|
Hikoya
|
|
| Mohinur_U | Сана: Шанба, 19-Янв-2013, 09:44 | Изох # 626 |
|
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
| Raxmat GULI_NUR
|
| |
| |
| SpecialOne | Сана: Шанба, 19-Янв-2013, 10:55 | Изох # 627 |
|
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 167
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 29
Холати: Хозир йўқ
| Raxmat))
|
| |
| |
| Loading | Сана: Шанба, 19-Янв-2013, 11:02 | Изох # 628 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Nime faqat maqtov? Hikoyaga munosabat yo'q? Aynan bir taxliliy fikr yo'q. Misol uchun. Otasi tashab ketish oldidan. Qizini to'g'ri chunishini, bugun bo'lmasa bir kun kelib chunajagini aytdi. Shu xolatni o'zida manda ikkita savol keldi. Bu savol xikoya ijodkoriga etiroz emas. Bu savol ijodkorimiz bizga tanishtirgan qaxramonga, yoki xayotimizning xar javxasida uchrab turgan voqiyalarga. Ota ketar ekan naxotki uni deb, uning yonida bo'lish uchun kelgan oilasini shunchaki tashlab ketti? Maylin bir umr vijdoni qiynagandur? Balki?
. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . Navbatdagi hikoya haqida. "Oddiy xaqiqat" deb nom olgan bu voqiyalarga oddiy ko'z bilan qarashimiz bizning fojiyamiz. Shu o'rinda negadur yana dinsizlik, tarbiyasizlik oqibatida degim keldi. Agar shu 15 yoshdagi qiz biror yoshi katta odam bola tilidan, tarbiya berganida, shunchalik bo'lmasdi. Tag'inam, dardi ichida qolgan qiz ekan, shuncha yil ichida. . . . . . Yana bir qiziq tarafi "ota-ona"ni ko'zi qayoda digan savolni beribsiz hurmatli Mohinur_U. Bir tarafdan usha manzilga oborib tashaganiga raxmat diman. Buyoda shuncha aqilli, insofli, or-nomusli qizlar qolib davru-davron surib, "el-yurt xizmati" medalini ogan "hot.tun"lar erga tegib ketadi. Yana-yana qanday yigitlarni tanlab tegvoladi. Bu post xamma qizla deb yozilmadi. Etibor berila manga tosh otmelar. . . . . . . . . . . . . . Ana undan keyin, BRAVO, VISS, OMADSLAR, digan maqtovlarimni qabul qiling. G'iyos endi navbat sizga.
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Mohinur_U | Сана: Шанба, 19-Янв-2013, 16:02 | Изох # 629 |
|
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
| Bir bor ko'zizni yuming. Uyizni u xonasidan bu xonasiga o'ting... Oshxonaga o'tib choy iching.... Ko'zlarizni darrov ochib olasiza va xudoga shukur qilasiz yaxshiyam ko'zim ochiq ekan ko'rmasman deysiz... Dadam va ayimni 3 yil deganda tug'ilgan farzandiman. Mendan keyin 2 ukam tug'ulgan. Onamni aytishicha men juda sho'x bo'lgan ekanman. 5 yosh bo'lganimda birinchi ukam 3 yosh, 2 ukam 1 yosh bo'lgan ekan. 5 yasharligim esimda. Ko'p narsa bo'lmasa xam xotiramga muxrlanib qolgan voqea... Oilamiz juda oddiy oila edi ln baxtli edik. Men bitti qiz bo'lsa xam o'jar qaysar qizmasdim. Bir kuni... oshxonadagi stolga bo'yim zo'rg'a yetardi... Ayam salat qilayotgandilar uy teli jiringlab qoldi ayam oshxonadan chiqib ketdilar va telda xolam bn gaplashdilar ayamni oldiga borib erkalanib dedim -ayajjooon choy ichamaaan -qizalog'im xozir sabr qilib tur - xo'p dedim. Men kichkina qizmami pichirlab dedim -o'zim olaman deb kulib oshxonaga ketdim bo'yim yetmayapti. Obbo mana choynakcham xozir olaman ana xozir kamgina qoldi choynakcham (choynak kichkina edi unda xar doim sovuq choy bo'lardi u meni choynakcham edi chunki bankaga solingan choyni ko'tarib piyolaga sololmasdim choynakchamni esa bemalol ko'tarardim) oldim va yonida turgan piyoladagi uksusni (ayam salatga solmoqchi bo'lgan uksus edi) turtib yubordim va yuzimga tushdi... Shifoxona... ayamni yig'lashlari eshtilmoqda. Uxlashni istamayman turishni istayman dedimda: Ayajoon uxlashni istamayman chiroqni yoqvoring... choy ichmayman... Qanchalar og'ir xali murg'ak edim sochim sariq edi. Dadam meni obtoboyim derdilar. Nega tezda operatsiya qildirmadilariz dersiz? Pulimiz yo'q edi. Pul yig'ib kn aper.ya qildirmoqchi edilar... Yillar o'tdi... Men ko'rlar maktabga bordim... 8 sinfda o'qiyayotganimda o'qtuvchimiz Bir gap aytilar: bu dunyo yolg'onchi dunyo. Jon ato etgan bergan allohimdir. sabrlariz sinovda. sinovga sabriz yetmay bu omonat jonizga xiyonat qilmanglar. boshqalar ko'r desa o'ksinmanglar. Chunki bu dunyoda yashab bo'lganizdan keyin nargi dunyoda eng gunox qiladigan a' zoiz ko'ziz ekan.... Sizlarni ko'zingiz gunoh qilmayapti... Yana o'qtuvchimiz bn ancha gaplashdik... Bir kuni dadam: uyimizni quyoshi oftoboyim men chet davlatga ketmoqchiman ko'p pul yig'ib kelaman. Keyin aperatsiya qildiramiz. -Kuldim (men uchun jon kuydirayotgan dadam uchun ko'nglim buzulib ketardi. shuni ko'rsatmaslik uchun kuldim) dada shartmas ketmang men baxtliman deb o'qtuvchi gapirgan gaplarni aytib berdim ... Ukalarim juda mehribon edi menga bilmaganimni o'rgatardilar ular qandaqa bo'lishgan ekan.... 18 yosharligim ayni o'ynab kulgan vaqtim... Bemalol uyda o'zim yurardim ovqatlanardim mustaqil edim. Bir kuni mahalamizda men tengi qiz Nozima o'zini joniga qasd qilibdi. Xayolan o'yladim nega? Ko'zi ochiq bo'lsa? Nega joniga xiyonat qilibdi? Ayam qo'shnikidan chiqanidan keyin savol berdim. - ayajon nima bo'libdi deb so'radim ayam og'ir tin olib gap boshladilar: -Nozimani bir bola sevaman deb aldabdi kn bunga chidolmay o'z joniga qasd qilibdi Nozima bir o'zini jonigamas... Tug'ulmagan bolani xam qotili bo'libdi... Indamadim sevgi nima o'zi u? Nega shunchalik kuchli qudratlimi uni deb bir odam olamdan o'tdi ... Men faqat ota onasiga achindim. Ayajon dedim meni xam kimdir sevib qoladimi? ... Albatta qizalog'im xaqiqiy sevib qoladi deb kulib yubordilar. Men sevgan odam qanaqa bo'lar ekan a? Deb xayol qildim. Shu kundan boshlab men uchun xayotimda yangi sahifa boshlandi.... yillar bir birini quvib o'tardi. Ln men orzu qilishdan charchamasdim 20 yoshiman ... dadam xursand bo'lib keldilar. Oftoboyim sen xam ko'rasan men qizim ko'radi gapirdilar. Menga do'xtir topibdilar... xa men xam osmoni nechi yillardan beri ko'rmaganim Quyosh ni ko'raman... Dadamni ayamni yuzini ko'raman yuzlarini silayman ukalariiimni ko'raman... Sabrimni sinovdan o'tdi urraa.... Yana o'sha shifoxana ... Do'xtir tekshirdilar... Iloji bor dedilar ayam yig'lavordilar do'xtir dedilar: qizim isming nima Mahliyo. Isming juda chiroyli ekan o'zingga o'xshab. .. Bir xaftadan keyin oper.ya!!! dedilarda: G'iyoooss G'iyooos qayerda qoldiing. Xayolimdan o'tkazdim ismi chiroyli ekan... Bu xayolimdan kimdir bilib qolgandek uyalib ketdim. G'iyos keldilar : -labbay Domla -oper.ya qilamiz bu qizni zarur xujjatlarni keltir G'iyooos muncha tikilding bu qizga... Xonada kulgu ko'tarildi... Dadamni xonasiga olib kirib ketdilar. Oper.yaga 2 kun qolganda meni oborishdilar tekshirdilar obdon. yonimda doimo G'iyos aka edi ular juda tarbiyali bola ekan... Oper.ya bo'ldi bilmadim nechi kun o'tdi juda xam xayajondaman... Ko'zimdan bog'ichni oldi... Hammani ko'rdim Dadam, ayim 2 ukam, do'xtir va G'iyos aka... Ayam yana yig'lardilar ..... Shifoxonada qoldim ayam uyga ketdilar... Ln xar doim ko'rgani kelardilar. xar doim Yonimda G'iyos aka ularni yoqtirib qolardim ular xam menga befarqmasdilar ko'zlaridan bilardim... Allohim sabrimni sinov qildilar sabrim sinovdan o'tdi va baxtim meni qidirib topdilar ... Xudoga shukur...
|
| |
| |
| NOZI | Сана: Шанба, 19-Янв-2013, 16:13 | Изох # 630 |
 Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: ИЗОХЛАР МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 2808
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 1158
Холати: Хозир йўқ
| Ха, Оллохга шукур, орамизда шундай эркаклар хам бор экан. Купинча аксига гувох буламиз, эркак киши бемор булиб ётиб колса, аёли уни чакалокдек парвариш киладию, аммо аёл ётиб колгудек булса, эри ташлаб кетади.
|
| |
| |
| Dinora_Golden_Girl | Сана: Шанба, 19-Янв-2013, 23:35 | Изох # 631 |
|
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
| Voy Mohinur G'iyos akamni ismini tanlabsizdee !
Fikrim satrimda oshkor!)
|
| |
| |
| oybek | Сана: Якшанба, 20-Янв-2013, 00:54 | Изох # 632 |
 Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
| zo'r xikoya ekan.....
|
| |
| |
| Mohinur_U | Сана: Якшанба, 20-Янв-2013, 00:56 | Изох # 633 |
|
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
| Xa nimagadir Qaxramonim Ismini G'iyos qo'ydim. Ularni jaxli chiqmadi deb umid qilaman!
|
| |
| |
| SpecialOne | Сана: Чоршанба, 23-Янв-2013, 03:58 | Изох # 634 |
|
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 167
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 29
Холати: Хозир йўқ
| (Yozda yomg'ir yog'sa seni eslayman, kuzda yomg'ir yog'sa meni eslagin....) Soat 22:30. Biz doim shu vaqtda gaplashardik. Uning birinchi smsi quyidagicha bölardi: -Salooom (ketidan kulib turgan smaylik) Keyin, men davom ettirardim: -Salom (menda ham doim unikidek smaylik), nima qilyapsiz? -Derazadan qarab ötiribman.... -Ehtiyot böling, tushib ketasiz!)) -Uchib ketgim kelyapti. -Qayerga? Meni ham olib ketasizmi? -Uzoooqlarga. Yöq sizni olib ketmayman.) Ha, u olib ketmadi. Hazilda ham, hayotda ham. U özi boshqa yöldan ketdi.... -Höp, mayli, (yana kulgan smaylik, chunki undan hech hafa bölmasdim), hozir yomg'ir yog'adi! -Yozning issiq kunidaya!? Qani edi.... Aytganimdek yomg'ir yog'di, yoz yomg'iri, u hursand, sms yozdi 'xaxaxa' va yana, 'og'zi qulog'i'da smaylik bilan, uning yoqimli odatlaridan biri edi bu.... -...Rostdan yog'di, yoz yomg'irini juda ham yaxshi köraman.... Uning uchun shu faslning yomg'iridan yoqimli narsa izlay boshladim, chunki, bu yomg'ir menga yoqmasdi, kecha ham yoz yomg'iri yog'di, ozroq turdim, uni esladim, uzoq tura olmadim, ha, tura olmadim.... Keyin smsni men davom ettirardim. -Ana, yomg'irning isi chiqdi. U esa odatdagidek kulganicha, javob berdi: -Yomg'irda ham is bölarkanmi? Bu yerning isi.... Balki, shunaqadir, lekin, kechagi yomg'irdan men uning iforini tuydim.... Odatdagidek kech böldi, butun shahar qatorida biz ham oromga ketdik. Yaxshi damlar edi.... Yoz menga va'dalar berdi-berdi, keyin esa örnini men sevgan fasl, kuzga böshatib ketdi.... Sovuq shamol, achchiq yomg'irlar bilan bizning ham oramizga sovuqchilik tushdi. Unga ohirgi yozgan smsim quyidagicha edi: -Siz boshqa dunyosiz, men boshqa dunyo. Uzr, bunchalik özgarishlarga chiday olmayman. Hayotingizdan butkul ketaman. Faqat, unutmangki, siz mening eng yaqin döstim bölib qolasiz. Sizdan butun dunyo yuz ögirsa ham, men yuz ögirmayman.... Yozda yomg'ir yog'sa seni eslayman, kuzda yomg'ir yog'sa meni eslagin....
|
| |
| |
| NOZI | Сана: Чоршанба, 23-Янв-2013, 13:17 | Изох # 635 |
 Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: ИЗОХЛАР МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 2808
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 1158
Холати: Хозир йўқ
| Куз ёмгири менда хам ностальгия уйготади. Романтика.....
|
| |
| |
| SpecialOne | Сана: Чоршанба, 23-Янв-2013, 14:13 | Изох # 636 |
|
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 167
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 29
Холати: Хозир йўқ
| Ha romantika)) Hazonla....
|
| |
| |
| Mirzoxid | Сана: Чоршанба, 23-Янв-2013, 17:01 | Изох # 637 |
 Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
| Tez tugab qoldida lekin biliwimcha ikki xil dunyo qarawga ega insonla bir biriga o'rganiwi oson bo'ladi deb o'yliman oxiri sal oxshamabdi (bu hayotdan olniganmi yana bilmadim)
...
|
| |
| |
| SpecialOne | Сана: Чоршанба, 23-Янв-2013, 19:53 | Изох # 638 |
|
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 167
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 29
Холати: Хозир йўқ
| Ha hayotdan olingan, ikki xil dunyo deb qarash faqat fikrlashdamas, nasl nasab, mansab mavqeda ham bo'lishi mumkin)
|
| |
| |
| BumBumCHa | Сана: Пайшанба, 24-Янв-2013, 18:59 | Изох # 639 |
|
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 58
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 76
Холати: Хозир йўқ
| Ayanchli qismat... Har kungidek ishdan qaytgach internetga ulanib, Özbekistondagi döstlari b- n gaplashishga shoshilardi. U odnoklassnikiga kirgach unga bir rus qiz mehmon bölganini va suratiga "2" baho qöyganini kördi. Komil negadir asabiylashdi va qizga sms yubordi. Bir zum ötib javob keldi... Shu kuni ular tongga qadar uxlamay gaplashib chiqishdi. Ertasiga Komil ishdan ertaroq qaytdi va qizning saytiga kirdi. Yana uzoq gaplashishdi. Kunlar shu tariqa ötaverdi. Har kuni soatlab suhbatlashishardi. Uchrashishdi. Bir- birlarini sevib ulgurishgandi. Komil u-n Nastyaning rus ekanligi, internetda tanishganligi qanchalik ahamiyatsiz bölsa, Nastya u-n ham sevgisi hamma narsadan qadrli edi. Nastya boshqa rus qizlarga umuman öxshamasdi. Har holda Komil unda bemalol bölajak rafiqasining qiyofasini köra olardi. Bir kuni Nastya Komilni uchrashuvga taklif qildi. Uchrashuv joyiga kelgan yigit qizni ancha kutib qoldi. Keyin tel jiringladi. Nastya yig'lardi. Nima gapligini söragan yigitga qiz uni sevishini aytdi. Qiz uzoqroqda yigitni kuzatib turardi. Yigit uni körgach yoniga bordi. Köz yoshini artib, u ham sevishini aytdi va qizni bag'riga bosdi... Ayni kunlarda Komilga onasining betob bölib qolganligi haqidagi xabar keldi. Komil Nastyaga bu haqda aytgach, qiz birga borishni söradi. Albatta yigit bunday qilolmasdi. U Nastyaga albatta qaytib kelishi haqida söz berdi. Nastya bu sönggi uchrashulari ekanligini sezardi. Yigitni mahkam quchib öparkan, Komilga usiz yasholmasligini aytdi... Ikki kundan söng Komil uyga qaytdi. Keldiyu onasini körishga oshiqdi. Ne köz b-n körsinki, onasi soppa-sog' edi. Keyin uni uylantirish u-n atay uyushtirilgan tomosha haqida bildi. Onasi topib qöygan qizga uylanishi kerak edi. Qarshilik qilavergach onasi shu qizga uylanmasang bergan sutimga rozimasman deb shart qöydi. Töy böldi... Oradan bir oy ötib Komil Nastyaning saytiga kirdi. Hadeb sog'inganini, sevishini yozayotgan qizga bor gapni aytdi. Qiz boshqa javob yozmadi. Oradan 3 kun ötgach yigit Nastyaning yoniga, Rossiyaga ketishga qaror qildi. Saytga kirib bu haqda xabar qoldirdi. Uydagilardan ishga ketish u-n ruhsat oldi. Ikki kun ötgach manzilga yetib keldi. Shu kuni kechroq qizning saytiga kirgan Komil yig'lab yubordi. Nastyaning statusida shu sözlar turardi: "Камил, я люблю тебя.. Больше не хочу терпить, прости, я не смогля быт без тебя..." Komil tushundiki Nastya endi yöq... Uning Nastyasi dunyodan köz yumgandi... Ertasi kuni uning qabrini surishtirib topdi. Öziga aytolmagan gaplarini yig'lab qabriga aytdi. Hammasi tugadi. Komil xuddi mast odamdek dunyoni anglamay qöygandi... Oradan 2 kun ötib "Новости Новосибирск" gazetasida millati özbek, Komil ismli yigitning qabristonda jonsiz holda topilgani haqidagi xabarni yozishdi...
|
| |
| |
| Mirzoxid | Сана: Пайшанба, 24-Янв-2013, 22:01 | Изох # 640 |
 Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
| WU XIKOYA MENGA KIMNIDUR ESLATDIDA
...
|
| |
| |
| Mohinur_U | Сана: Сешанба, 29-Янв-2013, 12:01 | Изох # 641 |
|
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
| Bumbumcha qoyil hikoyayiz ajoyib! Millat xam sevgisiga to'siq bo'lolmabdi. Lekin Komilni ayoli baxtsiz bo'b qoladigan bo'ldi .... Добавлено (29-Янв-2013, 11:01) --------------------------------------------- Talabalik!.... Men xam boshqalar qatori talaba bo'lish orzuim edi.... Toshkentda o'qishimga xech kim qarshlik qilmadi. Birinchi yildan talaba bo'ldim xursandchlikim cheksiz... Endi qachon o'qish boshlanadi deb kutardim. O'qish boshlanishga 2 kun qolganda tosh.ga ketdim va u yerda turar joyni hal etdim. Unverstited yotoxonasiga joylashdim. Xonaga 3 qiz shoylashdik. Ular bilan chiqishib ketdim ,ln yo'nalishimiz boshqa ekan. Va nixoyat tong otdi. 2 SENTABR juda xursandmiz va xayajondamiz. Choy ichib o'qishga tayyorlandik. Va yo'lga tushdik yotoxonamiz va unv.ted orasi uncha uzoqmasdi. Fakultetga kirganimizdan so'ng sal naroqda dars jadvali bor ekan, borib kimni darsi qayerdaligini bilib tarqaldik. Dars 2 qavat, 215 xona ekan 2 qavatga ko'tarildim juda xayajondaman.... Xonani eshigini ochib: -kechirasizlar bu ... Yo'nalishmi dedim - kechirdik ha shu yo'nalish dedi. Kulgu ko'tarildi. Men xam kulvordim. Hayajondan nima deyayotganimni bilmay qolibman. Oyna oldidagi partani 2 partada tashqarini kuzatib bir qiz o'tirardi yoni bo'sh ekan o'sha joyga bordim va yoniga borib: yoniz boshmi dedim -ha deb jilmaydi biz tanishib oldik Ismi Gulnoz ekan o'zim bn teng va Jizzaxdan ekan. Boshqa kursdoshlar xam keldi va dars boshlandi... Kunlar o'tar Gulnoz bn men yaqin dugona bo'b ketardik. Gulnoz Jizzaxni chekka bir qishloqida yashar ekan uydagilari boshida o'qishga qarshi bo'lgan ekan ln kn ruxsat bergan ekan Gulnozni sevgani bor edi u Jizzaxda o'qirdi . Uyim Sirdaryoda bo'lgani uchun 2 xafta bir, Gulnoz esa bayram kunlari borardi. Ln uydagilar ko'rgan kelar. Onasi juda xam sodda va mehribon ekan. 1 kursni bitirib 2 kursga o'tdik(davomi bor)
|
| |
| |
| FC_PAXTAKOR | Сана: Сешанба, 29-Янв-2013, 12:35 | Изох # 642 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
| Bunisi hayotiy shekilli
Omad
|
| |
| |
| Loading | Сана: Сешанба, 29-Янв-2013, 12:49 | Изох # 643 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| P.S Mohinur zakaz qilishimizni kutmen. O'ziz bilib-bilib yozib qoldiraverin.  Добавлено (29-Янв-2013, 11:39) --------------------------------------------- Etkancha Bu xikoyani qisqa vaqt ichida o'qib chiqaman. Xozir Muxabbat opani mavzulari bilan bandman. Добавлено (29-Янв-2013, 11:49) --------------------------------------------- Hop ikkinchi kursga o'ttiz? Imkon bo'sa qaxramonlarni tasvirlab berin. Surati qanaqa. Joy, manzil, bino, jixozlarni qisqa to'wtalishlar berin. Agar bular fikrizni bo'lsa xech xam kerak emas.
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Nilufar_93 | Сана: Сешанба, 29-Янв-2013, 19:27 | Изох # 644 |
 Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
| Bu voqea 2011-yilning yoz oylarida Kamola ismli qizning hayotida yuz bergan. XXI-asr inson o'z hayotini internetsiz taasavvur qilish qiyin.Yer yuzida yashayotgan insonlarning aksariyatini hayoti internet bilan qorishib ketgan. Hikoyamni aynan internet bilan bog'layotganim bejizga emas.Chunki hikoya qilinayotgan bu qiz ham "O'rgimchak to'ri"ning bir asirasi. Tabiatan xushchaqchaq,mehribon bu qiz ota-onasining tilab olgan, yakka-yu yolg'iz farzandi. Kamola judayam kichik vaznda(800gramm) yetti oyligida, tug'ilgan.Shu sababli doktorlar uni yashab ketishiga ko'zi yetmasdi.Ammo,Allohning marxamati,volidasining irodasi bilan Kamola bir parcha go'shtdan shiringina qizaloq qiyofasiga keldi.Shu zaylda kunlar ketidan oylar,oylar ketidan yillar karvoni o'tardi. Bu orada Kamola kollej bitiruvchisi ham bo'ldi.Kollejda ko'p qizlar unga havas xattoki, xasad ham qilishardi.Chunki u juda chiroyli,aqlli qiz edi.Ustozlari boshqa qizlarga uni namuna qilib ko'rsatishsa ,o'sha zaxoti qizlarni ensasi qotardi. Kamolani ko'zlarida qandaydir joziba,so'zlarida esa samimiylik mavjlanardi.Shu uch yil mobaynida unga son mingta sevgi maktublar yo'llashdi.U hech birini yirtib uloqtirmadi.Har birini hech ikkilanmay o'qirdi.Har maktubda har xil dil izxorlar,ammo hech biri qizning qalbida illiqlik uyg'otmasdi. Kamolaning hayotida yana bir tong otdi.Xonaning deraza tomonidan kelayotgan ovozdan cho'chib uyg'onib ketdi.O'rnidan turib yostig'i ostida turgan telefoniga qaradi soat 8:45.Yugurib borib deraza oynasini ochib,dugonasiga yuzlandi --Nargiz hozi kutib tur.uxlab qomande.dugonajooon! Qovog'idan naq qor yog'voriy digan Nargiz jaxldor ovozda --Yo' yo' yo' hich hijolat bo'meng Malikam.yettinchi osmonda uchib yurganizda halal bervordim.Bu diman oq eshedagi shahzadimizni DAN hodimlari yo'lda ushlab qogandirde.Axir shahar ko'chalarida eshe aravada yurish mumkinmas.Yoki shahzodamiz buniyam bilmidilami? A?nima disiz? --ufff yana boshlamagin.hozi 10minutda chiqaman.hop? --hop hop!bugun imtixon bor.ko'pro pul ovogin --hmmm(bilaman. (davomi bor.)
Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
|
| |
| |
| Mirzoxid | Сана: Сешанба, 29-Янв-2013, 20:54 | Изох # 645 |
 Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
| Davomi qachon?
...
|
| |
| |
| Mohinur_U | Сана: Сешанба, 29-Янв-2013, 23:52 | Изох # 646 |
|
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
| Davomi) Gulini (ismini qizqartirib GULI derdim) tasvirlab bersam, bo'ylari uzungina, ozg'in, yuzi dumoloq, oppoqina, ko'zi kattagina qoshlari qora sal tutashgan, sochi qop qora uzun edi. Yengilgina pardoz qilib moddani orqasidan quvmas, o'ziga yarashgan kiyimni kiyardi. Uni sevuvchilar ko'p, ln Jasur akasidan boshqasi uni ko'ziga ko'rinmas, qishloqdagilar xam bilar oilalari ham qarshimasdi. Men xam xunukmasdim (o'zimni tasvirlash shartmasov menimcha) yoqtirganim yo'q hech kim yoqmasdi. 2 dugonamizdan birontamizga bir yigit gapirsa 2 lamiz xam gapirardik bir birimizga himoyachi edik. Meni uydagilarim bilan xam Guli tanishib oldi Sessiyalarni tugatib kanikulga ketdik. Rostini aytsam 3 oy ichida kursdoshlarimni sog'indim birinchi kursdanoq huddi biz bir oiladek bo'b ketgandik. Guruhimiz shiori ham "HAMMA BIR KISHI UCHUN, BIR KISHI HAMMA UCHUN" edi. Yani baho olishdami, yoki oraliq yakuniylarda bir birimizga yordam berardik. Abedlanishhmiz xam birga, yotoxonada xam ko'pincha hammamiz birga kechki ovqatni yeyirdik. Bir so'z bilan aytsam, eng ahil yo'nalish biz edik ko'plar havas qilardi. 2 kursga o'tdik endi ancha Tosh.ga ko'nikib qolgandik. Endh darsalarni tashamagan holda qiziqishlarimiz bo'yicha ham nimadirlar qilardik. Kimdir til o'rgansa, kimdirlar tadbirlarga qatnashardi. Oltin davrimizda xam aylanishlar, kinoga parkga va kafelarga borishni kanda qilmasdik. Oktabr oylarda akam qizchali bo'ldi uraaa men xam amma bo'lgandim jiyanim 7 oylik tug'ulgandi ln juda shirin edi. Guli xam men xam amma bo'ldim deb xursandchligimga sherik bo'ldi. Jiyanim ismi Kumush edi. Stpendiyamni 3 oyligini bitta qilib berish kerak edi yani kantrakni to'lash kechikib ketgandi. Dekabrda stpendiya olib Kumushimga ko'yakcha olib bermorchidim ln menga nasib qilmadi va armonimga aylandi. Dekabr oylarda Kumushim Farishta bo'lib ketgandi olamdan o'tganidan so'ng 3 kun o'tib stpendiya berildi... Yig'imni to'tatolmasdim.... Yana kunlar o'taverdi yangi yil keldi eski yilda qolsin armonim dedim ln unday bo'lmadi vaqt davo ekan... Gulnoz bilan tug'ulgan kunimiz bir oyga farq qilardi. 28 fevral Gulnozniki, 28 chi mart meniki edi. Gulnozni tug'ulgan kunida usti havorang kitobga o'xshaydigan, daftar sovg'a qildim. O'sha daftar har doim Gulini sumkasida yurardi.U xotira daftari edi. Bahor juda chiroyli faslda yasharish o'zgarish uyg'onish fasli meni eng sevgan faslim edi. Guliniki Qish edi hazilashib, O'zingga o'xshagan faslni yoqtirasanda derdim. Meni tug'ulgan kunimda Samarqandga aylanishga ketdik unutilmas kun bo'ldi. Gulnoz menga pushti juda chiroyli karmon sovg'a qildi. 2 kursimiz xam o'tib 3 kursga o'tdik. 3 oy yozni hech kim bekor o'tkazmabdi hamma qiziqishlari bilan shug'ullanibdi Xotiralarim ...meni qiynaydigan xotiralar... 3 kursni ham boshladik Kuz! Bu fasl xam o'ziga xos fasl edi. Bir kuni 2 paramiz dars nimagadir bo'lmadi. Hamma o'z ishi bilan mashg'ull edi. Kimdir telini o'ynasa kimdir gaplashib o'tirardi. Guli bn men kanspik qilardi. Guli yozishdan to'xtab: -Mohishka anavu 1 kursimizdan beri gapirardigan, 3 kursda o'qiydigan Ulug'bek borku.... - xo'sh nima qilipti unga ne eslab qolding? uyg'onmagan mehring endi uyg'ondimi? Dedim kesatib - u bola oldin yoqmasdi endi esa... - Nima endi esa? O'ylab gapire gapingni nima u faqat senga gapirganmi? Qancha qizga gapirgan chiroyiga oshiq bo'lma Jasur akangchi? - e xazilashdim u menga yoqmaydi voyey bitta gapirsam o'nta bo'b qaytadiya deb kulvordi - e xaziling xam bor bo'lsin. bu mavzu to'tadi. Boshqa narsalardan gaplashdik. Gulini xolasini uyi bor edi o'sha yerga juda serqatnov bo'b qolgandi. O'qishdan chiqib ketardi va kechki payt qaytardi. Bazi vaqtlari o'sha yerda qolardi. Oldin xam borardi ln bu darajadamasdi. Muncha ser qatnovlik sababini So'ramoqchidim ln hadeb ishlariga aralashishni o'zimga ep ko'rmadim. Bir kuni bir dugonam aytib qoldi - Gulini Ulug'bekni moshinasiga o'tirayotganini ko'rib qoldim - aniqmi? juda xayron qolgandim. -ha. Gulidan so'ragandim: -meni tinch qo'yishini so'radim 5 minutmi gaplashdik dedi. Kn indamadim. Noyab boshlarda juda xam Guli o'zgarib qolgandi. G'amgin yurardi. Tinchlikmi desam uydagi muomolar derdi. 2, 3 kundan keyin yana o'sha xushchaqchaq xoliga qaytdi.(balkim menga shunday tuyulgandir) Qish keldi. Gulini sevgan fasli. Chunki u qorni juda yaxshi ko'rardi. Gulida shubxali o'zgarishlar ko'ngli aynishlar.... Shubxalanib so'radim: -tinchlikmi - haligi... oshqozonimda yara bor ekan. Xolamnikiga tez qatnashimni sababi shu edi. davolanayotgandim senga aytmadim xavotir olma deb. -ha sog' bo'lsang bo'ldi. Dugonam xaqida o'ylagan xayolimdan uyalib ketdim. 2 xaftadan keyin uyga ketar kunim keldi. Guli boshqacha xayirlashdi yig'lavordi. Kulvordim - urushga ketayapmanmi qaytaman ertaga tentakvoy - xa deb jilmaydi. Men uchun 2 armonim kutib turganini bilmagandim (davomi bor)
|
| |
| |
| Mirzoxid | Сана: Чоршанба, 30-Янв-2013, 01:28 | Изох # 647 |
 Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
| davomiy hikoyala kopayyapdida
...
|
| |
| |
| Mirzoxid | Сана: Чоршанба, 30-Янв-2013, 16:26 | Изох # 648 |
 Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
| Oq lolalarni davomi bormi
...
|
| |
| |
| Mohinur_U | Сана: Жума-муборак кун!, 01-Фев-2013, 01:56 | Изох # 649 |
|
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
| Shanba kuni uyga ketdim Yakshanba kuni uylarni yig'ishtirganimizdan so'ng ayajonim jizzali non yopib berdilar Gulini yoqtirgan noni edi. Abeddan kn chamasi 2 larda yo'lga tushdim exx uydan juda ketish qiyinda. Har ketayotganimda ko'zimda yoshim chiqadi. Tamog'imga nimadir tiqiladi. Xullas soat 4 larda yotoxonaga yetib bordim. Yotoxona darvosidan kirar ekanman. Tumonat odam, milisa lar butun yotoxonagi talabalar ko'chada. xayron qoldim. Odamlar orasidan asta o'tib taqiqlangan joyga qarasam bir odamni jonsiz tanasi. Boshqacha bo'lib ketdim. Odamni yuziga oppoq latta yopib qo'ygan tagida esa yuqa mato borligi bilinib turar edi. Juda achinarli hol tavba kim ekan qanday olamdan o'tibdi degan xayol keldi. Kun juda sovuq edi. Bir chetda guruhimiz turardi qizlar yig'lagan bolar tinmay segeret chekardi uxxx tortardi. Salomlashdimda: - bechoraya oltin darvida olamdan o'tibdiya. Kim ekan? Ha aytgancha Guli qani yana xolasnikiga ketdimi? Hech kim indamasdi. G'alati bo'b o'rinsiz bergan savolimdan xijolat bo'lib qoldimda Uzr xayolarizdan chalg'itdim mayli men xonaga kiray deb 2 qadam yurgandim: -Vooooooooy bolamaaaaa nimalar qilib qo'yding. Qanday darding bor edi menga aytsang bo'lmasmidi. Onaizor shunaqangi baqirardiki, yigit zotidan xam ko'zidan yoshi beextiyor chiqib ketardi. Meni xam ko'zimga yosh keldi. Orqamga qaradim. Qaradimu Gulini onasi. Yo'q yo'q dushman xayolarim meni aldamanglar bo'lishi mumkun emas. Yugurib bordim xato Dugonalarim xam Milisalar xam sezmay qoldi. Choyshabni ochdim. Guli uxlardi. Sovuqdan lablari ko'kargandi... Shunaqangi baqirdim yo'o'o'o'o'q Guliiii... men yana bir eng yaqinimdan ayrildim.... Tez yordam mashinasi keldi. Xalim xolani (Gulini onasini ismi) o'gli tutib qoldi Meni dugonalarim ushlab qoldi. Gulini tez yordamda olib ketishdi. Gulini yerdan olganda tagidagi mato izg'irin shamolga motam raqisiga tushardi go'ya... U yog'i esimda yo'q ko'zimni ochsam xonadaman yotibman. Hech kim bn gaplashmasdim ovqat xam yegim kelmasdi faqat yig'lardim. Tez tez xushimdan ketardim xamshira esa meni o'zimga keltirardi. 2 kundan keyin qor yog'di maydalab kn esa kattalashdi. O'sha kuni o'qishga bordim. Umuman kalamga dars kirmasdi. O'ylardim nega unday qildi jonidan nima qasdi bor edi? Savollar savolar tinchlik bermasdi. Kechik payt Gulini xonasiga bordim. Bir dartarimni olish uchun. Kitob daftarlarni ko'rayotib, kundaligiga ko'zim tushdi. Balkim savollarim javobini toparman deb xonamga chiqdim va Kundalikni ochdim kundalikni birinchi betida Guli bn meni rasmim bor edi.... Davomi bor.Добавлено (31-Янв-2013, 23:45) --------------------------------------------- 3 yil ichida uni yaqin dugonasiman deb o'ylabman ln uni dardini bilmagan ekanman. Kundalikda ichki kechinmalari yozilgan ekan. Hammasini o'qimadim kundalikni varaqladim varaqladim.... 3 KURS deb qizil harflar bn yozilgan joyda to'xtab o'sha joydan o'qishni boshladim.... 2 Sentabr 22:47 Mana kuz boshlanganiga 2 kun bo'ldi! Kuz o'zigacha jozibali fasil deb o'ylayman to'g'rimi kundalikim. Kundalikim Ibrohimni o'qishda ko'rdim bugun. oldinlari yoqmasdi hech. negadir unga nisbatan fikrim o'zgardi. Bugun menga: -Gulnoza nega meni qiynaysiz to'g'ri qizlar bilan yurganman ln sizni boshqachasiz sizni chindan yoqtirib qolgaman dedi. Ismimni bunchalar chiroyli aytmasa jilmayishi o'ziga yarashadiki uni ko'zlari mehirdan porlab turardi.... Mayli kundalikim uxlayman ertaga erta turushim kerak.
Men juda xam qiziqardim va kundalikni varaqladim o'limi sirini bilish istardim.
31 oktabr 00:55 yana xolamnikiga ketdim deb Mohini aldadim men qanday aytaman Ibrohimni sevib qolganimni sevgisini qabul qilganimni. Jasur akaga keyinchalik tushuntirarman. Kundalikim bugun Ibrohim bn uchrashdim mashinasida ketayotgandik. Juda xam katta to'yxonani oldidan o'tdik va birdan to'xtab qaradi qarasam. Kelin kiyov oppoq libosda qip qizil gilamdan yurib borardi qizil gilamga oq atir gul barglari sochilgan kelin dugonalari juda xam go'zal qora libosda, kiyov jo'ralar xam qora kastum shimda. Yor yor sadolari ostida to'yxonaga kirib ketardi. Jilmayib qarab turgan Ibrohim men qarab Gulim menga turmushga chiqishga rozimisan deb qo'limga uzuk taqdilar. Hushimdan ketay dedim. Ertaga onas bn uchrashgani oborar ekan. Mohishkaga qanday aytaman nima deyman meni tushunarmikan Ibrohimni aldaydi deb o'ylaydi. Unashtirilaylik kn natog'ri o'ylaganini tushunadi. Mayli kundalikim ertagangi kunimga tayyorgarlik ko'ray.
31 oktabr 8:40 Xayrli kun kundalikim men tayyorman sochimni jingalak qildim o'zim yoqtirgan pushti ko'ylagimni kiydim. Onasiga yoqarmikanman voy xayajondaman mayli kundalikim ketdim o'qishga.
Nega men tushunmadim Gulini agar Ibrohimni aytgan vaqti urushmaganimda menga xam aytarmidi. Yig'lavordim ko'z yoshlarimni artib yana o'qishga chog'landim.
1 noyabr kundalikim yig'idan o'zimni to'xtataolmayapman. Yo'q onasiga yoqmadim emas... Kecha o'qishdan Ibrohim olib ketdi bir dugonam ko'rib qoldi.. . Moshinaga o'tirganimda Ibroxim: -voooy Gulim buncha chiroylisana dedilar uyalib ketdim. Ketayotganimizda Tushuntirish berdilar:- restaranga joy buyurtma bermoqchidim ln onam -uyga olib kelsang ukalaring bo'ladi gulnozaga noqulay bo'lishi mumkun restaran shovqin ana dom boru bosh shu yoqqa olib kelaqol bafurja gaplashamiz dedilar. Onam yetib kelgan bo'salar xam kerak. Domga kirdik 2 qavatga ko'tarildik eshikni ochdilar. Chiroqni yoqdilar -voy onam yo'qku tinchlikmikana. Sen mehmon xonaga o'taver men xozir. Mehmon xonaga o'tdim shinamgina ekan. Xonada divan kireslo telvizor bor ekan o'rtada stol ustul. stol did bilan bezatilgandi. Stulga omonatgina o'tirdim. Nargi xonadan ovoz keldi: -ona tinchlikmi? Nima bo'ldi. Gulnoz kelgandi. -Ha xolamnikiga ketdizmi? Tinchlikmi? -Xa xa tushunarli. -Xo'p xo'p aytaman tushuntiraman mayli keyinroq gaplasharmiz. Mehmonxonaga kirib: -onam uzr so'ravordilar xolamnikiga ketibdilar xolam negadir shoshilinch chaqiribdi. -Mayli unda ketaqolaylik dedim -xo'p ketamiz xozir biroz o'tiraylik. Yonimga kelib oxista bag'riga bosdi. Xech bunday qilmasdi turib ketdim -qo'rqma gulim menga ishon.... Unga qattiq ishonvoribman uyat uyat kundalikim endi nima qilaman xayotim barbod bo'ladi. Ular tinchlantirishga tushdilar -Gulim meni kechir menga ishon san sharmanda bo'lmaysan.... Juda xam charchadim men uxladim kundalikim...
Ko'zimdagi yosh hech tinmasdi. soat 2 lar edi . Dugonalarim chiroq yonishiga qaramay uxlab yotardi. Juda xam ko'p vaqt yozmagan ekan.
16 dekabr salom kundalikim. Senga juda ko'p vaqt yozmadim. Bugun yakshanba qish xam keldi bir marta qor yog'madida. Mohi uyga ketdi. Uni juda xam yaxshi ko'ramanki mendan nafratlansa kerak men axmoqdan. Kundalikim xayotim barbod bo'ldi. Jasur aka bn umuman gaplashmay qo'ydilar ular meni o'zgarganimni aytdilar Ibrohim akani u kun ko'rgandim men xomlador ekanman. Endi nima qilamana Ibrohim akaga aytgandim ular menga: - sen chiroylisan bazi bir boshqa qizlarga o'xshab bolar bn gaplashmasdin men esa xoxlagan qizim bn gaplashaolardim. Ortog'larim bn garrov o'ynadim garrov sharti "qancha vaqt o'tsa xam, sipirli ichimliklarsiz, va majburlashlarsiz" o'zimniki qilishim kerak edi. Ustimdan yozmoqchi bo'lsang maslaxat bermayman o'zinga qiyin bo'ladi mana bu diskda o'z xoxshing bn... agar xoxlasang ko'rishib turamiz diskni beraymi... Jilmaydilar tarsaki tushurib yubordim. -Xudoga soldim. Yig'lab ketdim. -Xa xa aytgancha onam sen xaqingda umuman bilmaydilar... Kundalikim nimalar qilib qo'ydima. Meni o'qishga jo'natgan oilamni yuzini yerga qaratdim "qizlar toshkentda o'qimasin yomon bo'b ketadi" degan qishloqdoshlarimni gapiga isbot bo'ldim Добавлено (01-Фев-2013, 00:56) --------------------------------------------- (davomi) Meni kechir bolajonim seni erkalay olmagan, kulgingni eshitolmagan yuzingni ko'rolmagan. Olam yuzini ko'rsatmagan onangni kechir kechir bolam. Onajon kechiring siz xam... Alvido kundalikim. M O H I N U R G A dugonajon sen xam kechir men arzimasam xam. sen kelganinda bu yorug' olamni tark etgan bo'laman. Bilaman sen bu kundalikni o'qiysan. Ibrohimga indama faqat... Xonamdagi shkafni tortmasida qutim bor kaliti yostig'im tagida. Uni och va u yerdagi uzugni unga qaytar. Oxirgi iltimosim shu. Dugonajonim men uchun xam baxtli bo'lgin seni juda xam yaxshi ko'raman. Bu sirlarni onam xam bilmasin mendan battar nafratlanmasin. Xudoni o'zi kechirsin meni. Odam daraxtga o'xshar ekan barglari esa xar bir kunimizga. Daraxt va odam o'rtasida farq juda ko'p ln bir farqi Daraxtni bargi vaqti kelganda yana chiqadi ln odam kuni qaytmas ekan. Men xato qildim va o'zim va bolamni joniga xiyonat qilayapman. Bolam xuddi menga nola qilayotgandek meni xayotimga zomin bo'lmang deb. Alvido Mohinur 5 :25. Daftar usti ko'z yosh dog'lari bo'b qolgandi. Uzoq yig'ladim.
Dugonajon senga aytsam, men xam Ibrohimni yoqtirardim ln aytaolmasdim chunki u xech kimni yoqtirmasdi aldanib qolishdan qo'rqardim. Uning to'riga sen ilinding nega aynan sen. seni xudoni o'zi kechirsiz farishtam deb pichirladim. Tong otdi ko'zimda yosh qolmagandi. O'qishga tayyorlandim. Ko'zlarim ishib ketgan O'qishga ketar chog'imda Gulini xonasiga kirdim va aytgan joyidan uzugni oldim. Birinchi para tugagandan so'ng. Ibrohimni nomerini topib tel qildim: - alo -alo asalomu alaykum. - volekum kim bu? -men Gulini dugonasi Mohinurman sizda gapim bor ko'rishaylik. -xo'p qayerda? O'qish yonidagi parkka kelolasizmi - xa borolaman. -unda 15 minutda boraman deb telni qo'ydim. Keyingi paralarga javob olib. Yo'lga tushdim. Piyoda ketdim Xayol surib borardim. Nega xayot bunchalar beshavqata? Shu birgina savolimga javob topolmasdim. 20 minutda o'sha aytgan joyimda bo'ldim. Tel qildim va ularni topdim. O'rindiqda o'tirardi. Borganimdan o'rnidan turdi -Qandaysan Mohi - yaxshi. -o'tir o'tirdim. Biroz oraga sukunat cho'kdi. -vaqtim yo'qroq deb sumkamdan uzugini berdim -oling omnatizni. Ibroximni ko'zidan yosh chiqdi. Meni kechir Mohi. Men axmoq ekanman bir umr vijdon azobida qoldim. Rostini aytsam meni yoqtirganim bor... E xudo uni yoqtirgani bor ekan degan xayol o'tdi. . . -unga xatto gapiraolmayman. Uni birinchi bor unvga xujjat topshirayotganimda ko'rgandim. O'sha kundan xayolimni og'irladi. Men o'ziga to'q oiladanman. ln xujjat topshirgan kunimiz ertasiga bir kafega ishga kirdim. Bunga xam qoniqmay moykada xam ishladim. Xullas ishlagan pulimni yig'dim va fotoaparat sotib oldim. Imtixonga kelgan kunidan boshlab uni rasmga oldim. Kn uyigacha kuzatib bordim. Sog'inganimda uni ko'rgani borardim rasmga tushurardim. U xam talaba bo'ldi xursand edim yoqtirgan yoq ekan surtishtirib bildim. uni oshiqlari bor ln ulardan men ximoya qilib yurardim. To'g'ri men ko'p qizlar bn gaplashdim sevganimni o'sha qizlardan qidirardim qancha dillarni o'g'ritdima. Ln dugonangni aldaganimdan afsusdaman... Ag. . . -bo'ldi yetar boshqa eshitishni istamayman deb gapini bo'ldim. nima afsuslansayiz Guli qaytarmidi? Men emas xudo kechirsin sizni. Men ketdim deb o'rnimdan turib endi ketmoqchi edim - to'xta xa afsuslanishdan foyda yo'q. Meni g'oyibona sevib yurgan insoni bir ko'r u xammadan chiroyi yonidagi setkani qo'limga tutqazdi chiroylimish? Deb xayolimda gapirdim alam qilib ketdi. Birinchi muxxabatim sevgilisini rasmini ko'rish menga juda og'ir edi. Nima menga maqtanayaptimi? Deb xayol qildi. Bir oz xayol surib qoldim. Ibrohimni tamoq qirishi xayolimni chalg'ijtvordi. Setkaga qaradim ichi to'la rasm edi. Rasmlarni ko'rib baqirvoray dedim. Axir men! U yerda kanikulgi vaqtlarimdagi rasmlar xam bor edi. Bo'lishi mumkun emas yig'lavordim. -Meni kechir... Gapirmadim yugurib yig'lagancha ketib qoldim. Taqdir bunchalar beshavqata? TAMOM
|
| |
| |
| M@$ter | Сана: Жума-муборак кун!, 01-Фев-2013, 11:57 | Изох # 650 |
|
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 335
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 205
Холати: Хозир йўқ
| Qoyil juda ta'sirli va ma'noli.
|
| |
| |