|
Hikoya
|
|
| FC_PAXTAKOR | Сана: Чоршанба, 15-Авг-2012, 13:45 | Изох # 476 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
| Rahmat Loading. . .((
Omad
|
| |
| |
| Loading | Сана: Жума-муборак кун!, 17-Авг-2012, 13:31 | Изох # 477 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Afsus.
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| RaVsHaNBeK | Сана: Душанба, 20-Авг-2012, 00:57 | Изох # 478 |
|
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 193
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| — Qizni olib dugonasi shoshmay tursin, yor-yoray, shoshmay tursin... — Kuyov keldi, kuyov keldi! Doira chalib "Yor-yor” aytayotgan qizning qo'shig'i chala qoldi. Qizlar qiy-chuv qilishib, o'zlarini eshikka urishdi. Hammalari kuyovni ko'rishga oshiqdilar. — Vuy-y... — Bo'yining uzunligini... — Kostyumining chiroyliligini... — Bo'yinbog'iga qara! — Kioyi kuyoving bo'lsa shunday bo'lsa-da... — Bo'ldi qilinglar, uyalmaysizlarmi? — dedi doira chalgan qiz. — Oysha eshitsa nima deydi? Qizlar kelgan kuyov dugonalarining qallig'i ekanligi endi eslariga tushgandek xijolat bo'lib lab tishlashdi va chetga chiqib, kuyov va uning ikki navkarini to'rga, chimildiq tomonga o'tkazib yuborishdi. Kuyovnavkarlar birpasdan so'ng kuyovning bir o'zini chimildiqda qoldirib, momolar tutgan tovoqqa ataganlarini tashlab, chiqib ketdilar. — Hay, qaqajonlar, kuyov hammangning hushingni oldimi, deyman? — dedi momo qizlarga. — Borib kelinposhshani olib kelmaysizlarmi? — Voy, esimiz qursin! — qizlar shovqin bilan Oysha "berkitilgan” uyga, uning sirdoshi Fotimanikiga yugurishdi. — Jim! — lablariga barmoq bosdi Fotima to'polon bilan kirib borgan qizlarga. — Oysha namoz o'qiyapti. — Qanaqa namoz? — hayron bo'ldi qizlar. — Shu bugun-a? — Qanaqa namoz bo'lardi, Shom namozini o'qiyapti, — dedi Fotima. — Xalaqit bermay turinglar! Qizlar jim bo'lishdi. Hammalari oyoq uchida dahlizga kirishib, ochiq turgan eshikdan ichkarida namoz o'qiyotgan dugonalarini havas va hayrat bilan kuzatishdi. — Oysha namoz o'qishini bilmas ekanmiz, — pichirladi bir qiz. — Voy, kiyimlarining yarashganini qaranglar! — dedi boshqasi. Uy to'rida o'zi tikkan joynamoz ustida namoz o'qiyotgan Oyshaga adras kuylagu lozimi, baxmal kamzuli, iyagi ostidan tang'ib olgan oppoq harir ro'moli haqiqatdan yarashib turar, bu liboslar uni yanada jozibali ko'rsatar edi. — Ana shu kiyimlarida ketmoqchi kuyovnikiga, bunisiga nima deysizlar? — pichirladi Fotima. — Yo'g'-e! — qizlar hayrat bilan Fotimaga tikilishdi. — Ha, bu uning qat'iy qarori, nikoh kuylagi olib kelgani ham yo'q. "Unaqa kuylakni ikki dunyoda ham kiymayman”, dedi, — pichirladi Fotima. — Jim, namoziga xalaqit bermaylik! Oyshaning pichirlab oyat o'qishlari, o'ta malohat bilan ohista ruku' va sajdalarga borishlari qizlarni sehrlab qo'ydi. — Fa bi ayyi alai robbikumaa tu kazzibaan...* ***
Kelinni kutib anchagina muddat yolg'iz qolgan kuyovning na kelindan, na uning dugonalaridan darak bo'lavermagach, toqati toq bo'ldi. — Men endi shundoq turaveramanmi, aytilmagan gadoyga o'xshab? — dedi u ovozini ko'tarib chimildiq ortidagilarga qarab. — Buncha betoqatsiz, kuyov, — dedi bir ayol kulib. — Chidaysiz-da, endi, aylanay. Qiz bolaning nozi bo'ladi. Pardoz-andozi bo'ladi. Besabr bo'lmang, o'rgulay! To'lqin yana "bir soat” kutdi. Kelindan darak bo'lmadi. — Hoy, biror tirik jon bormi? Bu erga nimaga keldik o'zi? — dedi yana To'lqin. — Kelin kelmaydigan bo'lsa jo'ralarimni chaqiringlar, "Durak” o'ynab turaylik! — Men shashka o'ynashni bilaman, o'ynaysizmi? — dedi boyagi ayol. — Erim bilan o'ynab turamiz, yutqizgan o'ptiradi. Ayollar gurillab kulib yuborishdi. To'lqin jahl qilib chimildiqni surib tashladi va tashqariga chiqib ketdi. — Qani, kelinposhsha qaerda? — dedi u unga peshvoz chiqqan jo'ralariga tishlari orasidan so'zlanib. — Og'irroq bo'l, og'irroq, — dedi bilagidan mahkam siqib ushlab, uni chetroqqa tortgan tog'asi Ibrohim aka. — Senga Xudo beribdi, jiyan. Kelin namozxon ekan, qo'shnining uyida namoz o'qiyapti ekan. To'lqin tog'asiga biroz hayron bo'lib qarab turdi-yu, tog'asi ko'rsatgan uyga qarab yurdi. "Biror ishkal qilmasin”, degan tog'asi ham unga qo'shildi. — "Soliha xotin diningizning yarmi, qolgan yarmiga o'zingiz harakat qiling”, deganlar Payg'ambarimiz alayhissalom, — dedi Ibrohim aka jiyanining yonida borarkan. — Kelin tanlashda adashmabsan, jiyan, endi bu yog'iga shu kelinga munosib bo'l! — Men nima qilishim kerak ekan? — dedi To'lqin tog'asiga ajablanib qarab. — Namozni o'rganib olishing kerak, jiyan. Kelin namozxon ekan, uyingga borgandan keyin namoz payti kirganda u joynamozga o'tsa-yu, sen bir chetda burgutga o'xshab hurpayib o'tirsang yarashmaydi-da, jiyan. Bitta gapni aytaymi? Aslida nikoh musulmon odamga buyurilgan, nikoh iymonli kishilar o'rtasida o'qiladi. — Yo'g'-e, — ishonqiramadi To'lqin. — Menga nikoh o'qilmaydimi? — Senga o'qilaveradi, sendan boshqalarga ham o'qilaveradi, jiyan, boshqa ilojimiz yo'q. Benikoh er-xotin bo'lishmasin, haromi bolalar ko'payib ketmasin, deb mullalar nikoh o'qiyverishadi, ammo bu nikoh Alloh taoloning dargohida qabul bo'ladimi yo'qmi hech kim bilmaydi, jiyanim. Oysha bor uyga kirib kelishdi. Qizlar jim-jimgina o'zlarini chetga olishdi. To'lqin Oysha namoz o'qiyotgan uyga kirdi-yu, Oyshaning ovoz chiqarib duo qilayotganini ko'rib to'xtadi. Tog'asi darhol o'tirib duoga qo'l ochganini ko'rib, ohista gilamga cho'kkalladi. — Parvardigorim, O'zingdan o'zga mehribonim yo'q, O'zingdan so'rayman, men bugun kelin bo'lib borayotgan xonadonni xayrli, barakotli qilgin! — duo qilardi ko'zida yosh bilan Oysha. — Men ularni yaxshi bilmayman, ammo qaynotamning ham, qaynonamning ham, Sen menga munosib ko'rgan jufti halolimning ham iymon-e'tiqodli, insofli kishilar bo'lishidan umidvorman. "Har biringizga niyatingizga yarasha jufti halolni beraman”, deb va'da qilgansan, va'dasiga vafodor Zotsan, menga munosib ko'rganing jufti halolimni ham iymonli, taqvodor, parhezgar qilgin! Orzu qilganimday xoja berib, undan orzu qilganimday farzandlar bergin, toki ular Senga, dinimizga xizmat qilsin! Imom Buxoriyday, Imom Termiziyday, Hazrat Navoiyday, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufday farzandlarni bergin! Ana shunday farzandlarga ona bo'lishimni nasib qil! Jufti halolimning ham ana shunday farzandlarga ota bo'lishini nasib qil! Boshqasiga rozi emasman, Allohim! Qalbida ana shunday niyatlari bo'lmagan erga duchor qilganingdan ko'ra chimildiqqa etmay jonimni ol! To'lqinning a'zoyi badani jimirlab ketdi. Ikki qo'lining bilaklaridan chumolilar galasi yurib o'tgandek bo'ldi. Qalbidan o'tgan fikrlardan miyasi qizib ketdi. To'lqin shartta o'rnidan turib, tashqariga yo'l oldi. To'lqin to'y bo'layotgan uyga qayrilmay mashinalar turgan erga bordi. Uni ko'rib, nima bo'ldi ekan deb, yoniga kelgan yigitlarga buyurdi: — Akromni chaqiringlar! "Mersedes”ning egasi bo'lgan To'lqinning o'rtog'i Akrom kelib so'radi: — Tinchlikmi kuyov bola, biror joyga borib keladigan bo'lib qoldikmi? — Moshinangni yurgiz! — Xo'p, o'rtoq, do'g'lamasdan gapirsang ham yurgizaman! — Kechir, do'stim, xayolim o'zimdamas, — dedi To'lqin. To'lqinning mashinaga o'tirib ketayotganini ko'rib, uning ortidan etib kelgan Ibrohim aka so'radi: — Nima bo'ldi, jiyan, to'yxonadagilarga nima deyin? — Tog'a, hammalaridan kechirim so'rab qo'ying! Men sal shoshilgan ekanman. Men... mening bu turishimda to'y bo'lmas ekan, tog'a. Men... men hali to'yga tayyor emas ekanman, — dedi To'lqin va mashina yurib ketar ekan, oynadan bosh chiqarib dedi: — To'y kunini boshqatdan belgilaymiz, tog'a, keliningizga aytib qo'ying!
.......... !!!
+99893 942 32 32
|
| |
| |
| Loading | Сана: Душанба, 20-Авг-2012, 01:37 | Изох # 479 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Kech. Ravshanbek! Eh Ravshanbek. Bizdis qo'ydiz. Ming afsus mandan his tuyg'ular, ayniqsa xayratlanish ko'tarilgan. Tassavur olamim endi ojizlashib qolgan. Shunday ibrat, shunaqangi savalidigan Hikoya yozib qo'yibsiz. Manga tasir qilmasligidan qo'rqvomman. Raxmat! Ravshanbek. Ex Ravshanbek. Man sizga xatolariz dib sanab o'tiribmana? Huddi o'zimni ustimdan kulgandek. O'tkir qalamni ishi faqat yozish. Man bo'sam yana qayyoqqa o'tkirlang dedim? Raxmat! Ravshanbek.
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| RaVsHaNBeK | Сана: Душанба, 20-Авг-2012, 01:42 | Изох # 480 |
|
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 193
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| Yurak to'la xayajon.............!!!! RaVsHaN BeK !!!
Добавлено (20-Авг-2012, 00:42) --------------------------------------------- Quote (Loading) Kech. Ravshanbek! Eh Ravshanbek. Bizdis qo'ydiz. Ming afsus mandan his tuyg'ular, ayniqsa xayratlanish ko'tarilgan. Tassavur olamim endi ojizlashib qolgan. Shunday ibrat, shunaqangi savalidigan Hikoya yozib qo'yibsiz. Manga tasir qilmasligidan qo'rqvomman. Raxmat! Ravshanbek. Ex Ravshanbek. Man sizga xatolariz dib sanab o'tiribmana? Huddi o'zimni ustimdan kulgandek. O'tkir qalamni ishi faqat yozish. Man bo'sam yana qayyoqqa o'tkirlang dedim? Raxmat! Ravshanbek.
ko'zimni chirt yumdimda orzular tomon xarakat qildim
Ollox orzularimizga yetishtirsin !!! OMIN.
+99893 942 32 32
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) RaVsHaNBeK - Душанба, 20-Авг-2012, 01:42 |
| |
| |
| Loading | Сана: Сешанба, 21-Авг-2012, 03:02 | Изох # 481 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| P.S Allohu Akbar baxt tiliman. Добавлено (21-Авг-2012, 02:02) --------------------------------------------- Hikoya oldidan kichik hikoya. Hazilning tagida bir chini bo'ladi deyishadi.
Hafiza qaynona ko'rgan kelin edi. Peshonasini sho'rimi, yoki uning baxtimi qaynonasi toza injiq qaynonalardan. Yarim yil ichida togday kelin o'qlovni ortidan ko'rinmaydigan bo'lib qoldi. 4yil ichida ana mana bilan Hafiza ikki bolani onasi bo'lishga ham ulgurdi. Shu bolalari ko'paydiyu ayol qolaversa odam ekanini qayta payqay boshladi. Qaysar qaynonaga hudo insof berdi deb ko'pam suyunmang? Nevaralarini to'poloniga chidolmay alohida kvartiraga chiqarishga majbur bo'ldi. Hafiza 4 honalik uyni bir kunda 5 marotabalab tozalab chiqdi. Siqilib ketkanidan ermakka turli pishiriqlar pishirdi. Televizorni yoqib bir zum o'tirdiyu sabri chidamay yana timirskilanishni boshladi. Oradan bir oy vaqt o'tdi. Endi bolalar bog'chaga chiqadigan bo'lishdi. Hafizaxon bir kunda bir marotaba uyni tartibga keltirishga o'rgandilar. Kunduzi kino, kechki salqinda serialdosh qo'shnilar bilan qaynoq suhbatga ko'chaga tushadilar. Oradan bir oy o'tkach har zamonda o'z vaqtida bolarni kech qolmay bog'chadan olib kelib tungi seriallarni ko'rishni boshlaydilar. Kunlarning birida Azamat boy Hafizahoninni uy ichida quvlab qoldilar. Ana serialu ana tomosha, ana bu muhokama uchun ekskluzif mavzu. Qiy-chuv, to'palon. Avval adasi deb baqirdi, keyin tuqqan onasini eslab cho'zib-cho'zib baqirdi. Keyin tinchib qoldi. Azamat boy ertasi kuni do'mning g'iybatchi chollari qo'liga tushib qoldi. Biri "ha Azamat boy hotin meniki deb tepkilayveradimi?" desa boshqasi Azamatga yon bosgan bo'lib kesatib " endi erkak bo'lgandan keyin shunaqa qilish kerak?" deb qo'ydi. Azamat boy ulani gapiga parvo qilmay "maylin okalar hotin akalarizga salom etib qo'ying" degancha jilmayib mashinasiga joylashdi. Kursida o'tirganlar dong qotib qolishdi. Inkor etilmas xaqiqat oldida har kim jim turadi. Oradan hafta o'tib Hafizaxon serialdoshlar oldiga tushdi. Ko'zidagi bo'yoqmi yoki fingalni qoldig'imi ajratish qiyin. Hamma gur etib uni o'rab oldi. -Nima bo'ldi egachi? Kuppa kundizi quvlashib qopsilar. -- dedi bir qo'shni gapidan uyalib. - Romantika o'rgili romantika. Serhiyo Natali bilan kunduzi uchrashgan seriasi esiladami. -- Qo'shimcha qildi yana bir qorachadan kelgan qo'shni. - Qirg'in kesin seryal bo'mi. Seryal ko'rmay man o'lay? - Voy nega unday disiz?! Napasizni shamol uchursin. "qalbim izhori" endi qiziq joyida to'xtadi. Ko'rdilarmi? Shu Sayfi bey bilan Nurli honim oldin bir-birini sevganov? - Shunaqamikin?! A?! Hayron so'radi bo'shashgan bir kelin. - Ey Hafizani sog'mi? Omonmi ne so'ramisilar? Nima qildi? - So'ramen girgittoniz bo'lay? Qurib ketsin anu O'zbelar ishlagan "Sardorni"ni tushimda ko'ribmande? Bir payt biqinimga tank otgan o'q tegib uyg'onib kettim. Azamat akam tepamda turvolib "Qaxramon kim" deb so'rayabtilar. Man yana bolalar bog'chada qolib ketibti deb o'ylabman. Keyin bilsam uyqusirab seryaldagi Qaxramoni chaqirganmushman. Etsam ishonmadila mana axvolim. Serial ko'rmi man axmoq. Sal qoldiya shu yoshimda ikkta bolam bilan ajrashib ketishimga.
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| bek_x6 | Сана: Сешанба, 21-Авг-2012, 14:03 | Изох # 482 |
|
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 58
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 676
Холати: Хозир йўқ
|
Vaqt o‘tadi va hayot ko‘rsatadi... Hammasi yaxshilikka bo‘lgan bo‘ladi :-)
|
| |
| |
| FC_PAXTAKOR | Сана: Сешанба, 21-Авг-2012, 15:56 | Изох # 483 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
| Ex deysande ammo. . .  Добавлено (21-Авг-2012, 14:56) --------------------------------------------- Ex deysande ammo. . . 
Omad
|
| |
| |
| RaVsHaNBeK | Сана: Чоршанба, 22-Авг-2012, 16:14 | Изох # 484 |
|
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 193
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| Qaxramon aka......
+99893 942 32 32
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Жума-муборак кун!, 24-Авг-2012, 01:29 | Изох # 485 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Kim aybdor? Aybdor emas, qiz uvol … Latif. U taksistlik qilib kun ko'radi. Ertalab ketib, kechga yaqin keladi. Kun tartibi shu. Uylangan. 2 ta jajji qizi bor. Xotini metis. Chiroyli. Uyda onasi bor. Otasi ancha oldin olamdan o'tgan. Ishlari yaxshi edi. Nima falokat bo'ldiku, ichib mashinasini haydab, urib oldi. Hayriyat o'zi sog' qoldi, faqat mashina. Bechora mashinani sog' joyi qolmadi. Avariya bo'lgan joyidan metalalolga topshirib yubordi. 1 oy uyda siqilib o'tirdi. Qo'li ishga bormadi. Ishlay desa qo'lida arzirli hunari ham yo'q. Boqadigani shu mashinasi edi. Yangi olishga puli yo'q. Qarz olishga do'stlari kamlik qildi. Taqdirga tan berdi. Bir ikki joyga ish so'rab bordi. O'xshamadi. Uyga qaytdi, burnini oqizib. Yana 1 oy o'tirdi. Uyda qora qazon zo'rg'a qaynayapti. Onasini pensiyasi ro'zg'orni tebratyapti. Xotini ham ishlamaydi. Bolalari hali yosh. Kattasi 4 yosh, kichigi 2 yosh. Latif siqildi. O'zini koyidi. Ichib mashina haydagan kunini lanatladi. O'ylab o'ylab bir qarorga keldi. Hovlisi katta. Ushani yarimini sotaman, baribir bir o'zim bo'lsam. Kimga kerak shuncha uy dedi. Ko'chaga e'lon osdi. "Uy sotiladi". Xaridor ham tayyor ekan. Darrov kelishishdi. O'rtaga dallol ham aralashmadi. 1.500 dollarga uyni yarimi sotildi. . . Latif pulni oldi. Uyga kirib onasiga berdi. Shuni saqlab bering, mashina topsam qaytib olaman dedi. Onasi pulni yashirdi. Nechi hafta o'tdi. Latif mashina ko'rgani bozorga ketdi. Tushlik payti bo'ldi. Latifni xotini qaynonasini oldiga kirdi. Qaynonasiga: "Oyijonim, mehribonim. Suyunchi bering. Latif akam mashina topibdilar. Qo'shni boladan aytirib yuboribdilar. Pulni berar emishsiz. Men olib borar ekanman. Ishqilib yaxshi mashina tanlagan bo'lsinlar" dibdi. Qaynona ham hursand bo'lib, pulni berkitgan joyidan olib, keliniga berib yuboribdi. Unga oq yo'l tilabdi. Kelin 2 qizini unga tashlab, yo'lga ravona bo'libdi... Kechki payt Latif bir o'zi qaytibdi. Onasiga: "Mashina ko'rdim, yoqmadi, kelasi hafta yana tushaman" deb aytibdi. Onasi undan xotinini so'rabdi. Latif hayron bo'libdi. Ona bor gapni aytibdi, pulni berib yuborganini ham aytibdi. Latif o'ylab qolibdi. Tezda ortiga qaytib, xotinini onasinikiga yo'l oldi. Hayolda har hil gumon, har hil o'y. Bordi. Eshikni taqillatdi. Hech kim ochmadi. Yana qattiqroq taqillatdi. Xotini eshikni ochdi. Latif undan jahl bilan pulni so'radi. Qaytib ber deb so'radi. Xotini esa "men pulni olmadim" dedi. Latif darg'azab bo'ldi. Devorni urdi, tepdi, lekin xotini tan olmadi. Latif onasini olib keldi. Foydasi bo'lmadi. Baribir tan olmadi. Latif unga taloq berdi. Xotini qizlarini ham so'ramadi. Ulardan ham voz kechdi... Ayb kimda? Pul ketdi. Pulni berib yuborgan ona aybdormi? Yo'q. U qanday qilib keliniga ishonmasligi mumkin. U ishondi, berib yubordi. O'rtada nima bo'ldi. Hovlini yarimi ketdi, Latifni oilasi buzuldi. Qizlari onasiz qoldi. Kim aybdor? Aybdor emas, qizlari uvol. . . Latif boshqa uylanmadi. Ayollarga zarracha ishonchi ham qolmadi. Tupirdi bariga. Kutmagandi bunday bo'lishin. Axir ahil oilia ediku. Qanday qilib to'g'ri ayoli pul deb oilasidan kechdi. Afsus. Ichida shuncha g'ayriligi bor ekan, bilmabdi. Qizlarini o'zi katta qildi. Ijaraga mashina olib haydadi. 10 yil o'tdi. Bu orada onasidan ham ayrildi. Qizlari katta bo'lib qoldi. Latif kechasi ham taksistlik qildi. Kunduzi ham. Sotgan yarim hovlisi ham bu orada 2 - 3 marta qo'lma qo'lma qo'l sotildi. Ekin ekib qo'yilgan. Hech qaysi biri uy qurmadi. Haftalar o'tdi, oylar o'tdi. . . 14 yoshli qizi to'sattan homilador bo'lib qoldi. Hamma yoqda qiy chuv bo'ldi. Latifni boshi egildi. Kutmagandi bunday vaziyat. Militsiyaga arz qildi. Qizi bir yigitni ko'rsatdi. Otasi shu deb. Yigit tan olmadi. Yana bo'ldi to'palon. Yigit aytar: "menga tuxmat bu, qo'limni ham tekizmaganman. Men unaqa bola emasman" deydi. Latif: "unda kim aybdor, sen bo'lmasang. Ana qizim seni aytayaptiku" deydi. Yigit bo'lsa: "Men qayoqdan bilaman kim aybdorligin. Balki o'zingizdir qizingiz bulg'agan. Xotingiz yo'q, uylanmagansiz. Ayolsiz yashash qiyin. Siz qizizdan foydalanib, endi menga tuxmat qilayotgandirsiz?" dedi. Latif tutaqib ketdi. Uni urmoqchi edi, qo'shnilar ushlab qolishdi. Latifni qizi esa, bolani tug'aman deydi, nomussiz. Latif so'ngi so'zni aytdi: "Bola tug'ilsa DNK tekshiruvini o'tkazamiz. Keyin seni (yigitga qarab) qamoqda chiritaman" dedi. Endi kutishayapti bola tug'ilishini. Kim aybdor? Aybdor emas, qiz uvol bo'ldiku. Aybdor qidirib ne naf endi. Kimga foyda bundan. Qizlarini qarovsiz, tarbiyasiz qoldirgan Latif aybdormi? Yoki aybdorsan deyilayotgan yigitmi? Yoki pulni o'marib, qizlarini tashlab ketgan ona aybdormi? Aybdor izlaymiz, o'zimizdan ayb qidirmaymiz. Aybdor izlaymiz, o'zimizdan aybni voqif qilamiz. Qizni taqdirini kim o'ylaydi. Endi uni bir bolasi bilan kim uylanadi. Menmi? Yo'q, men undaylarga uylanmasdim. Taqdirini tamom qilganku u. Uni ham omadi kelsa, baxtini topar. Kimnidir ilintirar agar o'zgarmasa. Yoki ikkinchi xotin bo'lib erga tegar. Ja omadi kelsa ajrashganga erga tegadi. Mana uni taqdiri. Shuni kim o'ylaydi. Hech kim. Ular kim aybdorligini qidirishayapti. Topisharmikan! Topishadi. DNK tekshirishmoqchiku. Lekin qizni baxtini, uni yoqotgan nomusini topisharmikan? Buni kim qidiradi? Hech kim. Chunki ularga aybdor kimligi muhum. Asray olishmadi qizni. Kim aybdor? Aybdormas, qiz uvol. Buni kim to'g'rilaydi? Hech kim!
Sog' salomatlik...
|
| |
| |
| Loading | Сана: Жума-муборак кун!, 24-Авг-2012, 01:46 | Изох # 486 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Bir butilka aroq sabdur balki. Millat haqida mulohaza yurgazsak. Ayiblar chambarchas bog'liq... Aniqrog'i sabablar. Giyos raxmat oka! Fikrim shu va davomli.
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Shukronа | Сана: Жума-муборак кун!, 24-Авг-2012, 09:14 | Изох # 487 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Ayb onada qolgan,u onalikka arzimidi, MING LANAT BUNAQA ONAGA. Qizlarni xayotini badnom qilgan shu ona.
|
| |
| |
| Loading | Сана: Жума-муборак кун!, 24-Авг-2012, 10:53 | Изох # 488 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| P.R Ona ayibdor emas. Onaniyam aybi bor deb hisobliman. Faqat hikoyada uni qilgan ishi yaqqol ko'rindi. Ota bir umr qizlarini tepasida o'tirgani bilan nima deyishni bilmasa foydasiz. Ayol zotidan nafratlanish jazosi shunday bo'ladi. Bir firibgar ojizani deb, tug'gan onasidan nafratlanishga haqqi yo'q edi. Yana bilolmadim.
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Shukronа | Сана: Жума-муборак кун!, 24-Авг-2012, 11:03 | Изох # 489 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Ps. Keksa ayolda ayb yo'q, ayb makkora kelinda demoqchidim.
|
| |
| |
| Shukronа | Сана: Шанба, 25-Авг-2012, 00:49 | Изох # 490 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Manam silaga xavas qilib xikoya boshladim. Xotolari bo'lsa yozib turila.Xayotiy voqea. TAQDIR SINOVLARI. Toshkent shaxrini o'sha mashhur Eski shaharida 1qiz bor edi.Xusni shu qadar ediki. Oshiqlarini son sanog'i yo'q edi. Uzun,tizza o'par jamalak sochlariga xamma maxliyo edi. Xatto qiz-juvonlar xasad bilan qarashardi. Bazilari sochini qanday parvarishlash xaqida maslahat xam olishardi. Xusniga maxliyo, oshiqu majnunlar ko'cha boshida, bu go'zal qachon bizga boqar deb kunni tonga ulab kutishardi. Qizni Ismi jismiga monand Xusniya edi. Oilada ota onasi bilan oddiygina o'zbekona xovlida yashardi. Oilada faqat o'zidan 10yosh katta, turmushka chiqqan opasi bilan sirlashardi. Opasi o'gay bo'lsada baribir ona bir bo'lgani uchun, ahil edilar. Ota ham o'gay qizni ajratmasdi. Xusniyadanda ko'p yaxshi ko'rardi. Xusniyani oshiqlari ko'pligidan maktabda xam yomon boho olsa, shu majnunlar ustozlarga yalinib baholarni alo bahoga almashtirishardi. Maktabni tugatgandan keyin, o'qishni davom ettirishni xoxlamagan Xusniya dugonalari bilan nashryotga ishka kirdi. Shu bilan kunlar o'tib ostonadan sovchilar oqimi ko'paydi. Xusniyani onasi, qiziga juft tanlashda qiynalardi. Kunlardan birida Xusniyani xolasini Qaynisinglisidan sovchi keldi. Uchrashu belgilandi.Добавлено (24-Авг-2012, 23:49) --------------------------------------------- Xusniya uchrashuvga kennoyisi bilan chiqdi. Uzoqdan janjal bo'layotganini ko'rib, kennoyisi u kuyov ekanini sezadi. Kuyov bo'lmishni ismlari Abdulbosit tanishlar Bosit dib chaqirishardi. Xunarlari povar bo'lgani bois ichmagan kunlari yo'g'akan,uchrashuga xam kayfda chiqqan. Bositni uchrashuvga og'iroyoq singlisi olib chiqqandi. Singildan bir yigit nimadur so'ridi akani bundan jaxli chiqib urish boshlaydi. Xusniya bu xoldan xayron kennoyisiga orpaga qaytishni aytadi. Kennoyi borilik gaplashin keyin yo'q dimiz to'g'ri sizga to'g'ri kelmaydi. Xolangizni xurmati gaplashing deydi. Xusniya majbur kuyov bilan yolg'iz aylanishka ketadi. Uchrashu tugap uyga qaytishadi. Bu yigit umuman bo'midi dib xulosa chiqarishadi.
|
| |
| |
| RaVsHaNBeK | Сана: Шанба, 25-Авг-2012, 01:00 | Изох # 491 |
|
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 193
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| davomi bormi
+99893 942 32 32
|
| |
| |
| Shukronа | Сана: Шанба, 25-Авг-2012, 15:38 | Изох # 492 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Xa bor davomi faqat ancha uzun vaqtimga qarab yozib boraman Добавлено (25-Авг-2012, 00:50) --------------------------------------------- Shu bilan oradan 1oy vaqt o'tadi. Otasi ishda onasi mexmonga ketgani bois uyda Xusniya yolg'iz qoladi. Shu payt Bositni uyidagilar patir,meva ko'tarib kelishadi. Xusniya ularni kutib oladi va tez onasini chaqirtiradi. Shoshkan ona tezda yetib keladi. U payt patir uyga kirdimi fotixa edi. Garangsib qolgan ona rozilik berib yuborganini bilmay qoladi. Shu bilan fotixa bo'ladi. Xattoki bu fotixadan Xusniyani sirdosh opasi xam bexabar qoladi va xafa bo'ladi. Mansiz bittayu-bitta singlimni fotixa qildilami dib Добавлено (25-Авг-2012, 09:44) --------------------------------------------- Davomi bor. Добавлено (25-Авг-2012, 14:38) --------------------------------------------- Shu bilan Xusniya xoxlamagan insoniga turmushka chiqdi. Qiz bola sabrli bo'ladi va tez ko'nikadi deyishadiku. Xusniya tez u oilaga ko'nika boshladi. Bir kun Bosit o'rtog'ini to'yiga ketgandi Xusniya vaqt kech bo'lganini o'ylab xavotir ola boshladi. Shu payt xovlida qaynonasini ko'rib, xovliga chiqdi. Oyijon kech qop ketdilaya, xademay tong otadi- degani biladi. Qaynona Xusniyaga jaxl bilan - Siz kim bo'psiz, o'g'limni onasi tirik xavotir oladigan, borin xoneyizga kirib uxlen.- dib jerkib beradi. Xusniya xonaga kirib rosa yeg'lab tong ottiradi. Xusniyani shu kunlarda yengilik xaqida Bositga etadi. Bosit bu yangilidan juda xursand bo'ladi. Lekin ichkilini tashamaydi. Xusniya ichmang desa, u ichsam ishim yurishadi deb keriladi. Shu zayl olti oy o'tadi. Bu orada Xusniya juda ko'rkam xomilador ayol bo'ladi. Bositni bozorda savdo qiladigan opasi bo'lib, xar kuni beshikda yotadigan go'dakni Xusniyaga tashlap ketardi. Xusniya ertalap 8.00 gacha xamma ishini bitirishi kerak, shu payt qaynagachisi bolani tashlap ketadi. Xusniya xam uy xam go'dak bilan kech soat 11.00 gacha o'tiradi. Qaynona Bosit umuman qarashmasdi. Bir kuni qaynagachi issig'i baland bolani yana tashlap ketadi. Bola yeg'idan tinmidi. Xusniya uni ovitolmaydi. Shu orada Bosit kelib jaxl bilan Xusniyani urib ketadi jiyanimga yaxshi qaramiyapsan, ati san kasal qildin dip. Qaynona ajratmasdan tomoshabin bo'ladi. Bositni ko'ziga qon to'lib shu darajada xomilador ayolini uradiki. Xusniya xovlidagi vodapravodga qorni bilan borib uriladi, Bolam dib baqirganini xam bilmay qoladi. Bositni shu payt kayfi uchib do'ktorga yuguradi. Afsus bola ona qornida nobud bo'ladi. Добавлено (25-Авг-2012, 14:38) --------------------------------------------- Davomi bor.
|
| |
| |
| RaVsHaNBeK | Сана: Шанба, 25-Авг-2012, 16:22 | Изох # 493 |
|
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 193
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| Bosit
+99893 942 32 32
|
| |
| |
| Shukronа | Сана: Якшанба, 26-Авг-2012, 00:17 | Изох # 494 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Doktorlar yo'lini qilib bolani tug'dirvolishadi. Doktor Xusniyani rosa urishadi bolani qara polvonde bolani yebsan. Shunaqayam chiroyli bo'ladimi bola. Xusniya bolani ko'rib xayron bo'ladi. 6oyli xomilasi naqd 3oyli go'dakka o'xshardi, doktor etgande polvon edi. Shu bilan Xusniya xafa bo'lib uyga qaytadi. Qaynagachi boxonala topib Xusniyani uydan xaydab chiqaradi. Bosit indami tomosha qilib turardi.
|
| |
| |
| FC_PAXTAKOR | Сана: Якшанба, 26-Авг-2012, 01:04 | Изох # 495 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
|
Omad
|
| |
| |
| Shukronа | Сана: Якшанба, 26-Авг-2012, 09:23 | Изох # 496 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Shunday qilib Xusniya uyga qaytadi. Bosit xam Xusniya ketidan keladi. Bosit ko'pincha Xusniyalarni uyida qoladigan odat chiqaradi. Bu orada Xusniya yana xomilador bo'ladi. Qandaydur bayram tufayli, Xusniyani onasi sovg'a berib qaynonasinikiga yuboradi. Ayni qish chillasi, qor tizzadanam baland, kun juda sovuq edi. Xusniya uyga kirib qaynonasini bayram bilan tabriklab sovg'a beradi, uydan bazi kiyimlarini olmoqchi ekanini aytadi. Qaynona indami rozi bo'ladi, bu orada Bosit xam keladi. Xusniya mol mulki turgan uyga kirishi bilan orqasidan, osmondan tushkanday qaynagachisi paydo bo'ladi. Xusniyani urib egnidan pal'to,etigini yechib oladi. Go'yo ular sarpada qilishkanu Xusniya kelinlini eplamaganmush. Xusniya ko'chada nima qilishni bilmay dovdirab qoladi, oyog'i tizzagacha xo'l aksiga yana qor yog'ardi. Shu payt Bosit qo'shnidan oyoq kiyim olib Xusniyani moshinaga solib uyiga jo'natadi.
|
| |
| |
| KennY | Сана: Якшанба, 26-Авг-2012, 10:35 | Изох # 497 |
|
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 5
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
|
|
| |
| |
| Shukronа | Сана: Душанба, 27-Авг-2012, 00:43 | Изох # 498 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Xusniyani bu ahvolda ko'rgan ona qo'rqib ketadi. Tezda doktor chaqiradi. Afsus Xusniya doktor kelguncha uyda xomilasidan ayriladi. Shu bilan bo'ldi ajrashasan dib ota xukm chiqaradi. Va maxalla qo'mitasidagilar bilan Bositni uyiga borishadi. Bosit xam o'z maxallasidan odam olib keladi. Keyin oq soqol qaynonaga yuzlanadi. Aybini nima kelinizni desa. Qaynona aybi yo'q faqat xarakterimiz to'g'ri kemadi ketsin deydi. Yosh oila bo'lsa xali yashab ketadi deyishsa. Qaynona ana o'g'limni xam berdim. Kelinim olib ketsin man roziman didi. Bositga so'z berilsa, bozorchi opasi imo qilib yashamiman de dib o'rgatib turardi. Bositxam yashamiman, lekin aybi yo'q xamma ishka ulguradi. Onam bilan kelisholmasa men yashamiman didi. Shu bilan Xusniyani moli uyga qaytadi. Yana Xusniyaga sovchi kela boshlaydi. Buni Bosit eshitib yana Xusniyani oldiga qaytadi. Ichkuyov bo'lib yashay boshlaydi. Davomi bor.Добавлено (26-Авг-2012, 23:43) --------------------------------------------- Bosit ichkuyov bo'lsa xam rosa xunar ko'rsatadi. Xatto qaynotasini urishkacha boradi. Bu albtta ichkilik oqibatida. Xusniya shu orada yana 2ta xomilasidan ayriladi. Sabab organizm ona qornida bolani uzoq ko'tarolmaslikka o'rganib qolgan. Bosit bilan doktorga qatnashadi. Doktor er xotindan teri olib almastiradi. Xuddi kuygan badanga teri sogandek. Shu kunlarda Xusniyani 1devor qo'shnisi va sinfdoshi Toir uylanayotgan edi. To'yga qarashkani Xusniya xam chiqadi. Kuyov kelinnikidan kelgach o'tkazib chaqaloq tutadigan odatni qilishmoqchi bo'ladi. Shunda stol obke dib Xusniyaga aytishadi. Toirni katta opasi Xusniya san opkema dip,o'zi opkeladi. Xusniya sezadiki tug'magan deb irim qilishti.. Xusniya shu bilan uyga kirib chin dildan yeg'lab xudodan farzand so'rab tongacha o'tiradi. (Usha irim qilgan Xusniyani dilini og'ritgan ayolni,3farzandi bo'lib ,bittayu bitta qizida 15yilki farzand yo'q. Lekin Xusniya shu qizgayam farzand ber dib duo qiladi.) Shu bilan oradan oz vaqt o'tkach Xusniya xomiladorligini sezadi. Zudlik bilan usha teri o'tkazgan doktorga boradi. Va to tuqqunch xaftada 5kun kasalxonada yotadi. Davomi bor...
|
| |
| |
|
| Zinnura_K | Сана: Душанба, 27-Авг-2012, 20:54 | Изох # 500 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
| -nimalar deyabsiz? Qiz bolani to'la to'ks uzatish har bir ota onaning burchi..! Hecham ovorasi yo'qda qudajon.....
Tel.da gaplashayotgan Shohidaopaning ovozini chiqarib gapirgan bu gaplari dasturxon atrofidagilarning, ayniqsa qaynotasiga choy uzatayotgan Zarifaning quloqlariga o'q dek ewtilib, qalbiga o't yoqgandek bo'ldi (asli qaynonaning asl niyati ham eri va o'g'li oldida kelinini mulzam qililiw edi disam yolg'on bo'lmaso'v.....) Zarifa bu gaplardan yerga kirib ketay dedi..., qalbi o'ksindi, qachon tugarkin bu dashnonlar, qancha chiday olarkin kamsitishu haqoratlarga? Yer yutsin shu dabdabani, shusiz ham yawasa bo'ladi ku? Nohot qaynonasi shuni chunmasa (?) Qani u ham qaynisinglisi Ziloladek gap uqmas, bezbetkina bo'lsa yu qaynonasini gaplaringa parvo qilmasa, yuragiga omasa....
To'y kuni yaqinlashgani sayn ayvon turli xil chet el mebillari yu, sandiqlarga sig'may birini biri ulab kelayotgan sarpolar bn to'lib toshdi... Shunda ham Shohidaopa tinchimadi, huddi qachon o'liwini bilgan odam yana ...yana ...yana sovob qilsam degandek (aslida bu dunyoda hamma o'ladi,ammo hech kim qachon o'lishini bilmagani uchungina manawu yana...yana...yana... So'zini dunyoviy orzu havoslarga iwlatadi, qani endi bu dunyodan hamma ro'yhat bn o'tsa, balkim jannat ahli ko'payarmidi?! Ne bo'lganda ham o'lm haq..! ) sarpo yeg'averardi yeg'averardi...! Zarifa esa erta yu kech yugur yugur bn to'yga tayorlanardi , to'g'rida erta indin to'y bo'ladigan honadon kelinini qo'li tiniwi uyat.. O'z honasiga kirayotib, ayvondagi mebel ga ko'zi tushdi yu bir zum o'z hayollari asirasiga aylanib qoldi.. " u xam shunday mebel ga arzimasmidi? Ahr u xam Zilolaga o'xwab yolg'iz qiz! Nahotki Zilolaga hasad qilayotkan bo'lsa? Yo'q yo'q u bunday qilolmaydi, faqatgina...faqatgina unga juda havasi keldi holos, Lekn u xam qayni singlisiga o'xwab o'jarlik qilganda, oyog'ini tirab uni olib berasiz, buni olmasam bo'midi db qaysarlik qilganda, hayotidagi birgina o'kinchi, qaynonasini tana yu dawnonlaridan behabar baxtli kelinlik gawtini surarmidi? ..... -ZARIFA... Buyoda nima qivossan ? Uxlamisanmi? Turmush o'rtog'ining ovozidan hayollari tarqab ketdi, o'zi esa bu holatda turganidan hijolat tortib o'ng'aysiradi..- -ha...hm..hozr uxlayvering, hozr kiraman...wunday o'zm turudim.. Olimakasi unga jilmayibgina qaradi, u bu qarashi bilan Zarifa ni hayollarini o'qiyotkandek ko'rindi, Zarifa yana ham hijolatli roq holatga tuwdi va past ovozda: -xovosm keldi...! deb o'zini oqlashga kiriwdi...Добавлено (27-Авг-2012, 19:18) --------------------------------------------- - Zarifa...Zarifa..! Man juda baxtliman, Yonimda farzandlarim, san, tinch totu va ahil oilam..! Bularni hammasi uchun, sani manga juft halol qilib bergani uchun Yaratkanga mingdan ming wukur.. Mani eng kotta boyligim ham aynan wular, man baxtliman, san bu o'tkinchi dunyo ni o'tkinchi buyumlariga owiqib ko'nglingni o'ksitma, bu mani baxtimni kentik qiliwi haqida ham o'yla.... Nasibani hudo manga bersn , san ob kegan narsalaringa no wukurlik qilib yurma, bitta oilani nasibasi ham bitta joydan keladi... Olim shu gaplarni gapirdi yu, kirib ketdi..Zarifa bu gaplarni ewitib hozirgina hayollaridan o'tkazgan narsalaridan uyalib ketti... Nohotki wu oddiy haqiqatni bilmasdi? To'y ham o'tdi, to'yning dabdabasi yu sarpolarning hawamati hammani og'ziga tushdi......SHohida opani maqtadilar - Juda ham orzu havasli ayol da, to'y ni dumbara qasdi butun mahallaga yetti... Rosa gap bo'ldi.... Rosa gap bo'ldi... Rosa gap bo'ldi.... Zilolaga xavas qildilar: -sarposini ko'rdilami? Hammasi chet elni sara mollariyey... Omadi bor da..omadi bor da... ORADAN 3 OY O'TDI..! Добавлено (27-Авг-2012, 19:54) --------------------------------------------- Zilolaning yeg'i aralash ovozi butun ho'lini boshiga ko'tarki.... - bas yetar man unga cho'rt man mi? Ortiq u yalmog'iz bilan bir kun ham yawamiman...... Qizini ho'vurini kerak joyda bosiw o'rniga unga yon bosgan onayi zor bu xatosini janjal kottalashib iw sudgacha yetkanda anglab yetdi. Kuyo'v "Qaynonasini hurmat qilmagan, erini yo'rig'iga yurmagan xotinni bowimga uraman mi, ?" db Zilola bilan ajrashdi qo'ydi... (qutulgani rost bo'sn ) Zilolani qaytib kelgan narsalari tuwurilayotkada uning ovozi yana ho'li uzra jarangladi - ufff ko'zilaga qarasela o'lasilami? Buni qanaqa qimmatligini bilsela kowki... Bu ovozdan ajablanib ko'chaga chiqayotkan Zarifaning ko'zi yo'lak yuzida turgan , tushurilayotkanda qirilib, oynalari singan mebel ni ko'rdi yu onasini gaplarini esladi " buyumlar vaqti kelib eskiradi hunuklashadi, shuning un ham qiz bola uchun ota uyidan olib ketadigan eng yahwi narsasi bu yahwi hulqi va tarbiyasi... U bn baxt yo'lini quriw mumkun... Dabdabali buyum va kiyim kechaklar vaqti kelib eskiradi... Unut bo'ladi... "
Zarifani maqtadilar: - baraka topsn , oilasini gullatib o'tiribti.. ota onasiga rahmat...ota onasiga rahmat Olimga xavas qildilar: - ota onasiniyam, xotininiyam eblab yuradiyey... Baxtli yigitda. Olloh rozi bo'lsn ... Olloh rozi bo'lsn....
HULOSA SIZLARDAN...!!!
erka farishta....(m)....
|
| |
| |