Monolog - Страница 37 - Форумистон
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Monolog
Nilufar_93Сана: Шанба, 15-Дек-2012, 21:07 | Изох # 901
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
Tog'a amal qilaman.tez-tez yozish o'z voqtida hozircha shude bori.ramkaga solishni o'rganarman Xudo hoxlasa biggrin

Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
 
SpecialOneСана: Якшанба, 16-Дек-2012, 02:42 | Изох # 902
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 167
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 29
Холати: Хозир йўқ
U qachonlardir örgangan oddiy qog'oz salfetkadan yasaladigan kichkina, chiroyli, oppoq lolalarni yasay boshladi. Hech kim tushunmadi kimga va nimaga! Odatda bunaqa gulni restoram, kafelarda tanishlarga yoki ofitsianka qizlarga ularning hursandchiligi uchun qoldirib ketishi uning odati edi. Ammo, hozir u dasturxon atrofida emasdi. Gullarni yasab bölgach velosipedni oldida, köchaga haydab chiqdi. Qolganlar ortidan hayron qarab qolishdi....
Bekatga borib, hayajondan töxtab qoldi. Nima deyishni, nima qilishni hayolidan ötqazgunicha avtobus kelib qoldi. Qiz esa ösha avtobusga ötirdi. U esa keyingi bekatgacha avtobus ketidan quvdi. Hayolida: - 'Yo hozir, yoki keyingi safargacha yana afsus va kutishlar' - derdi. Axir, birinchi marta sevganiga gul tutishi edi....
Keyingi bekatda töxtagan avtobus oldida velosipedini qoldirib, haydovchidan ikki daqiqa kutishini iltimos qildi va odamlar orasidan qizni topib, uning oldiga bordi va gullarni unga tutqazdi. Qiz: - 'Nega?' - deya oldi xolos. U: - 'Shunchaki'. Qiz gullarni olmadi, uyaldi. U: - 'Oling, bölmasa shuncha odam uyiga kech qoladi' - dedi. Qiz va butun avtobus kulib yubordi.... Qiz gullarni oldi.... U ortiga qaytdi va hayron qoldirib ketgan döstlariga bölgan voqeani aytib berdi. Hamma hayratdan va kinolardagidek ilk gul taqdimidan qarsak chalib uni olqishlashdi....
Axir, u muhabbatini öz qöllari bilan yasalgan gullar orqali ifodaladi, bu albatta, tahsinga loyiq edi! U baxtini boyligi evaziga emas, öz qöllari bilan qurishni boshladi....

(Muallif: Bekzod Xo'janazarov)

Добавлено (16-Дек-2012, 01:42)
---------------------------------------------
(P.S. Hikoyadagi xatolar uchun uzr....)

 
GiyosСана: Якшанба, 16-Дек-2012, 06:43 | Изох # 903
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Hikoya mavzusida yozishiz kerak edi. Kichkina hikoya uchun katta mavzu ochilmidi. Mavzu yopiq.


Yuqoridagi izoh, Oq lolalar mavzusidan ko'chirildi.


Sog' salomatlik...
 
SayyodСана: Душанба, 17-Дек-2012, 02:07 | Изох # 904
Рахбар
Гурух: РАХБАРИЯТ!
Изохлар: 1167
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
а манга ёқди...

Форумда бахс ва тортишув бўлиши оддий хол, лекин бу форум бир оиладек бўлиш ниятида очилганини унутмайлик!
 
SayyodСана: Душанба, 17-Дек-2012, 02:07 | Изох # 905
Рахбар
Гурух: РАХБАРИЯТ!
Изохлар: 1167
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
оқ ва беғубор мухаббат... асосийси оригинал ёндошув... прикольно))

Форумда бахс ва тортишув бўлиши оддий хол, лекин бу форум бир оиладек бўлиш ниятида очилганини унутмайлик!
 
LoadingСана: Душанба, 17-Дек-2012, 22:40 | Изох # 906
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Yozma ls forumdosh, eslama, ishin bo'masin. Manga ls yozguncha odnoda status yozganing yaxshi. Hich bo'lmasa bayram kuni "Tabrikliman" dib yozishga arzimadima? Yo'q endi kech yozma.
Kerakmas manga ls yozganing,
"sog'indik sizni" deb lag'mon osganing.

Qisqasi fo'rumdoshim sizga mushtoq kutar shaxsiy po'chta qutim.


Faqat 3 ta shart!
 
SayyodСана: Сешанба, 18-Дек-2012, 04:47 | Изох # 907
Рахбар
Гурух: РАХБАРИЯТ!
Изохлар: 1167
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
Quote (Loading)
Kerakmas manga ls yozganing,
"sog'indik sizni" deb lag'mon osganing.

увахахахахаха))


Форумда бахс ва тортишув бўлиши оддий хол, лекин бу форум бир оиладек бўлиш ниятида очилганини унутмайлик!
 
Zinnura_KСана: Сешанба, 18-Дек-2012, 09:40 | Изох # 908
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
biggrin Loading

erka farishta....(m)....
 
milawkaСана: Сешанба, 18-Дек-2012, 11:36 | Изох # 909
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 6
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 351
Холати: Хозир йўқ
Xasan dawwat v
 
LoadingСана: Сешанба, 18-Дек-2012, 15:01 | Изох # 910
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Kecha sendan ayirmoqchi bo'lishti. Bir yaxshi qiz topishkan emush? Shartlariga bitta shart qo'ydim. "Faqat seni deyman." Ular rozi, senchi?! Qaroringni ayt. Kutaman! Vaqt esa cheklangan.

Faqat 3 ta shart!
 
SpecialOneСана: Чоршанба, 19-Дек-2012, 00:21 | Изох # 911
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 167
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 29
Холати: Хозир йўқ
'Qordek oppoq beg'uborim' - deganlarim bor,
Qorga qarashga ham qörqaman endi....
Bugun, qor yog'di oppoq, qalin, mayin. Sog'inibman, sog'inchimdan közim namlandi. Xotiralarni qözg'agim kelmadi, shekilli, sovuqdandir deb özimni aldab qutuldim.... Tongda turib oppoq, beg'ubor qorni körib qalbim shodlandi, hursand böldim-u, lekin, sovuqqotdim, avvallari bunaqa bölmasdi, hozir esa, iliq mehring yetishmasdi.... Oyoqlarim ostida qorni toptab ketyapman-u, öz-özimdan uyaldim, yuzim qizardi, xuddi, hamma meni ayblayotgandek qadamimni tezlatdim, kechiriming sörardim.... Manzilimga yetguncha parcha-parcha qor raqsga tushar, öynardi, yuzim, qöllarimga qönardi, kulguchlarim körsatdim, kechirding deb öylardim....
Lahzalarga ulanib, kun ham botdi, kech tushdi, qordan qörqib, uyalib köchaga ham chiqmadim, beg'ubor qorni bosib, toptab ham ötolmadim....
Qorning ham özgacha, isi bor isming bilan, yoding bilan, qor erisin yerlardan, gul kötarib boraman, qabring boshida turib, har kun, qorni kutib qaytaman....
'Qordek oppoq beg'uborim' - deganlarim bor,
Qorga qarashga ham qörqaman endi....

Добавлено (18-Дек-2012, 23:21)
---------------------------------------------
Muallif: Bekzod Xo'janazarov.
P.S. Xato va kamchiliklar uchun oldindan uzr)) Oldindan moderatorlarga ham 'iltimosnoma' yozib qöymoqchiman: 'Shu tema öchirilmasin! Vaqt topib biror nimalar qoralab turarman, ishonamanki, öz muxlislarini topa oladi....'
Iltimos! Qatnashchilar, chatga aylantirmang! Hikoya, she'rlarni örni özgarib ketadi.... Fikrlar köp bölsa 'lichiko'(LS) da kutaman)))



Bu izoh o'zlari uchun ochilgan mavzudan ko'chirildi. Monolog va Hikoya mavzulari bor.Alohida mavzu ochish uchun o'z ijodizni shu yerda ko'rsating. Omad!


Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Giyos - Чоршанба, 19-Дек-2012, 01:09
 
Zinnura_KСана: Чоршанба, 19-Дек-2012, 00:26 | Изох # 912
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
p.S nega har bir user o'zi un alohida ''Ijod hona'' ochvovotti...? Manalog, Yurakdan oq qog'ozgacha va yana yetmasa Qalbdagi satrlar dg mavzulayam bor kuu....

erka farishta....(m)....
 
GiyosСана: Чоршанба, 19-Дек-2012, 00:30 | Изох # 913
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
(Bekzod, kechirasiz. O'zizni ijodizni oldindan ko'rsatmasdan turib, alohida tema ocha olmaysiz. Bunga ruhsat bersak hamma o'zi uchun ochib oladi. Oldin Hikoya, Monolog digan mavzularda o'zizni ko'rsating. Agar "muxlislar"iz ko'paysa, qayta ochamiz.)
Hozircha bu postingiz monologga ko'chiriladi.Iltomos kelasi safar maslahatlashing.


Sog' salomatlik...
 
DilraboСана: Чоршанба, 19-Дек-2012, 00:31 | Изох # 914
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Qaysar ammo, oqköngil ijodkor inson,ruhiyatingizda anchagina muammolar borga öxshaydiku.. .Muhammad Yusufning shaxsiga va ijodiga nisbatan qanday qaraysiz?

Nigohimda jamdir bu olam...
 
Zinnura_KСана: Чоршанба, 19-Дек-2012, 00:31 | Изох # 915
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
SpecialOne , ijodiz yahwi, lekin siz ham hamma qatori oddi user! Wunga ko'ra hamma un ochilgan mavzu ga yozsez yahwi bo'lardi... Dilrabo, Giyos. Loading ...bu userlar darajasiga yetiwiwin , ularchalik muxlis yeg'ing keyn yengi mavzu ocharsiz !

erka farishta....(m)....
 
DilraboСана: Чоршанба, 19-Дек-2012, 00:38 | Изох # 916
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Giyos,bir paytda yozibmizku.Menimcha,biroz erkinlik berish kerak,bu ijodkorga.Ular hozir "qaynayaptilar",ilitib tashlamaslik kerak.))

Nigohimda jamdir bu olam...
 
GiyosСана: Чоршанба, 19-Дек-2012, 00:59 | Изох # 917
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Quote (Dilrabo)
Giyos,bir paytda yozibmizku.Menimcha,biroz erkinlik berish kerak,bu ijodkorga.Ular hozir "qaynayaptilar",ilitib tashlamaslik kerak.))

Keng imkoniyat 3-4 talab mavzu. Ajralib chiqsinlar. Man ularga ishonaman) Albatta chiqadilar.



Vaqtlar o'tib sochimga oq oralaganda ham, sen yosh go'zalsan... Men kutdim seni bir bor qiyo boqishing. Bir bor sizdek sevaman deyishing. Holdan toyib, o'rnimdan tura olmasam ham, sen yurganingda ortingdan holsizlikdan qiynalib yeta olmasam ham, umidim so'nmas hech ham... Baribir kutaveraman seni, o'sha bir so'zing... Mayli qaramasang ham yonimdasan, mayli aytmasang ham sevishim bilasan. Bir narsa so'rayman sendan faqat, shular ketmasin men bilan armon bo'lib qabrga... Asta qarayman erinmay yonimga, sen hamon yoshsan, go'zalsan, men esa qari...

(rasm mualifi Loading)


Sog' salomatlik...
 
DilraboСана: Чоршанба, 19-Дек-2012, 01:11 | Изох # 918
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Qoyil,Giyos! Ijodingiz anchadan buyon bir maromda davom etayotgandek edi.Naq "portlash" bölibdi,bu monolog.Men ham hozir Dark qöygan qariya onaxon rasmiga qarab Yurakdan oq qog'ozgachada qisqagina monolog yozgandim.Demak bugungi monologlar mavzusi:QARIYALAR!)).Ijodingizga omad!

Nigohimda jamdir bu olam...
 
DilraboСана: Чоршанба, 19-Дек-2012, 01:22 | Изох # 919
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Maxsus birinchi ,bu ta'rif sizga tegishli.Tagidagi savol ham sizga!) Sizga yana qöshimcha savol:Shavkat Rahmonning ijodlariga qanday qaraysiz?

Nigohimda jamdir bu olam...
 
SpecialOneСана: Чоршанба, 19-Дек-2012, 01:35 | Изох # 920
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 167
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 29
Холати: Хозир йўқ
Xaxaxa)) xuddi mani tanigandek söradizku, Muhammad Yusufni juda köp she'rlarini öqiganman, man uchun yagona shoir u kishi, shaxsan, alkogolik diyiwsa ham, tuwunaman. Chunki, e'tiroz dgan joyga e'tiroz, taklif dgan joyga taklif yoza olmaganlarda))
Shavkat Rahmonning esa, she'r yozish uslublari özgacha, har xil, chiroyli, she'r faqat belgilangan qoidada yozilmaydiku, dard oqib keladi, boricha aytiladi, ösha she'riy qoidalaniyam kimdir yaratganku, manimcha Shavkat Rahmon ham shunaqa noyob odamlardan, afsuski u kishidan juda kam öqiganmanda, bömasa köp gap gapirardim))
 
DilraboСана: Чоршанба, 19-Дек-2012, 02:21 | Изох # 921
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Sizni tanimayman.Menga insonlarning shaxsi muhimmas.Doimo ijodkorning badiy ijodini kuzatib, ruhiyatini his qila olaman va ösha insonning ichki olamini özimcha kashf etib olaveraman.Ammo,hamma vaqt ham ösha insonning öziga aytavermayman.Siz hozir boshqa narsalarga chalg'imasdan faqat yozishingiz ya'ni ijod qilishingiz kerak.Ruhiyatingiz beqaror bölib qoladi,bölmasa!)

Nigohimda jamdir bu olam...
 
SpecialOneСана: Чоршанба, 19-Дек-2012, 02:36 | Изох # 922
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 167
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 29
Холати: Хозир йўқ
Man hayratlanib savol bergandim, 'tanigandeeeek' dib)) taniganlar ham bular haqida bilishmasdi))
man yozuvchimasman, keragiyam yöq, masalan: bir qöshiq xit böldi, hech kim söramidi kim she'rini yozgan, kim musiqasini, kino, klip ssenariysini yozganlani ham tanishmaydi, kamdan kam odam badiiy kitob olib öqisa kerak.... bunaqa ruxiyatlaga oid narsalagayam tushunmayman, hammasi ötib ketadi))
forumga yozganimni sababi esa, bu yerda ishlaydiganlar bor ekan, faqat, saaal dangasaliklariyam bor ekan)))
Germaniya nega mashinasozlikda rivojlanib ketdi? dgan savolga, shunaqa javob berishadi: ular millimetrlargacha aniqlikda emas, undanda 10-12 martagacha kichik (ya'ni mosh donasini 20ta bir xil bölakka kesib chiqish degani bu!) aniqlikda ishlashadi!
Qachondir, ijodda ham shunaqa ishlaydigan odamlarni topsam, öshanda ruxiyat haqida öylab körarman))
 
xasan_uzСана: Чоршанба, 19-Дек-2012, 16:15 | Изох # 923
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 5
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 302
Холати: Хозир йўқ
Go'zal tun...
Bu safar, xammasi xuddi san orzu qilganingdek...
Hammyoq yorug'...
Hammayoq oppoq..!
Xa... Xuddi o'sha, san yoqtrgan qor.
Balki san, yog'ayotgan qorlar orasidan yulduzlarni izlayotgandursan...
Man sani izlayapman...!
Balki..o'z qo'llaringni o'zing isitayotgandursan..?
Bilasanmi..? Bugun man sovuqqotdim.
Bilmadim nega..((
Bugun yana o'sha qor... Yana O'sha joy... O'sha ko'chalar...
Lekn.. Xammasi sansiz..
Aslida, yog'ayotgan qorlardan xam qizg'onardim sani,.
Mayin sochlaring uzra, asta-asta to'kilsa chidolmasdim.
Sevardim sani..!
Aybsiz, yog'ayotgan qorlardanda rashk qilib sevardim.
Daraxtlar ustidagi qor.. Shoxlari asta egilmoqda, sinmoqda. Xuddi mani qalbimdek..
Ko'nglimga chiroq yoqsa yorishmas. Sansizlikdan...
Yo'lak oxiriga yetdim.. Ortga bir nazar soldim..
Afsus... Yo'lak uzra yoqqan qor ustida bir mani izlarim((..
Qor judayam tezlashdi. Endi biz bir birimizni topa olmaymiz...
Balki, mani izlarim xam shu qorlar ostida qolip ketar..
Yodimda... qor kuchayip tezlashsa, qo'llaringni ko'tarib, tentaklarcha baqirarding.
"Baxliman" deb..
Bugun man baqirdim..
"Baxtsizman" deb..!


Meni yig'lab sog'inma, Meni sog'insang yig'la. Ismim aytib uyg'onma, ismimni aytib uxla !!!
 
Zinnura_KСана: Чоршанба, 19-Дек-2012, 17:37 | Изох # 924
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Bugun sani unutaman.
Unutishimga shak shubxa
yo'q ! ...So'zsizlik bn unutaman,
bilasanmi? bilasanmi nega?
Chunki san man istagandek ,
yo' adawtim anig'rogi ULAR
istagandek to'lig' va bekami
ko'st emassan... Aynan wu
sabab bugun sani unutaman,
man ketaman san ortimda
qoganincha qop ketasan
KANSPEKT DAFTARIM )))))


erka farishta....(m)....
 
MirzoxidСана: Чоршанба, 19-Дек-2012, 17:37 | Изох # 925
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
Quote (xasan_uz)
Aybsiz, yog'ayotgan qorlardanda rashk qilib sevardim.
Daraxtlar ustidagi qor.. Shoxlari asta egilmoqda, sinmoqda. Xuddi mani qalbimdek..
Ko'nglimga chiroq yoqsa yorishmas. Sansizlikdan...
Yo'lak oxiriga yetdim.. Ortga bir nazar soldim..
Afsus... Yo'lak uzra yoqqan qor ustida bir mani izlarim((..
Qor judayam tezlashdi. Endi biz bir birimizni topa olmaymiz...
Balki, mani izlarim xam shu qorlar ostida qolip ketar..
Yodimda... qor kuchayip tezlashsa, qo'llaringni ko'tarib, tentaklarcha baqirarding.
"Baxliman" deb..
Bugun man baqirdim..
"Baxtsizman" deb..!
sizdan kutmagandim bunday monolog wu qismi zo'r yozilibdi
hands hands


...
 
Поиск: