|
She'rlar
|
|
| Dinora_Golden_Girl | Сана: Жума-муборак кун!, 06-Сен-2013, 00:23 | Изох # 576 |
|
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
| Ehhh... Boylik... Boylik... Boylik...
Insonlarni xohlasa quvnatadi, xohlasa o'ynatadi...
Sinov uchun berilar boylik, Ba'zilar bor kutishar oylik... Qanoat qiladi ba'zi insonlar, Qadriga yetmaydi "shayton" insonlar...
Uzr mavzudan chetlashib ketdim...
Qo'lizdan ketgan baxtga achinmeen, zero sizga bundanda ortig'roooq baxt nasib etilajak oshiq D...)))
Fikrim satrimda oshkor!)
|
| |
| |
| M@$ter | Сана: Шанба, 07-Сен-2013, 22:37 | Изох # 577 |
|
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 335
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 205
Холати: Хозир йўқ
| O'n Sakkizda edik biz..........
Anvoyi kapalak yuzimdan o'pib, Ichimga olovni purkab yubordi. G'unchadek ko'z ochar bul yuragim. Zavqiga go'yo bu keng dunyo tordir.
Man tergan gullardan kaftlaring kuydi Anxorning bo'yida oyog'ing botdi. Lablaring takrorlab ismimni suydi, Qaynoq kaftlaringda gul ildiz ochdi
Senging ham gulzoring gullarga to'ldi, Kapalak qo'nguncha esdi shabboda. Yoshimiz ulg'ayib o'n sakkiz bo'ldi, Muhabbat ifori kezar bu keng jahonda......
|
| |
| |
| Dadaxon | Сана: Душанба, 09-Сен-2013, 12:05 | Изох # 578 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
| Bir bor sevib dilim kuygan Izxor etib tilim kuygan Shundan xadik gumon yurakda Gözallarga ishonch ölgan. Kör xam asosini bir yöqotarkan Xiyonat qalbga og'ir botarkan Ishonmassiz balki aytsam Inson xatto ishqni sotarkan
|
| |
| |
| Zinnura_K | Сана: Душанба, 09-Сен-2013, 12:46 | Изох # 579 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
| ooooo'xooo' Usta))) ming qilsaxam ustasizdee))) zo'r gap yooo'...
Oshig' Dadaxoon... Yurakdan chiqgan so'zlar... Qoil...
erka farishta....(m)....
|
| |
| |
| uzigabek1920 | Сана: Душанба, 09-Сен-2013, 23:04 | Изох # 580 |
|
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
| Uylansam ham. Bo'yim yetib akamga ham bo'ylanibdi. Yangalarim kelin izlab o'ylanibdi. Qancha qizlar yorim etib saylanibdi. Juftim izlab go'zal vodiy aylanaman. Uylansam ham Farg'onadan uylanaman.
Ko'nglim tortar sochi uzun qizlariga. Jonlar qurbon shirin shakar so'zlariga. Ta'rif yo'qdir shahlo qaro ko'zlariga. Juftim izlab go'zal vodiy aylanaman. Uylansam ham Farg'onadan uylanaman.
El ichida doston ekan sadoqati. Yuraklarni eritarmish nazokati. Iymoni but, butun bo'lsin hidoyati. Juftim izlab go'zal vodiy aylanaman. Uylansam ham Farg'onadan uylanaman.
Qomatini yashiradi uzun atlas. Go'zalligin oshiradi uzun atlas. Kalta kiygan qizlar ko'rib kuysin, atlas. Juftim izlab go'zal vodiy aylanaman. Uylansam ham Farg'onadan uylanaman.
Parixona nomi erur azallardan. Zerikdimku yolg'on so'zi asallardan. Yorim topay vafosi zo'r go'zallardan. Juftim izlab go'zal vodiy aylanaman. Ota yurtim Farg'onadan uylanaman.
Akbar Shoh.Добавлено (09-Сен-2013, 22:04) --------------------------------------------- -Tonglari hech otmagan.-
Dardim o'zimga ma'lum, Sevganman telbalarcha, Ko'zlarim mungli, mahzun. Sen meni sevmagancha. Ishq dardiga da'voni, Hali hech zo topmagan, Men bir kechaman jonim, Tonglari hech otmagan.
Ishqim dardmas tanamni, Yayratgan rohat erur. Kulib yenggum alamni, Kuchim muhabbat erur. Ishq ahli sevgisini, Jannatlarga sotmagan. Men bir kechaman jonim, Tonglari hech otmagan.
Qaro ko'zlaring mening, Sevgim asir ayladi. Otash nigohing sening, Ko'nglim basir ayladi.
Oshig'ingman bir bora, Qo'llaringdan tutmagan. Men bir kechaman jonim, Tonglari hech otmagan.
Ishqim aslo yolg'onmas, Eng pokiza tuyg'umdir. Vaslingga yetishmoqlik, Eng buyuk orzuimdir. Kimlar bu ishqim uchun, Ta'na toshlar otmagan. Men bir kechaman jonim, Tonglari hech otmagan.
Ta'rifing keltirmoqqa, Bu qalamim ojizdur. Senga sevgim aytmoqqa. Yurakkinam tilsizdur. Farishta misol qadding, Nechani zor etmagan. Men bir kechaman jonim, Tonglari hech otmagan.
Kel endi zor oshiqqa, Rahm et, yuzi oyligim. Ko'nglim yetkaz ma'shuqqa. Tengsizim, chiroyligim. O'yla! Mendek oshiqni, Hech bir janon topmagan. Men bir kechaman jonim, Tonglari hech otmagan.
Akbar Shoh.
Originallikka intil.
|
| |
| |
| Zinnura_K | Сана: Сешанба, 10-Сен-2013, 00:29 | Изох # 581 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
| Viiy O'zimmi Ajooyibim... odammi kuttirishni yaxshi ko'rasizaa???
orginallik timosli bo'lib qolmoqdasiz..do'stim...
erka farishta....(m)....
|
| |
| |
| Dinora_Golden_Girl | Сана: Сешанба, 10-Сен-2013, 02:48 | Изох # 582 |
|
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
| Mehribooonim mani... Beg'uborginaaam...
Fikrim satrimda oshkor!)
|
| |
| |
| uzigabek1920 | Сана: Сешанба, 10-Сен-2013, 09:32 | Изох # 583 |
|
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
| Tashakkurlarim. - -SO'NGGI ISTAK- Sabr sindi, toqat tamom, qalb qaqshadi. Yasholmasman ortiq firoq qiynog'ida. Isming aytsam tomog'imdan qon sachradi. Dor tayyorla darvozangni peshtoqida.
Jon qovrilar xajring o'ti, balosida. Vasling sarob bu dunyo-yu mavosida. Sulton bo'ldim Majnunlarning sahrosida. Dor tayyorla darvozangni peshtoqida.
Ajab, ishqdan ne karamlar kutmadim men. Dardlarimga ne malhamlar kutmadim men. Baxt ko'rmadim, ne alamlar yutmadim men. Dor tayyorla darvozangni peshtoqida.
Jonim senga yor bo'lishdek maqom armon. Chin oshiqqa yor visoli mudom armon. Sevarmisan meni sen ham gumon, armon. Dor tayyorla darvozangni peshtoqida.
Holim xarob mening sensiz jahon kabi. Jon omonat qovjiragan xazon kabi. Darddan qutqar kel izg'irin shamol kabi. Dor tayyorla darvozangni peshtoqida.
Qalb tanamni o'tdan olib o'tga urar. Jon jismimdan chiqmoqlikka izn so'rar. Balki, hurlar jannatiydan baxtim qurar?. Dor tayyorla darvozangni peshtoqida.
Umrim o'tdi muhabbat deb olovlarda. Toblandim ming xijron aro sinovlarda. Yuzing ko'ray sirtmoq osha qarovlarda. Dor tayyorla darvozangni peshtoqida.
Dor tayyorla darvozangni peshtoqida. Yonib bitdim muhabbating qiynog'ida. Majnun g'ami g'amlarimning ushshog'ida. Dor tayyorla darvozangni peshtoqida. . . . Sabr sindi, toqat tamom, qalb qaqshadi. Yasholmasman ortiq firoq qiynog'ida. Isming aytsam tomog'imdan qon sachradi. Dor tayyorla darvozangni peshtoqida.
Akbar Shoh.
Originallikka intil.
|
| |
| |
| GULI_NUR | Сана: Сешанба, 10-Сен-2013, 09:40 | Изох # 584 |
|
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
| tarifga söz ojiz braaaaavooooo
|
| |
| |
| Zinnura_K | Сана: Сешанба, 10-Сен-2013, 21:56 | Изох # 585 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
| AJOYIBIM.. ajoyiib..
erka farishta....(m)....
|
| |
| |
| uzigabek1920 | Сана: Чоршанба, 11-Сен-2013, 16:19 | Изох # 586 |
|
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
| -IZHORSIZ MUHABBATIM- O'yin emas axir sevgi. Tanlamasdan sevdim sizni. Izhori yo'q, tahir sevgi. Indamasdan sevdim sizni.
Sabolarga aytib sirim. Sahrolarga aytib sirim. Muhabbatim jim, yashirin. Indamasdan sevdim sizni.
Osmon vadalarni bermay. Sevdim deya ko'krak kermay. Qalbingizga notinch kirmay. Indamasdan sevdim sizni.
Yo'lingizdan chiqmadim xech. Sizga gullar tutmadim xech. Lekin ishqdan ketmadim xech. Indamasdan sevdim sizni.
Siz farishta ko'klardasiz. Suyuklisiz ko'plarda siz. Tanam yoqqan o'tlardasiz. Indamasdan sevdim sizni.
Yupanchim yagona surat. Dilimda durdona surat. Topmadim, yetmadi jur'at. Indamasdan sevdim sizni.
Zohirim yolg'on, botinman. Yurakda to'fon- sokinman. Tuyg'ularimga qotilman. Indamasdan sevdim sizni.
Sevaman-u yetolmayman. Sizni baxtga eltolmayman. Taqdir ekan kecholmayman. Indamasdan sevdim sizni. . . . O'yin emas axir sevgi. Tanlamasdan sevdim sizni. Izhori yo'q, tahir sevgi. Indamasdan sevdim sizni.
Akbar Shoh.
Originallikka intil.
|
| |
| |
| GULI_NUR | Сана: Чоршанба, 11-Сен-2013, 20:08 | Изох # 587 |
|
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
| Akbarshoh tasanno, Shoirlar ichida siz tanho
|
| |
| |
| Dinora_Golden_Girl | Сана: Чоршанба, 11-Сен-2013, 20:14 | Изох # 588 |
|
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
| Siz farishta ko'klardasiz, Suyukli siz ko'plardasiz. Tanam yoqqan o'tlardasiz, Indamasdan sevdim sizni...
Mehribooonim manim... Beg'uborginam...
Fikrim satrimda oshkor!)
|
| |
| |
| Zinnura_K | Сана: Чоршанба, 11-Сен-2013, 20:39 | Изох # 589 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
| qalamizga ko'z tegmasin..ijozi olo'vi hech so'nmasin..
erka farishta....(m)....
|
| |
| |
| EzoDil | Сана: Якшанба, 15-Сен-2013, 16:05 | Изох # 590 |
 Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| Tug’ilish-o’limga qo’yilgan qadam, Hikmatni bilsak-da, anglay olmaymiz. Boshimizga og’ir kulfat tushganda, Uyalmay, Ollohdan madad so’raymiz.
Insonmiz, ba’zida qilamiz xato, Onamiz-Momodir, otamiz-Ato. Qobilning ishini qilganda xatto, Uyalmay, Ollohdan panoh so’raymiz.
Bayram, tantanada qilib kayf-safo, Ikki rakat namozga vaqt topolmaymiz. Boshimiz devorga tekkanda goho, Uyalmay, Ollohdan sabr so’raymiz.
Pul desa, qaytmaymiz eng qabih ishdan, G’iybat-u tuhmatda me’yor bilmaymiz. O’zimiz tuhmatga qolganda esa, Uyalmay, Ollohdan yordam so’raymiz.
Quloq, bo’yinlarga taqib qo’sh-qo’sh zar, Loaqal, o’n so’mni ehson qilmaymiz. Kofirning ishini qilib, alhazar, Uyalmay, Ollohdan jannat so’raymiz.
Keling do’stlar, ochamiz qo’lni duoga, Mung’aygan qalbimiz nurga o’raymiz. Namozda iltijo qilib Xudoga, Zimiston qalblarga iymon so’raymiz!
(EzoDil)
Kimgadir borligim o'zi bir dunyo, Su'ratim avaylab yurakka ildi. Kimgadir aksincha,keldimmi malol, Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
|
| |
| |
| JaNoB_JaDiD | Сана: Якшанба, 15-Сен-2013, 19:52 | Изох # 591 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 1443
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 425
Холати: Хозир йўқ
| JUDA Z6R.. GAP Y6Q....... JUDA YAXWI, 4IROYLI VA ALBATTA ENG KERAKLISI MA'NOLI 4IQIBDI. RAHMAT wunday we'r u4un.
|
| |
| |
| uzigabek1920 | Сана: Якшанба, 15-Сен-2013, 20:34 | Изох # 592 |
|
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
| Iymonli qil Tangrim. She'r beqiyos.
Originallikka intil.
|
| |
| |
| EzoDil | Сана: Якшанба, 15-Сен-2013, 22:08 | Изох # 593 |
 Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| Raxmat,e'tiborila uchun!!! Добавлено (15-Сен-2013, 20:41) --------------------------------------------- Oydan yerga boqqanimda…
Bir kun borib qolibman, Oy atalmish bir sharga. U yerdan Zaminimiz, O’xshar ekan mash’alga. Boqib turib Yerimizga, Uzoq hayolga botdim. Erinmasdan sinchiklab, Har bir qarichga boqdim. O’rmonzor-u bog’larni, Hatto baland tog’larni Ko’rib insonlarni ham, Fikrimga berdim barham. Ba’zilar boy-badavlat, Ba’zilar yashar nochor. Ba’zilar shod-u xurram, Ayrimlarga dunyo tor. Ko’rdim kibr sohiblarin, Makr qurbonlarin ham. Ammo shular ichida, Mehr ulashguvchi kam. Qanday tinch yashar ekan, O’z onasin qaqshatgan nodon? Cheksiz gunoh emasmi axir, Jigarbandin ho’rlagan inson? Mayus ko’zlaridan tomib ikki yosh, Deraza darchasidan boqardi uzoq Ikki g’ildirakli aravachada, O’tirardi yig’lab mungli qizaloq. Nariroqda esa keksa majnuntol, Guvoh edi ikki oq kabutarga. Jilmayib boqarkan ichida daraxt, Cheksiz baxt tilardi dildan ularga. Ana sizga turli odamlar, Mana sizga rang-barang dunyo. Oy o’rtanar ko’zlarida yosh, Shundan balki oyning yuzi dog’…
Qani edi bo’lsam sehrgar, Odamlarga ulashsam quvonch. Nochorlarning mungli qalbida, Yaratsaydim sabr va ishonch. Afsus men ham ular ichida, Cheksiz ummon tomchisidirman. Mohning yurak nolalarini, Yetkazuvchi elchisidirman.
(EzoDil) Добавлено (15-Сен-2013, 21:03) --------------------------------------------- ig'lab yig'lab charchadim oxir,
Közlarimda qolmadi yowim.
Yana qancha körguligim bor,
Yetarmikin ortiq bardowim
Ayol zoti gözal sabrla,
Men chidayman bari bariga.
Shiringina armonlarimni,
Kömib qöygum könglim qa'riga.
Taqdir ekan,peshona ekan,
Netay,kelmas qölimdan chora.
Erka edi muhabbatimiz,
Bugun bölsa telba...bechora...
Muhabbatim asrab qoliwga,
Eh,yetmadi bir mening kuchim.
Könglim göyo vayrona kulba,
Yolg'iz qizim mening ovunchim
Ha,farzandim bu mening baxtim,
Könglim olar shirin shevasi.
Muhabbatdan biror ginam yöq,
Chunki qoldi uning mevasi.
(EzoDil) Добавлено (15-Сен-2013, 21:07) --------------------------------------------- Menku mayli,ovutdim özni,
Achchiq yowim közlarim tiydi.
Lekin,bir juft wu munchoq közni,
Ayting,qanday közingiz qiydi?
Ada degan wirin sözini,
Qora qow-u,qora közini.
Tirik yetim qilib özini,
Ayting qanday közingiz qiydi?
Taniyolmay qoldim men sizni,
Qurbonimi gunohimizni.
Adasiga öxwagan qizni,
Ayting,qanday közingiz qiydi?
(EzoDil) Добавлено (15-Сен-2013, 21:08) --------------------------------------------- Osuda kechaning sokin bag'rida,
Bög'zimga tiqilar yig'i,dard,alam.
Yuragi sezgandek,közi möltirab,
Yuzimni ohista silaydi bolam.
Qaynoq qölchalari sovuq yowimni,
Sidirar,degandek qayg'urmang onam.
Yaratgan mehribon,baxtli bölamiz,
Rohatin körasiz nabiram,bolam.
"Yaxwiyam sen borsan" deyman quchoqlab,
Ollohim,sabr ber yetsa gar nolam.
Menga köp narsalar kerakmas,faqat,
Sog' bölsin,bor bölsin E'zozam bolam!
(EzoDil)
Kimgadir borligim o'zi bir dunyo, Su'ratim avaylab yurakka ildi. Kimgadir aksincha,keldimmi malol, Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Якшанба, 15-Сен-2013, 22:20 | Изох # 594 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Ijodizga baraka. Zo'r.
Sog' salomatlik...
|
| |
| |
| EzoDil | Сана: Якшанба, 15-Сен-2013, 22:28 | Изох # 595 |
 Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| Raxmat!
Kimgadir borligim o'zi bir dunyo, Su'ratim avaylab yurakka ildi. Kimgadir aksincha,keldimmi malol, Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
|
| |
| |
| JaNoB_JaDiD | Сана: Якшанба, 15-Сен-2013, 22:48 | Изох # 596 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 1443
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 425
Холати: Хозир йўқ
|
|
| |
| |
| Dinora_Golden_Girl | Сана: Душанба, 16-Сен-2013, 15:26 | Изох # 597 |
|
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
| Qoyil, bravo... Jajji farishta E'zozani ehtiyot qilin...)))
Fikrim satrimda oshkor!)
|
| |
| |
| Dadaxon | Сана: Сешанба, 17-Сен-2013, 20:21 | Изох # 598 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
| "Sizga osonda"
Keting diyish sizga oson Men bechora qayga boray Qölimdan kelmas bu Undan köra ölib qolay. Ketmoq sizga osonda Men oshiqman na qilay Makoningiz osmonda Men yerdaman na qilay. Unut degan xukumni Qanday oson aytasiz Pora bölgan dilimni Körib shodon kulasiz. Sizga oson xammasi Ishq azobin bilmaysizda Men kabi giryon bölib Sog'inchlarda qolmaysizda. Könglim bilan ishiz yöq Bir boqmoqqa xushiz yöq Dilim meni nishondir Nigoxingiz unga öq. Telbamanmi bilmayman Köchangizdan ketmayman Xar kun shu bölar takror Yölingizni poylayman. Keting diyish osonda Men bechora na qilay Unutmoqqa ojizman Ketmoqada xolsizman.
|
| |
| |
| Dinora_Golden_Girl | Сана: Чоршанба, 18-Сен-2013, 00:40 | Изох # 599 |
|
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
| Mani beozorgina oshiq akajonim...)))
Ilohim hech qachon tutgan qalamiz sinmasin... Ajoyib she'rlar yozishda davom etuvrin...
Fikrim satrimda oshkor!)
|
| |
| |
| EzoDil | Сана: Чоршанба, 18-Сен-2013, 14:58 | Изох # 600 |
 Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| Sizla bag'rim butun,halovatim tinch, Himmatdan yaralgan nurli yuzingiz. Balki yurak yutib aytolmasman,lek, Otajon,ta'zimda bugun qizingiz.
Biz uchun hamiwa yölbowchi,chiroq, Hayotga ibratdir har bir sözingiz. Öwa sözlaringiz quloqqa ilib, Otajon,tazimda bugun qizingiz.
Otangiz,ög'lingiz yöqotsangiz ham, Öwa dam tiyoldi yowni közingiz. Betob chog'im esa yig'ladingiz qon, Ming bora tazimda bugun qizingiz.
Kun kelib oqlayman Xudo holasa, Haloldan yedirgan wu non-tuzingiz. Yuz bora,ming bora,millioncha bölsin, Otajon,tazimda bugun qizingiz.
Niyatim,bizlarga meros bölolsin, Hayotda sabrla bosgan izingiz. Dilingiz köp bora og'ritdim,ammo, Sizni yaxwi körar nodon qizingiz.
(EzoDil)Добавлено (18-Сен-2013, 13:54) --------------------------------------------- Könglim osmonida munavvar oyim, Volidam ildizi sabr va bardow. Menku yig'lab-yig'lab charchadim oxir, Onam közlarida körmasaydim yow.
Yurakka g'am alam qurganida in, Köksi bor metindan qöymoq uchun bow. Butun röyi Zamin yig'lasin,mayli, Onam közlarida körmasaydim yow.
Bilibmi,bilmaymi qilsak gar xato, Bizga eng yaqin döst,beminnat sirdow. Wuncha kuyganlari yetar,böldi,bas! Endi közlarida körmasaydim yow.
Onajon,körasiz köklam keladi, Bizning bog'larda ham kuladi quyow. Biz öwa köklamga yetamiz faqat, Bugun közingizda körmasaydim yow.
Men sizga hamiwa sog'inaman baxt, Ona,yowingizga qöwilsin yuz yow. Uwbu werim öqib,mayliga töking, Faqat qayg'udanmas,quvonchdan köz yow!
(EzoDil) Добавлено (18-Сен-2013, 13:55) --------------------------------------------- Muhabbatni öylagan chog'im, Qalbim töldi ming bir ozorga. Oqibatlar sotilib böldi, Muhabbat ham chiqdi bozorga.
Torozida tortib beriwar, Chöntagingda chaqang bölsa bas. Boylar onson senga eriwar, Eh,muhabbat,qadring böldi has.
Meni senga yetmadi pulim, Mayli menga boqmay ketaqol. Seningsiz ham ötmoqda kunim, Sen boylarga nasib etaqol!
(EzoDil) Добавлено (18-Сен-2013, 13:57) --------------------------------------------- Ayol emiw maydagap, Kallasi böm böw qovoq, Shu gap aytgan erkakning, Asli özi non uvoq.
Yana nimamuw,bizlar, Molga öch,lattafuruw, Shunday degan erkakka, Ochdim she'riy bir uruw.
Xurmatli erkakjonlar, Atrofingizga boqing. Siz bizni tanlamasdan, Avval bizlarga yoqing.
Öylab köring yaxwilab, Hayolga razm tawlang. Köp emas mayli 1kun, Xöw,qovurg'asiz yawang.
Endi boqing közguga, Qaddingiz alifmikin? Öylaysiz bu mahluq kim, Afsona yo mifmikin?
Közgudagi "xuwsurat", Erkak asli özingiz. Qani endi köraylik, Kimga ötar sözingiz?
Bu qomatingiz bilan, Iwdan aniq böwaysiz, Endi ayolsiz uyda, Qanday qilib yawaysiz?
Siz öylaysiz ayollar, Bizsiz yawolmaydi deb, Asli ayol yawaydi, Suv simirib,towni yeb.
Mensiz bola boqolmas, Deb öylamang hech qachon. Kerak bölsa sizni ham, Qöwib boqar sog'-omon.
Kim özi ayol zoti? G'amingiz ortgan tuya. Siz erkaklar nazdida, Esi yöq,tovuqmiya.
Biz tovuqmiya bölsak, Sizlar dakan xörozmi? Shu xörozlarni tuqqan, Tovuq miyalarmasmi?
Kulib turar ichini, G'am alam tirnasa ham. Farzandining kulgusi, Köngliga bölar malham.
Bu muwtipar kim özi? Mehri barchaga tortiq. Erkaklar,sizga yana, Ne kerak bundan ortiq?
Kiymingiz but,qorin töq, Bolam,uy-joyim deydi. Wuncha xizmat,kamiga, Tepki yeydi,muwt yeydi.
Wunday qilib,erkaklar, Özingizni bosvoling. Oila boqolmasangiz, Bilakuzuk osvoling!
Ota-ona g'animat, Farzandlar öz yöliga. Qadrin biling ayoliz, Joylang qalbiz töriga!
(EzoDil) Добавлено (18-Сен-2013, 13:58) --------------------------------------------- shu sherlarimmi öqib körila,boho berasila))))
Kimgadir borligim o'zi bir dunyo, Su'ratim avaylab yurakka ildi. Kimgadir aksincha,keldimmi malol, Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
|
| |
| |