She'rlar - Страница 28 - Форумистон
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
She'rlar
Zinnura_KСана: Шанба, 26-Окт-2013, 23:14 | Изох # 676
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
smile Ajoyibimsiz disam Hayron bo'lasiz Do'stim ))))))

siz eng ajoyib do'stsiz..

Raxmat kooottakon.. Mani Judayam hursand qildiz)))) oops


erka farishta....(m)....
 
Qitmir_No:1Сана: Душанба, 28-Окт-2013, 12:14 | Изох # 677
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 435
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 234
Холати: Хозир йўқ
Дунёда тенги йук бир гулсан.
Кулларим кесилган тегмасдан.
Мен сени севганман билсанг гар.
Биз хали дунёга келмасдан.
Висолий онлар куп кутилган.
Бахтлилик биздан тез к,утилган.
Хижронинг такдирга битилган.
Биз хали дунёга келмасдан.
Кодирбек.


Mani yozganlarimni tushunish uchun, nikimga qarashni o'zi kifoya!
 
GULI_NURСана: Душанба, 28-Окт-2013, 15:33 | Изох # 678
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
Qoyil Akbarshoh hands
 
uzigabek1920Сана: Сешанба, 29-Окт-2013, 00:42 | Изох # 679
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Bugun taqdir meni yoqamdan oldi.
O'ynadim raqibning g'olib kuyida.
Yig'ladim yuragim kul bo'ldi, yondi.
O'zim yor-yor aytdim yorim to'yida.

Qismatlar qastlashib, qurboni bo'ldim.
Azoblar shahrining sultoni bo'ldim.
O'zga yor bag'rida Zuhroni ko'rdim.
O'zim yor-yor aytdim yorim to'yida.

Bahorgi hazonlar mening armonim.
Dunyolarga o'yin, ohim qiynog'im.
Yig'layotgan naymas mening fig'onim.
O'zim yor-yor aytdim yorim to'yida.

Qo'shiqlar jonimning jahonlaridur.
Qon yutgan qalbimning fig'onlaridur.
Bevafoning yolg'on mujgonlaridur.
O'zim yor-yor aytdim yorim to'yida.

Yor suygan ko'zimdan yor chiqqunicha.
Kuylayman tanimdan jon chiqqunicha.
Toki nay bag'ridan qon chiqqunicha.
O'zim yor-yor aytdim yorim to'yida.

Taqdir-da. Qismatga qarshi hukm yo'q.
Bitilmish peshonamda, o'zga rukn yo'q.
Ojiz bir hofizman ortiq yukim yo'q.
O'zim yor-yor aytdim yorim to'yida.
. . .
O'ynadim taqdirning g'amli kuyida.

Akbar Shoh.

Добавлено (28-Окт-2013, 23:42)
---------------------------------------------
Guli_Nur sizga RAHMATT


Originallikka intil.
 
UzbеkСана: Сешанба, 29-Окт-2013, 09:16 | Изох # 680
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 247
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 32
Холати: Хозир йўқ
Алдамадим севдим деб сени

Имзодаги сурат катта бўлгани учун олинди. Бошқа сайтга реклама манбааси бўлгани учун иштирокчи фаолияти форумда тўхтатилди. Sayyod.
 
Zinnura_KСана: Сешанба, 29-Окт-2013, 09:25 | Изох # 681
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
hands

erka farishta....(m)....
 
UzbеkСана: Сешанба, 29-Окт-2013, 10:45 | Изох # 682
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 247
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 32
Холати: Хозир йўқ
не тохтап колдила

Имзодаги сурат катта бўлгани учун олинди. Бошқа сайтга реклама манбааси бўлгани учун иштирокчи фаолияти форумда тўхтатилди. Sayyod.
 
Qitmir_No:1Сана: Сешанба, 29-Окт-2013, 21:43 | Изох # 683
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 435
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 234
Холати: Хозир йўқ
Акбар Шох койил.

Mani yozganlarimni tushunish uchun, nikimga qarashni o'zi kifoya!
 
uzigabek1920Сана: Чоршанба, 30-Окт-2013, 00:13 | Изох # 684
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Tashakkurlarim

Originallikka intil.
 
Zinnura_KСана: Чоршанба, 30-Окт-2013, 15:01 | Изох # 685
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
hands

erka farishta....(m)....
 
bek88Сана: Чоршанба, 30-Окт-2013, 17:48 | Изох # 686
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
Дилинг тушар дилдошмасман
Сенга якин сирдошмасман
Йулни айро солдинг узинг
Энди сенга йулдошмасман.


Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
 
uzigabek1920Сана: Пайшанба, 31-Окт-2013, 20:54 | Изох # 687
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
-YOZGANLARIM-[duet she'r]
Guvoh bo'ldi yozganlarim.
Panoh bo'ldi yozganlarim.
Dunyoga tenglab o'ylasam,
GUNOH bo'ldi yozganlarim.

Telbanamo yuragim bor
Meni kimga keragim bor.
Telbalikka to'rt qator,
Izoh bo'ldi yozganlarim.

Baxt adosiz, dard adosiz,
Sinovlaru shart adosiz.
Yozilmadi xech xatosiz.
Jo'nroq bo'ldi yozganlarim.

She'rlar yozdik olovga
Ko'rsata olmay birovga.
Ba'zan bitta maqtovga,
Mushtoq bo'ldi yozganlarim.

Yig'ladi zor-u noladek.
Bepanoh, beun loladek.
Chorasizlarga choradek,
Uzoq bo'ldi yozganlarim.

Qalbimni xazon qildi.
Dardimni doston qildi
O'zimni somon qildi.
Mashoq bo'ldi yozganlarim.

Bevafoning vafosidan.
Orzularning qazosidan,
Dardlarimning dunyosidan,
Urvoq bo'ldi yozganlarim.

Ishqimga nafrat qaytdi.
Balki shu qismat qaytdi.
Kim kuyib ketgan payti,
Saboq bo'ldi yozganlarim

Goh yozib, goh o'chirildi.
Shamollarga uchirildi.
Dildan dilga ko'chirildi.
Savob bo'ldi yozganlarim.

Men shoirmi aziz do'st
Ayting menga yuzma yuz
Yozmayin bitta aruz
Barmoq bo'ldi yozganlarim

Dard yozsam kim kuladi.
Baxt yozsam kim to'ladi.
Bitta kitob bo'lmadi. . .
Sanoq bo'ldi yozganlarim.

Biz qo'ymayin yozamiz
Biz to'ymayin yozamiz
Doim shuni sezamiz
Ozroq bo'ldi yozganlarim

Maqsad bitta, makon manzil.
Ilinj, umid, imkon manzil.
Qiynalganda yo'llarda dil,
Hamroh bo'ldi yozganlarim.

Dardim aytay men kimga
Gullar tutay men kimga
Tig' sanchilgan qalbimga
Yamoq bo'ldi yozganlarim!

Sog'inganman qor qaydadir.
Men izlagan yor qaydadir.
Bugun kelib "kimlargadur",
Sirtmoq bo'ldi yozganlarim.

Bir ko'ngil bor to'lmagan
So'ngiga borilmagan
Dil tubida porlagan
Mayoq bo'ldi yozganlarim.

Do'st tutindim armonlarga.
Sig'madim keng osmonlarga.
Qalb atalmish ummonlarga,
Qirg'oq bo'ldi yozganlarim.

U bevafo armon u
Sog'insam ham yolg'on u
Hijronlardan qalqon-u
Yaroq bo'ldi yozganlarim.

Bulut ustidagi hilol.
Shafaq bag'rida rangi ol.
Gul qo'ynida shabnam misol.
Titroq bo'ldi yozganlarim.

Men navqiron, qaritgan
Va aqlimni aritgan
Meni yoqib yoritgan
Chiroq bo'ldi yozganlarim.

Jon bahridan o'tilgan,
Dard yig'ib jon so'kilgan.
Beqadr yerga to'kilgan.
Yaproq bo'ldi yozganlarim.

To'fonlarning dardi mayin.
Qalbimizning haddi o'yin
Anov chinor bargidayin
Tarqoq bo'ldi yozganlarim.

Jo'shib oqdi anhorlarda,

Faryod aylab nahorlarda,

Yomg'ir quvib bahorlarda,

Chaqmoq bo'ldi
yozganlarim!

Barin bergan Alloh bilsam

Arzir ming bor shukr
qilsam

Menki do'stim et bo'lsam

Tirnoq bo'ldi yozganlarim

Kirolsin oshiq qalbiga.
Qo'shilsin nazm nahriga.
Qo'llagin! ko'ngil shahriga.
Bayroq bo'lsin yozganlarim.

Allohga shukr.
(Akbar Shoh, Salim Madartov.)


Originallikka intil.
 
Zinnura_KСана: Жума-муборак кун!, 01-Ноя-2013, 00:20 | Изох # 688
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
She'rlar yozdik olovga
Ko'rsata olmay birovga.
Ba'zan bitta maqtovga,
Mushtoq bo'ldi yozganlarim.

hands Kamtarligizdan Huddi o'zimsizdeeee clap lol

ajoyib shoirsiz.. Orginal bo'lib qoling biggrin


erka farishta....(m)....
 
EzoDilСана: Жума-муборак кун!, 01-Ноя-2013, 00:58 | Изох # 689
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
Мехр бериб,кадр ёкотиб,
Сизни дея зардоблар ютдим.
Орзуларим армонга отиб,
Сиздан зарра мехрни кутдим.

Сизчи менга раво курдингиз,
Ёстиги буш,зимистон тунлар.
Кай деворга урай бошимни,
Дод соламан,чикмайди унлар.

Ёдга олинг,бетоб чогингиз,
Бошингизда булдим парвона.
Сиз булсангиз янчдингиз кадрим,
Узгасига булиб девона.

Кани,айтинг инсоф-ла энди,
Нима утди мендан,хатолик?
Балки истар шуни кунглингиз,
Ёки енгил хаётга молик?

Бор хаётим бахш этдим ахир,
Факат сизга ва оилангизга.
Не умидла кадам босгандим,
Сизни дея остонангизга.

Пешонада,кулимдан келмас,
Такдиримни узгартимоклик.
Жойнамозда сурай тун-у кун,
Сизга инсоф,диёнат,поклик.

Фарзандларим жону танимдир,
Шулар борки,бахтдан сархушман.
Таним бут-у,лек кемтик жойим,
Канотлари кайрилган кушман!

(bir ayolni iltimoslariga binoan yozilgan sher. Lotin harfda öqomaganlari un krillda yozilgan.)


Kimgadir borligim o'zi bir dunyo,
Su'ratim avaylab yurakka ildi.
Kimgadir aksincha,keldimmi malol,
Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
 
Qitmir_No:1Сана: Жума-муборак кун!, 01-Ноя-2013, 16:31 | Изох # 690
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 435
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 234
Холати: Хозир йўқ
Э койил!

Mani yozganlarimni tushunish uchun, nikimga qarashni o'zi kifoya!
 
bek88Сана: Шанба, 02-Ноя-2013, 22:47 | Изох # 691
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
Sabr Sabr deymizku, alam ko'z yosh
chiqarar.
Artmang sira ko'z yoshni,ko'nglingizni
bo'shatar.
Birdan sir do'st aytmangiz,do'st
sirizdan qahshatar.
Rost so'z so'zlaylik desak, Sukut Sabr
asqotar.


Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
 
uzigabek1920Сана: Якшанба, 03-Ноя-2013, 11:31 | Изох # 692
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
-Sevgimga savol-
Oshiq siz uchun kim U?
O'ldirsa ham o'lmaydi.
Sizni sevish mumkinu,
Meni sevib bo'lmaydi?.

Dard to'kaman, dard yutub.
Hasta ko'nglim to'lmaydi.
Sizni sevish mumkinu,
Meni sevib bo'lmaydi?.

Tanda ilohiy titroq.
Yurakkinam kemtikroq.
Siz yulduzsiz, biz tuproq.
Meni sevib bo'lmaydi?.

Bechoraman, chorasiz.
Muhabbat dilporasi.
Siz dursiz, durdonasiz.
Meni sevib bo'lmaydi?.

Yonarman olovdaman.
Qordaman, qirovdaman.
Javobsiz so'rovdaman.
Meni sevib bo'lmaydi?.

Jonimga javob ayting.
Haq uchun, savob ayting.
Ayting, bir sabab ayting.
Meni sevib bo'lmaydi?.

Azobim ortiq meni.
Hayotim tortiq meni.
G'amlarga otib meni.
Nechun sevib bo'lmaydi?!
. . .
Oshiq siz uchun kim U?
O'ldirsa ham o'lmaydi.
Sizni sevish mumkinu,
Meni sevib bo'lmaydi?.

Akbar Shoh.


Originallikka intil.
 
Zinnura_KСана: Якшанба, 03-Ноя-2013, 11:54 | Изох # 693
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
hands

Oshiq.. Kim uchundir ertak..
Yoqimtoygina Tentak..

oops

rossa zo'r she'r chiqibdi))

Dil Opa... hands
gap yo'q...

Qitmir clap zo'r))))


erka farishta....(m)....
 
QoravoyСана: Пайшанба, 07-Ноя-2013, 11:26 | Изох # 694
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 31
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 9
Холати: Хозир йўқ
Qaro may birlan jom bo'ldi yarog'lik,
qadax to'la boda tutgin ey yor.
Anda bo'lsin ishqing siri birlan sehr,
mas bo'layki, topay bog'istoning bo'yini.

Ichdim, yorlar vasli sendek bo'lmadi,
madx etgani sening vasling'a til mum.
Har neki olam ichi o'n sakkiz ming,
nomin tinglab sandan alo topmadim.

Fazliddin "Qolavoy"
P.S kutkaningda sog'intirib, kutilmaganda hayratga soluvchi Endi faqat Fazliddin.

Marxamat navbat silaga.
Man shunchaki o'zimni sinab ko'rdim. Endi ezernet zovis(o)amo lol yo'q.

Har oyning birinch payshanbasida Shukrona opa tel qilib akciyani eslatib qo'yin.
Raxbaryatdan be so'roq profil ochkanim uchun kechirim so'riman. Sababini yuqorida yozdim. O m a d !


Suhbat so'ngida hayot haqida mulohaza yuritmas ekansan, vaqting zoye ketibti.

Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Qoravoy - Пайшанба, 07-Ноя-2013, 17:07
 
uzigabek1920Сана: Якшанба, 10-Ноя-2013, 18:35 | Изох # 695
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
-Sog`ingansan-
Hayollaring xanuz betizgin.
Hokimi ishq fikr-u yodingni.
Qiynayverar xazin izg'irin.
Sog'ingansan Dilmurodingni.

Quvonchlaring to'ldirmas qalbing.
Qadrtalab qimmatli qadring.
Dunyolarga sig'maydi darding.
Sog'ingansan Dilmurodingni.

Tuyg'ularing oqar tuslanib,
Yurak yig'lar nogoh hislanib.
Qolganingda bir yolg'izlanib,
Sog'ingansan Dilmurodingni.

Hayoting bejavob savolday.
Bog'boni yo'q bir navniholday.
Sahrolarda ko'r tashnaxolday.
Sog'ingansan Dilmurodingni.

Muhabbatdan istab muruvvat,
Tugasin deb sog'inch, rutubat.
Tashlaganing cheksiz uqubat,
Sog'ingansan Dilmurodingni.

Eshitmasdan ketganding endi
Yetkaz Dilga dilda ohingni.
Yondim, sening navbating keldi.
Sog'inasan Dilmurodingni.
. . .
Hayollaring xanuz betizgin.
Hokimi ishq fikr-u yodingni.
Qiynayverar xazin izg'irin.
Sog'ingansan Dilmurodingni.

Akbar Shoh.


Originallikka intil.
 
Dinora_Golden_GirlСана: Якшанба, 10-Ноя-2013, 23:45 | Изох # 696
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Dil daftarin ajoyib bejab,
Bitiklarni yozadi tuzab,
Og'ir bosiq mo'jizada, zab,
Sog'indimku Akbar Shohimni... hands

Mehribooonim manim... Sahargi ertak... smile


Fikrim satrimda oshkor!)
 
EzoDilСана: Сешанба, 12-Ноя-2013, 06:44 | Изох # 697
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
Узганинг ёрига олайтириб куз,
Нима максад килар,нени хаёллар.
Сизни оклаш учун тополмайман суз,
Гунохига гунох ортган аёллар.

Ахир сиз хам аёл,англамайсизми,
К,уйнингиздаги ёр,узганинг хасми.
Ёки аёл номи,номуси,ори,
Шунчалик хаёсиз.шунчалик пастми?

Уйда фарзандлари отасига зор,
Мунис аёлининг кунглида минг гам.
Шуларнинг уволи тутмасми ахир,
К,андай тинч яшайсан,к,андайин бегам?

Бунча бу кузларинг булмаса сук,ир,
Бир онлик лаззатми ё пул хаёлинг?
Яратган зинога минг лаънат ук,ир,
Эх,узбек миллати,шуми аёлинг?

Имкон борлигида хушинг егиб ол,
У эркак кур булса,сен кузинг очгин.
Бесамар кетмасин,хаётинг увол,
Ибодатга юз бур,гунохдан кочгин.

Сизга хам аталган жуфт бордир ахир,
Нима етсин ошни халол емокка.
Булинг бир оиланинг гузал бекаси,
Шунда мен ожизман,бир суз демокка!

(EzoDil)


Kimgadir borligim o'zi bir dunyo,
Su'ratim avaylab yurakka ildi.
Kimgadir aksincha,keldimmi malol,
Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
 
Dinora_Golden_GirlСана: Сешанба, 12-Ноя-2013, 08:26 | Изох # 698
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Viiiyyy Bravooo hands

Tarbiya mahsuli... hands

E'zozani oyijonisi... specool


Fikrim satrimda oshkor!)
 
uzigabek1920Сана: Сешанба, 12-Ноя-2013, 21:12 | Изох # 699
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Mehribonimga rahmat (ana kimdur soginibdiku))) EzoDil bravo!!

Originallikka intil.
 
EzoDilСана: Чоршанба, 13-Ноя-2013, 10:12 | Изох # 700
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
Raxmat,Din Din. Akbar shoh sizgayam raxmat. Etiboriladan bowim kökka yetdi.

Kimgadir borligim o'zi bir dunyo,
Su'ratim avaylab yurakka ildi.
Kimgadir aksincha,keldimmi malol,
Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
 
Поиск: