Hikoya - Страница 33 - Форумистон
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Hikoya
Zinnura_KСана: Якшанба, 10-Мар-2013, 23:44 | Изох # 801
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Vaayyy cry

erka farishta....(m)....
 
GiyosСана: Душанба, 11-Мар-2013, 01:54 | Изох # 802
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
***7(Men sevardimku) (Boshi oldingi sahifalarda)

Feruza kuz kelsa o’qishiga ketadi. Men yana bir o’zim qolaman. Maktabga ham bormayapman., bunday chalg’iy desam. Uyda otam har kuni so’kadilar. Hammasiga hayol surganim sababda. Boshqa nima qilay. Qo’limdan faqat hayol surish keladi. Yana rasm chizish. 4-5 ta rasm chizdim. Orasida Feruzaniki ham bor. Eng yoqtirganim. Asraganim. To’g’ri, uyda uncha bekorchimasman. Mol, qo’ylar ham bor. (Tovuqlar bor deb aytmayman. Usha kungi tortishuvdan keyin, tovuq boqganimizga ham afsuslanib ketdim). Usha mol, qo’ylarni yaylovga olib chiqib aylanitirib kelaman. Boshqa nima ish ham bor. Molni ko’proq soy bo’yiga olib boraman. Chunki Feruza keladida... Kuz keldi. Yana menda zerikish, sog’inish onlari...

2009 yil, Kuz fasli. Feruza hikoyasi.

1 hafta oldin Toshkentga keldim. Chunki oldinroq kelmasam, kech qolib ketishim mukin. Bu yil 3 kursda o’qiyman. Ko’pgina kasbiy fanlarimiz bo’ladi. Ko’p narsani o’rganib olishim kerak. Bu yerda otamni uyida yashayman. Ikkinchi onam bilan. U menga yahshi munosabatda.Hech ham qattiq gapirmaydi. O’z qizidek ko’radi. Faqat men o’z onamni ko’proq sog’inaman. Ikki uy orasida yuraverib charchab ketganman. Jismonan emas, ruhan. Nega ajrashishganini sababini so’rasam, onam aytmaydilar. Otam esa, qizim katta bo’lsang o’zing tushunib, bilib olasan deydilar. Mana katta bo’ldimku. Qachon tushunarkinman?

(Davomi yaqin soat va kunlarda)


Sog' salomatlik...
 
LoadingСана: Душанба, 11-Мар-2013, 02:11 | Изох # 803
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Ey xudoyim, odamlaring bora?! Qanday odamlaring bor??

Faqat 3 ta shart!
 
docСана: Душанба, 11-Мар-2013, 17:32 | Изох # 804
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 119
Холати: Хозир йўқ
Davomi.
Ukasi Asalni shifoxonaga yotqazdi.Bir necha haftalik muolajadan so'ng,Asalning o'zi yurishni boshladi.Lekin juda ozg'inlab qolgan edi.Asalni yana kelinlik uyiga olib borib qo'yishdi.
Qani endi kuyov shashtidan tushsa...Uyda birgina qaynotadan tashqari barcha uni do'pposlar edi.Asalni bora-bora,xalq tilida aytganda"yarimta"qilib qo'yishdi.
Bu azoblarga Asal javob qaytara olmasdi.Birgina ilinji qachondir bo'lsa ham oyisini ko'rish.Qattiq zarblaru,ona sog'inchi uni egib qo'ydi,shu darajada ahvoli tushkun ediku,bolasini ham ko'tara olmasdi,ko'tarsa yiqilib tushar edi.Oqibatda u bukilib,oyog'i oqsaydigan bo'lib qoldi.Bir kuni bir sinfdoshi uni to'yga taklif qildi.Asal sinfdosh dugonasini olib bordi.Eshikdan kirishda:
-Dilfuza,odamlar ko'paysin,odamlar orasida kiramiz
-nimaga?joy qolmaydi,yur hozir kiramiz
-iltimos
Dilfuza tushunmas edi.Ko'p odamlar orasida to'yxonaga kirib o'tirishdi.Ko'rganlar Dilfuzadan:
-bu kim?
-Asalku
-a?Asal?nimalar deyapsan?!Yo'g'a,shunaqa kichkina bo'lib qoldimi?
To'y o'rtasida Asal Dilfuzaga:
-tur dugonajon,chiqib ketaylik
-voy,endi o'yinga chiqamiz deyayotgan edim
-ha-ha,hamma o'ynayapti,shuning uchunam.
-e,qiziqsana
-iltimos
-ha,mayli,yur.
Aslida esa Asal oqsab yurganidan uyalar edi.Xalq uni qo'li bilan bigiz qilib ko'rsatishini hohlamas edi.
Kunlar zarb tariqasida o'tar,Asal esa o'zini faqat bir gap bilan yupatar:
-onamni ko'raman,onam uchun yashay,oyijonimni bir ko'ray,kelgunlaricha o'lib qolmay-deb.
Asalning qaynonasi o'g'liga:
-Hoy,buning yarimta,o'zi kasalmand edi otasinikida,mana oqsab ham qolibdi.E ipirstqi buning,g'ing demayiya,ichidan pishgan.Kasalmand kelinga kunim qoldimi?
Asalni ukasi yana shifokorga ko'rsatdi,Asalning qurib borayotganining sababini biror kim bila olmas.Uni ko'rmagan shifokor,tabib qolmadi.Hamma dori,darmon yozib beradiyu,hattoki 1kg.narsani ko'tara olmasligi,arang nafas olishi,ko'zlari osilib qolganligi,yuzlari qurib ketganini sababini bilmas edi.
Axiyra Asal narsalarini yig'ishtirdiyu,ota uyiga qaytib keldi.O'sha kuni Dilfuzaga tel.qildi:
-dugonajon,kel,uyimni bezatamiz.
Dilfuza keldiyu,Asalning ahvoliga qarab yig'lab yubordi.
Yuqorida aytib o'tganimdek,ota uyida Asalning,yeyishga arang non topishar edi.
Asal hansirab,bolasini yoniga o'tqazib,ozginagina kartoshka ezilganini yedirar edi.
-Asal,qizing hali kichkina,o'sayapti,kartoshka pyure bilan bir umr boqa olmaysanku,to'ymaydi bolang.Vitaminlar kerak bolanga,suyuq ovqat ichirishing kerak.
-uyda,uyda faqat kartoshka borda
-sabzi,piyoz bordur
Asal kulimsiradi.
Dilfuza hozir kelaman deb chiqib ketdiyu,o'z uyiga borib tushlik vaqtidagi ovqatidanu,meva-cheva ko'tarib keldi:
-Asal,Nasibang ekan,o'zi oyim necha kundan buyon tayinlayotgan edilar.Olaver,rozi bo'lib berayapman.
Mevalarni bo'lib,Asal qizchasiga yedirishi bilan,qizchasi qiqir-qiqir kular edi.
Ular uyni bezata boshlashdi.Asalning kelinlikdagi ko'ylaklarini xonaning teppasiga ila boshlashdi,Asal Dilfuzaga:
-o'lsam,shu uydan chiqarasizlar-dedi
Dilfuza yig'lab:
-Asal,nimaga bunaqa bo'ldi sen bilan?shu darajada qaynonang zug'midan charchadingmi?ajrashasanmi?
-Bir marttagina onamni ko'rish ilinjida yashayapman.Qaynonammi?yo'q,ularning zarbidan charchamadim dugonajon,erim urishlaridan ham.Mani ko'p umrim qolmagan,boshqa kelin topishsin,axir turmush o'rtog'imga yarimta xotin nima kerak?mani ichim tamom bo'lgan,bir marttagina oyijonimni ko'rsam bo'ldi.Umrim oz qolgan.
 
LoadingСана: Душанба, 11-Мар-2013, 20:12 | Изох # 805
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Mxx! Bilmadim. Bu qaxramonni chunish juda qiyin bo'votti. Sabab qanchalik holatni tasvirlamang boshimizdan o'tkazmagach baribir uni dardini sezmaymiz.

Uyga alla qachon qaytishi kerak edi.


Faqat 3 ta shart!
 
docСана: Душанба, 11-Мар-2013, 21:39 | Изох # 806
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 119
Холати: Хозир йўқ
Davomi.
Asal qizini yetaklab yurar edi.Bir qo'lida bolasining qo'llaridan yetaklar,ikkinchi qo'lida oyisining surati.
7-mart 2013yil.
-Kelinoyi,Asal opamni mazalari bo'lmayapti.Shifoxonaga olib boraylik-dedi Asalning ukasi amakisining ayoliga qarata.
Asalni moshinaga yotqizib,doktorga ketishayotgandi.Asal og'ir nafas ola bolashladi.Klinoyisi bir nimani sezgandek:
-qizim,chida,chida-dedi ko'zidan yoshi oqib.
Asal qo'lidagi suratni maxkam tutib,"Oyi,Oyi"dediyu...qo'lidagi surat bo'shashdi....ko'zi ochiq holda nafasdan to'xtadi..............
 
T_SardorСана: Сешанба, 12-Мар-2013, 00:07 | Изох # 807
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 541
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 181
Холати: Хозир йўқ
Chumadim oyisi qanaqib qamoga tuwgani yozilmaganmi yo man e'tiborsizli qildimmi?

O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin!!!
 
Dinora_Golden_GirlСана: Сешанба, 12-Мар-2013, 02:46 | Изох # 808
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
DAVOMI... Özimga keldim, lekin boshim judayam qattiq og'rirdi. Miyamni faqat bitta savol kemirardi. "Töy tashvishlari uchun qilingan harajatlar"ini men tölab berarmishman. Qanday qilib? Endi qayerdan topaman buncha pulni? Topmasam ajrashmas ekanman, rozi bölmasam Olimjon aka bilan er-xotin bölib yasharkanmiz. Ular ösha idoraniyam sotvolishibdi. Qani haqiqat? Menda faqat 2 ta yöl bularga tölashim kerak yoki ölishim kerak. Ölgim kelmayapti meni xursand baxtli holda körishini xohlayman, hali dadamgayam körsataman baxtliligimni lekin qanday qilib axir?! Buncha pulni qayerdan olaman... Shu kundan ahvolim özgardi. Allohdan astoydil söray boshladim. Oradan 2 hafta ötdi. Bir kuni Renat narsalarimizni yig'ishtirib qöyishimizni tayinladi. 2 kishi keldi, birnarsalarga razm solib chiqib ketdi. Ertasi kuni sud idorasiga bordik. Ular aytgan pulni topmagandim, vujudimni qörquv egalladi. Hozir boshlanadi hamma bizga tomoshabin böladi deb öylagandim, xato öylabman. Kichkina xona men, Olimjon aka, uning va Renatning oyisi ötiribmiz. Kutilmaganda Renatning oyisi ularga paket uzatdi. Nima bölyotganini tushunolmadim.
- Bu yerda siz söragan pullar bor, bundan keyin Umidani tinch qöyinglar - dedi Renatning oyisi. Ösha paytda Olimjon aka va oyisining közi burgut kötargan toshbaqadek atrofga alanglardi.
Ular bir-biriga qarab olishdi.
- Imzo qöy ög'lim, senga hali kazo-kazolarning qizlari oshiq. Buzuqining qizidan tuzuk har holda. - dedi Olimjon akaning oyisi. Qöllarim asabiy titrardi, nahotki dadam aytgan bölsa. Demak, bular birinchi dadamning yoniga borgan bir ish chiqmagach mendan talab qildi va niyatiga yetyapti.
Imzolar qöyildi guvohlarniki. Keyin bizniki qöyildi negadir. Ikkilanmasdan imzo qöydim. Olimjon aka ming marta "ufff"lari bilan ichida nimadirlar deb g'udranib zörg'a imzo chekdi. Qushdek yengil bölib ketdim, Endi chiqib ketyotganimda Olimjon aka töxtatib "eyy ahmoq bilib qöy, bir kun kelib manashu qöllarim bilan öldiraman, qasam ichaman" - dedi. Nimadir deb og'iz juftlamoqchidim indamadim, nima ham deyolardim. Renat va oyisi tinmay tabriklardi... Uyga qaytdik, lekin boshqa uyga, bu uyda vaqtincha ijarada yashab turarkanmiz. Renat uyini sotib "ajrashish" haqidagi sulhga pulini berdi. Vijdonim qiynala boshladi. Bitta oilani uyini vayron qildim men ahmoqman, ahmoq. Kechqurun Renat bilan gaplashdik.
- Renat meni deb yashab turgan uyingdan voz kechding, meni kechir körib, bilib turib indamadim.
- Umida sen va men salomat bölsak, taqdirda borini köramiz. 3 haftadan keyin Qozog'istonga ketamiz butunlay. Elchixonadan ish, uy-joy berildi. Ösha yerda yashaymiz, qachon xohlasang kelib turamiz, faqat sen siqilmasang böldi, hammasi yaxshi böladi... - deya taskin berdi Renat.
Ich-ichimni alam va azob kemirardi. Men Renat bilan birgaman, u men uchun, men u uchun hamma narsaga tayyor edik. Ösha kuni u menga turmush qurishni taklif qildi. Men rozi böldim. Hash-pash deguncha 10 kundan söng töy kuni ham belgilandi. Ösha kun ham yetib keldi. Hali bizni oldinda nimalar kutayotganidan bexabar edik... DAVOMI BOR...


Fikrim satrimda oshkor!)
 
docСана: Сешанба, 12-Мар-2013, 09:20 | Изох # 809
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 119
Холати: Хозир йўқ
Asalning oyisi,qadog'i o'tib ketgan dorilar bilan,anchadan buyon shug'ullanganligi tufayli.
Davomi.
Asal nafas olishdan to'xtadi,kelinoyisi uni ko'zlarini yopdiyu,jag' qismini mahkam ushlab,tinmay qoshlarini silab:
-rozi bo'l,rozi bo'l-deb yo'lda davom etaverib,Asalning ukasiga:
-Shifoxonagamas,Sharif doktorni uyiga hayda-dedi
-nimaga?bosh vrach ko'rsin avval
-yo'q,Sharifnikiga hayda
Kelinoyisi Asalning ukasiga aytishdan qo'rqdi,ruldan chiqib ketishidan qo'rqib.Sharif doktornikiga kelishdiyu,kelinoyisi:
-Sharif doktorni chaqirib chiq
Sharif doktor keldiyu:
-i,bu o'lganku
kelinoyisi:
-sekin-sekin.
-o'lib bo'libdi ekan,bilib turibsizku
-bu gapni mani og'zimdan eshitishmasin yaqinlari,o'tiring moshinaga.
Sharif doktor Asalning ukasiga:
-jiyan,uyingga hayda
-nimaga?nima bo'ldi?gapiring
-uyingda davolaymiz
-ahvollari og'ir opamni
-shifoxonagacha yetib borolmasligi mumkin,katta shifokorni uyga olib kelasan.
Ular uyga yetib borishsa,Asalning opalari,singli,qizchasi eshik oldiga yugurib chiqishdi.
Qizi:
-aya,aya deb moshina oldiga chiqdi.
Asalning ukasi,moshinaning orqa eshigini ochdiyu:
-opa,kel,tushib olgin,tuzalib ketasan-degandiku.
Kelinoyisi:
-opangdan rozi bo'l bolam-deb yig'lab yubordi.
Ukasi qaltirashni boshladiyu,opasini silkitib:
-kelinoyi,tirilarlara,a?aytinga.Sharif doktor,o'lmaganlarku,pulslarini ushlang mana,o'lmaganlar,mana mana-deb Asalning qo'lini Sharif doktorga tutqazdi.
-Jiyan,urmayapti,bandalik
Ukasinung ko'zidan yosh oqardiyu,opasini silkitar.
Asalning qizchasi oldiga keldiyu:
-aya,aya,aya,alla-dedi kulib.
Asalning opalari nima bo'layotganini tushunmas edilar.Ukasi Asalni ko'tarib:
-opaaaaaaa-deb baqirib uyga olib kirmaguncha opalari,singlisi tushunmagan edilar.
Katta opasi tushuniboq:
-voy singlim,tur,och ko'zingni singlim,oyim kelib qosalar hozir nima bo'ladi?kirib kelib qosalar nima bo'ladi?tur-deb bor ovozida yig'lar edi.
Yomon habar tez tarqaydi...deyishganidek,bu habar ham yarim soatda hammani yig'di.
Murda holda yotgan Asalning yuzidagi ajinlari silliqlanib,ko'kargan qo'llari mayin,oppoq tusga kirdi.
Kelganlar goh Asalga,goh uning qiziga achinishar...
Qizchasiga esa oppoq ro'molcha o'ratib qo'yishgan,o'z holida,og'zida so'rg'ich bilan:
-aya,aya-deb yurardi.
Tamom.
 
Zinnura_KСана: Сешанба, 12-Мар-2013, 10:40 | Изох # 810
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Madina opa umida un juda hursandman))))

lolosh dunyo bir kam ekanda.....(((


erka farishta....(m)....
 
LoadingСана: Сешанба, 12-Мар-2013, 11:16 | Изох # 811
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Afsus. Onasini kutib ko'zi ochiq ketti.

Faqat 3 ta shart!
 
Zinnura_KСана: Сешанба, 12-Мар-2013, 13:55 | Изох # 812
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Madinapoooo davom etiiin iltimooos ho'p

erka farishta....(m)....
 
Dinora_Golden_GirlСана: Сешанба, 12-Мар-2013, 14:25 | Изох # 813
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Hooop Zinnuuush...

Fikrim satrimda oshkor!)
 
LoadingСана: Сешанба, 12-Мар-2013, 15:27 | Изох # 814
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Qanday og'ir, qanday qildik?
Menga xayot yoqadi. Yashashni istayman. Yasholmasam kerak ukam, yasholmasam kerak? Allohimga shukr hayot nematini ato etti. Odam atoning qovurg'asidan yulib olinib xisobi faqat "O'ziga" ayon bo'lgan bandalari orasidan menga xam hayot nematini bergani uchun unga shukrona aytaman. Hijolatdaman ukam, qattiq hijolatdaman. Negaki qiyomat kunida hasta tanam Allohga mendan arz qilishidan qo'rqaman. Sababi esa dardga davo izlash kerak. Men izladim ammo topmadim. Ishonamanki bu Mehribon robbim bergan taqdir. Men baribir yashab qolishga, oyoqqa turishga xarakat qilaman. Robbim menga bergan taqdiridan rozi bo'lgan xolimda intilaman. Tomog'imga g'ar-g'ara kelgunicha.
Hujjatlarim orasidan akamni foto surati chiqib qoldi. Uni tezda yana yashirib oldim. Oyim ko'rib qolmasliklari uchun. Hali o'zlariga kelib ulgurmadila. Haliyam akam bilan suxbatlashib o'tiribtilar. Endi yo'q ekanini bilib tursalar xam avvalgidek, shunday axvollari og'ir. Dadam dardini ichiga yutadi. Akamni qabirga qo'yib kelganimizni uchinchi kuni. Akamni azasi tugagan kunning ertasi edi. Hech xayolimdan akamni hasta biroq nurli ko'zlari ketmay o'tirgan edim. Stolim ustida esa darsliklarim yotibti. Shu darslarimga chalg'imoqchi edim. Hayol olib ketibti. Xonaga dadam kirib eshikni yopib qo'ydilar.
-Tinchlikmi dada? Biror yoqqa ketyabsizmi?
- Yo'q uydaman. Ish bor... Dadamni hecham ikkilanganlarini ko'rmagan edim. Parishon xotir axvolda mobil aparatlarini menga uzattilar. Yana soatini to'g'irlatmoqchilar menimcha?
- Ada oyim tuzumila? Bugun o'rinlaridan turmadilaram. Kelin oyimdan so'rasam "qornim to'q" deptilar. Aldab suldab opchiqing. Ul-bul yevosinlar.
- Hozir, hozir op chiqaman. Yotganidan foydalanib akangni rasmlarini bitta qo'ymay yoqotish kerak. Yoqvorisa yaxshi bo'ladi.
- Nimaga dada?! Eslab turamiz. Akamni sog'inganda ko'rishga shu rasmlar kerak.
- Gapni qisqa qil! Telepondi videolarniyam o'chirib tashla. Rasmlariyam qomasin. Hech kim bilmasin... Shunday deb dimog'da chuqur nafas oldilar. Ko'zlaridagi to'lib turgan yoshni artib qalin qoshlariga surdilar. Stolga bir ikki chertib "kutib tur." degandek xonadan chiqib kettilar. Ko'p o'tmay oilaviy foto albom va unga kiritib ulgurilmagan rasmlarni olib kirdilar. Akam bor hamma fotosuratlarni bir tarafga to'pladik. Ikkta rasmni ko'rib dadam o'zini yig'idan to'xtatolmay qoldi. Birinchisi oyim bilan birga tushgan surati. Ikkinchisi bo'lajak kelin oyimga sovg'a va gul bergan kuni tushgan fotosuratlari. Yaxshi qiz ekan janoza kunlariyam kelib onamga yelkadosh bo'ldi. Chin ko'ngildan, odob bilan ko'z yosh to'kti. Shu fotosuratlarni ko'rib dadam "dard olib ketkan bolama?!" deb xo'rsindilar. Katta akamni ayoli kichikroq karton quti olib kirdi. Ajratilgan suratlarni shunga solib tandir xonaga kirdik. Birin ketin o'choqdagi olovda akam bor rasmlarni yoqishni boshladik. Olov hech yonmas, suratlarni uyog'i bukuldi, buyog'i tutadi. Xuddi ko'z yoshimiz olovni o'chirib qo'ygandek bo'laverdi. Chala yongan suratdan, akam menga qarab turardi. Dadamga xam shu ko'rindimi - Ko'rding akang, o'g'lim jannatiy yigit. Shu sabab rasmixam yonmayabti.
- Xa akam xaqiqiy inson edi... Deyoldim xalos. Yana ko'zimdan yosh quyildi. Mana bu rasmda meni egnimda turgan ko'ylakda ekanlar. Har bir surat aloxida xotira, yoqib yuborish esa aloxida azobli. Ularni yoqyabmizu, yuragimiz kuyib ketyabti.
Yoqib bo'ldik. Telefon xotiralari tozalandi. Endi dadam meni kiymlarimni tintib chiqtilar. Berkitib olgan suratlarni xam topib yoqib yubordilar.
Mana shu kichkina fotosurati meni xujjatlarim orasida qolib ketkan ekan.
Sizni sog'inib kettim aka. Sizni yoqotkanim qanday og'ir, lekin qanday qilamiz? ALLOHni irodasi ekan. Joyiz jannata bo'lsin. Shu foto suratizni yon cho'ntagimda, yuragimning yonida saqlab yuraman.


Faqat 3 ta shart!
 
Dinora_Golden_GirlСана: Сешанба, 12-Мар-2013, 17:28 | Изох # 815
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Fazliddinakooooo öqib közlarimga yosh keldi... Ötganlarni ruhi shod bölsin...

Fikrim satrimda oshkor!)
 
MirzoxidСана: Сешанба, 12-Мар-2013, 22:32 | Изох # 816
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
Loadin xardoimgidek xurakni larzaga keltiradi
Madina davomi qachon yozasiz


...
 
Zinnura_KСана: Чоршанба, 13-Мар-2013, 00:20 | Изох # 817
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Iiiiii cry ehhhh

erka farishta....(m)....
 
Dinora_Golden_GirlСана: Чоршанба, 13-Мар-2013, 04:27 | Изох # 818
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
DAVOMI... Töyimiz tezlashishiga sabab, Olimjon akadan ajrashgan kunimdan boshlab ijara uyda yashayotganimiz emas, töyni Özbekistonda ötqazib Qozog'istonga ketishimiz kerak edi. Töydan 2 kun oldin fotosessiya uchun maydonga borishimiz kerak edi, ammo men xohlamadim. Xuddi borsam eski xotiralarim azob beraveradiganga öxshardi. Nikohdan ham oddiy dabdabasiz ötdik. Lekin men dunyodagi eng baxtli kelin edim, chunki sevganim, hozirda qizi örnida körayotgan Onajonimiz (Renatni oyisi) mehribon dugonam Nigora yonimda edi. Shuning özi kattakon baxt edi men uchun!
... Mana men xohlagan va orzu qilgan töy bölyapti... Muhtasham restoran, keragidan ortiq tökin-sochin bölmasa ham yoziq-ochiq dasturxon. Renatning kursdoshlari töyimizda rosa öynashdi. Meni kursdoshlarimdan 3 ta (Nigoradan tashqari) qiz, lekin hamma ög'ilbola kursdoshlarim keldi. Ösha kuni ichimda ketgunimizcha Xudodan töyimiz tinchgina ötishini tinmay sörardim. Dadajonim va oyijonim kelishini judayam kutgandim, Xudodan iltijo söragandim. (töyimizdan 2 kun oldin maydonda töp tepib öynab yurgan ukamga yig'lab taklifnoma berib kelgandim) Lekin har doim ham bizning aytganimiz bölavermas ekan. Dadajonimning örni judayam bilindi, ularni judayam sog'ingandim, körgim kelgandi, ayniqsa beg'ubor ukalarimni... Tamom hayolga shöng'ib ketibman... Hayollarimni yig'ishtirayotganimda, Biz töyxonani tark etayotgandik... Töyimizning 3-kuni Nigora kelib xayrlashib ketdi. Kechqurun Renat akam aeroportdan Nigorani Londonga kuzatib yubordi.
Oradan 10 kun ötdi Renat akam, onajon va men ketish uchun aeroportga yöl oldik. Yurtimdan sirayam ketgim kelmasdi. Töyib-töyib nafas olardim. "Sönggi marta körayotgandirman balki" shu gaplarni öylab yuragim orqaga tortib ketdi... Könglim g'ashlandi... Keyin qayoqdandir qat'iyat paydo böldi. Hammasini unutaman... Közimni yumdim samalyot örindig'ida ötirdik, kötarilganini eslayman, keyin uxlab qolibman. Tush köribman mitti qizcha dadam tarafga yugurarmish, oyim esa mitti qizchani orqasidan yugurib borardi, bu tushligini bilsam ham sira uyg'ongim kelmasdi.
Ancha vaqt ötib, samalyot qönganini sezib uyg'ondim. Hamma chiqib ketyapti Renat akam esa yonimda.
- "Qo'sh kelding'iz Umidaxon Kazakstanning Astana qal'asina" dedi qozoqchalab Renat akam..
- Rahmet deganimni bilaman Renat akam qiyqirib yubordi. Qozoqchani bilishimni eshitib özidayoq xursand bölib ketdi. Astana men eshitganimdan ham gözal va sölim joylar ekan. Keng va yorug' köchalar, qayerlaridir Toshkent köchalarini eslatardi. Onajon va Renat akam bizga berilgan uyga yetib bordik... Osongina joylashdik. 4 xonali shinam uy berilibdi. Onajon bizlarni qösha-qarib yurishimizni duo qildi. Renat akam ertasiga ishga ketdi. Asta-asta özga shahar, özga madaniyat, özga insonlarga örganib borardim. Lekin qalbimning tubida Vatanim sog'inchi, ota-onam, ukalarim sog'inchi isyon kötarardi, shunday paytda qanday chora izlashni bilmay qolardim. Sog'inchimni bosish uchun ovqatga ruju qöydim. Hammasi yaxshi ediyu lekin, Astana shahriga kelib boshim rosa köp og'riydigan bölib qoldi. Kelganimizga 3 oydan oshdi ancha örganib qoldik. Bir kuni oshxonada ötirib rosa pamidor salyoniy yedim, judayam mazali ekan yeyaverdim. Onajon bozorga ketudi. Tushdan söng qornimni changallab qoldim. Bu ham yetmaganday boshimga xuddi birov bolg'a bilan urayotgandek bölaverardi. Nuqul gilam ustida boshim va qornimni ushlab ag'anardim. Yordam beringlar deb baqirardim, yaxshiyam Onajon kelib qoldi. Tezda skoriy chaqirib kasalxonaga olib ketishdi. "Atravlenye" bölib qolibman, oshqozonimni yuvishdi. Boshim og'rishiga sababini esa kutib turishimizni aytishdi. Meni esa judayam ketgim kelardi. Onajon bilan natijalarni kutib ötirardik. Nihoyat eshik ochilib tölachadan kelgan, közlari qisiq ayol qölida "xulosa"lar bilan kirib keldi. Boshim tinmay og'rishini özimcha hayolning ming xil köchasiga kirib chiqqan edim. Ayol qog'ozni tög'ri olib kelib menga berdi. Ayolga qaradim közlarida menga nisbatan achinish alomati bor edi. Shifokor bergan qog'ozni tez-tez ochib öqidimu közlarim dahshatdan qotib qoldi... DAVOMI BOR...

Добавлено (13-Мар-2013, 03:27)
---------------------------------------------
DAVOMI... Töyimiz tezlashishiga sabab, Olimjon akadan ajrashgan kunimdan boshlab ijara uyda yashayotganimiz emas, töyni Özbekistonda ötqazib Qozog'istonga ketishimiz kerak edi. Töydan 2 kun oldin fotosessiya uchun maydonga borishimiz kerak edi, ammo men xohlamadim. Xuddi borsam eski xotiralarim azob beraveradiganga öxshardi. Nikohdan ham oddiy dabdabasiz ötdik. Lekin men dunyodagi eng baxtli kelin edim, chunki sevganim, hozirda qizi örnida körayotgan Onajonimiz (Renatni oyisi) mehribon dugonam Nigora yonimda edi. Shuning özi kattakon baxt edi men uchun!
... Mana men xohlagan va orzu qilgan töy bölyapti... Muhtasham restoran, keragidan ortiq tökin-sochin bölmasa ham yoziq-ochiq dasturxon. Renatning kursdoshlari töyimizda rosa öynashdi. Meni kursdoshlarimdan 3 ta (Nigoradan tashqari) qiz, lekin hamma ög'ilbola kursdoshlarim keldi. Ösha kuni ichimda ketgunimizcha Xudodan töyimiz tinchgina ötishini tinmay sörardim. Dadajonim va oyijonim kelishini judayam kutgandim, Xudodan iltijo söragandim. (töyimizdan 2 kun oldin maydonda töp tepib öynab yurgan ukamga yig'lab taklifnoma berib kelgandim) Lekin har doim ham bizning aytganimiz bölavermas ekan. Dadajonimning örni judayam bilindi, ularni judayam sog'ingandim, körgim kelgandi, ayniqsa beg'ubor ukalarimni... Tamom hayolga shöng'ib ketibman... Hayollarimni yig'ishtirayotganimda, Biz töyxonani tark etayotgandik... Töyimizning 3-kuni Nigora kelib xayrlashib ketdi. Kechqurun Renat akam aeroportdan Nigorani Londonga kuzatib yubordi.
Oradan 10 kun ötdi Renat akam, onajon va men ketish uchun aeroportga yöl oldik. Yurtimdan sirayam ketgim kelmasdi. Töyib-töyib nafas olardim. "Sönggi marta körayotgandirman balki" shu gaplarni öylab yuragim orqaga tortib ketdi... Könglim g'ashlandi... Keyin qayoqdandir qat'iyat paydo böldi. Hammasini unutaman... Közimni yumdim samalyot örindig'ida ötirdik, kötarilganini eslayman, keyin uxlab qolibman. Tush köribman mitti qizcha dadam tarafga yugurarmish, oyim esa mitti qizchani orqasidan yugurib borardi, bu tushligini bilsam ham sira uyg'ongim kelmasdi.
Ancha vaqt ötib, samalyot qönganini sezib uyg'ondim. Hamma chiqib ketyapti Renat akam esa yonimda.
- "Qo'sh kelding'iz Umidaxon Kazakstanning Astana qal'asina" dedi qozoqchalab Renat akam..
- Rahmet deganimni bilaman Renat akam qiyqirib yubordi. Qozoqchani bilishimni eshitib özidayoq xursand bölib ketdi. Astana men eshitganimdan ham gözal va sölim joylar ekan. Keng va yorug' köchalar, qayerlaridir Toshkent köchalarini eslatardi. Onajon va Renat akam bizga berilgan uyga yetib bordik... Osongina joylashdik. 4 xonali shinam uy berilibdi. Onajon bizlarni qösha-qarib yurishimizni duo qildi. Renat akam ertasiga ishga ketdi. Asta-asta özga shahar, özga madaniyat, özga insonlarga örganib borardim. Lekin qalbimning tubida Vatanim sog'inchi, ota-onam, ukalarim sog'inchi isyon kötarardi, shunday paytda qanday chora izlashni bilmay qolardim. Sog'inchimni bosish uchun ovqatga ruju qöydim. Hammasi yaxshi ediyu lekin, Astana shahriga kelib boshim rosa köp og'riydigan bölib qoldi. Kelganimizga 3 oydan oshdi ancha örganib qoldik. Bir kuni oshxonada ötirib rosa pamidor salyoniy yedim, judayam mazali ekan yeyaverdim. Onajon bozorga ketudi. Tushdan söng qornimni changallab qoldim. Bu ham yetmaganday boshimga xuddi birov bolg'a bilan urayotgandek bölaverardi. Nuqul gilam ustida boshim va qornimni ushlab ag'anardim. Yordam beringlar deb baqirardim, yaxshiyam Onajon kelib qoldi. Tezda skoriy chaqirib kasalxonaga olib ketishdi. "Atravlenye" bölib qolibman, oshqozonimni yuvishdi. Boshim og'rishiga sababini esa kutib turishimizni aytishdi. Meni esa judayam ketgim kelardi. Onajon bilan natijalarni kutib ötirardik. Nihoyat eshik ochilib tölachadan kelgan, közlari qisiq ayol qölida "xulosa"lar bilan kirib keldi. Boshim tinmay og'rishini özimcha hayolning ming xil köchasiga kirib chiqqan edim. Ayol qog'ozni tög'ri olib kelib menga berdi. Ayolga qaradim közlarida menga nisbatan achinish alomati bor edi. Shifokor bergan qog'ozni tez-tez ochib öqidimu közlarim dahshatdan qotib qoldi... DAVOMI BOR...


Fikrim satrimda oshkor!)
 
AbbosbekСана: Чоршанба, 13-Мар-2013, 04:57 | Изох # 819
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
Xikoya juda xam yoqdi. .

1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
Zinnura_KСана: Чоршанба, 13-Мар-2013, 10:16 | Изох # 820
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Nmeeee bunaqa??? Madinapa davomini tez yozin..... Bo'laqolin

erka farishta....(m)....
 
Umar_chikСана: Чоршанба, 13-Мар-2013, 10:29 | Изох # 821
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 38
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 199
Холати: Хозир йўқ
Ko'p yasheng Loadjon

YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...
 
MirzoxidСана: Чоршанба, 13-Мар-2013, 16:04 | Изох # 822
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
Pazliddin oka nega bunday odamni egovlawadi

...
 
Dinora_Golden_GirlСана: Чоршанба, 13-Мар-2013, 18:26 | Изох # 823
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
DAVOMI... Qog'ozga köz yoshlarim tomchi-tomchi tusha boshladi. Hamshira nimalar deb gapirardi. Onajon esa qog'ozni olib öqib meni quchoqlab oldi... "Tabriklayman qizim"
... Nimalar bölyapti men ona bölamanmi? Axir kechagina özim bola emasmidim? Bu men uchun baxt emasmi? Yoki bolam begona yurtda tug'ilishini xohlamayapmanmi? Tavba onajon tabriklaguncha ming xil fikr ötibdi hayolimdan. Shifokor ayolga qaradim, u bizning tilda:
- "Özingni ehtiyot qil, 2 haftada körikka kelib tur, özingni urintirib qöyma" - dedi. Bu hamshira nega menga achinish bilan qarayapti desam, aslida yuzi shunaqa ekan. Uyga ketdik. Kechki payt Renat akam ishdan keldi. Undan "suyunchi" olishga uyaldim. Onajon aytibdi. Bu xabarni eshitiboq, yonimga yugurib kelib mahkam quchoqlab: "Umida shu rostmi" - deb tinmay uyni boshiga kötarib xursand bölardi. Men esa shunday baxtni berganiga shukronalar qilardim pichirlab... Endi hech narsadan siqilmayman, Ota-onam, ukalarimning sog'inchi örnini bosadigan mehribon ovunchog'im böladi, közlarimdan sevinch yoshlari tinmay oqardi...
...Oradan 1 yil ötdi 3 oylik qizcham, (ismini Indira deb qöydik. Aniqrog'i qaynonam qöydi ismni, aytishicha onasining ismi Indira ekan.) mehribon "babushka"si va "papasha"si baxtli yashardik. Bir kuni Renat akam qöng'iroq qilib mehmon kelayotgani haqida aytib qoldi. Eshik ketma-ket jiringladi, eshikni ochib ne köz bilan körayki, Nigora jilmayib turardi. Közlarimga ishonmasdim, ancha paytgacha quchoqlab turaverdim.
- "Umida Nigora uzoqdan kelyapti, uyga kiritasanmi" - deganidan keyin qöyib yubordim. Mehmonxonamizga ötib ötirdik. Renat akam kechqurun kelishini aytib ketdi. Nigora bilan ancha paytgacha tinmay bir-birimizga termulib ötirdik. Gaplashdik.
- Qaynonang, qizing qani? (Nigora bilan oxirgi marta qizim tug'ilganidan 1 hafta keyin gaplashuvdik) endi gapirmoqchi bölib turuvdim;
- "Umida qara erkatoyim uyg'ondi" - deya onajon kirib keldi. Onajon Nigorani körib xursand bölib ketdi, qizimni qölimga oldim. Nigora onajon bilan sörashib, qölimda turgan mittigina qizimga qaradi, qöliga oldi.
- "Bunchayam shirin qizcha bölmasa, közchalarini gözalligini qara" - derdi Umida.
- "Sengayam nasib qilsin dugonajon, faqat senga öxshamasin, xunuk bölib qoladi" deya hazillashib kuldim.
U esa tinmay qizalog'imni hidlardi. Kechga ovqat qilishga tushib ketdim. Qizimga buvijonisi qarab turdi. Nigora esa menga yordam berib turdi.
- "Umida senga bir gap aytaymi?"
- "Mendan ruxsat sörab gapirasanmi? Gapiraver" - kuldim.
- "Anaqa bilan töy kuning esingdami? (anaqa deb Olimjon akani nazarda tutayotgandi)"
- "Ha esimda, lekin nega uni eslab qolding" - dedim.
- "Ösha kuni biz Renat aka bilan töyga ketishimizdan 2 soat oldin gul dökoniga bordik. Gul olib chiqayotsak bir tilanchi kampir kelib duo qilib pul söradi. Renat unga pul uzatdi, u esa: mana bu gulning egasining (ya'ni seni aytdi) birinchi farzandi qiz böladi deb aytgandi. Qizlik bölganingni eshitiboq, ösha kampir esimga tushdi" - dedi.
Hayron va hayollar meni öz domiga tortdi. Qarshiga borgan birinchi kecha "ösha qizcha kim ayt" deb döq urayotgan Olimjon aka va onasi esimga tushib seskanib ketdim.
- "Uyingga bordingmi, Ota-onangni kördingmi?" beixtiyor gapni burish uchun savol berdim.
- "Ota-onam Toshkentda yashayapti, meni kechirishdi" - dedi. Shu bilan suhbat mavzusi özgarib ketdi. Kechki payt hammamiz yig'ildik, bitta dasturxon atrofida kulishib ötirdik. Umida ertasi kuni yaqin orada yana kelishini aytib ketdi. Yana rözg'or va qizim tashvishlariga burkanib oradan 1 yil ötdi. Qizalog'im endilikda dardu-sitamlarimga malham beruvchi farishtamga aylanib bölgan edi. Biz shaharning eng gavjum joyidan elchixona yonidagi ancha tinchroq bölgan domlardan biriga köchib ötdik. Onajon qizimni bog'chaga berishni xohlamadi. Renat akam ertalabdan kechgacha ishda, kechasi charchab kelardi. Bozor bizdan ozgina uzoqroqda edi, endi bozorlikni özim qilardim. Taqdirimdan mingdan ming minnatdor edim. Begona yurtligini aytmaganda hammasi joyida edi. Renat akam esa hozir dam olish mavridimasligini köp narsaga erishib, keyinchalik Özbekistonga qaytishimiz haqida gapirib turardi. Men esa yurtimizga qaytishimizga yaqin qoldi deb özimni özim xursand qilib ovutardim.
Kunlarning birida bozordan qaytayotgan edim. Qölimdagi yuklarim og'ir edi. Domimizga olib boradigan yölni qisqa qilish uchun katta köchani aylanib yurmasdan, kichkina tor köchalar orqali borardim. Kechada deyarli bunday paytda hech kim bölmaydi. Bugun ham shu köchadan ketayotgandim. Qöllarimda yuk og'ir. Uhh tortib zörg'a ketardim. Ozgina qoldi chidashim kerak deb ketib borardim. Tösatdan muyulishdan burilayotganimda bitta kishiga urilib ketdim. Bitta qölimdagi narsalarim tushib ketdi. Jahlim chiqib ketdi, gapirmoqchi bölib u tomonga qaradimu dahshatdan chinqirib yuboray dedim. Röparamda 2 yonida barvasta yigitlar bilan Olimjon aka turardi. Közidagi nafrat uchqunlari kabi qölidagi "sovuq qurol" ham yaltirab turardi.
DAVOMI BOR...


Fikrim satrimda oshkor!)
 
AbbosbekСана: Чоршанба, 13-Мар-2013, 19:25 | Изох # 824
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
Madina juda ajoyib xikoya. .

1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
MirzoxidСана: Чоршанба, 13-Мар-2013, 19:46 | Изох # 825
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
Ochig'i lolman xikoya wunchali yozilyapdiki buni tasvirlaw qiyin

...
 
Поиск: