She'rlar - Страница 23 - Форумистон
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
She'rlar
uzigabek1920Сана: Якшанба, 18-Авг-2013, 00:53 | Изох # 551
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
-BALO BO'LDI-
Ko'zlaring jodulari jonima balo bo'ldi.
Xajringda kuygan ko'ngil, yondiyu ado bo'ldi.

Sochlaringdan tun xijolat, ko'zlaring yulduzga dars.
Oyjamoling shu'lasidan oy yuzi ham qaro bo'ldi.

Qoshinga yoy nisbati, kipriklar o'qligidan.
Ul kamondan qalb tubida vah-ki ohli, sado bo'ldi.

Qomatingdan harfi alif tonib der lomalifmen.
Tik, rasoyu bo'ylaringdan shamshod bag'ri yaro bo'ldi.

Ne balo bu odob-u xulq, asli namuna kamolot.
Mehri toshgan bu zabonlar go'zallikka rido bo'ldi.

Odob-u xulqing, husndin bu jahon nomukammaldur.
Ta'rifu bebaholiging ikki dunyo aro bo'ldi.

Hoh-ki zulming, hoh-ki lutfing oshig'inga bas, yetar.
Seni sevgan Akbariy Shoh, ishqing ichra gado bo'ldi.

Akbar Shoh.


Originallikka intil.
 
Zinnura_KСана: Якшанба, 18-Авг-2013, 05:20 | Изох # 552
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
hands
mda))))))

supper))))) faqat gado bo'b yurmen dee...
Qaddizzi ko'tarin.. Sizga shu yarashadi))

qo'shiqbop sher bo'ptii chamamda.. Zo'r


erka farishta....(m)....
 
uzigabek1920Сана: Пайшанба, 22-Авг-2013, 03:04 | Изох # 553
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
RAHMATLAR.
-
Yosh edik o`ynashib, o`ynab sevishdik.
Bir-birimiz sinab, qiynab sevishdik.
Baxt topmay bag`rimiz tig`lab sevishdik.
Dunyo shartlariga ko`nishib qo`ydik.
Baxtni itoatga almashib qo`ydik.

Oshiq qalbimizga jafolar qildik.
Farzandlik burchiga vafolar qildik.
Ishqdan yuz o`girdik, xatolar qildik.
Yo bildik, yo bilmay adashib qo`ydik.
Baxtni itoatga almashib qo`ydik.

Tuyg`uga ojizlik nisbatin berdik.
Uyalmay hislarning g`iybatin qildik.
Qalblarni toptadik, hurmatin yuldik.
Voh, xato qadamlar tashlashib qo`ydik.
Baxtni itoatga almashib qo`ydik.

Bir qaror-la qaytarishdi shashtimizni.
Arzondan ham arzon qildik ahdimizni.
Yoshlik qildik, talashmadik baxtimizni.
Tol`e qushin quvib, haydashib qo`ydik.
Baxtni itoatga almashib qo`ydik.

Ko`ngilda dard ortib borar borgan sari.
Bebaxt vujud, bebaxt hayot, baxtsiz bari.
Zulumotga eshmush baxtsiz ko`ngillari.
Tubsiz jar yo`lini tanlashib qo`ydik.
Baxtni itoatga almashib qo`ydik.

Sen haqingda o`ylab bag`rim tig`layman.
Sen kabi o`zga yor bilan uhlayman.
Tunlari yashirib ingrab yig`layman.
To`rt qalbni qiynaymiz, qiynashib qo`ydik.
Baxtni itoatga almashib qo`ydik.

Azob ichra azob- afsus, nadomat.
Ne nafki endiming qilsak malomat.
qaytmaydi ortiga toki qiyomat,
Barini taqdirga tashlashib qo`ydik.
Baxtni itoatga almashib qo`ydik.
. . .
Yosh edik o`ynashib, o`ynab sevishdik.
Bir-birimiz sinab, qiynab sevishdik.
Baxt topmay bag`rimiz tig`lab sevishdik.
Dunyo shartlariga ko`nishib qo`ydik.
Baxtni itoatga almashib qo`ydik.

Akbar Shoh.

Добавлено (22-Авг-2013, 02:04)
---------------------------------------------
-Ko'changda yozilgan she'r-
.
Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
Har tun shu hol bo'ladi takror.
So'z demasdan g'amlarim yutgum.
Hislarimga hamrohim hilol.

Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
Eslab eski xotiralarni.
Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
Izlab zulfing shokilalarin.

Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
Atrof sokin, qalbda g'alayon.
Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
Armon dilni talar beomon.

Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
Sekinlatib qadamlarimni.
Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
Qo'zg'otib g'am alamlarimni.

Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
Ikkimizni kutar majnuntol.
Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
Ko'cha sensiz g'arib, bir ahvol.

Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
Majnunsifat devona misol.
Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
Hayolimda noiloj visol.

Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
Qaddim kamon, yurak ezilgan.
Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
Firoq yomon, beshak sezilgan.

Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
Qo'lda xanjar, qanday shashdsizman?.
Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
Bilmaysanda, qanday baxtsizman.

Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
Chiroqlarni hozir o'chirding.
Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
Bilmam baxting kimga ko'chirding?.

Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
Telba emas undan battarman.
Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
Tongga yaqin uyga qaytarman.

Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
Sog'inganman ne qilay, netay?!
Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
Qalbimni ber! Bosh olib ketay!
. . .
Tun yarmida ko'changdan o'tgum.
Har tun shu hol bo'ladi takror.
So'z demasdan g'amlarim yutgum.
Hislarimga hamrohim hilol.

Akbar Shoh.


Originallikka intil.
 
GULI_NURСана: Пайшанба, 22-Авг-2013, 08:30 | Изох # 554
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
qoyil hands
"Tört qalb qiynaymiz qiynashib qöydik"
 
Zinnura_KСана: Пайшанба, 22-Авг-2013, 09:10 | Изох # 555
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Yosh edik o`ynashib, o`ynab sevishdik.
Bir-birimiz sinab, qiynab sevishdik.
Baxt topmay bag`rimiz tig`lab sevishdik.
Dunyo shartlariga ko`nishib qo`ydik.
Baxtni itoatga almashib qo`ydik.

hands Qadirdoniim... Qarsaklar.....))) orginal ijod namunalariii...


erka farishta....(m)....
 
uzigabek1920Сана: Пайшанба, 22-Авг-2013, 19:25 | Изох # 556
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Rahmaaaaaatlaaaaaaaar.

___
Mayli, ishqingizda telba bo'lsam ham,
Roziman ming jabru jafo ko'rsam ham,
Siz qatl qilsangiz mayli o'lsam ham,
Qaytmasdan shu ahdga kelaveraman.
Baribir men sizni sevaveraman.

Oydeksiz - beparvo o'tib ketasiz.
Oydeksiz - qo'l yetmas baland yerdasiz.
Oydeksiz - qalbimda parvoz etasiz.
Qaydasiz? Siz tomon yuraveraman.
Baribir men sizni sevaveraman.

Ishonmaysiz nega, xech aldadimmi?
Izhorga bemahal vaqt tanladimmi?
Nozik ko'nglingizni ololmadimmi?
Sevgimni doim tan olaveraman.
Baribir men sizni sevaveraman.

Ishqim yolg'on emas ko'zimdan so'rang.
Dildan titrab chiqqan so'zimdan so'rang.
Ko'nglimda faqat siz, o'zimdan so'rang.
Ishq uchun boshimni egaveraman.
Baribir men sizni sevaveraman.

So'zga sig'may qoldi sevgim ta'rifi.
Oshiqlar ichida men eng g'aribi.
Yolg'iz siz yuragim dardi, tabibi.
Dardga davo izlab boraveraman.
Baribir men sizni sevaveraman.

Sevgilim, seving-ki, darddan qutulay.
Sevgilim, seving-ki, men baxtli bo'lay.
Seving-ki, sizni ham men baxtli qilay.
Sevasiz! Duolar qilaveraman.
Baribir men sizni sevaveraman.

Akbar Shoh.


Originallikka intil.
 
Zinnura_KСана: Пайшанба, 22-Авг-2013, 20:34 | Изох # 557
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
clap ))))) bu she'rni manga ko'rsatboo'ludiz..
Hisob hisobmas..boshqattan yoozin.. (hayttt shoyir do'stiim.. Yomonam derektorli qib tashiyman dee...xa endi uzura biggrin )


erka farishta....(m)....
 
uzigabek1920Сана: Пайшанба, 22-Авг-2013, 20:52 | Изох # 558
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
bu yerdayam siz oqidizku biggrin

Originallikka intil.
 
GULI_NURСана: Пайшанба, 22-Авг-2013, 23:51 | Изох # 559
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
Qoyil hands judayam ajoyib ijod namunasi first
 
Zinnura_KСана: Жума-муборак кун!, 23-Авг-2013, 00:26 | Изох # 560
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Haa babbii man..yaana man..)))))) smile tanii so bo'sin)) ko'pp yashen shoooir bola))

erka farishta....(m)....
 
DadaxonСана: Якшанба, 25-Авг-2013, 17:10 | Изох # 561
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
Men yolg'izman bitta yagona
Mendaqasi qaytib bölmaydi,
Majnundan köp sevar balkim
Lek mendek seva olmaydi. Men
yolg'izman bitta yagona
Nigoximdek nigox topmaysan,
Qancha bölmasin özga parvona
Mexrimdek mexr olmaysan.
Mendan zörlar köpdir dunyoda
Qaddi raso mendan ziyoda,
Lekin unutma aytar sözimni Men
bittaman ushbu dunyoda. Men
ketaman kelmayman qaytib
Mendaqasin topolmaysan,
Mendan alosi topilar balki
Közlarimga qaytib qarolmaysan.

Axir men bittaman yagona
yolg'iz!!
Oshiq.D
 
uzigabek1920Сана: Сешанба, 27-Авг-2013, 02:03 | Изох # 562
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Mustaqilligimiz 22 yilligiga!
-
Osmoning musaffo, pokdir zamining.
Dunyo minbarida bayrog'ing baland.
Azaldan quyoshdek porloq toleing.
Shuhrating dunyoda doston sarbaland.
Qadr-qimmatimsan, shavkatim shonim,
G'urur iftixorim O'zbekistonim.

Bobolar ko'targan qadimiy tug'ro.
Jahon sahnasida hilpirar mag'rur.
Baxting abadiydur boshingda Humo.
Zafar quchmoqdasan parvozing g'urur.
Qadr-qimmatimsan, ajdodim, qonim,
G'urur iftixorim O'zbekistonim.

Allohning nazari tushgan diyorsan.
Sahovatli xalqim azal mehribon.
Dardlarga darmonsan, baxtlarga yorsan.
Tinchlik namunasi yurtim jonajon.
Qadr-qimmatimsan, baxtlarga konim,
G'urur iftixorim O'zbekistonim.

Asl mo'min xalqim tanti, mardona.
Osmon qadar xirmon tiklab charchamas.
Yurtga sadoqati mangu afsona.
Jonidan kechsa ham Yurtdan ajramas.
Qadr-qimmatimsan, jonim iymonim,
G'urur iftixorim O'zbekistonim.

Samarqand, Buxoro, Xiva, Kesh, Qo'qon.
Qadimiy, navqiron shaharlar shahri.
Toshkent, Navoiy, Jizzax, Andijon.
Tillardan tillarga afsona madhi.
Qadr-qimmatimsan, dunyo jahonim,
G'urur iftixorim O'zbekistonim.

Kimga orzu edi bunday zamonlar.
Kimlar kurashmadi bu kunlar uchun.
Nurli kelajakka ochding davonlar.
Butun dunyo bildi O'zbekning kuchin.
Qadr-qimmatimsan, qaytmas qanotim,
G'urur iftixorim O'zbekistonim.

GULLA YASHNAYVERGIN! Yurtim chamanim.
Nurli manzillarga yetgil beziyon.
Ozodsan, obodsan, aziz Vatanim.
Baxtim sen, tinchliging bo'lsin bardavom!.

Qadr-qimmatimsan, taqdirim, jonim,
G'urur iftixorim O'zbekistonim.

Akbar Shoh.


Originallikka intil.

Изохни тахрирлади (ўзгартирди) uzigabek1920 - Сешанба, 27-Авг-2013, 23:10
 
RaVsHaNBeKСана: Сешанба, 27-Авг-2013, 10:11 | Изох # 563
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 193
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
yashshshang shoir hands

+99893 942 32 32
 
uzigabek1920Сана: Сешанба, 27-Авг-2013, 21:55 | Изох # 564
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Rahmat
-
Qiynama.
Qiynama zardobga to`lgan yurakni,
Azobim dunyodan ko`payib ketdi.
Vaslingga atalgan ezgu tilakni,
Xijron quzg`unlari talashib ketdi.

Ishqing telbasiman, ishqing gadosi,
Manzilim dil aro xijroning xolos.
Hech bir orzuimning yo`qdir xatosi,
Dilda qolgan sening armoning xolos.

Rahm et oshig`ingga, vaslingga yetkaz.
So`ngra ne bo`lsa ham mayliga bo`lsin.
Shirin so`zlaring-la dardlarim ketkaz.
Oshig`ing dunyodan armonsiz o`lsin.

Akbar Shoh.


Originallikka intil.
 
bek88Сана: Чоршанба, 28-Авг-2013, 01:14 | Изох # 565
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
Kumushga
Kumushim...
Kumushim ko’zlaringda nam,
Qayg’u soya solar
yanoqlaringga,
Shahlo ko’zlaringda nе sir
yashirin,
Qanday sas bеrkingan
dudoqlaringda.
Yuzdagi xolingga olam
arzirmi,
Armon arzirmikin ko’zing
yoshiga.
Kim ham baxt tilabdi bir
sеndan o’zga,
Yaxshilik tiladi o’z
kundoshiga.
Kumushim...
Poyonsiz o’ylar surasan.
Mеndan o’zga o’ylar xayoling
yo’qmi?
Toshkеntga kеtayapman, olis
yo’llarga,
Zaynabga atalgan savoling
yo’qmi?


Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
 
Zinnura_KСана: Чоршанба, 28-Авг-2013, 10:32 | Изох # 566
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Akbarshoh hands

bek88 hands


erka farishta....(m)....
 
GULI_NURСана: Чоршанба, 28-Авг-2013, 13:13 | Изох # 567
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
Akbarshoh barakallo özbek ög'loni hands first

bek88 qoyil va omad hands
 
Dinora_Golden_GirlСана: Чоршанба, 28-Авг-2013, 17:24 | Изох # 568
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Mehribonim mani... Yuksak hurmat va e'tibor uchun Tashakkur Azizim...

Bekjon aka ajoyib va diltortar she'r uchun rahmat... Qalamingiz tebransin har dam...

Dardlar she'rga aylanib oq qog'ozga yozilaversin... Oq qog'ozni ovora qilsinu, lek yuraklarni sarson qilmasin...


Fikrim satrimda oshkor!)
 
GULI_NURСана: Якшанба, 01-Сен-2013, 10:19 | Изох # 569
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
AlisherbekUZ qoyil hands
Serma'no, sermaxsul ijodni kutamiz first
 
AbbosbekСана: Якшанба, 01-Сен-2013, 17:19 | Изох # 570
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
ЖАМОЛИНГНИ КЕЛАР КЎРГИМ
Дардим сиғмас достонларга,
Бўйим етмас осмонларга,
Юрак тўла армонларга,
Жамолингни келар кўргим.

Шароб тўла ишқ жомида,
Қолдим алам зиндонида,
Ушбу куннинг оқшомида,
Жамолингни келар кўргим

Мени ташлаб фироқларга,
Нечун кетдинг йироқларга,
Кўнгил махкум титроқларга,
Жамолингни келар кўргим

Бу дунёда бор ошиқлар,
Тинглар ишқий куй-қўшиқлар,
Қалбда битсин деб оғриқлар,
Жамолингни келар кўргим

Қуёшга зор чечакдайман,
Хижронларга эрмакдайман,
Гўзалроқсан тўлин ойдан,
Жамолингни келар кўргим

Жаннат эмас жаханнамда,
Қолгандайин қолдим ғамда,
Шафқат билмас бу оламда,
Жамолингни келар кўргим

Химмат қилса қодир Эгам
Маконимиз боғи Эрам
Бахт топамиз менинг эркам,
Жамолингни келар кўргим.
10:20 12.10.2011
Muallif: Renis Meshayan . .
P/s: muallif ruxsati bilan.


1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
DadaxonСана: Душанба, 02-Сен-2013, 01:12 | Изох # 571
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
Sen borsanu dunyoda
Lek sensiz yashayapman
Yurakda milion dard bilan
Qara soxta kulyabman.

Sözlayabsan tinglayabdi kimlar
Men eshitmay
yashayapman,
Shu zaylda ötmoqda kunlar
Bilmam qanday
chidayapman.

Ox sening nozik qöllaring
Bugun tutmay
yashayapman,
Qaro tundek qora
sochlaring
Qarosini körmayabman.

Isming takror aytmoqda kimlar
Men baralla
aytolmayapman,
Sog'indimku sog'inib
ketdim
Olisdaman
borolmayapman.

Sen xaqingda ochilsa
sözlar
Men qöshilib
sözlolmayapman
Közlaringa boqar qaysi közlar
Menchi bir bor
boqolmayapman.

Sen borsanu dunyoda
Lekin sensiz yashayapman
Xadya etgan dardlaringni
Qara she'rga bityabman.
(Oshiq.D)
 
Dinora_Golden_GirlСана: Душанба, 02-Сен-2013, 01:28 | Изох # 572
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Molodes... Bravo... Tak derjat Akajonim... hands

Aynan shunga o'xshash so'zlardan monolog yozgim kevotudi, yaxshigina ilhom pariyim bo'ldiiiz manga... Rahmaaat Mehribonim... Qalamiz sinmasin hech ham... smile


Fikrim satrimda oshkor!)
 
DadaxonСана: Душанба, 02-Сен-2013, 10:27 | Изох # 573
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
"Sensiz man"

Katta yölning yoqasida
Qolib ketgan gulman, suvsizman.
Xasta vujud tanasida borman, jonsizman.. Soat sayin
sönyabman, sensiz man,
Oshiq nomim boru yorsizman..
Baxor bilan ishi yöq daraxtman,
Shoxlari qurigan yaproqsizman,
Ayriliqdan xamon karaxtman
Daydi qushman qanotsizman.
G'am botqog'iga chökib
ketyabman
Yashashni unutdim
sensiz man..
(Oshiq.D)
 
AlisherbekUZСана: Сешанба, 03-Сен-2013, 00:27 | Изох # 574
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
Kimning ko'ngli to'lgan dunyodan-
ko'rsatingiz bormi biror kas?
g'am kirmagan uy bormi ayting-
kirib orom olay bir nafas.

Yosh ko'rmagan ko'zlar bor bo'lsa,
ziyoratin aylayin borib,
dard chekmagan,anduh tortmagan,
yurak bo'lsa ko'rsating yorib.

Men o'zimni to'la tokis deb,
sizni aldab nima topaman?
sog'inch degan oy bolta bilan,
ruhim o'q ildizin chopaman.

Shu xam xayot bo'ldimi ayting?
na yerga na ko'kka sig'aman,
o'z o'zimni yig'lab ovutib,
o'z ozimni kulib bo'g'aman.

Kimlar havas qilar boqishib,
kimga orzu yurgan yo'llarim,
gulchambarday arqon taqishib,
bo'ynimga dor tutar qo'llarim.

Kimning ko'ngli to'lgan dunyodan?
kimning qalbi baxtga limmo-lim?
ey do'st izlab ovora bo'lmang,
to'kis emas dunyoda xechkim!

Добавлено (02-Сен-2013, 23:26)
---------------------------------------------
G'am kelsa simirib,dardni kemirib,
yurgum,dalda erur ko'ngil xonamga,
so'g-omon tursa bas,bahtdan semirib,
Ajal,o'tinaman tegma Onamga.

Darddan ozor cheksa-o'tda yonaman,
yuragin ushlasa-jondan tonaman,
o'rniga meni ol,xop deb ko'naman,
faqat o'tinaman tegma Onamga.

Ko'z yosh to'ksa umrim g'arq bo'lib ketar,
kulsa armonlarim qirilib bitar,
unga mening bergan azobim yetar,
Ajal,o'tinaman tegma Onamga.

Добавлено (02-Сен-2013, 23:27)
---------------------------------------------
Murod degan bir ukamning dardlaridan ta'sirlanib.

Ko'klamimda qorlar yog'ib muzladimku,
Yuzlarimni sh'or yosh bilan tuzladimku,
sizni qumsab,yot yurtlarda bo'zladimku,
Armon tirnar abgor bugun tanda jonim,
Murodiga yetolmagan dadajonim.

To'ng'ichim deb xar qadamda boshim silab,
erkalatib,dunyo yaxshiligin tilab,
kelishimni kutib,tunni tongga ulab,
ajal chorlab,kutolmagan ulug' shonim,
Murodiga yetolmagan dadajonim.

Umringizni baht rangiga bo'yolmadim,
diydoringiz armon bo'ldi to'yolmadim,
o'gil bo'lib qabringizga qo'yolmadim,
bu dunyoda bordir mening shul armonim,
Murodiga yetolmagan dadajonim.

Hayot achchiq taom ekan,yemay to'ydim,
endi sira avvalgidek kulmay qo'ydim,
kuygan bo'lsam faqat sizni qumsab kuydim,
huvillatib ketdingizku bir tomonim,
Murodiga yetolmagan dadajonim.

Duo qilgum-qabringizga nurlar yog'sin,
Hurlar ko'ksingizga ajib gullar taqsin,
siz tilagan omad menga kulib boqsin,
bahtli kunim kutolmagan xonumonim,
Murodiga yetolmagan dadajonim.

 
DadaxonСана: Пайшанба, 05-Сен-2013, 20:01 | Изох # 575
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
Gar boyligm bölganida
Ketmasmiding, ketmasmiding?
Baland uylar solganimda
kechmasmiding,
kechmasmiding?
Özga yorni
qölin tutib
Meni xasta
etmasmiding, Xiyonatdan
darslar berib
Vido aytib
ketmasmiding.
Gar boyligm
bölganida
Orzu gulim
sölmasmidi
Ösha senga
uqtirgan onang
Bizga qarshi
bölmasmidi. Ag'yorlarning
böxton sözi Qulog'inga
kirmasmidi,
Opang otgan
tuxmat toshi Ishonchinga
tegmasmidi.

Gar boyligm
bölganida
Bevafolik
qilmasmiding,
Ösha bir oy
ichinda
Sodiq bölib
kutmasmiding.
Faqir oshiq faqir
ishqin
Bozorlarga
qöymasmiding Yolg'on dunyo
dunyosi deb
Pok tuyg'udan
tonmasmiding.

Gar boyligm
bölganida
Qadrim arzon
bölmasmidi
Bechora ishqm
sarsona
Köchalaring
kezmasmidi. Xijrondan tig'
qadalib
Köksim uzra
yurmasmidi,
Visol baytlari tugab
Bunday she'r bitilmasmidi.

Gar boyligm bölganida
Bog'im xazonga tölmasmidi,
Mag'lub bölib bu öyinda
G'animlarim
kulmasmidi. Qishlog'imning
soyida
Közyoshlarim oqmasmidi
Beshariqning yölida Xasta yurak
qolmasmidi.

Gar boyligm
bölganida Ketmasmiding
ketmasmiding? Baland uylar
solganimda Kechmasmiding,
kechmasmiding? 05.09. 16:20
(Oshiq.D)
 
Поиск: