|
She'rlar
|
|
| Zinnura_K | Сана: Пайшанба, 19-Дек-2013, 01:02 | Изох # 726 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
| do'stim ajooyib)
erka farishta....(m)....
|
| |
| |
| uzigabek1920 | Сана: Пайшанба, 19-Дек-2013, 01:04 | Изох # 727 |
|
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
| Bormisiz EY DO'ST?!
Originallikka intil.
|
| |
| |
| Dinora_Golden_Girl | Сана: Пайшанба, 19-Дек-2013, 14:14 | Изох # 728 |
|
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
| Dunyo g'amlaridan charchasang nogoh... Yoningda bo'lurman illo banogoh...!!!
Bravooo Mehribooonim manim...
Fikrim satrimda oshkor!)
|
| |
| |
| GULI_NUR | Сана: Сешанба, 24-Дек-2013, 16:53 | Изох # 729 |
|
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
| Erta tongda shirin uyqudan kechib, Shayton bog'lab ketgan iplarni yechib. Haqiqiy mexrni Ollohga tuyib, Joynamoz ustida ötirar ayol.
Rasm soling tirnoqqa, Böyalmagan böyoqqa. Shayton qurmagan inin, Chirk bosmagan pok dilin. Joynamoz ustida ötirar ayol.
Sözin boshi Bismilloh, Tildan tushmaydi Olloh. Sajdasi Kabatulloh, Ergashgani Rasululloh. Joynamoz ustida ötirar ayol.
|
| |
| |
| uzigabek1920 | Сана: Пайшанба, 02-Янв-2014, 20:08 | Изох # 730 |
|
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
| =Har kungi odat= Har kungi odatin qilmasdan kanda, Oqshom tezlashadi yurak urishlar. Allanechuk hislar uyg`otar tanda, Suratga termulib, hayol surishlar
Ikkimiz yonma-yon bir tanu jondek, Baxt quchib, baxtlarga to'lib uchganmiz. Atrofda yaltirb qorlar marjondek, Go'yo ming avval surat tushganmiz.
Ha, ming yil ilgari, million yil oldin. Yashardim baxtlardan ko'ra baxtliroq. Qayerda yo'qotdim anglamay qoldim. Baxt ketdi bahordan ko'ra vaqtliroq.
Qor eridi, o'chib ketdi izlaring. Qalbim muzlog'ida qoldi abadiy. Sen endi eslama, yashir hislaring. Men she'rga yashirgum dardim, adabiy.
Har kungi odatin qilmasdan kanda, Oqshom tezlashadi yurak urishlar. Yana qiynab, meni qoldirar g'amda,
Suratga termulib, hayol surishlar...
Akbar Shoh.Добавлено (02-Янв-2014, 19:08) --------------------------------------------- Men haqimda so'raging kelsa, Suluvlardan so'rama meni. Ular aytar bilsa-bilmasa, Yolg'on aytib aldashar seni.
Men haqimda so'raging kelsa, Shamollardan so'ra ahvolim. Tingla soching o'ynatib yelsa, Qulog'ingga shivirlar holim.
Men haqimda so'raging kelsa, Tunlar bedor yulduzlarni kut. Ular rinmay charaqlayversa, Ko'zlaringni uzmay quloq tut.
Men haqimda so'raging kelsa, Tez-tez kirib turgin bog'larga. Gul yuziga shabnamlar insa, Javob bo'lar ko'p so'rog'larga.
Men haqimda so'raging kelsa, Kuzda kuzat tiniq soylarni. Soy sathiga agar oy minsa, So'roqqa tut siniq oylarni.
Men haqimda so'raging kelsa, Tong chog'ida tingla qushlarni. Duo qilgin ro'yobin bersa, Tong nuridek shaffof tushlarni.
Men haqimda so'raging kelsa, Sen shulardan so'ragin meni. Va ishongin ular ne desa, Yolg'on aytib aldashmas seni!
Akbar Shoh.
Originallikka intil.
|
| |
| |
| Dinora_Golden_Girl | Сана: Якшанба, 05-Янв-2014, 12:05 | Изох # 731 |
|
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
| Bravooo... Mehribooonim...  Добавлено (05-Янв-2014, 11:05) --------------------------------------------- Bravooo... Mehribooonim... 
Fikrim satrimda oshkor!)
|
| |
| |
| Dilnoza_E | Сана: Якшанба, 05-Янв-2014, 21:42 | Изох # 732 |
|
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 1372
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 366
Холати: Хозир йўқ
| Akbar Shoh ijodizga omad. Judayam go'zal she'r yozibsiz.
|
| |
| |
| uzigabek1920 | Сана: Чоршанба, 08-Янв-2014, 21:39 | Изох # 733 |
|
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
| Rahmat azizlarim. Добавлено (08-Янв-2014, 20:39) --------------------------------------------- =Tuyg'ularim ta'tildan qaytdi= Xech meni tinch qo'ymadi dunyo, Kimdir nogoh ismingni aytdi... Qalbda to'fon boshlandi, go'yo Tuyg'ularim ta'tildan qaytdi!
Kunduzlarim yana bexuzur, Tunlarimdan yo'qoldi orom. Ishq xislatmi va yoki qusur? Anglay olmay qiynaladi jon.
Yana daftar titish boshlandi, Orasida izhoriy xatlar. O'qiyotib ko'zim yoshlandi, Esiz, yonib ketgan suratlar.
Yuragimda boshlandi taftish, Go'yo meni so'roqlar birov. Ikkimizni uchrashtirgan qish, Vujudimni qoplagan qirov.
Nigohlaring vasli bilan band, Xijroningdan xorg'in qarog'lar. Seva olar kim mendan baland? Qaytalanar eski so'rog'lar...
Shu yurakni sug'urib olib, Qo'yishsami o'rniga jihoz. Zora ishqing dildan yo'qolib, Osoyishta yashardim biroz?. ... Qalbda to'fon boshlandi, go'yo Tuyg'ularim ta'tildan qaytdi! Xech meni tinch qo'ymadi dunyo, Kimdir nogoh ismingni aytdi...
Akbar Shoh.
Originallikka intil.
|
| |
| |
| ChniveS | Сана: Чоршанба, 08-Янв-2014, 22:14 | Изох # 734 |
 Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 74
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 86
Холати: Хозир йўқ
| Tog'da garmon o'ynaydi Tomda xo'roz kuylaydi, Xolang ishtonin yo'qotgan, Pochchang bekitgan bermiydiiiii
Hayot berganda Ta'lim .. Chetga qochar Muallim...
|
| |
| |
| uzigabek1920 | Сана: Жума-муборак кун!, 10-Янв-2014, 00:55 | Изох # 735 |
|
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
| Na senda baxt, na menda quvonch. Ikkimiz ham g'arib, bechora. Na bir taskin, na dilga yupanch, Topolmaymiz ko'ngillar pora.
O'tkazasan tunlarni bedor, Yulduzlarga aytolmay siring. O'tkazaman tunlarim bemor, Kunduzlardan yashirib sirim.
Qadding egik kun sayin sening, Tabassumni unutgan labing. Qaddim egik kun sayin mening, Ahvoli tang, qaltirar qalbim.
Yuragingda allanechuk his, Sog'inch, sevgi azaliy bir dard. Yuragimda allanechuk his, Qiynayverar natijasiz ahd.
Qiynalasan azobing cheksiz, Qalb so'rog'i javobsiz hanuz. Qiynalaman azobim cheksiz, Lek umidvor nimadandur ko'z.
Qarg'aysanu g'urur qurg'urni, Qaroriga yo'q qarshiliging. Qarg'aymanu g'urur qurg'urni, Dushmanimdur bag'ritoshligim.
Sindirdikmi baxtni talashib, Muhabbatni yetmay qadriga?. Ilkis, xato qadam tashlashib, Xanjar urdik sevgi bag'riga.
Bunda endi yashamoq nechun, Qaxratonda, tun, zim-ziyoda? Menda sen yo'q, men yo'q sen uchun. Dil talpinar, yo'llar ayroda.
Na senda baxt, na menda quvonch. Ko'zlagandik qayu maqsadni? Na bir taskin, na dilga yupanch. Uvol qildik pok muhabbatni. . . . . . Na senda baxt, na menda quvonch?.
Akbar Shoh.
Originallikka intil.
|
| |
| |
| Dinora_Golden_Girl | Сана: Жума-муборак кун!, 10-Янв-2014, 01:28 | Изох # 736 |
|
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
| Qoyil... Mazza qildim o'qib o'ziyam...
Bravo Mehribonim...
Fikrim satrimda oshkor!)
|
| |
| |
| uzigabek1920 | Сана: Якшанба, 12-Янв-2014, 18:31 | Изох # 737 |
|
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
| Kimdur aytdi: dunyo fizika, Qonunlari qatiy bir tizim. Boshqasi der: matematika, Xisob kitob mazmun azizim. Kimyo dedi boshqa bittasi: Moddalardan tashkildur hayot. -Yo'g'e butun galaktikasi O'rganamiz bu falakiyot. -Anatomiya butun bir olam. So'zni buzdi baqirib birov. Axir shunda jam ilmi odam Qolganlari shunchaki tirkov. Jim eshitib, kulgim qistadi. Eh, shunchalik xarobmi hayot? Uch unsurda ma'no izlari, Dunyo, inson va adabiyot.
Akbar Shoh adabiyot kuchli azizim.
Originallikka intil.
|
| |
| |
| Dilnoza_E | Сана: Якшанба, 12-Янв-2014, 20:12 | Изох # 738 |
|
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 1372
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 366
Холати: Хозир йўқ
| Akbar Shoh ijodizga omad. She'rlariz judayam chiroyli va mazmunli.
|
| |
| |
| uzigabek1920 | Сана: Шанба, 25-Янв-2014, 18:45 | Изох # 739 |
|
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
| Рахмаат! Добавлено (23-Янв-2014, 17:16) --------------------------------------------- Derazamni avaylab chertib, Tunda yo'qlab kelgan senmiding? Oynakdagi g'uborni artib, Tongni yorug' kutgin debmiding.
Chiqillagan soat milini, Musiqaga o'girgan senmi? Tunni bosgan zulmat devini, Sof yo'rgakka yo'girgan senmi?
Senmi, shahar havosin poklab, Yana yerni sog'inib qaytgan. Senmi bir vaqt arsh aro qolib, Qaytib, bizga salomlar aytgan.
Miltillagan chiroq nuriga, Million jilva hadya qildingmi? Mudroq bosgan qalbim to'riga, Bir amallab kira bildingmi? --- Tanidim-ku seni azizim. Sen quvonchsan, o'zing og'rig'im, Goh o'rtovchi, gohi lazizim, Qalb qadrdon beg'ubor yomg'irim.
Sendan bitta iltimosim bor. Sen eplaysan, bilaman buni. Charx aylanib yog'ganda takror, Yuv qalbimda qolgan qayg'uni.
Mayli, qaytib kelganda bahor, Mayli, keyin mayli, sal kechroq. Lek yodingdan chiqmasin zinhor, Yuv, qabrimdan unmay qizg'aldoq.
Akbar Shoh. Добавлено (25-Янв-2014, 17:45) --------------------------------------------- Sen, sevgini sevdim degan zar so'zlardan izlama. Kulib-kulib o'ynab turgan har ko'zlardan izlama. Bahor chog'i dil bog'ida mavjlanarkan ishq sayli, Bulbul o'ynab uchib-qo'ngar gul yuzlardan izlama.
Sen, sevgini ertaklar-u, qo'shiqlardan izlama, Haqiqatdan tamom yiroq bo'shliqlardan izlama. Ishq ilohiy hukm erurki, bilib qo'ygin sen shuni, Dilni quvlab aql yetmas to'siqlardan izlama.
Sen, sevgini boda lim-lim soqiylardan izlama, So'zlarida ma'nosi yo'q dohiylardan izlama. Oliy savob muhabbatdur, gunohkori bunda yo'q, Tili birla dili ayro osiylardan izlama.
Sen, sevgini dunyo mulki g'aznasidan izlama, Betikon bir gul qidirib, g'unchasidan izlama. Mashaqqatsiz mukofot yo'q, shundayindur muhabbat, Oson yetar biron dildor g'amzasidan izlama.
Sen, sevgini qulf solinmas darvozadan izlama, Bozormas-ki ishq maydoni ovozadan izlama. Dunyo kezib aylanma sen, atay sevgi axtarib, Osmonlardan toparman deb havozadan izlama.
Sen, sevgini jon kuydirib kuygan jondan izlama, Ma'dan emas qazib olsang biror kondan izlama. Tushkunlikka tushma aslo, tubanlikka bo'lma xesh, O'tib ketgan yillaringdan, zor armondan izlama.
Sen, sevgini vafosidan kechganlardan izlama, Kunda takror ishq ahdini ichganlardan izlama. Shundaylar bor muhabbatni o'pich bilan hisoblar, O'zga yorni bag'ri to'lib quchganlardan izlama.
Sen, sevgini o'tib ketar afg'onlardan izlama, O'zligini aniq bilmas sarsonlardan izlama. Sen sevgini o'zingdan top, ich-ichingda dilda U, Taxlil etgil chun izlarsan yolg'onlardan izlama!
Akbar Shoh.
Originallikka intil.
|
| |
| |
| Dinora_Golden_Girl | Сана: Сешанба, 28-Янв-2014, 13:18 | Изох # 740 |
|
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
| Bravooo Mehribooonim...
Fikrim satrimda oshkor!)
|
| |
| |
| uzigabek1920 | Сана: Пайшанба, 06-Фев-2014, 00:46 | Изох # 741 |
|
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
| rrrahhhmattttt Добавлено (05-Фев-2014, 23:46) --------------------------------------------- Necha qavmlar o'tdi bunda charx falak avzoiydan, Falak charxi o'tmadi xech qavmlar parvoiydan.
Odam borki dunyo ichra dunyo topsam der mudom, Dunyo uchun ortmagay xech nafsi zo'r dunyoiydan.
Odam borki lazzati aysh kifoy unga, bas yetar, Arsh uchunda chiqmasam der ayshidan ro'yoiydan.
Odam borki jaholatda qabohatni erkalar, Zalolatda o'tarman der mahluqot yovvoiydan.
Guldan izlar, puldan izlar, kimdan izlar baxtlarin, O'ylamas baxt kondin chiqmas, chiqmagay daryoiydan.
Odamiyzot qara senda qandoq xor-u hastalik, Ruhiyat-u zehn mahrum nasli sof havoiydan.
Akbariy Shoh ayt baralla anglasin johil buni: Baxt toparsiz siz izlashni o'rganung Navoiydan.
Akbar Shoh.
Originallikka intil.
|
| |
| |
| EzoDil | Сана: Пайшанба, 06-Фев-2014, 01:25 | Изох # 742 |
 Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| Qoyiley. Tögrisi ijodiz lol qoladigan darajada. Qalamiz hich qachon sinmasin Akbar Shoh.
Kimgadir borligim o'zi bir dunyo, Su'ratim avaylab yurakka ildi. Kimgadir aksincha,keldimmi malol, Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
|
| |
| |
| uzigabek1920 | Сана: Пайшанба, 06-Фев-2014, 10:50 | Изох # 743 |
|
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
| Rahmat EzoDil siz ham juda ajoyib yozasiz!
Originallikka intil.
|
| |
| |
| EzoDil | Сана: Пайшанба, 06-Фев-2014, 13:41 | Изох # 744 |
 Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| Raxmat))
Kimgadir borligim o'zi bir dunyo, Su'ratim avaylab yurakka ildi. Kimgadir aksincha,keldimmi malol, Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
|
| |
| |
| oybek | Сана: Сешанба, 11-Фев-2014, 10:38 | Изох # 745 |
 Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
| Yashamoq farz, ammo o'lim muqarrar. Sevilmoq baxt, ammo xijron muqarrar. Dunyoda yashashdan noumid bo'lmang, sog'inchlar ketidan visol muqarrar.....
|
| |
| |
| EzoDil | Сана: Сешанба, 11-Фев-2014, 16:48 | Изох # 746 |
 Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| Erkaklar,uyimiz törisi sizlar, Ham pewona zöri,ham wörisizlar. Bazida sovuqqon,bazida esa, Könglimiz chirog'i,qalb qörisizlar.
Siz ila rözg'or ham töla tökisdir, Siz ila xotinlar "tovuq","hökiz"dir. Siz bilan charog'on uyim quyoshi, Ösha "ur" oshiyu,ösha "sök" oshi!
(EzoDil)
Kimgadir borligim o'zi bir dunyo, Su'ratim avaylab yurakka ildi. Kimgadir aksincha,keldimmi malol, Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
|
| |
| |
| Dadaxon | Сана: Сешанба, 11-Фев-2014, 20:22 | Изох # 747 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
| Bugungi Sanatga
Vo ajab qandayin kunlar keldi, Zamin yorilmadi ular omondir. Sanatim bog'inga kimlar keldi Shundan bugun ranging samondir.
Zog'lar bisyor bugun bag'ringda Bullbullaring sanoqli oz. Yoshi bir joyga borganda Liftni xam qilishdi iflos.
Sanat senga achindim bugun Mamurjonlar qaytib kelmaydi. Xalq xofizi uvol emasmi Jonli kuylash nima bilmaydi.
Qöshiq ila tanilmasa elga Yarim yalong'och surat tushishdi. Aybni qöyishb kimlardir kimga Xalqni uquvsiz omi bilishdi.
Saxnang bugun torlik qildimi Xovuzlarda kuylay boshlashdi, Yoxud ular pulning qulimi Sanat seni xörlab tashlashdi.
Oxunjonu Yulduzlar baxsi Oxun ketib yakun toptimi. Ex sanatim xoling bugun Asal choylarga qoptimi.
She'rning narasini dunyo tinglaydi Mamurjoning bugun zog'lar bilmaydi. Aytgil sanatim turmagil jim Qachongacha ular bizni aldaydi.
(E.D)11.02.2014.
|
| |
| |
| oybek | Сана: Чоршанба, 12-Фев-2014, 09:50 | Изох # 748 |
 Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
| Dadaxon ajoyib.....
|
| |
| |
| Parvina | Сана: Жума-муборак кун!, 14-Фев-2014, 16:41 | Изох # 749 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
| Над могилой моей не стой, не рыдай Я не там, я не сплю, просто верь, просто знай Я с тобою в дыханье беспечных ветров, Я с тобой в ослепительном блеске снегов Я согрею тебя теплым солнца лучем, Я коснусь тебя мягким осенним дождем. Над могилой моей не стой не рыдай
Я не там...я с тобой просто верь, просто знай... В разбудившей тебя поутру тишине,
Я приду к тебе пеньем птичьим в окне, Буду ночью по-прежнему рядом с тобой, Охраняя твой сон с неба яркой звездой. Над могилой моею не стой, не рыдай, Я не там, я с тобой! Только верь! Просто знай
Allah büyükdur
|
| |
| |
| uzigabek1920 | Сана: Жума-муборак кун!, 21-Фев-2014, 00:47 | Изох # 750 |
|
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
| O'N OLTI YOSHDA EDING SEN. . . Bor yo'g'i o'n olti yoshda eding sen. Kipriging nayzasi jonimdan o'tgan. Qanchalar beg'ubor, sodda eding sen. Bor yo'g'i o'n sakkiz yoshli yigitman.
Sen meni bilmasding, tanimasding ham. Sezmasding pinhona kuzatganlarim. Men senga xayolan bo'lardim hamdam, Xayolot xatto gul uzatganlarim.
Bahor gullar quchib sevardim seni. Yozni kuydirardim ishqingda yonib. Kuzgi shamollardan asrardim seni. Qishdan qo'riqlardim bag'rimga olib.
Sen meni sezmasding, payqamasding ham. Ishqing sururida o'tardi kunlar. Sevgidan mast edim, shod edim xurram, Daryolardek shoshib o'tibdi yillar.
Bor yo'g'i o'n sakkiz yoshda eding sen. Kipriging nayzasin kimgadur otgan. Qanchalar beg'ubor, sodda eding sen. Bor yo'g'i baxtni boy bergan yigitman.
Akbar Shoh.
Originallikka intil.
|
| |
| |