Жума овози-14: Мозоратерапия! Din
Жума овози-14: Мозоратерапия!

Ёқдими?

Бошқаларга хам кўрсатинг:

Эх Сайёд, тегмаганинг шу мозор бўлдими энди. Куляпсанми деб бу мақолага кирганларнинг 90 фоизини ғазабини ушлаб туришни сўрардим.

Оддий ёрдам мақоласи холос.

Ўқиб бўлгач унинг дархақиқат ижобий нафини сезсангиз, демак ширк келтирмабман.

Ахир хаётда барча нарса НОМИ билан эмас, нияти билан ўлчанур. Вахоланки натижасига хам ўзим жавобгар.

 

Кўпинча мошинада мозор олдидан ўтар эканман, негадир шу ерга кириб бироз айланиб, ўтириб кейин чиқиб кетишни истайман. Бу хол  менда кўпроқ хаёт ташвишлари қийнаб юборган пайтлари кўпроқ кузатилади.

Рости хам бунинг ўзгача бир давоси бор экан. Инсон танаси каби рухияти хам тез-тез зарарланиб туради.

Танда шамоллаш бўлгани каби, рухда хаволаниш хам бўлади.

Мана шундай пайтда вужудингизни дори билан, ким гиёхлар ёрдамида даволайди, ким эса ўтиб кетишини кутади.

Рухиятимизни хам даволовчи турфа йўлллари бўлгани билан,   кўпроқ шу вақт ўтишига ишонамиз. Лекин шу вақт ўтиши учун хам вақт керакку. Тана касалини вақтга ишониб ўтказсанг асорати ўша касалига қараб ёмонлашаверади. Рухиятда хам худди шундай.

Вахоланки ўша намоз, дуо деган нарсалар билан бир қаторда, муқобил турлари хам бор.

 

Севгидан куйганмисиз, мансабга интилиш, бойликдан айро қолдингизми, рости бир мозорга бориб 10-15 дақиқа айланиб кўринг. Майли зиёрат ўз йўлига, мен даъват қилаётган жойим йўқ, шунчаки бориб айланиб чиқинг, натижасини кўрасиз.

Ана ўша ердагина қадр-қиммат тушунчаларини фарқлаб, таққослаб хаётингиз қай йўлда, қайси қадриятларга интилиш билан вақтни ўтказаётганини тушуниб етасиз.

У ерга ўша куйган мухаббатингиз билан хам,  интилаётган мансабингиз билан хам, куйиб қолаётган молингиз билан хам келмаслигингизни фақат ўша ердагина хис қила оласиз.

Қараб турсангиз хеч бир гўр данғиллама участкадан иборат эмас, хеч бир лахаддан кўчага қўйиб кирган ласеттийингиз кўриниб тургани хам йўқ.

Билмадим тушунтира оляпманми йўқми, ниятим бу дуне  тартиблари, ундаги манфаат ва бошқа нарсалардан совитиш эмас. Лекин унга мухаббат қўйиш  хам эмас аслида!

Инсонни маънавий ғарибликдан асрасин экан. Минг бой бўлинг, хамма нарсангиз бўлсину лекин оғзингизни очсангиз маънавий "хиди”дан пашшалар ёпириладиган бўлса нима кераги бор яшашни? Шунчаки кимнингдир фойдали ўрнини эгаллаб, атмосферани ортиқча булғаб туриш холос.

Қанчадан қанча буюк инсонлар фақир бўлгани билан хануз хурматда. Чунки уларга бойликни кераги бўлмаган. Асрлар оша ўз бойлигини гўрига орқалаб эмас, тарихга мухрлаб кетган. Бу дунёдаги интилиб орттираётганингизни тарихга мухрлаб кўрингчи. Қай бир тарихга Мальдив оролларига бориб ўйнаб келганингизу, кўчадаги фалончи хайдаган мерседеси  кираркин?

 

Хаётда терапия сўзи бир қанча нарсаларга уланиб бормоқда. Аввал тиббиётда кенг қўлланиладиган нарса бора-бора ароматерапия, фитотерапия яна нимадиртерапия...

 Хар куни кимдир қаергадир шошади, хаммамизнинг хаёлимизда турфа хил муаммолар ва барининг тубида ўша қорин муаммоси, кийим илинжи, бойлик орзуси, мухаббат нафси ва хоказолар бўлиши аниқ.

Нима хам қилардик ахир бу дунёга келишимизни ўзимиз хал қилмаганмиз, яшаш керак дерсиз.

Тўғри.

Лекин мана шу нарсаларнинг чегараси, онгли мувозанат йўқотиш ва  рухиятдаги хаволаниш касаллигига чалинганда оддий мозоратерапияни тавсия қиламан.

 

Психологни хам кераги йўқ. Шунчаки бориб бироз вақтингизни ўтказинг.

У инкор этиб бўлмас бўлган хақ жой!

Ахир кунига қанчадан-қанча ёлғон йўлларни босиб ўтиб, қанчадан-қанча ёлғон манзилларга интиламиз...


Саййид-ул айём муборак ахли мусулмон!


Sayyod.

22-Апр-2011 04:56
Бўлим: Din | Чоп этди: Sayyod | Тег : Juma ovozi
ТЕГИШЛИ МАВЗУЛАРДА:

1 sardor   (22-Апр-2011 08:15)
haqiqat yahshi maslahat kotta rahmat umrig ziyoda bulsin

2 Mda   (22-Апр-2011 08:15)
"Кўпинча мошинада мозор олдидан ўтар эканман, негадир шу ерга кириб бироз айланиб, ўтириб кейин чиқиб кетишни истайман." Man shu gapingizga 100% qoshilaman chunki o'zimda ko'p bo'ladi bu xolat lekin qizbola boganim uchun bitta o'zim ming yoru bo'sayam mozorga kirishga qo'rqaman,mozorni yonida nechi martda ozim tushib qolib turib turib ichiga kirmasdan qaytib ketkan paytlarimam bogan, lekin okalarim opalarim bn borsam qanaqadur bilmadim gap bn chuntrib beromiman...LEkin bitta narsani bilaman mozorga kirsam buttun muamoladan yaxshi yomon xayoladan chetta bolaman, yozgan odamni gapida jon bor!!!!!

3 Candy_girl   (22-Апр-2011 08:47)
Sardoraka, krassivo i verno skazano..

4 Milashka   (22-Апр-2011 08:52)
manam nimadandir ezilsam qabrga borardim lekin ayol kishi qabrga borishi mumkinmas deyishadi siz etmoqchi odam u erda uzini erkin qushdek tutadi dunyo tashvishlarini unitadi hayotda hech narsa abadiy emasligini tushunadi.DUNYODA ULIMDAN BOSHQASI YOLGON.

12 QALQON   (22-Апр-2011 15:35)
Albatta borishiz mumkin, ammo mozorga borish tartib qoidalarini bilib osez foydadan xoli bo'lmaydi! Ayol kishi erkak kishi bilan birga mozor ostonasidan o'tishi mumkin emas, boshda romol, yopiq kiyim, taxorat va ixlos bo'lsa bas.

5 Sabina   (22-Апр-2011 10:17)
кани эди шунака тасиротларни купрок ташкил килсангиз хамма инсонлар иккинчи киёфага киришмаса тушинган фикирларини ёлгонга мансабга пулга сотишмаса инсофлари келармиди

6 Kamola   (22-Апр-2011 10:30)
Har doimgide birinchisiz Sayyod. Insonlarni ichidagini topasiz. Psihologsiz. Rahmat katta.

7 Frank   (22-Апр-2011 11:19)
JUDA TO'G'RI BU FIKRNI VA NIHOYAT SIZDAN HAM ESHITDIM, BIR QANCHA INSONLARDAN ESHITGANDIM, BU HAQIQAT, HAYOTDA FAQAT NOM QOLADI, BOYLIK, MOL DUNYO HAMMASI BIR PUL!

8 oddiy inson   (22-Апр-2011 11:55)
Internetdan qiziq she'r topib oldim.Kimgadur yoqar, kimdir hulosa chiqarar degan maqsadda shu erga ham o'sha sherni quymoqchiman.

ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_

Buxoriy maqbarasi qoshida.

Samarqandga bordim, qo'yib bir ixlos,
Safar azobiga qilib ming toqat.
Mening bir niyatim bor edi xolos,
Buxoriy bobomni qilmoq ziyorat.

Bordim-u, hayratning qoldim ostida,
Bu qabr bir paytlar ediku g'arib,
Bugun muhaddisning qabri ustida,
Kimdir farzand so'rar unga yolvorib.

Sal nari yuraman boshqa bir odam,
Qabrga ko'z surtar hech ham hadiksiz,
Buxoriy aniq bu holni ko'rgan dam,
Uni mushrik deya atardi shaksiz.

Biroz nariroqda cho'mib hayolga,
Bir ayol qabrni aylardi tavof,
Buxoriy kim o'zi degan savolga,
Bular berolarmi biror bir javob?

Alam qildi menga, alamki juda,
Go'yo toza suvdan chiqqandek chirklar.
Endi buxoriyni topganimizda,
Uning qabri uzra avjida shirklar.

Uzoq moziylarga safar qiliblar,
Nimadir ko'zimga ko'ringan bo'ldi.
Bugun bu ishlarni qilayotgan avom
Buxoriyni yurtdan quvg'inlar qildi.

Buxoriyni sotgan shularmasmi, deb,
Mushrik qavmga bir tashladim nazar.
Qabrni ziyorat qilishga kelib,
Tashrifdan ilk bora qilgandim hazar.

Yo, Rabbiy, bu ne hol dedimu qaytdim,
Ko'nglim ko'tarolmay qoldi bu hisni,
Uyga keldimu, so'ng qo'limga oldim,
Buxoriy rivoyat qlgan hadisni.

Buxoriy haqiqiy avliyo ekan,
U zot payg'ambardan bo'lmishlar voiz:
Ziyoratni agar qasd qilmoq bo'lsang,
Faqat uchta joyga bormog'ing joiz.

Muqaddas Makkayu, Madina, hamda,
Quddusdagi masjid - ziyorat qilsang.
Boshqa biron maskan, biron bir o'lka,
Qasd qilib safarga arzimas bilsang".

Mana shu hadisni o'qib ming diqqat,
Izladim o'zimning holimga chora,
Hatto Buxoriyning qabrin ziyorat,
Qilmoq lozim ekan, hadisga ko'ra.

Bas, endi har ishni hadisga solib,
Hadis asosida hayot quramiz.
Alloh rozi bo'lsin Imom Buxoriy,
Sizni Alloh uchun yahshi ko'ramiz.


9 Samandar   (22-Апр-2011 12:26)
Maladets yozganlarizga 100% qo'shilaman. Qabristonga borib turish haqida hadis ham bor.

10 sevda   (22-Апр-2011 13:52)
juma ayyom muborak ahli musulmon birodarlarga! sayyod aka sizga ham tashakkur alloh rozi bo'lsin

11 Dilnoza   (22-Апр-2011 14:36)
Voyyyyyyyyy bormisilar odamlar men o'zimni bitta shunaqa deb yurardim Payg'ambarimiz (s.a.)aytganlar ikki xolatda mozorga borish mumkin o'zligingni unutib kekkayib ketganingda va qiyin axvolda bo'lsang qayerga bormay ko'pincha yolg'iz borgim keladi mozorga yolg'iz qo'rqaman rosti o'liklardan emas tiriklardan rostan xam miyyadagi alg'ov dalg'ovliklarni zo'r tozalaydi va xamma narsani meyorida qilishni o'rgatadi skunat olamidagi xamma insonlarni OLLOH raxmatiga olsin.
Sayyod raxmat zo'r mavzu

13 QALQON   (22-Апр-2011 15:36)
Toshkentda yurgan kezlarimda man ham borib turaman. Baribir inson qaerdan kelib qayoqqa ketishini o'sha erga borganida, u yerda yotgan kazo-kazolarni qabrlarini ko'rganidan keyingina tushunib etarkan.

14 AnGeLochKi   (22-Апр-2011 16:06)
Sizga xam muborak SAYYID-UL AYYOM va barchaga muborak bo'lsin E'tiqodiz bundanda mustaxkam bo'lsin raxmat, Allohim rozi bo'lsin barchadan xam ...

15 dilfuza   (22-Апр-2011 16:09)
езганларингиз хаммаси хакикат,лекин аел кишини мозорга бориши ислом динида мумкин эмас экан,шунинг учун бундай холатда /мендан хам батар одамлар борку/ дея оламан,бошимга хар-хил ташвишлар тушганда /кимдир бугун онасини кумди,кимдир фарзандидан жудо булди,дунеда канча бола спид еки бошка хасталикка чалинган/ деб узимни ташвишларим кузимга куринмайди.

16 dilfuza   (22-Апр-2011 16:10)
яна жума овозига кайтганингиздан жуда хурсандман.

17 8791   (22-Апр-2011 16:31)
bilmadim, bu haqiqatdanam qizlarga mumkin bo'lmasa kerak..shu uchun bormaganman, lekin dunyoni qaysi tarafiga qarasam ham, mo'jizani guvoxi bo'laman, hamma narsani xudo yaratgan, hattoki osmondagi bulutlarga qarasam ham, siz o'sha mozorda his qilgan narsani his qilaman, yoki yomg'ir yoqqandami.. Olloh buyukdir. qancha yillardan beri odamlar tug'ulib o'ladi, balkim har bir bosgan qadamimizda kimdir o'lgandir, yana kim biladi, yerni tepma, asta bos qadam, yetar uning chekkan ozori deyishgan... Shunday tinch sokin turib, o'lim haqida, shu dunyo haqida o'ylab turganda, kimdir bir biriga qattiqroq gapirsa ham, odamlar bir biriga qo'pol, vaxshiy bo'lib ketganday tuyuladi, lekin ba'zan o'zimiz ham o'shalardan ming marta oshib ketganimizni o'ylashimiz kerak. Vaqt borida,

18 Dilnoza   (22-Апр-2011 21:17)
Men xozir ketvoraydiganga o'xshayapman voy yuragim siqilib ketdi

19 zak   (22-Апр-2011 21:36)
Odamni turli xil o'yga soladigan she'r.
She'rni ohirigacha o'qishni iltimos qilgan bo'lardim..

Mehmon bo'ldi tushimda onam
Ko'zlarida tashvish iztirob,
Hayolida ming bir savollar
Yuzlarida ming bitta azob
Boshim uzra bo'lib ovora
Ming dard bo'lib farovush
Atrofimda bo'lib parvona
Savol bilan boqadi homush
Oh sochlari hiyol to'zg'igan
Qadoq qo'llar boshim silaydi
Ko'zlarimga tik boqib zimdan
Savoliga javob so'raydi
Eshitilar yurak urishi
So'zlarida mungli hayajon
O'glim gapir bu qandoq xolat
Nima bo'ldi senga bolajon
Aytgin bolam gunohing nima
To'rt devorga mahkumsan nechun
Bu qandayin temir panjara
Temir eshik nahot sen uchun
Aytgin o'g'lim yashirma mendan
Nahot qo'ling qonga botgandir
Kutmagandim yomonlik sendan
O'g'rilikka ko'ngling yotgandur
yo kimningdur toptam nomusi
Tushirdingmi sha'nimizga dog'
Yo unutib bergan oq sutib
Ruhimizga qo'ydingmi oyoq
Balki bo'lib sen shuhratparast
O'zgalarni qildingmi behurmat
Ko'chalarda yurib mast alast
Padaringga keltirding lan'at
Ko'z ochaman yo'qdur madorim
Atrofimda tanish manzara
Temir eshik darchasi bilan
Yana usha temir panjara
Tong shu'lasi tuynuk ortidan
Ko'rinadi misli kapalak
Vo ajabo yostig'im uzra
Qo'nib turar mitti kapalak
Ey tabiat lolman sehringga
Buncha sirli bo'lmasang dunyo
Tushimdagi onam so'zlarin
Shu kapalak aytgandek go'yo
Onam ruhi bezovta bo'lib
Uchib kelmish kapalak timsol
Boshim uzra ohista qo'nib
Qayta qayta beradi savol
Onajonim! meni kechiring!
Ruhingizni bezovta qildim
Qora kunlar tushib boshimga
Yana bir bor qadringiz bildim
Onajonim meni kechiring
Yaxshi kunlar yodga olmadim
Qabringizni qo'yib sag'ana
Lekin o'zim tez-tez bormadim
Pok tutdim men sha'ningiz ammo
Zarracha dog' tushirganim yo'q
Otam bilan sizning nomingiz
Yuragimdan o'chirganim yo'q
Yuragim ham toza ko'nglim ham toza
Qotillikdan yiroqdir yo'lim
Onajonim, onajonim o'g'ri emasman
O'g'rillikka bormaydi qo'lim
Bo'lganim yo'q men shuhratparast
O'zgalarni kamsitganim yo'q
Duo oldim umrimda faqat
Ammo lan'at keltirganim yo'q!
Aybim shuki do'st deb barchani
Quvonchimga sherik qilganman
Sinab ko'rmay dardimni aytib
Dushmanimni do'st deb bilganman
Aybim shuki rost gapirganman
Do'stimga ham dushmanimga ham
Sherik bo'ldim o'zga dardiga
O'z dardimga topmadim malham
Aybim shuki bo'yin egmadim
Vijdonimni qo'yib garovga.
Mag'rur yashab qaram bo'lmadim
Sohta obro' istab birovga
Aybim shuki boylik yig'madim
Farzandimni dedim tillodan
Yomonlikka yaxshilik qildim
Kulfatimni ko'rdim xudodan
So'zlarimni tushunib go'yo
Panjaraga uchdi kapalak
Onam ruhin taratib ro'yo
Qayta ato etganda yurak
Onam ruhi qayta kuch berdi
Orzu, umid berdi yurakka
O'g'lim! ozod bo'lasan dedi
Intil dedi orzu tilakka
Mehmon bo'ldi tushimda onam
Makonida u tinch yotardi
Qabri uzra bosh egib turdim
Ufqda esa quyosh botardi!


20 nice_life   (22-Апр-2011 21:56)
qoyil Sardor aka zo'r mavzu topibsiz. shu paytgacha manam bilmasdim ayol kishini mozorga bormasligini (manimcha bu bo'magan narsa)bir o'ylab ko'rin hudo saqlasin biror yaqin insoniz bu olamdan o'tib qosa, ulani qabrlarini ziyorat qilolmasangiz....

21 STUDENTKA   (22-Апр-2011 22:38)
Juma ayyomi muborak bo'lsin, Sayyod rahmat har doim ko'zimizni ochasiz..

22 sevda   (23-Апр-2011 01:16)
manim4a ham ayol kiwini mazorga boriwi taqiqlanmagan nima yaqinlarimizni hayitlada borib mazorini ziyorat qiliwni kim ham taqiqlay oladi bo'magan gap kegin qalqon sizni ham gapizga qo'wilmyman erke kiwi bn ayol kiwi baravar mazorga boromydi deganiz nimasi nima endi odam o'z yaqinlari bn turmuw o'rtogi bn borolmydimi mazorga bilmasdan turib o'zilacha fatvo bervurmela ho'p sayyodga o'hwab azgina o'qib bilib yozila i kegin begona erke bn boriwni nazarda tutgan bo'sez mazor konsert yokim kino zalimasku begonalar bn boradigan albatta yaqinlariz bn borasiz ziyorat qiliw un

23 bek88   (23-Апр-2011 06:24)
Sardor aka bu mavzuni zo'r olib chiqibsiz. O'qib turib sizga, sayitga xurmati yana oshdi. Yana shunaqa narsa yozib turing. RAXMAT. Dj.BEK.88

24 Firuza   (23-Апр-2011 11:13)
Mani bir juda yahshi domlam. ozinda yoq hursand bolsang ham, ozingni hammadan yomon his qilsang ham, mozorga bor, deganlar. Shunisi rost. Borar joyimiz shu. Iloyim oshatda yotishni ham Hudo nasib etsin.

25 Dilnoza   (23-Апр-2011 13:07)
Sher zo'r ekan xaqiqatan xam tushingda o'lgan odam xozirgi voqiyalardan xabari bo'ladi xafa bo'lsang chora xam aytadi yoki ovutadi oq kapalak rux deyishadi shu uchun bir kun yashaydi o'zini yaqinlarini ko'rishga keladi deyishadi yanayam OLLOH biladi

26 Dilnoza   (23-Апр-2011 13:13)
Bir tanishga shunday maslaxat berganimda menga aytmasa xam ko'zlaridan tushungandim jinnirog'mi deb o'ylaganini izidan g'alatisiz toba degandi mozorga borib turgim kegani g'alatiligimdan deb o'ylardim XUDOGA shukur boshqalaram bor ekan

27 MOHIRA   (23-Апр-2011 15:11)
haa...mozor va tashqi dunyo oraligi aslida bir qadam ham emas...lekin biz tiriklar unga juda balanddan qaraymiz...go'yo biz uchun bu dunyoni bog'lab quyganday.

28 Zuxraxon   (23-Апр-2011 16:56)
Raxmat Sardor aka sizga juda xam kereli mavzuni yozibsiz.

29 ASALIM   (23-Апр-2011 17:00)
Sardoraka juda yahshi yozibsiz lekin ayol kishi borishi man qilingan chunki ayol kishi mozorga borsa mayitlani ko'ziga yalang'och bo'lib ko'rinarkan BU QURONDA YOZILGAN lekin hammamizi boradigan manzilimiz bu mozor shuni unutmasligimiz kere.

31 Dilnoza   (24-Апр-2011 13:20)
Iyeeee toba bunisini eshtmagan ekanman Asaliiiiim mozorni oldidan o'tmaydigan qildizku qo'o'o'qib ketdim surprised

30 SHOHIDA   (23-Апр-2011 21:56)
KATTA RAXMAT 'SAYYOD'SIZLARGA.SARDOR JUDA ZO'R MAVZU.XAMMAMIZNI BORAR JOYIMIZ MOZORDA IKKI METR JOY.BU DUNYODAN OLIB KETADIGANIMIZ 40 METR SURP VA QILGAN AMALLARIMIZ.AMMO O'SHA BU DUNYOSI BILAN YASHAYOTGANLAR O'QIRMIKAN BU MAVZUNI?

32 KAMINA   (25-Апр-2011 18:09)
Sayyod yaxshi yozibsiz, juda tasirli iboralar, endi bunga amal qilish bandani o'ziga bog'liq. Bu yerda bir ikki insonlar yozishibdi, masalan QALQON degan inson. Agar bilmasanglar o'zlaringcha fatvo bermanglar, qabristonga erkak va ayol birga borib ziyorat qilsa bo'ladi, faqat avratni to'sgan holda tahorat bilan borish zarur.

33 Abdulaziz   (28-Апр-2011 05:03)
Bugun qabrdagilarni pushaymon qilayotgan narsalar ustida tiriklar qir-pichoq bo'lmoqdalar. Imom G'azzoliy.

34 Abdulaziz   (28-Апр-2011 05:18)
Mavlono Jaloliddin Rumiy uylarida yeydigan hech vaqo qolmaganini xabar bergan ayollaridan qayta-qayta so‘rayveribdilar:
-Hech narsa qolmadimi?
-Yo‘q.
-Og‘izga oladigan hech vaqo yo‘qmi?
-Yo‘q.
-Hech narsa-ya?
-Hech narsa...
-Rostdanmi?!
Xazrati Mavlono shodliklaridan yuzlari gul-gul yonib, qo‘llarini duoga ochdilar:
-Allohim, senga hamdu sanolar bo‘lsinki, uyim Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning xonadoniga o‘xshabdi.

35 Abdulaziz   (28-Апр-2011 05:19)
Dunyo yasangan, bezangan chiroyli bir kelinchak kabidir! U barchaga kulib boqadi, ammo hech kimga tegmaydi.
Dunyoning bu kayfiyatini anglagan buyuk zotlarimiz unga qiyo ham boqmay o‘tib ketaveribdilar.

36 Abdulaziz   (28-Апр-2011 05:20)
Saljuq sultonlaridan biri, mavlono Jaloliddin Rumiyni ziyorat qilib, gap asnosida saltanatlari orasidagi farqni so‘rabdi.
-Sening saltanating, to ko‘zing ochiq turgan muddatgacha davom etadi. Meniki esa ko‘zim yumilganidan keyin boshlanadi, - debdi mavlono.

37 Nozik7427   (30-Апр-2011 11:06)
Ha judayam yaxshi mavzu qabriston bu suz bizga ertamiz usha yer ekanligini anglatadi . Har safar qabristonga,mozorga borganimda vujudim muzlap hech narsaga na boylikka na urfda kiyinishga na mansabga inlishga ishtiyoqim buladi. Inson qabristondan chiqargan butun dunyodan sovuydi qizg'in hayotda tashvishi borligini unutadi. Odamlarga deging keladi "ey dustim qayoqqa shoshayapsan, nimaga yugurasan, nima uchun deging keladi Hm bu dunyo foniy ruhimiz yashaydigan dunyo dunyo abadiyatdir avvalimizdan oldin oxirimizi uylashimiz kirek.

38 Karoll   (11-Июн-2011 14:45)
Salom Sayyod. Anchadan beri saytingiz muxlisiman, lekin shu kungacha xabar qoldirishga jur'at etolmayotgandim. Nega shu maqoladan keyin to'xtab qoldingiz? Axir sizdan xali juda ko'p narsa umid qilayotgandim. Agar iloji bo'lsa shu JUM'A OVOZI ni yana davom ettiring. Iltimos, hali umidvormiz.

Исмингиз *:
Email(шартмас):
Код *:

Диққат: Ёзиб қолдирилган изох дарров сайтга чиқмайди. Хар бир изох узоғи билан 24 соат ичида текширувдан ўтади. Мабодо бу вақт ўтгач хам сайтда изохингиз чиқмаган бўлса унда чиқарилмаганлик сабаблари қўйидагича бўлиши мумкин: 

Сайтимизда сўкиниш, хақорот, камситиш, мазах қилиш, салбий ва диний тарғибот, махалийчилик, миллатчилик, реклама ва қадр қимматни ерга ургувчи АЛОМАТЛАРИ БОР изохлар сайтга чиқмасданоқ ЎЧИРИЛАДИ!

Шунингдек миш-миш бўлиб кетишига сабабчи бўлгувчи тасдиқланмаган маълумотлар, тасдиқланмаган гап-сўзлар хам изохлардан ўчирилиши мумкин!

-Қолдирилаётган изох ўша мақоладан ташқаридаги мавзуда бўлса хам ўчирилиши мумкин. 

(батафсил манбаа)

Изохлар модератори NOZI, Шахло Қодирова ва Бекзод

Реклом:)
 
Adolatsiz haqiqatlar [32]
Arhiv [0]
Baxs| Tanqid | Janjal [460]
BeshBet [20]
Din [77]
Duel [2]
Expresso [31]
FIKRiston [55]
Hit-Parad [42]
Ijara qo'shiqlar [25]
IJODiston [74]
IMPRO-TK [18]
Jonli ijro [4]
JuMaNjI [51]
JurYuldus [10]
Kaktusso [5]
Yoqimsiz ammo foydali suhbat
Kongil [0]
Kundalik-shou [13]
Realiti serial
Mashhur ko'targan mavzu [2]
MP3|Video [1010]
Muhlis Minbari [214]
Ovoznoma [6]
Luiza bilan
Premyera [11]
Prikol [100]
Paparacci-ppc [0]
Podstava [3]
Realiti shou [66]
Retro [7]
Sayyod-show [25]
Sport [17]
Shantaj [6]
Videoloyiha
Shunchaki qiziq [27]
Suhbat | Intervyu | Reportaj [582]
Tabriklar [168]
Taqdimot [46]
Hayriya| Akciya | Tadbir [238]
Turk shou-biz [16]
TV | Teatr, Kino.uz [121]
Yangiliklar [767]
Yulduzning qo'shnisi [4]
Mashhurlarning qo'shnilariga so'z
BIRINCHI-SHOU [5]
Radio Grand bilan
Кимлар:

Хозир шу ерда: 24
Мехмонлар: 24
Рўйхатдагилардан: 0