|
Monolog
|
|
| Nilufar_93 | Сана: Пайшанба, 03-Янв-2013, 23:41 | Изох # 951 |
 Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
| Chorraha!Moshinalar,zangori chiroqlar...quloqlarni qamotga keltiradigan ovoz...Mayus va o'tli nigohlar...va nihoyat, Qor!Seni oyoqlari bn toptashsa ham,g'ildiraklar bilan yuzinga qora dog' chaplashsa ham, Sen yana,yana o'zingni yer bag'riga urasan.Unsiz yig'lab yo'q bo'lasan.Sendan faqat shu ko'z yoshlaring qoladi. Men ham unga BAXT tiladim...U meni tuyg'ularimni toptasa ham,pok sevgimga dog' tushirsa ham.Yuragimni tub-tubida unga deb saqlab qo'ygan tilaklarimga u ALVIDO!!! deya javob qaytardi.Nahotki,u nafaqat uning hayotidan... balki bu dunyodan ketishimni shunchalik hoxlasa.Borsa kelmas tomonlarga ko'ksimga pichoq sanchib itarsa...nega men uni sevdim...? Senga havasim keladi.Chunki, sen yer-u osmon orasidasan...menchi??? yolg'on va xiyonat.Bo'g'ilib ketayabman yolg'on va xiyonat orasida yashagan vujudim haqiqat havosidan nafas olishga qiynalayapti. Bilagimdagi u sovg'a qilgan soat millarining har bir harakati shu kungacha menga sevgimizning hayot ekanligini anglatar edi.Bugun sevgimiz o'ldi.Endi menga bu soatni keragi yo'q. Qor!bu soatni seni bag'ringa ko'mib qo'yaman.Xuddi sof muhabbatimni yuragimga ko'mganim kabi...Bahor kelganida...ko'kda qaldirg'ochlar baland parvoz qilganida...gullar kishini o'ziga maftun aylaganida...bu soat Bahor yomg'iri ostida qayerlardadir zanglab, keraksiz bir buyumga aylangan bo'ladi. Xuddi,o'sha damda mening qalbimga ham Bahor kelib, orzular yomg'iri yog'ganida armonli sevgimni yuvib ketadi.
Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
|
| |
| |
| Loading | Сана: Жума-муборак кун!, 04-Янв-2013, 02:58 | Изох # 952 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Kengash hulosasiga ko'ra manga juda yoqti. Yaxshi o'xshatish. Chundim ikkinchi o'qishda Qorga dardizni etibsiz. Soatni detal qilib olibsiz. Ungayam yaxshi vazifa berilgan.
. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
Uch bu Issiq juda issiq. Yondirmoqda bag'rimni bu qor. Yuzimni qoraytirdi bu zarrin yorug'lik. Meni kechir deya izlayman seni. Aytgim keladi. Eshitishingni istayman. Quloqlarim ostida jaranglar tanish dialok."Salom, - qalesan" yomonman, juda yomon! Ha men jirkanch odamman! Qotilman! Ex! Bir diydor, birgina dilimdagi gap. Aytsam edi tinglasayding jim. Javob bermasang. Og'ir xo'rsinib qo'ysangxam bo'lar? Eshitsang bo'ldi. "Meni kechir!?" Yozdek kuydirar zamindagi qor. Bag'rimda yonadi alamli otash. Senga lanat bo'lsin!? Ha senga lanat tekkan, qarg'ish urgan seni "sevgi uchburchagi". Do'stim sen ketib. Dunyoni tark etkach, qolganida bir chiziq. U va Men! Tashlab ketti u xam. Men qotil, sen armon? Heh be vafo dunyo, "hayot etadi davom". Esla do'stim usha vadani. " siz bo'lmasez menga xayot yo'q. Yashamoqdan mazmun qolmaydi. Sizsiz men bir gul, misoli suvsiz qovjirab so'luvchiman" bugun esa mana u, qiziqmas boylik, yashar xotirjam. Men esa qotil usha kechada, seni daraxt soyasiga pachoqlab urgan. Qizil chiroq, yo'ling ochiq, yo'q mendan o'zolmasding, xaqqing yo'q edi! Kechir!
Xuddi yer qaynab turibti shu chog'. Pufakka aylanib qolibti tuproq. Bir pufak ustida xarsang yaltiroq. Bitilgan - do'stimni kechirdim Alloh.
Chidolmayman yo Robbim Alloh! Zaminda ko'pirgan bu qabriston ichra yorilsa ko'piklar, chiqsa o'liklar. Menga jazoying tayin qilginu, do'stimning gunoxin butkul afu et! Fazliddin
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| xasan_uz | Сана: Жума-муборак кун!, 04-Янв-2013, 17:58 | Изох # 953 |
|
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 5
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 302
Холати: Хозир йўқ
| Chidolmayman yo Robbim Alloh! Zaminda ko'pirgan bu qabriston ichra yorilsa ko'piklar, chiqsa o'liklar. Menga jazoying tayin qilginu, do'stimning gunoxin butkul afu et! Fazliddin ...........................
Meni yig'lab sog'inma, Meni sog'insang yig'la. Ismim aytib uyg'onma, ismimni aytib uxla !!!
|
| |
| |
| Loading | Сана: Шанба, 05-Янв-2013, 11:57 | Изох # 954 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Jiddiy di-m o n o l o g! Alo! Volekum assalom. Qalesan? Nime telefon qildin?! Erin biladimi? Ruxsat so'radimmi? Hm nima didi. Kaneshna ensasi qotadi. Bir xaftayam chidomadimmi? O'zin yaxshimisan? Hafa bo'mi o'tiribsanmi? A, yaxshi. Nime telefon quludin? Jinni bo'p qoldimmi? Ko'rganla nima dib o'ylidi? Qaynanen har kun uydayu? E mani vaqtim yo'q! Ishxonaga, sanga nima bor? Chilla, pilla digan narsala yo'mi? Uyinda o'tirsenchi?! Erin ruxsat beradimi? Bilib qolishsa lekin o'lamiz. Sani uyindila mani adam o'ldiralla! Ne cho! Indashomidi. Erini qo'lga ovoldimmi? Bu nima diganin? O'zimam xolavomman? Tezro bo'sa qanidi? Ichim yonib ketvottiyu? Unaqada keyingi xaftaga gaplashib qo'yaman. Hm tanish kanechna, O'zimmi o'rtog'imu? Erin qachon keladi? Ulguramiz. Qaynanenam bilmasin. Boxona top. Singil bo'lib bir martta xop digin. Tug'ilgan kunida moshina uyinda bo'sa bo'ldimi? Oyimga tel qilib qo'y, hovotir olib yig'lab o'tiribtila. Ey yig'livuralla. Adamga mazza shartta choyxonaga chiqib ketalla. Kenayin bechara oyimmi ovitish bilan ovora. Bo'bti erini ruxsatisiz biror ish qima? Ha nafasniyam!
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Якшанба, 06-Янв-2013, 13:32 | Изох # 955 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Sovuq qorda, sovuq qotmayman sen bo'lsang yonimda. Qishni qahratoni ham hech nima emas, sening mehring oldida. Senmendan uzoqlashsang bir qadam, yuragim muzlar titrab. Atrofimga kelsa o'zga go'zallar, hech biri erita olmas bu muz yurakni. Faqat sen, sendan boshqa hech kim. Добавлено (06-Янв-2013, 12:32) --------------------------------------------- Tug'ilgan kun bahona, yana gaplasharmiz ko'p marta. Sog'inchim qilmay ado, xayirlashamiz albatta. Bizga atalgan taqdir, vaqtlarimizni bir birimizga kamroq tuhfa qildi. Lekin shukur boriga, kam bo'lmas ikkimizga. Faqatgina tabrik va sog'liq tilab, suhbat yakunlanadi. Sening hislaring haqida so'rashga, qanidi, vaqt yetsaydi. Tug'ilgan kuning bir yilda ko'p bo'lsa maylidi. Suhbatingdan to'yib, tabassuming ko'rib qolsam yaxshidi. . .
Sog' salomatlik...
|
| |
| |
| Loading | Сана: Сешанба, 08-Янв-2013, 01:57 | Изох # 956 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| O'ylamay bosgan qadamim. Ichda qoldi alamim. O'ynashga ishonib sensiz qoldim go'zalim. O'zing yaxshidin xotin, bolalarim onasi. Seni semiz deguncha kesilmasmidi tilib. Sendan shirin so'zimni qizg'anibman men xasis. Sendan donosi yo'qdur, hotinjon srochna vernis! Добавлено (08-Янв-2013, 00:57) --------------------------------------------- REAL MONO YO'QLOV! "Assalomu alaykum do'stim" shunday boshlanadi bizning suxbat. Do'stim qalaysiz? Sovuq kunlarda idora derazasidan stadionga o'ychan qarab turibsizmi? Ko'z chamalab hayolan uni yugurib keldingiza? Qanidi tezroq quyosh qaytsayu(kun isib) qadirdon mashq maydoniga borsangiz. Yugurish yo'lagidan zavqqa to'lib yugurasiz. Yo'q erinchoqlik biroz pand beradi. Qish sabab uzulish bo'lgani uchun kirishib shug'ullanishni istamisiz. Lekin ketishni istamaysiz xam. Biroz erkin qadam tashlab atrofga qaraysiz. Baxor nafasi bu joylarni o'zgartirib qo'ygandek tuyiladi. "taq-taq-taq" Eshik ochilib Xushvaqt(user dugonamiz) kirib keladi. "Mana bu xujatlarni ko'zdan kechirib chiqsangiz. Tugatib qo'ng'iroq qiling. Olib ketaman." Unga istamaygina qaraysiz. Xushvaqtga bu xolatiz yangilik emas. Siz derazadan qarab, hayol sursangiz demak tez kunda balki laxzalardan so'ng ayiqcha, randalangan yurak, sevgilisi yo'ldaligi yoki qorong'ulik, kundalik xaqidagi monologlar yoziladi. Shu sabab ortiqcha lom, mim demay chiqib ketadilar. Hayoliz bo'lindi. Qorlar erib ola buzoqni eslatuvchi stadionga qaraysiz. Yo'q eslab, davomlab bo'lmayabti. Compyuterdan Rayxonaning "Qaytolmayman" qo'shig'i jarang sochadi. Kunlar isimasaydi deysiz, bir necha daqiqa oldin aksini juda istab turgan bo'lishingizga qaramay. Ko'z oldizga ko'prik keladi. SIZ va U. Eslashni istamassiz? Ammo kuz yomg'irini uchirib kelganshamol qo'lingizga xazon tutkazadi. Unga qarab chunasiz. Kuz ayrilish, so'nish fasli. Tomchi ko'z yosh be etiyor olovli hazon yuziga tomadi. Shunda ko'rasiz, bu maktub. Yaratgan egamning ovunch maktubi. Hazon yuzida mayda yashil o'simtalar limillab turadi. Huddi "Tushkun bo'lma, baxtli bo'lasan" deb shitillaydi. Ko'prik yonidan hushizga qaytasiz. RAYXON Xonim "baxtli bo'laman" qo'shig'ini aytib turibtilar. "Ex" disizu "Do'stimni sog'intirib qo'ydim" deb biroz xijolat bo'lasiz. Compyuterda agentni yoqib xat yozasiz. "Assalomu alaykum do'stim qalaysiz? Bir monolog yozgandim." ko'p kutirmay javob keladi. "ey bo'larkanku?! Ko'rdim sizni ijodzga yetadigani yo'qte. Qiyoslama uslubni zo'r yozasiz. Bunisiyam zo'r yozilgan." kulasiz, bilib turibsiz xali o'qib bo'lmagan. Monologni qayta o'qib chiqib xatolarni to'g'irlab qo'yasiz!
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Сешанба, 08-Янв-2013, 19:37 | Изох # 957 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Kimdir seni tashlab ketayaptimi? Aybni o'zingdan qidir. Sendan hamma uzoqlashayaptimi? Aybni o'zingdan qidir. Yoningdan hech kim qolmadimi? Yolg'izmisan? Aybni o'zingdan qidir. O'zing aybdorsan. Bu sening muomilang va o'zingni tutishing hosilasi. Ular yana yoningga qaytishini hohlaysanmi? Unda o'zgar. Aybni o'zingdan qidir, boshqadan emas. O'zingni aybsiz qilib ko'rsatma. Hech bo'lmasa o'zingga. Vijdoning oldida o'zingni aldama. Yana yoningda odamlar paydo bo'ladi. Do'stlaring ko'payadi...
Sog' salomatlik...
|
| |
| |
| Loading | Сана: Сешанба, 08-Янв-2013, 19:50 | Изох # 958 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Qoch uzoqlarga. Qaytishni xayolingayam keltirma. Qolib ket ushatlarda. Birov ko'rmasin, brov sezmasin. O'zing bilan qol. Yoqolib qol, bir nomalum bo'shliq ichida. Shu qadar tinch joy bo'lsinki tomiringdagi qonni shildirab oqishi eshitilsin. Yurak zarbingni to'xtab qolishini istab qol, shovqiniga asabing dosh bermay. Sen uchun bu xayotda Salom o'rnini "Alvido" jumlasi egallasin. Hohla yomg'ir bo'lib yog', hohla qorga aylanib. Zaminda uzoq qolmasang avzal. Ha senga shu avzal!
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| M@$ter | Сана: Сешанба, 08-Янв-2013, 20:13 | Изох # 959 |
|
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 335
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 205
Холати: Хозир йўқ
| Maxbubamga:[size=20] Oyna chekkasidan tushayotgan quyoshning zaif shu'lasi kuz tugayotganidan darak beradi go'yo. Kuz.....! Bu faslni yodimga olsam yuragimda ajib bir xislar uyg'onadi, lekin negadur bir zumda qayg'u botqpg'iga botaman. Nima uchun? Kuzni yaxshi ko'rsam kerak deb o'zimni aldamoqchi bo'laman negaligini bilamanku lekin baribir aldayveraman. Mana xozir xam qalam tebratayabmanu yuzximda tushunarsizx bir kulgi qalbim sening vasfing bilan band. Sen bilan kuz faslida uchrashdik shu faslda sen bilan eng baxtiyor kunlarim o'tdi, atrofdagilar nazdida bir biorimizga munosib edik, biroq afsus shu biroq bir umr kuydiradi sen bilan o'tgan mana shu shirin baxtiyor, va skin kuz faslida ajrtalishdik...... Mening yuragim hamon seni deb urmoqda. Sening hilol qoshlaring gavxar kabi porlovchi ko'zlaring osmon misol tiniq yuzlaring ,anaor lablaring... mana shularni yozmoqdamanu seni qizg'onayapman g'alati lekin seni9 o'zimdan qizg'onayapman. Sen bilan qachon uchrashsam mendan sado chiqmasligini bilarmiding har xafar " kimni sevasiz' deb so'rardim men ahmoiq esa ha axmoqman doim bir xil javob qaytarardim ' kimnidir sevib qolsam albatta senga ko'rsataman" derdim. Men seni sevaman qanchalar qiyin va naqadar ososn bu so'zni aytish bu so'zlarni aytdim lekin juda kech aytdim bu gapimga bir jil;mayish bilan jovob qaytardingu "endimi" deya ketding. "endimi ' hamon qulog'im ostida jaranglar buso'z. gar avvaslroq aytganimda edi hozirda mendan baxtliroq inson bo'lmasmidi mening shirin so'zli, go'zla yuzli, pokiza qalbli mahbubam............ ( Hozir qog'ozlani titib shu xatimni topib oldim adashmasam 9 sinf oxirida yozgandim eng birinchi sevgi xaqidagi maktubim)
|
| |
| |
| GULI_NUR | Сана: Сешанба, 08-Янв-2013, 22:14 | Изох # 960 |
|
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
| Qoyil!!! "Endimi?" zo'r chiqibdi!!!
|
| |
| |
| miranda | Сана: Сешанба, 08-Янв-2013, 23:02 | Изох # 961 |
|
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 94
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 146
Холати: Хозир йўқ
| Bu yil qish xam anchagina sovuq keldi, xuddi mening qalbim qaxratoniga o'xshab. Uyim tomi uzra osilib turgan muz kabi, yuragimda xam muzlar osilgan. Sen esa quyoshim bo'l, muzlarimni erituvchi. Eritganda xam shunday eritkinki toki, shabnam bo'lib tomib turay... Egasi yo'q uyga o'xshab qalbim darvozasiga qulf osilgan. Sen esa ko'nglim kalitini top, toki ko'nglimni senga ochay. Tunlarda esa oyim bo'l zulmatlarim yorutuvchi, xam yulduzim bo'l osmonlarim bezovchi. Uxlaganimda esa eng ajoyib tushum bo'l toki xar tong seni tushlaring bilan uyg'onay. Nonushtamda shakar choyim bo'l, piyolamni to'ldiruvchi. Yurganimda esa yo'lim bo'l toki sen tomon yuray. Sen faqat o'zingina o'rganib qolma, o'zinga xam o'rgat meni toki sensiz yasholmay. Agar eplasan xayolimni o'g'irla toki xayolim senda bo'lsin. Sen faqat o'zing sevsa, sevdir agar sevdirolsang. Sen faqat o'zing kulma, kulishni menga xam o'rgat toki quvonchlarimga aylansang. Mayli alda faqat shunday aldaginki, toki yolg'oning rostga aylansin. Agar ishqda yonsang bir o'zing yonma, qanday yonishni o'rgat toki g'amlaringga sherik bo'lay. Men faqat senda bo'lmay, sen xam menda bo'l toki sen bilan bir butun bo'lay, xam do'stim bo'l, toki sirlarimni senga aytay. Meni yolg'izlikdan qutqar, toki seni panoxim, qaxramonim dep bilay. Ishontir sevgiga, tushuntir muxabbatni, toki sevgi bu- nima? degan savolimga javob topay. Agar qo'lingdan kesa mayli sexrla, toki asirang bo'lay. Agar sabring yetsa kut, toki uzoq kutilgan baxting bo'lay. Agar qaysarlik qilsam, mendan o'tkan qaysar bo'l toki qo'llaringda yengilay. Agar sho'xligim tutsa xazilim bo'l, toki kayfiyatim ko'taray. Yig'laganimda esa ko'z yoshim bo'l, yuzlarimni yuvib turgan... Shunday so'zlarni topkinki toki so'zlaring xayotim manosiga aylansin. Agar mexribon bo'lsang ko'rsat menga mexringni, toki men xam mexriboning bo'lay. Agar qadrdon bo'lsang, men qadring bilgan qadrdoning bo'lay. Yursam yo'llarimda soyam bo'l, toki doim seni xis etib turay. Eng yoqimli kuyim bo'l, toki ko'nglim torlarimda doim sendan kuylay. Eng chiroyli she'rim bo'l toki yoddan aytib yuray. Agar sevsan shunday sevginki, Majnun dog'da qolsin. Farxod damin olib sevginga qoil qolsin... Yomg'ir yog'sa soyabonim bo'l, qor yog'sa kuragim, xam quyoshdan ximoyalovchi ko'z oynagim, xullas bo'l eng kerakli matoxim... Inson biror nimani unitishni xoxlagandagina xotirasi kuchini biladi. Sen esa xotiram bo'l, toki xoxlasam xam seni unitolmay. Qizni ko'nglini zabt eta olmagan yigit janga g'olib bo'lmagan qo'mondonga o'xshaydi sen esa meni zabt et, senga mag'luba bo'lay... Eng yaxshisi ko'zimi qarosi bo'l dunyoga sening nigoxing bilan qaray... Endi esa o'ylap ko'r shunday seva olasanmi??? Meni xam shunday sevdira olasanmi??? Unda men tayyorman sevishga.... Qolgani bog'liq o'zinga, sevdirish seni qo'lingda....Добавлено (08-Янв-2013, 22:02) --------------------------------------------- Bu yil qish xam anchagina sovuq keldi, xuddi mening qalbim qaxratoniga o'xshab. Uyim tomi uzra osilib turgan muz kabi, yuragimda xam muzlar osilgan. Sen esa quyoshim bo'l, muzlarimni erituvchi. Eritganda xam shunday eritkinki toki, shabnam bo'lib tomib turay... Egasi yo'q uyga o'xshab qalbim darvozasiga qulf osilgan. Sen esa ko'nglim kalitini top, toki ko'nglimni senga ochay. Tunlarda esa oyim bo'l zulmatlarim yorutuvchi, xam yulduzim bo'l osmonlarim bezovchi. Uxlaganimda esa eng ajoyib tushum bo'l toki xar tong seni tushlaring bilan uyg'onay. Nonushtamda shakar choyim bo'l, piyolamni to'ldiruvchi. Yurganimda esa yo'lim bo'l toki sen tomon yuray. Sen faqat o'zingina o'rganib qolma, o'zinga xam o'rgat meni toki sensiz yasholmay. Agar eplasan xayolimni o'g'irla toki xayolim senda bo'lsin. Sen faqat o'zing sevsa, sevdir agar sevdirolsang. Sen faqat o'zing kulma, kulishni menga xam o'rgat toki quvonchlarimga aylansang. Mayli alda faqat shunday aldaginki, toki yolg'oning rostga aylansin. Agar ishqda yonsang bir o'zing yonma, qanday yonishni o'rgat toki g'amlaringga sherik bo'lay. Men faqat senda bo'lmay, sen xam menda bo'l toki sen bilan bir butun bo'lay, xam do'stim bo'l, toki sirlarimni senga aytay. Meni yolg'izlikdan qutqar, toki seni panoxim, qaxramonim dep bilay. Ishontir sevgiga, tushuntir muxabbatni, toki sevgi bu- nima? degan savolimga javob topay. Agar qo'lingdan kesa mayli sexrla, toki asirang bo'lay. Agar sabring yetsa kut, toki uzoq kutilgan baxting bo'lay. Agar qaysarlik qilsam, mendan o'tkan qaysar bo'l toki qo'llaringda yengilay. Agar sho'xligim tutsa xazilim bo'l, toki kayfiyatim ko'taray. Yig'laganimda esa ko'z yoshim bo'l, yuzlarimni yuvib turgan... Shunday so'zlarni topkinki toki so'zlaring xayotim manosiga aylansin. Agar mexribon bo'lsang ko'rsat menga mexringni, toki men xam mexriboning bo'lay. Agar qadrdon bo'lsang, men qadring bilgan qadrdoning bo'lay. Yursam yo'llarimda soyam bo'l, toki doim seni xis etib turay. Eng yoqimli kuyim bo'l, toki ko'nglim torlarimda doim sendan kuylay. Eng chiroyli she'rim bo'l toki yoddan aytib yuray. Agar sevsan shunday sevginki, Majnun dog'da qolsin. Farxod damin olib sevginga qoil qolsin... Yomg'ir yog'sa soyabonim bo'l, qor yog'sa kuragim, xam quyoshdan ximoyalovchi ko'z oynagim, xullas bo'l eng kerakli matoxim... Inson biror nimani unitishni xoxlagandagina xotirasi kuchini biladi. Sen esa xotiram bo'l, toki xoxlasam xam seni unitolmay. Qizni ko'nglini zabt eta olmagan yigit janga g'olib bo'lmagan qo'mondonga o'xshaydi sen esa meni zabt et, senga mag'luba bo'lay... Eng yaxshisi ko'zimi qarosi bo'l dunyoga sening nigoxing bilan qaray... Endi esa o'ylap ko'r shunday seva olasanmi??? Meni xam shunday sevdira olasanmi??? Unda men tayyorman sevishga.... Qolgani bog'liq o'zinga, sevdirish seni qo'lingda....
|
| |
| |
| Loading | Сана: Сешанба, 08-Янв-2013, 23:08 | Изох # 962 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| P.S Vo dayt! MAZZA QILIB O'QIMAN. hayr zreniyam.
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| M@$ter | Сана: Чоршанба, 09-Янв-2013, 10:50 | Изох # 963 |
|
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 335
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 205
Холати: Хозир йўқ
| Juda chiroyli ,o'xwatiwlar o'z o'rnida. Farxod bilan bog'lig'i esa taxsinga loyiq ijodizga omad. Добавлено (09-Янв-2013, 09:49) --------------------------------------------- Juda chiroyli ,o'xwatiwlar o'z o'rnida. Farxod bilan bog'lig'i esa taxsinga loyiq ijodizga omad. Добавлено (09-Янв-2013, 09:50) --------------------------------------------- Juda chiroyli ,o'xwatiwlar o'z o'rnida. Farxod bilan bog'lig'i esa taxsinga loyiq ijodizga omad. Добавлено (09-Янв-2013, 09:50) --------------------------------------------- Juda chiroyli ,o'xwatiwlar o'z o'rnida. Farxod bilan bog'lig'i esa taxsinga loyiq ijodizga omad.
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Чоршанба, 09-Янв-2013, 18:30 | Изох # 964 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Yomg'ir jim. Shivirlamas. Ovozi chiqmas. Sekin yog'ar. Rangi shaffof emas, oppoq. Hidi ham boshqacha. Men sevgan yomg'irmas. Yomg'ir yog'ar jim. Hayollarimga halal bergisi kelmay. Kutadi jim. Eslatmay. Yog'adi jim. Sovuq havo, shamol esar tinimsiz, lekin ovozsiz. Tomchi ham yo'q, bergisi kelmay ovoz, hayollarim buzmay. Eslatmay. Yuzimga tushar, yengil oppoq yomg'ir, samoga qaraganimda. Nega bu aldamchi yomg'ir, juda o'zgargan yomg'ir. Yuzimdan oqadi yomg'ir, yana shaffof bo'lib, hayolimni buzib. Eslayman shu tobda bir narsani, ko'zimdan yosh oqgan ayriliq paytni. Yana eslayman, xotiramdan qidirib, sen ketarding oppoq libosda, yog'ardi shunday oppoq yomg'ir, yengil, katta, samoni to'ldirib, shiddat bilan. Tomchi tomardi qaydandir, asablarni qaxshatib, ko'z yoshlarim eslatib. Vaqt o'tdi, shaffof yomg'ir yog'di, hech narsani eslatmay. Mana hozir yog'ayapti oppoq yomg'ir, eslatmay uni. Eslatdi faqat yuzimdagi tomchilar. Oppoq yomg'ir, jim yog'ar yana. Eslatmay, hayollarim buzmay.
Sog' salomatlik...
|
| |
| |
| Parvina | Сана: Пайшанба, 10-Янв-2013, 17:50 | Изох # 965 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
| Sevi bu... Eslaysanmi? Ayriliqda kechirgan kunlarimiz ko`rishib sevishgan paytlarimizdan ko`p. ha o`sha kichkina paytlar ham ortga qoldiyu, meni oxir oqibat ortga qaytardi, o`zimni ba`zida keraksiz his qilardim. Inson bezir ekan bir xillikda, faqat uni o`ylab-o`ylab, kuzatib natijada esa yo`q chunki qadan bosilmayapti, qiyin u siz yashash. Shunday baxtli kunda men tomondan yuborilgan “Salom sog`indim!” sehri hozir shunchalik kuchliki sevgini ham yengib o`tadi. Agar men hayotimda seni o`yin uchun uchratib, hozir sensiz yashayolganimda edi menga keraksiz hisoblanarding. Mayli qizg`ongan kunlarim seni sezishga loyiq bo`lmagan bo`lsam, ammo bu ko`pga emas, atigi 4-5 oy. Jazolandim seni sezmay turaolmayman. Mayli faqat xayolimda seni ko`p erkalatgan bo`lsam, hayotan ham senga suykanolmayman. Shuni angladimki, inson kerakli hisoblansa bu SEVGIdan ustun. Endi mehringdan bahra olaman deganimda seni yoqotaman, yo o`zim yoqolishni istayman, har safar kech qolaman mehringla yashashga. Bir savol qiynaydi shu orada u nechta o`zga mehrlarga ro`baro` bo`ldi? Balki u tanlaganlari mehrga serob, yoki mendek tashna emasdir! Buni so`rash undan vos kechish bilan barobar bo`lsa kerak. Keyin shuni tushundimki pok ma`noda unga kerakli bo`lsang yo u kerakli bo`lsa soqovga aylanar ekansan. Agar yuragingni ochsang men ham ketaman u ham. Demak sevgi qurbonga aylanadiyu jiddiy hayotga qadam qo`ygan, o`zingni katta tutib, o`zgalarni munosabatini kulgiga olasan, qo`ying sevgini, keraklimi hayoting uchun, o`rni bormi uni? Degan savollarga javob topaolsangiz eng baxtli insonsiz. Bundan keyingi hayotim shunisi bilan qiziqki, xarakterim, o`zimni tutishim hatto reaksiyalarimni to`g`ri qabul qilgan va uni zavqlantira olganim uchun qabul qilgan inson rostakamiga men uchun yaralgan. Omad bu – sevgi, bu qo`ng`roq, kelishib saytga kirish, bir-birovni poylash yoki omadli uchrashuv emas, bu shunchaki minut, sekund va bir umr seni kutishi ekan qayta va qayta. Kechir yuragjon, senga ham jon borku, meni qiynama faqat shuni bil u mensiz yashashga kuch topaolishi mumkin lekin unutaolmaydi. Nima deysan, bu hiyonatmi? Kimnidir baxtli qilish bu jazomi? Agar bu hiyonat bo`lsa, demak u keraksiz inson. Yana shunga amin bo`ldimki, oila degan tushuncha bu soxta sevgi, boylik, manmanlik, mashina yoki tillo v.k.z emas, bu kerakli insonga aylanish. Kerakmisiz demak oila to`q. keraksiz insonlar ko`p, ular tez ajralishadi oilada ham sevgi jarayonida. Barimiz faqat kerakli insonlar qatoridan mahkam o`rin egallaymiz. Bu ilohiy tuyg`u..
Allah büyükdur
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Пайшанба, 10-Янв-2013, 21:06 | Изох # 966 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Rahmat, nimagaki sen borsan. Yonimda qolmasa ham hech kim. Faqat o'zing borsan. Meni qoldirishsa ojiz, kelasan faqat sen o'zing yolg'iz. Qolmasa ham kuchim, yiqilib, turolmay, kelmasa madorim, shunda ham yonimdasan borim. Yerda yotsam, tuproqga belanib, o'tib ketishsa hamma jirkanib, sen qolasan baribir jilmayib. Men yana turaman oyoqqa, qoqilganim bu yiqilganimmas. Chalganlar yig'lasin hali o'z holiga, bermasin sendek hech kim oro joniga. Men yana yo'ldaman. Rahmat, negaki sen borsan...
Sog' salomatlik...
|
| |
| |
| Loading | Сана: Жума-муборак кун!, 11-Янв-2013, 20:01 | Изох # 967 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Kechir yuragjon, senga ham jon borku, meni qiynama faqat shuni bil u mensiz yashashga kuch topaolishi mumkin lekin unutaolmaydi. Nima deysan, bu hiyonatmi? Kimnidir baxtli qilish bu jazomi? Agar bu hiyonat bo`lsa, demak u keraksiz inson. Yana shunga amin bo`ldimki, oila degan tushuncha bu soxta sevgi, boylik, manmanlik, mashina yoki tillo v.k.z emas, bu kerakli insonga aylanish. Kerakmisiz demak oila yo`q. keraksiz insonlar ko`p, ular tez ajralishadi oilada ham sevgi jarayonida. Barimiz faqat kerakli insonlar qatoridan mahkam o`rin egallaymiz. Bu ilohiy tuyg`u.. Shu xulosani zo'r beribsiz. Vada berganizdek Jiddiy va Boshqacha. Ayniqsa oilada qaysi tuyg'u ko'proq xukumron bo'lishi.Добавлено (10-Янв-2013, 20:40) --------------------------------------------- Giyos akasi mazza qivordimku? Добавлено (11-Янв-2013, 19:01) --------------------------------------------- G'alati lekin menga shunday yoqasan. Aval seni yoqtirmaganman. Yomon ko'rardim. Oyim esa, oyim esa sen bilan uchrashtirishga urunar edilar. Bir kuni uyga qaytsam sening hush bo'y hiding butun uyni egallab olibti. Oyim qancha vaqtlarini sarflab seni... Ovora qilishga uyalmadingmi? Bilaman sen men uchun xammasiga tayyorsan. Onam seni ezg'ilaydilar, cho'zg'ilaydir, yoyib tashilla. Go'shingni esa qiyma-qiyma qivoralla. Sen men uchun chidaysan. O'tda yonib, suvlarni kechib bo'lsada menga talpinasan. Yaqinlaringdan ayrilishga tayyorsan. Yaqin-yaqindan sezib qoldim. Menga chiroyli ko'rinish uchun yuzinga bir nimalar surib yurar emushsan. Qatiq surganinga chidadimu ammo, murchni nima foydasi bor?! G'alati lekin menga ko'proq aynan shunday yoqasan. BIR KOSA QAYNOQQINA CHUCHIVARA.
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Жума-муборак кун!, 11-Янв-2013, 21:20 | Изох # 968 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Sur'atdagi yozuv... Sur'atda ikki chexra, bir biridan quvnoq. Qarab turarlar bir birlaridan baxtiyor. Qo'llari birlashgan... Qalblari tutash... So'zsiz sevgi izhor qilarlar ko'zlari bilan boqib. Sur'atdagi tabiat, doimo bahor. Qushlar uchib yurar tepada juft juft. Suvlar oqib tushar tog'lardan toshlarga urilib, ko'pirib. Shamollar daraxtlarni tebratib, yaprog'ini uchiradilar yiroqlarga. Sur'atdagi yozuv, o'qish qiyin yozuv, yozuvlar... bu ertak, hayot emas...
Sog' salomatlik...
|
| |
| |
| SmartDent | Сана: Жума-муборак кун!, 11-Янв-2013, 23:28 | Изох # 969 |
 Энг қадрли форумдош!
Гурух: VIP
Изохлар: 211
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 1093
Холати: Хозир йўқ
| Вой Лоадингее))) Нима билан тугаркан деб,бир нафасда укимман))) Чучвара денг..Добавлено (11-Янв-2013, 22:28) --------------------------------------------- Гиёс ,Лоадингни монологидан кейин сизникини укиб,бу ёшлар билан сайр килгандек булдим).Ижодингизга омад.
Если хочешь, чтобы жизнь тебе улыбнулась,сначала сам улыбнись жизни:)
|
| |
| |
| xasan_uz | Сана: Шанба, 12-Янв-2013, 00:33 | Изох # 970 |
|
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 5
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 302
Холати: Хозир йўқ
|
Meni yig'lab sog'inma, Meni sog'insang yig'la. Ismim aytib uyg'onma, ismimni aytib uxla !!!
|
| |
| |
| Mirzoxid | Сана: Шанба, 12-Янв-2013, 00:42 | Изох # 971 |
 Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
|
...
|
| |
| |
| Loading | Сана: Пайшанба, 17-Янв-2013, 12:16 | Изох # 972 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Kattalar uchun o'yin.
Yana o'rab choyshab bilan. Chayla qurib beraymi? Fanar yoqib ichiga yoritib xam qo'yaymi? O'yinchoq bo'lsada sizga mashina berdim. Har kimdan ko'ra sizni xammadan yaqin bildim. Bunchalik qaltis o'yin boshladik? Uy qurdik, mana sizga mashina, mana bu meni mashinam. Sizda Mers menda neksiya. Nega sizga xasad bilan qarayman? Pulim yo'qmi? Bor pulim! Xasisman! O'zim xam yemayman, birovga bermayman. Uy qurdik bolaligimizdan xotira bo'lsin, usha shirin onlardan farzandlarimiz tatisin deb bir xona qo'shib qo'ydik. Toq bo'lib qoldi shu xona, tog' bo'lib qoldi o'rtamizda. Ajab o'yin bo'ldi bu. Ajab savdo bo'ldi bu.
Ey Alloh aka-uka, opa-singillar o'rtasidan oqibatni ko'tarma!
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Душанба, 21-Янв-2013, 20:18 | Изох # 973 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Bilasanmi? Oldin sani ko'rganimda, qanaqadir boshqacha bo'lardim. Sanga nisbatan, yuragimda qanaqadir hislar bo'lardi. Muhabbat, yoki sevgimas! Bir boshqacha. Sog'inganimda suratlaringga qarab ovunardim... Chiroyingga to'ymay kun bo'yi termulardim. San yaxshiydinku. Nega tezda o'zgarding? Yoki nega kam vaqt o'zgarib yurding, aslingni yashirib? O'zingga o'rgatish uchunmidi? O'rgatding. Faqat nafratlanishni. Kutmagandim, kutmasdim, kuta olmasdim. Agar adashib manga xat yozib qolsang, g'alati bo'lib ketaman. Huddi begona odam yozayotgandek. Avvalgi sog'inch bilan kutish yo'q. Tunlari xatlaring kutish yo'q. Suratlaring, endi ularni ko'rishga ko'zim yo'q. Seni yozganlaringni o'qishga hushim yo'q. Bilasanmi? Hozir sani ko'rsam qanaqadir asabim qo'ziydi. Yuragimda qanaqadir nafrat bor. Sog'inmayman umuman. Eslasam suratlaringga qaragim keladi. Lekin endi menda seni suratlaring yo'q. Umuman bo'lmaydi ham. Ishonaver. Man sani umuman bilishni hohlamayman. Shaddod qizaloq.
Sog' salomatlik...
|
| |
| |
| Zinnura_K | Сана: Душанба, 21-Янв-2013, 21:01 | Изох # 974 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
| obbo g'iyosaka, hali yolg'onchi qizni, hali aldoqchisini, va yana yetmagande shaddodini yoqtirvurarkansizdee, narmalna qizla topilmayaptimi, yo' topilsayam sizga qaramayaptimi??? ))))
erka farishta....(m)....
|
| |
| |
| Loading | Сана: Сешанба, 22-Янв-2013, 01:58 | Изох # 975 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| -~<=>{ So'ngi damda meni degin! }<=>~-
Bir laxzalik umring qolsa, shundayligin sezib tursang. Menga qilgin bag'shida, sen ketkanda ovinch bo'lsin. So'nggi nafas kirishini, yoki tandan chiqishini bilib tursang, sezib qolsang. To'xtatib imkon qadar, ko'zlarimga boqib olsang. Ko'zlaringni eslar edim. Shuning bilan ovinardim. So'ngi so'zing qolgan bo'lsa, aytib turib joning chiqsa. Sezib tursang, bilib qolsang. Indamay jim meni kutsang, mexir ila kulib tursang. So'ng xayqirib dunyolarga "sevaman" deb so'nib qolsang. Shunday bo'lsa bir umrga hech nimaga quloq solmay yashar edim sukunatda. Qulog'imdan so'zing ketmay. Agar bo'lsa qonunida, senda qolsa so'ngi quchish. Yillar bo'yi mehir yeg'ib quchog'imda qo'nim topsang. Shu quchoqni quchoqlayman, har sog'inchim o'rtaganda, mehirbonroq bo'lib qolgum. Qabringa bosh qo'yganimda. So'nggi bo'sa qolgan bo'lsa, uni asrab lablaringda, ammo umr tugab qolsa, umr shami yonib bitsa. Shunday kunda ko'tarib bosh labing misol lola bo'lsa. Qabring uzra kulib tursa, undan qonib bo'sa olgum. Senda qolsa so'ngi tilak, duo, yoki biror istak. Menga faqat menga so'ra, faqat senla qilsin falak.
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |