan keyin Dilshod telefon qilib qoldi:
- Allo G’oppor qalesan.
- Ha Dilshod. Usha usha. O’zgarishsiz.
- Nima qivossan.
- Ishdaman.
- Gaplashdingmi?
- Yo’q hali.
- Qachon gaplashmoqchisan?
- Ko’rgim kemayapti uni.
- Qachongacha? To’ying bo’gunchami?
- To’y! Hich qanaqa to’y bo’midi u bilan.
- Bu yurishingda to’ying kuni keb qoladi.
- Yo’q. Hich qachon. Man fohishaga uylanmiman. U mani aldadi keyin.
- Unda nimani kutvossan? Gaplash chaqirib.
- Uni ko’rsam, kechigi esimga tushib ketvoti. Keyin...
- Keyin to’yin bo’b ketadi chaqirmasang. To’ydan keyin faqat san uchun uyinda o’ynidi. Shuni hohlavossanmi?
- Yoooo’! unaqa bo’lishi mumkinamaas! Bugun chaqiraman. Hozir telefon qilib uchrashaman. Hammasiga nuqta qo’yaman.
- Keyin manga xabar qil. San uchun qayg’udaman. Lekin bunaqa bo’lishini hich kutmagandim.
- Sanda ayb yo’q. Kecha mani olib chiqib ketmaganingda, uni bir narsa qib qo’yishim ham mumkin edi. Bekorga qamalib ketardim. Dilshod rahmat sanga.

10 minutdan keyin nafas rostlab Sayyoraga telefon qildim. 4 ta gudokdan keyin oldi. Yig’imsiragan ovozda javob berdi. Ko’p gapirmadim. Soat 15-00 da, adres har doimgi uchrashadigan kafe i vsyo uchrashuv. U zo’rg’a hop diya oldi. Telefonni qizil tugmasini bosmasimdan qo’limdan sirg’alib yerga tushib ketdi. Ahmiyat ham bermadim. Go’yo telefon manda yo’qdek. Balki qo’limda turibdi. Balki uni o’chirdim. Tushunmadim. Bo’shashib qolibman. Juda ham. Joyimda turib qoldim.... “Sayyoraaaaa.... Sayyoraaaa... nega unday qiladiiiing., sanga nima yetmayapgandi. Nega unday qilding. Nega aldading. Man sanga nima yomonlik qigandim. Nega bunaqa baxtsizliklar manga ataladi. O’zini oqlash uchun endi nima dib etasan. Nima dib mani yana aldisan. Sayyora, Sayyora, Sayyora. Nega? Nega shu narsalar man bilan. Sevaman dib aldab, rostan sevob qoganim uchunmi? Sayyora. Manni sodda joyimni topa olding. Kechira olmiman sani. Kechiromiman. Sayyoraaaaa. Him...” Telefonim yerda yotganini ko’rib qoldim. Yerdan oldim. Hayronman. Hali telefonni qo’yilmagan ekan. Hamma gaplarimni Sayyora eshitibdi. Qizil tugmani bosdim. O’chdi. Sayyora xozirgi gaplarimni hammasini eshitibdi. U telefonni qo’ygisi kemabdi. Ha. Doim man birinchi telefonni qo’yardim. U hurmatiz bor. Sizdan oldin telefonni qo’yomiman diyrdi. Gapirmasdan tursam ham kutib turardi. Vaqti yetib, o’zi o’chmasa, Sayyora o’chirmasdi. Mana hozir ham o’chirmabdi. Hali ham mani.... yo’q. Hayolni yig’ishtir G’oppor. U sani aldadi. San ishonding.... Ozgina dam olib, Sayyora bilan so’ngi marta uchrashgani ketdim....

22-00. Dilshod bilan uchrashuv. (Sayyora bilan uchrashib bo’lgandan keyin Dilshod bilan uchrashdim)
- Dilshod: G’oppor, uchrashdingmi? Nima bo’ldi.
- G’oppor. Ha. Uchrashdim.... 14-30 da borsam, usha yerda o’tirganakan. Ofitsantlardan chetga chiqib so’rasam, 10-00dan beri o’tirganakan. Man tel qiganimdan keyin uyidan chiqib reskiy kebdi. Man kegunimcha yig’lab o’tiribdi. Keyin aybini tan olib, rosa kechirim so’radi.
- Dilshod: Rahmlaring keb ketgandir unda...

15-00. Sayyora bilan uchrashuv.
- G’oppor: Vaqt topib kelibsizde. Ovora qilib qo’ymadimmi?
- Sayyora: Kechirng. Kechikib keldim. Uydan chiqishim kech bo’ldi. Onamni mazalari sal yo’qroq edi. Singlim to’garagidan kelishini kutib qolib ketdim.
- G’oppor: 15 daqiqa kech qolishiz, boshqa ayblariz oldida hich narsamas.
- Sayyora: Tan olaman. Aybdorman. Sizni aldadim.
- G: Shu bilan bo’ldimi endi. Shu aldaganizni etgani keldizmi? Bildim aldaganLARIZNI!?
- S: Nima disez ham roziman. Sizdan kechirim so’rashga ham xaqli emasman.
- G: To’g’ri. Foydasi ham yo’q. Baribir kechirmasligimni bilasiz. Bunaqa vaziyatda, hamma o’zini erkakman dib etgan kishi kechirmidi. Shu qatorda manam!
- S: Man sizga, man sizga tushuntirib bergani keldim.
- G: Hammasi tushunarliku. Yana nimani tushuntirasiz. O’ynab ko’rsatib berasizmi yoki?
- S: Hamma gaplaringizga chidayman. Sizni xaqqingiz bor bunday diyishga, sizni to’g’ri tushunib turibman. Lekin mani ham tushunishizni hohlardim.
- G: Hop. Man sizni butun qalbi qulog’im bilan eshitaman. O’zi shu uchun chaqirdim. Manga yana qanaqa yolg’onlar to’qirkanlar dib.
- S: Sizga etgandim. Qiyin ahvolda qoldim dib.
- G: Boshqa ish qurib qobdimi? Tikuvchilikchi?
- S: Tikuvchilikni oyligi yetmadi. U yerda ishladim. To’g’risi og’ir ishga ko’nika olmadim. Bunaqa ishlar hich qilmagandim.
- G: Raqsga tushishni olidin qilganmidiz?
- S: Yo’q. Qilmaganman. Uni keyin o’rgatishdi.
- G: Tikuvchilik yoki boshqa ishni o’rgansez bo’masmidi?
- S: Eplay olmadim. Otamdan keyin qiynalib qoldim. Uyda yiyishga nonimiz qomadi. Ishonasmi, nonga pul topolmay qoldik. Qarindoshlaridan yordam kutib, umid qib o’tirdik ham. Qancha ham yordam qilishardi. Otamdan keyin ko’pchiliki ko’rinmay ham ketdi. Shundan keyin...
- G: Raqsga tushdizmi?....

22-00. Dilshod bilan uchrashuv.
- G: Yo’q. Rahmim kemadi. Uni gaplari mani rahmimni keltiradigan darajada chiqmadi.
- D: Ichindagi gaplarni hammasini etdingmi?
- G: Ha. Hamma gaplarni yuziga etib tashadim. Etishiga gap qoldirmadim. Tan oldi. Moliyaviy qiynalibdi. Keyin shu raqs bilan shug’ullanibdi. Boshqa ishni qila olmabdi. Lekin mijozlarni bittasini ham qo’lini tekkiztirmabdi. Shunaqa shart bilan ishga kirgankan.
- D: Unga ishondingmi?
- G: Bilmadim. Keyin bitta gap etdi. To’g’risi kutmagandim.
- D: Yahshi. U nima didi. Tez gapir.
- G: Qiz bola emasakan.
- D: Nimani kutganding. Mijozlar qo’lini emas. Hamma yo’g’ini tekkizgan, aldamabdi. Bilmadim diydi.
- G: Yo’q! Shoshma. Gapimni eshit. Erga tekkan ekan. 2 oy yashab, keyin eri o’lganakan. Nu qonunan nikohdan o’tishga ulgurmagan ekan. Erini pasporti yoqolgan ekan. Ushani oguncha o’lib qobdi.
- D: Sovchilikka borganda, onasi indamadiku. Mahallasidagilar ham indamadi.
- G: Yashirincha o’zi erga tekkan. Hich kimga bildirmay.
- D: Ikkinchi, yoki uchunchi xotin bo’libdurde. Kak o’ynash bo’lib diydi. Erini pasportini ahamiyati yo’q bunga. Unda uje zags pechati bor. Shunga zagsdan o’tmagan bo’sa kerak.
- G: Hmmm. Bil... a... birinchi xotin bo’gan. Oldin sevishishgan. To’yga erini uydagilari rozi bo’magan. Keyin yashirncha, nikohdan o’tib olishgan. Zagsdan o’tib keyin uni obketmoqchi bo’gan. U biznesmen bola bo’ganakan. Unga moliyaviy yordam qib turgan.
- D: Usha o’ynash qib olgan divommanu. Aldab yurib, yurib tashab ketmoqchi bo’gan.
- G: Bunaqa bo’magan. Ular rostanam sevishib yurishgan. 2 oydan keyin eri avariya bo’lib o’lgan. Sayyora o’zi qob ketgan. Keyin ish topomiy, raqs tushgani borgan.
- D: San rostan shu gaplariga ishondingmi? Qara sandan qancha gaplarni yashiribdi....

15-00. Sayyora bilan uchrashuv.
- S: Yo’q. Mani aldab ketishdi. Man qiz bolamasman.
- G: Nimaaa?? Nega buni manga etmaganding! Nega yashirgansan!!!
- S: Etmoqchidim. Lekin etomadim. Kuch topomadim.
- G: Mani sharmanda qilmoqchi bo’ganmiding. San aldoqchisan. Sandakalarni o’ldirvorsa ham kam. San fohishalik qilasan tungi klublarda....
- S: Yo’q. Man fohishamasman. Man fohishalik qimiman.
- G: Ha. To’g’ri. San fohishamassan. San striptiyorkasan. San o’yinchisan. Sani narxing fohishlarnikidan qimmat. Chunki san o’ynashni bilasande. San fohisha emas, o’yinchi fohishasan!
- S: Yo’q.
- G: Ha. San tanangni sotib, kun ko’rgansan. San oilangni harom pul bilan boqgansan.
- S: Man fohishalik qimadim. Mani eshiting. (Yig’lab yubordi)
- G: Gapir tez-tez. San odammassan. Yig’lamasdan gapir.
- S: Man qiz bola emasligim.... (Ko’z yoshini ro’molchasi bilan artib qo’ydi)... Mani aldab ketishdi. Mani zo’rlashdi aniqrog’i. Nochor ahvolimdan foydalanib, ish taklif qilishdi. Ushanda ish qidirib yurgandim. Bordim. pol artib, tozalikka qarasiz diyishdi. Man rozi bo’ldim. Borganimizdan keyin mani zo’rlab, rasm va vidioga tushirib olishdi. Man yig’lab, yuzim shuvit bo’lib o’tirvurdim. Qo’limdan hich narsa kemadi. Yordam beradigan hich kim yo’g’idi. Ular mani oldindan kuzatib yurishganakan. Man, oilam to’g’risida hamma narsani bilisharkan. Mani zo’rlab, nomusimni toptadi. Keyin yalang’och rasmimni, vidiosini.... usha vidiolarni o’zimga ko’rsatishdi. Ular manga o’yinchi bo’lib o’ynisan dib shart qo’yishdi. Rozi bo’masam. Rasm, vidiolarni onamga, mahalladagilarga keyin qamoqga, otamga yuborishini etishdi. Ularni hamma yoqda tanishi borakan. Arz qiganimni foydasi yo’qligini etishdi. Keyin ko’p pul ham beramiza diyishdi. boshqa hich kim tegmidi ham diyishdi. stiriptiz o’ynashni o’rgatishdi. Majbur bo’lib o’rgandim. Keyin o’ynadim. Ushandan keyin manga hich kim tegmadi. Man rasmlarim onamga borsa, ular o’lib qolardilar. Otam esa qamoqda sharmandalikdan chidolmay, bir narsa qilib qo’yishlari mumkin edi. Militsiyaga etsam, ularni tanishi hamma yoqda bor. Foydasiz edi. Boshqa choram qolmagandi. Nima qilishim kerak edi sizningcha. O’ynamasam bo’lmasdi. Mana xaqiqat sizga. Shunday vaziyatda man nima qilishim kerak edi. Yolg’on gapirmayapman. Ayting. Nima qilishim kerak edi.
- G: (Nima dib javob berishni ham bilmiy qoldim. Ko’zlaridan chiqvotgan yoshlarga qarab, hayolim ketib qoladi. Lekin javob kelmaudi. Tikkilib o’tirishdan boshqa narsa qilolmadim.)
- S: Sizda ham nima qilishimni chorasi yo’q....
- G: Manda nima ayb? Nega mani tanladiz keyin? Nega manga sevaman dib aldadiz?
- S: Sizni rostan ham sevardim oldin. Hozir ham sevaman. Sizni yahshi taniganim uchun....
- G: Mandaa nimaa aybb. Shuni eting!!! Iltimos...
- S: Sizda hich qanday ayb yo’q. Sizni yahshi taniganim uchun, sizga ishonganim uchun. Siz mani tushuna olishizni bilib, sizni tanladim. Onamni, otamni oldida yuzim yorug’ bo’lishi kerak edi.
- G: Man yuzimchi. Bunisini o’ylamadizmi? Usha rasm, vidiolarizni tarqatmoqchi bo’ganlar, manga tegishizga rozi bo’lishdimi? Manga ham jo’natishmaskanmi?
- S: O’yladim. Hammasini o’yladim. Boshqa yo’lim yo’q edi. Manga ko’p sovchilar keldi. Boshqasiga rozi bo’lganimda, u mani tushunmasdi. Keyin sharmanda bo’lardim. Siz esa mani tushunishga ishonardim. Shu sababli siz bilan aloqalarni tikladim. Ular to’yingacha ishla, keyin bo’shsan didi. Ular uchun yetarli ishlab beribman. Yangi qizlarni obkelishvoti o’zi. Ular mani tinch qo’yishadi. Agar hich kimga hich narsa dimasam. Keyin mani bunaqaligimni bilib qolishsa, orqada singlilarim bor. Ularni ham kelajagini yo’q qigan bo’lardim.
- G: (Qiyin masala. Ishonishni ham, ishonmaslikni ham bilmisan. Bu yoqda bir qizni taqdiri, oilasini kelajagi. Nega man bilan yana.) Mandan nima hohlisiz o’zi.
- S: Mani to’g’ri tushuning. Agar g’ururiz yo’l qo’ysa....
- G: Cho’zmang. Asablarim dosh beromidi hozir.....

22-00. Dilshod bilan uchrashuv.
- G: Ha ishondim. Birga tushgan rasmlarini ham olib kelbdi.
- D: Sani o’zi... o’qitib yuborish kerak. sani toming ketgan.
- G: ...
- D: Hop. Nima qimoqchisan endi? Yana nimalarni gaplashdilaring?
- G: Usha qiynalib, ish topomagani, onasini kasalligi. Shu gaplar.
- D: Nima qarorga kelding? To’yni bekor qilamizami?
- G: Yo’q.
- D: Iya. Nega yo’q?
- G: To’y bo’ladi. Qoldirmiman.
- D: San jinnimisan. Fohishga uylanasanmi?
- G: U fohisha emas!
- D: Unda kim. O’yinchimi?
- G: Ha. Nima qibdi o’yinchi bo’sa. O’zini tanasini sotmayapdi. Tirikchilik, aybi yo’q. Hich kim qo’lini tekkizmagan.
- D: Yo’ san manga qaragin. Hammani oldida kulgu bo’moqchimisan?
- G: Nega kulgi bo’laman. San etmasang, boshqalar etmasa, hich kim bilmidi.
- D: Ey inson hop. Mayli. U qiz bola emasku. Erdan ajrashganakan etishing bo’yicha.
- G: Ha. Erdan ajrashgan. Nima qibdi?
- D: San o’ylavossanmi? Erdan ajrashgan juvonga ham uylanasami? Qizlar to’lib yotibdiku ko’chada. Bundan chiroyli qizlarni topib beraman sanga.
- G: Erdan ajrashmagan. Eri o’lgan. Beva digin. Manga shu yoqadi. Shunga uylanaman.
- D: Bevami, boshqami er ko’rganu!
- G: Er ko’rgan bo’sa nima ayb. U endi odammasmi? Uni yashashga xaqqi yo’qmi? Baxtli bo’lishga xaqqi yo’qmi? Erdan ajrashgan, eri o’lganlarni endi jamiyatga kerakmas dib yoqotvorishimiz kerakmi? San shunaqa divossanmi? Masalan man erdan qaytgan qizlarga boydoqlar uylansa, yahshi qariman. Kelajakda baxtli bo’sa, bir birini tushib ketsa bo’ldi. Qizlar diysan. Nimasi kam usha qizlaringdan buni? Mayli o’yinchilikini chetka qo’yib tur. Bu ham kasb. 100 ta qizingga qaraganda, man Sayyorani tanlirdim. Kerak bo’sa, ajrashganlar, qiz bolaga uylanvoti. Tegvotiku qizlar, xotin ko’rgan dimiy.
- D: Erkakni yo’rig’i boshqa, ayolarnikini boshqa....
- G: Uyam odam, buyam odam. Hammani baxtli bo’lishga xaqqi borku. Uni baxti u bilan bo’lmabdi. Endi man unga usha kemtik baxtini qaytaraman. Hammasi yahshi bo’b ketadi keyin.
- D: Sanda g’urur bormi? Yigitlik g’ururi bormi?
- G: Man g’ururdan baxtni ustun qo’yaman. Keyin Sayyora yahshi qiz.
- D: Boya boshqacha gapirvotudingku, nega fikrindan aynib qolding. Sanga ubu narsasini aralashtirib, ichirtirib qo’yganmi?
- G: Yo’g’ee nimalar divossan. U unaqamas. Man baxtimni Sayyora bilan ko’rvomman. Keyin u manga nega bu ahvolda yurganini sabablarini etib berdi. O’zi etmoqchi bo’b yurganakan.
- D: Ishondingmi? Sodda!
- G: Xat tayyorlab qo’ygakan. Ushani ochibam o’qidim. Gapirganlari bilan bir xil. Man Sayyoraga uylanman. San hich kimga indama bo’ldi.
- D: O’zing bilasan. Sanga gapirganni foydasi yo’q. Uylansang uylanmisanmi....

15-00. Sayyora bilan uchrashuv.
- S: Sizdan birgina narsa so’riman faqat. Agar g’ururiz yo’l bersa, bitta qizga yordam beraman disez, bitta qizni sharmandalikdan qutqaraman disez, oilani saqla qolaman disez....
- G: Maqsadizni eting. Cho’zmang!!
- Man uchun baxtizni bera olasizmi? Man uchun qurbon bo’la olasizmi? Sizga xaqiqatni etdim.
- Siz o’zizni xaddan tashqari ko’p o’ylavordiz.
- Qiz bolani, oilasi bilan sharmandalikida, sizni o’ziz oldizda yigitlik g’ururi ustunmi? Mani qutqara olasizmi? Man ochiq gapirvotganim uchun uzr. Lekin shunga majburman.....
- .....
- Mana ko’rdiz. Siz mani bilib, tanib turib shartlarimga rozi bo’lmayapsiz. Boshqalardan nima ham kutishim mukin edi. Ko’chaga haydalishimnimi? Manam baxtli bo’lishni istardim bir paytlar... afsus keyin... endi man oilamdagilarni, singillarimni baxti uchun shunday qivomman. O’zimni o’ylamayapman.
- .....
- Manga qanchadan qancha odamlar ikkinchi xotin bo’lib tegishimni so’rashdi. Lekin rozi bo’lmadim. Gap so’zlardan qochib, rozi bo’lmadim. Ularga tekkanimda hamma narsamni taminlab berishardi. Faqat ularga o’ynash bo’lishim kerak edi. Manda ham g’urur borku. Uzr sizga shart qo’yvotganimga. Meni aybim qizlik iffatimni saqlay omaganim va o’yichi ekanim. Siz oriyatingizni shulardan ustun qo’ya olasmi, yoki....
- .....
- Mayli. To’yni buzavering. Barcha umidim sizdan edi. Bir kunimni ko’rarman. Hafa emasman sizdan. (o’rindan turdi) Hamma qilgan narsangizni qaytaraman. Va’da beraman. G’ururimni yo’qotib bo’lsa ham sizga yetkazgan qarzlarimni qaytaraman. (yurib keta boshladi)
- Sayyora. To’xtang!... Manga hich narsani qaytarishizi keraki yo’q. Man shartizga roziman. Sizga uylanaman. To’y bo’ladi....

Davomi bor.
© Giyos@mail.ru


Sog' salomatlik...
 
FC_PAXTAKORСана: Якшанба, 13-Май-2012, 12:58 | Изох # 378
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
Hoy ahmoq qanaqa to'yyyy

Omad
 
IrodaСана: Якшанба, 13-Май-2012, 18:17 | Изох # 379
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 37
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 96
Холати: Хозир йўқ
kutilmagan ishla bo'p ketvottiku buyog'i.
 
Dilshod_AСана: Якшанба, 13-Май-2012, 22:34 | Изох # 380
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 199
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 44
Холати: Хозир йўқ
dushmanimgayam ravo ko'rmasdi bunaqa qizzi
 
LoadingСана: Душанба, 14-Май-2012, 01:55 | Изох # 381
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
G'iyos oka bilmadim negadur ko'zim yoshlanib ketti. Ko'z oldimga ko'plab insonlar taqdiri keldi.
. . . . . . . . . . . . . . . .
Chunarsiz Emas? Hammasi o'rnida! 100% chunarli.
Uylanish xaqida gapiradigan bo'lsam, G'opporga qoilman. Dilshodga nima deb etti-de, Aslida qizni o'tmishi qay axvolda? Shu joylari J I Z yozilgan.

Boyagi ikklanish uchun kechirasiz. 5 baxoga tortvotti. Oz qoldi albatta yetib olasiz!

Ertagacha chidolmadim. Hozir o'qidim. Afsuslanmadim! Davom eting. Tanqidga o'rin qoldirmagansiz!


Faqat 3 ta shart!
 
FaxriddinСана: Душанба, 14-Май-2012, 02:29 | Изох # 382
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 221
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 2290
Холати: Хозир йўқ
Malades G'appor! Faqat bukrini go'r tuzatadi digan maqol esdan chiqmasin. To'ydan keyin Sayyora eski ishini sog'inib qolishi mumkin...

DAVOMINI KUTAMIZ.




Болани ўзи ширин, ўзидан сўзи ширин...
 
GiyosСана: Душанба, 14-Май-2012, 03:08 | Изох # 383
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
70 qism

18 avgust 2012 yil.

Mana yana tong otdi. Quyosh qizarib yer yuzini yoritvoti. Havo salqin. Tong havosi. Toza. Bir zumdan keyin hamma uyg’onib, havoni chang to’zon qoplidi. Keyin nafas olish rohatlanish uchun emas, yashash uchun olinadi. Xozir man to’yib to’yib rohatlanish uchun nafas ovomman. Lekin shu rohatlanish manga nasib qilmayapti. Balki kechagi gaplar sababdir. Kecha hayotimda bitta katta xato qildimi, yoki savob bilmadim. O’zimni fikrim bo’yicha Sayyorani qutqardim. Man uni rad etganimda u aniq fohisha bo’lib ketardi. Yoki usha qaysidir boyni o’ynashi bo’lib yurardi. Unga to’g’risi achindim. To’g’ri u mani qanchalar aldagandir. Uni kechirmagandirman. Lekin u o’zini emas, oilasini o’ylab shu yolg’onlar bilan mani aldabdiku. Oxirgi gaplarini imlardir mani o’rnimda bo’ganida o’ylashi mumkin edi. Yana aldavoti dib. Yo’q. Man unaqa o’yliy olmadim. Unga oldingidek ishondim. Nima sababdan bilmadim. Balki soddaligim (o’zimni hich sodda dib bilmaganakanman), balki ishonuvchanligim (ko’p bora hayotda qoqilishga sabab bo’ladigan omil), balki yordam bervurishim (hozir hamma ham yordamni o’ylab beradigan bo’lib qolgan, yordam bersam qaytarmikan dib. Agar qaytmasa yordam bermidi), balki kechiruvchanligim (Ismimni ma’nosi ham kechiruvchi ekan. Endi odamni harakteri ham ismiga mos bo’b ketarkanmi...)... Ishqilib shulardan Sayyora foydalana oldi. U o’zini baxti uchun odam tanlay bildi. Man uni hich qachon ayblamiman. Usha raqsga tushganini ham. To’g’ri bu sharmandalik. Lekin uni vazayatida boshqa yo’l yo’q edi. Kimlardir ko’rdi uni shunday holatida. Lekin ularga javob yo’q. Baribir bir kun etvoradi. Kimgadir ishonib etadi. Usha kimdir yana kimgadir. Kimgadirdan hamma eshitib bo’ldi. Dilshod. Ha uni aldadim. Unga Sayyora etgan gaplarni etganimda hich qachon ishonmasdi. Kerak bo’lsa mani to’yimga ham qarshilik ko’rsatardi. Aniq Sayyorani fohishaga chiqarardi. Ota onamgacha etardi kerak bo’lsa. Mani qo’rqaganim shu edi. Hich kim bilmasligi kerak edi. Dilshodga esa ishonch yo’q. Yana bir tomoni u to’ydan keyin Sayyoraga “boshqacha” ko’z bilan qariy boshlardi. Bu gaplarni etmasam, Sayyorani o’yinchiligini sir saqlamasligiga sharoit yaratgan bo’lardim. Nu yaqin do’stim. Etmasam ham bo’masdi. Lekin Sayyoraga bergan va’dam uchun aldashga majbur bo’ldim. Kimga qanaqa bilmadim. Lekin uni ishontira oldim manimcha. Bilaman, u baribir bir kun kimgadir etib qo’yadi. Shunga ham tayyor bo’lishim kerak. Exx Sayyora. Ko’ramiza endi bu yog’i nima bo’ladi. Hali boshqa o’rtoqlarim eshitsa nima diydi bilmadim. O’zim haligacha ishonolmiyapman. Qanaqaligini bilib turib, unga uylanish. Hamma alday olaman, lekin o’zimnichi. O’zimni qanchagacha aldiman. Baxtimni unga sovg’a qildimku. Mayli u shu bilan baxtli bo’lsa. U shu bilan kulib yursa. Endi man uni sevmimanku. Nikohimiz ham shartnoma asosida bo’voti. To’ydan keyin u mani yuzimga qando qaridi. Man unga qando qariman. O’rtoqlarim dayussan diyishi mumkinku. Ha etishadi. Yuzimga etmasa ham, orqadan gapirashadi. O’zim tanlagan yo’l. Chidashdan boshqa choram yo’q. Mayli man uchun ham chiqvotgan quyosh bordir. Mani bog’imda ham gullar o’sar. Mani arig’imda ham suv oqib qolar. Kutaman shu kunlarni. Hozir qorong’ida yurishga chiroq topishim, bog’imdagi tikinlarni olishim, ariqdagi qumlarni tozalashim kerak. mani hayotim kimgadir yordam bervoti. Juda kulguli. To’yga ham ozgina qoldi. Hich kim bilmasa bo’ldi. Qogani bir gap bo’ladi. Man yo’ldan ketvuraman, taqdir mani qatga uloqtirib tashasa, ushatga borib tushaman. Shular mani taqdirimga yozilgan ekan. Yozilgan ekan. Lekin shuni o’zim yaratvomman. Hamma narsani taqdirdan ko’rvurisham bo’masakan. Ex Sayyora. Nimaga bunaqa bo’lib qolding? Ishonardimku, foydalandingku. Nega oldin boshqasini sevib qolmaganakanman. Sevsam, qurib qolarmidi. Afsuslanishga endi kech. Foydasiz. Lekin hozirgi vaziyatda shu lazzatli. Bo’mag’ur hayollarni yig’ishtirib, ishga borganim yahshi. Quyosh alaqachon ko’rinib bo’ldi. Uhlavotganlarni oynasidan tushib, yuzni qizdirib, uyg’otadi. Ushanda quyoshni yomon ko’rib ketishadi. Bolalar bo’lsa g’inshib qo’yishadi. Quyosh uzoq tushib tursa, odamni uyqusi qaytib kemidi. Yana bekorchi hayoliy gaplar. Charchabman. Hayotdan charchabman. Manga o’g’ir zarba bo’libdi. Lekin tashqi tomondan qaraganda ko’tara olibman. Man zo’rmande. (qatta, so’ttaksan. Esing yo’q sani. O’zini baxtingni o’ylasang bo’lardi. U sanga kim edi. Hich kim. Sevmasding ham aslida. Shunchaki kimnidir sevging keganidan sevaman dib o’zini ishontirarding. Usha hich kim uchun, o’zini qurbon qilding. Ahmoqsan, hali yana boshqa o’rtoqlaringga ham hisobot topshirib, ularni ham og’zini yopishing kerak. Zo’rmish. O’z ko’nglingda mardlik qildim divossande a). Rostanam man mardlik qildim. Ichki tuyg’ular ham bir xillarida yoqadigan gapni etib qolarkan.

Davomi bor.
© Giyos@mail.ru


Sog' salomatlik...
 
Anv@rbekСана: Душанба, 14-Май-2012, 03:21 | Изох # 384
Иштирокчи
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 128
Тақдирланишлар: 7
Хурмат даражаси: 1436
Холати: Хозир йўқ
Quote (Giyos)
70 qism 18 avgust 2012 yil.


- G'iyos tovba Vanga bo'lib ketine biggrin , 2012-yil 18-avgust hali kemadiyu))
Xuddi The Lost kinokartinasi singari, voqelar rivoji hozirgi davrdan ilgarilab ketibi...



 
GiyosСана: Душанба, 14-Май-2012, 08:44 | Изох # 385
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Voy hali kemadimi? Sezmabman.)))
Lostni ko'rmaganakanman.
Bu yerda vaqtga unchalik urg'u berilmaydi. Faqat qahramonlarni yoshi inobatga olinishi uchun o'zib ketilmoqda.
Hayronman qanaqa qilib sezmay qoldim)))


Sog' salomatlik...
 
Sokin_QalbСана: Душанба, 14-Май-2012, 21:28 | Изох # 386
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 177
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 35
Холати: Хозир йўқ
Faqat bosh qahramoni o'ldirmen! Omad!

 
LoadingСана: Сешанба, 15-Май-2012, 00:48 | Изох # 387
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Yaxshi! Muloxaza qilish jarayoni. Bu seriasida yaxshi joylari bor ekan!

Faqat 3 ta shart!
 
Anv@rbekСана: Сешанба, 15-Май-2012, 00:51 | Изох # 388
Иштирокчи
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 128
Тақдирланишлар: 7
Хурмат даражаси: 1436
Холати: Хозир йўқ
Quote (Giyos)
Voy hali kemadimi? Sezmabman.))) Lostni ko'rmaganakanman. Bu yerda vaqtga unchalik urg'u berilmaydi. Faqat qahramonlarni yoshi inobatga olinishi uchun o'zib ketilmoqda. Hayronman qanaqa qilib sezmay qoldim)))


- Giyos, sizni xatoizni Edit qilish man uchun sharaf)))
Unda hozir 2012-ni o'rniga o'zim yaxshi ko'rgan sonladan bitta yil yozib qo'yaman))



 
FaxriddinСана: Сешанба, 15-Май-2012, 10:20 | Изох # 389
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 221
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 2290
Холати: Хозир йўқ
ikki yosh qo'sha qarib, chol kampir bo'b yurishsin. Bizaga nima xizmatla bor?



Болани ўзи ширин, ўзидан сўзи ширин...
 
Dilshod_AСана: Пайшанба, 17-Май-2012, 21:49 | Изох # 390
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 199
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 44
Холати: Хозир йўқ
dovomi qachon bo'ladi
 
GiyosСана: Шанба, 19-Май-2012, 00:52 | Изох # 391
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
71 qism

Azizga hich narsa diyomadim. Dilshod o’zi tushuntirdi nima dib bo’sa ham.
(1 hafta o’tdi)

Kechqurin ishdan keldim. Onam karavotda o’tirgan ekanlar. Borib erkalangim keldi. Lekin qanaqa qilib. Eslay olmadim. Onamni tizzalariga boshimni qo’yib yotib oldim. Ozgina osmondagi yulduzlarga qarab o’tirib. Hayolim ketib qoldi. Bilmasdan onamga ertak etib bering dib yubordim. Onam kulib qo’ydilar. Hop. Qaysi ertakni etib beriy?-didilar. Man yengisidan bo’sin dib qo’ya qoldim. Onam sanbob bitta ertak bor. Ushani etib beraman didilar. Onam ertakni boshladilar... Nomi “Ona mehri”. Bu ertakda bir yigitni malikani sevib qolgani haqida etilgan....

Yo’lda ketayotgan edim. Olamon. Juda ko’p. Bilmadim bu ne ekan. Tushunmas hech kim. Yaqinroq turarman man ham. Navbat uzun. . . So'radim, bildim. Malika turmushga bo'libdi rozi. Navbatdagilar bari oshiqlar. Malikani vasli istar bari. . . Juda juda ko'p yigitlar, yoshi ulug'lar ham ora orada bor. O'ylayman, ahmoqmi bular. Bir qizni deb jonidan kechishlar. Shu gapimdan so'ng olamon menga qaradi. Ko'zlarida nafrat. Qo'llarida g'azab. "Sen nima deyapsan? Sen bilmaysan. Ko'rmagansan bu malikani. Qoch bu yerdan, o'zingga rahm qil, yoki seni o'ldiramiz. . ." - dedi bir oshiq yigit. Men tobora yanada hayratlandim. Ahmoq emas, telba bular. Telba Majnun bular... Ortga o'grildim, ketmoq istab o'z yo'lim tomon. Olaman "Malika ko'rindi" - deb hayqirdi. Kim ekan u, shunchalar telbaga aylantirgan, kim u shunchalar go'zal deb ta'riflangan. Peshayvonda turar savlat sochib bir hurliqo. Bir marta ko'rdim. Atigi bir marta. Uzoqdan yana. Yaqinlashib ko'rmoq istadi yurak. Ex qani edi olamon bunga ko'nsa. Hamma oldinga intilar, ko'rmoq istab malikani yaqinroq. To'yib ko'rish istar husnini. Oralarda ayollar ham bor. Qaysidir erkakni ortiga tortar, taxminan bildim. Bu uning xotini, erini qaytarmoq uchun kelgan. Onalar ham bor. O'g'lini bu o'limdan olib qolmoq hohlab kelgan. Afsus ko'ndirish qiyin. Yuragini mahf etgan malika vasli, ona mehridan ustun kelar ko'proq. Yaxshiyam oralarda onasiga muhabbati bor bor. Oldingga yurdim, yigitlarni yora. Malika qo'lida ro'molchani silkitar kulib. Bu chiroyli ko'zlar. Chiroyli kulishlar. . . Peshayvon tagida yozuv: "Malikani 3 sharti bor. Shu shartlardan o'tgan Malikani yori bo'ladi. O'ta olmagan oxirgi ko'rgan yorug'ligi shu bo'ladi". Mana men o'taman shartdan. Balki omadim kelar. Lekin bu navbatdan qanday qilib o'taman. Malika qo'lidagi oq ro'molni pastga otdi. Oshiqlar talashib, qo'larini yuqorilab ilomoq uchun talashdilar. Bir oshiq epchil ekan. Mahkam tutdi ro'molni. Malika qaytdi ortiga. Oshiq yigitni ham olib kirib ketishdi. Qolganlar qoldi afsusda. Gap so'zlar, bajarolmasin, bajarsa nima bo'ladi, shartdan o'ta olmasin. . . Shu kabi so'zlar. Menam oshiqman endi.navat talashayapman raqiblarim bilan. Hamma intilar oldinga, ro'mol ko'p tushayotgan joyga. .. Ana yana ko'rindi Malika. Qo'lida romolchasi bor. Ex eplay olmabdi yigit. Omadi kelmabdi. Endi ko'rmas Quyoshni boshqa. Oshiqlar yuragida zaracha qo'rquv yo'q. Kutishar ro'mol tushishin. Malikaga yaqinroqman. Yuzida parda bor. E voh. Parda to'sganda shunday go'zal bo'lsa. Pardasiz ko'rganlarni yuragin to'xtatarku... Mana ro'molni otdi yana. Qo'llarim yonidan o'tib ketdi ozgina. Yana kutaman. Kirib ketganga omadsizlik tilab...
Ex. Ana yana Malika ko'rindi. Essiz ketibdi bechora yigit. Bir tomondan quvonsam, bir tomondan achinaman. Ortda katta olamon. O'tgan yo'lovchilar ham Malikani jamolin ko'rib, safga turar. Malikani har boqishin intizorlik bilan kutishar. Mana yana ro'mol uchdi. Bu safar boshqa yoqga. Talash, ur to'palon. Malika qaytdi ortiga. Ro'molli oshiq ham kirib ketdi. Yana usha gaplar, omad, omadsizlik tilashlar. . . Bajara olmadi shartni yigit. Yo'q bo'lib ketdi endi. Ortda bir onaxon yig'lar: "Nima qilding o'g'lim, ne istading, ne bo'ldi bolam. Aytgandimku senga, Uchma makrga. Sevgi qildi seni telba, ko'r. Menga quloq ham solmading, gaplarim olmading... Qanisan endi. Men kim bilan qoldim. Meni boquvchim, go'rga qo'yguvchim edingku. Bolaginama. Seni ortingdan shu yergacha keldim, ortinga bir bora qaramading ham. Ko'zlaring faqat o'sha Malikada. Nahotki ona mehridan, sevging ustulik qilgan bo'lsa. . . Endi seni qaydan topdim. Ko'zimni oqu qarosin. Sendan emasman aslo hafa. Ayb menda. Qilmabman yaxshi tarbiya. Bermabman sof mehr. Ayb o'zimda. Ko'r ko'zlar ko'radigan mehr bermabman. Aybdorman". Onani gaplaridan nogoh ko'zlarim yoshlandi. Onasiz o'sdim, mehr ko'rmay. Onaga bo'lib zor. Onasi borlarchi? Qilyabdiku xor. Afsus hech kimim yo'q. Ortimdan qoladigan. Meni tartibga soladigan. Ona yig'lar hamon. Yerlar loy bo'ldi, ko'zdagi yoshdan. Borib tiz cho'kdim onaga, dedim: "Onajon. Mana men bo'laman sizga o'g'il. Yig'lamang bo'ldi. Qutqaraman o'g'lingiz, akamni. Meni qiling faqat duo. Bajaray Malikani shartin". Ona der: "Bolam. Joning o'zingga og'irlik qilyaptimi? Hamma ayol birku, ko'rinishi boshqa bo'lsa ham. Nega shunga tushunmaysizlar. Yaltiroqga chopgaysizlar. Bir bolamni yoqotganim yetar. Boshqasi yonimda qolsin. . . . Mayli ahding jiddiy ekan. Qaytara olmayman baribir. Duo qilaman. Esdan chiqarma hech qachon. Yigit boshing baland tut. Egmagin hech qachon. G'ururing sotma, ketsa ham boshing. Sen yigitsan, unutma sira. Ortingda ona bor, shuni esla". Onam duosi olib, Malikani romol otishin kutarman. Onam duo qildi omad tilab. Malika yana chiqdi peshayvonga. Usha savlat, usha kulgu, usha chiroy. Oshqlar qo'li yuqorida. Osmondagi oyni olmoq istab. Malika ozgina oshiqlariga boqdi, so'ng ro'molni otdi. Ro'mol tushdi kelib qo'limga, bosdim qattiq bag'rimga. Ro'moldan taralar ajoyib ifor. . . Sarhush aylar barimizni. Malika kirdi o'z xonasiga. Meni ham olib ketdi soqchilar kuzatib o'sha xonaga.
Xona hashamatli ko'rkam. Malika o'rtada o'tirar xontaxta yonida. Menga joy ko'rsatdi va bir piyola choy uzatdi. Asta yuzidagi pardasini yechdi. Xona yorqinlashdi yanada. Malika ko'zlari kulib turar. Nigohim uni bir bir ilib qo'yar. Malika buzdi jimlikni. Aytmoq istab shartini. Menga aytdi: "tanlang qay birin aytay oldin. Yoki hammasini bir vaqtda". O'ylamayman, ayt hammasi bir paytda. Malika aytdi: "O'yla avval. Hali imkoning bor. Ko'rding bor husnimni. Ketaver uyingga. Bo'lma juvornmang. Joning asra. Shart aytsam, ortga yo'l qolmaydi. Eslolmaysan boshqa quyoshni ham". Yo'q. Ayt shartingni. Bajaraman barini. Men seni yor istab keldim. Maqsadga yetmaslikni ep bilmay. Malika aytar shartini: "Mayli, men berdim imkon, qildim ogoh. Bir umr chekmang afsus. Shartlarim aytaman unda sizga. Bajaring uni sevsangiz agar meni, bir zumda. Birinchi shartim shuki, menga bo'lasiz bir umr yor. Saroydan chiqmaysiz qaytib hech qachon. Ikkinchi shartim esa, turibdi ostonada kovushim. Necha kundan beri usti chang. Shuni tozalaysiz, yoqsin menga. Uchinchi shartim esa. Sizdan oldin kirgan oshiqni o'ldiring. Toki meni yuzimni ko'rgan. Aytolmasin o'zgalarga. Shuni bajarsangiz sizni yoringizman". Yo'q. Men bajarmayman shartingiz. Juda ham osondir kimlarga. Mayli roziman o'limga. Bu shartlar to'g'ri kelmas ekan menga. Bo'larman sizga yor. Tashqarida esa kutayotgan onam bor. Voz kecholmayman onamdan sira. Ona mehri ustun menga bari sevgidan. Sog' bo'lsam balki toparman yana sevgim. Lekin topolmaymanku ona mehrin. Men onamga vafodorman. Yolg'izlatmayman hech qachon. Chang kovushingiz. . . Kechir meni. Men senga er bo'lyapman. Qul emas. Menda erlik g'ururi bor. Egmayman ayolimga sira boshim. Sen qilishing kerak menga xizmatim. Odam o'ldirish. Yo'q. U begunoh. Unda ayb yo'q. Uni jonini men olmayman. Yaratgan oladi. Seni husningni ko'rgani gunoh sanalmas. O'ldirishga esa arzimas. Mana meni o'ldir, ogohlantirding. Bajara olmadim sharting. Roziman. Faqat onamdan uzr so'rab qo'y. Bajara olmadim va'damni. Qaddimni tik tutdim. Egmadim unga boshim. Afsusdaman. Bekor qildim shart o’ynab. Akamni qutqara olmadim. Onam yana farzand do’g’ida qoldi... Malika o’tirar kulib. Men kutaman kelishin ortimdan jallod. Malika bitta chapak chaldi. Jallod emas. Vazir keldi. Qo’lida zar cho’pon. Malika o’rnidan turdi. Menga yaqin kelib tazm qildi: “Ey botir, qo’rqmas yigit, sen bajarding shartimni. Sen yutiding. Sendan oldingilar hammasi aytganimni qilishdi. Saroyga qamalib, oilasidan kechishdi voz. Ayting menga. Tug’ishganlaridan kechgan, vaqti kelib mendan kechmaydimi? Yurtga yov kelsa, qochib ketmaydimi? Bunday oila sevmaslar menga yor bo’la olamas. Siz bu shartda tanladingiz onani. Oilaga vafodorsiz. 1 shartdan shu sabab o’tdingiz. Ikkinchi shart ne bo’ldi. Siz egmadiz menga bosh. Qolganlarchi. Yotib olib, kiyimlariga artishdi kovushim. Shular ham erkakmi? Menga qul emas. Er kerak edi. Ular bir ayol deb, g’ururidan kechdi. Borini sotdi hisob. Yurtga yov kelganda, shular sotilar birinchilar bo’lib qator. Sizda g’urur, egilmas bosh bor. Shu sabab o’tdingiz uchunchi shart tomon. Uchinchi shart edi odam o’ldirish. Bu qotillik, katta gunoh. Ko’zini sevgi ko’r qilganlar. Kim bo’lsa ham o’ldirar. Ularda iroda mustahkam emas. Juda ham ojizdir betamom. Ular sira bilmas adolat. Bundaylar qanday qilib bo’ladi yurtga hukumron. Siz adolat qila oldingiz. Va shartlarim bajara oldiz. Keldi oldimga 100 dan ortiq oshiqlar. Eng ko’pi qildi aytganimdan ikkisin. Bo’ldi. Endi siz menga yorsiz. Yuring peshayvonga. Bilsin xalq sizni endi kimligiz”. Chiqdik Malika bilan qo’l ushlashib. Pastda ikkimizni ko’rgan olamon afsuslanar. Hammasi er tepinib, uyi tomon ketar. Kelgan ayollar hursand, quvonchda. Duo qilar meni tabriklab Malika bilan. Qoldi yolg’iz onam. Esga tushdi bergan va’dam. “Malikam, ana meni onam. Seni zindoningda bor meni akam. Qo’yib yuborsang edi. Baxtli qilarding onamni. Men o’tdim shartingdan. Shu ona duosi tufayli. Ta’zimdaman doim, onalar poyiga”. Malika etdi ozod. Omon qolgan barcha oshiqlarni. Rahmat eta ketdi hammasi, o’grilib ortiga bir bir. Onamni olib kelib saroyga, joy berdim 7 ko’rpaga. Bo’lsinlar endi rohat – farog’atda. Ko’rsinlar orzularin ro’yobin. Meni qilsinlar duo. Bo’ladi chunki ijobat doimo....


Shu joyida ertak tugadi dib tugatdilar. To’g’risi ertakga shunchalar berilib ketibmanki. O’zimni usha yigit o’rnida ko’rib yubordim. U onasini rohatini tanladi. Manchi? Man nimani tanlavomman? Bu kottaa so’roq...

Davomi bor.
© Giyos@mail.ru


Sog' salomatlik...
 
NOZIСана: Шанба, 19-Май-2012, 09:28 | Изох # 392
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: ИЗОХЛАР МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 2808
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 1158
Холати: Хозир йўқ
Мана она дуосининг кучи! Яшавор йигит! Гоппор, кизим санга этаман, келиним сан эшит буптию буёги biggrin

 
LoadingСана: Шанба, 19-Май-2012, 10:04 | Изох # 393
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Giyos ishoning juda tasirli. O'ylimanki bu fanatlik kasali emas!

Goppor bundan nima hulosa olishi mumkin to'risi chunolmadim. Shu kungacha nima bo'lgan bo'lsa hammasi o'zini aybi emas ediku? Kutamiz!


Faqat 3 ta shart!
 
FC_PAXTAKORСана: Шанба, 19-Май-2012, 10:58 | Изох # 394
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
Lirik chekinish bo'pti. Ajoyib. smile

Omad
 
Dilshod_AСана: Шанба, 19-Май-2012, 12:46 | Изох # 395
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 199
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 44
Холати: Хозир йўқ
gap yo' dovomini kutamiz
 
toxaclubСана: Шанба, 19-Май-2012, 17:44 | Изох # 396
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 692
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 379
Холати: Хозир йўқ
tog'risi tan berdim. Ijotizga omad.
 
vipbanerСана: Шанба, 19-Май-2012, 18:40 | Изох # 397
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 68
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 88
Холати: Хозир йўқ
Juda qiziq ! Davomini intizorlik bilan kutib qolamiz .

Intilganga toley yor
 
IrodaСана: Якшанба, 20-Май-2012, 14:17 | Изох # 398
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 37
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 96
Холати: Хозир йўқ
ertak judayam yoqdi
 
LoadingСана: Якшанба, 20-Май-2012, 16:24 | Изох # 399
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
P.S klass bosilikmi endi?

Добавлено (20-Май-2012, 15:24)
---------------------------------------------
Yo'q. Men bajarmayman
shartingiz. Juda ham osondir
kimlarga. Mayli roziman o'limga.
Bu shartlar to'g'ri kelmas ekan
menga. Bo'larman sizga yor.
Tashqarida esa kutayotgan
onam bor. Voz kecholmayman
onamdan sira. Ona mehri ustun
menga bari sevgidan. Sog'
bo'lsam balki toparman yana
sevgim. Lekin topolmaymanku
ona mehrin. Men onamga
vafodorman. Yolg'izlatmayman
hech qachon. Chang
kovushingiz. . . Kechir meni.
Men senga er bo'lyapman. Qul
emas. Menda erlik g'ururi bor.
Egmayman ayolimga sira
boshim. Sen qilishing kerak
menga xizmatim. Odam o'ldirish.
Yo'q. U begunoh. Unda ayb
yo'q. Uni jonini men olmayman.
Yaratgan oladi. Seni husningni
ko'rgani gunoh sanalmas.
O'ldirishga esa arzimas. Mana
meni o'ldir, ogohlantirding.
Bajara olmadim sharting.
Roziman. Faqat onamdan uzr
so'rab qo'y. Bajara olmadim
va'damni. Qaddimni tik tutdim.
Egmadim unga boshim.
Afsusdaman. Bekor qildim shart
o’ynab. Akamni qutqara
olmadim. Onam yana farzand
do’g’ida qoldi...

Mana shu joylari!


Faqat 3 ta shart!
 
Dilshod_AСана: Сешанба, 22-Май-2012, 23:05 | Изох # 400
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 199
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 44
Холати: Хозир йўқ
dovomi qachon
 
Поиск: