Hikoya - Страница 30 - Форумистон
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Hikoya
GiyosСана: Сешанба, 19-Фев-2013, 21:44 | Изох # 726
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
FM Radio

Kecha o’rtog’im tel olgandi, to’g’rirog’i uni puliga man tel oldim, o’zini vaqti bo’lmay qolgandi. Olganimdan keyin naushnik ulab ubu narsa eshitmoqchi bo’ldim. (avtobusda ketvotgandim) Yengi tel bo’lgani uchun ichida hech qanday mp3 ashula yo’q ekan. Keyin radiosiga kirdim. Kanallarni aylantirib, bir yoqadigan ashulaga qo’ydim. Telni cho’ntagimga solib, boshimni derasiga suyab, ko’zlarimni yumib, mazza qilib dam olib, ashula eshitib ketdim. ******FM ekan. Keyin birdan boshlovchi *********, kelgan tabrik smslarni o’qiy boshladilar. Bilaman, hozir normalniy tabrik smsni hech kim yozmayapti. Oldi qochdi gaplar. Boshqa kanalga o’tqazishga erindim. Qo’limni ko’tarishim kerak, kurtkanni old zamokini ochishim kerak, Keyin qo’limni tiqib, ichki cho’ntagidan telni olishim kerak. Kel, shuni eshita qolay, balki normalniy sms kelar, qani bir odamlarni smslarnini eshitaylik dib shu kanalda qoldirdim. Nu buni ham ko’p ko’rishdi. Bitta qo’ng’iroq bo’ldi. Bir qiz ekan, birinchi boshlovchiga rosa paxtadan qo’ydi. Keyin kimlargadir salomnini etdi. O’zi usha odamlar shu radioni eshitvotimi dib o’yladim. Chunki qanchadir tanishlarim bu radioni nomini ham eslamiy qo’yishgandi. Man eshitib, hali ham ishlavotganiga hayron qolgandim, yopilib ketgan bo’sa kerak dib o’ylagandimde. Keyin boyagi tel qilgan qiz yana nimalardir dib tabrikladi, salom yo’lladi. Shu etamande, radioga telqilguncha o’ziga sms yozib, yoki tel qilib tabriklasang, bo’lmaydimi? Har holda kamroq senting ketardi. Yo’q u radioga tel qilib salomini yetkazishi kerak. O’zi hich kim tug’ilmaghan bo’lsa ham kimnidir tug’ildi divoradi. Bundan keyin yana boshqasi tel qildi. Bunisi endi tochna boshlovchiga tel qildi. Rosa quyuq so’rashdi, uydagilariyam, o’rtoqlarini ham so’radi. Yana shamali gaplarni ham etdi. Boshlovchi ham hijolat bo’lib, tabrik salomlarizni yo’llashiz mumkin dib, vaziyatdan chiqib ketdi. Anu qizam, ha aytgancha didide, nima diyishini eslab, kimnidir tabrikladi. O’zi u tug’ilgan kungamas, boshlovchiga tel qilgande. Keyin smslarni o’qidi. Tabrik, Salom, Yana nimadir gaplar. Mani bitta sms hayratga soldi, Mazmuni taxminan mana bunay edi. “***** aka salom. Siz juda ham qiziqarli qilib efir olib borasiz. Sizga omad tilab, BAXTSIZ Laylo”. Shu sms mani rostanam dovdiratib qo’ydi. Chunki radioga ham baxtsizman deb sms yozish osonmas. Va bunga ham yetarlicha sabab bo’lishi kerak. Boshlovchi ham smsni o’qib, unga javob, siz o’zizni baxtsizman demang. Mana bizni eshitayotgan ekansiz, qolaversa sms yozibsiz. Buni baxtsiz odam qilolmaydi. Yana nimalardir deb aytdi. Yahshi gaplarni etdi, man yahshi anglab olmadim, chunki hayolim baxtsiz Layloda edi. Nima sababdan shunday sms yozgan edi. Nega u o’zini baxtsiz deya atayotgandi??? Shu hayolllarda edim. Ha. Radioni kimlardir eshitar ekan dib o’yladim. Faqatgina o’zimni qarichim bilan o’lchabman. Oldin manam radio eshitardim rosa. Kun bo’yi. U paytda tabriklar xatni pochta orqali yuborishardi. Telefonda ham tabriklar bo’lardi. Faqat u paytda tushish juda ham qiyin edi. O’zim ham rosa harakat qilib tusholmagan. Esimda, bir marta tabrik bo’lmayapgan payt tel qilib tushgandim. Bir qiz olgandi telni. Domashniy teldan qilgandim. Sotkalar hali rivojlanmagan va qimmat edi. Allo disa, manam hayajonlanibmi, shoshibmi, yoki olmaydi dib o’ylaganimdanmi, salom yo’llamoqchidim digandim. U ham, hozir tabrik efirini payti emas digandi. Bu paytda ruscha efir edi. Man bilan efirdan tashqarida gaplashilgandi. Man salomni yozib olasizlarmi digan ma’noda etganman lekin. U paytda tellar zo’r rivojlanmagni uchun radioga tel qilib, usha eshitsin dib tabriklashardide. (keyin oldin ko’pchilik radio eshitishiga sabab ashulalarni yengisini qo’yishgani bo’lsa kerak. Hozir internetda radiodan oldin chiqvoti, hamma telefonida ko’chirib olib, bemalol eshitmoqda) Hozir esa, radiobiznes bo’lib ketdi. 1 sms 1$ gaya.Usha tabrik ovotgan odamni o’ziniyam teli bo’lsa kerak. Lekin radioga tel qilib tabriklashi kerakde. Shu hayollar bilan eshitib ketvotgandim, radioga bir qiz telefon qilib qoldi. U tushguncha ham 2 tasi aloqani mustahkam emasligi sababli uzilib qoldi. Keyin usha qiz tushdi. Boshlovchi tabriklariz bo’lsa bemalol digandi, u qiz “man adajonimni tabriklamoqchiman” deb, tabrikni boshladi. Tabriklavoti endi, huddi adasi uni eshitib turgandek. Adasiga etvotide to’g’ridan to’g’ri. Usha oldingi radio paytiga tushib qolgandek o’zimni his qildim. Uzoq va mazmunli tabrikbo’ldi dib turgandim, telefondan bir erkak kishini ovozi eshitildi: “rahmat qizim, san ham...... (minatdorchilik gaplari)... Rahmat.....” digan. Yo alhazar dib qoldim. Konfrensiya qilib adasini tabriklabdi. Shu konfrensiyasi cherez radio ekan. U qiz tabriklavotganini butun respublika eshitishi kerak. Yo tovba. To’g’risi kutmagandim. Balki bu konfrensiya qilib tabriklash ancha oldin modada bo’lgandir, man endi eshitib turibmande. Adasiyam kop kotta odam bo’lib, qizini shu rejasiga rozi bo’lganini. Balki qizi bu rejaga rozi bo’lgandir. Endi shuyam o’yinmi? Shundo tel qilib tabriklavur. San tabriklaganni butun respublika eshitishi shartmi? Bu nagli odamni ustidan kulishde. Bizani gaplarimizni eshitgin digande. U kim o’zi, uni gaplarini eshitsak. Nechta moshinaga chiqsam, hech qaysisi, shunaqa tabriklar bo’votganda eshitganini eslolmayman. Reskiy boshqa kanalga oladi. SMS yuboruvchi va qo’ng’iroq qiluvchilar shuni bilasizlarmi? Sizlar hich kimga yoqmisizlar. Hozir radiolar normalniy ashula qo’ysa eshitishvoti. Bekorga sentilarni ketaqazib sms yozib o’tirmelar. Radiodan mani raqamimga tel qilib qutqarishdi. Gaplashib bo’lib, radioni o’chirdim, naushnikni ham olib tashladim. Endi ancha payt FM Radio eshitmasam kerak....

Sog' salomatlik...
 
MirzoxidСана: Сешанба, 19-Фев-2013, 22:32 | Изох # 727
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
up biggrin biggrin

...
 
Mohinur_UСана: Чоршанба, 20-Фев-2013, 01:26 | Изох # 728
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
Hayot nega bunchalar beshafqat....
Shayton meni yo'ldan urdi....
Hayotni beshafqat bo'lishiga o'zim sababchi emasmanmi?
Qilar ishni qilib aybni shayton yelkasiga yukladimmi? Men aybdorman xammasiga. Gunohlarimni yuvishga butun hayotim yetarmikan?... O'zimga qo'shib bir qizni xam baxtsiz qildim. Xonamdaman. ko'zimdagi yosh hech tinmas qaniydi vaqtini orqaga qaytarolsam....
Hayolimda tinmay savollar aylanar ln birontasiga javob topolmasdim. Qo'limda esa: chiroyli bejirimgina TAKLIFNOMA!
Xurmatli Mahliyo
sizni shu yilning 15 iyinda....
Nodirjon va Gavxarxonlarning nikoh to'yiga.....
Men xam Nodirni sevardim.... Ln ular boshqasiga uylansa xam o'lim tilamagandim.
Bugun 4 iyun Nodirlarnikida to'yga tayyorgarlikmas, janoza o'qilmoqda yig'i ovozlar qulog'im ostida jaranglamoqda! Ko'zimda yosh bilan Nodirlar hovlisiga qaradim ana Gavhar yig'layapti.... Ichkariga olib kirib ketdi....
Birozdan so'ng Nodirni tobutda olib chiqib ketayapti...
Uyog'i esimda yo'q....
Ko'zimni ochsam joyimda yotibman yonimda ayam yig'layapti.
-qizim o'zingni qo'lga ol.
-aya yolg'iz qolishni istayman.
-tuz xam tortmading qizim...
-hech narsa yeyishni istamayman.
-mayli dam ol
yana xayolarim bilan yolg'iz qoldim. O'tgan voqealarni esladim....

Biz o'ziga to'q oila edik. Dadam va ayamni 9 yil deganda farzandi bo'lavermagach, meni 2 yasharligimda bolalar uyidan asrab olganlar ekan. Men xaqiqiy ota onam kimligini bilmasdim. Ota onam yashash joyini o'zgartirdilar chunki meni yuzimga boshqalar yetimligimni solishdan qo'rqdilar
4 yoshligimda ukacham tug'uldi. Vaqt juda tez o'tar erka tantiq qiz edim o'ksinmasin deb aytganimni qilishardi. 10 yoshdaligimda xaqiqatni aytishdilar....
Men o'ziga dadasiga ishongan, shu o'rinda chiroyli, mag'rur qaysar qiz bo'lib voyaga yetdim.
O'qish umuman qiziqtirmasdi. Meni go'zaligimga ko'rk berguvchi zebu-ziynatlaru, kiyimlar qiziqtirardi. Oliygohga o'qishga kiraman deb bir og'iz Dadamga aytgandim men talaba bo'ldim. Hayotda qiyinchilik ko'rmagandim umuman. Ln ko'cha qizi xam emasdim. O'zimni xurmatimni bilardim Sanoqsiz bolar gapirardi uchrashuvlarga taklif qilardi.Boyni qizi bo'lganligim uchun yaxshi restarandan joy buyurtirardi. Xoxlaganim bn uchrashardim. Lekin men bir o'zim bormasdim. 5,6 ta dugonam bilan borib yaxshiginaga tushurardik. Xa men shundaqa qiz edim. Talaba bo'lsam xam o'qimasdam dadam bor nima g'amim bor deb, dugonalarim bn diskateka-yu kinolarga restaranlarga xullas bormagan joyimiz yo'q edi. Ln smestrim "5" edi. Dadam yo'lda qiynalmasin deb tug'ugan kunimga moshina sovg'a qildilar....
2 kusligimda to'g'rayimizga bir oila ko'chib keldi.
3 kundan keyin esa
1 para payti (ko'pincha birinchi paraga kirardim.) fakimiz
dekani darsimizga keldi. Salom berib joyimizga o'tirdik. Dekanimiz bo'ylari uzun tepa kal, yoshlari 35-40 yosh atrofida doim shoshib yurar, gapirganda xam shoshib gapirardi ismi Alimqul aka edi. Biz laqab qo'ygandik Shoshmaqul aka deb. Shoshmaqul aka nega keldi ekan deb pichirladik
-bu gruxni davomati qanday?
-yaxshi deb javob berdilar domlamiz
-mayli bu keyingi masala vaqtlarizni olmayda, asosiy masala boshqa. Gruxlarizga bir talaba qo'shildi. Oilasi sabab, bizni o'qishga "perevod" qildiribdi. Bilmaganlarini o'rgatiylar. Mayli menga ruxsat darsni davom etiriylar deb chiqib ketdilar.
-ism famiylangiz nima
-Xo'janazarov Nodir.
-yaxshi o'tiring kursdoshlarizdan daftar olib darslarni kanspik qivoling tekshiraman.
-xo'p deya Nodir oyna tarafdagi birinchi partaga o'tirdi. Domla darsini davom etirdilar.
Nodirga razm soldim: bo'ylar uzun, oqchadan kelgan gavdali qoshi, ko'zi sochi tim qora, yuzida bilinar bilinmas kulguchi bor kulgan bilinar ekan bir so'z bilan aytganda juda kelishgan bola edi. Nodir orqasida o'tirgan Nargisni daftarini olib bugungi leksiyani ko'chirib oldi va domla doskaga nima yozsa erinmay daftariga yozardi. Tanafus bo'ldi. Nodir xamma bn birma bir tanishib chiqdi. U juda samimiy ekan. Tanishib bo'lganidan so'ng, men o'tirgan partam yoniga kelib:
- kechirasiz Mahliyo
shu darsni leksiyasini berib turing. Nimagadir xayajonlandim
daftar? Umuman yozmagandimku endi nima qilaman.
-xaligi.... uyda qolib ketibdi maylimi ertaga olib kelib bersam
-mayli deb jilmaydi.
Naroqda gapimizni kuzatib turgan Hafiza gapga qo'shildi
-Nodir sizga leksiya daftar kerakmi olaqaoling deb daftar uzatdi
-raxmat. Mahliyo ovora bo'lmang deb bolar oldiga ketdi.
Jaxlim chiqib ketdi
-yana bir marta gapga aralashsang o'zingga yomon bo'ladi deb Hafizani ogohlantirdim. 2 para boshlandi. Birinchi martda 3 parada to'liq o'tirdim.... Davomi bor

Добавлено (20-Фев-2013, 00:26)
---------------------------------------------

Dinora_Golden_GirlСана: Чоршанба, 20-Фев-2013, 09:49 | Изох # 729
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Davomi... Men orzu qilgan oppoq libosni kiydim, lekin yonimda esa orzu qilgan insonim emasdi. Qanday qilib nikoh shartnomasiga imzo qöyganimni eslolmayman. FXDYOdan chiqib "yapon bog'i"ga suratga tushish uchun ketdik. Oyijonlarimiz uyga ketadigan bölishdi. Yapon bog'i judayam körkam va ajoyib bog'. Qushlar sayragan sokin, ötmishni eslatib turadigan möjizaviy, nimasi bilandir öziga tortaverardi bu bog'. Fotosessiya onlari boshlandi. Suratga oluvchi yigit bilan birga Olimjon aka ham jilmayishimni iltimos qilardi. Charchaganimni bahona qilib umuman suratga tushgim kelmasdi. Fotosessiya tugagach, Olimjon aka meni uyimga tashlab qöydi. 3 kundan keyin töy Toshkentda restoranda bölishi oldindan rejalashtirilgan. Odatimizcha kelin-kuyov töy kuni shoshib qolmaslik uchun fotosessiyaga oldinroq boradi. Rejaga köra töy tugagach, Qarshiga uchamiz. U yerda 15-20 kun qaynonamni, "yaqinlarimiz"ni xizmatini qilib söng Toshkentga dadam olib bergan uyimizga kelishimiz kerak edi. (dadam kuyovimning kelajagi bor deya dimog'lanib uy obervordilar) uyga kelib töyib-töyib yig'ladim. Olimjon akaga nisbatan nafratim kuchayyotgandi, dadam va oyimning ham taqdirimga befarq qaraganlari yuragimni ezib borardi... Öksinib-öksinib, ovozim eshitilmasligi uchun yuzimga yostig'imni tortdim, nogoh krovatim tagiga nimadir tushdi. Surat ekan, qölimga oldimu, alamlarim kuchaydi. Suratda Renat beg'ubor jilmayib turardi. Uni sevaman, umrim sönggigacha sevib ötaman. Lekin men endi özganing jufti-haloli hisoblanaman. Olimjon akadan nafratlanaman, tekinxör dardi bitta uy bölishini bilganimda özim olib berardim. Bilmadim balki shunaqadir, balki unaqamasdir deb özimni-özim ovutib uxlab qolibman. Tushimga Renat kiribdi. Ma'yus va mahzun qarab turardi, qölida qip-qizil g'uncha atirgul. U tomonga talpinsam, u röyoga öxshab olislayverardi. Birdaniga chölda paydo bölib qolibman, atrof zulmat hech kim yöq, nogoh chuqurga tushib ketibman. Özimning ovozimdan özim uyg'onib ketibman. Tezda borib yuzimni yuvdim. Körganlarim yaxshilikka bölishini tilab, Allohga niyat qildim: "O'zing tög'ri yöl körsat Allohim" 2 kun karaxt yurdim, hech kimning men bilan ishi yöq na dadamning na oyimning. Ular faqat qaysi restoran yaxshi, mehmonlarni qancha aytish kerak, töyga nimalar olinishi kerak degan bahs-"muzokara"lar bilan yurardi. Qarindoshlarimiz ham oqib kela boshladi (bunday deyishim sababi, ayrimlarini umuman tanimayman) Töy kuni kech uyg'ondim, telefonlarimni öchirib tashlagandim. Keyin salon tashvishlari boshlanib ketdi. Yuzimda nuqson yöq, lekin tabassum yetishmasdi. Kechki payt karnay-surnay sadolari ostida restoranga kirib borardik. Yonimda turgan inson maxluq bölib körinardi közimga (chiroyini emas, özini yomon körib qolgandim, qachon undan shunchalar nafratlana boshladim) töyxonaga kirib bordik, mashhur xonanda shöx-shodon berilib "kelibdi"ni aytardi. Kelin-kuyov stoliga ötirdik. Töy boshlanib ketdi. Sovg'alar, bir-biridan chiroyli ashulayu-raqs, niyatlar, ezgu tilaklar... Kursdoshlarim ham davrani bermasdan öyinga tushardi. Boshlovchi kutilmaganda musiqani töxtatib söz navbati bor deb qoldi. Davraga esa kimlarnidir chaqirdi. Tavba qadam tovushlaridan yuragim bezovta urardi... Nega bunchalik yuragim bezovta... Dasturxonda turgan muzdek koladan ichib yubordim. Közlarimni yumib oldim. Yuragim hovuri bosilay demasdi... Boshlovchi oldiga ular yetib kelishdi. Közimni ochdim va hayratdan qotib qoldim. Boshlovchi yonida Renat va Nigora jilmayib turardilar... [DAVOMI Kelgusi Sonlarda]

Добавлено (20-Фев-2013, 08:49)

Fikrim satrimda oshkor!)
 
Zinnura_KСана: Чоршанба, 20-Фев-2013, 12:29 | Изох # 730
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Madinapaaaaaaaaa tez yozin

erka farishta....(m)....
 
GULI_NURСана: Чоршанба, 20-Фев-2013, 15:07 | Изох # 731
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
Mohinur opa daaavooomiii
 
Mohinur_UСана: Пайшанба, 21-Фев-2013, 11:10 | Изох # 732
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
Davomi.
Qandaydir Nodir boshqa yigitlarga o'xshamas. jilmayishimi? Yoki gapirishimi? Xullas meni sexrlab qo'ygandi. Balkim o'tkinchi xavasdir? Naxot yoqtirib qolgan bo'lsam? Xayollarim chalkashib ketardi. Men xar kuni darsga kela boshladim. Tabbiyki g'iybatchi dugonalarimni markazida bo'ldim. Ln menga buni farqi yo'q edi. Oldinlari o'zim un chiroyli bo'b borardi endi esa Nodirga yoqish un soatlab ko'zgu oldida o'tirardim. Ln Nargis va Nodir suxbatini esladim:
-Nodir sizga qandaqa qizlar yoqadi?
Menga oddiy kiyinadigan, og'ir bosiq, pazanda qizlar yoqadi
shu suxbatni o'ylab oddiy kiyinishga xarakat qilardim.
Nodirni kelganiga bir oy bo'lgandi. Guruximizni alochilar qatoridan joy olgandi.
Menga xam bilmaganlarimni o'rgatardi. Ertalab turib o'qishga, o'qishdan kn uyga qaytishim uydagilarimni xayratga solardi. Men o'zgara boshlagandim.
Bir kuni ertalab o'qishga ketish un uydan chiqdim. Endi maxalamizdan chiqib ketayotgan edim Ko'zim Nodirga tushdi Xayron qoldim. Moshinani to'xtatdim.
-Nodir?
-qandaysiz Mahliyo
-qandaysiz darsgami
-xa
-o'tiring.
Otirdi kn moshinani xaydadim
-bu yer meni mahalam bo'ladi qarindoshiz bormi?
Nodir kulvordi
-qo'shni to'g'rayizdagi uyda yashayman.
-a? Rostana? Bilmagan ekanman. (rosa xursand bo'ldim)
-Botirni to'yiga borasizmi?
-xa boraman qizlarga xam taklifnoma beribdi. Kn biz dars xaqida suxbatlashdik.
Darsimiz 2 para edi. Dars tugagandan keyin do'konlarga borib ko'ylak sotib oldim. Ertasi kuni xam yo'lda Nodir ko'rib qoldm. O'qishga birga ketdik. (Ln qaytishda birga qaytmasdik uni o'qishdan kn ishlari bo'b qolardi) darsdan so'ng salonga bordim sochimni turmaklatib, uyga bordim yangi olgan kiyimimni kiydim. Ko'zguga qaradim. Sochlari tim qora uzun, (ayni vaqtda turmaklangan) yuzi sutga chayib olganday oppoq, (uncha bo'yanmadim)
qoshi ko'zi qop qora bo'ylari uzun va oppoq kiyimi o'ziga yarashib turgan qiz qarab turardi. Ayam keldilar.
-meni qizim buncha chiroyli bo'b ketdi
-sizning qizizmanda ayajon deb yuzlardan o'pib qo'ydim.
Telim jiringladi. Nodir ekan
-alo
- tayyor bo'lgan bo'lsayiz chiqing birga ketamiz
xa chiqayapman.
Ayam bn xayrlashib ko'chaga chiqdim Nodir xam chiqdi. Kiygan kastum shimi o'ziga juda yarashib turgandi
-juda chiroylib bo'b ketibsiz
raxmat dedim
kn biz taksiga o'tirdik to'yxonaga yetib borganimizda xamma endi kelgan ekan. Kelin kiyov xam kelgan ekan Xammamiz to'yxonaga kirdik va bizga atalgan stolga o'tirdik Botir bizni yo'nalish bn bir xil leksiyalarda o'tiradigan yo'nalishni xam aytgan ekan. To'y juda ajoyib o'tardi biz xam chiqib o'ynadik. Nodir bn o'ynadim u chiroyli o'ynar ekan. 2 lamiz rasmga tushdik.
Tabrik so'zi aytilayotganida Nodir:
-Botirdan kn men uylanamanov
-nega birdan bunday qaror?
-oppoqina kiyinib farishta bo'volib xayolimni o'g'irladi bir qiz
jilmaydim xayajonlanib ketdim ln bildirmaslikka xarakat qildim.
-unda o'sha qizni o'g'iriligi uchun jazolang.
-xa jazo bu meni rafiqam bo'lish jazosidir
2 lamiz xam kulvordik. Shu payt rasmchi rasmni olib kelib berdi.... To'ydan chiqib uyga qaytdik xayrlashib uyga kirdim. Men juda xursand edim. Rasmga qarab xayol surib uxlab qolibman. Ertalab uyg'onsam ayam tepamda turibdi qo'llarida rasm.
-xaligi kecha tushdik bu kursdoshim.
-Xa tushunarli kursdoshing qo'shning va meni kiyovim. Meni qizimni o'zgartirgan yigit shu ekanda
uyalib ketdim
-xali xech narsa aniqmas uni yoqtirishini bilmayman
-voy qizima sabr qilda.
-mayli ayajon o'qishga kech qolmay. Darsdan keyin kutubxonaga boramiz
-nima kutubxona to'g'ri eshitdimmi?
-kulvordim xa to'g'ri eshitdiz....
O'qishga yana Nodir bn ketdik. U oilasi xaqida gapirib berdi 2 opasi borligini turmushga chiqib ketganligini, bitta o'g'iligini shuning un yaxshi o'qish kerakliigini aytdi. Dars tugagandan kutubxonaga kirdik. Ertasi kuni uxlab qolibman birinchi paraga kech qoldim. 2 paraga yetib bordim dars bo'ladigan xonaga endi kiraman deb tursam xonadan: -Mahliyoni tinch qo'y nega buncha o'ralashib qolding. Bu ovoz Jasurni ovozi edi
o'qishga kirmasimdan oldin xam gapirar edi meni deb shu yo'nalishga topshirgandi
-meni kursdoshim Faqat Boshqa xech narsa yo'q. Bu Nodir edi
Xonaga kirdim
2 azamat bir birini yoqasini ushlab olgan
-bas qilinglar. Nodir qo'shnim xam shuning un u menga yordam beradi. Boshqa xech narsamas dedim. Men Nodirni sevsam xam aytolmasdim. Biz endi birga ketmasdik shu zaylda kunlar o'tdi 2 kurs xam tugab, 3 kursni boshladik. Ln Nodir menga xech narsa demasdi sevadimi? Yo'qmi? Bilmasdim. Bir kuni darsdan keyin qizlar bn kafega bordik. Davomi bor
 
Dinora_Golden_GirlСана: Пайшанба, 21-Фев-2013, 12:46 | Изох # 733
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Mohinur molodes Omad!

Fikrim satrimda oshkor!)
 
LoadingСана: Пайшанба, 21-Фев-2013, 13:21 | Изох # 734
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Tavba boshqa xech narsa yo'q dedimi? Qizni tuyg'ularidan shubxam bor?

Добавлено (21-Фев-2013, 12:21)
---------------------------------------------
Yo'q erkatoyligidan deb o'yladim.

Faqat 3 ta shart!
 
Mohinur_UСана: Пайшанба, 21-Фев-2013, 13:21 | Изох # 735
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
Raxmat Dinora. siz hikoyayizni tezroq yozaqoling qiziqayapman biggrin
 
Zinnura_KСана: Пайшанба, 21-Фев-2013, 13:25 | Изох # 736
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Mohinuropa ijodizgz ilod qo'wilsin hands

erka farishta....(m)....
 
LoadingСана: Пайшанба, 21-Фев-2013, 13:35 | Изох # 737
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Qo'shni qiz sizni hikoyezni xam compga olib qo'ydim navbati bilan o'qib chiqaman.

Faqat 3 ta shart!
 
Mohinur_UСана: Пайшанба, 21-Фев-2013, 13:37 | Изох # 738
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
Fazliddin aka qiz xaqiqatdan sevardi ln aytolmadi chunki Nodirni ko'nglini bilmasdi. U shu birgina yigit uchun Darsga xam bordi umrida kirmagan Kutubxonaga xam kirdi chin sevgi odamni yaxshi tarafga o'zgartishi xam mumkun ekan, vaxshiy odamga aylantirishi xam mumkun ekan....

Добавлено (21-Фев-2013, 12:37)
---------------------------------------------
Raxmat Zinnura

MirzoxidСана: Пайшанба, 21-Фев-2013, 13:47 | Изох # 739
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
Цитата (Mohinur_U)
Darsga xam bordi umrida kirmagan Kutubxonaga xam kirdi chin sevgi odamni yaxshi tarafga o'zgartishi xam mumkun ekan, vaxshiy odamga aylantirishi xam mumkun ekan....

Xikoyani mazmuni wunga taqalyapdiyu lekin oxiri ancha ayanchli bo'liwi yomon bo'bdi davomini kutamiz

...
 
LoadingСана: Пайшанба, 21-Фев-2013, 13:49 | Изох # 740
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
P.S raxmat buni bilib turibman. Hikoyani o'zida chuntirib qo'ygansiz.
Endi esa davomini yozila.

Yaqin kunlar ichida Shukrona opam tamomlashga ulgurmgan hikoyani davomini yozadilar.
Hozircha Madina va Mohinur yozayotkan hikoyalarni o'qib tugatamiz.

Faqat 3 ta shart!
 
Zinnura_KСана: Пайшанба, 21-Фев-2013, 18:08 | Изох # 741
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Madinapa mani hayolimda anuuu bechara kelin haliyam Rouf ga qarab aaaaaaaaaaraaaayiiiib turibti facepalm

erka farishta....(m)....
 
GULI_NURСана: Пайшанба, 21-Фев-2013, 22:20 | Изох # 742
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
Mooooohiiiiinuuuuur ooooopaaaaa

Добавлено (21-Фев-2013, 21:20)
---------------------------------------------
Mooooohiiiiinuuuuur ooooopaaaaa

Mohinur_UСана: Жума-муборак кун!, 22-Фев-2013, 20:39 | Изох # 743
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
Bu kafe qizlar bn yoqtirgan kafelarimizdan biri edi. U o'qishimizga uncha uzoq bo'lmagan joyda joylashgan. Darsdan so'ng tez tez kelardik. Kafe Shinamgina, tinch xam edi. Qizlar bn suxbatlashib ancha vaqtgacha qolib ketardik. Bu safar xam suxbat ancha qizidi.
Bir payt Guruximiz "yanglik makoni " deb laqab olgan Charos yangliklardan ayta ketdi.
-Qizlar eshitdilarizmi?
Nodir unashtirilibdi!
-Yo'gey devorishdi ko'plar
kimdir ustimdan issiq suv quyvorganday bo'ldi nega? nima uchun? Kim u qiz? Men taniymanmi nega uni tanladi? Savollar juda ko'p edi. Men kayfiyatim tushganini bildirmaslikka xarakat qilib, xuddi bu gaplarga beparvoday tutib, kola ichardim. Charos gapni davom etirdi.
-u qizni ismi Gavhar taniysizlar leksiyalarimizda qo'shilib o'tiradigan yo'nalishda o'qiydi. U meni xonadoshim. Nodir Gavharni Botirni to'yida ko'rib yoqtirib qolgan ekan.
Meni esa o'sha to'yda Nodir bn bo'lgan suxbatimiz yodimga tushdi. Yig'lavoray dedim Gavharni eslashga harakat qildim. Har doim sochini bitta qilib yuradigan, bug'doyrang, bo'yi o'rtacha, doim kulib turadigan qizni esladim qizlarga boshim og'riyotganini bahona qilib ketdim uyga borib rosa yig'ladim topgani qizi shu bo'ldimmi? Deb tinmay savol berardim bir xafta o'qishga bormadim. Ln ayamga sababini aytmadim. Chunki bu xabarni yolg'on bo'lishini istadim. Bir xaftadan keyin o'qishga bordim. Yolg'on deb o'ylaganim chin bo'b chiqdi Haqiqatdan Nodir unashtirilgan ekan. 2 paraga kirmay uyga ketdim. Borib ayamga xammasini aytib yig'ladim:
-ayajon keladigan sovchilarni biriga o'zlarizga maqul kelganiga rozi bo'laveringlar faqat tezroq men baxt nimaligin ko'rsatib qo'yaman. Men sevgimni bilgan ekan deb qo'liga bir parcha xat berdim boya birinchi parada Nodir berdi dedim. Xatda: "Mahliyo men unashtirildim. Menda ko'ngliz borligini bilaman ln oilamiz mos kelmaydi baxtli bo'ling!" ayajonim xatni mayda mayda qilib tashadi jaxlari chiqdi. Ln menga indamadilar
-mayli qizim ln o'ylab ko'r. Baxrom degan boladan sovchi kelayapti. o'ziga to'q oila bitta unvda o'qiysizlar ekan. 4 kurs ekan.
-Dadam nima deyaptilar?
-dadanga maqul keldi -unda uchrashishga roziman
-qizim axir? U bolani sevmaysanku
-iltimos ayajon....
- Xo'p qizim o'ylab ko'r mayli dam ol deb chiqib ketdilar
-men yig'lavordim ln alamim kelardi. Gavharga xasad qilardim ko'rasizlar meni xam baxtli bo'laman deb o'ylardim ln qarorimni oqibatini xech o'ylamasdim. Birinchi sevgim... Uxlab qolibman.
Ertalab tursam ayam:
-qizim kechik payt sovchilar tel qildi.....
-10 da uchrashuv ekan Nazira kelinoying bilan uchrashuvga chiqasan -xo'p dedim choy xam ichgim kelmadi ketdim. Tayyor bo'ldim va uchrashuvga Nazira kelinoyim bn ketdik
Nazira kelinoyim 2 amakimni eng katta kelini edi.
Uchrashuv joyga yetib borganimizda ular kelib bo'lgandi.
Bizni yolg'iz qoldirib kelinoyim va ulardan kelgan vakil naroqqa borib turdi.
-Qandaysiz Mahliyo
- yaxshi raxmat o'zizchi?
- men xam yaxshiman raxmat. Yana nimalardir dedi umuman qulog'imga kirmasdi.
Uyalganimdan emas gapirgim kelmaganidan jim o'tirdim. Yer ostidan ularga razm soldim.
Bo'ylar uzun, ln juda ozg'in ko'z atroflari salgina ko'kargan, (kasal bo'sa kerak) ln asabiy ekan qo'lini o'ynab, gapirganida xam tez-tez soatiga qarab qo'yar ekan. Uchrashuv tugab uyga bordim va ayajonimga roziman dedim bir xaftadan kn men xam unashtirildim. O'qishga bordim xuddi qasdimni olganday mag'rur edim. Qo'limdagi uzukni ko'rib xamma xayron qoldi. Kimga unashtirilganimni aytdim. 2 paraga kirmasdan endi ketmoqchidim. Nodir chaqirib qoldi:
-Mahliyo gapim bor sizga
-xo'p nima ekan beparvoday tutsam xam o'zimni xayajonlanib ketardim.
- soat 16 da uyimiz yaqindagi "UCHRASHUV" kafesida uchrashaylik.
-nega kelishim kerak
-iltimos
-o'ylab ko'raman
-mayli ln men sizni o'sha yerda kutaman. Uyga borib rosa o'ylandim nima demoqchi ekan deb xayajonlanib ketardim va nihoyat 16:00 bo'ldi kiyinib yetib borgunumcha 16:40 lar bo'ldi. Biz bu kafega ko'p kirardik oldinlar kofe ichib suxbatlashardik. Kafega kirsam oldingi joyimizga xayol surib Nodir o'tirardi. DAVOMI BOR.
 
GULI_NURСана: Жума-муборак кун!, 22-Фев-2013, 20:46 | Изох # 744
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
Kutamiza...!!!
 
LoadingСана: Жума-муборак кун!, 22-Фев-2013, 22:31 | Изох # 745
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Mana bu xayotiy voqiyalar.
Qachongacha sen bo'lmasang toq o'taman degan savsatani yozamiza? Mohinur barakalloh.

Faqat 3 ta shart!
 
Mohinur_UСана: Шанба, 23-Фев-2013, 02:04 | Изох # 746
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
Men hayajonlanayotgan bo'lsam xam bildirmaslik uchun bamaylixotir yurib bordim. Shunchalik xayol surib o'tirgan ekanki, men borganimni xam sezmadi.
-kutib qolmadizmi?
- men tarafga qaradiyu o'rnilardan turib ketdi iya keling uzur sezmabman o'tiring men o'tirdim
-nima gapiz bor edi.
- bekor qilibsiz!
-nima deganiz bu
-nima buyurasizlar deb afitsianka qiz keldi.
-bizga 2 ta kofe sutlisidan. Bittasiga shakarni ko'poq soling
-xo'p deya ketdi.
Haliyam esidan bor ekan. Meni qandaqa kofe ishishim esida ekan voy tavba.
Nodir gapini davom etirdi.
-erka qizsiz bilaman, lekin shu erka qiz ortida ajoyib qiz bor. Ko'ngliz toza juda xam yaxshi qizsiz. Ko'ngil ekan Gavharni sevib qoldim xayot davom etadi
-to'g'ri hayot davom etadi. Men yaqinda bir oilani malikasi bo'laman.
-adashasiz agar Baxromga tegsayiz umuman baxtli bo'lmaysiz buyurtmamiz keldi.
tushunmadim bular nima deyapti. Bu bilan sen baxtsizsan umuman baxtli bo'lolmaysan demoqchimi? Jaxlim chiqib ketdi.
-Nodir hayotimga aralashmang men Baxromga tegaman gapimiz tugadi deb o'ylayman xayr.
-to'xtang Mahliyo
yuragim yig'lar yalinar to'xta biroz deb ln G'ururim yo'l qo'ymasdi umuman. Ko'zimdan achchiq yoshlar chiqdi. Qanchalik azobliya bir taraflama sevgi.
Men ularsiz xam baxtli bo'lishimni isbotlayman! Ko'z yoshlarimni artdim. Va to'y un o'sha kundan xarakatni boshlavordim Non sindirar, kichik to'y, sep berar, hammasi o'tib faqat katta to'y qolgandi.
Meni xursand deb o'ylaysizmi alam qilar edi.
To'y kuni xamma xursand mendan tashqari. men eng chiroyli oq ko'ylak kiydim. Havas qiladigan kelinchak bo'ldim. Kiyovlar keladigan vaqt bo'ldi. Zagsga borish uchun kursdosh dugonalarim xam kelgandi. Kursdosh Bolar kelolmagan qizlar xammasi baxt tilab yuborgandi shu o'rinda Nodir xam. Kiyovlar maxalamizni boshiga ko'tarib signal chalib kelishdi Kiyovlar bn bog'liq urf odatlar bo'lganidan so'ng men turgan xonaga kiyov kirdi oppoq kastum shimda edi menga xammani xavas kelardi. Men kiyov bn tashqariga chiqdim. Dadamga bosh urib, dadamni amakilarimni duosini olib yo'lga chiqdik. Zagsga bordik. Zagsdan kn xotira maydonini aylandik rasmga xam tushdik kn banketga bordik va to'yxonaga yo'l oldik. To'yxona juda shinam ekan juda ko'p odam bor edi. .... Mana kelinchak bo'lganimga xam 1 oy oldi baxt deb atalmish qasrni sevgimga qasd qilib qurdim. Xammasi yaxshi edi... Ammo afsus qasrimni dengiz tarafga qurgan ekanman. Xar to'lqinda qasrimga suv tegib yemirardi. O'ylarsiz ish qilmagani uchun deb men Nodirni sevib qolganimdan kn yoz oylari uy ishlarni, ovqat qilishni o'rganib olgandim.
Men kelinglik vazifasini bajarardim. Oilada farzandlardan 1 qayni opa va xo'jaynim edi. Xo'jaynim yoshlikida ko'p kasal bo'lgan ekan ko'p davolanardi. Rosti rahmim kelardi ukol ko'p olardi. Oyijonim ukol olganidan keyin dam olish kerak bezovta qilmang derdilar. Kelin bo'lganimga 2 oy bo'lganida 1 kunga oyijonim uyga borib kelishimga ruxsat berdilar. O'qishga bormayotgandim. Dadamni pullar o'qiyotgandi. Ayajonimni dadamni ko'rdim kelishim sababi bor edi chunki ukam chet davlatga o'qishga ketayotgandi xayrlashish uchun kelgandim. Lekin qololmadim uyda. Yana kelinlik uyga qaytdim. Uyga qaytsam.... Davomi bor
 
LoadingСана: Шанба, 23-Фев-2013, 09:36 | Изох # 747
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Nega endi baxtli bo'lolmas ekan? Shu o'rinda ota-onani ko'zi qayoqda degan savol hamon katta so'roq ostida. Shunga tegaman desa bervoruradimi?

Faqat 3 ta shart!
 
MirzoxidСана: Шанба, 23-Фев-2013, 13:30 | Изох # 748
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
Ota-ona shunchali beetiborsizlik qiladimi  salqda tag zotini suruwtiriw degan narsalar bor oila boyligiga uchib qo'yaqoldimi  lekin voqiya jiddiylashubdi davomini kutamiz!

...
 
LoadingСана: Шанба, 23-Фев-2013, 16:32 | Изох # 749
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
P.S etibor berin boylikdan ko'ra boshqa bebaxo jixatlar ko'zdan chetda qolgan.
Mohinur bu hikoyada bu taraflarini atayin yozmagan ko'rinasiz? Asosiy etiborni jizzakilik, qasoskorlik oqibati, va jiddiy tuyg'ular jiddiy muamolar keltirib chiqarishiga qaratmoqchilar. Extimol?

Faqat 3 ta shart!
 
MirzoxidСана: Шанба, 23-Фев-2013, 17:27 | Изох # 750
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
Tushundim

...
 
Поиск: