|
Hikoya
|
|
| Mohinur_U | Сана: Сешанба, 26-Фев-2013, 02:30 | Изох # 751 |
|
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
| Davomi. Go'zal opa ketganlaridan kn ularni juda sog'indik. Men yana qandaydir ayblovlar bn jazo xonalarga tashrib buyurardim kunlar oylarga oylar yillarga ulandi. Oradan 5 yil o'tdi. 8-dekabr konustitutsiya munosabati bilan berilgan "aministiya" tufayli 5 yil deganda ozodlikka chiqishim malum bo'ldi. Kameradoshlarim bn xayrlashdim. Irim qilib xonada xech narsa qoldirmay narsalarni yig'ishtirdim.(narsa qolsa qaytib kelarmush) Rasmiyatchlik tugagandan keyin meni ozodlikka chiqdim. Qo'rqinchli zil zambil darvoz ochildi. Xayr buyerga qaytib kelma ozodlikni qadriga yet deb xayrlashdi eshikni ochgan ayol. Men xam xayrlashdim. Ozodlik xavosidan to'yib nafas oldi. Ln tez yurib ketdim xuddi yana qaytarib olib kirib ketadigandek biroz yurib yerga o'tirdim tamog'imga nimadir tiqildi. Xudoga shukur deya pichirladim..... Va yig'lavordim. Meni ohista kimdir turg'azdi. Qarasam ukam yonimda dadam va Ayam xam bor ekan xammamiz yig'ladik. Kn moshinaga o'tirib uyga ketdik Uyga borganimizdan so'ng qamaxonadagi barcha narsalarni, kiyimlari yoqvordilar. Men vannaga kirib yuvinib chiqunimcha mo'jazgina dasturxon tayyorlab qo'yishibdi. Biroz o'tirganimdan so'ng osh keldi. Bir qo'shiq og'zimga soldimu yig'lavordim. -juda mazzali deyoldim xolos. Kn biroz uydagilar bn gaplashganimdan so'ng xonamga kirdim . Xonam avvalgiday turibdi. Birozdan so'ng ayam keldilar ancha gaplashdik kn men: -ayajon Gavharga Nodir oilasiga nima bo'ldi. -Gavhar ruhiy kasalxonada... -Nodirni onasi olamdan o'tidi dadasi 2 qizi bn yashayapti dedi men yig'lavordim. -Yo'q qizim yig'lama mayli sen xam dam ol xayrli tun -mayli ayajon xayrli tun. 2 kundan kn qon chiqarib xadim qilishdi uydagilar. Men tilovat tushurishni o'rgandim. Nodirni va Onasini qabriga borib, tiovat tushurdim va kechirim so'radim. 2 kundan keyin esa bir nuqtaga tikilib o'tirgan Gavharni oldiga bordim. Kechirim so'radim. 3 oydan keyin dadam yordamlari bilan zo'rg'a "bolalar uyiga" ishga kirdim. Bolalar bn ovunardim ln men bir umr vijdon azobida qoldim. Ukam uylandi. Kelin juda yaxshi edi. 1 yil o'tib xotini o'lgan bir yoshga tolgan bolasi bor odamdan sovchi keldi(obdon surishturgach) turmushga chiqdim bolasiga o'z bolamdek muomla qildim. Men xam bolalarim tug'uldi men baxtli edim. TUGADI.Добавлено (26-Фев-2013, 01:30) --------------------------------------------- Bu hikoyani mavzusiini bergan Fazliddin akaga raxmat aytaman.
|
| |
| |
| Loading | Сана: Сешанба, 26-Фев-2013, 04:01 | Изох # 752 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Arzimidi lekin siz yozdiz. To'risi maslaxat oshi o'tkazganimizda man bu xikoya cho'zilsa kerak dib o'ylo'dim. To'liq o'qib chiqib yana fikrlashamiz... Добавлено (26-Фев-2013, 03:01) --------------------------------------------- P>S Savol boridi... Agar hohlasez javob bermen. Bu hikoyadagi voqiyalar mavzu berganimdan keyin hayolizga keldimi yoki reja qilib yurgan edizmi?
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Mohinur_U | Сана: Сешанба, 26-Фев-2013, 10:13 | Изох # 753 |
|
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
| Rostini aytaman Fazliddin aka mavzu berganizdan keyin hikoyalarni mavzulari kn hayolimga kela boshladi
|
| |
| |
| GULI_NUR | Сана: Сешанба, 26-Фев-2013, 11:25 | Изох # 754 |
|
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
| Mohinur opa hikoya uchun raxmat!!! Bir xillikdan ozgina bölsada qochganingiz uchunam raxmat!!!
|
| |
| |
| misS | Сана: Сешанба, 26-Фев-2013, 12:28 | Изох # 755 |
|
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
| Mohinur qoyilman, judayam ta'sirli, ibratli hikoya yozibsiz. Raxmat. Hikoyalarizzi kutib qolaman. Ishlarizda omad)))
Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!
|
| |
| |
| Mohinur_U | Сана: Сешанба, 26-Фев-2013, 12:52 | Изох # 756 |
|
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
| GULI_NUR va Miss avvalombor hikoyamni o'qiganiz uchun raxmat! Yoqanidan xursandman!
|
| |
| |
| Loading | Сана: Сешанба, 26-Фев-2013, 16:59 | Изох # 757 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Qo'rqmay aybni bo'yniga olgani, usha ayolga poderjka bergani tasirli bo'ldi.
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Dinora_Golden_Girl | Сана: Сешанба, 26-Фев-2013, 18:47 | Изох # 758 |
|
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
| DAVOMI... Qadam tovushlari endi eshik yoniga ozgina qolgandi chamamda. Aqlimni yig'ib sumkachamni yashirdim. Eshik ochilib Olimjon aka kirib keldi. (Yöq, hozir yoki hech qachon öyladim) Umida senga hech kim yomonlik qilmaydi, faqat sen jimgina itoat qilishing kerak. Aks holda senga söz beraman, seni öldiraman. (qörqib ketdim, amallab uni aldashim kerak, uning közlariga sekin qaradim, mehr topgandek böldim oz bölsayam) - Mayli Olimjon aka siz nima desangiz shu! - Umida Renat bilan örtalaringda nima bölgan. Köchaga chiqib faqat shu haqda öyladim, sen menga qaram bölish örniga itdek tishlab olding. Bilasanmi menga "it tekkan oshning keragi yöq" hozir "oppoq"ligingni isbotlaysan, agar aks holda bölsa, hovlida katta Olapar yotibdi... Hehehehe... Tushungandirsan... Qani hozir isbotlaysan jonginam... U menga yaqinlashib kela boshladi... - Xöp Olimjon aka, yugurib borib uni quchoqlab oldim. Sochlaridan siladim. Olimjon aka asal yegim kelyapti, keling turmushimiz ilk kunini asaldek shirin ötqizamiz. Oyim tayinlagandilar, aytishicha ilk kunimizdan birgalikda asal yesak, umrimiz davomida hayotimiz asal kabi shirin ötarmish... Bilmadim yana nimadirlar deb avradim... Xullas U ketdi asal izlab... Fursatdan foydalanib, eshikni mahkam qulfladimda tez-tez xalat-lozim kiyib, römol örab oynadan sakradim... (hovlida kishilarni ovozi eshitilib turardi) Yuragim shunaqangi tez-tez urardiki, özimni birovni uyiga kirgan ög'ridek his qildim. Havo sovuqroq ekan. Chuqur-chuqur nafas oldimda darvoza tomonga yöl oldim. - Töxtang kelin - (ichimgacha muzlab ketdim) kech bölganda uyga ketyapsizmi, bironta-bir qaynukalaringizni qöshib jönataylikmi, köchada itlar köp! (sekin ortimga ögirildim) bitta chol menga tikilib turardi. - Voy bobojon kerakmas, ovora bölmang. Hozir xolamga aytib chiqdim, ertalab chiqarman (xolam deb Olimjon akani onasini nazarda tutdim) uyimiz shu yerda, xolamlarni qöshnisimizku! (nimalar deyayotganimni özim ham bilmasdim) - Mayli qizim, darvozagacha kuzatib qöyaman. - Töxtang bobojon, uyimgacha yetvolay duo qiling iltimos. Chol duo qilardi, közlarim esa bizdan uzoqroqda, oshxona taraf shekilli, oshxona yonida 3 ta xona bölib, Olimjon aka u xonadan bu xonaga asabiy borib kelardi. Chol duo qildi, omin qilib darvozadan chiqdimu judayam atrofni yoritib turgan yorug'lik tarafga jonim boricha yugurdim. Xuddi hozir orqamdan quvib yetishadiyu, yana jahannamga olib ketadigandek tuyulaverardi... Qancha yugurdim bilmayman, nafasim tiqilib qolay dedi, lekin chidayman dam olmasligim kerak. Iloji boricha katta yölga chiqmaslikka harakat qilardim, chunki quvib yetishlari mumkin... Yorug'likka yetay dedim, anglashimcha bu avtopark edi, lekin töxtab öylab qoldim. Ular eshigini buzib bölsa ham ochadi, keyin tög'ri shu yerga keladi adashmasam, chunki men samalyotga chipta buyurtirmaganman, toshkentgacha mashinada ketishim tayin. Yana qorong'ulikka singib ketdim. Yana jonim boricha yugurdim. Qorong'u yölak böylab, ketarkanman közim yöl chetida turgan mashinaga tushdi. Bir erkak mashinani tuzatardi. Sekin ozgina kuzatdim, mashinada 2 ta ayol bor edi. - Amaki qayerga ketyapsiz? - Shahar chekkasiga qizim, botanika bog'i bor. Lekin nega senga bu gaplarni aytyapman. Tinchlikmi qizim?! - Qayerdan Toshkentga ketsa böladi, bu yerda men mehmonman edimda, uyga srochno yetib borishim kerak ekan, kichkinam kasalxonaga tushib qolibdida. - Bu yerdan tög'ri Toshkentga avtopark bor. Keling ösha yerga olib borib qöyaman. - Yöq mayli rahmat, körsatvorsangiz böldi. U odam ösha yonidan ötib ketganim - avtoparkni körsatdi-yu mashinasini yurgizib ketdi. Ilojim qolmadi, ötirib qoldim. Endi nima qilaman, qayerga boraman?! Bir nima esimga tushdi. Sumkamni titkilab telefonimni topdim. Öchirib qöygan ekanman, yoqishim bilan smslar kela boshladi. Hech qaysinisini öqimasdan, Nigoraga telefon qildim. Uzoq chaqiruvdan söng göshakni oldi. - "Nigora men qochib ketdim. Bu yerlarni yaxshi bilmayman. Ota-onamga aytib qöyma, ularga aytishni xohlamadim. Borib tushuntiraman. Yordam ber iltimos, qayoqqa boray"- yig'lab yubordim. - Umida qayerdasan, hozir qimirlama joyingdan, men bitta tanishimga telefon qilaman, yoningga boradi va tög'ri menikiga kelasan, yig'lama hammasi yaxshi böladi... Olimjon aka ham qayta-qayta tinmay telefon qilardi, kötarmadim... Birpasdan keyin Nigora qaytib telefon qildi. Hozir yoningga bitta mashina boradi. Telefoning yoniq tursin oxiri 7071 dan telefon böladi senga, mashinasi raqami ham 7071..... ...Qancha ötirdim bilmayman, telefon böldi avtopark yaqinidagi qorong'iroq joydaman, botanika bog'i tarafga ketish yölidaman deb tushuntirdim... Birpas ötmasdan, qora rangli "Neksiya" mashinasi kelib töxtadi. Birdaniga mashina raqamiga qaradimu, aqldan ozayozdim. Bu Nigora aytgan mashina emasdi, davlat raqami ham boshqacha... Tinmay yig'lardim, nahotki Olimjon aka meni topib oldi, qayerdan bildi. Nahotki, Nigora sotqinlik qilgan bölsa... Axir qochib, bu yerga kelganimni faqat Nigoraga ishonib aytgandim-ku... Endi nima qilaman...Добавлено (26-Фев-2013, 17:47) --------------------------------------------- DAVOMI... Qadam tovushlari endi eshik yoniga ozgina qolgandi chamamda. Aqlimni yig'ib sumkachamni yashirdim. Eshik ochilib Olimjon aka kirib keldi. (Yöq, hozir yoki hech qachon öyladim) Umida senga hech kim yomonlik qilmaydi, faqat sen jimgina itoat qilishing kerak. Aks holda senga söz beraman, seni öldiraman. (qörqib ketdim, amallab uni aldashim kerak, uning közlariga sekin qaradim, mehr topgandek böldim oz bölsayam) - Mayli Olimjon aka siz nima desangiz shu! - Umida Renat bilan örtalaringda nima bölgan. Köchaga chiqib faqat shu haqda öyladim, sen menga qaram bölish örniga itdek tishlab olding. Bilasanmi menga "it tekkan oshning keragi yöq" hozir "oppoq"ligingni isbotlaysan, agar aks holda bölsa, hovlida katta Olapar yotibdi... Hehehehe... Tushungandirsan... Qani hozir isbotlaysan jonginam... U menga yaqinlashib kela boshladi... - Xöp Olimjon aka, yugurib borib uni quchoqlab oldim. Sochlaridan siladim. Olimjon aka asal yegim kelyapti, keling turmushimiz ilk kunini asaldek shirin ötqizamiz. Oyim tayinlagandilar, aytishicha ilk kunimizdan birgalikda asal yesak, umrimiz davomida hayotimiz asal kabi shirin ötarmish... Bilmadim yana nimadirlar deb avradim... Xullas U ketdi asal izlab... Fursatdan foydalanib, eshikni mahkam qulfladimda tez-tez xalat-lozim kiyib, römol örab oynadan sakradim... (hovlida kishilarni ovozi eshitilib turardi) Yuragim shunaqangi tez-tez urardiki, özimni birovni uyiga kirgan ög'ridek his qildim. Havo sovuqroq ekan. Chuqur-chuqur nafas oldimda darvoza tomonga yöl oldim. - Töxtang kelin - (ichimgacha muzlab ketdim) kech bölganda uyga ketyapsizmi, bironta-bir qaynukalaringizni qöshib jönataylikmi, köchada itlar köp! (sekin ortimga ögirildim) bitta chol menga tikilib turardi. - Voy bobojon kerakmas, ovora bölmang. Hozir xolamga aytib chiqdim, ertalab chiqarman (xolam deb Olimjon akani onasini nazarda tutdim) uyimiz shu yerda, xolamlarni qöshnisimizku! (nimalar deyayotganimni özim ham bilmasdim) - Mayli qizim, darvozagacha kuzatib qöyaman. - Töxtang bobojon, uyimgacha yetvolay duo qiling iltimos. Chol duo qilardi, közlarim esa bizdan uzoqroqda, oshxona taraf shekilli, oshxona yonida 3 ta xona bölib, Olimjon aka u xonadan bu xonaga asabiy borib kelardi. Chol duo qildi, omin qilib darvozadan chiqdimu judayam atrofni yoritib turgan yorug'lik tarafga jonim boricha yugurdim. Xuddi hozir orqamdan quvib yetishadiyu, yana jahannamga olib ketadigandek tuyulaverardi... Qancha yugurdim bilmayman, nafasim tiqilib qolay dedi, lekin chidayman dam olmasligim kerak. Iloji boricha katta yölga chiqmaslikka harakat qilardim, chunki quvib yetishlari mumkin... Yorug'likka yetay dedim, anglashimcha bu avtopark edi, lekin töxtab öylab qoldim. Ular eshigini buzib bölsa ham ochadi, keyin tög'ri shu yerga keladi adashmasam, chunki men samalyotga chipta buyurtirmaganman, toshkentgacha mashinada ketishim tayin. Yana qorong'ulikka singib ketdim. Yana jonim boricha yugurdim. Qorong'u yölak böylab, ketarkanman közim yöl chetida turgan mashinaga tushdi. Bir erkak mashinani tuzatardi. Sekin ozgina kuzatdim, mashinada 2 ta ayol bor edi. - Amaki qayerga ketyapsiz? - Shahar chekkasiga qizim, botanika bog'i bor. Lekin nega senga bu gaplarni aytyapman. Tinchlikmi qizim?! - Qayerdan Toshkentga ketsa böladi, bu yerda men mehmonman edimda, uyga srochno yetib borishim kerak ekan, kichkinam kasalxonaga tushib qolibdida. - Bu yerdan tög'ri Toshkentga avtopark bor. Keling ösha yerga olib borib qöyaman. - Yöq mayli rahmat, körsatvorsangiz böldi. U odam ösha yonidan ötib ketganim - avtoparkni körsatdi-yu mashinasini yurgizib ketdi. Ilojim qolmadi, ötirib qoldim. Endi nima qilaman, qayerga boraman?! Bir nima esimga tushdi. Sumkamni titkilab telefonimni topdim. Öchirib qöygan ekanman, yoqishim bilan smslar kela boshladi. Hech qaysinisini öqimasdan, Nigoraga telefon qildim. Uzoq chaqiruvdan söng göshakni oldi. - "Nigora men qochib ketdim. Bu yerlarni yaxshi bilmayman. Ota-onamga aytib qöyma, ularga aytishni xohlamadim. Borib tushuntiraman. Yordam ber iltimos, qayoqqa boray"- yig'lab yubordim. - Umida qayerdasan, hozir qimirlama joyingdan, men bitta tanishimga telefon qilaman, yoningga boradi va tög'ri menikiga kelasan, yig'lama hammasi yaxshi böladi... Olimjon aka ham qayta-qayta tinmay telefon qilardi, kötarmadim... Birpasdan keyin Nigora qaytib telefon qildi. Hozir yoningga bitta mashina boradi. Telefoning yoniq tursin oxiri 7071 dan telefon böladi senga, mashinasi raqami ham 7071..... ...Qancha ötirdim bilmayman, telefon böldi avtopark yaqinidagi qorong'iroq joydaman, botanika bog'i tarafga ketish yölidaman deb tushuntirdim... Birpas ötmasdan, qora rangli "Neksiya" mashinasi kelib töxtadi. Birdaniga mashina raqamiga qaradimu, aqldan ozayozdim. Bu Nigora aytgan mashina emasdi, davlat raqami ham boshqacha... Tinmay yig'lardim, nahotki Olimjon aka meni topib oldi, qayerdan bildi. Nahotki, Nigora sotqinlik qilgan bölsa... Axir qochib, bu yerga kelganimni faqat Nigoraga ishonib aytgandim-ku... Endi nima qilaman...
Fikrim satrimda oshkor!)
|
| |
| |
| Zinnura_K | Сана: Сешанба, 26-Фев-2013, 19:51 | Изох # 759 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
| Davoooomi!???????????? Ufffff yuragimmi yulibla tawiman..... Qaniiii davomi
erka farishta....(m)....
|
| |
| |
| Loading | Сана: Сешанба, 26-Фев-2013, 20:07 | Изох # 760 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Navbat Dinora sizni hikoyezga. Giyos sizni hikoyez navbat kutib turadi. )
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Mohinur_U | Сана: Чоршанба, 27-Фев-2013, 11:42 | Изох # 761 |
|
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
| Baraka topgur davomini yoozzaaaqqoolliiiing
|
| |
| |
| Zinnura_K | Сана: Чоршанба, 27-Фев-2013, 19:42 | Изох # 762 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
| Madinapaa kutvomman((
erka farishta....(m)....
|
| |
| |
| GULI_NUR | Сана: Чоршанба, 27-Фев-2013, 20:32 | Изох # 763 |
|
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
| G'iyos aka daaaaavooooomiiiii qani?  Добавлено (27-Фев-2013, 19:32) --------------------------------------------- 33 
|
| |
| |
| Dinora_Golden_Girl | Сана: Жума-муборак кун!, 01-Мар-2013, 02:03 | Изох # 764 |
|
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
| DAVOMI... Közlarimdan tinmay yosh oqardi... Qochishga tayyorlanib, oyoq kiyimimni qölimga oldimu yugurdim. Uncha köp yugurmadim, qölimda telefonim jiringlab qoldi. Umida ekan kötarmadim, orqamga qaramasdan yugurdim... Aksiga olib oyog'im qayrilib yerga ötirib qoldim. Telefonim tinmay jiringlardi. - Nima deysan sotqin, umuman sen inson qiyofasidagi mahluq ekansan... -Umida... Töxta... Telefonni öchirmasdan orqamga qaradim, hech kim yöq, faqat ösha birpas oldin kelgan mashina va yonida bir yigit u yoqdan bu yoqqa yurardi. Tikilib qoldim, kim özi u... Telefon ovozidan chöchib ketdim. - Umida, meni eshityapsanmi? Hozir Shuhrat akani yonidan sen qochib ketdingmi? Qörqma u Toshkent-Qarshi yönalishda qatnaydigan haydovchi. U menga tinmasdan: hozir yonimdan bitta qiz yugurib ketib qoldi, ortidan yugursammikin yoki yugurmasammikin deb qöng'iroq qilyapman dedi... - Umida rahmat deya oldim xolos... Mashina yoniga bordim, haydovchi menga g'alati qaradida: - Unaqa tez yugursangiz, mashinam yetolmaydiku mana bularingizga dedi kulib qölimdagi oyoq kiyimimga... Xullas, mashinaga chiqdim, haydovchiga mendan boshqa yölovchi olmaysiz deya tayinladim... Qashqadaryodan chiqqanimizda allaqachon tong yorishib ulgurgandi. Atrofni tomosha qilib ketardim, hammayoq gözal edi. Közim ilina boshladi va uxlab qolibman. Uzr DAVOMI BOR...
Fikrim satrimda oshkor!)
|
| |
| |
| ClimbeR | Сана: Жума-муборак кун!, 01-Мар-2013, 07:41 | Изох # 765 |
|
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 142
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 652
Холати: Хозир йўқ
| Dinora ajoyib davomi qachon...
chelsea chempion...
|
| |
| |
| T_Sardor | Сана: Жума-муборак кун!, 01-Мар-2013, 13:07 | Изох # 766 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 541
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 181
Холати: Хозир йўқ
| G'iyos aka???!!!!
O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin!!!
|
| |
| |
| Dinora_Golden_Girl | Сана: Жума-муборак кун!, 01-Мар-2013, 23:37 | Изох # 767 |
|
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
| Davomi... Samarqanddan chiqib Jizzax dovoniga yetganimizda uyqudan uyg'onibman. Jizzaxligini haydovchidan eshitdim. Mashina sekin töxtadi. Atrof jimjit, faqat nimalarnidir sayrashi eshitilardi. Haydovchi yuring sizga ajoyib bir joy körsataman dedi. Ikkilanib turdim, chunki bu insonni yaxshi tanimayman, yur desa ketaveramanmi deb öyladim. Tavakkal xöp dedim. 15-20 qadamcha yurganimizdan keyin chashmaga duch keldik. Hayratlanib qaradim, chashmani birinchi marta körishim edi. Lekin özimga avval ham bu yerga kelgandek tuyulaverdi. Buloq suvi muzdek edi. Haydovchi söradi: - Nima uchun ismingiz Umida? - Bilmadim deya kulib qöya qoldim savoliga. - mana shu buloqning suvidan ichib, astoydil niyat qilsangiz amalga osharkan - dedi haydovchi. Buloq suvini sekin qölimga olib, niyat qilib icha boshladim. Har suv ichib niyat qilganimda, hayolimni nimadir chalg'itardi. Iltimos ketishimiz kerak deya mashinaga yugurdim. Toshkentgacha öy-hayollar bilan yetib keldim. - Umida sizga öxshagan mijozni birinchi marta körishim, yöl böyi gapirmasdan kelish uchun menga katta mahorat kerak deya kuldi haydovchi Nigoralarnikiga tashlab qöyarkan. Nigora meni quchoq ochib, yig'lab kutib oldi. Hamma-hammasini aytib berdim Nigoraga. - Endi nima qilmoqchisan Umida? - Bilmadim, hozir ota-onam meni izlashyotgandir. Yöl böyi telefonga javob bermaslik uchun öchirib qöygandim, deya telefonimni yoqdim. Smslar yog'ilib kela boshladi. Ota-onamdan, Olimjon akadan, haydovchidan va boshqa ötqizilgan qöng'iroqlar ham bor ekan. Bu safar telefonimni öchirmadim. Kechki ovqatni yeb böldik hamki telefonim musiqa chalyapti. Borib telefon ekraniga qaradimu, yuragim hapriqib ketdi. Telefonimni yashil tugmasini bosdimu, lekin gapirolmasdim. Tilimni xuddi kimdir boylab tashaganga öxshardi. - Umida javob ber... Iltimos.., sog'-omonmisan, iltimos gapirgin... bir martagina sog'man deb ayt... - Renat aka... unsiz yig'lardim... - Umida, dadang sendan judayam havotirda, meni uyimgayam keldi. Sog'misan qayerdasan javob ber - uning ovozi tahdiddan köra havotiri kuchli edi. Oying seni öylab adoyi tamom bölyapti. Shu oxirgi gapi ancha özimga keltirdi. - Men sog'man, bugun kech böldi, ertaga uyga boraman. Ortiq chidab turolmadim. Telefonimni butunlay öchirib tashladim. Nigora meni bag'riga bosib qöshilib yig'lardi. Tongda eshikni dadam ochdi. Meni kördiyu yuzi özgarib ketdi. - Assalomu aleykum dadajon! - dedim ichkariga kirib yerga qarab. Yuzimga tushgan kutilmagan tarsakidan gandiraklab yiqildim. Bu tushimda bölyaptimi öngimdami anglolmasdim, bilganim dadajonimdan birinchi marta tarsaki yedim. - Nega urasiz, sizga nima qildim?! Bu gapimdan keyin ikkinchi tarsaki tushdi. Boshim bilan eshikka urildim. Sekin boshimni kötardim. Yölakda oyijonim nafrat bilan tikilib turar edi. - "Yetim bola asrasang og'zi burning qon bölur" degan gapni mana bugun isbotlading haromi og'zidan köpib sachrardi... yöq-yöq shu gaplar dadajonimdan chiqyaptimi, bölishi mumkin emas, qarshimda men bilgan dadajonim emas, butunlay boshqa odam gapiryotgandek edi. Qaniydi shunday bölganida edi... - sen iflos qiz bor-budimni sen uchun sovurganimga rahmating shumi? Kim seni shu yoshgacha katta qildi? Hech kimdan kam qilmay östirdim seni haromi, onang buzuqi edi, seni ösha buzuqiga öxshamasin deb qölingga pullar ustingdan sochdim, hamma narsa berdim. Aslida hammasi befoyda ekan. Ösha buzuqining qoni oqarkan. Qon bilan kirgan jon bilan chiqarkan. Endi sen ham joning chiqquncha buzuqi bölib ölib ketasan. ...yöq dadajonim, bu gaplarni jahlingiz chiqqanidan aytyapsiz, men sizning qizingizman, axir meni joningizdan ham ortiq yaxshi körardingizku! Bu gaplarni tilimdamas, dilimda aytib yig'lardim... Amallab turib oyijonim yoniga bordim, közlariga tik qarab: oyijon men qizingizman a, meni siz tuqqansiz a? Dadajonim yolg'on gapiryaptilar a shundaymi? Meni kech... - ...gapim yarmi og'zimda qoldi. Bu safargi kuchli tarsakidan, oshxona mebeli eshigi tutqichiga yuzim bilan tushdim. Renat xuddi yonimga yugurib kelib lat yemadingmi deb turg'azib qöyganga öxshadi, afsuski bu tushga öxshagan öy edi. Yuzim achir, burnimdan shuvillab qon oqardi. Hech kim menga yordam beray demasdi. Köz oldim bir yorug'lashib, bir qorong'ulashib borardi. Shu topda özimni hech kimga keraksiz insonday his qildim. Miyamga bir fikr keldi. Hozir 15 minut nafas olmay tursam, hammasi yaxshi böladi... shunday deya burnimdan oqayotgan qon bilan eshik oynasiga amallab "R" harfini yozdim, keyin "e"ni, "n"ni, "a"ni "t"ni yozayotganimda tashqari eshik qarsillab kimdir kirganini sezdim.. Eshikka qaramadimu, lekin bu Olimjon aka ekanligini sezardim... Davomi bor...
Fikrim satrimda oshkor!)
|
| |
| |
| Zinnura_K | Сана: Шанба, 02-Мар-2013, 10:39 | Изох # 768 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
| >) nega yana davomiiiiii yooooo
erka farishta....(m)....
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Якшанба, 03-Мар-2013, 10:23 | Изох # 769 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| *** 4(Men sevardimku) - Qani berginchi. Nega rasmni birinchi ko’rsatmading. - Chunki she’rni oldin o’qishingni istadim. (Rasmni berdim. U ko’ra boshladi) - Voy, nega oldin rasmni ko’rsatmading. Rasmlaring huddi gapirayotgandekka. Xasan shu rasmlaringga qarab faqatgina yozib chiqibdide. Men ham undan zo’rroq yozardim. Keyin Xasanda qofiya tushmagan. Yana she’rni farqi bormaymankuya. - Ha, rahmat. To’g’risi, Xasanga yozib ber deb o’zim iltimos qildim. - Nima bo’lganda ham. Sen rassomchillikka topshirishing kerak. Qobilyating bor. Keyin u yerda yana boshqa rasm chizish sirlarini ham o’rganarding. - Otam rozi bo’lmaydilar. Bilasanku fe’llarini. - Sen shunday o’ylaysande. So’rab ko’rgin bir marotaba. Sendan nima ketdi. - Qo’ysangchi. Nima deb so’rayman? Kerakmas. Uydagilarim meni rasm chizishimni bilishmaydi. - Nega aytmagansan? - Uyalaman. Zo’r chiza olmaymande. - Zo’r chiza olasan. Sen o’zing chizgan rasmlaringga qaragin. Jonli bo’lmasa ham, o’ylaringni yetkazib bera olasan. - Komiks tarzdade meni rasmlarim ko’proq. - Hop buni nimasi yomon. - Chizsang yahshi chizgin deyishadi. Kel boshqa mavzuga o’taylik. - Hopkuya, lekin bu kerakli mavzu edi. Mana men tibbiyot kollejiga kiraman. Senchi? Buni qanchon aniqlaysan? - Vaqti kelib qolar. - Kelmaydi. Mana hozir aynan vaqtiku. O’zi nimaga chaqirganding? - Gaplashib o’tirishga. - Mana gaplashayapmiz. - O’ylab ko’rishim kerak. Dadamga etib ko’raman. Nimadir derlar. Eta olsam.
Soyni narigi qirg’og’iga 4-5 ta qiz keldi. 5 ta ekan. Ular bizga parallel sinfda o’qishgan. Feruza bilan munosabatlarimizdan qisman xabardor. To’liq xabardor bo’lishganida yahshiroq edi. Chunki ortimizdan har hil uydirma, bo’lmag’ur gaplarni aytib yurishmasdi. Mana hozir nega kelishgan bilmadim. Bir biriga pichirlab kulishayapti. Kulgani ham menga hunik eshitilmoqda. Ularga baqirdim: “Borlaring ketlaring. Yoqmayapsanlar” deb. Ular ham o’z navbatida javob qaytarishdi. Qizlar: Voy, sizlarga xalaqit berib qo’ydikmi? Bilmay qolibmizku. Men: Kulishlaring yoqmayapti. Qizlar: Hozir kulaverib o’lib qolaman. (Rostanam o’lib qoladigandek kuldi. Nafaqat u, balki men ham eshitib o’lib qolay didim). Yoqmay qoldimi? Farrux bilan kuldirib yurardilarku qizlarni? Men: Men kuldirmaganman. Farrux kuldirardi. Men faqat yonida turganman. U kulganlaring boshqacha edi. Hozir esa kulishlaring echki marashi va molni mo’rashiga o’xshayapti. Qizlar: Nima deyapsan? O’zlaringni qara bizdan avval. Ikki sevishgan, suv bo’yida yolg’iz o’tiribsizlarku. Uyalmasdan. Men: Biz sevishganlarmasmiz! (Feruza shu paytgacha yerga qarab o’tirgandi. Shu gapimdan keyin to’g’riga, qizlarga qaradi.) Qizlar: Ko’rinib turibdi. Hozirgina xalaqit berayapsanlar deyotgandinmi? Feruza: Menga qara Nazo, avval o’zingni bilgin. Biz faqat gaplashib o’tiribmiz. Senga o’xshab, Olim bilan quchoqlashayotganimiz yo’q. Bilmaydi deb o’ylaysanmi? Qizlar, aynan Nazo: Nima? Nima? Nima? Qachon ko’riding? Tuxmat bu! Feruza: Tuxmat emas. Xaqiqat! Maktabni orqasida uchrashuvlaringni hamma biladiku. Olimni ham hamma biladi. Nazo: Nima qilibdi Olimga? Feruza: U o’ta ketgan suyuqoyoq, shilqim bolaku. Menga ham rosa gap otgandi, sen bilan gaplashmasdan oldin. Keyin unga “dam” berib yuborgandim. Keyin seni tuzog’iga ilintirdi. Men: Sendan boshqa qizlar bilan ham yuradi. Feruza: Buni ham bilmasmiding. (Negadir boshqa qizlar jim bo’lib qolishdi) Nazo: Yo’q. Bo’lishi mumkin emas. U faqat meni sevishini aytgan. Kollejini bitirib menga uylanadi. O’zi aytgan. Feruza: Hozirgina tuxmat deyotganimiding? Sen sevishganlarsan, ko’rdingmi? Aybingni ham tan olding. Qizlar nomidan Kamola: Feruz, Nazo sevishgan bo’lsa ham, ota onasi birga yashaydi. Senikiga o’xshab ajrashib ketmagan... Men: Nima deyapsan? Oneni............ (shu sal qizishib ketsam, so’kib yuboramanda. Kechirim so’rayman hammadan).
Feruza Kamolani bu gapidan keyin hech narsa deyolmadi. Chuqur ho’rsinib, ortiga qarab ketdi. Men yerdan kessak olib, qizlarga otdim. 3-4 marta. Tegdimi yo’qmi bilmadim. Lekin rosa kulishdi. Tegmagandirda. Tekkanda yig’lashardiku. Keyin Feruzani ortidan menam ketdim. Unga: - Feruza, uni gapiga ahamiyat bermagin. U aytaveradi. - Bitta u emas. Boshqalar ham aytishadi. Sen bilmaysanda. (Yig’lab yubordi.) - Qo’ygin, yig’lama. Hozir men ham yig’lab yuboraman. Ko’nglim bo’shku. Sen ularga ahamiyat berma. Og’ziga kuchi yetmaydiganlar shunday gap bilan alam olishadi. - Hop, lekin qachongacha ahamiyat bermayman. Meni ham ota onam bir joyda bo’lishlarini ko’rgim keladi. Meni ham boshqa qizlardek yashagim keladi. Ulardan nima kam joyim bor? - Bunda seni aybing yo’qku. Ota onaning ishiga farzand javobgar emasku. - Buni sen tushunasan, men tushunaman. Onam tushunar. Boshqalarchi??? - Boshqalar bilan nima ishing bor. O’zingni o’ylab yashayver. - Bu osonmas. Ko’chaga chiqsang, hamma seni qo’lini bigiz qilib ko’rsatayotgandek tuyulaveradi. Ko’chada hamma senga gapiraveradi. Chunki himoya qiladigan otam yo’qda. - Men bormanku. O’zim seni himoya qilaman. Va’da beraman. - Rahmat. Yahshiyam sen borsam. Faqat sen meni tushunasan...
Shu zaylda uyga qaytdik. Feruzani yig’lashini yomon ko’raman. Unga faqat kulib yurishlar yarashadi. Kunlar o’tib, yoz ham keldi. Feruza tibbiyot kollejiga hujjatlarini topshirdi. Men esa uydagilarga rassomchillik haqida ayta olmadim. Hujjatlarimni esa qayerga topshirishni bilmadim. 10-11 sinfni o’qiy qolaman. Boshqa yo’lim ham qolmadi.
(davomi yaqin soat va kunlarda)
Sog' salomatlik...
|
| |
| |
| Mirzoxid | Сана: Якшанба, 03-Мар-2013, 12:39 | Изох # 770 |
 Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
| Davomini Kutamiz
...
|
| |
| |
| Loading | Сана: Душанба, 04-Мар-2013, 02:08 | Изох # 771 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Maylinmi kichikkina hikoyacha qoldirsam? Mo'jiza endi yo'q. Bugun juma tongi ishxonamga ko'tarinki kayfiyatda bordim. Jumaga qadar ko'proq ishlarimni bitirib olishni reja qildim. Ishimni boshladim. Uncha-muncha narsaga ulgurdim. Lekin soat o'tkan sayin ko'nglim g'ash bo'la boshladi. Juma namoziga chiqish uchun boshqaruvchidan ruxsat olish kerak. Ishdan qochib ketish haqida gap bo'lishi mumkin emas. Yangi ishga kirganman sinov mudatim endigina tugadi. Soat o'n bo'ldi, hali ruxsat so'ramadim. "mana bu ish tugasin, mana buni qilib qo'yay" deb o'zimni aldab javob olishni paysalga solyabman. Soat 12ga yaqinlashyabti. Ichimdan Hudo, Alloh deb turibman. Shu vaqt xonamga boshqaruvchi kirib keldi. Hisobotni bosh offisga olib borishimni buyurib chiqib ketti. Yaxshi bo'ldi, hisobotni tez oborib beraman, qaytishda juma nomozini o'qib qaytaman. Bosh offisda ushlanib qoldim. Direktor xisobot xaqida qisqa malumotlarni aytib berishimni buyurib qoldilar. Soat 12:30ni ko'rsatmoqda. Telefonim jiringladi. Ishxonadan xam kasbim Nodira ekan. Tushlik vaqti bo'lganini aytib, meni kutsinmi, yo'qmi shuni so'radi. Ko'pincha birga tushlik qilamiz. O'ylab qoldim, namozga ulguramanmi, tushlik qilishga yana vaqtim bo'ladimi yo'qmi? Nodira hafa bo'lib qomasmikan? Men unga rejamni aytkandim biroz ikkilanib turdida birnima deyishga chog'landiyu aytmadi. Samimiyat bilan hayrlashti. Aloqani uzdim. Hisobotni yetkazib ko'chaga chiqanimda soat 12:45 bo'lgandi. Aksiga olib bu joylarni yaxshi bilmayman. Katta yo'lda turibman. Qaysi tarafga yurishni bilmadim. Tanishlarim alla qachon machitda, hammasini telefoni o'chiq. Katta ko'cha yaqinidagi maktab o'quvchilaridan bu yaqin o'rtadagi machit borligini so'raganimda ikki bekatdan so'ng maxalla ichkarisida borligini etishti. 10 daqiqa vaqt qoldi. Hali taxoratni yangilashim kerak. "Yo'q ulgurmayman, ishxonaga qaytaqolaman, Alloh kechirsin." deb ikkilangancha xamon aytilgan manzil tarafga yurib ketyabman. Qadamimni tezlattim. Shu payt yonimda nexia avtosi to'xtadi. Ichida Rus kishi o'tiribti. Salondan menga yuzlanib gapirdi. - Izvenite ya doljen yexat na kladbiwe Kamolon. A kak mne doexat? Bu savoldan keyin ichimga jiz etkan nur kirdi. - Ya kak raz tuda soberayus. Mojete menya dovezti? - Da konechna, sadis bez problem!... Bolalar ko'rsatmalari bo'yicha qiynalmay topib bordik. Shoshilib mashinadan tushtim. Oynadan salonga qarab minaddorlik bildirdim. - Bolshoe sposibo vi sdelali dobroe dela! - I tibe sposibo! Shislivo! Juda quvnoq toza ko'ngillik kishi ekan. Rus bo'lsayam mozorga kelib biror kimini yo'qlayabti... SHularni o'ylab yugurib toxoratxonaga kirdim. Toxoratimni yakunlab dastro'molimga yuz-qo'limni artkancha honaqo tarafga yurdim. Birinchi safga ulgurmaganimga achindim. Xonaqoga kirganimda maruza yakunlanib duoga qo'l ochildi. O'ng'aysiz bo'lsada so'ngi safning ortidan joylashtim. Azon aytildi jamoat saflanishni boshladi. Oradagi hosil bo'lgan bo'shliqni to'ldirish uchun qadam tashladim. Qadam qo'yib niyat qilyabman. Quloq qoqib jumani 4 rakat sunatini o'qidik. Azon aytildi, imom hutba o'qidilar. "Payg'ambarimiz islomga kirgan ummat uchun huddi hozirgidek avval bir to'nkaga (chiqib yoki suyanib), so'ngra bir ayol yasattirib bergan uch pog'onalik minbarga chiqib hutba o'qir edilar deyiladi hujjatlarda." Takbir aytilib juma namozining 2 rakat farzini o'qish uchun saflanildi. Men birinchi safda imom sunnat o'qigan joylarini egalladim. Farz tugaganida onadan tug'ulgandek yengil bo'ldim. 4 rakat sunnat o'qildi. Duo qilinib Janoza namoziga sarf tortildi. Mayit 18 yosh qiz ekan. Machitning har burchak, har nuqtasidan achinish bilan "chiqillagan" ovozlar eshitildi. Imom jim bo'lib qoldilar. Karnayda faqat shivirlagan ovozlar eshitiladi. So'zlarida davom etib "Birodarlar, avvalambor vaqizni olish niyatimiz yo'q. Ammo gapirmasak bo'lmayabti. Nega musibat xaqida gapirilsa "chiqrlaysizlar" nima manoni bildiradi shu bilmayman.. Aytilmasa, bilmasak xam maylin edi. Musibat yetkanida aytiladigan duo bor-ku? Iltimos shuni unutmaylik. Bir mushkul ish kelganida dod voy qilib so'ngra "Inna' lillahiy va inna' ilayhi rojiu'n" deb "sabr" qildim deyishlik sabr bo'lmaydi. Musibat kelgan zaxoti "Inna' lillahiy va inna' ilayhi rojiu'n! Allohuma' fiy musibati vahlifliy hoyrun minha!" deb tilda aytib, dildan tasdiqlash xaqiqiy sabr dur. Saflarni to'g'irlaylik, janoza namozini o'qiymiz. Ishxonaga yugurdim bekatda odam ko'p. Telefonim tinmay jiringlayabti. Nodira qo'ng'iroq qilganda ko'tardim. Ishxona tinch ekan. Boshqaruvchimiz meni so'rab ketibti. Nodira meni qaytib kelmaganimni aytibti. Avtobusdagi badboy xididan oshqozonim orib ketti. Ovqatlanishga vaqtim qolmadi. Yana so'rab kirsa Nodiraga xam gap tegadi. Tezroq mashina olsam edi. Pulim yo'qde. Taksiga pulim yo'qku moshina olishqayoqda. Firmadan berishsa bo'lardi. Offisga kirib bordim, avval boshqaruvchimizni xonasiga kirib, keyin ish joyimga qaytib keldim. Boshim aylanib kursida biroz o'tirib qoldim. Nodira xonaga kirib qayta salom berdi. Qo'lida qizil qopqoqli yelim idish. Ichida shirinliklar bor ekan. Men nimadan yesam ekan degunimcha chinnidek toza chashkamda qaymoqli kofe tayorlab oldimga qo'ydi. Shu kofedan bir xo'plovdim eshik ochilib boshqaruvchi kirib qoldi. - Agar offisda bitta tarakan ko'rsam, bitta-bittalab qulataman, sababi ovqatlanish umuman taqiqlangan edi. Mana tushlik xam qilib oldim. Alloh yetkazdi. Hikoyamdagi mo'jizalarni ko'rdizmi? Tamom...
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Чоршанба, 06-Мар-2013, 22:14 | Изох # 772 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| ***5 (Men sevardimku)
Oradan 2 yil o’tdi. 2009 yil. Erta bahor.
Bahoriy havo. Mayin iliq shamol... Ayniqsa yomg’ir isi kelib turgani. Bu Bahorde. Shunaqa havoda odamni extiroslari uyg’onib ketadi. Keyin sevib qoladi va Bahorni ayblab, sevgi fasli deydi. Asli Bahor emas, uning havosi aybdor. Qaniydi menam Bahorni aybor desam... Aytsam ham kerak. Chunki men Feruzani sevaman. Jonimdan ortiqroq sevaman. Hech kim tasavvur qilolmaydigan darajada sevaman. Uni ko’zlariga qarasam, u ham meni ko’zlarimga qarasa, o’zimni g’alati sezib yuboraman. Boshqa qizlarni ko’ziga qaraganimda bunaqa his bo’lmaydi. Lekin Feruzaga qaraganimda o’zimni juda boshqacha, unga tobedek his qilaman o’zini. Bugun yana soy bo’yida uchrashuvimiz bor. Bugun farqli ravishda u onasini ko’rgani qishloqqa keldi. Tibbiyot kollejini o’qish uchun u Toshkentga, otasini yoniga ketdi. Sababi usha gaplar kollejiga ham bormasligi uchun. Bu menga azob bo’ldi. Maktabda o’qiganimda halovat bo’lmadi. Hech qanday yo’l bilan o’zimni to’xtata olmadim. Rosa harakat qildim o’zimni sal bo’lsa ham bosishga. Lekin iloji bo’lmadi. Hayolimni o’g’rilayverdi, o’g’rilayverdi. Oxiri militsiyaga topshirib yubordim. Keyin o’g’rilamay qo’ydi. 5 kunlab poylashdi. Keyin 5 kun qidirishdi. 5 kun deganda ushlashdi. Uff yana hayolim ketib qolmoqda. Soat 10-00 da Feruza keladi. Chaqirmaganman. Lekin keladi. Bugun biz uchrashadigan kun 6 mart. Shu kuni har doim shu yerda uchrashamiz. Uchrashmasak ham birrov kelib ketamiz... Ishonardim. Ana kelayapti. Ko’rindi. - Qalesan Feruza. - Salom Jasur. Men yahshiman. O’zing qandaysan? - Rahmat domgidek. To’g’risini aytsam, seni sog’indim. - Nega sog’inding? Yaqinda kelib ketgandimku! - Bir kun ko’rmasam sog’inamanku. - Menam seni sog’indim. - Rostanmi? - Ha. Seni nega aldayman. Seni ko’rgani kelamanku doim. - Sendan bir narsa so’rasam maylimi? Keyin aytsamchi? - So’rayver. - Meni yoqtirasanmi? - ... (Feruza buni kutmagandi, duv qizarib ketdi, keyin pastga qarab oldi) - Men seni sevaman! - ... (Haliyam yuzini ko’tarmadi) - Seni ilk ko’rganimdan beri sevaman. Faqat seni deb yashayman. - ... (Usha holatda muloyim kulib qo’ydi, jilmayib qo’ydi disam to’g’rirog’ bo’lar) - Feruza... (sekin menga qaradi. Shunda men uning qizarib turgan yuzidan birinchi marotaba bo’sa oldim). Keyin unga qarashdan uyalib, qochib ketdim. To’g’rirog’i, uni gaplarini eshitmay dedim. Har holda yahshi gaplar aytmaydida.
2009 yil. Yoz fasli. Iyul oyi. Bugun 11 sinfni bitirdik. Va nihoyat. Juda mashqat bilan.Mana Diplomni qo’lga olayapmiz. Keyin uni yuvgani sinfdoshlar bilan kafega boramiz. 10-11 sinfda o’zi asosan bolalar qolganmiz. Qizlar kollejga ravona bo’lgan. Biz kollejda o’qib nima qilardik. Abror bilan Nozim, yo’g’e, Nozi ham 11 da qolishdi. Sabab ular institutga kirishmoqchi. Kollejga kirib ham kirsa bo’lardi, yo’q ular 1 yil yoqotarmushde. O’zi 100 yilingni yoqtib bo’lgansanku. Maylida. Shunday qilib, yuvgani boramiz... Bordik. O’tirdik. Ovqatlandik... Ichdik... Ichdik... Ichdik... oxirgisini ammallab ichdik. To’kib ham ichdik. Keyin o’ynadik. Raqsga tushdik... O’ynadik... Urishdik... Shu joyiga to’xtalib o’taman. Men bilan Nozi urishib ketdi. O’zidan chiqdida. U menga qarab, Feruzani tinch qo’y dedi. Bu gap menga yoqarmidi? Axir men sevaman uni dedim. U bo’lsa ko’nmadi. Ozgina tepishdik. Keyin ajratishdi. Ichib olganimiz uchun duelni ertaga belgiladik. Shunday qilib ertaga kechki payt Majnuntol ostida duel bo’ladi. O’zi nozikkina, men bilan qanday urisharkina? (Davomi yaqin soat va kunlarda)
Sog' salomatlik...
|
| |
| |
| T_Sardor | Сана: Пайшанба, 07-Мар-2013, 00:12 | Изох # 773 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 541
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 181
Холати: Хозир йўқ
| Kutamiz!
O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin!!!
|
| |
| |
| Zinnura_K | Сана: Пайшанба, 07-Мар-2013, 08:28 | Изох # 774 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
| Madinapooooooooooo qniiii hiloyaaaa tez tez yozinnn
erka farishta....(m)....
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Пайшанба, 07-Мар-2013, 21:38 | Изох # 775 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| ***6 (Men sevardimku) Bugun Nozi bilan urishgani Majnuntol tagiga boraman. O’ziyam hamma bolalar borsa kerak. Zo’r jang bo’ladi. Albatta ko’plar menni qo’llab quvatlashadi. Nozini faqat “yigiti” Abror qo’llab quvatlasa kerak. Boshqa hech kim uni bu gavdasi bilan meni urib qo’yishiga ishonishmaydi. Lekin bilib bo’lmaydi. Abror ham qo’shilib ketishi mumkin. Shuni oldini olish maqsadida men Farruxni ogohlantirib qo’yishim kerak. Xasanga ham aytaman. Qolganlar o’rtadagi odamlar bo’lib hakamlik qilib turishsa yetarli... Kechki payt ham bo’ldi. Endi sekin majnuntol tagiga boramiz. Exx. Qara Feruza. Seni deb, seni meni talashganlar bilan olishib yuribman. Seni sevamanda. U so’tak ham seni sevarmush. Men bunga chiday olmayman... Majnuntol tagiga borsam, 4-5 ta bolalar alaqachon kelib bo’lishgan ekan. Nozi ham shu yerda. Mashq qilayapti. Oyog’iga krasovkasini kiyib kelibdi. Men ham kiyib keldim. Uchi qattiqda. Zo’r tegadi... Yana 5 ta bola keldi. Ular orasida Farrux va Xasan ham bor. Demak jangni boshlasak ham bo’ladi. Ustimdagi ko’ylakni yechib, daraxtga osib qo’ydim. Nozim ham shunday qildi. Keyin bolalar davra qilishdi. Biz o’rtaga tushdik. Birinchi men gap boshladim: - Sen Feruzani unutgin. Men uni sevaman. Maktab davridanoq. - Hoy Jasur, meni bu qiziqtirmaydi. Men ham uni sevib qoldim.Tibbiyot kollejiga kirganidan so’ng. Chunki menga hamshira qizlar yoqdi. - Sengami? Toming ketib qoldibdi! Boshqa qiz yo’qmi senga? - Yo’q. Menga faqat Feruza kerak. Hozir meni hafa qilib qo’yasan. - Sen Feruzani ismini boshqa takrorlamaysan! Tushundingmi? - Nega ekan? Menam sevaman. - Unda urishamiz oppog’oy. Kim yutsa, Feruza o’shaniki. - Men demokratik yo’l bilan hal qilish tarafdoriman. Urishgim yo’q. - Qiziq ekansanku Nozi. Urishgani chaqirdingku. - Bahslashish ham, urishishni bir turi. Kel undan ko’rsa savol javob o’ynaymiz. Yutqazgan yutqazadi. Keyin sen meni Nozi demagin. Men Nozimman. - Savol javobni Abrorakang bilan o’ynaysan, hopmi? Qo’l ushlashib ketayotganingda. Nozim deymanmi? Nozikmi? Nozimi? Bu mening ishim. Tushundingmi? - Meni kim bilan qanday yurishim senga ham qiziq bo’lmasin. Seni tovuqlaring haqida men aytmayapmanku! - Tovuqlarimga nima qilibdi? - Xaxaxa. Tovuqlaring bilan seni bilmaydi deb o’ylaysanmi? Tovuqni orqasidan tuxum sig’gan, seniki sig’maydimi? - Og’zingga qarab gapir. Men bilan tovuqlarni hech qanday aloqasi yoooo’q!!! Shoshmay tur sen... (Bu gap menga nisbatan tuxmat edi. Shu gapiga chiday olmadim. Unga sherdan tashlandim. Kutmagan edi. Chap berib qolishga ham ulgurmadi. Yuziga ketma ket musht tushirdim. Yerga “gurs” etib quladi. Keyin burnidan qon chiqdi. Davradagi bolalardan kimdir sanay boshladi: “1.2.3.4.5.6.7.8.9.10 bo’ldi. Jasur yutdi” dedi. Abror kelib, Nozini turg’azdi.) - Sen g’irrom o’ynading. Meni qattiq hafa qilding. Hali afsuslanasan. - Nozikkina, sen yutqazding. Feruza meniki. Yana bir marta u haqida gapirsang yerdan tura olmaydigan qilib qo’yaman.
Shu bilan urish tugadi. Hamma norozi. Qisqa bo’ldida. Ular hamma ishlarini, molu, qo’ylarini tashlab, shu urishni ko’raman deb kelishgandi. Meng farqi yo’q edi. Chunki men yutgandim. Feruza ham qishloqda. Ta’tilga chiqgani uchun shu yerda. Uni yana 1 yil o’qishi bor. Men Nozi bilan urishganimni kimdandir eshitib qolibdi. Ushanga ertaga soy bo’yiga chaqirdi. Usha yerda gaplasharmush. Yana baqiradida: “Undaysan, bundaysan, nega meni deb urishayapsan. Qachon senga aql kiradi....” deb. Uni deb qandan urishmay.... Erta bo’ldi. Hozir soy bo’yiga ketayapman. Feruzam bilan uchrashaman. Endi biz u bilan uchrashganda qo’l ushlashib o’tirbmiz. Sevishganlardek... U ham meni sevadi, aytmadiku, lekin ko’zlari bilan aytdi. Sevasanmi deganimda, ko’zi bilan pastga qarab, ha ishorasini qilgan edi. Soy bo’yida o’tiribdiku. Mendan oldin qanday qilib kelib oldikan. - Qalesan Feruza? - Iya, Jasur. Salom. Kelidingmi? - Ha keldim. Suril. Menam o’tiray. - Joy ko’pku. - Sen tozalab qo’ygansanda joyingni. - Hamma yoq shundoq ham tozaku. - Gapda. Nega chaqirganding. - O’zi. Shunchaki. Seni sog’indim. - Faqat shunga bo’lsa yahshi. Menam seni sog’indim. - Shunga emasda. Nega kecha meni talashib urishding? - O’zi. U, Nozi seni sevarkan. Shunga sevgisidan voz kechtirmoqchi bo’ldim. - Jinnivoy, u meni sevsa ham, men.... seni... Men sen bilanmanku. - Men chidolmayman bu gaplarga. Seni himoya qila olmasam, shu sevganimmi? - Shu urishganingda senga bir narsa bo’lib qolsa men nima qilaman? - ... - Shuni hech o’ylab ko’rganmisan? Sensiz men qanday yashayman? - Kechir. Buni o’ylamabman. - Sen hech narsani o’ylamaysan. Faqat hayolingga kelganini qilasan.
Yana ozgina gaplashib o’tirib, uyga ketdik... Maktabni bitirgandan keyin qani endi menga mos ish topila qolsa edi. Maktabni bitirgandan keyin uncha buncha joyda ish yo’q. Qayerga borsam mutaxasislik so’raydi. Oliy o’quv yurtiga topshirmoqchi bo’lidim. Topshirdim... Kira olmadim. Bu hom kalla bilan qanday kirib bo’lardi. Nozi kiribdi. Abror kira olmabdi. Chunki u yahshi o’qigani bilan uqimaydida. O’qiganlari 20 gacha sanaguncha esidan chiqib ketadi. Unda ikki quloq ishlaydi. Mayli u kirmaganiga ham hursandman. Men bekorchi yursam, qachon uylanaman. Feruzani onasi menga uni bermaydiku.... (Davomi yaqin soat va kunlarda)
Sog' salomatlik...
|
| |
| |