Xozirgi zamon so'zlashuvi disayam bo'ladi bu gaplani. To'g'ri bu juda prikol ya'ni kulguli lekin bu ketishda o'zbek tilini haqiqiy ma'noli so'zlashuvini unutvorishadi odamla... Hamma joyda PRIKOL bo'p ketadi
YUQORIDA TAKIDLAGAN JUMLALARINGIZ JARGONLARKU MANIMCHA JARGONLAR O`Z O`ZIDAN O`ZGARIB YANGILANIB TURADI MASALAN indeys, avatar SINGARI. SIZ CSO`KINISH SO`ZLAR TO`G`RISIDA ETING. XAR QADAMDA ESHITAS.
Ey shu "özini omagin" digan söz bu bolla ishlatadigan söz, özi nima divotganini bilmiydi, san bn gaplashgim kemayauotgan bösa bu özimmi olishmasku, gaplashuradimi har hil chmola bn? Haligi gapchi, " muncha osmonda bömasen"? Endi uzr, man osmondamas san oyo tegida öralashib yurobsan, disezde
Bu kassalik,faqat o'zbeklarga tegishli e'mas, hamma millatni yoshlariga tekkan kasal, britaniya ko'chalaridagi yoshlarni ingliz tilisi kitobdagidan er b-n osmoncha farq qiladi. Hafa bo'lishga o'rin yo'q. 21asr yoshlari.
Dilnozaxon mingbor uzr söriman sizdan, lekin bu maqola xaqiqatni körsatib bervotgan vaqtida biza kulmasdan, wu sözlani mantiqsizlawib borvotganiga man hissa qöwip qöymayapmi deb öylap qöyiwimiz k.k deb öylardim. Sayyod yaxwi mavzuni olib 4iqipsiz. Hammamiz tög'ri xulasa 4iqariwimizni Allohim nasib qilsin.
kelin men xayotda qanaqa bo'sam shuni yozaman o'zimni aqlli ko'rsatmiman. to'g'ri chiroyli emas albatta. Lekin eshtganimda kulgim keladi. Keyin iltimos OLLOHNI tinch qo'yiylar. U tilda emas YURAKDA BO'LISHI KERAK. Aytdimku menga fikr bildirmaylar. Menga odamlar nima o'ylayatgani qiziq emas. Sayyod to'g'ri aytayabdilar. Men qanaqa fikrim bo'sa shuni yozdim. Bu yoqolmaydi. Xar saxifada menga gapirishayabdimi? bu yanayam kulgili)) Sayyodni yozganlariga fikr bildiriylar menga ishlaring bo'masin. Menga kerak emas.
Xazil xazil bilan fo'rumda xuddi shu savol bilan murojat qilganimda. Millatchilik qivossan dib to'polon bo'lgandi. Mana adolat nishoniga tutilibti bu mavzu. Raxmat.
soleykum,digan gapimizayam bor,vayy nima divos!bundanam qichqindiruu gapla bor-uuuuuuu,,,sindimdee gaplarezga MANA MASHINAQA GAPLARIMIZA AJOYIB,TOG'RI BIR TARAFDAN GAPLARIMIZA YINGILASHVOTTI
Хар бир замонда буладиган ходиса, бу билан узбек адабий тили бузилиб колмайди. Авлодларга колдириш масаласига келсак, узимизда булмаса, уларга нимани колдирамиз. Бу 50 йил олдин хам булган. Бекорга тилшуносликда АДАБИЙ ТИЛ алохида мавзу эмас. Хаттоки, Навоий даврларида хам узига яраша арго, жаргонлар ишлатилган. Халк достонларини укисангиз, диалоглардаги айрим сузлардан уялиб кетасиз. Бу сузларни факатгина маданиятли, фаросатлилар ишлатмайди. Афсуски, хамма маданиятли эмас.
lekin juda kulgili o'zimiz gapirib yurgan gaplani chetdan tanqid tegida eshitish yana boshqa gapla bor: adnoda bormisan? kilas bosvor afsujdeniega, drujit yubor. rus tilini o'ldirgan bazi birovlani ustidan rosa qotamande!
Boshqalarni bilmadimu, ammo men hech qachon adabiy til normalaridan tashqariga chiqqan emasman. Bu bilan nima demoqchiman, madaniyatli, o'qimishli, ziyo inson hech qachon o'z nutqida jargon, ko'cha so'zlari yoki boshqa til so'zlarini qo'shib gapirmaydi. Ruscha so'zlarni qo'shib gapiradiganlarga doim aytaman, sen menga sof rus tilida gapir men ham senga sof rus tilida javob beraman, bunaqa o'zicha oliftalar na o'zining tilini biladi, na boshqaning. Gohida o'quvchilarning qoldirgan izohlarini o'qiyman deb tilim sinib ketishiga sal qoladi, o'ylab qolaman, men o'zbek tilini bilamanmi o'zi yoki yo'qmi deb. Bir turk yigiti bilan gaplashgan edim, o'z ona tilida shunaqangi sof holatda gapirdi, men uyalib ketdim o'zimizni yoshlarning "alaki-salak" gaplarni gapirishlarini eslab. To'g'ri shevada adabiy tilda uchramaydigan so'zlar juda ko'p, lekin bu degani yozayotganda ham shunday yozish kerak degani emasda. Hurmatli yoshlar, Toshkentlikmisiz, vohalikmisiz, vodiylikmisiz, shaharlikmisiz, qishloqdanmisiz, bundan qat'iy nazar ozgina bo'lsa ham ona tilingizga hurmat bilan qarang!!!
"Qahvahonada davom etamiz" - degan so'zni ishlatyapti Lola Eltayeva yangi ko'rsatuvda. Tanqidchi: "Qahva" o'zbeklarning ichimligi emas, milliylikka borib "choyxona" desa bo'lmasmikin, odatlarimizni unitishyapti bular - deb nolib qoldi. Ota bobolaringiz qachon choy etishtirgan? Ammo sigir boqib qatiq, sut, ayron kabi ichimliklarni suyib iste'mol qilishgan. Endi tasavvur eting: Lola Eltayeva: "Ayronxonada suhbatimizni davom etamiz" - deyapti. Hatto shundayam gap topa oladi bu bekorchilar.
Диққат:Ёзиб қолдирилган изох дарров сайтга чиқмайди. Хар бир изох узоғи билан 24 соат ичида текширувдан ўтади. Мабодо бу вақт ўтгач хам сайтда изохингиз чиқмаган бўлса унда чиқарилмаганлик сабаблари қўйидагича бўлиши мумкин:
Сайтимизда сўкиниш, хақорот, камситиш, мазах қилиш, салбий ва диний тарғибот, махалийчилик, миллатчилик, реклама ва қадр қимматни ерга ургувчи АЛОМАТЛАРИ БОР изохлар сайтга чиқмасданоқ ЎЧИРИЛАДИ!
Шунингдек миш-миш бўлиб кетишига сабабчи бўлгувчи тасдиқланмаган маълумотлар, тасдиқланмаган гап-сўзлар хам изохлардан ўчирилиши мумкин!
-Қолдирилаётган изох ўша мақоладан ташқаридаги мавзуда бўлса хам ўчирилиши мумкин.