|
Hikoya
|
|
| Loading | Сана: Чоршанба, 03-Окт-2012, 20:48 | Изох # 551 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Afsus Poshsha jaxil otiga mingan. Qizining yengiltak hayot sari ketishi uni shu holgacha olib keldi. Buning ustiga ko'chada kattayu kichikga kun bermay o'sgan o'g'lini singlisi bilan ishi yo'q. Poshsha no iloj yana eski plastinkasini aylantiradi. Zora shu safar Qaxramon singlisiga gapirsa. Zora qizi es-hushini yeg'ib olsa.. - Hoy baraka topkur aka bo'lib senam bir nima degin axir? Bu qiz yashshamagur nomusga o'ldiradiku bizni? - Yana boshlandimi opa?! Ne tergivuras?! - Qanaqa erkaksan o'zi?! Qara buni kiyinishini?! - Opa pul o'ziniki holaganini kiysin! Kichkinaligida kiyardi, hoziram kiyursin. Erga teyganda, eri nima disa shuni kiyaveradi. Hammayam kiyib yuribtku shu kiyimmi? - O'lib ket bo'masam! Sharmanda bitta sininga gapin o'tmasa. Ve hezalakmisan? Kichkinaligida kichkina edi. Endi odamlar gapiradi. Hech kim omi qari qiz bo'lib qosa o'zin boqasanmi? - Ts eeey? Ezvorarkansiz borku? Boqaman o'zim. Muncha niyatiz so'vuq?! Bu vaqtda o'qishdan qizini olgan ota telefonda o'z ishlarini hal qilish bilan bant. Qizni ko'zi telefonidan uzilmidi. Huddi telba odamdek o'ziga o'zi gapiradi. Kuladi, kimnidur koyib bergandek bo'ladi. Svetaforda to'xtagan mashina yonida Prado kelib to'xtadi. Haydovchisi qizni ko'zdan kechirishni boshladi. Qiz jilmayib yigitga qaradi. Telefonidan bo'shagan ota bu xoladan g'azablandi. Gapirishga gap topkunicha yashil chiroq yonib Prado yurib ketti. Otani ori kuchlilik qilib tezlikni oshirgancha Pradoni siqib yo'l chetida to'xtatdi. - Tinchlimi oka!? - Xa o'! O'g'il bola?! Ne qaravossan. - Mumkinmasmi?! - Yo'q albatta! Bu mani qizim?! - Qizin bo'sa yeg'ishtirvol, ko'ynegini bo'sayam yechib avratlarini yopib qo'y! Moshineni ol dayus! -- yigit uzuq kutolmadi. Mashinasini orqaga olib yo'lida davom etti. Ota xaykal bo'lganicha "AFSUS" deyoldi halos. Hikoyamiz ona bola suhbatiga qaytadi. Poshsha nima demasin aka singlisini yonini olaverdi. Nima desin. Singlisi qilib yurgan ishlari o'zining tanishlari bilan bir xil. Uning uchun bu oddiy holatga aylangan. Poshsha afsus chekdi bunday boqi beg'am farzand tarbiya qilganidan. Loading...
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Shukronа | Сана: Чоршанба, 03-Окт-2012, 21:22 | Изох # 552 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| E bunaqa dayusla bo'lmaganda, qizlarimiz orli bo'lardi.
|
| |
| |
| Dilrabo | Сана: Пайшанба, 04-Окт-2012, 00:29 | Изох # 553 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
| Assalomu alaykum.Jamiyatimizda afsuski bunaqa odamlar soni judayam köp.Hatto,qizlariga kalta yubka, mayka,wim sotib olib beradigan otalar bor.Dayuslar- jamiyatni kemiruvchi kalamuwlarga qiyoslanadi...NTT kanalida 21.05 da "JARLIK ISKANJASI:MAHDUDLIK YOHUD XUDBINLIK" nomli körsatuv duwanba kunidan buyon namoyish etilayotgan ekan.Men kecha va bugun tomosha qildim.Könglimdagi hamma gaplar aytildi.Körsatuv ijodkorlariga tashakkur!.Loading qöwni,shunaqa tarbiyaviy ahamiyatga ega hikoyalardan köproq yozib turing iloji bölsa.IJODINGIZGA BARAKA!
Nigohimda jamdir bu olam...
|
| |
| |
| Loading | Сана: Пайшанба, 04-Окт-2012, 23:17 | Изох # 554 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Afsus. Habibulloh oylik olgan. Qiziga kiyim olib berishni lavz qilgani uchun chorsuning yuqori bozoriga olib bordi. Do'konlarni aylanib birinchi poyabzal olindi. Mushtari otasini yetaklab avvaldan tanlab qo'ygan kiyim do'konlariga yetakladi. Habibulloh bu taklifdan yengil tordi. Qiz bolaga qanday kiyim tanlashni bilmasa. Avvalgi kichkintoy Mushtari bo'lsa edi, shart-shart olib berardi. Hozir Mushtariy kollejni 2-kurs o'quvchisi. Onasi bo'lsa edi... Habibulloh qizi ko'rsatgan do'konga kirib unga yuzlandi. Mushtariy boshini egib turardi. Ota qizining bu xarakatidan unchalik xayron bo'lmadi. Sababi qizi olib kirgan do'konlarda urfga aylangan kiyimlar sotilar ekan? Mushtariy huddi dugonalaridek kiyingisi kelgani uchun otasini boshlab kelgandi. Lekin u otasini juda yaxshi biladi. Qancha erkalanish bo'lsa boshqa mavzuda bo'ladi. Dugonlar bilan kechki sayr, har kungi rejada yo'q tug'ulgan kunlarga Habibulloh ruxsat bermaydi. Mushtarining bu boradagi javobixam faqat ota ruxsatiga borib taqaladi. Hullas bu kiyim-boshga ruxsat tegmadi. Bozor maydonida qiz otasiga dugonasidan o'rgangan gaplarni qaytardi. Habibulloh bu gaplar qizniki emasligini payqadi. "Qizim siz o'qishizni o'qin, dugonlarni gapini emas"deb tanbex berdi. Bozor "saygak"lari mijozlarni do'konga sudray boshladilar. Biri erkaklar do'koniga tortqilasa, boshqasi qizlar bo'limiga tortqilaydi. Tasodif bo'lib besh daqiqa oldin kirgan do'konlariga kirib qolishdi. Sotuvchi bu safar savolni qattiyroq berdi. Mushtariyning kiymidan bu mijoz uning mijozi bo'lishi mumkinligini bilgan ro'molli ayol suxbatni qisqa qilib ularni o'z do'koniga olib kirdi... Kun qizib ketti. Bozorda nafas olib bo'lmaydi. Mushtarining kayfiyati yo'q. Bu qanaqasi o'yladi u? Kollejni ikkinchi kursida o'qiyabti. Lekin erki o'zida emas. Hech bo'lmasa tengdoshlari kiygan kiyimni kiyolmasa? Ichida birnima tiq ettib ketti. Vazminlikni saqlab otasidan adolat talab qildi. - .. Agar oyijonim tirik bo'lganlarida sizni bu qattiq qo'lligingizdan hafa bo'lgan bo'lar edilar. -- Mushtari bu gaplar o'ziniki emasligini o'zi xam sezdi. Tanasini titroq bosib qaltirab qoldi. - Qancha katta bo'lma baribir men uchun qizimsan! Onanga kelsak, u shunday odobli edi. Bir dona savolga bir dona javob berar edi. Yotoqxonadan tashqarida ro'molsiz yurmas edi. Albatta sizlar tug'ilganingizdan so'ng. Qizim sen tanlagan kiyimni... aytish uyat! -- Habibulloh kuni kecha do'stlari qizlaridan nolib gapirganlarini esladi. Qizlari ming'irlayverganidan keyin "tinch qo'ysin"deb zamonaviy kiyimga ruxsat berishibti. Habibulloh ularni bu qilmishlarini qattiq qoralagan edi. Hozir o'zi shu axvolda qoldi. Do'stlariga bunday deb turib o'zi ulardek yo'l tutishi mantiqsizlik bo'ladi. Ammo qanday qilsinki, "jonim qizim" deb katta qilgan qizi hafa bo'lib turgan bo'lsa. Bu unga o'g'irlik qiladi. Do'slarini qilgani to'g'rimikan? Habibulloh yechim izlab atrofga qaradi. Ko'zi do'konlardan biriga kirib ketayotgan ota va qizi tengi keladigan qizini ko'rib qoldi. Mushtariyni usha do'konga olib kirdi. Haligi qiz Mushtariy kiymoqchi bo'lgan fasondagi ko'ylakni kiyib ko'rdi. Kiyinish xonasidan chiqib kelganida dadasi uni ko'rib jilmayib qo'ydi. Qiz to'lachadan kelganidanmi, kiyim badaniga yopishib turardi. Dadasiga orqasini o'girib ko'ylak qandayligini so'radi. Mushtariy uyalib do'kondan chiqib ketti. Mushtariy mashinada o'tirar ekan otasiga aytgan gapini o'yladi, tengoshini o'rniga o'zini qo'yib ko'rdi. Habibulloh o'z ishidan mamnun bo'lsada yuzidan buni bilib bo'lmas edi. Ota bola baravariga Afsus deb qo'yishdi.
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Dark | Сана: Чоршанба, 10-Окт-2012, 17:11 | Изох # 555 |
|
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 159
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 612
Холати: Хозир йўқ
| Aziz, dostlari ichida eng quvnoq, har doim yaxshi kayfiyatda atrofidagilarini sevimli kishisi edi... kayfiyati har doim joyida... gapga usta, har doim suhbat uchun kerakli gaplarni topar, hatto bazan atrofidagilarni oziga ma's qilib qoyar edi... bu inson qanday qilib doim yaxshi kayfiyatda yura oladi? biror kishi undan qanaqaligini sorasa "Super, hammasi yaxshi", deb javob berishadi... "Super...". Aziz doim pozitiv va hayotga kulib boqadiganlardan edi... yon atrofdagilardan biri siqilib yursa yoki kayfiyati bolmasa, Aziz u tanishi oldiga borar, bu ahvoldan qanday chiqib ketishni orgatar edi... bir kun uni oldiga bordim... "tushinolmayapman, qanday qilib har doim bu kayfiyatda yurasan? qanday qilib hammasiga ulgura olasan? buni siri nimada?" Aziz: " har tong uyqudan turganimda ozimga ozim Aziz bugun ikki tanloving bor: kayfiyatin quyosh kabi charaxlaydi, yoki yomon boladi... derdim... Katfiyatimni quyosh kabi bolishini tanlardim. Boshimga bir yomon ish kelsa yana ikki tanlov turadi oldimda: taslim bolib, ozimi ozim qiynab dod voy solmoq, yoki bu ishdan kerakli ibratni, darsni olmoq... man boshimga kelgan har yomon ishdan ozimga ibrat olishni tanlaymay... biror kishi manga bir dardini, shikoyati bilan kelganida, yana ikki yolim boladi... shikoyatini qabul qilish yoki unga hayotning quvonchli taraflarini korsatish... man hayotning quvonchli taraflarini tushintiraman..." yogeeee, deb ishonqaramadim... Shunchalik osonmi? Ha... deb javob berdi Aziz... Hayot tanlovlar, yollardan iboratdir... har boshga tushgan ishda tanlovlar, yollar boladi... san har ahvolda qanday harakat qilishini tanlaysan... ya'ni san hayotingda qanday yashashni tanlaysan... Azizni gaplarini eshitib ta'sirlandim... uni, uzuuuun yillardan beri kormadim... ammo, hayotimning tahlikali yerlarida otirib qolish orniga, yana haqiqatga tik boqib, undan ibrat olib har bir qilgan harakatimda uni hotirlardim... yillar otib, Azizning boshiga kutilmagan ishlar keldi... Uyiga ogirlikka kelgan ogrilar, uyda odam borligini korib qorqib, Azizni ilma teshik qilib otib ketishdi... operatsiya 18 soat davom etdi... bir necha haftalar oziga kelmay bir yerda yotib qoldi... hatto shifoxonadan uyga ruhsat berilganidan keyin ham qimir etmas edi... man uni bu otgan ishdan olti oy songra kordim... qalaysan? deb soraganimda, "Super, hammasi yaxshi"... "hammasi yaxshi"... osha ogrilar bilan otgan voqeada nimalarni his qilding deb soradim... "yerda yotganda ikki yolim borligini tushindim... yo yashashni tanlashim, yoki o`limni... man yashash yolini tanladim"... qorqmadingmi? hushingni yoqotmadingmi? "Tez yordam mashinasida kelgan shifokorlar yaxshi insonlar edi... manga havotir olma tuzalib ketasan deb dalda berdilar... ammo shifoxona ostonasida kutib turgan shifokorlarning, bemorni ahvoli qanaqa degan savollariga hamshiralarning yuzidagi ifodani korib birinchi bor qorqdim... bu ifodalar manga, bu inson o`ldi, qaytib oyoqqa turmasligimni sozlar edi... bir nima qilmasam bir ozdan keyin o`lik bir inson bolishim aniq edi...." nima qilding? qiziqib soradim... toliqqina bir hamshira oldimga yaqinlashdi va nimaga bolsa ham alergiya bolganmisan deb baqirib soradi... ha, deb javob berdim... shifokorlar va hamshiralar jim bob qolishdi... chuqur bir nafas oldim va baqirdim: mani o`qdan alergiyam bor!... shifokorlar va hamshiralar kulishni boshladilar... yana baqirdim... man yashashni tanladim... yashashni... Aziz, faqatgina shifokorlarni ishini ustaligi uchungina emas, ozining irodali ekanligi uchun ham yashadi... bu yashagani manga yana dars boldi... harkun, hayotimiz davomida baxt tola quvonchli onlarimiz bn yashashni va bu bizni haqqimiz ekanligini undan organdim... va hayot yolimizdan qanday yol tutish ozimizga bogliqligini anglab yetdim... ps. bu hikoyani oqidilaring... endi oldingizda ikki yol bor... 1. oqiganlaringni unutish... 2. yoki ibrat oladigan yerlaridan foydalanish va shunga amal qilish...:D
uzimda kopincha shunday boladi... qaror qilish kerak bolgan paytda yaxshi yomonga ajratib keyin qaror qiladigan bolgandim...
|
| |
| |
| bek_x6 | Сана: Чоршанба, 10-Окт-2012, 17:20 | Изох # 556 |
|
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 58
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 676
Холати: Хозир йўқ
| raxmat kottakon Dark! rosa xozirda manga kereli maslahatla, anchagina ibrat oldim, tashakkur
Vaqt o‘tadi va hayot ko‘rsatadi... Hammasi yaxshilikka bo‘lgan bo‘ladi :-)
|
| |
| |
| Loading | Сана: Пайшанба, 11-Окт-2012, 16:30 | Изох # 557 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| 1.Yo'l.
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Dilrabo | Сана: Жума-муборак кун!, 12-Окт-2012, 12:05 | Изох # 558 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
| Assalomu alaykum. Juma muborak bölsin. Dark,inson matonati toshlardan qattiq,inson irodasi suvlardek shaffof...hikoyadan yaxshi taassurot oldim. Bu hikoyaning hajmi kichik bölsada,salobati bilan katta hajmdagi ma'no maslaksiz "asar"larni bir hamlada daf qila oladigan jihati bilan ham ta'sirlidir. Aynan,Odam avlodiga yuksak ong bilan tanlash imkoniyatini bergan Allohu taologa hamdu sanolar bölsin! Har doimgidek ajoyib,köproq yozib turing.Aytgancha,nimani öqiw yoki öqimaslik ham ongli tanlovlarimiz jumlasiga kiradi...IJODINGIZGA BARAKA! Добавлено (12-Окт-2012, 11:05) --------------------------------------------- Nomaqbul farzand haqidagisi ham ajoyib.Har kim niyatiga qarab ato qilganini olaveradi.Qazoi-qadardan boshqasi bu dunyoda yolg'on va ötkinchidir.Alhamdulilloh musulmonmiz,bu dunyoda fido bölishga arziydigan Iymonimizdan judo qilmasin,iloho.InshaALLOH,Jannatdan umidvormiz.Allohim, har bir bandaga Muhammad s.a.v ummatim, deyishlariga arzigulik farzandlar ato qilsin.Barcha yaxshiliklar Allohdan!
Nigohimda jamdir bu olam...
|
| |
| |
| fer_shon | Сана: Жума-муборак кун!, 12-Окт-2012, 12:07 | Изох # 559 |
|
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 9
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 530
Холати: Хозир йўқ
| Quote (Dilrabo) Barcha yaxshiliklar Allohdan! shuningdek barcha sinovlar ham albatta!!!
|
| |
| |
| Dilrabo | Сана: Жума-муборак кун!, 12-Окт-2012, 13:11 | Изох # 560 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
| Loading qöshni,hikoya uchun rahmat. Avratlarini bekitishni istamagan yarimyalong'ochlarga,aynan ayollar avrati doirasidagi Qur'oni karimning bir qancha oyatu-suralarining qadri qanchalik ekan? Agar "zamonaviy"likka da'vo qilishsa,ayni muddao Allohning kitobi qiyomatgacha "moda"dan qolmaydi!Musulmon farzandlari böla turib, Allohning yöliga- kitobiga,farzlariga,... iymon keltirmaganlar,Muhammad s.a.v amal sunnatlariga itoat etmaganlar,ota-ona aka-uka yoki turmush örtoqlariga itoat etishlari gumon... Afsuski,Allohning buyurganlarini,Muhammad s.a.v ning muborak hayotlarini öz nafsiy jihatlari uchun özgartirib körsatayotgan gumrohlar ham yetarli...Ana endi, yarimyalang'ochlarga foydasi bölarmikan,degan maqsadda: zamonamiz donolaridan Tursunoy Sodiqovaning qiz-ayollarga,yigitlarga atalgan pand-nasihatlarini e'tirof etmasdan ilojimiz yöq,ammo inobatga olish-chi?... Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ayollar masalasidagi hikmatli ilmu saboqlari ular uchun qiziqtirmasdir,ehtimol? O'tkir Hoshimovning achchiqqina bitiklari ham ta'sir qilishiga shubham bor va hakoza...Insofu-iymonimizdan judo qilmasin,ilohim... . Bu fikrlarim hikoyangizni öqish barobarida Juma kundaligi uchun bitilgan öy-kechinmali mulohazalarim edi...IJODINGIZGA BARAKA. Добавлено (12-Окт-2012, 12:11) --------------------------------------------- Albatta Feruza,bu dunyoning yolg'on va ötkinchiligiga ishora-Allohimning sinovidir.Biz Allohdanmiz va Allohga qaytamiz.Bizga esa faqatgina IYMON imiz hamroh bölishi mumkin,xolos.JUMA MUBORAK! 
Nigohimda jamdir bu olam...
|
| |
| |
| Loading | Сана: Жума-муборак кун!, 07-Дек-2012, 01:11 | Изох # 561 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Yarim tun, honam ichkarisidan eshik yopiq. Yotibmanu uyqu kelavermadi. Uzoq-uzoqlardan mashina shovqini eshitiladi. Ha desa tinmagach shamol esyabti degan hulosa beradi. G'isht devorlar bazan bir silkinib oladi-yu, zil qilib osib qo'yilgan faner shift qarsillab ketadi. Hozir qulaydi deb qochishga chog'landimu, jimib qolganini bilib "huh" torttim. Soat nechchi bilmayman. Mashinalar yurmay qo'ydi. Uzoq jivir-jivirdan kimdurni ingragani, azon, yana allaqanday ovozlar qulloqqa chalinadi. Tobora kam harakat bo'lib boryabman. "taq-taq-taq" eshikmi?! Kim bo'ldi. Oyim-Adam eshikni taqillatadigan odatlari yo'q ediku? Endi umuman be xarakat yotibman, qilt etsam krovat g'ichillab ketti. Yuragim tamom bo'ldi. "taq-taq-taq-taq" ey xudo ko'proq taqillatyabti!? Ha bunaqa qo'rqishimda tonga yetib borolmiman. Shu o'y bilan tong otib qoldi. Hovliga chaqdim, qarasam, eshigimga paket osib qo'yilgan. Ichida meni hujaljarimi?
Faqat 3 ta shart!
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Loading - Жума-муборак кун!, 07-Дек-2012, 01:47 |
| |
| |
| Mirzoxid | Сана: Жума-муборак кун!, 07-Дек-2012, 04:45 | Изох # 562 |
 Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
| Loading, hikoya zzo'r yozilibdi davomi bormi oxirisiga tuwunmadim
...
|
| |
| |
| Sardorchik | Сана: Жума-муборак кун!, 07-Дек-2012, 08:36 | Изох # 563 |
 Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 54
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 130
Холати: Хозир йўқ
| loadin davomi qachon? hujaljarimi? Degan joyizga tshunmadimДобавлено (07-Дек-2012, 07:36) --------------------------------------------- loadin davomi qachon? hujaljarimi? Degan joyizga tshunmadim
|
| |
| |
| Loading | Сана: Жума-муборак кун!, 07-Дек-2012, 10:42 | Изох # 564 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Shu o'y bilan tong otib qoldi. Hovliga chiqdim, qarasam, eshigimga paket osib qo'yilgan. Nima borligiga qiziqtim. Ichida meni hujatlarimmi? Uzoq uyqu qochmagan ko'zlarim paketga tikilib qoldi. Hayol surib qoldim. Tunda bo'lgan voqiyani eslasam bir kulgim keladi, bir jaxlim chiqadi. Ey o'g'il bola! Yurakdan rosa borakande?! Tunda esgan shabadada paket tebrangan, ichidagi guvohnoma bir maromda eshikka urulib taraqlagan. Ey quyon yurak! Uyat ey! Tamom!
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Sardorchik | Сана: Жума-муборак кун!, 07-Дек-2012, 14:00 | Изох # 565 |
 Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 54
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 130
Холати: Хозир йўқ
| e gap yo'q zo'r chiqibti
|
| |
| |
| Mirzoxid | Сана: Шанба, 08-Дек-2012, 02:10 | Изох # 566 |
 Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
|
...
|
| |
| |
| SpecialOne | Сана: Шанба, 22-Дек-2012, 10:11 | Изох # 567 |
|
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 167
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 29
Холати: Хозир йўқ
| Shaxsiy voqea, hikoya, she'r va monologlar....
* * * 'Oq lolalar....' U qachonlardir örgangan oddiy qog'oz salfetkadan yasaladigan kichkina, chiroyli, oppoq lolalarni yasay boshladi. Hech kim tushunmadi kimga va nimaga! Odatda bunaqa gulni restoran, kafelarda tanishlarga yoki ofitsianka qizlarga ularning hursandchiligi uchun qoldirib ketishi uning odati edi. Ammo, hozir u dasturxon atrofida emasdi. Gullarni yasab bölgach velosipedni oldida, köchaga haydab chiqdi. Qolganlar ortidan hayron qarab qolishdi.... Bekatga borib, hayajondan töxtab qoldi. Nima deyishni, nima qilishni hayolidan ötqazgunicha avtobus kelib qoldi. Qiz esa ösha avtobusga ötirdi. U esa keyingi bekatgacha avtobus ketidan quvdi. Hayolida: - 'Yo hozir, yoki keyingi safargacha yana afsus va kutishlar' - derdi. Axir, birinchi marta sevganiga gul tutishi edi.... Keyingi bekatda töxtagan avtobus oldida velosipedini qoldirib, haydovchidan ikki daqiqa kutishini iltimos qildi va odamlar orasidan qizni topib, uning oldiga bordi va gullarni unga tutqazdi. Qiz: - 'Nega?' - deya oldi xolos. U: - 'Shunchaki'. Qiz gullarni olmadi, uyaldi. U: - 'Oling, bölmasa shuncha odam uyiga kech qoladi' - dedi. Qiz va butun avtobus kulib yubordi.... Qiz gullarni oldi.... U ortiga qaytdi va hayron qoldirib ketgan döstlariga bölgan voqeani aytib berdi. Hamma hayratdan va kinolardagidek ilk gul taqdimidan qarsak chalib uni olqishlashdi.... Axir, u muhabbatini öz qöllari bilan yasalgan gullar orqali ifodaladi, bu albatta, tahsinga loyiq edi! U baxtini boyligi evaziga emas, öz qöllari bilan qurishni boshladi.... (Muallif: Bekzod Xo'janazarov)
Добавлено (22-Дек-2012, 09:02) --------------------------------------------- * * * Xiyonat.... O'ttiz yoshlardagi oilali erkakdan sörashibdi: -'Xotiningizga xiyonat qilganmisiz? Yoki, hech bölmaganda shunaqa fikr hayolingizdan ötganmi?' U kishi javob beribdi: -'Yoshligimda, avval qiziqib, keyinchalik esa örganib qolib sigaret cheka boshladim. Boshida kamroq edi, uydagilar uncha bunchada sezib qolishmas, keyinchalik har doim yashirib chekishga, xidi qolgan kiyimlarni tozalashga, sigaret chekishimni fosh qiladigan dalillar, guvohlarni yöqotishga tirishardim. Bu rostdanda qiyin va ahmoqona edi. Tashlashga esa irodam yetmasdi.... Bularni barini sir saqlash, yaqinlarim xabar topishi va mening uyatda qolishimdan tahlikada yashash, ög'rilik qilayotgan odamdek, qörquvda yurish, öz vijdoning oldida doim boshing egikligi, gunoh ekanligini bilish va özni tiya olmaslik, örgangan köngilning ishlari, bari, hamma-hammasi ezgu niyatlarga intilgan kishi uchun juda og'ir.... Endi, tasavvur qiling, kichkinagina, jonsiz, aslida unchalik qörqinchli bölmagan narsa uchun qancha umrim qiynoqda ötdi!? Jonli, ongli, uning ustiga pokiza bir ayolni aldab, söng uning közlariga qanday qarayman, avval ham aytganimdek, bu ezgu niyatlarga intilgan inson uchun, bir umr tahlikada yashash, öz vijdoni oldida yuzi shuvut bölishdanda og'irroq azob yöq. Mayli, bu kichkinagina sigaret chekishni yashirishdagi qiynoq ulg'aygunimchadir, lekin, xiyonatning azobi abadiyku.... Yetar, ösmirlik davrimda nisbatan osonroq azoblarga chidaganim, bularnida yenga olmay qiynaldim, butun umrlik azoblarga qanday chidayman!!!' Muallif: Bekzod Xo'janazarov.
Добавлено (22-Дек-2012, 09:04) --------------------------------------------- * * * ('Qordek oppoq beg'uborim' - deganlarim bor, Qorga qarashga ham qörqaman endi....)
Bugun, qor yog'di oppoq, qalin, mayin. Sog'inibman, sog'inchimdan közim namlandi. Xotiralarni qözg'agim kelmadi, shekilli, sovuqdandir deb özimni aldab qutuldim.... Tongda turib oppoq, beg'ubor qorni körib qalbim shodlandi, hursand böldim-u, lekin, sovuqqotdim, avvallari bunaqa bölmasdi, hozir esa, iliq mehring yetishmasdi.... Oyoqlarim ostida qorni toptab ketyapman-u, öz-özimdan uyaldim, yuzim qizardi, xuddi, hamma meni ayblayotgandek qadamimni tezlatdim, kechiriming sörardim.... Manzilimga yetguncha parcha-parcha qor raqsga tushar, öynardi, yuzim, qöllarimga qönardi, kulguchlarim körsatdim, kechirding deb öylardim.... Lahzalarga ulanib, kun ham botdi, kech tushdi, qordan qörqib, uyalib köchaga ham chiqmadim, beg'ubor qorni bosib, toptab ham ötolmadim.... Qorning ham özgacha, isi bor isming bilan, yoding bilan, qor erisin yerlardan, gul kötarib boraman, qabring boshida turib, har kun, qorni kutib qaytaman.... 'Qordek oppoq beg'uborim' - deganlarim bor, Qorga qarashga ham qörqaman endi....
Добавлено (22-Дек-2012, 09:08) --------------------------------------------- * * * (Öz-özimga noma....) 'Mashxur adibga rafiqasi tomonidan yozilgan noma'dan (adashmasam Zarifa Saidnosirova ijodlaridan) ta'sirlanib yozilgan....
...Bilaman, chekyapsan.... Qiya ochiq eshikdan, g'ira-shira nur aralash, achimsiq sigaret tutuni oqib chiqyapti. Ahyon, ahyonda qog'oz varog'ining zarda bilan yirtilgan va qattiq g'ijimlangani eshitiladi.... Yozayapsan, yozayapsan-u yana öxshamayapti. Sigaretingni chuqur-chuqur tortasan. Yana bir oppoq qog'ozning yuzi chaplangani yetmagandek, burda-burda bölib ketdi.... Yana yozishda, faqatgina sening uchun 'tik turib yona oladigan' sigaretingni chekishda davom etasan.... Afsuski, dilga yaqini, muxarrirlar aytgandek 'pichoqqa ilinadigan' hech narsa yöq, jondan bölak.... Dam olishga chorlasam unamaysan, qasding bor, alamingni qalamingdan olayapsan!... Darding ne döstim!? Hayotning sinovimi!? Yöq! Aslida, darding shu sinovga bardosh bera olmayotganingda!... Iching töla nafrat, yuraging böm-böshdek göyo, na sevgidan, na mexrdan asar ham yöqdek nazdingda.... Bu ham yolg'on, bilaman, qalbing mexrga töla, sevging barhayot, faqat, qizg'anma uni! Yöq, qizg'anish ham deya olmayman. Ishqingga zorlarni devona etma.... Yana sigaretingni yoqasan, yana achimsiq xid xonadan suzib chiqyapti.... Yozyapsan, yoqmayapti, ertalabgacha axlat chelagi ortiq chiday olmaydigan ahvolga tushadi.... Yozganingdan foyda yöq, özing aytganingdek, nafrat faqat johillikka olib keladi.... Tun, tutun, qalam va sening qasding. Chekyapsan, yozyapsan, nafrating qalamni qaysidir yöllardan yurg'izayapti-yu, lekin, bularning birortasida ham ma'no yöq....
Добавлено (22-Дек-2012, 09:11) --------------------------------------------- * * * Sörar eding: 'Baxtlimisan? Rozimisan hayotingdan?' Turar edim indamasdan, Baxtni aytib berganmiding....
Mexring yog'ar közlaringdan, Körsat deding, sevganmisan? Yana lolman, bilmam qaydan, Sen sevgingni aytganmiding....
Ishonaman senga rostdan, Aslo dema: 'Bular nedan?' Boqib ma'yus, senga derman, Sen ishonchni tutganmiding....
Qanday aytay, baxtimkusan! Mexrim tushgan sevgimkusan! Közda qotgan ishonchkusan! Bular menga tuyg'ulardan omonatdir, Tilda aytish bu men uchun xiyonatdir....
(Muallif: Bekzod Xo'janazarov.)
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Anv@rbek - Якшанба, 13-Янв-2013, 01:00 |
| |
| |
| Loading | Сана: Шанба, 22-Дек-2012, 20:10 | Изох # 568 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| No jiddiy Afsus. Bog'cha. - Ko'z munchog'imni uzib yubordin! Muncha qo'polsan? - Kechirasan man bilmi qoldim-ku? Mana bu donasi yerga tushib ketti. - Voy bitta kottasi boridi, ushanisi ko'z tegishidan asrardi. - Maxpu bu oddiy plasmasaku? Bir qo'shnimiz uyda yasar edi. Ko'z tegishidan Xudo asridi. Bu taqinchoq emas! - Bu xudoni ko'zi bo'sa kerede Diyola. U mani ko'rmi qosa, shu manga qaridi. Bu bog'chadagi shirin qizaloqlar suxbatiga shu gruxdagi Jamolxon qo'shildi. - Bilasanmi Xudo qando, -- ichiga bilmdonlligi sig'may o'zi bergan savolga o'zi javob berdi - u koootta! Bilasanmi xudo sani oyindanam, adendanam kotta! - Sani opendanam kotta xudo! -- Maxfuza bilmdonli qildi. Bolalarcha baxslashuv doimgidek Zinnura opaning tushlikdagi uyquga chaqirig'i bilan to'xtadi. Bolalar beg'ubor bo'lishadi. Uyqudan uyg'onganlarida boyagi araz-xafalik yo'q edi. Kechgacha birga o'ynashdi. Qo'g'irchoqlarini qizg'anishmadi. Soat 4:35 odatiy ketma-ketlikda onalar bazi bolalarni otalar olib ketishadi.Добавлено (22-Дек-2012, 18:46) --------------------------------------------- Shu sababdan bolalarni bog'cha xovlisidagi taxta kursilarga ketma-ketlikda o'tkazib qo'yishadi. - Maxfuza oyin keldilar kiyim xaltangni qoldirib ketma. -- Zinnura opa uzoqdan qizini kutib turgan tengdoshiga jilmayib qo'ydi. Bu Maxfuzani opachasi. Ko'pincha u keladi bog'chaga. O'ziga oro berishni juda boplaydi. Qishin-yozin sochlarini yoyib yuradi. Asosan tor shim, koftada yoki sport kiymida yuradi. Maxfuza opachasiga qo'lini uzatdi. Bir-ikki qadam tashlagandan so'ng, to'xtab bolalar yoniga qaytishti. Maxfuzadan opachasi "qaysi biri Diyora" deb so'radi. Singil sezilar sezilmas bolalar orasidan dugonasini ko'rsatti. Zinnura opa salom-alik qilgan bo'lib savol berdi. Nima bo'layotkaniga qiziqti. -Tinchlikmi Maxfuza nima bo'ldi? - Zinnura qarab turmisizmi? Mambu qiz Maxpuni ko'zmunchog'ini uzib, op qo'yipti. - Yo'g'ey op qo'ymagan?! Maxfuza nima bo'ldi? Diyora qani ko'zmunchoq? - Ey xali bexavarmisiz? Atilab uzvogan. Asalimga ko'z tegsin digande? - Ko'z teymidi, hudo asrasin. U oddiy toshku? Добавлено (22-Дек-2012, 19:06) --------------------------------------------- Kimda xozir usha? Manda chiroyli pushti rang selikon broslet bor ushani sovg'a qilaman. - O'yincholada, ichida, man omadim Ziyuyapa. - Ana Diyora omagan. -- Zinnura opa gangib qolgan Diyorani qo'lidan qattiq ushlab oldilar. Bu bilan "qo'rqma, men seni xafa qildirib qo'ymayman"degan bo'ldilar. - Manga qaren, siz bolarizni yonini omen! Bugun bo'masa ertaga oladi! - Kechirasizu Diyora singlizni eng yaqin dugonasini bo'ladi. Kelib-kelib... Maxfuza asalim ertaga sanga rosa chiroyli brosletik sovg'a qilaman. Hop?! Hafa bo'ma. - Kerakmas! Kim dib o'ylavos. Birovdan qogan brosletiz! - Yangisini beraman. Mana, mana buni yengisidan. - Voy bu Sayyodni "Faxirli Inson" brosletiku? Dugonalarimda ko'rudim. Qon topshirish akciyasidami, ushatda berishkan. - Ana shunaqa! Siz bormaganmisiz? - Voy man qondan qo'rqaman? Lekin bir martta varrak uchirganilada borganidim. Manga rossa yoqqan. Hamma mashxurla bilan fotoga tushkanman. Yana qochon yeg'ilasila? Mashxurla keladimi? Usha forummi, po'rumga qanaqa qo'shilsa bo'ladi? Zinnura opani ensasi qotib keti. " sandan nima foyda? Rasmga tushkin kesa ana konsertga bor, to'yxonalarga qatna! O'zbeni nimasi ko'p? To'yi ko'p. Bor ana?!" deb o'yladiyu? Ensali jilmayib Anvar degan forumdoshini raqamini yozib berdi. Maxfuzani sudragancha opachasi tez-tez yurib uzoqlashdi. Afsus bekor qattim gapirdim, endi uchrashuvga chaqirishmidi deb o'yladi. "Hammasi sani axmoqona ko'zmunchog'in dib." Fazliddin... Добавлено (22-Дек-2012, 19:10) --------------------------------------------- Bu Hikoyada 4 ta forumdoshni yordami bor.
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Zinnura_K | Сана: Шанба, 22-Дек-2012, 20:46 | Изох # 569 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
| Fazliddinaka))) aaaaaajooooyibbbbb! Eng zo'r xaqiqat mana wu deeee !
erka farishta....(m)....
|
| |
| |
| Loading | Сана: Шанба, 22-Дек-2012, 23:05 | Изох # 570 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Parvina Zuxraxon Qoraqosh ga katta raxmat va Zinnura etmagani uchun alohida raxmat
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Mirzoxid | Сана: Якшанба, 23-Дек-2012, 02:59 | Изох # 571 |
 Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
| e qoyile forumdowlani hayoti zo'r chiqibdi
...
|
| |
| |
| komol_76 | Сана: Якшанба, 23-Дек-2012, 03:07 | Изох # 572 |
|
Форум рахбариятидан
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 195
Тақдирланишлар: 5
Хурмат даражаси: 782
Холати: Хозир йўқ
| Bu nimasi tushunmadim? Yangi chatlar paydo bo'lyaptimi? SpecialOne yomg'itdan keyingi qo'zoqorinday yangi mavzular ochichni bas qiling, iltimos... Hamma ijod namunalarizzi OQ LOLALAR mavzusida davom ettirsayizam bo'lardi. LS izga javob bermaganimdan ham tushunsangiz bo'lardi... Yaponlarda kiahini ranjitmaslik uchun "YO'Q" so'zi ishlatilmaskan, biza yapondan kammasmizku...
нима ёзсела ёзуврила, ўчирмиман.. (лекин провокаторлар жазоланади, ҳақорат, камситиш ва мазах қилишга йўл йўқ!!! шахсий муносабатлар форумдан ташқарида!!!!)
|
| |
| |
| SpecialOne | Сана: Якшанба, 23-Дек-2012, 04:41 | Изох # 573 |
|
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 167
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 29
Холати: Хозир йўқ
| * * * 2004-yil. 9-sinf qizning hikoyasi.... (Hayotda körgan, guvohi bölgan voqealarim asosida....) -Oyi, nima qilyapsiz? Kech böldiku uxlamaysizmi? Soat ham uchdan ötibdi, hozir tong otadi. Uxlay qoling, özizni qiynamang, ertaga kun yorug'ida birgalashib tugatib qöyamiz. -Qizim, sen uxlayver, men hozir bir pasda shuni tugataman-u uxlayman. Ertalabga nonimiz qolmgan, shuni tugatsak ertalab azonda topshirib, puliga ikkita yangi kelgan 'buxanka' non olib kelasan, höp qizim. Singling och uxlab qoldi-da.... -Yöq, oyi nega, kechqurun hammamiz yaxshi ovqatlandik-ku! -Kartoshka, piyozdan qilingan yarim kosa shörva nima ham bölardi. Öqishingiz kerak, hali yaxshi inson bölasizlar, katta odam bölsanglar dasturxonimiz yana tökin böladi, ha qizim? Singling och uxlab qolgani yaxshi bölmadi-da, uxlaganinglardan söng ikki, uch marta uyg'onib oyi non bormi, ozgina non bering deb söradi.... -(Nima deyarimni bilmay qoldim, oilada uch kishimiz, oyim, men va singlim. U hali maktabga ham chiqmagan, aqli yetmaydi-da hali, oyimdan köp narsa söraydi, bilmaydi-da biz hamma kabi emasmiz. Dadamning özga yurtga ishlagani ketib qaytib kelmaganini, oyimning tunlari uxlamasdan tön qavib chiqishlarini, bizni öylab siqilishlarini bilmaydi-da.... Bög'zimga öt qadaldi, oyim ohirgi ber necha kundan beri tuzukroq tuz ham totmasdan, uxlamasdan pul topish uchun harakat qilyaptilar, qani edi qölimdan kelsa yordam bera olsam.... Ötgan kuni yig'lab ötirgan ekanlar, qöllariga nina kirib ketibdi, bu birinchi marta emasdi, qöllari qavarib ketgan bu azoblardan. Aslida, bizni öylab siqiladilar, shu uchun yig'laydilar, garchi, dadang kelsalar hammasi yaxshi bölib ketadi deb bizni ovutsalarda, özlarini özlari aldayotganliklarini biladilar, biz ham bilamiz dadam endi kelmaydilar, ötgan besh yil ichida u yerlarda yangi oilali bölib ketibdilar. Ey Hudo, tezroq men ham ulg'ayib oyimning og'irini yengil qilay....) -Singling yosh hali, uni hafa qilma, u senga eng mehribon inson böladi, sizlar ham anchadan beri yaxshi ovqat yemadinglar, ertalab yaxshi nonushta qilib beraman, uxlay qol endi qizim..... -(Ertalabki vaziyatni bir umr yodimdan chiqara olmayman, oyim ösha ötirgan joylarida, qöllarida nima, tizzalari ustida tönning yeng qismi, bir bölakkina öchay deb qolgan sham yorug'ida közlari ochiq bir nuqtaga tikilib ötirgandilar, yugurib bordim, qöllari muzdek, etim jimirlab ketdi.... Oxirgi ayta olgan sözim shu böldi....) -Oyi, oyijon, közizni oching. Men tez katta qiz bölaman, faqat, iltimos bizni tashlab ketmang.... 2004-yil. 28-noyabr. (...Oilasidan uzoqda huzurini körib yurgan erkaklar uylarida nima yoki kim kam ekanligi haqida, yo bölmasa, maktab yoshidagi beg'ubor, sodda qizlari oyimga oson bölsin, hadeb daftarga pul sörayvermay deb, eski daftarlaridagi bösh varoqlardan öziga daftar yasayotganida daftardagi mayda simcha jajji barmoqlariga kirib qanchalik azob berganligi haqida bilarmikanlar!? Shu jarohat rivojlanib, asorati ösmir qizlariga bir ayb bölayotganligi haqida öylarmikinlar!?)
|
| |
| |
| GULI_NUR | Сана: Якшанба, 23-Дек-2012, 08:59 | Изох # 574 |
|
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
| Qoyil
|
| |
| |
| Loading | Сана: Душанба, 24-Дек-2012, 22:42 | Изох # 575 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Yolg'iz yo'lovchi. "Tinchlik" metro bekatida tumonat odam. Odatda bu vaqtda ish kunida ham yo'lovchi bo'lmasti. Uning ustiga kechasi. Taymer 10 daqiqani sanab bo'ldi. Tablo o'chtiyamki poyezd yo'q. Ustunlarga suyangan odamlar chuqur uf tortib qo'yishadi. Be toqat bo'lib tanelga quduqdan suv qidirganek tikilishadi. Metro ishchlari, hafsizlik xizmati hodimlari hafli chegaradan o'tib ketkan yo'lovchilarni tartibga keltirib ulgurishmaydi. Bekat navbatchisi turli qo'ng'iroq chalib maxsus signal beradi. Bekat markazi bo'ylab Hafiza qadam tashlab yurib boradi. Odam kamroq joyda, taxminan vagon eshigiga ro'boro kelib to'xtadi. Boshida urfda bo'lmagan qora ro'mol, egnida etagi kalta palto, kalta yubkani qora kalgotka ustidan kiyib olgan, oyog'iga qo'polroq yungli etik kiyib olgan. U poyezd izlariga qarab o'yga toldi. Birdan orqaga tisariladi. Birovga urulib ketishdan cho'chib ortiga yon veriga o'girildi. Unga birov axamiyat bermadi. Bilinar-bilinmas, ro'molini tartibga keltirib oldi.Добавлено (24-Дек-2012, 20:28) --------------------------------------------- U o'zini poyezd tagiga tashlash maqsadida metroga tushgan. Qani endi poyezd kelmasaydi. U o'zini tashlamasa. Yo'q bu dunyo g'amlari uni ezib bo'ldi. Qo'rqmaydi. O'lim eng to'g'ri qaror. Odamlar orasida u begona. Hozir o'zini poyezd tagiga tashlaydiyu dunyo g'amlaridan qutiladi. Ayibdor kim ekani muxumi emas, u o'zini qurbon qiladi. Xaqiqatni qancha suv yuzasiga qalqib chiqishiga urunmasin be foyda. Hovoga yetolmadi. Suv yuzasiga olib chiqishni istagan haqiqati bilan birga yosh joni nobut bo'ladi. Bu dunyodan izsiz ketadi. Birov uni eslamaydi. Hech kimga kerakmas. Hozir o'zini tashlaydiyu, usha be qaror Axmadni yoniga uchadi. Uni kuzatadi. Ko'ksiga urib dod solishidan roxat oladi. Lekin qanday qilib? Ruxi qanday qilib roxatlanadi? Odam o'lgach his-tug'ular ham o'lsa kerak? Agar his-hayajondan maxrum bo'lsa unda, ota-onamni ham sog'inmaymanmi? Hafiza yana ortiga bir qadam qo'ydi. Qo'rqdi, birov be extiyor turtib yuborsa tushib ketishdan cho'chidi. Hayolida kimdur uni turtib yubordi. Добавлено (24-Дек-2012, 20:44) --------------------------------------------- Bu o'g'il bola edi. Axmad edi. Odamlarga najot istab qo'l uzatdi, biror odam hozirgidek uni payqashmadi. Hammaga poyezd kerak, uyiga shoshiladi. Oilasi yoniga, farzandlari quchog'iga boradi. Hech kim sevgani kutib turganida qandaydur begona qizni qutqarishni xayoliga keltirmaydi. Hayolan yo'lga qulayabtiyu po'yez kelmayaptimikan degan xavotirda tanelga qaradi. Yo'q qaytib chiqishga ulguradi. Poyez kelib uni urib ketti. Yo'q!!! Hamma shu tarafga qaradi. Hanifani ro'parasida turgan Zarif hijolatdan dovdirab qoldi. Hanifadan uzoqlashdi. Bekatda sezilarli g'ing'ir-g'ing'ir boshlandi. Biror odam nima gap deb kelishga botinolmadi. Hizmatdagi hodimlaram bir zumgina ularga qarab qo'ydilarda ish-ishlariga chalg'ib ketishti. Bekat ustunlari oralab sadolanib turgan ovoz, haloyiqqa singib ketti. Qorong'u yo'lakdan aldamchi shamol esib turibti. Havo aylanish tizimidan bir maromdan mator shovqini eshitiladi. Bazan poyezndi uzoqdagi tovushini eslatadi. Добавлено (24-Дек-2012, 20:56) --------------------------------------------- Shundanmi yoki betoqat odamlar qaytadan yo'lga ko'z tashlashdan charchashmaydi. Hafiza hayoli va hayoti oraliqlarida o'zini anglab ulgurmay Zarif unga yaqinlashdi. Sinfdoshini bu holda uchratishni ayniqsa u kutmagan edi. Lekin u bolalikda edi. Bugungi kun... Zarif sinfdoshlar bilan maktabni yakunlaganlarini 5 yiligiga Hafizani taklif qildi. Taklif qildiyu do'st-dugonalari qanday qabul qilishar ekan? Bormimman desa.. Zarif sinfdoshini borishini istadi. Hanifa nimadan uyaldi? Naxotki xali-xamon kiborligi qolmagan bo'lsa? Avvalgidek bizni mensimaydi? Meni, hech bo'lmasa men uchun, meni hurmatim uchun bormaydimi? Meni mensiyotkani yo'q. Men kuyib gapiryabman, u bo'lsa yer chizib turibti. Jilmayishi sohta. Hafiza Zarifni oldida boshini eggancha jim turar, hayol va hayot oraliqlarida gangib qolgandi. Kutilmaganda bunday taklif, to bora yo'qlikka, zulmatga qulayotkanida najot qo'li. Aslida shular edi uning suyanchi. Ular har safar unga qo'l cho'zgan edilar. U vaqtlarda Hafiza qanday edi? Добавлено (24-Дек-2012, 21:42) --------------------------------------------- O'ziga to'q oila qizi, yegani chet elniki, kiygani chet elniki, atrofida faqat chiroyli qizlar bo'lardi. Go'zallikda tengi yo'q qo'g'irchoqlar. O'qishi zo'r edi, aqli uncha-muncha tengqo'rlaridan yaxshi ishlardi. Faqat bu ko'z-ko'z uchun edi xalos. Tavallud kunida hammani uyiga chaqirib to'kin dasturxon yozardi. Faqat shu 9 yil ichida sinfdoshlar uning ota-onasini faqat suratda ko'rishgan edi. Bazi sinfdoshlar uni ota-onasi o'lgan deb ham o'ylar edilar. Kichik sinflarda uncha-muncha gaplashib turar edi. Yuqori sinfga kelib Zarifdan boshqasi bilan gaplashmasti. Sinfdoshlar, dugonani keragi yo'q ediku? Ularga muxtojligini sezmagandi. Nega bugun nechchi yildan biyon yonimda deb bilgan ota-onasini mexri uni ovutmayabti? Qo'llari muzlab bormoqda. Uni maxkam tutib iliq munosabat ulashishga qodir yaqini yo'q. Ilojsiz qoldimi? Shu fursatda nima uni majbur qildi? Nima uni ongiga o'zini o'ldirish g'oyasi berdi? Nima uchun minglab odamlar orasida yolg'iz qoldi? U inkor etadimi yoki uni inkor etishadim? Ota-onasini ko'rmaganiga yillar bo'lib ketti. Ularga kerakmasmi? Axmadni teshlab ketkanichi? Uni tashlab ketaverishadi. Hafizaga endi shunday tuyilar? Hammasidan to'yib o'zini o'ldirmoqchi. Kuchi yetarmikan? Iymoni komilmi? Bu ishi iymondanmi? Iymon? Aqli yetkani qora ro'mol o'rash bo'ldi. Balki buni xam qaysidur kino, serialda ko'rgan bo'lsa kerak. Shu savollar atrofida o'ralashib qolgan Hafiza Zarifni ko'zlariga qaradi. Bu dunyoda bir dona odam ko'zida samimiyat ko'rishni istardi. Ayni damda haqiqiy suyanchiqqa zorligi uni so'lardi. Bekat markazida turib ikki yo'lni tanlash imkoniyati berildi. O'ziga-o'zi savol bilan yuzlandi. O'lish bu ro'yxatda endi yo'q.
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |