Men sevmaymanku! (Giyos yozgan hikoya)
|
|
milawka | Сана: Душанба, 12-Мар-2012, 13:01 | Изох # 276 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 6
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 351
Холати: Хозир йўқ
| Hayt)
|
|
| |
Faxriddin | Сана: Душанба, 12-Мар-2012, 23:16 | Изох # 277 |
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 221
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 2290
Холати: Хозир йўқ
| Davomi daxshat... G'iyos shunaqayam bo'ladimi???
Болани ўзи ширин, ўзидан сўзи ширин...
|
|
| |
Giyos | Сана: Чоршанба, 14-Мар-2012, 07:24 | Изох # 278 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 58 qism
Mana nihoyat oktyabr oyi keldi. 10 oktyabr Yakshanba. Bugun Aziz va Azizalarni nikoh kechasida o’tiribmiza. Hamma shodu hursand. Hamma o’yin kulgu qilmoqda. Kuyovga qaraganda kelin bola hursandroq (Yigitlarga erishish hozir sal qiyinroq bo’b qoganigami). Man Dilshod bilan xizmatdamiza. Keganlarni kutib olib, ketganlarni tepporib (hazil) turibmiza. To’y restoranda bo’voti. Nu albatta harajatlarni Azizni o’zi ko’tormasdi. O’rtoqlari, onam otam va asosiy qismini Anvar aka ko’tardilar. Ona nomidan onam chiqdilar. Ota nomidan Anvarakani chiqarmoqchi edilaru, ammo otalarni so’zga chaqirishmadi. O’rniga o’rtoqlarini chaqirishdi. Man, Dilshod yana 2 ta bola esdalik sovg’alarimiza bilan (Esdalik sovg’a uchun Televizor olganmiza.) chiqdik. Hamma o’z tilaklarini gapirdi. Kimdir “O’rtooo to’ying bilan tabriklimaaan, baxtli bo’ginnnnn” didi. Shu ham tilakmi didim ichimda. Nu o’zimam uncha so’zga yo’qroqman. Mani hozir qanaqa so’z etaman bilmadim. Oldin to’ylarda qanaqa tilaklar bildirishganini esladim. Ushalardan esimga tushganini miks qilib mani galim keganda boshladim: “Assalomu Alekum (aziz mehmonlar dimoqchidim, Azizga g’alati bo’masin dib boshqacharo qib etdim.) hurmatli mehmonlar. Mana bugun 10/10/2010 yil kuni do’stim, qadirdonim Aziz va Azizalarni nikoh to’yiga yig’lgan ekanmiza. Shu fursatdan foydalanib shu ikki yoshga dunyodagi barcha ezgu tilaklarni tilab qolaman. Ularga hayotda sog’liq, baxt, omad va daromad tilayman. Yana nima diyishim mumkin. Baxt tilayman, taxt tilayman, 5 ta farzand naqd tilayman. (shu joyida qarsaklar bo’b ketdi. Kelin bola kuyov bolaga qarab kulib qo’ydi. Manimcha eplay olarmikinmiza dib o’ylaganmi... Kuyov bola manga ma’noli qarab jilmaydi. Manam undan qolamanmi dib jilmaydim. ) TV ni karobkasini stolini oldiga qo’ydik. Karobkasi diganim ichida televizor yo’q edi. Ha rostanam yo’q edi. Karobka yengil edi. Ikki kishi bemalol ko’tardik. Hech kim olib ham qo’ymagan, uni qattaligini ham bilardik. U Azizni uyida edi. Uje yasatib ko’rish uchun tayyor qilib qo’yilgandi. To’yda prosta ko’z bo’yamachilik uchun karobkani olib kelgandik. Buni sanoqli kishilar bilardi. Azizni o’zi ham kaneshna biladi. Shunga karobkani qo’ydikku, reskiy halaqit bermasin dib boshqa bolalar olib chiqib ketdi, shu bilan nomerimiza o’tdi. To’y tugadi. To’yni mahallamizadagi yoshi ulug’ (negadir o’zini ulug’ dib hisoblamsdim) otaxon yopib berdilar. Shundan keyin uyga tarqaldik. Nu kuyovni uyiga. Hali u yoda o’tkaziladigan marosimchalar bor edi. Kuyovni o’zim olib keldim. Moshinamda. Nu lemuzin oborib tashadi. Opkelishga gaplashilmaganakan. Shunga begona qimadim. Uyga kirgazdik. Uyni ayollar “mafiya”si egallab olganakan. Ichkarida bir narsalar qilishdi. Kirib ko’romadim. Tashqarida patnis chalish uchun patnis bilan qoshiq yoki kapkir qidirvotudim. Topdim. Keyin bir pas turib taqir tuqurni boshlab yubordik. 4 bola 4 yodan ketini uzmasdan uyni boshimizaga ko’tardik. Ichkaridan 2 ta quda tomon qo’lida 4 ta ko’ylak ko’tarib chiqdi. Biza to’n davo qildik. Nu ko’ylakni olib keyin taqir tuqurni tugatdik. Shu bilan uyga chiqib ketdim. Azizga kechasi bizanikiga chiq, eshik ochiq dib SMS yozvordim... Soat 04-00 larda chiqib keldi. Hammasi ok mi didim. Ha zo’r didi. Keyin yotib uhladi. Kechki paytga yaqin “kuyov oshi” boshlandi. Hamma qiziq gaplar ushatda boshlandi. Uylangan o’rtolarimiza Azizni chekka ovolib nimalarnidir tushuntirishvoti. Qoganlar bu yoqda boshqa narslarni gaplashib o’tirishibdi. Aziz bir bittasiga qarasa, bir boshqasiga qarardi. Mani nazarimda u hich nima tushunmayapti, ili tushunishni hohlamayapti. Unga bittasi: “Bugun san uchun asosiy kun. Parot qimagin, etgalarim esingdan chiqmasin. Muhumi hayojonlanma. Hammasi yahshi bo’ladi. Ishni bitirib keyin tashqarida yangalarga qarisan. I vsyo. Suni eplasen bo’ldi, ikkaleniyam yuzing yorug’ bo’ladi......” dib etvoti, lekin u yog’ini eshita olmadim. Osh pishdi dib chaqirib qolishdi. Olib kelib oshni paqqos tushirdik. Keyin duo qilibm kuyovga baxt tiladik. 3 ta farzand yetarkan, ushani ham tiladik. Keyin uyiga kuzatib qo’yib, hamma tarqaldi.
* * * 1 oydancha o’tdi.
Lobar manga telefon qilib qoldi: “Toshkentga keldim. Uchrashmizmi? Etgan vaqtizda etagan joyizga boraman. Bu safar aldamiman” didi. Man hop didim. To’g’risi man o’zimni ham uni qanaqaligini ko’rgim kevotgandi. Shuncha payt ko’rmasdan yurdim. Bir ikki marta rasmini ko’rdim. Nu rasm rasmde. Ertasi kuni soy bo’yidagi yoshlar “ko’p uchrashadigan” joyni etdim. U joyda para para bo’lib yoshlar ko’p yurishardi. Ko’pni ichida ko’rinmiman dib o’yladimmi? Bilmadim. Usha soy bo’yi yoqdimi bilmadim. Usha joyni etdim. U etilgan vaqtda yetib keldi. Ko’rinishi tasavvurimdagidek emasdi. Nimasidir o’xshamasdi. Nu chiroyli. Ko’rinishi. Kiyimlari hm.... usha. Sochini orqaga yig’ib olgan. Mani ko’rib bittada tanidi. Yuziga kulgu yugurdi. U yoqdan bu yoqdan gaplashib o’tirdik. Soy bo’yida yurdik. Yurish iloji bo’gan joygacha va yana orqaga qaytdik. 1 soat shu zailda o’tdi. U hursand edi. Juda hursand edi. Undan mana mani ko’rdiz, hali ham sevasizmi dib so’ragim kelayotgandi. Lekin so’ramadim. Sevgisi so’nvotgan bo’sa yana olovlatmi dib o’yladim. Keyin soy bo’yida joylashgan skamekalardan biriga o’tirdik. Oramizadan bitta bolacha sig’adigan joy bor. Unga iloji boricha kam qariman. Manga to’yib qarab olsin dib. Ko’z qiri bilan qaravotganini sezib qolaman. Ko’zini tezda olib qochadi. U chiroyli bo’sa ham man uni sevolmasdim. Uni bir gapi esimga tushdi. Siz mandan qancha uzoqlashsez man sizga shuncha yaqinlashaman digan. Yana o’yladim. Hozir mani ko’rdi. Yanada yaqinlashib manga bog’lanib qolsachi? Yo’q. Bunaqa bo’lishi kerak emas didim o’zimga. Uni yoniga yaqinlashdim. Oramizda bitta musht sig’adigan joy qoldi. Lobar yerga qarab turibdi. Bir nimalarni gapirib boshini qotirvomman. Yana yaqinlashdim. Oramizada bitta gugurt qutisi sig’adigan joy qoldi. Undan ortiq yaqinlasha olmasam kerak dib o’ylagandim. Yo’q yaqinlashdim. Oramizida soch tolasi o’tadigan ham joy qolmadi. Qo’limni belidan o’tkazdim. Bir seskanib qo’ydi. Qarshilik ko’rsatmadi. Yuzimni yuziga yaqinlashtirdim. Sekingina “Lobar” didim. U tezgina qaragan edi lablarim yuzini o’pib oldi va lablariga tegdi... sekingina kulib qo’ydim. Uyalib yerga qarab oldi. Ozgina shu zail o’tirib xayrlashib ketdik. U kvartirasiga man uyimga. Yo’lda ketvotib o’yladim o’zimcha, endi mandan uzoqlashadi. Mani odobsiz ekan dib o’ylidi va mandan butunlay ketadi... . Uyga bordim. Yo’q adashibman. Bunaqa o’ylaganimcha bo’madi. U mandan uzoqlashmadi. SMS keldi. Hammasi uchun rahmat. Hursand bo’ldim dib. Yana bir bir telefonda gaplashib yurdik. U Toshkentdaman didi. Nimadir qivomman didi. Keyin bir ikki marta telefon qiganda omadim. Chunki man o’ylagan reja bo’madi. U mani odobsiz dib o’ylamadi. Shunaqa qilib kak uni mensimgande qib ko’rsatib, o’zimdan uzoqlashtirmoqchidim. Bir oydan keyin tel qildim. Omadi. SMS yozsam javob keldi. Nega tel qisam omadiz disam. Siz gaplashasizde, keyin yana yo’q bo’b ketasiz. Mana bu yerda yana unutaman deb azoblanib yashayman diydi. Ya hayronito bo’b qoldim. (Shu joyda qivotgan xatolarimni sal chundim. Lekin unga bildirmadim.) Keyin etdim, xop mayli. Man sizni butunlay bezovta qilmayman. Nima o’tgan bo’sa hammasi uchun uzr didim. Undan javob keldi. Man o’qishga kirgandim. Shuning uchun bu yerdaman... Man bunga javob yozmadim. Yana bir afsuslandim, nega manga ushanda etmadi. 3-4 oy o’tib etvoti. Boshqa javob yozmadim. Vaqtlar o’tdi. Undan bir bir she’riy misralar kelardi. Armon bo’lgan sevgim... shu manoda. Man va’damga muofiq javob yozmadim. So’ngi yuborolmagan SMSim: Lobar sog’ bo’ling. Baxtli bo’ling. Xayr. Alvido!
* * *
2011 yil yanvar oyi.
Aziz va Aziza. Ularni ko’rsam rosa havasim keladi. Toxir va Zuxra, Farxod va Shirin, Layli va Majnun, Rameo va Juletta.... bularni sevgisi ularnikini oldida damini olardi. Shunaqangi bir biriga yarashgan. Ko’chada bir biri bilan padushka qilib, gaplashib o’tib ketishadi.... derazadan qarab mani ham uylangilarim keb ketadi. Nu Dilshod ham chiday olmay uylanaman divordi. Fevralda uni to’yi. Aziz to’ydan keyin manikiga kam”ro” chiqadigan bo’b qoldi. Albattade. Uyda shiringina xotin turgan bo’lsa. Mani uyimda nima qiladi. Manam hadeb chiqvurish niudobna. Oldin kechasi ham chiqvurardim. Hozir chiqib bo’midi. Mahalladagilar kechasi boshqani uyida yurganimni ko’rsa eski gaplarni qo’zg’ab yuborishadi. Eski materaiyallar yodga tushib, yengi senariy yozib o’g’zaki syomka qivorishadi... Manga bu gaplar nima keragi bor. O’zi vaqtim ham bo’mayapti. Anvarakani buyrug’lariga binoan Ingliz tili kursiga borib til o’rganvomman. Yanvarni boshida boshladim. 6 oylik kurs. Har kuni. Individualniy. Qimmat. No mani pulim ko’p. Qo’ylarimni puli hali ham turibdi. Dollar qib qo’ygandim. Ushandan ishlataman. Lekin oyligim yetvoti. Boshqa xarajatlar xozircha yo’q. Onam uni borligini ham bilmidilar. Bilsalar ham qanchligini bilmidilar. Bu pul bilan bemalol to’yni o’tkazish mumkin. Aziz ishi hali ham usha. Aziza uyda. Aziz yahshi ishlidide. Man ularni oilasiga havas qilaman. Bunaqa baxtli oila bo’masa kerak. Zo’r oilade. Baxtli yosh oila. Sevishib turmush qurishdi. Yaqinda bitta bolali bo’volishsa... Keyin yanada quvonchga to’lishadi. Juda ham mani uylangim kevotiyuuyuyuyu..... O’zini bos G’oppor. Hali san tayyor emassan. Ishini yahshila oldin. Harakteringni ozgina to’g’rla. Bunaqa harakter bilan qaysi qiz yashidi. Har bir narsaga o’zimni fikrim bilan ish qivursam. Boshqalarni fikri mani qiziqtirmasa. Keyin manam kimnidir sevishim kerak. Lekin kimni? Mana shu ham muamo??? Eng avvalo ishni yahshilash kerak....
Feval oyi. Dilshodni to’yi bo’ldi. Unga singlisi dugonasini tanishtirib, qo’yib ushani olib berishdi. Baxtli oila. No ular Aziz va Aziza qilgan havasimni uyg’ota olmadi. Balki Dilshod boshqalar bilan ham “yurishi”ni bilganimdir. Uni “sevgisi” soxtaligini bilganimdir. Nu baxtli yosh oila... 2011 yil 9 senytabr .
O’z ish joyimda edim. Hozir lavozimim oshgan. Bo’lim boshlig’i lavozimiga ko’tarildim. Ingliz tillini Inglizlardek bilaman. Bemalol gaplasha olaman. Aziz ertalab telefon qilib u bu joyda uchrashishimizani so’radi. Ishdan keyin. Hop didim. Ovozida sal hayajon bor edi. Huddi nimadandir qo’rqandek. Shunga sal ko’nglim g’ash bo’lib turibdi. Nimaga to’sattdan uchrashamiza didi. Kecha o’zi mani ko’rudi. Nimadir dimoqchi bo’ludi, oldimda Dilshod boriga indamadi. Keyin ketgan edik. U manga uchrashishimiz vaqtidan 2 soat oldin telefon qilib, uchrashadigan kafeyimizni adresini etdi. Nega u joyni tanlabdi didim. Prosta u joyda odam kam bo’ladide. Ancha obro’sini yoqotgan kafelardan bo’b qogan. Ichi g’ira shira. Qorong’u disa ham bo’ladi. U yoqga bir biridan yashirinib boradiganlar borsa maqul, bir birini qorong’ida tanimiydide. 2 soat o’tib, etilgan joyga bordim. Aziz mani kutib o’tirgan ekan. Yonidagi bo’shagan idishlardan u anchdan beri shu yerda ekanini bilsa bo’ladirdi. U gap boshladi: - G’oppor qalesan, yahshi keldingmi, bezovta qilmadimmi? - Yo’g’a, nega bezovta qilsan. Shunaqa erimoqchi bo’lasanu (stol ustida buyurtirgan narsalariga qo’lim bilan ishora qilib) man yo’q diymanmi? Nima munosabat bilan? - Endi pulini to’lidiga san, manga nima. Bir o’titrili didimde. Dardlashib... - Ja sani darding ko’p. Ichinga sig’miy ketvoti. Yosh bo’b turib. Maqsadga o’t. (yonimda turgan salatdan bir qoshiq olib yedim.) - Yana usha gap. Qachon uylanasan. Yoshing mana 24 ga qarab ketvoti. - Aziz nima disamakan. Man uylanishga tayyorman, uyda onam hali tayyormasla. Man kimnidir seviy, yokionam kelin topib, ko’r disinlar. Man da davay diyman. Uje to’y.... hazil. Hali ishimni boshini yahshi tutganim yo’q. Mana hozir haydovchilikdan boshqaruvchilikka o’tdim. Yana bitta ko’tarilsam va mahkam shu joyni egallasam keyin to’y. Nu yilcha o’tsa kerak. Shoshvotganim yo’q. Uylanish qochmidi. - Hm. Yahshi. - To’xta mani uylanish, uylanmasligim nega sani qiziqtirib qoldi? - So’rab bo’midimi? G’oppor g’alatisanaa. - O’zingda nima gap. Aziza yahshimi? Ertalab ko’cha supurvotganida ko’rganimda sal hafaro ko’rindi. Urshib qoldilaringmi? - Yo’q. Urishib qomadik. Urishadigan oilalarga o’xshimanmi? G’oppor. Sanga bir narsani etmoqchidim.... - Qachon uylansan dib so’risanmi? - Gapni bo’lmagin , iltimos. Sanga bir narsani etmoqchidim.... - Etaqo mayli.... - Mana uylanganimga 11 oy bo’voti. Haligacha farzand yo’q.... - Nima sanga shu paytgacha 4 tani tug’ib berishi kerakmidi... - Bormagan doctorim qomadi. Tabiblarga ham borib ko’rdim.... - Bo’tta doctor prichom, tabib prichom, ular sanga sham ushab turarmidi. San Azizani xotin qilib olding. U bilan kechasi uyda gaplashib o’tirish uchunamas. Uni quchoqlash kerak.. o’pish kerak... divanga yotiqish kerak. Keyin.... mana bola qanaqa qib bo’ladi. Kechasi gaplashganlaring mani xonamgacha eshitiladi. (hazillashib gapirdim. Negadir uni gapini hazilga oldimmi, yoki kayfiyatim yahshiligigami bilmadim. Shunqa prikol gaplashvomman). San u bilan yotmasang doctorlar kelib sanga bola yasab bermidi... - Hazillarini besh minutga qo’yib tur, man jiddiy etvomman. - Hm. Hop. Bir boshdan gapir. Uzr chalg’ib ketdim. - Mana 11 oydan beri bola yo’q. Bormagan doctorim qomadi. Tabiblarga ham bordim. Foydasi bo’madi. - Azizani ham obormadingmi? - Yo’q. Ayb undamas. Manda! Bilasanmi? U ona bo’lishni shunaqangi hohlaydiki. Shunaqa ona bo’gisi keladiki, shunaqangi bolasiga qaragisi keladiki... to’ydan oldin manga etib bergandi. Shuni eslasam ga’lati bo’b ketaman. To’yni ham qoldirmoqchi edim. Lekin bunday qilolmadim. - Shoshma. Qanaqasiga ayb sanda bo’ladi. Nega? - Nima dib tushutirsamakan.... etish manga g’alati... Sanga etmoqchi bo’ganim. Man Aziza bilan ajrashmoqchiman.... - Iya to’xta. Jinnimisan. Nega ajrashasan. Toming joyidami. San jinni bo’b qobsan. (endi man shoshib qoldim. U man kutmagan gaplarni etvoti) - Man sog’man. Jinnimasman. Man unga farzand bera olmayman. Chunvossanmi. Man ota bo’lomiman. - Chunmayapman! Tushuntir!!!! - Manda ereksiya yo’q. - Nima u erekisya? - Man avariya bo’ganimdan keyin. Shunaqa bo’b qogan. Maniki ishlamidigan bo’b qogan. Hich qanaqa reaksiya yo’q. Bilsen Aziza hali qiz bola. Hali qizligi buzilmagan.... - Man baribir tushunmayapman. Axir yangalarga ob chiqganding. Qonagandi... nega qiz bola.... - Man ushanga, to’yni ertasi kuni, kuyov oshidan keyin yolg’iz qoganimizda etdim. Tushuntirdim. Man hich qachon ota bo’la olmasligimni tushuntirdim. Man bepusht bo’p qoganimni, maniki ishlamasligini etdim, hammasini etdim. To’ydan oldin davolashni boshlagandim. Lekin foydasi bo’madi. Hamma yoqga bordim. Manda travmadan keyin bo’gani uchun hich narsa qilishomadi. Etishlaricha ushatni boshqaradigan nerv tomiri uzilib ketganakan. Ko’rgansanu hamma yo’gim kesliib yotibdi. Man Azizaga etdim. Hohlasa hoziroq hammaga etaman didim. Etishing mumkin hozir, nega to’yni to’xtatmading dib. Manda umid bor edi. Balki Azizani yonimda ko’rsam o’zgarish bo’lar dib. Lekin xato o’ylaganakanman. Hich qanaqa reaksiya bo’madi. Keyin nafsim ham ustunlik qildi. Uni qizg’ondim. U maniki bo’mi qolishidan qo’rqdim. Chunvossanmi qo’rqdim.... Kottaaa xato qiganmni tushindim. Azizaga etdim. Ayb manda dib. U ketmiman didi. Sizni tuzatamiza didi. Bilasan urf odat, usha qonli matoni ko’rsatish kerak. Man aybimni etmasam Aziza nomussiz bo’ladi. Shunga man sonimni terisini ozgina kesib qon chiqarib, matoni qonladim. Va yangalardan qochdim. Mana 11 oydan beri Aziza bilan yonma yon yotaman. Quchoqliman, o’paman. Lekin yaqinlik qilomiman. Tushundingmi? U esa manga chidavoti. Shunaqaligimni bilib turib rozi bo’ldi. Uni orzusini ona bo’lish edi. Man usha orzusini armon qilib qo’yvomman. (bir qultum sokdan ichib oldi). Sanga buni oldin etmoqchidim. Manda shunaqa dib. Lekin etomadim. Esingadami? Shashlikxo’rlik qigani borgandik. - Ha esimda. Nimadir etmoqchi bo’lib, keyin qachon uylanasan diganding. - Esingda ekan. Shunga man ortiq chidomiman. Azizani baxtini kemtik qilib yashavomman. San etganingdek u bilan kechalari gaplashish emas. Yaqinlashish kerak. - Man xazil aralash gapirgandim.... - Shunga ajrashaman. Ajrashmoqchiman. - Nega shoshasan. Balki davolashni biror yo’li bordir.... - Yo’q! Hech qanday davolashni yo’li yooo’q! - Hop, hop, mayli baqirma. Mayli davolashni yo’li bo’masa bo’mabdi. Oilaviy muamoyingni o’zning hal qivur. Nega chaqirding mani o’zi.... - Man ajrashaman. G’oppor san hali hich kim bilan yotmagansan. Man bilaman. San man Aziza bilan ajrashgandan keyin unga uylanasan. - Iya nima divosan. Qanaqa qib... mani nima qivosan. Uydigilar bunga rozi bo’lishmidi. Odamlar nima didi. Esing joyidami... - Bitta bolali bo’guncha. Bitta bola qibersen bo’ldi. Ko’p o’ylab shu qarorga keldim. Aziza man bilan hich qachon ajrashmidi. Man bilaman. Unga ajrashman, boshqaga turmushga chiq didim. U hech qachon, bu gapni manga boshqa etmang didi. U bola tug’ishni hohlavoti. Chunvossanmi? Bola asrab olamiz ham didim. U rozi bo’madi. U o’zini bolasi bo’lishni hohlavoti. San manga bitta bola qiberasan, keyin ajrashasan. Man qaytib uylanaman. Qonuniy ajrashmiman. Shariy tomondan ajrashaman. San uni nikohinga olasan. Bola halol tug’ilsin... - Man unaqa qilomiman. San mani tentak dib o’ylavosanmi? - Manga yordam ber, mani sharmandalikdan qutqar!!!! Kimdan so’riman boshqa. Ko’chadigi gadoydan iltomos qimimanu. Nima dib o’ylidi. San yaqin bo’ganin uchun sandan iltimos qivomman. So’ravotganim yo’q. Iltimos qilib yalinib so’ravomman. Manga ham bola kerakku. Bu dunyoda ota ona mehriga to’ymiy o’sdim. Endi farzand ham manga yo’q. Farzandlarimga bermoqchi bo’lgan mehrimni nima qilaman. Man tushunsenchi. Nega mani qiynisan. Chorsasiz qolib ketdim. Bilaman bu taklifim g’irt ahmoqlik. Lekin o’zga yo’lim yo’q. - Aziza bunga rozimi? - Azizaga buni hali etmadim. - Hayriyat... - Sani ko’ndirsam, Azizani ko’ndirish qiyin emas. Maqsadimni taxminan biladi. Sal shama qilganman. U manga va sanga ishonadi. San havotirlanma. Hammasi imi jimida bo’ladi. Uzoqroqdagi domlaga borib nihoh o’qtiramiza. Guvohlar ham topamiza. Hich kim bilmidi. Aziza man bilan yashavuradi. Man ishga ketganimda u saniki bo’ladi. Homilador qilib bersen bo’ldi. - San domlagamas, psixyatirga bormabsande. Usha sani davolardi. Topgan gaplarini qara. Man ketdim. Ahmoqsan. Azaza hich qachon rozi bo’midi (turib chiqib keta boshladim. Aziz orqamdan baqirib qoldi...) - Man uni ko’ndiraman. San havotir olma. Ertaga oldinga chiqib sanga o’zi iltimos qiladi... - Hich qachon, mani topomisanlar.... man qochib ketaman. San jinni bo’b qopsan. Azizaga etib ovora bo’ma. Man rozi bo’miman... - Qarzingni qaytar unda. Sandan so’ramiman digan qarzimni qaytar, va’dangni bajar. Mana usha fursat keldi... Shu gapdan keyin joyimda muzladim. Butun tanam muzladi. Keyin yoshligimizdagi voqea ko’zimni oldidan o’tdi.... “Maktabda o’qir edik. Darsdan keyin anhorga cho’milgani borardik. Man suzishni uncha yahshi bilmasdim. Qirg’oq bo’yida arqonni ushalab cho’milardim. Qolgan sinfdoshlarim suzishni bilardi. Aziz yahshi suzardi. Ushanga unga etib qo’ygandim, ubu narsa bo’sa mani qutqarasan dib. Bir kun cho’milgani bordik. Man arqoni ushalab suzishni mashq qivotudim. Bolalar suvda quvlamochoq o’ynashvotudi. Mandan ancha orqaga uzoqlashib ketishdi. Man arqonga ishonib joyimda suzvomman. Arqon uzulib ketdi. Man dovdirab qoldim. Biladigan suzishim ham esimdan chiqib ketdi. Suvni tegga sho’ng’ib yana qaytib chiqvomman. Suvni tegiga kirganimda sinfdoshlarim qirg’oqdan o’tib ketishibdi. Aziz quvlavotgan ekan. Man chiqgan paytim ko’rib qolib va suzayotgan joyimda yo’qligimni ko’rib tezda suvga sakrab amallab mani olib chiqdi. Mani o’limdan qutqarib qoldi. Ushanda unga va’da bergandim. Qanaqa yordam bo’sa ham beraman sanga. Man qarzdorman. Hohlagan payting so’ragin digandim. U qo’ysangchi do’stim. Man qarzga qutqarmadim. Boshqa odam bo’ganda ham qutqaradim didi. Man baribir gapimda turib oldim. Biror fursati keganda so’rab qolarsan. Agar yo’q desam, va’dangni esla digan man nima qilib bo’sa ham yordam beraman, digandim”. Aziz stol yonida boshini qaltiratib turibdi. Man shuni eslidi dib kutmagandim. O’zimni ham esimdan chiqib ketgandi. Kutmagan voqea bo’ldi. U mani mot qildi. Man nima qilishni ham bilmadim. Man yutqazgandim. Hayolimga kemidigan ishlar. Do’stimni xotini bilan yotish. Qilgan xavasim ham uchib ketdi. Do’stim xotinni manga predlagat qildi. Bu xiyonatmi? Yo’q. Bu vaxshilik. Boshqa choram yo’q. Uni qutqarishim kerak. Man unga ma’noli qarab boshimni ha ishorasini qilib roziman digandek qildim. U oldimga kelib, mani quchoqlab rahmat dedi. Man unga, faqat xozir Azizaga etmiy tur. Man o’zimga kevoliy. O’zim sanga etaman didim. Keyin sekin chiqib ketdim. Uyga pishkom ketdim. Aziz ushatda qoldi. (Nega manga doim shunaqa qiyin vaziyatlar keladi hayotimda. Endi yahshi kunlar keladi digan paytda....)Добавлено (14-Мар-2012, 06:24) --------------------------------------------- 59 qism
Ertasi kuni ishxonada qoldim. Telefonimni o’chirdim. Uydagilarga kemiman dib etib qo’ydim. Ishxonadagilarga kim kesa ham man yo’qman. Ota onam kelsalar ham yo’qman dib etdim. Hamma narsa manga yoqmidigan bo’b ko’rinvoti. Man qochdim yana. Endi uzoqlargamas, qorong’ulikka...
(Azizni hikoyasi) 2010 yil 10 oktabr. Bugun to’yim bo’voti. Nihoyat bir paytlar orzu qilgan sevgilimga uylanvomman. Bu to’yni avariya bo’ganimdan keyin qilmasligim kerak edi. Lekin sevgim, nafsim boshqa narsalardan kuchli keldi. Bunday olib qaraganda man “er” bo’lolmasdim. Avariya manga katta asorat esdalik uchun tashab ketdi. Davolanish uchun hamma doctor va tabiblarga bordim. Hammasi afsusdan bu yog’iga o’ta olishmadi. To’g’ri harakat qilishdi. Lekin samara bermadi. Bir tabibni oldiga borganimda bir yoshi 55 larga chiqgan amaki ham o’tirgan ekan. Ularda borgan sari kuchsizlanib borayotgan ekan. Ular manga bir gap etdilar: “Erkak kishi ikki marta o’ladi. Birinchisi jinsiy zaif bo’lganda, jinsiy yaqinlik qila olmay qolganda, ikkinchisi o’z ajali bilan o’lganda” deb. Ularga ham kimdir etgan ekan. Man birinchi marta o’lib bo’lgandim. To’yni to’xtatishda o’zimda kuch topa olmadim. Bu haqida hech kimga etomadim. Etishga uyaldim. Yaqin do’stim G’opporga ham 1000 marta etmoqchi bo’lib, eta olmadim. Qo’rqoqlik qildim. Negadir to’yni bo’lishini hohlayverdim. Usha umid... balki to’ydan keyin yahshi bo’lib ketar. Afsuski man katta xato qilgandim. To’ydan keyin ham hich narsa o’zgarmadi. Hammasi usha holicha qolaverdi. Sharmanda bo’layotgandim. Bugun to’yim bo’ldi. Man sharmanda bo’lishim. Bu tomonlarini o’ylmagan ekanman. Exxx. Rosa afsuslandim. Azizaga tushuntirdim. U tushundi. Davolanasiz. Hammasi yahshi bo’ladi deb ovutdi. U uchun ham ortga yo’l yo’q edi. Chimildiqdan chiqqan qizni qaysi yigit men olaman diydi. Kam unaqa to’g’ri tushunadigani, keyinchalik ajrashgan erkak olmasa... qisqasi u ko’ndi. Lekin man etdim. Hohlasez ketavering dib. U ko’nmadi. Oxirigacha siz bilan bo’laman dib turib oldi. Oxiri o’zimdan qon chiqardim. Shu bilan to’yni ham tugatdik. 2011 yil 8 senytabr . To’ydan keyin ham doctor va tabiblarni qabuliga bordim. Natija baribir bo’lmadi. Azizaga qilgan adolatsizligim sababli vijdonim kuyib tamom bo’votgandi. U ona bo’lishni juda juda hohlardi, allalar etishni istardi... lekin men unga bu baxtni bera olmayotgandim. Bir o’zimga qarab, “Mana Aziza, sevganing Aziza seniki” bo’ldiku deb quvonsam, bir tomondan o’zimni holimdan achinaman. Har kecha uni yoniga kirganimda uni ko’zlariga qaray olmayman. To’g’ri ko’zlarida uni noroziligi sezilmaydi. Uni qalbida seziladi. Qalbini qay bir burchagida shu dard qo’ng’iroq chalib turadi. Buni faqat man eshitaman. Boshqa hech kim. Yaqin do’stim G’opporga ham. Oxirgi kunlar gap so’zlar qila boshlashdi. Hammada bitta savol, “Qachon bolalik bo’lasanlar?” Manku mayli, javobni beraveraman, lekin Aziza bu savolga qanday javob beradi. Umid qiladi faqat. O’tgan hafta. Ha o’tgan hafta edi. Ishdan kechroq keldim. Oylik hisobotni topshirishim kerak edi. Uyga kech keldim. Eshikni o’zimni kalitim bilan ochib kirdim. Aziza uhlavotgan bo’sa uyg’otib yubormay dib. Derazani oldidan o’tayotganimda “Alla” qo’shig’i qulog’imga chalindi. Derazadan qaradim. Aziza qo’g’irchoqga “Alla” etavotgandi:
“Alla, alla jonim alla. Sensan ovunchog’im alla. Kutarman kelarsan alla. Meni bolam alla...
Seni sog’inaman alla. Kechalari o’ylarman alla. Kutarman seni alla. Meni pahlavonim alla.
Menga ham atalgansan alla. Yolg’iz qo’ymagin alla. Kutarman jonim alla. Meni qizalog’im alla.
Ollohim so’rayman sendan, Farzandlik bo’lish baxtini bergin, Men ham farzand tug’ay. Men ham tunlari aytay alla. Men ham tongacha aytay alla”.....
U yog’ini eshita olmadim. Derazani tegiga cho’kkalab yig’ladim. Ko’zlarimdan yoshlar daryo bo’lib oqdi. Ro’molcham ho’l bo’lib ketganidan ko’z yoshlarini artib bera olmadi. Ko’zlarimda oxiri yosh qolmadi. Yig’layman disam ko’zimdan yosh tushmadi. Shunchalar ko’p yig’labmanki... derazadan hammon “alla” eshitilardi.... O’rnimdan turib, borib yuzimni yuvdim. Ko’p o’yladim. Rosa o’yladim. Man bunga farzandlik bo’lish baxtini bera olmasam, boshqasi bera olar. Shunchalar farzandlik bo’lgisi kevotgan ekan. Ajrashaman. Boshqaga turmushga chiqib, albatta farzandlik bo’ladi. Baxtli bo’ladi. Man kirib buni unga etaman. Eshikni ochishim bilan uyda shaqir shuqur ovozlar eshitildi. Manimcha qo’g’rirchog’ini joyiga, shkafni ustiga qo’yvotgandi. Mani ko’rishi bilan salom berdi. - Assalomu Alekum Aziz. Yahshi keldizmi? Nega kech keldiz disam, “Har doimgidek oyni oxiri, oylik hisobotlar...” diysiz. Shuni uchun etmiy qo’ya qolaman. Ovqatlanasizmi? - Voalekum Assalom. Rahmat. Yahshi keldim. Yo’q. Ovqatlanmayman. Qornim to’q. Ishxonada ovqatlandik. Kel o’tir, sanga gapim bor. Bilsanmi? - Nimani? Man ko’p narsani bilaman. - Hazilingni qo’ysangchi. Man sanga bir gap etmoqchiman. - Ho’sh eshitman. (Uni ko’zlaridagi mayuslik sohta quvonchga almashgandi) - Mani ahvolimni bilsan... - Ahvolizga nima qilibdi? - Iltimos gapimni bo’lmagin. Mani ahvolimni bilasan. Seni farzandlik bo’lish orzulyingni ham bilaman. Shu orzuying man bilan yashasang armon bo’ladi. San boshqaga turmushga chiqsang, farzand ko’rasan. Man san bilan ajrajmoqchiman. To’g’ri tushun. Man boshqa vijdonan qiynalishni istamiman. Farzand asrab olishga rozi bo’lmading. (Rozi bo’lmaganini sababi, mani aybim bilan farzand bo’lmayotganini hamma bilib qolardi. Shuni sir saqlash maqsadida rozi bo’madi. Man rozi edim. Lekin u sharmanda bo’lishimni hohlamadi). Man ajrashaman. - YO’Q! Hech qachon. Man ajrashmiman. Siz bilan umrimni oxirigacha qando bo’sez shundo o’taman. Man rozi bo’miman. Ajrashmiman!!!! - Aziza! - Yo’q dedim. Boshqa bu xaqida mavzu ochmang... (yig’ladi) - Man hozir qo’g’irchoqga alla etganini ko’rdim. San farzandli bo’lishni hohlab qilgan nolangni eshitdim. - Mayli. Boshqa bunaqa qimiman. Iltimos fikrizdan qayting. Man ajrashmiman. Boshqa yo’lli ham bordir. Chet elga borib davolanishni ham iloji bordir. - Man hammasini so’radim. Maslahatlashdim. Foydasi yo’q. Man umidimni uzganman. Mani kechir. - Sizda ayb yo’q. To’ydan oldin etganizda ham shu holizga rozi bo’lardim. Sizni aybiz yo’qku... - Man vijdon azobida kuyvomman. Chunsangchi! - Man boshqa eshitishni hohlamiman. Boshqa yo’li ham bordir. Manga farzand kerakmas... - Manga kerak. Man sani qiynalishingni hohlamiman. - Boshqa yo’li bordir. Davolanasiz... Man tashqariga chiqib ketdim. Azizani ko’z yoshlariga chidomadim. To’g’risi yuragim bo’shashdi. Nima qilishni bilmiy boshim qotdi. Rosa o’yladim. Ko’chaga qarab o’tirdim. G’oppor moshinasida uyi tomon o’tib ketdi. Shunda kallamga bitta fikr keldi... ertalab unga telefon qilib uchrashishimizni aytdim. U rozi bo’ldi....
Davomi tez kunda! © Giyos@mail.ru
Sog' salomatlik...
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Giyos - Чоршанба, 14-Мар-2012, 07:23 |
|
| |
Bоnu | Сана: Чоршанба, 14-Мар-2012, 09:52 | Изох # 279 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 3
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 389
Холати: Хозир йўқ
| Азиз ва Азизани дардига даво топилармикин? Давоми нима бўларкин, бечора Ғаппор оғир вазиятда қолди. Давомини кутамиз. (ҳурматли муаллиф,тўй саҳнаси жа очиқ бўпкетмадимикин?)
ЎЗИНГИЗ ИСТАГАНДАН ҲАМ БАХТЛИРОҚ БЎЛИНГ!
|
|
| |
Hushroy | Сана: Чоршанба, 14-Мар-2012, 10:06 | Изох # 280 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 48
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 951
Холати: Хозир йўқ
| Ванихоят давомини ёзибсизде))
|
|
| |
Loading | Сана: Чоршанба, 14-Мар-2012, 10:58 | Изох # 281 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Go'zal qizning ko'zida yoshlari.
Giyos siz aynan qaysi qismidan ko'proq tasir kuttiz bilmadim. Manga Aziz do'stimni yetimlikda o'sib endi farzandsizlik haqida gapirgani tasir qildi. Alla aytganda juda ko'q hotiralar ko'z oldimga keldi. Bittada 2ta qism qo'ydiz lekin baribir yana yana davomini o'qigim kevotti.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Сана: Чоршанба, 14-Мар-2012, 12:07 | Изох # 282 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
| Davomini kutamiz. Boshqa gap yozolmadim
Omad
|
|
| |
Qoraqosh | Сана: Чоршанба, 14-Мар-2012, 16:10 | Изох # 283 |
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 19
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 478
Холати: Хозир йўқ
| Giyos ko'p kitob o'qiganiz bilinib turibdi ammo nimadir yetmayotganiga o'xshiydi.
|
|
| |
KomilEl | Сана: Чоршанба, 14-Мар-2012, 22:36 | Изох # 284 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 374
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 306
Холати: Хозир йўқ
| hikoyadagi holatlar men kutmagan tarafga ozgarib keti nimdair diyishni ham bilmayman yaxshisi davomini tezro yozing kutamiz
Hohlaganini sev hohlaganini yaxshi ko'r bir kun ajrashasan, hohlaganini qil hohlaganingday yasha bir kun barbir bu dunyoni tark etasan...
|
|
| |
Anv@rbek | Сана: Чоршанба, 14-Мар-2012, 22:44 | Изох # 285 |
Иштирокчи
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 128
Тақдирланишлар: 7
Хурмат даражаси: 1436
Холати: Хозир йўқ
| Giyos "MS"ni kitob holida Toshkent 11, Navoiy 69da kutaman
|
|
| |
Faxriddin | Сана: Чоршанба, 14-Мар-2012, 23:16 | Изох # 286 |
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 221
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 2290
Холати: Хозир йўқ
| Quote (Anv@rbek) Giyos "MS"ni kitob holida Toshkent 11, Navoiy 69da kutaman
Anvarbek, bluetooth ni yoqin, manda telefonimda bor o'tqazvoraman.
Болани ўзи ширин, ўзидан сўзи ширин...
|
|
| |
NOZI | Сана: Пайшанба, 15-Мар-2012, 23:54 | Изох # 287 |
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: ИЗОХЛАР МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 2808
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 1158
Холати: Хозир йўқ
| Ehh, har doimgidek eng qiziq joyida tugadi. Serialniyam kngi seriyasi ertasiga boladi, bunikini kngi seriyasi endi qachon?
|
|
| |
Faxriddin | Сана: Жума-муборак кун!, 16-Мар-2012, 00:15 | Изох # 288 |
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 221
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 2290
Холати: Хозир йўқ
| Tez kunda! dib yozibdilayu, kutamiz.
Болани ўзи ширин, ўзидан сўзи ширин...
|
|
| |
nusrat8182 | Сана: Жума-муборак кун!, 23-Мар-2012, 18:26 | Изох # 289 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 320
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 328
Холати: Хозир йўқ
| G'iyosbek ishlarga omad.
Kutmoq va umid qilmoq kerak...
|
|
| |
Al_Sayxuniy | Сана: Шанба, 24-Мар-2012, 16:21 | Изох # 290 |
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| 1-sayoz, 2- juda ham ochiq yoritilgan ba'zi voqealar. Ozgina qog'ozga o'rab yozsangiz yaxshiroq bo'ladi. Keyin davomini tezroq yozishga harakat qiling. Добавлено (24-Мар-2012, 15:21) --------------------------------------------- 1-sayoz, 2- juda ham ochiq yoritilgan ba'zi voqealar. Ozgina qog'ozga o'rab yozsangiz yaxshiroq bo'ladi. Keyin davomini tezroq yozishga harakat qiling.
|
|
| |
Sardorchik | Сана: Шанба, 24-Мар-2012, 16:35 | Изох # 291 |
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 54
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 130
Холати: Хозир йўқ
| davomini qachon eshitamza
|
|
| |
Faxriddin | Сана: Якшанба, 25-Мар-2012, 01:52 | Изох # 292 |
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 221
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 2290
Холати: Хозир йўқ
| G'iyos ilxom bilan qachon ko'rishasiz? Xamma kutvottiyu.
Iltimos, G'apporni faqat Lobarga uylantirmen. Xozir daraxtni silkitmasezam qizla yog'iladiyu.
Болани ўзи ширин, ўзидан сўзи ширин...
|
|
| |
Loading | Сана: Якшанба, 25-Мар-2012, 11:49 | Изох # 293 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Ochiqroq yozurin ruhsat!
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
Faxriddin | Сана: Якшанба, 25-Мар-2012, 12:28 | Изох # 294 |
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 221
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 2290
Холати: Хозир йўқ
| Giyos, Loading uchun maxsus versiyasini yozishiz kere -D
Болани ўзи ширин, ўзидан сўзи ширин...
|
|
| |
Giyos | Сана: Якшанба, 25-Мар-2012, 22:52 | Изох # 295 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 60 – qism.
(G’oppor hikoyasi)
Ishxonada xonamga bekinib o’tirsam, Anvaraka keb qoldilar. Hayolimdan shu odam ham farzandsiz yashavotiku, Aziz nega nolidi digan fikr o’tdi. Maslahat so’ramoqchidim, SIR ochilmasligi uchun indamadim. Ular mani oldimga muhim ish bilan kebdilar. Mani o’qishga chet elga yubormoqchikanlar. Shu sababli Ingliz tilini o’qitibdilar. 6 oyga o’qishga ketarkanman. To’g’risi hursand bo’ldim. Balki Aziz 6 oy ichida o’ziga keb qolar digan fikr hayolimdan o’tdi. Keyin 2 kundan keyin ketishimni bildim. Azizga indamadim. Ketishimdan oldin etaman. U nima diyrkin. Albatta yig’i sig’i qiladi. Aldading diydi. Nu chto keyinchi. 6 oydan keyin qaytib kelaman. Yana etadi. Keyin nima qilaman. Boshqa yo’l yo’q. Boshqa ilojni topish kerak. Mayli 6 oydan keyin bir gap bo’lar. Uydigilarga borib etiy. Hali ketishimni hich kim bilmidi. Aziz eshitsa eshitar. 6 oy nimani o’zgartirardi. Chet elga o’qishga... ushatda qolib ketsamchi? Uzoqroq vaqtga qob ketsam. Nima qilarkin? Azizga bergan va’damchi?.... Nima bo’lsa bo’ldi. Usha paytda va’da qilganman, bajaraman! O’zi etvotiyu. Ko’nikaman. Va’dani bajarishim kerak, unga yordam berishim kerak. Qutilishimni bitta yo’li bor. Aziza rozi bo’lmasligi. Ishqilib Aziza rozi bo’lmasinde. O’zim u bilan gaplashib, ko’nma disamchi.... lekin Aziz unga etgan bo’lsa, u rozi bo’lgan bo’lsa, keyin mani norozikan dib Azizga etsa. Aziz hafa bo’ladi. Bir paytlar do’stim uchun jonimni ham berishga tayyor edim. Nima bo’lsa bo’ldi.... Ertalab Aziz uyimga chiqdi. “Hammasi tayyor, Azizani ko’ndirdim. Bittada ko’nmadi albatta. Qisqasi ko’ndirdim. 1 haftadan keyin nikohdan o’tasizlar. Domla tayyor. Guvohlar ham tayyor. Faqat san tayyor bo’sen bo’ldi” didi. Man unga tayyorman, faqat chet elga o’qigani 6 oyga ketvotganimni, bugun ketishimni, rejasini 6 oyga surib turishini etdim. U joyida qotdi. Nima diyishini bilmiy qoldi. Man bozorga borib kelishim kerak dib uydan chiqib ketdim. Ketishim uchun bozorga tushib narsalar olishim kerak endi... Bozorga tushdim. 1 soatcha aylandim. Kerakli narsalarni sotib oldim. Aylandim. Yaqinda shu bozorlarni sog’inamanu dib kechgacha aylandim. Azizni problemasidan 6 oy uzoqlashbotganim uchun rosa hursandidim. Chekkaroqdagi oshxonaga borib ovqatlangani o’tirdim. 3 minitlardan keyin orqamdan kimdir “G’oppor aka, O’zizmisiz” dib qoldi. O’g’rilib qaradim. Zokir ekan. U bilan so’rashdim. Nimaga kegani so’radim: - Xo’sh Zokirboy qaysi shomollar, ne sabablar qilib bu tomonlarga uchurdi. Nahotki hali ham sevgi shabadasi sizni atrofingizda girdi kapalak bo’lib uchayotir. Sizni alpbarvasta qomatingiz hali ham mahbubangizni rom aylamadimi? (To’gda yurganimda u bilan shunaqa ko’p hazillashib turardim. Usha esimga tushib ketdi.) - G’opporboy. Biz tomonlarda hozir shamollar juda katta kuch birla uchmoqda erur, lek meni uchradirg’on shamol alaqachon yo’q bo’lg’ay, ul shamol dengiz tubidadur. O’zgani shamonli tasirida sizni huzuringiz poyidadurmen. (Uniyam esidan chiqmabdi.) - Boplisande ukam. Hamma so’g omonmi. Tabib... (Hayolimdan nimalardir zudlik bilan yugurib o’tib ketdi. Orqaga hayolni sekin qaytardim. Tabib... + Aziz = Davo = G’oppor ozod = G’opporga problema yo’q. Yaahooo) bobo yuribdilarmi? - Ha. Yuribdilar. Yahshilar. Hozir shu yerdalar. Birga keldik. Bitta mijoz qo’yarga qo’ymay olib keldi. Keyin bozor aylangani tushdik. Man oldin kelganim uchun birga kelishni taklif qildilar. Yo’q demadim. Mana sizni ko’rdim. Raqamingiz o’chib ketgandi. - Nahotli ularni bu yoqga olib kelishga ko’ndira olishdi? - Ha. Amallashdi. Ko’pchilik bemorlar borakan. Shu sababli yo’q deya olmadilar. - Malades lekin. Hozir qattalar? (Juda ham hursand bo’b ketvomman. Agar Azizni tuzata olaman disalar boru. Man bahtiyoritomande. Boshqa hich narsa kerakmas.) - Hozirmi? Hov anavi do’konga kirib ketgandilar. Ana chiqib qoldilar o’zlari ham.
Tabib bobo chiqib keldilar. Hali ham usha ushalar. Mani bittada tanidilar. Uchrashishimizni ham bilibdilar. Keyin problemani etdim. Shunaqa muamo didim. Bo’bdi. Chaqir didilar. Man Azizga telefon qilib Tabib joylashgan uyni adresiga kelishni etdim. U 30 minutda yetib keldi. Tabib bobo ko’rdilar. Ushab.... bir narsalar qilib. Man ko’rmadim. Keyin chiqib umid bor didilar. 3 oy davolanadi didilar. Aziz manga qaradi. Keyin boboga. Keyin boshini ha dib qimirlatdi. Man kechki payt samalyotga chiqib ketdim. 6 oyga ona yurtim bilan xayrlashdim. Balki ko’rishguncha degandirman.
Davomi yaqin kunda! © Giyos@mail.ru
Sog' salomatlik...
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Сана: Якшанба, 25-Мар-2012, 23:16 | Изох # 296 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
| Tabib najot farishtasiga aylanarkanda. Qoil Giyosiddin. Kutamiz davomini
Omad
|
|
| |
Bоnu | Сана: Якшанба, 25-Мар-2012, 23:21 | Изох # 297 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 3
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 389
Холати: Хозир йўқ
| Демак умид бор. КУТАМИЗ.
ЎЗИНГИЗ ИСТАГАНДАН ҲАМ БАХТЛИРОҚ БЎЛИНГ!
|
|
| |
bek88 | Сана: Душанба, 26-Мар-2012, 07:20 | Изох # 298 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
| G'iyos davomini tezroq yozing.
Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
|
|
| |
Loading | Сана: Душанба, 26-Мар-2012, 22:23 | Изох # 299 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| G'iyos ahir iloji yo'qligi haqida etkanidizku?
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
Faxriddin | Сана: Душанба, 26-Мар-2012, 22:44 | Изох # 300 |
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 221
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 2290
Холати: Хозир йўқ
| "Anvaraka keb qoldilar" digan joyida darrov ko'z oldimga Anv@r ni fleshka keldi. Hozi reklama bo'ladi dib o'ylavotudim, unaqa bo'madi.
Xamma dardni shifosi bor diyishadi, demak Azizniyam tuzatishga umid bor. Bo'larkanu yaxshi xabarlayam )))
Болани ўзи ширин, ўзидан сўзи ширин...
|
|
| |