|
She'rlar
|
|
| EzoDil | Сана: Шанба, 28-Сен-2013, 23:22 | Изох # 626 |
 Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| raxmat,azizlarim. Etibor uchun! Uzigabek1920,qoyil,sherga gap yö. Добавлено (28-Сен-2013, 22:22) --------------------------------------------- Sherlarim, baringiz ög'lim,qizimsiz, Xalqingiz könglidan mangu joy oling. Men qancha yawayman,bilmasman,ammo, Aziz farzandlarim,orqamda qoling!
Böling,nasihatgöy,böling sirdow,döst, Uwbu vasiyatim quloqqa oling. Nodonga yölbowchi,donoga hamroh, Har bir misralarim,orqamda qoling!
Navoiy baytiga bölingiz izdow, Bobur misralari sizga bölsin bow. Mevali daraxtga otiladi tow, Yuragim torlari,orqamda qoling!
Biringizda yawar g'ururim,orim, Yana biringizda orzu-armonim. Bisotda asragan ham yög'-u borim. Köngil bitiklarim,orqamda qoling!
(EzoDil)
Kimgadir borligim o'zi bir dunyo, Su'ratim avaylab yurakka ildi. Kimgadir aksincha,keldimmi malol, Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
|
| |
| |
| uzigabek1920 | Сана: Якшанба, 29-Сен-2013, 00:00 | Изох # 627 |
|
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
| Tashakkurlarim e'tibor uchun. Ajoyibim, ajoyib. EzoDil she'rlariz yaxshilik haqida o'ylantiradi.
Originallikka intil.
|
| |
| |
| Dinora_Golden_Girl | Сана: Якшанба, 29-Сен-2013, 15:20 | Изох # 628 |
|
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
| Mehribooonim manim... Mehribonginam...
Doimo sunaqa ashshshal bola bo'b yurin...
Fikrim satrimda oshkor!)
|
| |
| |
| uzigabek1920 | Сана: Душанба, 30-Сен-2013, 08:08 | Изох # 629 |
|
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
| hop boladida. Rahmat.
Originallikka intil.
|
| |
| |
| EzoDil | Сана: Душанба, 30-Сен-2013, 18:56 | Изох # 630 |
 Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| Bir kun borib qolibman, Oy atalmiw bir warga. U yerdan zaminimiz, O'xwar ekan mash'alga. Boqib turib yerimizga, Uzoq hayolga bottim. Erinmasdan sinchiklab, Har bir qarichga boqdim. Ba'zilar boy-badavlat, Bazilar yawar nochor. Bazilar wod-u hurram, Ayrimlarga dunyo tor. Kördim,kibr sohiblarin, Makr qurbonlarin ham. Ammo,wular ichida, Mehr ulawguvchi kam. Qanday tinch yawar ekan, O'z onasin qaqwatgan nodon? Cheksiz gunoh emasmi axir, Jigarbandin xörlagan inson? Ma'yus közlaridan tomib ikki yow, Deraza darchasidan boqardi uzoq. Ikki g'ildirakli aravachada, O'tirardi yig'lab,mungli qizaloq. Nariroqda esa keksa majnuntol, Guvoh edi ikki oq kabutarga. Jilmayib boqarkan ichida daraxt, Cheksiz baxt tilardi dildan ularga. Ana sizga turli odamlar, Mana sizga rang-barang dunyo. Oy örtanar közlarida yow, Wundan balki oyning yuzi dog'. Qani endi bölsam sehrgar, Odamlarga ulawsam quvonch. Nodonlarning mungli qalbida, Yaratsaydim,sabr va iwonch. Afsus,men ham ular ichida, Cheksiz ummon tomchisidirman. Mohning yurak nolalarini, Yetkazuvchi elchisidirman.
(EzoDil)
Kimgadir borligim o'zi bir dunyo, Su'ratim avaylab yurakka ildi. Kimgadir aksincha,keldimmi malol, Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
|
| |
| |
| Dinora_Golden_Girl | Сана: Душанба, 30-Сен-2013, 20:39 | Изох # 631 |
|
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
| Qoyil... Bravo... Har bir satri ajoyib...
Fikrim satrimda oshkor!)
|
| |
| |
| EzoDil | Сана: Душанба, 30-Сен-2013, 22:20 | Изох # 632 |
 Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| Raxmat gözalim. Mehribooonim mani...
Kimgadir borligim o'zi bir dunyo, Su'ratim avaylab yurakka ildi. Kimgadir aksincha,keldimmi malol, Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
|
| |
| |
| GULI_NUR | Сана: Жума-муборак кун!, 04-Окт-2013, 21:24 | Изох # 633 |
|
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
| Dildora tasanno Taqsinga loyiq Ötkir qalamizning namunasi ötkir közlardan qolmasin
|
| |
| |
| uzigabek1920 | Сана: Жума-муборак кун!, 04-Окт-2013, 22:17 | Изох # 634 |
|
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
| Mehr ber, haqqiga sadoqat bergan. Dunyoga qarshilik, qiyomat bergan. Do'stim ehtiyot qil, o'zingni, meni! Hudo seni menga omonat bergan!. Akbar Shoh.
Originallikka intil.
|
| |
| |
| Dinora_Golden_Girl | Сана: Шанба, 05-Окт-2013, 00:22 | Изох # 635 |
|
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
| Mehribooonim manim... Sizga faqatgina haqiqiy DO'STLIKni tilayman... Soxta do'stlarizdan Allohimni o'zi asrasin...!!!)))
Fikrim satrimda oshkor!)
|
| |
| |
| EzoDil | Сана: Шанба, 05-Окт-2013, 00:40 | Изох # 636 |
 Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| Raxmat Guli_Nur,sog' bölin ilohim
Kimgadir borligim o'zi bir dunyo, Su'ratim avaylab yurakka ildi. Kimgadir aksincha,keldimmi malol, Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
|
| |
| |
| uzigabek1920 | Сана: Шанба, 05-Окт-2013, 08:13 | Изох # 637 |
|
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
| Rahmat mehribonim.
-Fikrati charxi zamin- Qarori yo'q bu dunyoning rostidan yolg'oni ko'p. Ki orzular ro'yobining aslidan armoni ko'p.
Charx urar beqaror dunyo ne zamonkim nomuqim. Shul sababmi chin muqimlik satxidan girdobi ko'p.
Gohi shamsu, goh qamarkim mutloqlikka intilar. Ikkisida taxt talashmish shohi ko'p, sultoni ko'p.
Na dengizida qaror bor, na quruqlik sobuti. Gohi zamin hokim unda, gohida ummoni ko'p.
Havosi birqaror ermas, aylanar tinmay jahon. Gohi shamsi qizdirarkan, goh qirovli qori ko'p.
Gar bu dunyo beqarormush, turmas muqim xech zamon. Beqarorlik yurti ichra bevafo insoni ko'p.
Jon talashmish, mol talashmish, joy talashmish, keng zamin. Nafs ila jang sahnasida mardidan yaksoni ko'p.
Chin muhabbat, asl do'stlik bevafolar ichra xor. Qalbida sof tuyg'u hokim aslidan sarsoni ko'p.
Akbariy Shoh mantiq ayla, chun turfa dillar ichra sen. Gohi rosti uchrar unda, gohida yolg'oni ko'p.
Asra o'zlik maqsadingni, asragil yakdil diling. Yaxshilikka boshla yo'llar, izlasang imkoni ko'p. . . . Garchi dunyo nomuqimdur, Sarvari Olam yakkadur. Dunyo-i dun Sohibi bir, o'zga xech rahmoni YO'Q.
Akbar Shoh.
Originallikka intil.
|
| |
| |
| Dinora_Golden_Girl | Сана: Якшанба, 06-Окт-2013, 19:55 | Изох # 638 |
|
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
| Hazrat Navoiyning munosib izdoshi...
Mehribooonim manim... Ofarin... Tasanno...
Fikrim satrimda oshkor!)
|
| |
| |
| uzigabek1920 | Сана: Сешанба, 08-Окт-2013, 02:12 | Изох # 639 |
|
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
| -TUN YARMIDA KO'CHANGDAN O'TGUM_2- - Yurak sanchdi, eski bir xuruj. Yana sen deb o'zni unutdim. Qalbda qaynar azaliy urush. Tun yarmida ko'changdan o'tdim.
Kuzning og'ir, izg'ir shamoli. Go'yo sog'inch kuyini chalar. Aqlim olgan o'tmish hayoli. Yuragimni savollar talar.
So'lg'in, og'ir qadamlar bosib. Keng, qorong'u ko'chadan borgum. Jonimni ming dorlarga osib, Xijroni tig'. Ko'ksimni yorgum.
Bilmamki ne chorlar sen tomon. Tanim ishqqa tob'e, muridmi? Xotiralar qiynar beomon. Yo chiqmagan jondan umidmi?
O'zni qiynab bormoqdaman bas. Tavba! O'zim o'zimga dushman. Eshiklari ochilgan qafas. Yoping. Qafas sog'ingan qushman.
Tun yarmida ko'changdan o'tish. Qalbga taskin berarmidi? Yo'q. Vujudimni o'tlarga otish. Lovullaydi ko'ksimdagi cho'g'.
Oy shulasi elas yoritar. Baland-baland daraxtlar osti. Keng ko'chani sog'inch tor etar. Sog'inganman, sevgilim, rosti.
Ming hayollar og'ushlarida. Manzilini topdi qadamlar. Qani ishqim sog'inchlarida. Barham topsa bu dard alamlar.
Sekinlashib borar yurishlar. So'ng burilish, yaqin manzili. Tezlashadi yurak urishlar. Besaramjon oshiqning dili. . . . E, voh, ne dard ne bu manzara. Taqdir qahring shuncha qattiqmi? Million pora yurak dabdala. Yoki qasding menga ortiqmi?
Boqma yuzsiz! Qarama menga. Million la'nat shu tor ko'changga. Men to'ymagan tik qarab senga. Kimdir ko'ksin bosar qo'lchangga. . . .
Tun yarmida ko'changdan o'tdim. Bostirilgan boshda kapyushon. Indamadim ichimga yutdim. Bebosh yurak aqlga bir ko'n.
Yonginangdan jim o'ta oldim. Sen kularding o'zga bag'rida. Ishqing o'rnin nafratim oldi. Talashmayman sevging narxida.
Tun yarmida ko'changdan o'tdim. Ming afsuslar shu qaro tunga. Men qahrimni ichimga yutdim. Sen kularding, kimgadir, unga.
Tun yarmida ko'changdan o'tdim. Ko'rdim yuzsiz. O'tib ketdim jim. Qalbim qiynar alamli og'riq. Qiziq, endi navbatdagi kim?. . . .
Akbar Shoh.
Originallikka intil.
|
| |
| |
| Dinora_Golden_Girl | Сана: Сешанба, 08-Окт-2013, 07:03 | Изох # 640 |
|
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
| Qalbim qiynar alamli og'riq, Qiziq, endi navbatdagi kim?
Qoyil... Bravo... Ajoyib...
Fikrim satrimda oshkor!)
|
| |
| |
| Zinnura_K | Сана: Сешанба, 08-Окт-2013, 11:28 | Изох # 641 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
| Ajoyibim Ajoyibsiz
erka farishta....(m)....
|
| |
| |
| Dadaxon | Сана: Сешанба, 08-Окт-2013, 20:46 | Изох # 642 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
| Eziliblar kettimu ezib tashladizu yurakni Akbarshox.
|
| |
| |
| uzigabek1920 | Сана: Сешанба, 08-Окт-2013, 23:38 | Изох # 643 |
|
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
| Rahmat azizlar. Bu bir realiti she'r.
Originallikka intil.
|
| |
| |
| Your_Prince | Сана: Пайшанба, 10-Окт-2013, 21:31 | Изох # 644 |
 Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 138
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 84
Холати: Хозир йўқ
| тасанно
|
| |
| |
| Dadaxon | Сана: Жума-муборак кун!, 11-Окт-2013, 15:03 | Изох # 645 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
| "BOZORI YÖQ DUNYOGA KETAMAN" Bir olam topib ketaman bozori yöq Qölim siltab ketaman dunyosiga, Oshiq qalblarga ozori yöq Ketaman bulutlarning samosiga.
Savdo bölmasin ishq ölchanmasin Shaydo qadri zarla sözlanmasin, Qora botirlar g'aflatda uyg'onmasin, Bozori yöq olamlarga ketaman.
Alami yöq, nafrati yöq dunyo bormi? Köz yoshlar oqmagan daryo bormi? Oshiq axli baxtiyor shodonmi Bozori yöq dunyolarga ketaman.
Vafosizlar qadami borib yetmagan Vido qöshiqlarin xechkim aytmagan, Döst döstini yovga sotmagan Bozori yöq dunyolarga ketaman.
Bölmasin xech yolg'onlari Ikki dilning ag'yorlari Yanchimasidan sog'inch sarbonlari Bozori yöq dunyolarga ketaman.
Sevgi qadrin bilganlar orasiga Bu dunyodan kechganlar orasiga Ishq sotardan bezganlar orasiga Bozori yöq dunyolarga ketaman.
Tillar sözlasa dilda borini Yigitu qiz asrasa orini Tashlab ketmasa vafodorini Shunday dunyolarga ketaman.
Charchadimda tolib ketdim Armonlar ichinda qolib ketdim, Azoblarda yonib ketdim Bozori yöq dunyolarga ketaman.
Beg'ubor edi yurak pok edi Nafratlarni mixlab tashlashdi G'azabu alamdan olov qalashdi Bozori yöq dunyolarga ketaman.
Xijronlaru ayriliqning shamoli yöq Faqiri yöq, boyi yöq, zavoli yöq. Rishtalarni uzar dalloli yöq Bozori yöq dunyolarga ketaman.
Sepu sarpolarga talashmagan Dunyo sevib dunyo diya yig'lashmagan Baxt deganni mol ila ölchashmagan Bozori yöq dunyolarga ketaman.
Ketaman, ketgum söngi qarorim Xayolda olam barpo etaman Bozori yöq ozori yöq Men baribr ketaman. (Oshiq.D)
|
| |
| |
| Your_Prince | Сана: Жума-муборак кун!, 11-Окт-2013, 17:43 | Изох # 646 |
 Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 138
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 84
Холати: Хозир йўқ
| жуда хам таъсирли шеър. Куз теймасин!
|
| |
| |
| EzoDil | Сана: Жума-муборак кун!, 11-Окт-2013, 21:54 | Изох # 647 |
 Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| Akbar Shoh judayam ajoyib. Wunaqangi berilib öqidiiim. Ofarin!
Kimgadir borligim o'zi bir dunyo, Su'ratim avaylab yurakka ildi. Kimgadir aksincha,keldimmi malol, Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
|
| |
| |
| Zinnura_K | Сана: Шанба, 12-Окт-2013, 09:44 | Изох # 648 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
| siladaka forumdoshla bilan faxirlanaman)
erka farishta....(m)....
|
| |
| |
| Dadaxon | Сана: Шанба, 12-Окт-2013, 18:43 | Изох # 649 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
| "Söralmagan söroq"
Salqin saxarning salqin sabosi Sog'inchlarim senga eltmadimi? Quyosh körgan egik boshim "Unga juda keraksan" deb aytmadimi?
Yomg'ir tomchilari yuzing silab Yomg'irni sevishim eslatmadimi? Köz yoshlarimdek duvullab Közlaringni yoshlatmadimi?
Tunda yulduzlar sanagan oning Bedorligm aytmadimi? Jim jit tunning sokinligida Xotiralar ortga qaytmadimi?
Shamollarga nola qilgandim Nolalarim yetib bormadimi? Öksib öksib she'rlar bitgandim Shamol senga öqib bermadimi?
Daraxtlarga dardim aytgandim Xazonlarni tinglab körgina, Telbalarcha umid qilgandim Bir bor qalbing tinglab körgina.
Baxor ötdi yoz ötdi, Kuz xam keldi, kelmading. Ox jonimdan azob ötdi Bag'ritoshim qaytmading.
Ishqdan sarmast bölgan ilk onimz Keldi ösha kuz qadrdonimz, Xechkim xechnima özgarmagan Faqat biz bugun ayrodirmiz.
Qaytgin! qayt bir bora jonim, Aytgim kelar ming bora minglab, Yöl qöymaydi g'urur orim Yashayapman yurakka mixlab.
Tunlari tushlarimda paydosan Tushlaringa mexmon bölmadimmi? Shuncha keng xayollaringa Men bechora sig'madimmi?
Salqin saxarning salqin sabosi Sog'inchlarim senga eltmadimi? Quyush körgan egik boshim "Unga juda keraksan" deb aytmadimi? OSHIQ.D 12.10.2013.
|
| |
| |
| uzigabek1920 | Сана: Якшанба, 13-Окт-2013, 11:59 | Изох # 650 |
|
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
| --Ayting bevafoginam-- Zor yillar charchatdi, xor ko'ngilginam. Hamon yo'lga intiq ko'z qaroginam. Vujudsiz olamda yig'lar dilginam. Ayting, kutayinmi bevafoginam?.
Ketdingiz, yurakda azoblar ortdi. Hayotim tamoman qayg'uga botdi. Dil dilni aldamas, kim kimni sotdi. Ayting, kutayinmi bevafoginam?.
Uchdingiz, qaylarga parvoz etdingiz? Bilmam yetmadingiz, balki yetdingiz? Ortga bir boqmasdan mag'rur ketdingiz. Ayting, kutayinmi bevafoginam?.
Bizdan afzallari qolgandur uchrab, O'ynab yurgandursiz dillarni xushlab. Siz o'zga men o'zim qo'llarim ushlab, Ayting, kutayinmi bevafoginam?.
Ming va'da, ijroda bittasi qani? Samimiy ishqingiz soddasi qani? Charchadim, iltimos qiynamang mani! Ayting, kutayinmi bevafoginam?.
Har tongda ishq uchun iqrorlaringiz. Bir kunda ming bora izhorlaringiz. Bugun xech bo'lmasa bir borlaringiz. Ayting, kutayinmi bevafoginam?.
Sevgilim deb meni erkalamang siz. Tanhom deb nomimni yakkalamang siz. Faqat yuragimni tilkalamang siz. Ayting, kutayinmi bevafoginam?.
Olisda ismimni eslayabsizmi? Yurak urishlarin tezlayabsizmi? Bir tomchi bo'lsa ham yig'layabsizmi? Ayting, kutayinmi bevafoginam?. . . . Hiyonat bilmadim hiyonatingiz. Allohdan tiladim diyonatingiz. Zor yig'lab kelmasdan qiyomatingiz. Ayting, kutayinmi bevafoginam?.
Ilk bora sevganim, so'nggim o'zingiz. Tushlarim, ko'rganim, o'ngim o'zingiz. To hayot ekanman sevgim o'zingiz. Qayting, kutayabman bevafoginam.
Akbar Shoh. (Dilmurod Akbarov)
Originallikka intil.
|
| |
| |