Sardor, demak bu videoni kurib odamlar ollohga shunaqa bulmaganlari uchun shukrona keltirishlari kerakmi? Bunaqa bulganlar shukrona qilmasliklari kearkmi unda? Imkoniyati cheklangan odamlar haqida notugri tushunchani tarqatish yahshi emas. Ular ham hamma singari inson, faqat bu olarni doimiy yashash holati holos. Kimnidir sochi sariq, kuzi kuk, qulog'i katta, buyi uzun yoki kalta va hokazo. Bular hammasi individual tana holatlar. Hassadan yogi nogironlik aravasidan foydalangan odamga hayron bulib qaraymizu, ammo velosipeddan yoki oq (zreniya) ochkisidan foydalanadigan odamga hayron bulmaymiz. Ularni hammasi uzlari holatlaridan kelib chiqib ma'lum bir yordamchi narsadan foydalanadi. Agar sizni firklarim qiziqtirsa, manga telefon qiling yoki email yuboring, gaplashamiz. Tel: +998977343210; mirjahont@gmail.com
Men biolog-psixologman. Sizning fikrlaringizga psixolog sifatida qaraydigan bo'lsam, bu to'g'ri fikr, faqat sayyod buni ko'rib fikrlang, shukur qilib qoling degan ma'noda berganlar, nogironlarning ustidan kulish haqida emas. Mening talabaligimdan qolgan juda katta bir sabog'im bor. Bir kuni avtobusda o'qishga ketayotgan edim, havo dim, avtobusning ichi liq to'la odam, men orqadagi o'rindiqlardan birida o'tiribman, buning ustida darsga kech qolayapman, asablarim juda ham tarang, hamma ko'zimga yomon ko'rinib ketyapti. Shu payt e'tibor berib qarasam ikki o'rindiqlar orasidagi joyda turgan odamlar orasida 3 ta ko'zi ojiz qiz tikka turib ketayapti, ular bir-biri bilan shunaqangi quvnoq suhbat qurib ketishyaptiki... Ularning hech kim bilan ishlari yo'q, hayotdan xursand, hatto bittasiga bir yigit turtinib ketgan edi, qolgan ikkisi bundan quvonib rosa kulgi qilishdi, ularni ko'rib turib o'zimdan uyalib ketdim, men soppa sog' bo'lib turib ular tutgan yo'lni tuta olmaganimdan o'zimdan xafa bo'ldim, lekin o'sha yerda ularga joy bergani to'g'risi uyaldim, hayolimda hamma menga qo'lini bigiz qilib ko'rsatayotgandek tuyulib qoldi. Shundan olgan sabog'im asosida hech qachon avtobusda ketayotganimda kech qolayotgan bo'lsam ham asabiylashmaydigan, hayotning faqat yaxshi tomonlarini ko'radigan bo'ldim. Buning uchun o'sha qizlardan umrbod minnatdorman. Sayyodga ham yana bir bor rahmat aytib qolaman, fikrlashga undaganliklari uchun!!!
Allohga shukur ming bor, ko'rsatgan kuniga, bergan risqiga, Rxmat umrizdan baraka toping rostdan xam yig'ladim!exx bizi korgan kunlarimiz xolva ekan biz jannatda yashab turib nolimiz vaqti kesa,to'rt muchalimiz sog' bo'la turib unga yarasha xarakat qimimiz bular bo'sa sog'lom bo'la turib noligan odamlardan ko'ra.. xayotni yaxshi xis qilishyabdi xarakat qilishyabdi
Ba'zida biz to'rt muchalimiz salomat bo'la turib ham ba'zi oson ishlarni ham qilmaymiz. Or qilamiz, o'zimizga ep ko'rmaymiz! Ushbu videodan hamma o'zicha ma'no oladi. Manimcha yaxhsab turgan kunimizga shukr qilishimiz, shunday insonlarni ko'rib fikr qilishimiz darkor!
Диққат:Ёзиб қолдирилган изох дарров сайтга чиқмайди. Хар бир изох узоғи билан 24 соат ичида текширувдан ўтади. Мабодо бу вақт ўтгач хам сайтда изохингиз чиқмаган бўлса унда чиқарилмаганлик сабаблари қўйидагича бўлиши мумкин:
Сайтимизда сўкиниш, хақорот, камситиш, мазах қилиш, салбий ва диний тарғибот, махалийчилик, миллатчилик, реклама ва қадр қимматни ерга ургувчи АЛОМАТЛАРИ БОР изохлар сайтга чиқмасданоқ ЎЧИРИЛАДИ!
Шунингдек миш-миш бўлиб кетишига сабабчи бўлгувчи тасдиқланмаган маълумотлар, тасдиқланмаган гап-сўзлар хам изохлардан ўчирилиши мумкин!
-Қолдирилаётган изох ўша мақоладан ташқаридаги мавзуда бўлса хам ўчирилиши мумкин.