Бу мактубни "Якшанба-мухлис минбари"га эмас, айнан "Жума овози" рукнимизга қўйганимиз сабабини охиригача ўқиб тушуниб оларсиз...
Assalomu aleykum Sardor aka, sayyod.com muxlislari va ijodkorlari. Sardor aka sayitingizni anchadan beri kuzatib boraman. Ayniqsa "muhlis minbari" sahifangizni o'qib mazza qilaman. Kimdir dardi, yana kimlar esa muammosi bilan o'rtoqlashadi. Yana kimlar uchun katta savobli ishlar amalga oshirilayotganini o'qib juda hursand bo'lamani. Atrofimizda yaxshi odamlar ko'pligidan ko'nglim tog'dek ko'tariladi. Sizdan bu maktubibni o'qib muhlis minbariga qo'yishingizni iltimos qilaman.
Maktabda bir sinfdoshim bo'lardi, Mirza degan. Bilmadim negadir shu bolaga hurmatim cheksiz. Bitta menda emas boshqa sinfdoshlarimizda ham unga nisbatan huddi shunday munosabat bor edi. O'zi judayam yaxshi, ochiq ko'ngil, samimiy yigit. Maktabni bitirganimizdan keyin hamma o'z yo'nalishini tanlab kolej va litseylarga o'qishga kirdi, shu o'rinda Mirza ham. Oilaviy sharoiti anchagina og'iroq edi. 3 yil ham hash-pash deguncha o'tib ketdi. Hamma litsey, kolejlarni tugatib, oliy o'quv yurtlariga hujjatlarini topshirdi. Birinchi yil to'g'risi deyarli hech kim kirolmadi, Mirza ham. Oilasida 2ta qizdan keyin bittayu bitta o'g'il. Ota-onasi ham ancha yoshlari katta insonlar. Shuning uchunmi ham o'qishga tayyorlanib, ham oilasiga yordam bo'lishi uchun ishlay boshladi. O'zingiz o'ylab ko'ring 16 17 yoshli bola, na diplomi, na hunari bor (o'qishni ham maktabdan keyin litseyda o'qigan). O'sha paytlar bir novvoyga shogirtlikka tushib shu hunarni boshini tutgan ekan. O'zim guvohman, o'qishga kirish uchun ham astoyidil tayyorlanardi. Tabiatan juddayam harakatchan tirishqoq bola. 2-yil. O'qishga kirish uchun yana harakat qildi, afsus. Balki omadi kelmagandir yo bo'lmasa bilimi yetmagandir yana o'xshamadi. Yana o'sha hayot. Ham ish, ham o'qishga tayyorlanish. Shu alfozda kunlar, kunlar ketidan oylar o'tdi. Novvoylik ham oson kasb emas ekan. To'g'ri hamma kasbni o'zning mashaqatlari bor. Hullas oradan ancha vaqt o'tdi.
Orada Mirzani ko'zi ko'rmay qolganini eshitdim. Hamma har hil gapirardi, non yopib issiq tandirdan o'zini salqinga urib, issiq-sovuq havo qilib ko'zini shamollatib qo'ygan degan gaplar ham tarqailib ketdi. O'zi bilan gaplashganimda sababi ummuman boshqaligini tushundim. Aytishicha qonida prastoy gerpis miqdori oshib ketganligi va EFA virusi borligi sababli bu kasalik ko'ziga ta'sir qilib ko'rish funksiyasi pasaygan ekan. Avvaliga sal hira, keyinroq uzoqni ko'rolmaydigan, keyinchalik esa ummuman ko'r bo'lib qoldi. Ota-onasini ko'rsatmagan doktori, yordam so'ramagan odamlari qolishmadi. Tashxisni uveyit kotarakta deyishgan. O'zlari ham nima qilishni bilishmay boshlari qotib qolishgan. Balki bu maktubimni biror bir ko'z shifori o'qib qolar. Bu kasalikni qanday davolashni bilishmayapti. Ehtimol donnor orqali davolasa bo'lar.
Anchadan keyin qiynalib ketishganidanmi otasi pul topish uchun Rossiyaga ketganini eshitdim. O'ingiz bilasiz u yerda ham pul yerda sochilib, kim kelib terib ketarkan deb kutib turgani yoq. Musofir davlat, har joyning o'z tosh-tarozisi bo'lgandek u yerda ham pul topish oson bo'lmayotgandir. Hozirgi kunda eshitishimcha Mirzaning otasi ham uncha daromatli ishda ishlayotgani yoq ekan. Topayotgan puli yeb ichishini qoplaydimi yoqmi hech kim bilmaydi. O'zingiz o'ylab ko'ring qanchalik jabr bo'lgan ota-onasiga. Ko'zlarining oqu qorasi, bittayu bitta o'g'illari bor umidlari shundan.
To'g'risi astoyidil yordam bergim keladi shu sinfdoshimga. Nima qilalaman o'zim oddiy talaba bo'lsam? O'ylab-o'ylab shu sayt hayolimga keldi. Sizlardan iltimos, balki orangizda ko'ngillilar bordir. Ko'ldan kelgancha yordam bersangiz katta savoblardan biriga qo'l urgan bo'lardingiz.
Hammaga oldindan raxmat, shu o'rinda Sardor aka va sayyod.com ijodkorlariga ham. Tashhis ma'lumotlarini ham taqdim etayapman. Xurmat bilan oddiy talaba! Sardor aka sizga o'z telefon nomerimni yozvoraman har extimolga qarshi +99 (867) 707-55-53.
Хар ойнинг илк жумаси Лейкемия билан оғриган болакайларга қон топшириш акцияси хамда хайрия тадбири ўтказишимиздан хабардорсиз. Бу ой Рамазон бўлгани сабабли, сентябрь ойига қолдиргандик. Бу ой илк жумаси хосияти билан қўлимизга тушган мактубга бефарқ бўлиб бўлмас. Тасодиф бекоргамас, демакки бу жума хам эзгу ниятларни амалга оширсак.
Кимнингдир савобига сабабчи бўлар?
|