Hikoya - Страница 28 - Форумистон
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Hikoya
Nilufar_93Сана: Якшанба, 03-Фев-2013, 00:38 | Изох # 676
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
Davomi).
Bir inson o'zi bilan ikki buyuk tuyg'uni ko'klarga olib ketdi.Kamolani hayotdagi eng yaqin do'sti Doniyor edi.Ko'pchilik bu munosabatni yanglish tushinishardi.yigit bn qiz do'st bo'lishi mumkinmas qabilidagi gap so'zlar ularga qarata ko'p aytilgan, ammo bu ikki do'st do'stlik deb, atalmish buyuk tuyg'uga xiyonat qilishmadi.gap so'zlarning ham oxiri Nargiz ularning hayotiga kirib kelgach ko'rindi.Doniyor Nargizga befarq qaramasdi.Nargiz ham bundan mustasno emas.)ular o'rtasidagi sevgi rishtasini bog'lagan inson esa Kamola.
Mana qisqacha izoh!Kamolani holatiga kelsak,u sirdoshidan, yaqin insonidan ayrilganiga ko'nikolmasdi.yerga mushtlab unga nola qilardi "iltimos ona yer mandan uni olib qo'yma!bag'ringda yotishiga hali fursat borkuuu.san faqat uni emas u bn ikki tuyg'uni bag'ringa ko'mvossan.iltimos...mani eshitvossanmi?uni qaytarib ber!".Kamolani ko'rib qolgan Jamshid yugurib borib uni o'rnidan turgazmoqchi bo'ldi lekin Kamola qaysarli qilardi.
-Jamshid qo'yvoring.keting.mani o'z holimga qo'ying iltimos!
-Yo'q unday qilmang Kamola.turing o'rnizdan
-U siz qando yashiman.Nargizchi?vijdonim qiynalib ketvoti.hammasiga man aybdorman
-qanaqasiga siz aybdor bo'lasiz?Hammayam bir kun ketadi.do'stimizni joyi jannatda bo'lsin.
-lekin u hali ko'p yashashi keredi.hozi u oramizda bo'lishi mumkin edi.mani ko'rib "yaxshi qiz,ro'molcham oldizdan yugurib o'tib ketdi tutvomadizmi?"dib kulib turgan bo'lardi.
(yig'lab gapirolmadi)
-Bo'ldi turing.siz Nargizaga keraksiz.

Добавлено (02-Фев-2013, 23:31)
---------------------------------------------
Davomi).
Bir inson o'zi bilan ikki buyuk tuyg'uni ko'klarga olib ketdi.Kamolani hayotdagi eng yaqin do'sti Doniyor edi.Ko'pchilik bu munosabatni yanglish tushinishardi.yigit bn qiz do'st bo'lishi mumkinmas qabilidagi gap so'zlar ularga qarata ko'p aytilgan, ammo bu ikki do'st do'stlik deb, atalmish buyuk tuyg'uga xiyonat qilishmadi.gap so'zlarning ham oxiri Nargiz ularning hayotiga kirib kelgach ko'rindi.Doniyor Nargizga befarq qaramasdi.Nargiz ham bundan mustasno emas.)ular o'rtasidagi sevgi rishtasini bog'lagan inson esa Kamola.
Mana qisqacha izoh!Kamolani holatiga kelsak,u sirdoshidan, yaqin insonidan ayrilganiga ko'nikolmasdi.yerga mushtlab unga nola qilardi "iltimos ona yer mandan uni olib qo'yma!bag'ringda yotishiga hali fursat borkuuu.san faqat uni emas u bn ikki tuyg'uni bag'ringa ko'mvossan.iltimos...mani eshitvossanmi?uni qaytarib ber!".Kamolani ko'rib qolgan Jamshid yugurib borib uni o'rnidan turgazmoqchi bo'ldi lekin Kamola qaysarli qilardi.
-Jamshid qo'yvoring.keting.mani o'z holimga qo'ying iltimos!
-Yo'q unday qilmang Kamola.turing o'rnizdan
-U siz qando yashiman.Nargizchi?vijdonim qiynalib ketvoti.hammasiga man aybdorman
-qanaqasiga siz aybdor bo'lasiz?Hammayam bir kun ketadi.do'stimizni joyi jannatda bo'lsin.
-lekin u hali ko'p yashashi keredi.hozi u oramizda bo'lishi mumkin edi.mani ko'rib "yaxshi qiz,ro'molcham oldizdan yugurib o'tib ketdi tutvomadizmi?"dib kulib turgan bo'lardi.
(yig'lab gapirolmadi)
-Bo'ldi turing.siz Nargizaga keraksiz.

Добавлено (02-Фев-2013, 23:38)
---------------------------------------------
Davomi bor...


Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
 
LoadingСана: Якшанба, 03-Фев-2013, 01:19 | Изох # 677
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Madina, Umidani kuchli sinovga qo'yvossiz. Maylin kuzatamiz.

. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
Nilufar jiyanim sizni chundim shu hikoyez xaqida tez kunda gaplashamiz. Men savollar va hulosalar hozirdan bor.
Davomini kutamiz.
. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
Mohinur sizni hikoyezdan bazi narsalarni o'rganishni reja qilgandim. Boshlanishi yaxshi. O'rganvotman!


Faqat 3 ta shart!
 
Dinora_Golden_GirlСана: Якшанба, 03-Фев-2013, 02:10 | Изох # 678
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
... "Umida özingga kelsangchi"
- A... Renat meni oyijonim sen bilan körib qolsa xafa böladi, mayli xayr gaplashamiz
- "Olimjon bilan gaplashsang xafa bölmaydimi?"
- Bu seni ishing emas!
Uyga kirdim, oyijonimdan dadajonimni söradim xonangda dedilar. Yuragim shig'illab ketdi Ey Xudo Olimjon akamni rasmlari, otilib kirdim xonamga... Katta lekin judayam chiroyli chemodan yonida dadajonim ötirardilar... Sekin yaqinlashdim. Chemodan ichi töla rasmlar edi sinchiklab qarasam yoshligimdagi suratlar... Vo ajab dadajonimning közlarida yosh...
- Meni ahmoq qizingizni kechiring Dadajon, boshqa bunday qilmayman, asl holimga qaytaman Siz xohlagan Umidangiz bölaman, faqat sizning aytganingizni qilaman meni kechiring"
- Özimning qizalog'im seni hech kimga bermayman deb yig'lardilar... Oyijonim ham eshik yonida kuzatib turib yig'lardilar...
Ertasi kuni öqishga bordim, avvalgi holatimga qaytdim. Rus kursdoshlarim hayron bölib ötirdi birinchi para oxirigacha... Katta tanaffusda hamma kursdoshlarimga imidjimni özgartiryapman xolos dedim...
Dars tugab endi hovliga chiqdim hamki Olimjon aka jilmayib turardi... Qanday samimiy tabassum egasi... Azizim... Uni judayam sog'ingandim... Közlarimga yosh töldi... Körib qolmasligi uchun közlarimni pirpiratib qarab turaverdim... Uning tabassumi biram beg'uborki... U hayotim mazmuni edi... EDI... Bu ötgan zamonku... EY Xudo nima qilib turibman... Tezda mashinamiz turadigan joyga yugurdim...
- Umida töxta, iltimos meni kechir töxta Umida... Olimjon aka tinmay baqirardi...
- Voy Sen bu yerda nima qilyapsan Renat?! dovdirab qoldim.
- Seni kutyapman Umi körgim keldi seni, judayam sog'indim.
- Umida gaplashib olaylik faqat yarim soat vaqtingni menga ajrat iltimos" derdi Olimjon aka... Nima qilishni bilmasdan oyijonimga telefon qildim hozir yöldaman 10 daqiqada yetib boraman dedilar... Xop tezroq keling köp kutib qoldim deya telefonimni öchirdim... Olimjon akaga qarasam uni sog'inganim uchun zörg'a bag'riga otilib ketmasligim uchun qaramadim... Renatga qaradim, negadir bugun közlarida ma'no va mazmun, joziba mujassam edi... Olimjon aka esa tabassumi bilan aqlimni ög'irlardi... Negadir ikkalasini ham mushti tugilganidi... Uzr meni vaqtim yöq, ikkalangiz bilan ham gaplasholmiman... Uzr Oyijonim keldilar Xayr dedimu darvoza tarafga yurdim... Renat orqamdan qolmasdi... Tinmay gaplashib olishimizni iltimos qilardi... Ortimga bir qaray Olimjon kelyaptimikin? Afsus ulgurmadim qarashga! Oyijonim kelib qoldilar... Renat Oyijonimdan qörqqani uchun tezda orqasiga qaytdi... Olimjon aka qani kelmadiku?! Bir marta qarasam orqamga osmon uzilib yerga tushadimi?! Yöq qaramayman... Mashinaga chiqqanimdan keyin oynadan yana bir marta Olimjon akaga (balki boshqa körmasman) qaragim keldi... Lekin keyin yana qiynalishimni öylab qaramadim...

Добавлено (03-Фев-2013, 01:10)
---------------------------------------------
... "Umida özingga kelsangchi"
- A... Renat meni oyijonim sen bilan körib qolsa xafa böladi, mayli xayr gaplashamiz
- "Olimjon bilan gaplashsang xafa bölmaydimi?"
- Bu seni ishing emas!
Uyga kirdim, oyijonimdan dadajonimni söradim xonangda dedilar. Yuragim shig'illab ketdi Ey Xudo Olimjon akamni rasmlari, otilib kirdim xonamga... Katta lekin judayam chiroyli chemodan yonida dadajonim ötirardilar... Sekin yaqinlashdim. Chemodan ichi töla rasmlar edi sinchiklab qarasam yoshligimdagi suratlar... Vo ajab dadajonimning közlarida yosh...
- Meni ahmoq qizingizni kechiring Dadajon, boshqa bunday qilmayman, asl holimga qaytaman Siz xohlagan Umidangiz bölaman, faqat sizning aytganingizni qilaman meni kechiring"
- Özimning qizalog'im seni hech kimga bermayman deb yig'lardilar... Oyijonim ham eshik yonida kuzatib turib yig'lardilar...
Ertasi kuni öqishga bordim, avvalgi holatimga qaytdim. Rus kursdoshlarim hayron bölib ötirdi birinchi para oxirigacha... Katta tanaffusda hamma kursdoshlarimga imidjimni özgartiryapman xolos dedim...
Dars tugab endi hovliga chiqdim hamki Olimjon aka jilmayib turardi... Qanday samimiy tabassum egasi... Azizim... Uni judayam sog'ingandim... Közlarimga yosh töldi... Körib qolmasligi uchun közlarimni pirpiratib qarab turaverdim... Uning tabassumi biram beg'uborki... U hayotim mazmuni edi... EDI... Bu ötgan zamonku... EY Xudo nima qilib turibman... Tezda mashinamiz turadigan joyga yugurdim...
- Umida töxta, iltimos meni kechir töxta Umida... Olimjon aka tinmay baqirardi...
- Voy Sen bu yerda nima qilyapsan Renat?! dovdirab qoldim.
- Seni kutyapman Umi körgim keldi seni, judayam sog'indim.
- Umida gaplashib olaylik faqat yarim soat vaqtingni menga ajrat iltimos" derdi Olimjon aka... Nima qilishni bilmasdan oyijonimga telefon qildim hozir yöldaman 10 daqiqada yetib boraman dedilar... Xop tezroq keling köp kutib qoldim deya telefonimni öchirdim... Olimjon akaga qarasam uni sog'inganim uchun zörg'a bag'riga otilib ketmasligim uchun qaramadim... Renatga qaradim, negadir bugun közlarida ma'no va mazmun, joziba mujassam edi... Olimjon aka esa tabassumi bilan aqlimni ög'irlardi... Negadir ikkalasini ham mushti tugilganidi... Uzr meni vaqtim yöq, ikkalangiz bilan ham gaplasholmiman... Uzr Oyijonim keldilar Xayr dedimu darvoza tarafga yurdim... Renat orqamdan qolmasdi... Tinmay gaplashib olishimizni iltimos qilardi... Ortimga bir qaray Olimjon kelyaptimikin? Afsus ulgurmadim qarashga! Oyijonim kelib qoldilar... Renat Oyijonimdan qörqqani uchun tezda orqasiga qaytdi... Olimjon aka qani kelmadiku?! Bir marta qarasam orqamga osmon uzilib yerga tushadimi?! Yöq qaramayman... Mashinaga chiqqanimdan keyin oynadan yana bir marta Olimjon akaga (balki boshqa körmasman) qaragim keldi... Lekin keyin yana qiynalishimni öylab qaramadim...


Fikrim satrimda oshkor!)
 
LoadingСана: Якшанба, 03-Фев-2013, 09:03 | Изох # 679
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Hudoga shukr. Umidaga aql kirdiya.

Faqat 3 ta shart!
 
Dinora_Golden_GirlСана: Якшанба, 03-Фев-2013, 14:06 | Изох # 680
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
...Ösha kuni kechasi bilan uxlay olmadim... Bir yil oldingi voqealarni yana esladim. Nega Olimjon akadan Nigora bilan gaplashib ketganini sababini söramadim?! Nigoradanchi? Yöq ikki yaqin insonim menga xiyonat qilishgandi... Ularni kechira olmasdim... Közlarimni yumdim uxlashga harakat qildim, tushimga Olimjon aka kiribdi, sözsiz hech narsa demasdan tikilib turardi...
Ertasiga öqishga a'lo kayfiyatda bordim... Renat körinmaydi nimagadir?! Oyijonim öqishga tashlab ketganidan, Renat yonimda paydo bölardi bugun esa yöq... Renat bilan gaplashsam özimni erkin qandaydir hotirjam his qilardim... Bugun dars mobaynida faqat Renatni öyladim... U men bilan tanishmasdan oldin judayam köp qizlar bilan gaplashgan deb eshitgandim, lekin buni qarangki döstlashib ketganimizdan keyin qizlarga munosabati özgargandi. Buni endi öylab, tahlil qilyapman. "Ertaroq esingga kelmaganini qara Umida" özimga özim gaplashib hayol surib ötirdim dars oxirida...
Öqishlarim pasayib ketgandi, kitob olish uchun kutubxonaga borishim kerak edi, dars tugadi, xonadan qizlar bilan chiqdik. Qöng'iroqsoch judayam chiroyli ög'il bolalar bilan tezda chiqishib ketadigan qizimiz Nastya, pastda bir yigit meni sörayotganini aytdi.
- "Renatmi Nastya? (hayajonlanib söradim)"
- "Yöq u emas. Renatni tanimay böladimi, axir u sobiq sevgilimku" iljaydi Nastya (negadir jahlim chiqib ketdi). Nastyaga rahmat ham aytmadimda pastga tushib ketdim. "Renat ahmoq, yaramas yana bir Nastyaga öxshagan "aqlli" qizni topib olgandirda" deya pichirlab jahlim chiqib ketayotib, bexosdan bitta bolani turtib yuboribman. Portfelidagi kitob daftarlari yerga sochilib ketdi
- "Kechirasiz, uzr körmay qolibman, hozir yig'ishtirib beraman" deya unga qaramasdan yerdagi qog'ozlarni yig'ishtirib oldim.
- "Umida?!" (dovdirab qaradim, qarshimda Olimjon aka turardi, lekin bu safar hayajonlanmadim)
- "Mana marhamat, menimcha hammasini yig'ib böldim uzr sörayman" dedim hijolatli bölib.
- "Sen bilan gaplashib olishim kerak, har safar öqishimdan tög'ri shu yerga kelaman, seni kutib ötiraman, senga aytadigan gaplarim judayam köp Umida"
- "Meni sizga aytadigan gapim yöq" dedim jahlim chiqib. Atrofimizda talabalar ötib qaytardi. Nimagadir Olimjon aka bilan turganimni Renat körib qolishini xohlamadim...
- "Umida senga hammasini tushuntirib beraman, meni bir martagina eshit iltimos, keyin mayli men bilan gaplashmasang ham mayli"
Olimjon akadan sörab ötirmadim, buni özimga ep körmadim... Hozir bir narsadan qörqardim: Oyijonim va Renat körib qolishidan!!! Olimjon aka mendan tinmay yalinib gaplashib olishimizni iltimos qilardi. Men rozi böldim...
Oyijonimga telefon qilib kutubxonaga kursdosh"larim bilan borishimni, uyga özim yetvolishimni aytib qöydim.
Uzun yölak böylab öqishimiz yonidagi park yoniga bordik. Yöl böyi bir-birimizga gapirmasdik... Park borgach örindiqda ötirdik... U gap boshladi...
- "Umida, bilaman könglingni og'ritdim, lekin seni bir lahza ham unutganim yöq!" oraga jimlik chökdi va og'ir xörsinib gapida davom etdi "biz qashqadaryolik bölganligimiz uchun onam toshkentlik qiz olib bermayman dedi, öshanda öqishimizga kelib qashqadaryolik qiz izlagan va onamning baxtiga Nigora chiqib qoldi qashqadaryolik qiz bölib... Onam menga ösha toshkentlik qizingni unut aks holda senday bolam yöq, oq sutimga rozimasman dedi. Men onamni aytganlarini bajardim bitta shart bilan sen bu öqishdan keting deganingda, boshqa öqish perevod qilish niyatim boridi lekin seni tashlab ketgim kelmasdi. Sen aytishing bilan öqishdan ketdim... Nigora bilan har zamonda onamni qistovi bilan gaplashib turdim. Nigora meni sevishini öqishga kirgan yilim xabar topgandim, chunki sevishini har kuni sms orqali yuborardi, men esa seni faqat seni sevardim" (hayratimni yashirolmadim, nahotki dugonam uni sevardi, nega men sezmaganman buni, közim qayoqda edi men ahmoqning)... U gapida davom etardi meni öz hayollarim chulg'ab olgandi... Olimjon aka nima deyayotganlarini eshitmasdim, hayolim Nigoradan Renatga ötib ketgan edi... "Renat bugun nega kelmadi yoki oyisini mazasi bölmay qolibdimi yoki boshqa yangi qizlar bilan gaplashib ketdimikan?! Yoki ösha kuni qattiq xafa böldimikan, men bilan gaplashmay qöysa nima qilaman?!" hayollarimni faqat Renat egallab olgandi...


Fikrim satrimda oshkor!)
 
Mohinur_UСана: Якшанба, 03-Фев-2013, 17:27 | Изох # 681
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
(Davomi)
Yani onajon ko'ylak olib bering, baland tufli olib bering. Qizlar bn o'tirmoqchimiz to'yga borsam bo'ladimi .... Men bundaqa narsalaga qiziqmasamda ln qiziqanday ko'rsatardim. Bundan albatta onamga yoqardi. Onamga o'zimni Xuddi erga tegmoqchiday ko'rsatdim. Lekin vaqti kelganda o'qishga kirishimga qarshi qilmaydigan meni tarafimni oladigan dadam va akamni ko'ndirishim kerak edi. birinchi dadam
bo'ldi to'g'ri dadam onamni gapidan chiqmasdi. Shunday bo'lsam xam dadam bn gaplashdim.
-dadajon odam orzu qilishga haqi bormi
gazeta o'qiydigan dadam yalt etib menga qaradi
- ha qizim albatta seni orzuing nima?
Ichimda sevindim ln tashqariga bildirmadim.
-dadajoon orzuim toshkent jaxon tillari unvga kirsam deyman
-qizjonim oppog'im orzuingni xurmat qilaman lekin meni ham tushun u yerlarga qurbim yetmaydi.
-dadajon o'zim kiraman kirolmasam hafa bo'lmayman.
Dadam o'ylanib qoldi
-dadajon yordam berin.
-qizim xo'p ln onang bilmasin xozircha tayyorlanib yur.
Senga bu gapni aytishim noo'rin lekin... Onanga kuchim yetmaydi emas.... Men erkakman onangni bir ursam jim bo'ladi. Lekin meni yuragimni mazasi yo'q siqilish mumkun emas. Sizlarni tashab ketgim kelmaydi. Onang shundan foydalanib gapini o'tkazmoqchi bo'ladi. Ichim to'la dard opalaring baxtli tashqari tarafdan oilasi bor. Ln o'sha mol hol dala bn o'ralashib qolayapti agar o'qitganimda ular ishlashardi yoshligi o'tib ketayapti. Qiz xam farzanda ln onang unday o'ylamaydi. Xuddi uni erta turmushga chiqaniga senlar aybdordek. Opalaring ham juda o'qishga qiziqardi.
Ln senga yordam beraman sen yashirincha tayyorlanib yur. Eshik orqasida akam ham eshitib turgan ekan
-Maftunjon men xam seni o'qishinga yordam beraman ln yuzimga qaratmaysan tushundingmi? Senga ishonayapmiz sen ishonchimizni oqla.
Xursand bo'lib ketdim. Xo'p dedim. Sovchi kela boshladi. Ln dadam onamni zo'rg'a ko'ndirdilar kolejni 3 kursni bitirvolsin. Onam zo'rga ko'ndilar.
Nazo esa unga hech narsani farqi qolmay qolgandi. 2 kursni bitirib 3 kursligim boshlangandan so'ng yanada qatiqroq tayyorlandim endi yashirincha dadam pul berardilar qo'shimcha darsim uchun. Bir kuni Nazoni uyga bordim onamga kitobimni olaman deb baxona qildim Nazo o'qishga xam bormay qo'ygandi.
uyiga borsam onasi yo'q Nazo uyda bir o'zi o'tirgandi ancha gaplashdik kn. Nazo gap boshladi
-senga Mazza hali imkoniyating bor
qo'simcha darsga qatnaysan.
-exx Nazo xarakat qil kiyov bola bn gaplash to'yni u to'xtatsin
-iloji yo'qda
-bo'masam o'qishga kirda keyin kiyov bola bn gaplash.
Eshik oldida kimdir borday tuyuldi.
-to'xta xozir dedida qaradi
-voy ayajon qachon keldiz
-xozir dedilarda xonalarga kirib ketdilar
kn biroz gaplashib uyga qaytdim. Uyga kelganimga yarim soat ham bo'lmagandi. Kimdir chaqirdi qarasam
Nazoni onasi vajohat bilan turibdilar
- Assalomu alaykum Xolida xola keling
-menga qara qizimni tinch qo'y
nima onang o'rgatayaptimi? Men gap nimadaligini bildim ichimdan nimadir uzuldi e xudo boya hammasini eshitibdi.Nazo yugurib keldi
-yuring ayajon iltimos
shovqundan onam chiqdi.
-tinchlikmi xolida nima uyimga kelib shovqin qilayapsiz
- xa go'zal ichi qoralik ham ebi bilanda nima qizimga yaxshi joy chiqanidan nima qilarizni bilmayapsizmi?
-tushuntribroq gapiring
-qiziz Maftun qizimni yo'ldan urayapti qanaqadir qo'shimcha darsga qatnayapti ekan unvga o'qishga kirar ekan. Qizimni fotixasini buzmoqchi siz o'rgatgandirsizda
-ayajon bas qiling ketaylik
-o'chir ovozingni gapini gapirib bo'lmadim
-shu gap rostimi dedi onam
-indamadim
-onam tarsaki tushurdilar.
-bilib qo'ying Go'zal qizim yaxshi tarbiya olgan qiz qiz esa yo'ldan urmasin. Er kelmasa qizim aybdormas deb kesatib gapirdilar.
- xm ketdik Nazokat deb chiqib ketdilar.
Ular ketganidan so'ng onam shaxdam qadamlar bilan borib
cho'p olib keldi va rosa urdilar.
Shunaqangi badanim zirqirardiki chidab bo'lmasdi lekin o'qishga kirish fikridan qaytmadim. Dadam xam akam xam menga rahmi kelar ln hech narsa qilolmasdilar
Onam shu kundan boshlab meni o'qishga borishni taqiqlab qo'ydilar. Xolida opani gaplari alam qilar meni Yanada boy joyga uzataman deb gapirardilar. DAVOMI BOR
 
Dinora_Golden_GirlСана: Якшанба, 03-Фев-2013, 19:31 | Изох # 682
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
... - "Umida meni eshityapsizmi, tobingiz qochdimi?"
- uzr Olimjon aka men ketishim kerak, yöqsa oyijonim gap eshitib qolaman.
- "Umida men sizni sevaman!" hayratdan qotib qoldim, axir men emasmi ushbu birgina "sevaman" degan gapi uchun jonimni bervoradigan, axir uni deb salkam köcha qiziga aylanib qolayozganim... Yöq bu sözni endi menga keragi yöq... Töxta Umida öylab kör balki haliyam sevarsan, hayolimda ming xil fikr charx urardi...
- Umida menga turmushga chiqing sizni baxtli qilishga söz beraman!
- öylab körishim kerak (hayajon va qörquvdan shunday deb yubordim)
- Oyingiz bilan özim gaplashaman, xohlasangiz dadangiz bilan ham gaplashaman.
- Nigorachi? Unga nima böldi?
- U öqishdan grant yutib chet elga ketdi, endi qaytmas ekan.
- "Gap buyoqda deng" pichirladim (yoqimsiz va alamli kuldim) Olimjon aka bilan xayrlashib uyga keldimu Renatga telefon qildim. Kötarmadi. Öziyam yuz martalar qildim, rosa havotir oldim, göshakni kötarmadi. Kechasi kichkina ukamni mazasi yöq ekan, unga ertak aytib uxlatyotgandim, Renat telefon qilib qoldi. Ertak aytishni ham töxtatib, xonamga yugurdim. Oyijonim nimadir degancha, ukamni yoniga kirdi shekilli bilmadim...
- Allo, Renat yaxshimisan? (ovozimga titroq kirdi, hayajonlanib zörg'a gapirardim)
- Umi qaleysan? Men ozgina shamollabman havotir olma - dedi Renat. U bilan 2 soat gaplashdik telefonda, maroq bilan tingladim, lekin uni sog'inganimni bugun öqishda izlaganimni aytmadim, aytolmadim... U bilan xayrlashib bölgach u haqida öyladim, kelishgan chiroyli faqat oldin köp qizlar bilan gaplashishini aytmaganda aqlli bola... Ertasi kuni öqishda Renat bilan uchrashdim, har tanaffusda u bilan ötirdim. Hamma qizlarni menga havasi kelardi, özimcha baxtdanmi yo eng kelishgan barno yigit yonimdaligiga mast edim. Öqish tugagandan söng uchrashishga kelishdik. Afsuski, oyijonim bu safar ertaroq olib ketishga kelgan ekanlar... Renat bilan uchrasholmadim. Sms orqali gaplashib turdik... Uyga borsak, oyijonim mehmon keldilar deb qoldi kim desam aytmadi... Men ham qiziqib sörayvermadim... Kechki payt xonam eshigi taqillab oyijonim, dadajonim chaqiryotganini aytdi. Dadajonimning yoniga bordim.
- "Kelaqol qizalog'im, qachon katta bölishga ulgurding, kechagina mitti qizaloqcha eding, vaqt ham birpasda ötarkan ketarkan...
- Dadajonim nimadir demoqchi bölardiyu, axiyri chuqur nafas olib dedi: Bugun uyga sovchilar kelishibdi... (titrab ketdim, hayolimda hozir bervoradigandek yig'lab yubordim) voy yig'loqi qizalog'im meni, endi seni qizaloq demayman chunki katta qiz bölib qolding! (dadajonim yana nimadirlar dedi, eshitmadim qulog'im tamom bitib qolgandi)
- Qizim onasining aytishicha, u seni judayam qattiq sevarkan. Kim ekan u deganday dadajonimga hayratlanib qaradim!
- ismi Olimjon sening sobiq kursdoshing ekan, hozir Turin universitetida öqirkan (tamom, Olimjon aka butunlay esimdan chiqib ketibdi, axir bugun ular öqishimizga keldimi kelmadimi qiziqqanim ham yöq, voajab hayolim Renatda bölgani uchun uni esimdan chiqaribman, nahotki Olimjon akani esdan chiqargan bölsam!) yaxshi oilaga öxshaydi (dadajonim gapirishda davom etardi) öylab köramiz dedim, hozir xonangga kirginda yaxshilab öylab kör bora qol Umidam! Oyijonim ortimdan kirdi... Hozir oyijonimdan maslahat sörayman nima desalar shuni qilaman dedimda shunday dedim.
- Oyijon agar men rus yigitni sevib qolsam nima qilgan bölardiz?
- Öylab gapiryapsanmi Umida? Qanaqa rus yigiti, ikki dunyoda ham rozi bölmaymiz, dadajoning eshitsa ikkalamizni ham bög'izlab tashlaydi. Shu ikki og'iz gap hamma hayollarimga nuqta qöydi... Endi men yaxshilab öylab sobiq sevgilim (bunday deyishimga sabab, Nigora chet elga ketgani uchun, endi qaytib menga kelmoqda deb undan nafratlana boshladim) Olimjon akani yoki mitis sevgilim (uni sevishimni oyijonimga qörqmasdan savol bergan paytim sezdim) Renatni tanlashim kerak edi... Oldimda biri juda zerikarli, biri esa juda qaltis ikki yöl turgandek edi...


Fikrim satrimda oshkor!)
 
Mohinur_UСана: Якшанба, 03-Фев-2013, 20:11 | Изох # 683
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
Endi har qadamim nazoratda edi qo'simcha darsalarim to'xtagandi. Ertalabdan turib hamma ishlarni qilardim. Kechasi esa kitob o'qib uyda tayyorlanardim orzum uchun harakat qilardim. Uyga rosa ko'p sovchi kelar lekin onam tanlardilar. Med kolejda xam bekorga o'qimagandim ukol qilishni, birinchi yordamni ko'rsata olardim. Xullas men qo'rqqan kun keldi onamga kelgan sovchilardan biri maqul keldi.
Onam rozi bo'ldilar
-mayli yoshlar uchrashsin dedilar
uchrashuv belgillandi
e xudo imtixonga bir oy qolganda keladimi? Sovchi degani. U bola bilan uchrashdim
-qandaysan
-yaxshi
-senlaganim uchun uzr.
-hech qisi yo'q
-sen rozimisan?
-yo'q rozimasman ln onam ko'nmayapti men o'qishni istayman
-buni bilaman seni anchadan beri kuzataman.
-.....
-mayli men noroziman deyman senga gap tegmasin. Agar hayotimiz qo'shilgan bo'lsa birga bo'lamiz deb gapini tugatdi. Asror aka. Men indamadim. O'sha katta janjaldan so'ng Nazo bn gaplashmasdi aniqrog'i onalarimiz xoxlamasdi. Nazo kelib kechirim xam so'rab ketdi onamdan. bir birimizdan xafamasdik. Chunki eng qiyin kunlarimiz shirin xotiralar yoshlik chog'imiz birga o'tgandi. Nazoni to'yi bo'ldi. U juda chiroyli kelin bo'ldi. Chin dildan baxt tiladim. Meni orzu va xayajonli kun keldi.
Imtixondan bir kun oldin katta janjal bo'ldi. Onam imtixonga ruxsat bermadilar. Dadam esa
- qizim men duo qilaman o'qishga kir omadingni bersin. Mayli o'qib diplom olganingdan keyin menga bir so'm topma mayli . Lekin hayotda senga beradigan sovg'am shu bo'ladi diploming. Onasi qandaqa ayolsan 3 yil qo'shimcha darsga qatnabdi ortiqcha pul berdingmi? O'qishga kirishiga imkoniyat yaratingmi?. Endi to'sqinlik qilma
onam esa:
-agar o'qishga shartnoma asosida kirsang o'qitmayman bilib qo'y. Kn xoxlagan yigitga beraman senga imkoniyat beraman Budjetga kirsang kn o'qiysan. Oq fotixani olib O'sha kun toshga ketdik.(davomi bor)
 
NosirСана: Якшанба, 03-Фев-2013, 20:21 | Изох # 684
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 492
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 261
Холати: Хозир йўқ
Бобосининг руҳи билан дўстлашган бола фалокатларни олдиндан айтиб берди
Бу воқеа бир неча йил аввал содир бўлган. Эшитганларнинг кўпчилиги бундай бўлиши мумкинлигига ишонмайди. Аммо, ушбу воқеани гапириб берган инсон бирор марта ёлғон гапирмаган.
Иқболнинг онаси унга ҳомиладорлик вақтида бир қанча хасталикларни бошидан кечирган. Аммо шундай бўлса-да, олти йил кутган фарзандини бағрига босишни, жигарбандининг соғлом туғилишини орзу қиларди. Чақалоқ туғилиб шифокорлар унинг саломат эканини айтишганида, онаси ичига сиғмай кетган. Аммо орадан кўп ўтмай, Иқболнинг руҳий хаста экани маълум бўлди. Баъзида у бошқа болалар каби ҳамма билан ўтириб овқатланар, телевизор кўрар, баъзида эса уни хонасидан ташқарига олиб чиқиш катта куч ва машаққатни талаб этарди. Шундай вақтларда у кунлаб хонасидан чиқмасди. Эшиги олдидан ўтган киши эса унинг ким биландир сўзлашаётганини эшитарди.

Онаси Иқболдан кейин яна иккита фарзандни дунёга келтирди, шукрки улар соғлом. Гарчи Иқбол тенгқурлари каби ўқиш, ёзишни ўргана олмаётган эса-да, улар эга бўлмаган ва маълум одамларгагина аён бўлган хусусиятлари бор эди. Отаси бошқа шаҳарларга бориб у ердан юк олиб келиб савдо қиларди, она эса ноилож, Иқболга бирор кор хол бўлишидан қўрқиб ишлай олмасди.

Кунларнинг бирида Иқболнинг отаси яна узоқ сафарга кетадиган бўлиб қолди. Ўғлининг ёнига келаркан, пешонасидан ўпиб, унга ажойиб нарсалар олиб келишини айтди. Ота ортига ўгирилган ҳам эдики, Иқбол унинг қўлидан ушлади...
— Кетманг...
— Бормасам бўлмайди ўғлим, мана кўрасан тез келаман.
— Борманг дедим, дада!
— Нега?
— Ана эшик олдидаги одам бормасин деяпти...

Ота ялт этиб эшик томонга қаради, аммо у ерда ҳеч кимни кўрмади. У Иқболнинг сўзларидан қўрқиб кетди. Аммо барибир йўлидан қайтмади. Орадан бир кун ўтиб телефон орқали отасининг автоҳалокатга учрагани ҳақида хабар келди. Бир неча ойлик даволаш муолажаларидан кейин отаси оёққа турди. Аммо ўтган ҳар бир кунда ўғлининг ўшанда айтган сўзларини ўйлади. У буни қаердан билди экан?
— Ўғлим, мендан хафамисан?
— Нима учун?
— Ўшанда кетганим учун...
— Кетманг, деганди-ку сизга...
— Ким?
— Анави киши..
— Қайси?
— Ана орқангизда турибди....

Ота қўрққанидан ортига қарагунча қора терга ботиб кетди. Бироқ бу гал ҳам ҳеч кимни кўрмади... Кейинчалик ҳам Иқбол бирор нарсадан огоҳлантириб айтган, аммо эътиборга олинмаган баъзи нохуш воқеалар бўлиб ўтди...
Иқболнинг туғилган куни эди. Бобоси, бувиси, қариндошлар уни табриклаш учун келишди. Ҳамма дастурхон атрофида. Иқбол жим ўтирарди. Гоҳ-гоҳ эшик томонга қараб ўз-ўзидан куларди, худди ўша ерда кимдир турибди-ю, уни ҳамма табриклаётганидан уялаётгандек... Стол атрофидагилар унинг кимга жилмаяётганидан ҳайратланишар, ҳамма бир-бирига қараб, елка қисарди.
— Иқбол, ўғлим бу ёққа кел. Дўстларингни таклиф қилмадингми, туғилган кунингга?
— Дўстим шу ерда!
— Қани?
— Ана эшикнинг олдида турибди...

Бобоси бу саволни ноўрин бериб қўйгандек ҳис қилди ўзини, кейин эса стол тагида турган темир қутичани тиззасига олди, ичидаги бир неча ўн йиллик суратларни олиб, Иқболга кўрсата бошлади. Уй аъзолари уларнинг тепасига йиғилди.
— Мана бу бобомнинг суратлари, бир кун келиб сизлар ҳам мени шундай, суратлар орқали эслаб юрасизлар... Манави бобомнинг 6 та фарзанди, бу менинг отам....

Шу вақт Иқбол бобоси кўрсатган суратларнинг бирини қўлига олди.
— Мана, менинг дўстим! У эшик томонга, йўқликка қараб "Қаранг, сизни суратингиз”, деб бақирди.

Бир зум хонага сукунат чўмди.
— Сенинг дўстинг шу суратда борми, — сўради отаси.
— Ҳа, мана у!
— Бу бобомнинг сурати-ку, — деди отаси.
— Мени автоҳалокатга учрашимни ҳам шу дўстинг айтганмиди?
— Ҳа, сизлар менга ишонмагандингиз. Менга ўзи қачон ишонгансиз? Вақти келса мен билан гаплашгиларинг ҳам келмайди, фақат шу киши гаплашади, тушунади, маслаҳат беради.

Очиғини айтганда, ота-онасининг хаёлидан ўғлимизнинг ақли ростдан ҳам заифми ёки унинг қандайдир қобилияти борми деган савол ўтарди... Шу воқеадан сўнг, улар ўғиларинининг ақли заиф эмас, аксинча, номаълум хусусиятга эга эканини тушуниб етишди.


Samimiyat va xush kayfiyat...
 
Dinora_Golden_GirlСана: Якшанба, 03-Фев-2013, 20:36 | Изох # 685
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Sardor aka Rahmat! Ushbu ibratli voqea orqali özimga judayam kerakli ibrat oldim. Rostdan ham ibrat böladigan voqea ekan! Rahmat ijodizga omad!

Fikrim satrimda oshkor!)
 
Mohinur_UСана: Душанба, 04-Фев-2013, 00:32 | Изох # 686
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
Akam bn toshga keldik. Ertasi kun imtihonga kirdim. Tayyorlanganim zoya ketmabdi o'zimga ishonib belgillab chiqdim. Javoblar chiqadigan kuni kutdim va nihoyat chiqdi. Xayajondaman dadam bilan bordim. Xudoga shukur o'qishga kiribman endi o'qiyman. Dadam Opalarim akam xatto onam xam xursand bo'ldi. Onam xam yoniga chaqirdilar.
-qizim mayli o'qi ruxsat lekin yuzimizni yerga qaratma.
-Xo'p dedim. orzuimga erishdim endi orzuim o'zgardi. Yani o'qishimni to'xtatmagan xolda koreaga 6 oyga borish un xarakat qildim. Buning un korea tilini o'rganishim kerak edi. Uydan ko'p olishga xarakat qilmasdim kichik bolarga ingliz tilidan dars berardim. O'qishlarimni xam tashamasdim korea tilini xam o'rgandim. Xa mana qiyinchilik bo'lsa xam erishdim faqat o'qish edi xayotimda yoqtirganim yo'q meni yoqtirganlar bor ln xech kimga ishonmasdim. Hammasi yaxshi edi. Lekin Meni yagona akam avto halokatda xalok bo'ldilar. Dadam uchun onam un xammamiz uchun zarba endi. Dadam kasal edilar topgani xech narasa bo'lmasdi onam esa ishlamasdilar.kunlar o'taverdi 2 kursga yetganimda qo'shimcha til sifatida koreani tanladim. Harakat qilib koreaga ketish yutug'ini qo'lga kiritdim. Lekin uydagilarni ko'ndirishim kerak. Dadam va onam unchalik qarshilik qilmadilar. Lekin bilet olish muomo edi . Dadam amakilarimdan qarz oldilar bilet pul tayyor. Onamdan Nazoni so'rab turardim. Onam yaxshi derdilar. Koreaga ketish oldidan uyga bordim Onam Nazo uyiga kelgani uyiga borishimni aytdilar bordim. Borsam oldingi dugonam Nazodan asar ham yo'q faqat stol atrofida bir nuqtaga tikilib turgan ozib ketgan Dugonam Nazoni ko'rdim. Onasi o'tir qizim dedilar.
- Nazokat qizim Qara dugonang keldi
-....
-Nazokat choy ich deb qo'liga piyola tutqazdi qo'li bilinar bilinmas qaltirardi. Xayron qoldim yig'lavordim.
-Maftun men axmoq qizimni baxtsiz qildim. Amasi bo'lsa xam qizimga kun bermabdi. Erini xam ko'ngli yo'q ekan Ln ichiga yutibdi. Oxir oqibat shu axvolga tushibdi. Sen o'qiding omadingni bersin koreaga ketayapsan qizim bo'lmasang xam faxrlandim sen bilan dedilar. Birozdan keyin uyga qaytdim onam:
-qizim kechir sen bilan juda faxrlanaman. Seni tushunmagan ekanman dedilar....
Koreaga ketdim u yerda o'qib xam ishlardim. Olgan qarzni qaytardim. Uyga xam pul jo'natdim xa orzuimga erishdim. Koreaga kelganimda kofta kastumcha sochim yig'ilgan shim krasofka.... Kiyinish uslubim shundaqa edi Xa u meni orzuim edi yoshlikdagi orzuim dugonam yo'qda yonimda chunki mendan ko'ra ko'proq Koreaga kelishni u orzu qilgandi.
Vaqt o'tgandan so'ng koreadan qaytdim. Ancha uydagilarga yordamim xam tekgandi. Uydagilarga olgan sovg'amni tarqatdim. Men yuborga pulimdan uydagilarim moliyaviy ahvoli yaxshilanibdi ukam xam katta bo'lgan. Endi oilani men xam boqardim. O'qirdim xam ishlardim. Oilaga pul jo'natrdim. Men o'qishni bitirib xarakat qildim oilamni ahvoli uchun. ukam xam tirishqoq. U xam toshga budjed asosida o'qishga kirdi. O'qishga bitirganimdan so'ng Onam so'radilar
- qizim sovchilar kelayapti
yoqtirganing bormi
-yo'q onajon yoqtirganim yo'q siz dadam nima desayiz shu. Onam:
-qizim Asror deganidan yana sovchilar kelayapti. Men esladim
-mayli onajon nima desayiz shu.... Meni unashtirildim Xa men juda baxtli edim chunki Asror aka meni o'qishim un xarakat qilgandilar yani kolejda o'qib yurgan vaqtimda sovchilar kelsa menga qaytib o'sha sovchi kelmasdi buni keyinchalik bildim. Asror aka qaytarar ekanlar. meni tushunardilar qarorimni xurmat qilardilar.... Xa men qiz bola bo'lsa xam oilaga yordami tegishini isbotladim. Qiz bola xam orzu qilishga xaqi borligini isbotladim. O'ylarsiz xozir mustaqil xoxlagan odam o'qishi mumkun deb. Yo'q juda ko'p qizlarni ota onasi 17-18 yoshdan turmushga beradilar. Axir ularni xam yoshligi qaytmaydiku qariganida orqasiga qaraganda oltin davri bo'lsa eslaydi qancha shirin xotiraku? Tugadi.
 
NosirСана: Душанба, 04-Фев-2013, 15:59 | Изох # 687
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 492
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 261
Холати: Хозир йўқ
ЕТТИ БОЛАЛИ ОНА САБОҒИ

Назаримда, аёл киши кўпроқ ҳаётда ҳийла ишлатади, айёрлик қилади, роль ўйнайди. Гоҳ оиласи тинчлиги, баъзан яқинлари хотиржамлиги, айрим пайтлар эса фарзандлари келажаги учун бунга мажбур бўлади. Буни ўзимнинг ҳаётимда жуда кўп кузатганман. Балки мен жуда ҳийлагардирман. Яна ким билсин…

Иқрор бўлайки, ҳеч қачон ёмонлик учун айёрлик қилмаганман. Энг кўп макрларимни фарзандларимга қўллаган бўлсам керак. Чунки эндигина ўттиз иккига кирган бўлсам-да, еттита фарзанднинг онасиман. Тўнғич қизимни ўн тўққиз ёшда туғганман. Шу билан кетма-кет тўртта қизчани дунёга келтирдим. Бешинчимиз ўғил бўлди. Ўзбекмиз-да, ўғлимиз битта бўлмасин деб яна фарзанд кўришга аҳд қилдим. Буни қаранг, эгизак — бир ўғил, бир қиз кўрсам?! Шу билан йигирма тўққиз ёшимда етти фарзандга она бўлдим. Ҳозир кенжаларим ҳам учга кирди. Очиғини айтсам, «ўнта бўлса ўрни бўлак, қирқта бўлса қилиғи», деб бекорга айтишмаган экан. Етти фарзандим етти хил олам. Етти олам билан келишишнинг эса ўзи бўлмайди. Ҳатто, ҳали ҳеч нарсани тушунмайди, деган кенжатойларим ҳам қошиқни отиб, «буни емайман», деб қолади. Катталарини гапирмасам ҳам бўлади. Бир қарасанг, кийим талашади, бир қарасанг, айтганимни қилмай куйдиради. Катта қизларим менга ёрдам беришдан бош тортса, кичиклари ҳамма нарсага бурнини суқади.



— Менам кир юваман, — дейди уч яшар қизим. Кейин ёймоқчи бўлиб турган ювилган кийимларни судрашга тушади.

— Менга ҳам кетмонча беринг, мен ҳам гулларнинг тагини чопаман, — дейди беш яшар ўғлим. Ярим соатдан кейин қарасанг, гуллар ҳам тупроққа қўшиб чопилиб ётибди.

Катталарига эса бирор нима десанг, бурнини жийириб «э-э-э», дейди.

— Боланинг ўзи азиз, қилиғи эмас! Кўнглига қараб, эркалатавермай, тарбиясига қаттиққўлроқ бўл. Қизларинг катта бўлиб қолди. Рўзғорга ўргат, — деди меҳмонга келган ойим. Ўзим ҳам шу ҳақда ўйлаб юргандим.
(davomi bor)

Добавлено (04-Фев-2013, 00:53)
---------------------------------------------
Биринчи макр

— Гулрухсор, тур, сен идиш-товоқларни юв. Нигина дастурхонни йиғиштир. Насиба, сен чойнак-пиёлани олиб чиқ.

— Уф-ф, — қовоқларини осади катта қизим. — Фақат мен юваман! Ана, Нигина ювсин!

— Мен бекор ўтирибманми? — бақиради синглиси унга жавобан.

Хуллас, ҳар куни «сан солар-ман солар» билан идишлар ювилади. Гоҳида бақириб-бақириб ўзим юваман.

— Бугун мен овқат еганим йўқ. Егим келмади. Шунинг учун идишларни ҳам ювмайман! — деди бир куни катта қизим.



— Ҳозир ошхонага рўйхат қилиб осиб қўяман. Ким қачон ювишини билиб олади.Жаҳлим чиқиб кетди:

Рўйхатни осганим заҳоти иккинчи қизим Нигина эътироз билдирди:

— Нега мен тўрт кун, опам уч кун юваркан?

— Қанақасига? — тушунмадим ўзим ҳам.

— Душанба — Нигина, сешанба — Гулрухсор, чоршанба — Нигина, пайшанба — Гулрухсор, жума — Нигина, шанба — Гулрухсор, якшанбага яна мени ёзгансиз.

Очиғи, нима дейишни билмай қолдим. «Боладан шум нарса йўқ», деб онам бекорга айтмаскан. Энди нима қилсам экан? Якшанба ўзим юва қоламан, деб ўйладим. Аммо уларни ҳозирдан рўзғор юмушларига ўргатишим керак. Бирдан миям ишлаб кетди:

— Якшанба куни икковлашиб ювасизлар. Ҳамма идишларни «порошок»лаб, топ-тоза қилиб… Рўйхатни ўзгартирамиз, «Якшанба куни — Нигина + Гулрухсор!»

— Насиба билан Гўзал-чи? Улар ҳеч нарса қилмайдими? Уйни ҳам биз йиғиштирамиз. Улар тузатишни билади, холос, — ҳалиям Нигинанинг алами кетмаган экан.

— Уларнинг бири ҳовли супуради, бошқаси дастурхонни йиғиштиради!

— Мен нима қиламан? — беш ёшли катта ўғлим қўшилди. Рости, тутаб кетдим. Бирининг овозини ўчирсанг, бошқаси ўзини қўшиб туради. Бир пайтлар кичиклигимизда онам «ростмана қўлингдан иш келса, қочасан», дерди. Тўғри экан. Катталарим қочади, кичикларим ўзини суқади.

— Сенга ўғил боланинг ишини қаердан топаман? Айтганча, сен ҳар куни оёқ кийимларни тахлайсан! — ўзимнинг гапимдан ўзимнинг кулгим қистаб кетди.

Аммо бола барибир бола-да. Улар ҳеч бир юмушни иштиёқ билан қилмасди. Чала-чулпа қилинган ишдан эса менинг кўнглим тўлмайди. Шунинг учун айёрлик қилдим:

— Ҳар куни ҳамманинг қилган ишини текшираман. Ким ўз ишини чин дилдан, топ-тоза қилиб қилса, совға олади.

Совға бериш ҳийлам роса иш берди. Юмушни яхши бажарган қизимга соч тўғноғичми, ширинликми бераман. Улар ҳам, мен ҳам хурсанд. Аммо бунинг нималигини тушунмаган эгизакларим «менгаям» деб йиғлайди.

— Мен туфлиларни зўр тахлаяпман. Машина олиб беринг, — дейди ўғлим ҳам.

Шунинг учун аввал ҳар ҳафта ғолибни аниқлаган бўлсам, энди буни бир ойга кўчирдим.

(davomi bor))))

Добавлено (04-Фев-2013, 14:59)
---------------------------------------------
Иккинчи макр

Уйда энг кўп жанжал кийим устида бўлади:

— Менга ҳам янги кийим олиб беринг. Энди опамникини киймайман! — доим норозилик билдиради иккинчи қизим.

— Ким кияди, унда опангнинг кийимларини?

— Ана, Насиба кийсин, Гўзал кийсин…

— Уларга ҳозирча катта келади. Сендан кейин кияди улар ҳам. Ҳамма шундай қилади. Сингиллар опаларнинг, укалар акаларнинг кийимларини кийиб катта бўлади.

Баъзан Насиба ҳам йиғлаб қолади:

— Мен умримда янги кийим киймаганман…

Айниқса, мактаб бошланганида ҳолимга маймунлар йиғлайди. Тўрт қизим ҳам янги кийим олиб беришимни талаб қилади. Худога шукр, топишимиз яхши. Аммо улар биз олиб келганга рози бўлса экан. Ўзларини бозорга олиб чиқиб, кўрсатиб харид қилиш керак. Ҳар битта кийим учун икки соат айланади. Энди ўйланг, тўртта қиз учун қанча вақт керак? Нақд тўрт якшанбамни еди улар. Энг асабим бузилгани, ҳавас билан ўғлимга янги кийим олиб келсам киймайман, дейди. Одати шу — янги кийим киймайди.

— Қара, қанақа чиройли, кийсанг-чи? — дедим алдашга уриниб.

— Э-э-э, — бурнини жийирди у.

Шу пайт учинчи қизим бидирлади:

— Бизга олиб бергингиз келмайди. Бу эса киймайди. Шунинг ўрнига менга олиб бермайсизми?

— Ўзингга ҳеч нарса ёқмади-ку! Уф-ф-ф, бошимни оғритиб ташладиларинг! — дедим-у, айёрлигим тутди. — Биринг у дейсан, биринг бу дейсан! Қай бирингга бўлай, а? Мана, «давление» касалга йўлиқдим. Чиқди «давление»м. Вой-вой…

Шундай дея каравотга бориб ётдим. Бошимни ушлаб, кўзларимни юмдим.

— Дори олиб келайми? — биринчи бўлиб катта қизим хавотирга тушди.

Кейин бошқалари жонланди:

— Ойи, сизга дори ичишни ўргатайми? — югуриб келди ўғлим. — Кўзингизни юмиб, оғзингизни очинг. Биз дорини оғзингизга секин қўямиз. Кўзингизни қаттиқ юмсангиз, дорининг аччиқлигини билмайсиз.

— Менгаям дори, — кичкинтой Зуҳра югуриб келди. Эгизакларим анчадан буён витамин ичгани учун дориларнинг ҳаммаси ширин ва хушбўй деб ўйлайди. — Менам ичай…

— Менам, — унга жўр бўлди Ҳасан.

— Ойи, сизнинг «давление»нгиз чиқмаган. Шунчаки бошингиз оғриган. Бувим «давление»си чиққанини ўзи билмай қолади. «Айтдим-а, бошим ғувиллагандай бўлди», дейди доим, — бувисининг ёнида кўп бўладиган Нигина билағонлик қилди.

— Ойи, мен пиёз олиб келаман. Ютмай чайнасангиз, бошингиз оғримай қолади. Йиғлагингиз келса ҳам чайнаб тураверинг, — яқинда Гўзал касал бўлганида пиёз чайнатгандим. — Эсига тушди чоғи, ошхонага югуриб кетди. Сал ўтмай, арчилган, ювилган пиёз билан бошимда пайдо бўлди: — Мана, ойи, чайнанг!

— Сизларни деб касал ҳам бўлолмайман! — кулворишдан ўзимни зўрға тийдим. Ростдан буларга айёрлик қилиб ҳам бўлмайди. Ўзинг қилганингни сенга қайтаради.

(davomi bor))))


Samimiyat va xush kayfiyat...
 
JoN_JiGaRСана: Душанба, 04-Фев-2013, 21:03 | Изох # 688
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 5
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
bu bulimda uzimiz xikoylar yozamiz deyilgan lekin  makr xaqidegilari boshqa saytlarda va gazetalada chiqqan

inson bolasini qulog'ini tuproqqa tulishi azonni eshita turib unga ijobat qilmaslikdan yaxshirog'dur
 
NosirСана: Душанба, 04-Фев-2013, 21:22 | Изох # 689
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 492
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 261
Холати: Хозир йўқ
to JoN_JiGaR, unday bo'lsa uzr, mayli davomini yozmayman, man birinchi komentdagi Giyosni - Hohlagan turdagi hikoyalarni yozamiz! degan gapini noto'g'ri tushunibman, uzr.

Samimiyat va xush kayfiyat...
 
GiyosСана: Душанба, 04-Фев-2013, 21:43 | Изох # 690
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Nosir aka, siz buni Qiziqarli hikoyalar mavzusida yoziwiz mumkin.

Sog' salomatlik...
 
LoadingСана: Сешанба, 05-Фев-2013, 00:49 | Изох # 691
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
P.S O'qib bo'lib fikr qoldiraman.

Faqat 3 ta shart!
 
Dinora_Golden_GirlСана: Чоршанба, 06-Фев-2013, 13:31 | Изох # 692
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Afsuski, Renatni sevib qolgan ekanman... Ösha kundan boshlab daydi hayollarim u tomon talpinaverardi. Oradan bir hafta ötib uydagilar Olimjon akaga rozilik berishdi va men unashtirildim. Ichimni azob kemirardi, Renat bilan universitetda ham uchrashmay qöydim. Oxirgi uchrashuvimizda Renatga: seni sevmayman, Olimjon aka meni birinchi muhabbatim, umrim oxirigacha uni sevaman dedim. U esa: "Umi, birinchi marta dadam vafot etganlarida, ikkinchi marta qiynalib öqishga kirgan yilim, uchinchi marta esa onamga özbek qizini sevib qoldim deganimda qarshi bölganida yig'laganman. Hayot beshafqat deymizu aslida, insonlar beshafqat! Onamni köndirdim amallab, chunki onam meni qiynalishimni istamaydi. Seni birinchi marta körganimda özbek guruhda öqirding, chiroyli, odobli, aqlli qiz eding. Öshanda seni qaniydi ösha qiz mening taqdirim bölsa deb orzu qilardim. Sen boy xonadon qizi eding, meni topganim esa onam va meni öqishimga zörg'a yetadi xolos. Sen men uchun qöl yetmas yulduz eding! Harakat ham qilmadim öshanda intilishga, keyin qizlardan sevgi xatlari kela boshladi. Uchrashuvlar bugun u qiz, ertaga, indin boshqa. Keyin sen özgarding, kiyinishing, özingni tutishing hammasi. Sen men uchun oddiy qizlardan farqing qolmagandi, gapirib kördim bittada ijobiy javob oldim. Sen bilan dildan suhbatlashib borib, özgargan bölsang ham aslida ösha-ösha iboli qizligingni angladim. Seni qattiq sevib qoldim. Olimjonga ham aytgandim, lekin u baribir meniki böladi dedi. Demak, u mendan köra köproq seni Xudodan söragan ekan. Umida baxtli böl shunda men ham baxtli bölaman" dedi Renat. Shuncha gapini eshitdim buyog'iga toqat qilolmasdim, baxtli böling dedimu ketdim.
Olimjon aka bilan töyimizga bir hafta qoldi. Bugun ZAGSdan ötishimiz kerak ekan. Ertalab universitetimizga bordim kerakli hujjatlarimga. Qabulxonada navbat kutib tursam kutilmaganda Nigora kelib qoldi, hayratdan Nigora sizmisiz? - deb yuboribman.
- Voy Umida bormisiz, yaxshimisiz? (u meni quchoqlab oldi, u bilan xuddi eski qadrdonlardek sörashdik, aslida u dugonam edi undan hechnima yashirmasdim, lekin u Olimjon akani sevishini mendan yashirgan edi, shuning uchun oramizni özim buzib yuborgan edim) Undan chet elga ketmadingizmi deb söradim. U esa yig'lab yubordi va boshidan ötganlarini gapirib berdi: "ösha yili Olimjon akani oyisi kelib meni kelin qilishini aytdi tez orada unashtirildik. Men bundan baxtiyor edim, sen meni qiziqtirmasding, eng muhimi Olimjon akaga turmushga chiqayotganim edi. Sen boy oila farzandi eding, oying olib ketardi mashinada, men esa oddiy viloyat qizi edim. Olimjon aka ham özimizning viloyatdan ediyu, lekin nihoyatda boy oiladan edi. Meni ham boylik közimni kör qilgan edi, Ota-onam ham quvonishdi lekin quvonchim uzoqqa chözilmadi. Töyga bir hafta qolganda Onasi kelib meni mahallamiz oldida sharmanda qildi, buzuqlikda aybladi. Nima emish men universitetda bir domlaga jazman bölgan ekanman (yig'lab yubordi). Töyni bekor qilishdi, ota-onam bu isnodga chidolmay meni quvib yuborishdi. Keyin 6 oyga Londonga grant yutib ketdim, biletga pulni esa birovning uyida xizmatkorlik qilib topdim. Zebo ham menga yordam berib turdi. Yaqinda yana ketaman. Seni Zebodan eshitdim Olimjon akaga turmushga chiqayotgan ekansan. Dugonajon baxtli böl doim yoningga boraman deb borolmasdim, yoningda aybdorman, kechirolsang meni kechir!" deb yig'ladi. Shu payt kotiba meni kirishimni aytib qoldi. Nigoraga hozir chiqaman dedimu, tezda chiqdim lekin Nigora ketib qolibdi. Oyijonim keldi va meni uyga olib ketdi. Yöl böyi Nigora haqida öyladim. Birpas oldin Nigora bilan bölgan suhbatdan söng, nima qilishga, qanday yöl tutishni bilmay qolgandim...


Fikrim satrimda oshkor!)
 
MirzoxidСана: Чоршанба, 06-Фев-2013, 21:10 | Изох # 693
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
Voqeala yana rivojlanyapdi wekili davomini kutamiz surprised

...

Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Mirzoxid - Чоршанба, 06-Фев-2013, 22:05
 
FC_PAXTAKORСана: Чоршанба, 06-Фев-2013, 21:13 | Изох # 694
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
Davomi

Omad
 
oybekСана: Пайшанба, 07-Фев-2013, 16:02 | Изох # 695
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
Mohinur xikoyangiz ajoyib raxmat.....
Nosir nima bo'ganda xam davomini yozing.....
Madina kutyapman davomini.....


 
NosirСана: Пайшанба, 07-Фев-2013, 16:20 | Изох # 696
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 492
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 261
Холати: Хозир йўқ
Учинчи макр

«Қуш уясида кўрганини қилади», дегани рост экан. Кўрганингиздек, улар нима қилган бўлсам ўзимга қайтарди. Шунинг учун ҳамма ишда эҳтиёткорлик билан ҳаракат қилишга уриндим. Очиғи, болаларим учун ўзимни ўзим қайта тарбияладим.

— Эртага ишга вақтлироқ кетаман, нонуштани эртароқ тайёрла, — дейди турмуш ўртоғим.

— Хўп бўлади, — дейман баланд овозда.

— Ойи, Ҳасан машинамни бермаяпти, — йиғламоқчи бўлади катта ўғлим.

— Кел, унга ширин гапириб оламиз, — уни Ҳасан томон етаклайман. — Ҳасан, асалим ўзимнинг. Кел, шу машинани аканг ҳам ўйнасин. Ёки бирга ўйнайсизлар, хўп.

Табиийки, Ҳасан «эрийди».

— Ойи, опам сочимни ўрмаяпти. Ким ўради сочимни? — Насиба инжиқлик қилади.

— Ўзимнинг ширин қизим. Катта опанг ўрмаган бўлса, кичигига айт. Опажониси, дарров синглисининг сочини ўриб қўяди. Кейин ҳаммаси чиройли бўлиб мактабга кетади. Бор, шириним…

— Ойи, бугун боғчадан ўзингиз укамларни олинг. Менинг машғулотим бор, — катта қизим илтимос қилади.

Мен эса жилмайиб дейман:

— Ҳўп бўлади, асал қизим.

— Ойи, сиз кундан кун ширин гапиряпсиз, — ҳар доимгидек сергак Нигина дейди.

— Энди ҳаммамиз шунақа бўламиз. Бир-биримизга ширин гапирамиз, гапимизни икки қилмаймиз, — унинг пешанасидан ўпаман.

Ишонасизми, икки ҳафта ўтиб, уйимизда талашиш, бақир-чақир ўрнини ширин муомала эгаллади. Қизларимнинг «э-э-э», деган эътирози «хўп бўлади»га айланди.

Хуллас, болаларимнинг ўзидан сабоқ олиб, ўзларига бердим. Дунёда боладан азиз, ундан ширин неъмат йўқ. Унинг яна-да ширин бўлиши тарбиясига боғлиқ. Гўзал тарбияни биз — катталар берамиз. Ўзимиз орқали. Шундай экан, аввало ўзингизга эътиборли бўлинг!

TAMOM


Samimiyat va xush kayfiyat...
 
MirzoxidСана: Сешанба, 12-Фев-2013, 19:13 | Изох # 697
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
exe anchaku ko'chirvolib o'qib chiqaman yozadiglaxam borekane fikrimni keyin qoldiraman

...
 
BumBumCHaСана: Сешанба, 12-Фев-2013, 19:42 | Изох # 698
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 58
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 76
Холати: Хозир йўқ
Тoxirning o’sha aytgan gaplaridan etim jimirlab ketgan edi. Manda xam shunaka bo’lsa-ya? Хudo saklasin. Man Тoxirga o’xshab jaaa ko’p kiz bilan yurmaganmanku axir, yana kim biladi... Хayolimni telefonim buzib yubordi. Bu Тoxir edi. Kimni eslasang kulogi ko’rinadi? A, labbay? U Abdullani palataga ko’chirishganini va uni gapira boshlaganini, bundan boshka yana ikkita zo’r yangilik borligini aytdi.
— Imkoniyat topsang yetib kel, yigitlar xammasi shu yerda.
— Onamni tashlab ketolmasam kerak, xozir xolam kelmokchiydilar. Balki ular karab turarlar vaktincha. Хaaaya, kolgan ikkita yangiliging nimaydi, aytsangchi?
— Bu syurpriz, manimcha yaxshi syurpriz... Тezrok kel gaplashamiz, bitta “ok choy” sandan. Uff! Sekinrok gapirsam bo’larkan, xozir Abdulla eshitib kolsa, boshlaydi chukur- chukur nafas olib da’vatini... Тoxirni bu xarakterini go’rda xam tuzatish kiyin bo’lsa kerak, ogaynisi salkam narigi dunyodan kaytib keldiyu, bu bo’lsa “chukur-chukur nafas olib da’vatini boshlaydi”mish, odam bo’lmaysan san!! Chamasi yigirma dakikalardan keyin xolamlar kelib koldilar. Ular bilan ko’rishib bo’lib onamga yuzlandim: -Abdullaning axvoli yaxshilashibdi onajon. Palataga ko’chirishganmish. Bolalar chakirishyapti, nima deysiz? -Mayli borib kelakol bolam. Хolang o’tirib turadi ungacha... -Yaxshimisiz ishkilib. Bu axvolda tashlab ketolmasam kerak.. -Yaxshiman bolam, Allox rozi bo’lsin. O’zingga o’xshagan mexribon farzandlar bersin. Borakol, ogaynilaring kutib kolishgandur. Mani esa xolang bilan maslaxatlashadigan ishim bor.. -Man xam bilsam bo’ladimi?.. -Uyat budet!- xolam aralashdilar, - borakol dedilarku, man karab turaman. Mashinani kizdiray desam vakt ketadi, undan ko’ra taksida ketaman dedimda katta ko’chaga chikdim. Mashinada ketayotib onamlarning “Allox rozi bo’lsin bolam. O’zingga o’xshagan mexribon farzandlar bersin” deganlarini eslab kuldim. Anchadan beri bunaka duo olmagandim onamdan, yoki aytgan bo’lsalar xam e’tibor bermaganmanmi?.. Shu payt ko’zim yonimizda ketayotgan
marshrutka ichidagi bir kizga tushib koldi. Хijob o’ragan, farishtadek chiroyli kiz ekan. Farishta kanaka bo’lishini kaydan bilakoldima.. U xam manga karab ketardi. Тaksi to oldinga chikib ketar, to orkada kolib ketardi. Lekin xar gal marshrutka bilan tenglashganimizda, ko’zim yana o’sha kizga tushardi. Jilmaydim, u xam jilmaydi. Nimagadir unga karaganimda
xayolimdan fakatgina yaxshi, samimiy bo’lgan fikrlar o’tardi. Boshka modnitsa kizlarga karaganimda fikru- xayol xam...

Добавлено (12-Фев-2013, 18:29)
---------------------------------------------
Stop! Хolajonim aytganidek “Uyat budet!”. Nimagadir shu xijobli kizni ko’rganimda miyamga bir narsa urib koldi: “Kaniydi mani xotinim xam xijob o’ragan go’zal bir kiz bo’lsa..”. Хayolim o’zimga galati tuyulib ketdi. Man yurgan kizlar xayotda ro’mol o’ramasa keragov, kishdayam pricheskam buzilib ketmasin deb sochini yoyib yurishadiya... Marshrutka svetoforda yana tenglashdi. Shu payt xaligi kizning ro’moli chetidan bir tutam sochi ko’rinib kolganini sezib koldim. Abdulla aytib bergandi, Paygambarimizning kaysidur ayollarining (ismini eslolmayman) bir tola sochlari ko’rinib kolganida Jabroil ularning uylariga kirmagan ekanlar deb. Man xam akllilik kilib xaligi kizga karab kulimda xuddi sochimni ro’mol ostiga berkitgandek ishora kildim. Хijobli kiz darrov yuzini paypasladi, sochini tezda ro’moli ostiga berkitib, kizarib ketdi va boshka man tarafga karamadi. Uyaltirvordim shekilli, mandan xam tuppa-tuzuk da’vatchi chikarkana deb o’zimni maktab xam ko’ydim. Abdullani oldiga kirib kelganimda u uxlab kolgan ekan. Axvolini ko’rib yuragim ezilib ketdi. Тoxir esa darrov suyunchi berasanmi deb turib oldi..
— Avval ayt, nima gap?
— Anovi ablaxlarni bittasi ko’lga tushibdi!

Добавлено (12-Фев-2013, 18:37)
---------------------------------------------
— Yuge! Rostdanmi? Хudoga shukur! Kanaka kilib topishibdi?
— Anonim ko’ngirok bo’lganmush militsiyaga. Хozir kolganlarini xam kidirishayapti. Uje ismlarini xam bilisharkan.
— Nechchi kishi ekan?
— Тo’rtta. Ablaxlar to’rtga bir chikishibdi..
— Ikkinchi syurprizing nima ?
— Manavi gullarni ko’ryapsanmi?
— Хa, nima kilibdi ularga?
— Bugun ertalab bitta kiz xamshiradan berib yuborgan ekan!
— Yuge! Kim ekan u?
— O’zing kim deb o’ylaysan. Anonim ko’ngirok! Anonim gullar!
— Naxotki Malika?!.

Добавлено (12-Фев-2013, 18:41)
---------------------------------------------
Shu kunlarshdan keyin deyarli kechki soat 11 largacha barcha ulfatlar Yunusobodda bo’ldik. Birinchi maksadimiz kizlarni topish, Malikaga nima bo’lganini aniklash bo’lsa, ikkinchisi uning yordamida Abdullani bu axvolga solgan ablaxlarni xam topish edi. Тoxir aytgan ko’cha atrofidagi ko’p kavatli uylardan Guli va Malikalarni surishtirishni boshlagandik. Baxonani karang, xech
kim noto’gri xayolga bormasin deb surishtirayotgan odamning karindoshlari bu kizlardan birinikiga sovchilikka kelganu, keyin karindoshlari uni kiz xakida ma’lumot to’plab kelish uchun yuborishgan. Ammo lekin Yunusobodda kim ko’p ekan, Guli va Malikalar ko’p ekan. Bundan yigirma yil oldin xamma ota- onalar kizlariga shu ismlarni tanlaganmi, nima balo? Malikaku mayli, eshitgan odam yo bilaman, yo bilmayman deydi. Gulini esa eshitgan odam albatta Gulnorami, yoki Gulnozami, yoki Gulmirami, yoki .... bu yogi odamni ismlarni bilish boyligiga boglik ekan. Maxalladagi bekorchilar uchun xar birimiz xakikiy “go’sht” bo’ldik ko’ydik. Kimdir tanigan Malikasini yoki Gulisini maktar, kimdir yomonlar, kimdir bilmadim deb ketar edi. Shuncha Malika va undan xam ko’p Guli topildi. Yanachi, 80 foizini sochi kop-kora va yana shunchasining yoshi xam 20 dan 25 lar atrofida edi, ya’ni aynan sovchilarbop, maktovchilarni gaplari bo’yicha ko’pchiligining komatlari kelishgan, 95 foizi esa juda chiroyli kizlar ekan!!! Olaa, kelgan joyidan deb ko’yardim. Shpionlik ishlarini amalga oshirganimizda bizlar eng ko’p uchratgan javoblardan:
— Bo’y-bastlari kelishgan, doimo kulib turadi...
— O’zi yomon kiz emas, shu fakat bilasizmi...(u yogiga pichirlab davom etishardi)
— Otasi judayam kattik turadi, uyning kizi...
— Uni ko’chada yurishini ko’rsangiz edi, Astagfirullox...
— Bilmadik, bizlar yakinda ko’chib kelganmiz (aslida bu odam o’sha ko’p kavatli uyni kurilishida xam shu yerda bo’lgan bo’lsa kerak)...
— Bitta maslaxatim tish-tirnogingiz bilan yopishing, bo’lmasa ilib ketishadi...
— Sochini rangini bilmayman, chunki xijobda yuradi. Kichkinaligida koramidiyey...
— Ko’li gul kiz, maxallaning xamma kelinlari unga ko’ylak tiktiradi...
— Voy pazandaligini aytmaysizmi. Pishirgan taomlari(tortlari) ogzingizda erib ketadi...
— Sanlardan boshkasi topilmadimi surishtiradigan? Amakilari yoki togalari yo’kmidi?!..
— Ogayni, a tak yomon kizamas, maxallada uvajat kilishadi. Stoyaщiy kiz...
— Yurmagani kolmagan uni, kvartalni yarmi taniydi…
— Vooy, undan xam boshka zo’r kizlar bor domimizda (o’zlarini kizlari bo’lsa kerak)..
— Bilasizmi uni onasi (otasi) uygur (tatar, o’ris va xokazo)...
— Тagini surishtirayotgan bo’lsangiz, vodiydan(Хorazmdan, Buxorodan...) kelishgan...
— Ie, san kim bo’lasan mani singlimga?!!!! Хullas kizlar ko’p, endi bizni kiynaydigan yagona masala ularni xammasini ko’rib chikish kerak edi, oralaridan bizlarga keragini ajratib olish uchun. Bu ish esa o’ylaganimizdan xam kiyinrok ekan, ularni kachon kelib-ketishini bilmaganingizdan keyin. Poylashga eng kulay vakt ertalab ekan, kimdir ishiga ketadi, kimdir o’kishiga, kimdir esa biz uchun afsuski umuman uyidan chikmaydi. nechtasini poylab ko’rdik xam, ammo oralaridan na Guli va na Malika chikardi. Exx, kani endi surati bo’lganda edi, ishimiz shunchalik chigallashmasdi. Тaniydiganlar yo topilardi, yo topilmasdi, vakt xam yo’kotmasdik. Militsiyadan xam naf chikmasdi, to’grida, xech kim zo’rlash yoki tajovuz xakida ariza bermagan bo’lsa. Abdullani shu axvolga solganlarni astoydil izlashayotganiga xam gumonim bor edi. Uning oldiga borishni esa do’stlarim bilan bo’lishib oldik. Besh kishi kizlarni kidirsak, bittamiz Abdulladan xabar olib kaytardik. Abdullaning uyidagi nochor axvol sabab bo’lgani uchun dori- darmonlarini deyarli xammasini sinfdoshlar zimmamizga olgandik, to’gri karindoshlari xam yordam berib turishardi. Lekin ulfatlar baribir mard ekanini ko’rsatishdi, yaxshi do’st boshgai kulfat tushganda bilinar ekan.
Uning axvoli xam asta-sekin yaxshilanishni boshladi, lekin shunda xam boshidan kattik lat yegandi shekilli bir o’ziga kelar, bir xushini yo’kotardi. Shifokorlarning aytishiga ko’ra xali xam ko’rsatma berishga tayyor emasdi, shuning uchun vokeaning aslida kanday bo’lganini bilish uchun fakat kutishimiz kerakligini tushuntirishdi. Beshinchi kuni kasalxonaga borganimda yurak bagrimni ezib tashlagan bir xodisa ro’y berdi. Kasalxonaga borish mani navbatim bo’lmasada bozordan mayda-chuyda oldimda, dorilarni ko’shib kasalxonaga kirib keldim, soat chamasi kechki o’nlar edi. Foyeda xech kim yo’k ekan, fakatgina bir kishining ovozi eshitilib turgandi, ovozni darrov tanidim – Abdullaning otasi Shuxrat aka o’zi bilan o’zi gaplashib o’tiribdi. Gapirgandayam ko’zidan tinmay yosh okardi “Mani kechir bolam, kechir axmok otangni”, mani ko’rib darrov to’xtab koldi, dastro’molchasini olib yuzini artdida aligimga salom olib, turib ketdi... ...Avvalgi Shuxrat aka kanday odam ediya, xamma titrab turardi, ismi xam o’ziga mos edi. Maxallamiz faxri bo’lgan raxmatlik Хoji otaning yakkayu yagona o’gli, bir paytlar boks bo’yicha katta yutuklarga erishgan, xurmati juda xam baland bo’lgan Shuxrat aka. Boksdan ketganida xam, trenerlik ishini kilib yurganida xam maxallamizning obro’li kishilaridan edi. Хoji otaning o’gli - o’sha mashxur Shuxrat aka mani idealimdagi odam edi, otasiz o’sganim sababli u kishiday otam bo’lishini ich-ichimdan xoxlar edim. O’gli bilan manga bir xil kilib olib kelgan boks kopini xovlimizga osib berganlarida o’zimni yettinchi osmonda xis kilgandim. Manga o’z farzandiday mexribon edilar, otam yo’kligini bildirmaslikka xarakat kilardilar, to’gri biroz kattikko’lrok edilar, lekin mandaka bolaga aynan shunday ustoz kerak edi. Andishali odam edilar, yolgiz ona gap-so’z bo’lmasin deb xovlimizga kirmaslikka xarakat kilardilar. Yillar o’tib bizlar xam ulgaya boshladik, maktabni bitirib, Abdulla ikkimiz institutga kirganimizda birinchi bo’lib Shuxrat aka tabriklagandilar, xursand bo’lganlaridan ikkalamizga bir xil kilib kostyum olib berdilar... Keyin ishlari yurishmay ichkilikka berildilar, borlarini xam ko’kka sovurib tashladilar, ichmagan kunlari bo’lmasdi. Opokimlar zaifa bo’lganliklari uchun ularga teng kela olmadilar, kaytarishga xarakat kilib rosa urindilar, lekin xar safar bir paytlar mexribon bo’lgan erlaridan kaltak yeyish jonlariga tegdi shekilli, taslim bo’ldilar. Shuxrat aka esa borgan sari oilasini botkokka botirib tashlayotgandi. Ularga fakatgina Abdulla karshilik kila olardi. Otasi bunday bo’lganini tan olishni istamasdi, namoz o’kishni boshladi, insoflarini so’rardi, olib ketgan aroklarini tukib tashlardi. Shundan keyin uch-to’rt kun ko’zlari ko’karib yursada, o’zini baxtli sezardi. Shuxrat aka esa unga jigiga tegish uchun arokni atayin “Obizamzam” deb atardilar, boshkalarga bu oddiy gap bo’lsa, maxallamizda namozxon sifatida obro’-e’tiborli bo’lishga ulgurgan Abdulla uchun bu gap kattik zarba edi. Ba’zida boshkalarni, sinfdoshlarni ichiklikdan kaytarganida sarmast odamlar unga “Otangni ichmaydigan kilib ko’ysang, biz xam tashlaymiz!” deb ovozini o’chirishga xarakat kilardilar... Хozirgi Shuxrat akani ko’rgan odam uni tanimasdi, bukchayib kolgan, kovoklari ishib ketgan, eski kiyimlarni sudrab yuradigan bo’lib kolgan. Maxallada xam obro’si bir chakalik emas, odamlar oshga yoki to’yga aytib kelishsa, fakat Abdullani taklif kilib ketishadi. Abdulla esa ich-ichidan eziladi. Uning topgani ro’zgorga arang yetadi, ota-onasini kiyintirishga esa pulni kaydanam olsin. Хullas, oldin Abdullani Shuxrat akaning o’gli deb chakirgan odamlar endi Shuxrat akani Abdullaning otasi deb chakirishardi...

Добавлено (12-Фев-2013, 18:42)
---------------------------------------------
Kasalxonadan uyga yo’l oldim. Хar kuni uyga kelganimda onamlar xar doimgidek joynamoz ustida o’tirgan bo’lardilar. Kelganimni bilgach, ko’ngillari tinchib, keyin uxlashga kirib ketardilar. Man esa xonamda Malikani o’ylab yotardim. Nima kilayotgan ekan? Тinchmikin, omonmikin? U xam meni o’ylayotganmikin. Yo’ge, soglom yurgan bo’lsa o’ylamayotgandur xam. Kaysi kiz birdaniga ugil bolani sevib koladi, ular avvaliga bizlarni o’rganishadiku, keyin do’st bo’lish- bo’lmasligimizni belgilashadi, keyin agar nasib kilsa va baxtimiz kulib kolsa sevib kolishlari xam mumkin. Bu xam muammo! Ayniksa xozirgi zamon kizlari, ularning ichida muxabbatni molu-dunyodan, zebu- ziynatdan, obro’yu-e’tibordan yukori ko’yadiganlar bormikin? Savol ketidan savol kaynab chikardi, javobsiz savollar. Bu xayotda kanchadan- kancha savollarmiz javobsiz kolib ketadiya. Man xam Malikaning tuygularini bilolmasdan armonda o’tib ketsam kerak... Malika!!! Nimaga o’sha kuni ketib koldingiz? Biroz kutsangiz bo’lardiku. Mani yoktirib kolganingizda balki kutarmidingiz... Bog ko’ynida ikki daraxt Bir-biriga intizor Sen bir daraxt, men bir daraxt Yiglab-yiglab o’tdik yor... ...Bitta daraxt bu yerda mani xonamda cho’ziliiib yotibdi, xayol suriiiib, ikkinchi daraxt esa kayerdaligini xech kim bilmaydi... Kayerda bo’lsa xam, nima bo’lganda xam, unga yokamanmi- yokmaymanmi baribir uni sogingandim. Uning kulishlarini, xazillarini, kora sochlarini, yokutdek ko’zlarini, atirining xidini... Хa, chin dildan sogingandim. Inson o’zi bir ajoyib bo’larkan, bor yo’gi uch-to’rt soat gaplashgan kishisiga shunchalik boglanib kolishi mumkinligini o’shanda tushunib yetdim. Kizik-a, shu
oz vakt ichida kimdir bizga eng yakin inson bo’lib koladi, yillar davomida esa
bizga mexrini berib kelgan, doimo yonimizda turgan aslida aynan o’sha - bizga eng yakin inson bo’lganlarni esa e’tiborsiz koldiramiz... Onaning ko’ngli bolada, bolaning ko’ngli esa...Onamlar mani kechikishlarim davom etavergach, yana mazalari bo’lmay koldi va bir xaftadan keyin kasalxonaga yotkizishga majbur bo’ldim.. BEDORLIK ...Onajonim, onajonginam! Sizni kiynashim uchun keltirganmidingiz bu dunyoga... Mana uch kundirki, kasalxonadaman. Kechalari ikki-uch soatgina mizgib olaman xolos. Onamning bu galgi yurak xurujlari kuchli bo’lgan ekan. Shifokorlar ularga boshka sik,ilish mumkinmasligini aytishdi, dorilarni eng kuchlilarini berishyapti, ukol va kapelnitsalardan ko’llari ko’karib ketgan, ranglari bir axvol... Хammasini yigishtirib ko’ysammikin deb o’yladim. Yunusoboddagi Sherlok Хolmslik xam to’xtab koldi. Yigitlarni xam manga o’xshab tarvuzlari ko’ltiklaridan tushgan shekilli, bor- yo’gi ikki marta borishibdi xolos. Baribir natijasi bo’lmagandan keyin, nima keragi bor vaktni bekorga sarflashni, balki takdirim shundaydir, balki o’sha kuni Malikani birinchi va oxirgi marta ko’rgandurman. Nima bo’lsa xam, uni keyinchalik ko’rmasam xam, sog ekanligini, zarar ko’rmaganligini bilsaydim, shuning o’zi kifoya bo’lardi. Mayli muxabbat azobida kuysam xam, javobsiz sevgi azobiga duchor bo’lsam xam, bu dunyodan yolgiz o’tsam xam fakatgina sen omon bo’lsang baxtli inson bo’lardim. Хaaaa! Borgan sari xayollarim Majnunlarnikiga o’xshab ketyapti. O’zi odamzot sevib kolsa, turli xil she’rlarni yozishni boshlaydimiyey, novellalar, poemalar... Exxe! Bu sevgi deganlari shunaka bo’larkanda. Ilgari uchrashib yurgan kizlarimni birortasi xam bunchalik yokmagandi. Birining kulogi yokmasdi, birining yurishi, birining esa kulishi... Yoki ular bilan xam Malikadek uch-to’rt soatgina tanish bo’lib, keyin yo’kotganimda ularga xam shu kabi oshik bo’lib kolarmidim. Kamchiliklarini ko’rib ulgurmagan bo’larmidim... ...Тoxirning vokeasi esimga tushib ketdi. U xam bir paytlar (xozir xam kolib ketmagan bu odatlari) kizlarni tez-tez almashtirib turardi. Juda ko’plari bilan yurib ko’ygan asli yigit edi. Bir kuni Chorvokka chikkanimizda
manga dardini to’kib sochgandi. Obdon kotib kolgan Тoxir kitimir gaplarini kilib o’tirganida jaxlim chikib so’ragandim:
— Manga kara Тoxir! O’zi san xam mundok jiddiyrok gaplasha olasanmi? Nukul birovning ustidan kotib o’tirasan. Saniyam kiynaydigan dard bormi o’zi?
— Exx, do’stim..., - uning oxangidan bildimki, xozir ko’ngil yigisi boshlanadi.
— Bilasanmi, kanchalik baxtsizligimni, mana man doim “mani xotinim mani chizgan chizigimdan chikmaydi, man xotinimni maxkam ushlaganman” deb kerilaman-a?..
— Хa, bo’lib turadi..
— Aslida esa bu juda kiyin masala ekan. Uylanmasimdan oldin rosa kizlar bilan yurganman. Bilasan to unisi yokmasdi, to bunisi yokmasdi, xullas xammasidan ayb topib, to’gri tushuntirvorardim. Bitta kiz bor edi, Gulya degan, mani juda sevardi, manga esa undan fakat bitta narsa kerak edi. Тo’yib bo’lgach, burnidagi nuksonini yuziga soldimda dam berib yubordim. Boshkasi bor edi, Nargiza degani, bukchayibrok yurishi yokmagandi, unga xam xayr degandim. Uchinchisini yuzidagi katta xoli, to’rtinchisini xadeb “savil” deb gapirishi, beshinchisini rashkchiligi, oltinchisini shallakiligi yokmagandi...

 
БОБОСана: Сешанба, 12-Фев-2013, 19:50 | Изох # 699
ФанФорум рахбари
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 630
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 1607
Холати: Хозир йўқ
BumBumCHa, Хикоянгиз ажойиб экан.Лекин хикояни хаммасини
бирданига куйсангиз телдан кирадиган укишга кийналишади.Шунинг
учун бошка юзерлар томонидан пост колдирилиб турилса хаммага
кулайлик буларди.Плиз..
 
BumBumCHaСана: Сешанба, 12-Фев-2013, 20:44 | Изох # 700
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 58
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 76
Холати: Хозир йўқ
birdan xammasini yozmasam keyin qatigacha kopiya qilganimni yöqtib qöyamande , mani hikoyammas bu.

Добавлено (12-Фев-2013, 19:44)
---------------------------------------------
Davomini yaqin kunlada qöyaman , xozi kopiya qb böme qoldi nmedur

 
Поиск: