Сайтимиз sayyod@gmail.com электрон почтасига келган мазкур хатни мухлис минбари рукнида чоп этишни лозим топдик. Хат муаллифи қизиқ мавзуни кўтарибди. Оддий, бироқ рости хам бор бўлган нарса... :
Bir turib-turib bir narsaga hayron bo'lamanda. Ko'chada o'zimdan kattalarni ko'rsam doim salom beraman. Ular esa - menga baqrayib qarashadi. Bir xillari alik olishadi. Bir xillari umuman baqriyib,bo'zrayib,bu kim ekan,men uni tanir ekanmanmi - deyayotgandek, bir nigoh qarashadi.Sizning fikringiz qanday ekan?
Sizda bo'lganmi shunaqa ? Nega odamlarga "Assalomu aleykum " desam, "Vaaleykum assalom " o'rniga yaxshimisiz?Yaxshi yuribsizmi? Yoki Ishla yaxshimi? Bo'loptimi? ba'zilari bolla yaxshimi deydi-ya?
Salom berish - bu sizga sog'lik salomatlik tilash degani. Siz ham sog'lik tilaganga "Vaaleykum assalom " degan holda javob qaytarishingiz SHART. Vooy, man uylanganim ham yo'q, bollarga yo'l bo'lsin???? Ishlarni so'rash keyin bo'lar?Avval salomga yarasha to'liq alik bering... a shu mavzuni bir Tv da ham ko'tarish kerakmikin? Odamlar unutishyapti. Axir, tanigan va tanimaganga salom berish bu - xalqimizning mo'min-musulmonligidan beri saqlanib kelgan-ku, faqat tanishlarga emaaas.Hammaga.
Shunchaki Akanurik
