Monolog - Страница 36 - Форумистон
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Monolog
LoadingСана: Шанба, 08-Дек-2012, 11:38 | Изох # 876
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Vox xaX Hah haX.

Добавлено (08-Дек-2012, 10:38)
---------------------------------------------
Qisqa monolog.
Hammani unutaman, hammadan uzoqlashaman, har qanday tuyg'uni inkor etolaman. Faqat sani emas. Seni unitomadim. Yaqinda bir yil bo'ladi uchrashganimzga. Mani kutvossana?! Sanam unutomadina? Aytgin, to'risini tan ogin. Mana man tuyg'ularimni aytoldimku?
Na inkor etadi yuraging, na yo'l beradi menga.


Faqat 3 ta shart!
 
xasan_uzСана: Шанба, 08-Дек-2012, 22:36 | Изох # 877
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 5
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 302
Холати: Хозир йўқ
Yodimda...
Sen bilan o'tkazgan damlar.
Hayolda yo'q edi,
sensizlik g'amlar.
Chidolmayman...
Bir o'zimga shuncha stamlar.
Qayerdan keldingu...
Qayerga ketding..?
G'amgin kunlarimni hadya etding.

Gohida shodonman,
goho beg'ubor.
Sensizlik onlari ayladi bemor.
Senla baxt qasriga kirmadik bir bor.
Qayerdan keldingu...
Qayerga ketding..?
Naxot baxt qasriga, bir o'zing yetding.

Meni bir bor tingla...
Tingla so'ngi bor.
Iltimos...
Tark etsin ko'ngilni g'ubor.
Savolga javob ber, aytaman takror.
Qayerdan keldingu...
Qayerga ketding..?
Tunlari uyqusiz, bemos kashf etding.

Sen bir farishtasan...
Go'zalsan, biroq...
Meni tashlab ketding.
Bunchalar yiroq...
So'ngi iltimosim. Eng so'ngi so'roq...
Qayerdan keldingu...
Qayerga ketding..?
Bir bora sevishing aytmasdan ketding.

Sensiz bir baliqman,
suvsizman go'yo...
Yoki bir ummondek,
toshqinsiz daryo.
Gulzorsiz bulbulman, bir baxti qaro,
Qayerdan keldingu...
Qayerga ketding..?
Mendek bir oshiqni nechun tark etding..?

Balki manologdir...
Balki she'r bitdim.
Qalbimning tubidan, bir chimdin aytdim.
Men ado bo'lganman ayni xur paytim..
Qayerdan keldingu...
Qayerga ketding..?
Balki qaytolmassan, butunlay ketding.

Javob ber.....

Qayerdan keldingu...
Qayerga ketding..?


Meni yig'lab sog'inma, Meni sog'insang yig'la. Ismim aytib uyg'onma, ismimni aytib uxla !!!
 
LoadingСана: Якшанба, 09-Дек-2012, 19:28 | Изох # 878
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Ha ha ha! Qo'ng'iroqlaringa javob yo'q, ko'tarsam muomolim, xoxish yo'q, endi yana boshqasi. Qidir makir, xiylalar, topolmaysan ko'nglimni, hechkim bo'lding men uchun kutib yasha o'limni. He he he o o o o o mani yorimni qorni xandalak.

Faqat 3 ta shart!
 
xasan_uzСана: Якшанба, 09-Дек-2012, 21:51 | Изох # 879
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 5
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 302
Холати: Хозир йўқ
Loading...))

Meni yig'lab sog'inma, Meni sog'insang yig'la. Ismim aytib uyg'onma, ismimni aytib uxla !!!
 
GiyosСана: Душанба, 10-Дек-2012, 09:10 | Изох # 880
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Uyg'onish (Uyatchang Prikol)
Erta tong, toza havoda uyg'onishga nima yetsin. (bugun ostanovkada uxlaganla, uylaridan haydashdi). Yonimga bir go'zal qiz kelib o'tirdi(hichamde. Bakalashka terib yuradigan kampir o'tirdi. Manimcha uyqusirab, ko'zlari ajinlarni ham tekislavorvoti). U manga issiq kofe uzatdi. (kofemasdi. Ko'chada, ertalabdan qanaqa kofe, bakalawkada ko'chadan topogan choy bo'sa k.k). Man olmadim. Yerga qarab oldim(boshqa qatga qarirding). U manga zo'rlab kofeni ichirmoqchi bo'ldi. Man qarshilik qildim(rosa qarwilik qilding. Qo'lidan tortib oldingku. Bechora mangayam qosin digancha qoldi). Baribir ichirtirdi(rahmat tan oganingga) keyin u manga qo'zichoqdek oppoq sochlari bilan yaqinlashdi(boya kampir diganmidim? Qo'zichoqdek? Manimcha boshidan wunaqa hid chiqgandir. Ushanga qo'zichoq) man chorasiz qoldim. Ertalabdan kutmagandim(bunaqa holatlar kutilmidi. To'sattan bo'b ketadi). Keyin sekin qochvordim. Qo'rqib ketdimda(kampir qochib ketdi. Yerga qarab o'tirvurganingga).


Sog' salomatlik...
 
Zinnura_KСана: Душанба, 10-Дек-2012, 10:26 | Изох # 881
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
wu xodisani Loading ni manalogida o'qisam buralgunimcha kulardim biggrin

erka farishta....(m)....
 
ORCHIDEA1508Сана: Душанба, 10-Дек-2012, 10:31 | Изох # 882
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 453
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 241
Холати: Хозир йўқ
:-D vaxaxaxa
 
GiyosСана: Сешанба, 11-Дек-2012, 18:52 | Изох # 883
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
San boshqalardek chiroylimas, yoki go'zal emassan. Seni go'zalligingni ko'z yumib bilish mumkin. Xaqiqiy, hammadan chiroyliliging, go'zalliging bu sening qalbing go'zalligidir. Ming oynada go'zallar ham, seni oldingda usha oynasiga qarashga uyaladi. Balki oyna ham sinib ketar. Oyna jonli bo'lganda qaytib tirilmasmidi. . .

Добавлено (11-Дек-2012, 17:52)
---------------------------------------------
Senga yeta olmagandim, yetganda ayta olmadim, kechir muhabbat. Yonimda turibdi go'zal, bera olmasman, ayta olmasman unga seni. Qizg'onamanmi undan balki, qo'yib yuborgim kelmasmi yashirib seni. Olov bo'lib yonganingda tanamda, og'riq bo'lib yotib qolsamda, tan olgim kelmas sira mendan ketib qolmog'ingga. Asragim keladi dilimda seni bermay hech kimga, aytmay hech kimga. Oh muhabbat, tiz cho'ktirdi bittasi. Olmoq bo'lib seni mendan. Ko'zlari katta, go'zal qiz. Boshimni egdi ham u yor... Seni bera olmadim baribir, garchi hohlasangda u tomon, kechir muhabbat. Ko'z oldim bo'ldi qorong'u, tortib olmoq istardi u. Hali bo'lmagandim hech bunday behush, go'zal qizdan boshqasin yonida. Nahotki ushal bo'lsa sening egang endi, mendan borib unga yetsang. Keyin sendan uzolmay umid, unga bog'lanib qolsam. Menga yana qaytarsanmi, agar u qizni baxtli qilolsam?


Sog' salomatlik...
 
MirzoxidСана: Сешанба, 11-Дек-2012, 18:59 | Изох # 884
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
zo'r lekin nmadur yetiwmayapdi biggrin

...
 
Nilufar_93Сана: Сешанба, 11-Дек-2012, 19:48 | Изох # 885
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
Umr charxpalak,
Hayot esa oqar daryo. Vaqt oqimiga qarshi suzib bo'lmagandek kechagi kuni bugun topolmas ekanmiz.
Esingdami?
Sen bilan bitta partada o'tirib,to'lib toshib suhbatlashardik.Kun...yo'q yo'q soat sayin senga bog'lanib borardim.Har kuni ertalablari meni kutib turarding...Kech qolib ketsam qovog'ingdan qor yog'ardi.Tor ko'chalar va bizga qadirdon bo'lgan "Bozorchi Xola".Ishtaxani qitiqlaydigan shirindan shakar narsalarni ko'rib,o'zimizni tiyib turolmasdik.
Sochimdan bir tortib huddi beozorlardek jilmayib turishingdan zavqlanib ketardim.Yolg'ondan arazlasam "kechir"deb ko'zlarimga najot so'ragandek termulib turishlaring menga yoqardi.
Kelmasang sog'inardim.Xona eshigidan kirib keladi hozir deb o'zimni ishontirib kutardim kelmasang ham kutardim Sinfdosh...!


Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
 
MirzoxidСана: Сешанба, 11-Дек-2012, 19:53 | Изох # 886
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
qoyil clap clap clap bu mavzudamasidida bowqa mavzuga yoziw keragidi lol lol lock

...
 
RaVsHaNBeKСана: Сешанба, 11-Дек-2012, 22:34 | Изох # 887
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 193
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
Mirzoxid, angry angry angry Nilufar_93, hands

+99893 942 32 32
 
xasan_uzСана: Сешанба, 11-Дек-2012, 23:15 | Изох # 888
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 5
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 302
Холати: Хозир йўқ
Unutolmayman...
Ma'noli, kulishlaringni.
Goho, o'yga tolib, yig'lashlaringni.
Bir bora "sevaman" degan chog'imda.
Ko'kka boqib, xayol surishlaringni.
Unutolmayman...
Eng so'ngi va'danga muofiq.
Bir bor vafodorlik qilmading...essiz.
Mandek bir oshiqni yo'lda qoldirib,
Begona yor bilan yurishlaringni.
Unutolmayman man. Unutmayman xam.
Yo'limga ko'z tikib turishlaringni.
Gohida jahldan gaprganimda.
Inndamasdan, yuzing burishlaringni.
Ko'p bor sog'inaman.
Unutolmayman.
Mazmunli suhbatlar qurishlaringni.
Ilk bora qo'lingdan tutgan chog'imda.
Qo'llarimni maxkam tutushlaringni.
Har dam yodimdasan.
Unutolmayman.
Gullar iforidan, mast etar atring.
Sanga guldastalar tutqazgan onda.
Gullardan go'zalroq turishlaringni.
Garchi.. Hammasini unutsam birdan.
Hayoldan ketmaydi eng so'ngi suhbat.
Unutib bo'larmu "SIZDAN QATTIQROQ".
"KUCHLIROQ SEVAMAN" deyishlaringni.
Unutolmayman man. Unutmayman xam.
So'ngi bor ko'rishsak, yig'lashlaringni.
Ilk muhabbatimni yolg'iz qoldirib.
Begona bir yorni suyushlaringni.
Mayli... baxtingni top.baxt tomon yo'l ol.
Yoringdek qo'llaring tuta olmayman.
Bir kun unutarsan, baxtingni topib.
Man sani xech qachon, xech qachon unutolmayman...!

Xasan_uz.!

Добавлено (11-Дек-2012, 22:15)
---------------------------------------------
Sinsaktsya. Ilk bor. O'zim yozganlarimni o'qib, yig'lab yubordim. Xamon yig'lashda vaom etvomman((


Meni yig'lab sog'inma, Meni sog'insang yig'la. Ismim aytib uyg'onma, ismimni aytib uxla !!!
 
MirzoxidСана: Сешанба, 11-Дек-2012, 23:33 | Изох # 889
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
RaVsHaNBeK, bash bash bash xasan_uz, specool specool

...
 
Nilufar_93Сана: Чоршанба, 12-Дек-2012, 01:25 | Изох # 890
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
Qoyil!Xasan aka dard bor chindan ham.

Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
 
MirzoxidСана: Пайшанба, 13-Дек-2012, 05:25 | Изох # 891
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
Qizning kundaligi: Gözal bahor kunlarining birida shunchaki tasodif tufayli uni uchratdim. Qölimdagi kitobni varaqlab ketarkanman bir jumlani öqib qoldim: U bir lahzada keladi va uning sevgisi dunyoingizni gullarga töldiradi. Hayol b-n bir yigitga urilib ketdim. Unga qaradim. Közlari juda özgacha, xuddi nimadir aytmoqchidek mungli. Uzr söradi. Hechqisi yöqdedim. U yölida davom etdi. Uning boqiwi esa keyingi bir necha kunda hayolimdan ketmadi. Keyingi kunlar yöllarimiz yana tutawaverdi. Birkun uchrashib qolganimizda ilk marta jilmayganini kördim. Judayarawarkan öziga. Yuragim g'alati urardi uni körganimda. Faqat uni öylaydigan bölib qolgandim. Uni kutib yawardim.Öwa kuni u yonimga keldi. Kuzatib qöyiwni taklif qildi. Beixtiyor rozi böldim. Birga ketarkanmiz uning fikrlaridan zavqlanardim. Oxiri meni yoqtirib qolganini aytdi. Javob bermadim... Keyingi kunlar xuddi ertakdagidek ötardi. Men ham sevib qolgandim. Har kuni soatlab vaqtimizni birga ötkazardik. U meni quchib qulog'imga har safar bir gapni aytardi: Hayotimning har bir lahzasi sen borliging u-n chiroyli ötyapti. Men baxtdan mast edim. Jonimdan ortiq sevib qolgandim uni. Yarim yil wunday ötdi. Hayotimning eng baxtli yarim yili. Keyin u borgan sari uchrawuvlarga kam keladigan bölib qoldi. Oxirgi kunkeldida közlarimga tikildi. Meni uzoq bag'riga bosib turdi. Keyin quloqlarimga sönggi bor wivirladi: Seni ölgudek sevaman. Keyin uni qaytib körmadim. Menga xat keltirib beriwdi. U meni unut deb yozibdi. Atiga 2 söz. U b-n ötganwuncha vaqtim, sevgim haqqi atiga 2 söz bölibdi. Töyib-töyib yig'ladim. Undan nafratlandim. Uning sevgisi xuddi bahor kabi dunyoimni gullarga töldiradi degandim. Lekin öshanda bahorning-da ötkinchi ekanligini hayolimga ham keltirmagan ekanman. * Yigitning kundaligi: Tongda uyg'ondim. Bowim yorilay derdi. Arang vannaga kirib yuzimni yuvdim. Oynaga qaradim. Burnimdan qon oqardi. Yiqildim, özimga kelganimda vannada yotardim. Menga nimadir bölgandi. Analiz topshirdim. Keyin javobi chiqdi...Yöq, albatta ölishni istamasdim.Gözal bahor kunlarining birida bu bahor men u-n sönggisi ekanligi haqida öylab borardim.Keyin unga urilib ketdim. Fariwta bölsa kerak u. Men esa bölajak murda edim. Juda dahwat bölarkan bu haqda öylaw. Keyin uni yana uchratdim. Negadir uni sog'inaverardim. Kuzatib yurdim. Uni sevib qolgandim. Lekin sevgi tirik insonlar u-n. U ham menga bog'lanib qolishini istamasdim. Baribir irodam yetmadi. Men ölimim yaqinligi haqida unutdim. Bir lahza bölsada, u b-n hayotimni chiroyli ötkaziwni istadim. Ha, bir lahzagina... Keyin mayli ölaveraman. Faqat ölayotganimni u hech qachon bilmasligi kerak edi, hech qachon. Axir u fariwta edi, men esa bölajak murda.. Daqiqalar ayovsiz tez ötardi. Fursatim tugab borardi. U esa meni sevibqoldi. Afsuski.. Böldi hammasini töxtatiw kerak. Seni ölgudek sevaman, fariwtam. Lekin, kechir menga imkon beriwmadi.. * Onaning kundaligi: Kechir qizim, ög'lim xat yozishga ham ulgurmadi. Doktorlar ham ulgurmadi. Yozgani wu böldi: Meni unut..

...
 
xasan_uzСана: Пайшанба, 13-Дек-2012, 06:14 | Изох # 892
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 5
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 302
Холати: Хозир йўқ
Qoyil. Mirzoxid ijodizga omad!

Meni yig'lab sog'inma, Meni sog'insang yig'la. Ismim aytib uyg'onma, ismimni aytib uxla !!!
 
oybekСана: Пайшанба, 13-Дек-2012, 07:56 | Изох # 893
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
zo'r.....

 
GiyosСана: Пайшанба, 13-Дек-2012, 09:16 | Изох # 894
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Yo'llarimda birga yur mani, sani erkalay. Yonlarimda tur mani, hech sog'inmay. Yolg'izlikda qiynalmay, birga bo'laylik jonim. Hech bo'lmasa bir bor, yuzlaringdan o'pay sani. Sohta emas tuyg'ularim, qalbimga quloq sol. Ko'zlarimga boqib hayollarim ol. Ko'chalarda yana, yur birga kezaylik, sevgimizdan uyalmay. Qo'llarimizdan ushlashim, keng yo'llarda chopaylik. Sohta emas tuyg'ularim, yuragim aytadi, ko'zlarim porlar rostimdan, mani sevasan jonginam...

Sog' salomatlik...
 
LoadingСана: Пайшанба, 13-Дек-2012, 09:22 | Изох # 895
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
O' go' yosh qalamkashlar...
Gap qalamdaxam emas uni qo'lda tebratolgan ijodkorda aslida.

Hozircha bizning daftarda monolog yo'q. Sizlardan yangi ijod namunalarini kutib qolaman.

Xasan do'stim so'ngi ijodizda yurakdan yozilganlarni ko'rdik. Tan oling siz bundan kuchliroq yozmoqchi ediz. Tasir kuchini bundanda oshirishiz mumkunidi. Hay maylin.


Faqat 3 ta shart!
 
GiyosСана: Пайшанба, 13-Дек-2012, 09:23 | Изох # 896
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Mirzohid super. Kutilmagan holatlar. Ayniqsa Meni unut so'zlari nega kam ekani sababi.

Sog' salomatlik...
 
ParvinaСана: Шанба, 15-Дек-2012, 16:25 | Изох # 897
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
Rahmat, kechir....
Oddiy sog`inch ham sevgimizdan qolgan nishona. Sev va men bu - SEVGI. Mening borligim bu - BAXT. Sening nafasing bu - YURAK. Afsus baxtingga erishaolmading, mening yuragim esa hamon bo`m-bo`sh har kungiday. Kechir seni ketqizganim uchun, yuragim sen esa yana ozgina urib tur, o`lib qolma qaytarganimcha. Ishon, sog`inch sen yoqolma, qumsayver toki hissiyotlarimni yoqotib qo`ymagunimcha. Kechir yana bir bor men xarobni, rahmat senga ona tabiat! rahmat senga mayin, sel va tinmaydigan yomg`ir, rahmat senga ham yomshoq qor,baxtrimga omon bo`ling, mayli shular sabab seni sog`insamu, sevgimdan qolgan izdek qarasam. Yomg`irjon yog`aver hech kimga bermay e`tibor, yomg`irdan noliydiganlar Siz ham sevib ko`ring. Mayli sovqotsin sevishganlar axir ular ham haqli tanlashga yo`l, balki asrarlar sevgilarin ammo hech kim haydab solmasin o`z baxtin va yuragin!!!


Allah büyükdur
 
LoadingСана: Шанба, 15-Дек-2012, 17:59 | Изох # 898
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Berma, ulardan orzularing, nozik extirosingni qizg'an. Ular seni majbur etolmasinlar. Indama desalar faryod sol. Birov eshitmasin, biroq bilsinlar yuraging solmoqda faryod. Urishdan to'xtaydi usha fursatda. Qafasga solsalar mol dunyoni deb. Kulib yur, kulib boq ular ko'ziga. Kuch topolmasang azobni yengib, meni esla, eska ol usha damlarni. Sening alp qomat akangni esla. Yo'q o'yla ertangi kuning. Umid bog'la duolar qilib, haqiqiy baxtingni so'ra robbimdan. Singlim meni, jigarim meni, mexringni qumsayman xizmatda turib. Qo'limga qurolim maxkam tutib. Qaytarman, baxt kechang bo'lgan kunlarda. To'yxona to'rini chang to'zon qilib, andijon po'lkaga o'ynab beraman. Faqat sen berma erkingdan kechib, qo'ymagin akangni so'zin unutib.

Parvina ijod namunalarni kutamiz.


Faqat 3 ta shart!
 
Nilufar_93Сана: Шанба, 15-Дек-2012, 20:18 | Изох # 899
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
Seni unutgan bo'lsam ham menga yozgan maktublaringni sog'indim...Oppoq qog'oz yuzini dog' qilgan bo'lsangda lekin menga bo'lgan muhabbatinga g'ubor ham tegmagan edi.Seni qalbini yondirayotgan ishq olovi maktublaringni o'qiganimda yuzlarimga urilib turardi go'yo.lekin uni taftini yuragim sezmadi.
Qon yutib maktublar jo'natarding... tunlari bedor javob kutarding...ammo javob yo'q.SEVGIng ham umid chiroqlardek so'nib borardi.
Qalbida bahor muzlagan mendek qaxriqattiq qizni deb sevgingni qora qog'ozlarga o'rab qalbingni tub tubiga uloqtirding.
Eski xotiralaringni qo'zg'atib ko'zlaringni achchiq yoshlarga to'ldirgan maktublarni burda-burda qilib tashlagandirsan xoynaxoy?!Mendagilar esa yillar to'fonida omon qolgani dargumon.Izlab-izlab topolmadim afsus...
Balki maktublar ham mendan qochayotgandir,nafratlanayotgandir...axir ularning har biri har satrlarda juftini izlab so'roqlagandiku meni?
Yig'laydida ming ranjib mendan maktublar.Endi qaytmasliging sezgan maktublar.
Ko'ksimdan qon bo'lib sizgan maktublar
Armon suratini chizgan maktublar.


Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
 
LoadingСана: Шанба, 15-Дек-2012, 20:52 | Изох # 900
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
P.S Parvina o'qib chiqtim. Bunisi usha sizning uslubingiz.

Jiyanim xam xar zamonda oq qog'ozni qoralar ekan. Nilufar ko'p dimiman lekin yozib turin.


Faqat 3 ta shart!
 
Поиск: