Hikoya - Страница 22 - Форумистон
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Hikoya
LoadingСана: Сешанба, 25-Сен-2012, 09:16 | Изох # 526
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
- Bilasizmi, dushmanin kimligini bilib yashagan yaxshi. Garchan doim unga mag'lub bo'lsang ham. Men dushmanlarim kimligini katta yoqotish evaziga bilib oldim. Moddiy boylik xaqida odamlar turlicha o'ylashadi. Kimda boru, kimda yo'q. Agar manan boy bo'lsa buning farqi bo'lmaydi. -- Uning gaplari chunarsiz. Ilmoqli tarflar kimga tegishli ekan? Menimcha u uyqusirayabti. - Chunolmadim. Dushman, moddiy boylik, nima demoqchisiz. Pul uchun sizga suyuqast uyishtirilganmi?
- Yo'q. Avto halotani aloqasi yo'q. Bu bir qulay fursat edi. -- Buyog'i juda qiziq. Qartaning orqa tarafida nima bor ekan? Tuni bilan uxlamaganimga asta uyqu bosib boryabti. Ruxsat so'rab yuvinish xonasiga chiqdim. Baxonada kichik xonanani tekshiruvdan o'tkazdim. Paytdan foydalanib Tango oshxonaga chiqib ketipti. Idishlarni taqir-tuquridan bilinib turibti. Oshoxonaga kirdim.

Добавлено (24-Сен-2012, 23:33)
---------------------------------------------
Oshxonaga kirdim. Chovgumda g'uvillab suv qaynab turibti. Mexmonxonadan buyer issiqroq ekan. Tango finjonda qaxva tayorlab sto'lga qo'ydi. Likopchada pishiriqlar keltirdi. Men burchak qilib yasalgan kursiga o'tirdim. U uyoq-buyoqni tezda tartibga keltirib, o'ziham kelib o'tirdi. Hayolimdan o'tkazganlarim shunchalik yoqimli ediki "yoshni nima axamiyati bor?" degan savolni o'zimga berdim. Uyga kelganingda muomila qilib kutib olsa, oshxonada kuyib-pishib xizmatini qilsa...

Добавлено (25-Сен-2012, 08:16)
---------------------------------------------
P.S Hikoya mavzusida yozilvotgan "Bir Taqdir" hikoyam Alohida mavzuda davom etiriladi.
Sabablar: 1-dan taqdim etmoqchi bo'lgan hikoyalarim bor. 2-dan Shukrona opani hikoyalarini davomi tayyor bo'libti. Shuni joylamoqchi ekanlar. 3-dan amaliyot shuni ko'rsatdiki doyimiy ravishda hikoya yozib boradigan ijodkorlar mavzusi alohida bo'lishi o'quvchilarga ham qulaylik yaratadi.
Etiroz bo'lsa shu mavzuda davom etirishim mumkin.

Shukrona opa ana endi arzi xolni yeg'ishtirib Hikoyezni davomini joylen.

Hamma ijodkorlarga ijodiy parvoz tilab Loading...


Faqat 3 ta shart!
 
DarkСана: Жума-муборак кун!, 28-Сен-2012, 02:36 | Изох # 527
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 159
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 612
Холати: Хозир йўқ
Assalamu alaykum...
Bugun onajonimni juda ham koproq sogindim, korgim keldi, mehr tola kozlariga boqib, bagrimga bosgim kelayotganini qanchalar hohlasam-da, uzoqdaman...

Bugun hayotda korgan, eshitganlarimdan kelib chiqqan holda hiyoka yozib kormoqchiman, inshaallah sizga manzur boladi degan umiddaman...

(hikoyaga nom quygim kelmadi...)
Millatim turk, oilaliman... turmushimizga 10 yil boldi, uyda hotinim va man... Ha, uylanganimga on yil bolgan bolsa ham farzand nasib bolmadi, har namozimda, kechalari uhlamay hudoga yolvorib undan avlod berishini surardim...
Qarndosh uruglar, yoru birodarlarni "Hotining tugmaydi... Boshqasiga uylangin... Befarzand otib ketasan ahir..." degan gaplardan toyib ketganimdan Istanbulga kochib keldik... Bir amallab ish ham topdim, ijaraga uy ham olgandik, baxtli edik, garchi farzandimiz bolmasa ham xotinimni sevar edim, u ham mani juda ham hurmat qilar va sevad edi...
yillar otaverarkan, ortda qolgan on yil qanday otganini ham bilmay qoldim... Qarndoshlarimni gaplari yetmaganday, hotinim ham "uylaning, bolalik boling" degan gaplarni gapiradigan boldi... nima qilay, sevardim uni, boshqani kozim kormasdi ahir... Yaxshi eslayman... Bir kun Meroj kechasi edi, tunda uhlamay, tilovatda boldim, namozimni oxirida joynamozga tikilib, biroz oylanib qoldim... ich ichimdan "Ey Allohim, nima bersang ber, ahir bitta avlod bersang nima boladi, qiynalib ketdikku", deb tangriga yolvorgan edim... Hudoyim karami keng zot, bir hafta otmay hotinimning bir yarim oylik homilasi borligini bilib juda ham hursand boldim... Hotinim ham hursand edi...
Oylar otdi, tugilmagan bolaga hamma kerakli ust va oyoq kiyimlarini olib qoygandik... mana, biz kutgan kun ham keldi, OGIL tugildi... Bizdan baxtli odam yoq edi goyo... Qavmi qarindoshlar hursand, yoru birodarlarimiz hursand bolishdi. Ismini Yusuf qoydik, Yusuf alayhissalom kabi chiroyli aqlli bolsin deb... Oradan ikki oy otdi, hursandchiligimiz kopga bormadi... bolakay har kuni yeglayverardi, nima qilsak ham yeglab hatto kechalari uxlamasdan yeglab chiqardi...
Bundan qorqib, doktorlarga murojaat qildik, ular bolani tekshiruvdan otkazib, bir ikkita dorilarni yozib berishdi, dorilarni ichsa ham tinmay yeglayverardi... bolani kotarib bir nuroniy otaxonni oldiga olib bordim. Tabib, Qur'on suralaridan bir nechtasini oqib dam solib qoydi... Yoq, foydasi bolmadi, hamma har hil ishni qil deyishar... har birini aytilganidan ham ziyoda qilsak ham bola yeglayverardi... Bir kun bir uzoqroq tanishim bolani monastir(hristianlarning ibodat qiladigan dargohi)ga olib borib, rohibga korsatishni tavsiya qildi... Hamma ishni qildim, endi musulmon bolib turib monastirga oboramanmi?! oyga chongib qoldim... Bolaga yaxshi bolar degan maqsadda bolani kotarib monastirga ham olib bordim...
Olib borishga bordim, lekin boshida bolani rohibni qoliga bergim kelmadi... nachora, foydasi bob qolar... rohib bolakayni qoliga olib, birozdan qaytib berib, bolani chorraha ortasiga (+ shaklidagi 4 yolning ortasiga) yarim tun soat 12:00da tashlab qoyib uzoqdan qarab turasiz, bolani topib olgan kishiga pul berib rozi qilib bolani olasiz, keyin yegisi qoladi dedi...
Monastirdan chiqar ekanman, qanday qilib bu ishni qilaman degan hayolga botdim... Rostdan ham yegisi qolar... Bir yolini toparman.... Izlab-izlab 4 yolning ortasida gulzori bor chorrahani topdim... arang bolani quyib, uzim uzoqdan qarab turdim... BOla tinmay yeglar, yolda esa deyarli hechkim yoq edi... 2 soat otib bir ospirin yigit bolani kotarib uyoq buyoqqa qarab, bolakayni ota onasini izlay boshladi... Yugurib oldiga bordim, huddi yuqolib qolgan bolamni topib berding deganday unga pul berdim, rozimisiz dib suradim, ha roziman deb aytdi... bolakay uxlab qolgandi...
Tunda uxlamaganim uchun soat 11:00larda uygondim, qarasam hotinib bola bn ovora, u hali ham yeglayverardi... Rohibni aytganlari tasir qilmagan edi...
shu ketishda bola ikkiga, uchga, tortga va besh yoshga ham toldi... bolakay katta bolar ekan, uni kuzatib borar edim, bir onasini bir mani uradigan boldi, jirkib bizdan qochib ketadiganday qarar edi...
Yillar otdi, maktabga berdik, maktabda ham kop topolonlar qildi, ikkitamas, uchtamas, tortinchi maktabga kochib otib shu maktabni arang bitirib oldi.
Bir kun ishdan uyga kelsam "Dada man uylanaman" deb turib oldi... Bittayu bitta farzand, nima qilibdi, uylantirsak balki yaxshi yolga yurar degan maqsadda uylantirdik... juda yaxshi toy boldi, hamma hursand boldi, toydan 2 oy otmay Yusuf oglim manga "Alohida uy olib beringlar, boshqa yerda yashagim kelyapti" deb topolon qilishni boshladi... "Bu uy joy, har bir buyumdan tortib hammasi sanga tegishli uglim" degan gaplarimga qaramay, boshqa uy olib berishimizni talab qildi. Olib ham berdik, uydan kochib ketayotib "mani hechkim kurgani kelmasin, agar uyimda sizlarni kursam oyoq qolingizni sintirib chiqaraman" deb doh qilib hotinini oldiga solib chiqib ketishdi...
Alam qildi, odamni asabi buzilgan sayin sogliq ham kotarmay qolar ekan... oyogim yurmay qoldi... bittayu bitta oglim deb, dunyolarga ishonmay uzim katta qilgan uglim bir yil otsa ham korgani kelmas edi... Bir kun onasi erta tongdan turib uglini kurgani borib kelay dedi, negadir konglim gash boldi, borma desam ozimni bolam, sogindim uni deb chiqib ketdi...
Ona bolani uyi tomon yaqinlashar ekan, yuragi tez-tez urar, kozlaridan yosh tomchilari sekin sekin oqa boshladi... soginch onaning yurak bagrini ezib yuborgan edi... Uyga kelgach, eshikni taqillatdi, eshikni kelini ochdi, hursand bolib ketdi, besh daqiqa otmay "onajon oglingiz kelmasdan chiqib keting, hozir urush boshlaydi" degan ediyamki eshik ochilib Yusuf kirib keldi...
Osha kuni uyda telefon jiringlab hotinimni markaziy shifoxonada ekanini, qollari singan, yuzlari kokarib ketgan holda yotganini eshitdimu, yuragim sanchiy boshladi... Nega ahir, jaxl ustida uglimga telefon qildim, goshakni Yusuf kotardi
-alo?! aaaloooo?! kim buuu?! deb baqirib ketdi Yusuf, jaxli chiqqan ota Yusufni bir yildan beri ovozini eshitmagan edi, kuzidan yoshlari tohtamay oqa boshladi...
-oglim.... ancha sukutdan keyin, -onang sanga nima qildi, nega uni dopposlading? Hudodan qurqmisanmi?...
-mani korgani kemalarin degan edim, yana bir marta kelsa oligini olib chiqishadi bu uydan, manga boshqa telefon qima, daf bol..., deb goshakni quyib quydi Yusuf...

hotinim uyga keldi, yaxshiyam qarndoshlarimiz bor ekan, ular ancha yordam berishdi, hotinim ancha ozgargan, oldingiday kulmaydi, gapirmaydi... oynaga tikilib otirgani otirgan... bu hayot sinovlari shunaqa ekandaa, deb qoyardi bazida... Bir qanrdoshimiz ziyoratga kelib, "Oglingiz Yusuf boshqa shaxarga kochib ketibdi" deb qoldi... Uni hunarlaridan zerikkanimdanmi, yo hotinimga rahmim kelganidanmi hafa bolmadim, "kegan bolsa yaxshi bolibdi, qayerda bolsa omon bolsin", deb quydim... oradan 2 yil otdi... hotinim yarim jinni yarim sog kabi edi, bazida ozi bilan uzi gaplawadigan, hamma otgan hayotimizni deraza oldida otirib bir odam bilan gaplawganday gaplawar edi... Soginch azobi uni yana qiynay boshladi... "Dadasi duo qiling, man Yusufni korib kelay" dedi... ruhsat bemayman deganim bilan uydan otilib chiqib ketdi... Azgina otirdim... ortidan boraman digan qaror qildim... yol olis mashinada kamida on ikki soatda yetib boradigan yol, keyin man ham yolga otlandim... Bir jiyanimni qongiroq qilib chaqirdim... mashinada kelib olib ketdi, hotinim mandan 2soat oldin ketgandi... Yuragim havotirda edi...
Yetib ham bordim, odamlardan surishtirib topib bordik. Qarasam 4 qavatli uyni 3chi qavatida yashar ekan... Jiyanim bilan bir amallab 3chi qavatgacha chiqib oldik, uy eshigi ochiq, devorlar qon, yerda kelin yuzlari kokarib ketgan holda yotardi... Jiyanib yugurib borib, kelinni kotardi, nima boldi degandi ham yuziga kutilmaganda qattiq musht tushdi. U zarbaning kuchi sabab hushidan ketdi... Yusuf oldimga yaqinlashib kelarkan, uni oldirgim kelar, qattiqroq ushlab uradigan birorbir buyum oxtarishni boshladim... Yusuf "Sanlarga kelma degandimmi?! Nega keldilaring aaa" deb otani ham uchinchi qavat zinasidan otirgan aravachasi bilan birga itarib yubordi...
Hushimga kelganimda, shifoxonada ekanman... Oldimda jiyanim boshini stolga qoyib uxlab qolgan, hammayogim qattiq ogrir edi... Hamshira kirib keldi, jiyanim ham uygondi, yaqinlashib sogligimni suragandan song, arang hotinim qani deb shivirladim... "amaki, u kuni Yusufni qoshnilari militsiyaga habar berib chaqirtirishgan ekan, vaqtida kelishdi, bomasa hammani oldiraman oldirishdan toymasdi..." dedi jiyanim...
Hotinim man yotgan shifoxona, boyni, orqa umurtqasi singan, boshi yorilgan, qattiq zarba sabab hushiga kelolmay reanimatsiyasida yotgan ekan, kelinim oldida, uglim Yusuf esa qamoqxonada... qayerda hato qildim, nega ikki iymonli, namozlarini tokiz qiladigan eru xotin farzandi bunday palit bolib yetishdi ekan degan savol berdim ozimga...

Esladim... "Ey Allohim, nima bersang ber, ahir bitta avlod bersang nima boladi, qiynalib ketdikku"....
Allohdan soralganda hayrli duo, hayrli niyat, boshini va oxirisini hayrini surash kerak ekan... Nima bersang ber deb bolmas ekan... deb tushinib yetdim...

ps: har kimga ilmli, ota onasini hurmat qiladigan, mard yigit farzandlar nasib qilsin...
yuqorida keltirib otganimday, har bir ishni sorashdan duo qilishdan oldin hayrli bolishi sorashni unutmaylik, har bir otirishimizni, har bir turishimizni, boshlagan ishimizni boshini va oxirini, bugungi kunimizniyu oxirimizni hayrli qilishini yaratgandan sorab qolaman...
uyqusirab yozganim sabab ayrim hatolarni korsangiz aybga buyurmaysiz...




Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Dark - Жума-муборак кун!, 28-Сен-2012, 03:22
 
ShukronаСана: Жума-муборак кун!, 28-Сен-2012, 08:33 | Изох # 528
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Dark manoli hikoya. Xamma narsa niyatga bog'liq. Niyatni, yaxshi yomon vaziyatni yaxshilikka yoyaylak.
 
LoadingСана: Жума-муборак кун!, 28-Сен-2012, 11:38 | Изох # 529
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
P.S AVAZ og'a juda ibratli bo'ldi bu hikoya. Man bu duoni qilganda nogiron farzand dunyoga kelsa kerak deb taxmin qilgandim. Keyingi ilk ta'surotim ota-ona yig'loqi boladan voz kechsalar kerak deb o'ylo'dim.
Nauzubillaxi min zalik.


Faqat 3 ta shart!
 
Sokin_QalbСана: Жума-муборак кун!, 28-Сен-2012, 13:00 | Изох # 530
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 177
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 35
Холати: Хозир йўқ
Mangayam hikoya yoqti! Hayotda wunga o'xwaw voqea ewitgandim 5ta qizdan keyn og'il ber dib so'rab ogan farzandi 6-ga o'g'il bo'ladiyu Odam bo'lib ulg'aymidi! Bunaqa farzandla Ota Ona uchun bu dunyoda azob! Niyati yaxwi qiliw kere farzand bösa böldimas solix farzand 8 muchali sog' farzand sörash kere Allohdan!

 
LoadingСана: Чоршанба, 03-Окт-2012, 20:48 | Изох # 531
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Afsus
Poshsha jaxil otiga mingan. Qizining yengiltak hayot sari ketishi uni shu holgacha olib keldi. Buning ustiga ko'chada kattayu kichikga kun bermay o'sgan o'g'lini singlisi bilan ishi yo'q. Poshsha no iloj yana eski plastinkasini aylantiradi. Zora shu safar Qaxramon singlisiga gapirsa. Zora qizi es-hushini yeg'ib olsa..
- Hoy baraka topkur aka bo'lib senam bir nima degin axir? Bu qiz yashshamagur nomusga o'ldiradiku bizni?
- Yana boshlandimi opa?! Ne tergivuras?!
- Qanaqa erkaksan o'zi?! Qara buni kiyinishini?!
- Opa pul o'ziniki holaganini kiysin! Kichkinaligida kiyardi, hoziram kiyursin. Erga teyganda, eri nima disa shuni kiyaveradi. Hammayam kiyib yuribtku shu kiyimmi?
- O'lib ket bo'masam! Sharmanda bitta sininga gapin o'tmasa. Ve hezalakmisan? Kichkinaligida kichkina edi. Endi odamlar gapiradi. Hech kim omi qari qiz bo'lib qosa o'zin boqasanmi?
- Ts eeey? Ezvorarkansiz borku? Boqaman o'zim. Muncha niyatiz so'vuq?!
Bu vaqtda o'qishdan qizini olgan ota telefonda o'z ishlarini hal qilish bilan bant. Qizni ko'zi telefonidan uzilmidi. Huddi telba odamdek o'ziga o'zi gapiradi. Kuladi, kimnidur koyib bergandek bo'ladi. Svetaforda to'xtagan mashina yonida Prado kelib to'xtadi. Haydovchisi qizni ko'zdan kechirishni boshladi. Qiz jilmayib yigitga qaradi. Telefonidan bo'shagan ota bu xoladan g'azablandi. Gapirishga gap topkunicha yashil chiroq yonib Prado yurib ketti. Otani ori kuchlilik qilib tezlikni oshirgancha Pradoni siqib yo'l chetida to'xtatdi.
- Tinchlimi oka!?
- Xa o'! O'g'il bola?! Ne qaravossan.
- Mumkinmasmi?!
- Yo'q albatta! Bu mani qizim?!
- Qizin bo'sa yeg'ishtirvol, ko'ynegini bo'sayam yechib avratlarini yopib qo'y! Moshineni ol dayus! -- yigit uzuq kutolmadi. Mashinasini orqaga olib yo'lida davom etti. Ota xaykal bo'lganicha "AFSUS" deyoldi halos.
Hikoyamiz ona bola suhbatiga qaytadi. Poshsha nima demasin aka singlisini yonini olaverdi. Nima desin. Singlisi qilib yurgan ishlari o'zining tanishlari bilan bir xil. Uning uchun bu oddiy holatga aylangan. Poshsha afsus chekdi bunday boqi beg'am farzand tarbiya qilganidan.
Loading...


Faqat 3 ta shart!
 
ShukronаСана: Чоршанба, 03-Окт-2012, 21:22 | Изох # 532
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
E bunaqa dayusla bo'lmaganda, qizlarimiz orli bo'lardi.
 
DilraboСана: Пайшанба, 04-Окт-2012, 00:29 | Изох # 533
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Assalomu alaykum.Jamiyatimizda afsuski bunaqa odamlar soni judayam köp.Hatto,qizlariga kalta yubka, mayka,wim sotib olib beradigan otalar bor.Dayuslar- jamiyatni kemiruvchi kalamuwlarga qiyoslanadi...NTT kanalida 21.05 da "JARLIK ISKANJASI:MAHDUDLIK YOHUD XUDBINLIK" nomli körsatuv duwanba kunidan buyon namoyish etilayotgan ekan.Men kecha va bugun tomosha qildim.Könglimdagi hamma gaplar aytildi.Körsatuv ijodkorlariga tashakkur!.Loading qöwni,shunaqa tarbiyaviy ahamiyatga ega hikoyalardan köproq yozib turing iloji bölsa.IJODINGIZGA BARAKA!

Nigohimda jamdir bu olam...
 
LoadingСана: Пайшанба, 04-Окт-2012, 23:17 | Изох # 534
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Afsus.
Habibulloh oylik olgan. Qiziga kiyim olib berishni lavz qilgani uchun chorsuning yuqori bozoriga olib bordi. Do'konlarni aylanib birinchi poyabzal olindi. Mushtari otasini yetaklab avvaldan tanlab qo'ygan kiyim do'konlariga yetakladi. Habibulloh bu taklifdan yengil tordi. Qiz bolaga qanday kiyim tanlashni bilmasa. Avvalgi kichkintoy Mushtari bo'lsa edi, shart-shart olib berardi. Hozir Mushtariy kollejni 2-kurs o'quvchisi. Onasi bo'lsa edi...
Habibulloh qizi ko'rsatgan do'konga kirib unga yuzlandi. Mushtariy boshini egib turardi. Ota qizining bu xarakatidan unchalik xayron bo'lmadi. Sababi qizi olib kirgan do'konlarda urfga aylangan kiyimlar sotilar ekan? Mushtariy huddi dugonalaridek kiyingisi kelgani uchun otasini boshlab kelgandi. Lekin u otasini juda yaxshi biladi. Qancha erkalanish bo'lsa boshqa mavzuda bo'ladi. Dugonlar bilan kechki sayr, har kungi rejada yo'q tug'ulgan kunlarga Habibulloh ruxsat bermaydi. Mushtarining bu boradagi javobixam faqat ota ruxsatiga borib taqaladi. Hullas bu kiyim-boshga ruxsat tegmadi. Bozor maydonida qiz otasiga dugonasidan o'rgangan gaplarni qaytardi. Habibulloh bu gaplar qizniki emasligini payqadi. "Qizim siz o'qishizni o'qin, dugonlarni gapini emas"deb tanbex berdi. Bozor "saygak"lari mijozlarni do'konga sudray boshladilar. Biri erkaklar do'koniga tortqilasa, boshqasi qizlar bo'limiga tortqilaydi. Tasodif bo'lib besh daqiqa oldin kirgan do'konlariga kirib qolishdi. Sotuvchi bu safar savolni qattiyroq berdi. Mushtariyning kiymidan bu mijoz uning mijozi bo'lishi mumkinligini bilgan ro'molli ayol suxbatni qisqa qilib ularni o'z do'koniga olib kirdi...
Kun qizib ketti. Bozorda nafas olib bo'lmaydi. Mushtarining kayfiyati yo'q. Bu qanaqasi o'yladi u? Kollejni ikkinchi kursida o'qiyabti. Lekin erki o'zida emas. Hech bo'lmasa tengdoshlari kiygan kiyimni kiyolmasa? Ichida birnima tiq ettib ketti. Vazminlikni saqlab otasidan adolat talab qildi.
- .. Agar oyijonim tirik bo'lganlarida sizni bu qattiq qo'lligingizdan hafa bo'lgan bo'lar edilar. -- Mushtari bu gaplar o'ziniki emasligini o'zi xam sezdi. Tanasini titroq bosib qaltirab qoldi.
- Qancha katta bo'lma baribir men uchun qizimsan! Onanga kelsak, u shunday odobli edi. Bir dona savolga bir dona javob berar edi. Yotoqxonadan tashqarida ro'molsiz yurmas edi. Albatta sizlar tug'ilganingizdan so'ng. Qizim sen tanlagan kiyimni... aytish uyat! -- Habibulloh kuni kecha do'stlari qizlaridan nolib gapirganlarini esladi. Qizlari ming'irlayverganidan keyin "tinch qo'ysin"deb zamonaviy kiyimga ruxsat berishibti. Habibulloh ularni bu qilmishlarini qattiq qoralagan edi. Hozir o'zi shu axvolda qoldi. Do'stlariga bunday deb turib o'zi ulardek yo'l tutishi mantiqsizlik bo'ladi. Ammo qanday qilsinki, "jonim qizim" deb katta qilgan qizi hafa bo'lib turgan bo'lsa. Bu unga o'g'irlik qiladi. Do'slarini qilgani to'g'rimikan? Habibulloh yechim izlab atrofga qaradi. Ko'zi do'konlardan biriga kirib ketayotgan ota va qizi tengi keladigan qizini ko'rib qoldi. Mushtariyni usha do'konga olib kirdi. Haligi qiz Mushtariy kiymoqchi bo'lgan fasondagi ko'ylakni kiyib ko'rdi. Kiyinish xonasidan chiqib kelganida dadasi uni ko'rib jilmayib qo'ydi. Qiz to'lachadan kelganidanmi, kiyim badaniga yopishib turardi. Dadasiga orqasini o'girib ko'ylak qandayligini so'radi. Mushtariy uyalib do'kondan chiqib ketti.
Mushtariy mashinada o'tirar ekan otasiga aytgan gapini o'yladi, tengoshini o'rniga o'zini qo'yib ko'rdi. Habibulloh o'z ishidan mamnun bo'lsada yuzidan buni bilib bo'lmas edi. Ota bola baravariga Afsus deb qo'yishdi.


Faqat 3 ta shart!
 
DarkСана: Чоршанба, 10-Окт-2012, 17:11 | Изох # 535
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 159
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 612
Холати: Хозир йўқ
Aziz, dostlari ichida eng quvnoq, har doim yaxshi kayfiyatda atrofidagilarini sevimli kishisi edi... kayfiyati har doim joyida... gapga usta, har doim suhbat uchun kerakli gaplarni topar, hatto bazan atrofidagilarni oziga ma's qilib qoyar edi...
bu inson qanday qilib doim yaxshi kayfiyatda yura oladi? biror kishi undan qanaqaligini sorasa "Super, hammasi yaxshi", deb javob berishadi... "Super...".
Aziz doim pozitiv va hayotga kulib boqadiganlardan edi...
yon atrofdagilardan biri siqilib yursa yoki kayfiyati bolmasa, Aziz u tanishi oldiga borar, bu ahvoldan qanday chiqib ketishni orgatar edi...
bir kun uni oldiga bordim... "tushinolmayapman, qanday qilib har doim bu kayfiyatda yurasan? qanday qilib hammasiga ulgura olasan? buni siri nimada?"
Aziz:
" har tong uyqudan turganimda ozimga ozim Aziz bugun ikki tanloving bor:
kayfiyatin quyosh kabi charaxlaydi, yoki yomon boladi... derdim...
Katfiyatimni quyosh kabi bolishini tanlardim. Boshimga bir yomon ish kelsa yana ikki tanlov turadi oldimda:
taslim bolib, ozimi ozim qiynab dod voy solmoq, yoki bu ishdan kerakli ibratni, darsni olmoq...
man boshimga kelgan har yomon ishdan ozimga ibrat olishni tanlaymay... biror kishi manga bir dardini, shikoyati bilan kelganida, yana ikki yolim boladi... shikoyatini qabul qilish yoki unga hayotning quvonchli taraflarini korsatish... man hayotning quvonchli taraflarini tushintiraman..."
yogeeee, deb ishonqaramadim... Shunchalik osonmi? Ha... deb javob berdi Aziz... Hayot tanlovlar, yollardan iboratdir... har boshga tushgan ishda tanlovlar, yollar boladi... san har ahvolda qanday harakat qilishini tanlaysan... ya'ni san hayotingda qanday yashashni tanlaysan...
Azizni gaplarini eshitib ta'sirlandim... uni, uzuuuun yillardan beri kormadim... ammo, hayotimning tahlikali yerlarida otirib qolish orniga, yana haqiqatga tik boqib, undan ibrat olib har bir qilgan harakatimda uni hotirlardim...
yillar otib, Azizning boshiga kutilmagan ishlar keldi... Uyiga ogirlikka kelgan ogrilar, uyda odam borligini korib qorqib, Azizni ilma teshik qilib otib ketishdi... operatsiya 18 soat davom etdi... bir necha haftalar oziga kelmay bir yerda yotib qoldi... hatto shifoxonadan uyga ruhsat berilganidan keyin ham qimir etmas edi...
man uni bu otgan ishdan olti oy songra kordim... qalaysan? deb soraganimda, "Super, hammasi yaxshi"... "hammasi yaxshi"... osha ogrilar bilan otgan voqeada nimalarni his qilding deb soradim... "yerda yotganda ikki yolim borligini tushindim... yo yashashni tanlashim, yoki o`limni... man yashash yolini tanladim"...
qorqmadingmi? hushingni yoqotmadingmi?
"Tez yordam mashinasida kelgan shifokorlar yaxshi insonlar edi... manga havotir olma tuzalib ketasan deb dalda berdilar... ammo shifoxona ostonasida kutib turgan shifokorlarning, bemorni ahvoli qanaqa degan savollariga hamshiralarning yuzidagi ifodani korib birinchi bor qorqdim... bu ifodalar manga, bu inson o`ldi, qaytib oyoqqa turmasligimni sozlar edi... bir nima qilmasam bir ozdan keyin o`lik bir inson bolishim aniq edi...."
nima qilding? qiziqib soradim...
toliqqina bir hamshira oldimga yaqinlashdi va nimaga bolsa ham alergiya bolganmisan deb baqirib soradi... ha, deb javob berdim... shifokorlar va hamshiralar jim bob qolishdi... chuqur bir nafas oldim va baqirdim: mani o`qdan alergiyam bor!...
shifokorlar va hamshiralar kulishni boshladilar... yana baqirdim... man yashashni tanladim... yashashni...
Aziz, faqatgina shifokorlarni ishini ustaligi uchungina emas, ozining irodali ekanligi uchun ham yashadi... bu yashagani manga yana dars boldi...
harkun, hayotimiz davomida baxt tola quvonchli onlarimiz bn yashashni va bu bizni haqqimiz ekanligini undan organdim... va hayot yolimizdan qanday yol tutish ozimizga bogliqligini anglab yetdim...
ps. bu hikoyani oqidilaring... endi oldingizda ikki yol bor...
1. oqiganlaringni unutish...
2. yoki ibrat oladigan yerlaridan foydalanish va shunga amal qilish...:D

uzimda kopincha shunday boladi... qaror qilish kerak bolgan paytda yaxshi yomonga ajratib keyin qaror qiladigan bolgandim...


 
bek_x6Сана: Чоршанба, 10-Окт-2012, 17:20 | Изох # 536
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 58
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 676
Холати: Хозир йўқ
raxmat kottakon Dark!
rosa xozirda manga kereli maslahatla, anchagina ibrat oldim, tashakkur


Vaqt o‘tadi va hayot ko‘rsatadi... Hammasi yaxshilikka bo‘lgan bo‘ladi :-)
 
LoadingСана: Пайшанба, 11-Окт-2012, 16:30 | Изох # 537
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
1.Yo'l.

Faqat 3 ta shart!
 
DilraboСана: Жума-муборак кун!, 12-Окт-2012, 12:05 | Изох # 538
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Assalomu alaykum. Juma muborak bölsin. Dark,inson matonati toshlardan qattiq,inson irodasi suvlardek shaffof...hikoyadan yaxshi taassurot oldim. Bu hikoyaning hajmi kichik bölsada,salobati bilan katta hajmdagi ma'no maslaksiz "asar"larni bir hamlada daf qila oladigan jihati bilan ham ta'sirlidir. Aynan,Odam avlodiga yuksak ong bilan tanlash imkoniyatini bergan Allohu taologa hamdu sanolar bölsin! Har doimgidek ajoyib,köproq yozib turing.Aytgancha,nimani öqiw yoki öqimaslik ham ongli tanlovlarimiz jumlasiga kiradi...IJODINGIZGA BARAKA!

Добавлено (12-Окт-2012, 11:05)
---------------------------------------------
Nomaqbul farzand haqidagisi ham ajoyib.Har kim niyatiga qarab ato qilganini olaveradi.Qazoi-qadardan boshqasi bu dunyoda yolg'on va ötkinchidir.Alhamdulilloh musulmonmiz,bu dunyoda fido bölishga arziydigan Iymonimizdan judo qilmasin,iloho.InshaALLOH,Jannatdan umidvormiz.Allohim, har bir bandaga Muhammad s.a.v ummatim, deyishlariga arzigulik farzandlar ato qilsin.Barcha yaxshiliklar Allohdan!


Nigohimda jamdir bu olam...
 
fer_shonСана: Жума-муборак кун!, 12-Окт-2012, 12:07 | Изох # 539
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 9
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 530
Холати: Хозир йўқ
Quote (Dilrabo)
Barcha yaxshiliklar Allohdan!

shuningdek barcha sinovlar ham albatta!!!
 
DilraboСана: Жума-муборак кун!, 12-Окт-2012, 13:11 | Изох # 540
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Loading qöshni,hikoya uchun rahmat. Avratlarini bekitishni istamagan yarimyalong'ochlarga,aynan ayollar avrati doirasidagi Qur'oni karimning bir qancha oyatu-suralarining qadri qanchalik ekan? Agar "zamonaviy"likka da'vo qilishsa,ayni muddao Allohning kitobi qiyomatgacha "moda"dan qolmaydi!Musulmon farzandlari böla turib, Allohning yöliga- kitobiga,farzlariga,... iymon keltirmaganlar,Muhammad s.a.v amal sunnatlariga itoat etmaganlar,ota-ona aka-uka yoki turmush örtoqlariga itoat etishlari gumon... Afsuski,Allohning buyurganlarini,Muhammad s.a.v ning muborak hayotlarini öz nafsiy jihatlari uchun özgartirib körsatayotgan gumrohlar ham yetarli...Ana endi, yarimyalang'ochlarga foydasi bölarmikan,degan maqsadda: zamonamiz donolaridan Tursunoy Sodiqovaning qiz-ayollarga,yigitlarga atalgan pand-nasihatlarini e'tirof etmasdan ilojimiz yöq,ammo inobatga olish-chi?... Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ayollar masalasidagi hikmatli ilmu saboqlari ular uchun qiziqtirmasdir,ehtimol? O'tkir Hoshimovning achchiqqina bitiklari ham ta'sir qilishiga shubham bor va hakoza...Insofu-iymonimizdan judo qilmasin,ilohim... . Bu fikrlarim hikoyangizni öqish barobarida Juma kundaligi uchun bitilgan öy-kechinmali mulohazalarim edi...IJODINGIZGA BARAKA.

Добавлено (12-Окт-2012, 12:11)
---------------------------------------------
Albatta Feruza,bu dunyoning yolg'on va ötkinchiligiga ishora-Allohimning sinovidir.Biz Allohdanmiz va Allohga qaytamiz.Bizga esa faqatgina IYMON imiz hamroh bölishi mumkin,xolos.JUMA MUBORAK! biggrin


Nigohimda jamdir bu olam...
 
LoadingСана: Жума-муборак кун!, 07-Дек-2012, 01:11 | Изох # 541
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Yarim tun, honam ichkarisidan eshik yopiq. Yotibmanu uyqu kelavermadi. Uzoq-uzoqlardan mashina shovqini eshitiladi. Ha desa tinmagach shamol esyabti degan hulosa beradi. G'isht devorlar bazan bir silkinib oladi-yu, zil qilib osib qo'yilgan faner shift qarsillab ketadi. Hozir qulaydi deb qochishga chog'landimu, jimib qolganini bilib "huh" torttim. Soat nechchi bilmayman. Mashinalar yurmay qo'ydi. Uzoq jivir-jivirdan kimdurni ingragani, azon, yana allaqanday ovozlar qulloqqa chalinadi. Tobora kam harakat bo'lib boryabman. "taq-taq-taq" eshikmi?! Kim bo'ldi. Oyim-Adam eshikni taqillatadigan odatlari yo'q ediku? Endi umuman be xarakat yotibman, qilt etsam krovat g'ichillab ketti. Yuragim tamom bo'ldi. "taq-taq-taq-taq" ey xudo ko'proq taqillatyabti!? Ha bunaqa qo'rqishimda tonga yetib borolmiman. Shu o'y bilan tong otib qoldi. Hovliga chaqdim, qarasam, eshigimga paket osib qo'yilgan. Ichida meni hujaljarimi?

Faqat 3 ta shart!

Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Loading - Жума-муборак кун!, 07-Дек-2012, 01:47
 
MirzoxidСана: Жума-муборак кун!, 07-Дек-2012, 04:45 | Изох # 542
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
Loading, hikoya zzo'r yozilibdi davomi bormi oxirisiga tuwunmadim

...
 
SardorchikСана: Жума-муборак кун!, 07-Дек-2012, 08:36 | Изох # 543
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 54
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 130
Холати: Хозир йўқ
loadin davomi qachon?
hujaljarimi? Degan joyizga tshunmadim

Добавлено (07-Дек-2012, 07:36)
---------------------------------------------
loadin davomi qachon?
hujaljarimi? Degan joyizga tshunmadim

 
LoadingСана: Жума-муборак кун!, 07-Дек-2012, 10:42 | Изох # 544
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Shu o'y bilan tong otib qoldi. Hovliga chiqdim, qarasam, eshigimga paket osib qo'yilgan. Nima borligiga qiziqtim. Ichida meni hujatlarimmi? Uzoq uyqu qochmagan ko'zlarim paketga tikilib qoldi. Hayol surib qoldim. Tunda bo'lgan voqiyani eslasam bir kulgim keladi, bir jaxlim chiqadi. Ey o'g'il bola! Yurakdan rosa borakande?! Tunda esgan shabadada paket tebrangan, ichidagi guvohnoma bir maromda eshikka urulib taraqlagan. Ey quyon yurak! Uyat ey!
Tamom!


Faqat 3 ta shart!
 
SardorchikСана: Жума-муборак кун!, 07-Дек-2012, 14:00 | Изох # 545
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 54
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 130
Холати: Хозир йўқ
e gap yo'q zo'r chiqibti
 
MirzoxidСана: Шанба, 08-Дек-2012, 02:10 | Изох # 546
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
lol lol lol lol lol

...
 
SpecialOneСана: Шанба, 22-Дек-2012, 10:11 | Изох # 547
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 167
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 29
Холати: Хозир йўқ
Shaxsiy voqea, hikoya, she'r va monologlar....

* * *
'Oq lolalar....'
U qachonlardir örgangan oddiy
qog'oz salfetkadan yasaladigan kichkina, chiroyli, oppoq lolalarni yasay boshladi. Hech kim
tushunmadi kimga va nimaga!
Odatda bunaqa gulni restoran, kafelarda tanishlarga yoki
ofitsianka qizlarga ularning hursandchiligi uchun qoldirib ketishi uning odati edi. Ammo,
hozir u dasturxon atrofida emasdi.
Gullarni yasab bölgach
velosipedni oldida, köchaga haydab chiqdi. Qolganlar ortidan hayron qarab qolishdi....
Bekatga borib, hayajondan
töxtab qoldi. Nima deyishni, nima
qilishni hayolidan ötqazgunicha
avtobus kelib qoldi. Qiz esa ösha
avtobusga ötirdi. U esa keyingi
bekatgacha avtobus ketidan quvdi. Hayolida: - 'Yo hozir, yoki keyingi safargacha yana afsus va kutishlar' - derdi. Axir, birinchi
marta sevganiga gul tutishi edi....
Keyingi bekatda töxtagan avtobus oldida velosipedini
qoldirib, haydovchidan ikki
daqiqa kutishini iltimos qildi va
odamlar orasidan qizni topib, uning oldiga bordi va gullarni unga tutqazdi.
Qiz: - 'Nega?' - deya oldi xolos.
U: - 'Shunchaki'.
Qiz gullarni olmadi, uyaldi.
U: - 'Oling, bölmasa shuncha odam
uyiga kech qoladi' - dedi.
Qiz va butun avtobus kulib yubordi....
Qiz gullarni oldi.... U ortiga qaytdi
va hayron qoldirib ketgan döstlariga bölgan voqeani aytib
berdi. Hamma hayratdan va
kinolardagidek ilk gul taqdimidan
qarsak chalib uni olqishlashdi....
Axir, u muhabbatini öz qöllari bilan yasalgan gullar orqali
ifodaladi, bu albatta, tahsinga loyiq edi! U baxtini boyligi
evaziga emas, öz qöllari bilan
qurishni boshladi....
(Muallif: Bekzod Xo'janazarov)

Добавлено (22-Дек-2012, 09:02)
---------------------------------------------
* * *
Xiyonat....
O'ttiz yoshlardagi oilali erkakdan
sörashibdi:
-'Xotiningizga xiyonat
qilganmisiz? Yoki, hech
bölmaganda shunaqa fikr
hayolingizdan ötganmi?'
U kishi javob beribdi:
-'Yoshligimda, avval qiziqib,
keyinchalik esa örganib qolib
sigaret cheka boshladim. Boshida
kamroq edi, uydagilar uncha
bunchada sezib qolishmas,
keyinchalik har doim yashirib
chekishga, xidi qolgan kiyimlarni
tozalashga, sigaret chekishimni
fosh qiladigan dalillar, guvohlarni
yöqotishga tirishardim. Bu
rostdanda qiyin va ahmoqona
edi. Tashlashga esa irodam
yetmasdi....
Bularni barini sir saqlash,
yaqinlarim xabar topishi va
mening uyatda qolishimdan
tahlikada yashash, ög'rilik
qilayotgan odamdek, qörquvda
yurish, öz vijdoning oldida doim
boshing egikligi, gunoh
ekanligini bilish va özni tiya
olmaslik, örgangan köngilning
ishlari, bari, hamma-hammasi
ezgu niyatlarga intilgan kishi
uchun juda og'ir....
Endi, tasavvur qiling,
kichkinagina, jonsiz, aslida
unchalik qörqinchli bölmagan
narsa uchun qancha umrim
qiynoqda ötdi!? Jonli, ongli,
uning ustiga pokiza bir ayolni
aldab, söng uning közlariga
qanday qarayman, avval ham
aytganimdek, bu ezgu niyatlarga
intilgan inson uchun, bir umr
tahlikada yashash, öz vijdoni
oldida yuzi shuvut bölishdanda
og'irroq azob yöq.
Mayli, bu kichkinagina sigaret
chekishni yashirishdagi qiynoq
ulg'aygunimchadir, lekin,
xiyonatning azobi abadiyku....
Yetar, ösmirlik davrimda nisbatan
osonroq azoblarga chidaganim,
bularnida yenga olmay qiynaldim,
butun umrlik azoblarga qanday
chidayman!!!'
Muallif: Bekzod Xo'janazarov.

Добавлено (22-Дек-2012, 09:04)
---------------------------------------------
* * *
('Qordek oppoq beg'uborim' - deganlarim bor,
Qorga qarashga ham qörqaman endi....)

Bugun, qor yog'di oppoq, qalin, mayin. Sog'inibman, sog'inchimdan közim namlandi. Xotiralarni qözg'agim kelmadi, shekilli, sovuqdandir deb özimni aldab qutuldim.... Tongda turib oppoq, beg'ubor qorni körib qalbim shodlandi, hursand böldim-u, lekin, sovuqqotdim, avvallari bunaqa bölmasdi, hozir esa, iliq mehring yetishmasdi.... Oyoqlarim ostida qorni toptab ketyapman-u, öz-özimdan uyaldim, yuzim qizardi, xuddi, hamma meni ayblayotgandek qadamimni tezlatdim, kechiriming sörardim.... Manzilimga yetguncha parcha-parcha qor raqsga tushar, öynardi, yuzim, qöllarimga qönardi, kulguchlarim körsatdim, kechirding deb öylardim....
Lahzalarga ulanib, kun ham botdi, kech tushdi, qordan qörqib, uyalib köchaga ham chiqmadim, beg'ubor qorni bosib, toptab ham ötolmadim....
Qorning ham özgacha, isi bor isming bilan, yoding bilan, qor erisin yerlardan, gul kötarib boraman, qabring boshida turib, har kun, qorni kutib qaytaman....
'Qordek oppoq beg'uborim' - deganlarim bor,
Qorga qarashga ham qörqaman endi....

Добавлено (22-Дек-2012, 09:08)
---------------------------------------------
* * *
(Öz-özimga noma....)
'Mashxur adibga rafiqasi tomonidan yozilgan noma'dan
(adashmasam Zarifa Saidnosirova
ijodlaridan) ta'sirlanib yozilgan....

...Bilaman, chekyapsan.... Qiya
ochiq eshikdan, g'ira-shira nur
aralash, achimsiq sigaret tutuni
oqib chiqyapti. Ahyon, ahyonda
qog'oz varog'ining zarda bilan
yirtilgan va qattiq g'ijimlangani
eshitiladi....
Yozayapsan, yozayapsan-u yana
öxshamayapti. Sigaretingni
chuqur-chuqur tortasan. Yana bir
oppoq qog'ozning yuzi chaplangani yetmagandek,
burda-burda bölib ketdi.... Yana
yozishda, faqatgina sening uchun 'tik turib yona oladigan'
sigaretingni chekishda davom
etasan.... Afsuski, dilga yaqini, muxarrirlar aytgandek 'pichoqqa
ilinadigan' hech narsa yöq, jondan bölak....
Dam olishga chorlasam unamaysan, qasding bor, alamingni qalamingdan
olayapsan!...
Darding ne döstim!? Hayotning sinovimi!? Yöq! Aslida, darding
shu sinovga bardosh bera olmayotganingda!... Iching töla nafrat, yuraging böm-böshdek göyo, na sevgidan, na mexrdan
asar ham yöqdek nazdingda.... Bu
ham yolg'on, bilaman, qalbing mexrga töla, sevging barhayot,
faqat, qizg'anma uni! Yöq, qizg'anish ham deya olmayman.
Ishqingga zorlarni devona etma....
Yana sigaretingni yoqasan, yana
achimsiq xid xonadan suzib chiqyapti.... Yozyapsan,
yoqmayapti, ertalabgacha axlat
chelagi ortiq chiday olmaydigan
ahvolga tushadi....
Yozganingdan foyda yöq, özing aytganingdek, nafrat faqat johillikka olib keladi....
Tun, tutun, qalam va sening qasding. Chekyapsan, yozyapsan, nafrating qalamni qaysidir
yöllardan yurg'izayapti-yu, lekin, bularning birortasida ham ma'no yöq....

Добавлено (22-Дек-2012, 09:11)
---------------------------------------------
* * *
Sörar eding: 'Baxtlimisan?
Rozimisan hayotingdan?'
Turar edim indamasdan,
Baxtni aytib berganmiding....

Mexring yog'ar közlaringdan,
Körsat deding, sevganmisan?
Yana lolman, bilmam qaydan,
Sen sevgingni aytganmiding....

Ishonaman senga rostdan,
Aslo dema: 'Bular nedan?'
Boqib ma'yus, senga derman,
Sen ishonchni tutganmiding....

Qanday aytay, baxtimkusan!
Mexrim tushgan sevgimkusan!
Közda qotgan ishonchkusan!
Bular menga tuyg'ulardan
omonatdir,
Tilda aytish bu men uchun xiyonatdir....

(Muallif: Bekzod Xo'janazarov.)


Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Anv@rbek - Якшанба, 13-Янв-2013, 01:00
 
LoadingСана: Шанба, 22-Дек-2012, 20:10 | Изох # 548
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
No jiddiy Afsus.
Bog'cha.
- Ko'z munchog'imni uzib yubordin! Muncha qo'polsan?
- Kechirasan man bilmi qoldim-ku? Mana bu donasi yerga tushib ketti.
- Voy bitta kottasi boridi, ushanisi ko'z tegishidan asrardi.
- Maxpu bu oddiy plasmasaku? Bir qo'shnimiz uyda yasar edi. Ko'z tegishidan Xudo asridi. Bu taqinchoq emas!
- Bu xudoni ko'zi bo'sa kerede Diyola. U mani ko'rmi qosa, shu manga qaridi.
Bu bog'chadagi shirin qizaloqlar suxbatiga shu gruxdagi Jamolxon qo'shildi. - Bilasanmi Xudo qando, -- ichiga bilmdonlligi sig'may o'zi bergan savolga o'zi javob berdi - u koootta! Bilasanmi xudo sani oyindanam, adendanam kotta!
- Sani opendanam kotta xudo! -- Maxfuza bilmdonli qildi.
Bolalarcha baxslashuv doimgidek Zinnura opaning tushlikdagi uyquga chaqirig'i bilan to'xtadi. Bolalar beg'ubor bo'lishadi. Uyqudan uyg'onganlarida boyagi araz-xafalik yo'q edi. Kechgacha birga o'ynashdi. Qo'g'irchoqlarini qizg'anishmadi. Soat 4:35 odatiy ketma-ketlikda onalar bazi bolalarni otalar olib ketishadi.

Добавлено (22-Дек-2012, 18:46)
---------------------------------------------
Shu sababdan bolalarni bog'cha xovlisidagi taxta kursilarga ketma-ketlikda o'tkazib qo'yishadi. - Maxfuza oyin keldilar kiyim xaltangni qoldirib ketma. -- Zinnura opa uzoqdan qizini kutib turgan tengdoshiga jilmayib qo'ydi. Bu Maxfuzani opachasi. Ko'pincha u keladi bog'chaga. O'ziga oro berishni juda boplaydi. Qishin-yozin sochlarini yoyib yuradi. Asosan tor shim, koftada yoki sport kiymida yuradi. Maxfuza opachasiga qo'lini uzatdi. Bir-ikki qadam tashlagandan so'ng, to'xtab bolalar yoniga qaytishti. Maxfuzadan opachasi "qaysi biri Diyora" deb so'radi. Singil sezilar sezilmas bolalar orasidan dugonasini ko'rsatti. Zinnura opa salom-alik qilgan bo'lib savol berdi. Nima bo'layotkaniga qiziqti. -Tinchlikmi Maxfuza nima bo'ldi?
- Zinnura qarab turmisizmi? Mambu qiz Maxpuni ko'zmunchog'ini uzib, op qo'yipti.
- Yo'g'ey op qo'ymagan?! Maxfuza nima bo'ldi? Diyora qani ko'zmunchoq?
- Ey xali bexavarmisiz? Atilab uzvogan. Asalimga ko'z tegsin digande?
- Ko'z teymidi, hudo asrasin. U oddiy toshku?

Добавлено (22-Дек-2012, 19:06)
---------------------------------------------
Kimda xozir usha? Manda chiroyli pushti rang selikon broslet bor ushani sovg'a qilaman.
- O'yincholada, ichida, man omadim Ziyuyapa.
- Ana Diyora omagan. -- Zinnura opa gangib qolgan Diyorani qo'lidan qattiq ushlab oldilar. Bu bilan "qo'rqma, men seni xafa qildirib qo'ymayman"degan bo'ldilar.
- Manga qaren, siz bolarizni yonini omen! Bugun bo'masa ertaga oladi!
- Kechirasizu Diyora singlizni eng yaqin dugonasini bo'ladi. Kelib-kelib... Maxfuza asalim ertaga sanga rosa chiroyli brosletik sovg'a qilaman. Hop?! Hafa bo'ma.
- Kerakmas! Kim dib o'ylavos. Birovdan qogan brosletiz!
- Yangisini beraman. Mana, mana buni yengisidan.
- Voy bu Sayyodni "Faxirli Inson" brosletiku? Dugonalarimda ko'rudim. Qon topshirish akciyasidami, ushatda berishkan.
- Ana shunaqa! Siz bormaganmisiz?
- Voy man qondan qo'rqaman? Lekin bir martta varrak uchirganilada borganidim. Manga rossa yoqqan. Hamma mashxurla bilan fotoga tushkanman. Yana qochon yeg'ilasila? Mashxurla keladimi? Usha forummi, po'rumga qanaqa qo'shilsa bo'ladi?
Zinnura opani ensasi qotib keti. " sandan nima foyda? Rasmga tushkin kesa ana konsertga bor, to'yxonalarga qatna! O'zbeni nimasi ko'p? To'yi ko'p. Bor ana?!" deb o'yladiyu? Ensali jilmayib Anvar degan forumdoshini raqamini yozib berdi. Maxfuzani sudragancha opachasi tez-tez yurib uzoqlashdi. Afsus bekor qattim gapirdim, endi uchrashuvga chaqirishmidi deb o'yladi. "Hammasi sani axmoqona ko'zmunchog'in dib."
Fazliddin...

Добавлено (22-Дек-2012, 19:10)
---------------------------------------------
Bu Hikoyada 4 ta forumdoshni yordami bor.


Faqat 3 ta shart!
 
Zinnura_KСана: Шанба, 22-Дек-2012, 20:46 | Изох # 549
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Fazliddinaka))) aaaaaajooooyibbbbb! Eng zo'r xaqiqat mana wu deeee !

erka farishta....(m)....
 
LoadingСана: Шанба, 22-Дек-2012, 23:05 | Изох # 550
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Parvina Zuxraxon Qoraqosh ga katta raxmat va Zinnura etmagani uchun alohida raxmat

Faqat 3 ta shart!
 
Поиск: