Бош сахифа » 2014»Июль»18 » Оқ айиқ билан қизил айиқ қўшилишса қанақа айиқ туғилади?
02:26
Оқ айиқ билан қизил айиқ қўшилишса қанақа айиқ туғилади?
+99894 6446711 Ватсапига келган хабар (…2823)
Assalomu alaykum. Shahlo yaxshimisiz? Bitta iltimosim bor. Sayyod saytiga yozolmadim. Shu gaplarimmi Sardorga yetqizib qo'ysez.
Dugonammi qizi bugun Brovskiy meditsina kolledjiga kirish uchun imtihon topshirdi. Unga bitta savol berishibti. Oq ayiq bilan qizil ayiq qo'shilishsa qanaqa ayiq tug'iladi dib savol beribti. Javob beromadim dib yig'lab chiqibti. Savol 9-sinfni tugatgan, endi 16 yoshga to'lgan, turmush qurmagan qiz uchun juda sharmanda savol. Qani bizada sharm, hayo. Qizlani tarbiyasi buzilishida ustozlani o'zi aybdormasmikin....
Бу гапларни эшитиб, дархол мактабда биология фанидан дарс берувчи ўқитувчини топиб, наҳотки ўқувчи ёшларга шу каби мавзу ўтилса, деган савол билан юзландик. Жавобига эса қуйидаги ҳақиқатни олдик:
-"Мактаб биология фанида бундай мавзу йўқ. Доминантлик белгиси ўтилади, унда ҳам товуқ билан озгина тушунча берилган. Айиқлар ҳақида ҳеч нима айтилмаган. Умуман, бундай очиқ мавзулар йўқ."
Айтишингиз мумкин, медицина ходимлари учун бу каби мавзулар оддий, деб. Аммо... Эндигина 9 - синфни битириб, келажак учун қадам қўйишни бошлаб келаётган қизалоқ учун бу оддий мавзу эмас. У ҳали медицина ходими бўлиб улгурмаган. Кейин коллежга имтиҳон топшириш учун мактаб мавзуларидан келиб чиққан ҳолда саволлар берилиши ўринли, чунки улар қўшимча дарсларга қолиб ўқишганда ҳам институт мавзуларини ўзлаштиришмайди.
Бежизга ёшга қараб мавзулар ўргатилмайди. Ҳамма мавзуни ўқувчи мактабда ўрганса, коллеж ва олий ўқув даргоҳларида "Такрорлаш" мавзулари бўлиб қолади.
Сиз бу мавзуда нима дейсиз?
Дилобар Сухбатова
Sayyod: Айрим (!) шифокорларни "мол дўхтири бу!" деб хақоротлашганини сабабини энди тушуниб етмоқдаман шекил. Айиққа қум бормия? Яна уларни қўшишчи?
Оқ айиқ билан қизил айиқ қўшилса Панда хосил бўлса керак))))))))
16 ёшлик қизни биркам айиқлар қовушиши билан қизиқиши қолувди. Хеч бўлмаса қўй, мол хақида савол бермайдими...эх...
Bu savol o'quvchini yiqitish uchun berilgan asli sabab shu. Pulini to'laganizda savol javobsiz o'tardiz. Man chet elda tahsil olaman. Betta o'qishga kirish oson o'qish qiyin. A Ozbekistonda o'qishga kirish qiyin o'qish oson pul berib baholarni ham qo'ydirib olurasiz bu nohaqlikku hamma ishlariz pora bilan bitvursa biza qachon yuzaga chiqamiz. Bu domla va o'qituvchilarni tartibga chaqirib qo'yadiganla bormi-yo'qmi o'zi?..
Albatta, bu kulgili, lekin juda unchalik emas... Gap bu yerda bir xillikdan qochishda xolos. Biologiya o'qituvchisi to'g'ri aytibdi, genetika fanida chatishtirish degan narsa bor, buni maktab o'quvchilari yaxshi bilishadi. Chatishtirish degani, o'sha qo'pol qilib aytganda qo'shish demakdir. Balkim, o'sha savol tuzganlar tovuqni o'rniga ayiq qo'yishgandir.... Aslida, bu yerda ranglarga e'tibor berilgan. Javobi ham unchalik qiyin emas, Agar savolda oq'shimchasi bo'lsa (masalan, oq yoki qizil rang dominantlik qiladi, ya'ni ustunlik qiladi deyilgan ob'lsa) unda javobini topish 9-sinf uchun qiyin ish emas: oq va qizil ayiq chatishtirilsa: 1 ta oq, 2 ta qizil va oq aralash (ya'ni, pushti bo'lishi mumkin) va bitta qizil ayiq tug'ilishi mumkin. Agar ayiq 1 ta bola ko'rsa, unda shulardan biri bo'lishi mumkin, nisbati esa 1:2:1 (umumiysi 4) degan javobni berishi kerak edi. Bu juda oson. Faqat savolni tuzganlar o'quvchini adashtirish uchun shunaqa yo'l o'ylab topishgan. P.S. 9-sinfni bitirgan, 16 yoshli qiz, turmushga chiqmagan deyuvchilar uchun eslatma: O'rta maktab biologiya fanidan, 8-sinfda "Odam salomatligi" degan dars o'tiladi, o'sha darslikni oxirgi boblari adashmasam, Ko'payish mavzusi hisoblanadi. Ya'ni, erkak va ayol jinsiy a'zolarini rasmi bilan berilgan, demakki, o'sha imtihondagi savol darslikdagi o'sha mavuzlar oldida hech narsa emas.
тугри айтасиз бу биология фанида бор нарса ажабланарли ери йук хатоки дарс пайтида хам утканмиз уз формулалари бн жадвал тулдирар эдик, медицинага топшираман деган одамда 100 фоиз билмаса хам доминант рецидив конуни тогрисида малумот булиш керак мен хам айнан шу саволга жавоб берганман бирок бир фарки менда сарик нухот бн яшил нухотни чатиштириш формуласи эди буни ажабланар ери йук!
Айниган миядан сисиган фикр чикади. Шу саволи ростдан хам берилган булса, уларни яхшилаб кучлирок эскича домлага коктириб суктириб давомига миясини хлорлар ювишлари керак булади. Шу саволни берган домла уйидаги буйга етмаган кизини уйламадимикин. Ок айик билан кизил айикни кушилишини уз аëли кизлари билан тамоша килиб туришиниибир куз одига келтира олармикин. Шунаканги гап сузлардан кейин мактабу коллежларда ишлаб юрган ва таълим олиб юрган баъзи бир укувчиларга нисбатан газабинг келиб кетадида. Киз болага ортикча гапирган учун тилини ëки хаддидан ошиб текказган кулини халк олдига олиб чикиб чопиб ташлаш керак бунакаларни.
Menimcha wunga yaqin mavzu bor edi men uzim biologiyaga qiziqmimanu lekin wunaqa mavzula bor ula bunaqa o4iq4a suhbatda emas masala tarzida beriladi menimcha lekin ulani maqsadi pul oliw bugan bu aniqku
anaqisa bu narsa haqida umuman biologiya fanida azgina genetika ham otiladi masalan u hoh osimlik hoh hayvonot kk bolsa hoh inson genetikasi otiladi masala yechiladi. endi panika qilip yeglashi kkgi yo. tori orinli onaxon gaplari ln uchitovayte hamadi odami oziga bogliq aynisham aynimaslik ham. kn odami ozini bilimi etarli bosa otip ketadi. baribir bir kun biliwi kk. i biladiyam mediki burchi u bilmasa kim biladi unda?. oldin ota onani kn bolani tarbiyalaw kk. etibor uchun rahmat oldindan uzur nojoya noorin va qopolro gapirgan bosam
Bu endi jaaa saytga olib chiqiladigan darajadagi gap emas-ku!!! Hozirgi 9-sinfni bitirgan yoshlar har baloga aqli yetadi, intim mavzulargaku, kattalarga ham dars berishadi. Balki bu savolni hazilashib yoki boshqa ma'noda bergandir... Agar to'g'ri ma'noda berilganda ham biologiya fanini biladiganlar uchun bu eng sodda savol bo'lar edi, meditsina vakillari uchun esa aytishga ham arzimaydi. To'g'risi juda ham erish tuyuldi.
Шундан уялса у киздан мед ходим чикиши гумон. Товук билан тушунтирилган экан, нима килибди айик билан тушунтирса?!. Мени назаримда, 16 ёш учун сираям ортикча саволмас, 12 ёш учун булганда тушуниш мумкин. Агар мен уша кизни урнида ростдан уялганимда бу савол хакида сир тутган булардим.
Tushnmadim, bu savolni yomon joyi yoq, bu nu ozini formulai yechish yoli bor, maktabda tobuq desa tovuq deb berilishi shartmas imtihonda, oshani orniga ayiq qoyib savol berilsa ham boaldi. bu Genetika fanida otiladi. MAktabda bu haqida otiladi, mani aniq esimda sichqonlaniyam rasmi bolardi qora sichqon oq sichqon. Yechimi bir hil boladi. Ularni XY YY dominantlarini topib chiqish kerak boladi. Bu juda oddiy savol. 16 yoshli qiz ham bilogiya oqigan bolsa bilish kerak. MEditsina boyicha oqishga kirvotkan ekan demak bu oddiy savol va uyatli joyi ham yoq. Meditsinada uyat degan narsa yoq. Faqatgina savolni chiroyliroq qilib berish kerak, savol sal qopol qilib berilgan, yoki mukammalroq chiroyli qilib berilgan bolsa oqituvchi u qizga shunday yol bilan tushuntirgan bolishi mumkin. YAna qaytaraman MEDITSINADA UYAT YOQ. BU ENG ODDIOY ANRSA MEDITSINADA, bunaqa savollar haqida berilganda hayolni boshqa joyga bolmasdan aniq javob berish kerak, medik yol bilan. MAsal agar oddiy hamshira bolsa u qiz erkaklarni ham orqasidan ukol qiladi, u payt hayoli buzulmaydi kasalni jinisiga qarab qaralamaydi, kasallarni hammasi bir hilda korildi. E u qizga yahshi qilibti ekzamendan otmasa, deamak u qiz tayyormas meditsina boyicha oqishga, QOSHILISH deganda darrov hayolni buzmasdan normalni medik yol bilan javob beriladi ayqiqmi u , tulkimi u, odammi u farqi yoq, yechim yoli bir hil! Yahhshisi boshqa soha tanlay qolsin.
Sayyod.com biologiyadan xabaringiz bo'lmasa o'z qarichingiz bilan o'lchab maqola yozmasligingiz kerak edi ! Yoki shu savol xaqida saytingiz mexmonlarini fikrlarini bilishingiz kerak edi uzingizcha xulosa chiqarib qo'ymay!
Bu genetika. (Bialogiyaning bölimi) "Qöshilsa" degan gap yöq genetikada. "Chatishtirilsa" degan sözdan foydalaniladi. Agar oq rang dominant bölsa- oq, qizil rang dominant bölsa F 1 avlodda qizil ayiq böladi. Chala dominant bölsa F 1 avlodda pushti ayiq böladi.
Fojiaga hojat yöqku. Hozir testlar shunaqa fikrlashga majbur qiladi. Kitobda bor. Ayiq deyilmagan holos. Genetikani yaxshi öqish kerakda. Yig`lamasa ham bölar, hali mandat chiqmagandir. Tibbiyot xodimlari sababchi bölmasa kim sog`lik uchun sababchi böladi ? Menimcha buni saytga yozishga hojat yöq. "Quyosh qanaqa rangda sariqmi yoki jöjadaka sariqmi ?" bu uncha qiyin emas menimcha, sariq rangda. Jöjadaka emas.
Assalomu Alaykum. Man ham yaqinda 9 sinifni bitirdim (europada). Bizdaham shu Dominantlar togrisida otgan. va bu narsani otish manimcha uyat joyi yoq bolsa kk. (aayyyniqsa Dok. bolaman deydiganlarga) Ozi odam biladiku saruq sochliy ko'k ko'zliy ota onalardan ularga oxshiydigan bola tugilishini. ( axir saru ota onalardan negir tug'ilmasligini oddiy bolakayham biladi). Bu yerda shunchakiy boshqacha yol bln tushuntirishibdi. Hechkim bu yerda pul ishlash yokiy pora olish niyyati yoq. ( agar olaman desa boshqa yollari tiqqilib yotibdi) Axir u qizcha bolajak dok. bolaman divottilar agar univerda jasadni korsatishsa nima qiladilar ? odam bir yolni tanladimi usha yol qanaqa bolishini bilishi kk. Bir qadam tashlab orqaga qaytsa demak u bu yolni astoydil hohlamagan. Man ham nechchi oyladim istixoralar oqidim. Va Allox ozi yol korsatib qoydi. U qizchagaham shu maslahatni bergan bolar edim.
Диққат:Ёзиб қолдирилган изох дарров сайтга чиқмайди. Хар бир изох узоғи билан 24 соат ичида текширувдан ўтади. Мабодо бу вақт ўтгач хам сайтда изохингиз чиқмаган бўлса унда чиқарилмаганлик сабаблари қўйидагича бўлиши мумкин:
Сайтимизда сўкиниш, хақорот, камситиш, мазах қилиш, салбий ва диний тарғибот, махалийчилик, миллатчилик, реклама ва қадр қимматни ерга ургувчи АЛОМАТЛАРИ БОР изохлар сайтга чиқмасданоқ ЎЧИРИЛАДИ!
Шунингдек миш-миш бўлиб кетишига сабабчи бўлгувчи тасдиқланмаган маълумотлар, тасдиқланмаган гап-сўзлар хам изохлардан ўчирилиши мумкин!
-Қолдирилаётган изох ўша мақоладан ташқаридаги мавзуда бўлса хам ўчирилиши мумкин.